Связи высших учебных заведений Узбекистана с зарубежными странами в развитии науки

Аннотация
Статья “Связи высших учебных заведений Узбекистана с зарубежными странами в развитии науки” анализирует значение глобальных программ сотрудничества и обмена в системе высшего образования Узбекистана. В статье подробно освещаются такие процессы, как международное научное сотрудничество, обучение и повышение квалификации студентов и преподавателей за рубежом, а также интеграция высших учебных заведений Узбекистана в мировые образовательные и научные системы. Кроме того, были подчеркнуты достижения и проблемы, с которыми столкнулись благодаря научному сотрудничеству с зарубежными странами.
Ключевые слова:
Узбекистан высшее образование международное сотрудничество научный обмен образовательная интеграция глобальные научные сети академическая мобильность связи с зарубежными странами развитие науки.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari o‘z o‘rnida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu O‘zbekiston hukumati tomonidan ta’lim sohasiga doir ishlab chiqilgan huquqiy me’yoriy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan edi.
O‘zbekiston oliy ta’limda ilm-fanni rivojlantirish uchun ayni paytda dunyoning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Koreya kabi davlatlari oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Respublikada ilm-fanning rivoji uchun davlat va xalqaro tashkilotlarning yordami natijasida ilmiy-tadqiqot ishlarida jonlanish kuzatiladi. 1994-1998 yillarning o‘zida fan doktorlarining soni 8% ga ko‘paydi va 2500 nafarni tashkil etdi, fan nomzodlari esa 9% ga ko‘payib, 15500 nafarga yetdi. 1997 yil boshiga kelib, respublika bo‘yicha 4000 nafar aspirant ilmiy-tadqiqot olib borgan bo‘lib, ularning 69% oliy o‘quv yurtlari hisobiga to‘g‘ri keldi[1].
Xususan, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining TEMPUS, TASIS va Erasmus dasturlari doirasida e’lon qilingan grant loyihalarida faol ishtirok etib, ilm-fan rivojida katta natijalarga erishdi. 1994 yili TEMPUS dasturi doirasida Respublika oliy ta’lim muassasalari va Yevropa Ittifoqi universitetlari bilan ilm-fanning qator yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi[2]. Umuman, ushbu loyihada O‘zbekistondagi 40 dan ziyod OTM muassasalari olimlari ishtirok etdi. TEMPUS loyihasi doirasida O‘zbekiston viloyatlarda joylashgan 58 ta OTMlar Yevropa universitetlari bilan hamkorlikni o‘rnatdi[3].
O‘zbekistonning yetuk oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan O‘zbekiston Milliy universiteti 1997—2001 yillarda chet el investisiyalarini uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashga jalb kilish buyicha Tempus-TASIS, DAAD, INTAS kabi 8 dastur amalga oshirildi va 8 markaz ish boshladi[4]. O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari tomonidan ham fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib borildi. 2000 yilga kelib O‘zMU olimlari aniq va tabiiy fanlardan mexanika, matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, tuproqshunoslik, geografiya; ijtimoiy fanlardan filologiya, falsafa, tarix, jurnalistika, iqtisodiyot, huquqshunoslik sohalarida Fan-texnika davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan 64 ta mavzu, 19 ta tanlov asosidagi fundamental va Fan-texnika davlat qo‘mitasi shartnomalari hamda fakultetlar Ilmiy kengashlari tomonidan tasdiqlangan mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi.
2008-2015 yillar davomida jahonning bir nechta davlatlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida grant loyihalar amalga oshirilib kelindi. Misol uchun, 46 ta O‘zbekiston OTMlari, shuningdek, 10 ta hamkor va 22 ta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan jami 150 OTM ishtirok etgan 30 ta TEMPUS loyihalarining 20 tasi ko‘p davlatli loyihalar edi. TEMPUS grant dasturlarga O‘zbekiston OTMlarning ishtiroki 2013 yilga kelib 2 barobarga ortdi, ushbu yilgi tanlovda 77 ta loyiha tanlovga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan 2012 yili esa bu ko‘rsatkich 36 tani tashkil etgan edi. 2013 yili O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasalari TEMPUS dasturida ishtirok etish bo‘yicha tajribalarga ega bo‘ldi. Bu esa TEMPUS dasturning oliy ta’limni modernizatsiyalashda va rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shganligidan dalolat berdi[5]. 2015 yilga kelib TEMPUS dasturi doyrasida O‘zbekistonda 16 ta loyiha amalga oshirildi va ushbu loyihalarda Respublikaning 42 OTMlari ishtirok edi[6].
Qarshi davlat universiteti ilmiy jamoasi 1992-1999-yillar mobaynida Yevropa Ittifoqining “TEMPUS – TASIS” loyihasida ishtirok etish uchun grantni qo‘lga kiritdi. 1999-2001-yillarda universitetda respublika miqyosida 32 ta, Rossiya, Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon oliy o‘quv yurtlari bilan 16 ta xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etdi. 1997-2000-yillarda universitetning iqtidorli talabalaridan 19 nafari “Umid” jamag‘armasi tanlovida qatnashib, 3 nafar talaba grant sovrindori bo‘ldi[7].
Yevropa Ittifoqi dasturlari ham O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro miqyosda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgani universitetlar va milliy tashkilotlar tomonidan keng e’tirof etilib, bu universitetlararo uzoq muddatli intensiv hamkorlik va barqaror yutuqlarni namoyish etish imkonini berdi. Erasmus+ 2013 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshlab, 2016 yilning dekabr oyida yakunlanadi. TEMPUS dasturining formati 2015 yildan boshlab Erasmus Mundus “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (CBHE) yo‘nalishi sifatida amalga oshirildi. Erasmus+ dasturining birinchi tanlov natijalariga ko‘ra, respublika OTMlarining yangi dasturdagi ishtirok kengaydi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida loyihalarning tanlab olish bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida 23ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olingan va bunda 12ta loyihada O‘zbekiston OTMlari qatnashdi. Loyiha guruhlari 27 OTMlar, ya’ni Toshkent shahrining 13ta OTMlari va 8ta viloyatning 14ta OTMlari – 8ta mintaqaviy va 4ta milliy loyihalarda Yevropa Ittifoqiga a’zo 14ta davlatlarning 42 ta universitetlari bilan hamkorlikni Erasmus+ dasturi doirasida boshladi[8].
Istiqlol yillarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zR FA ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan 23 ta hamda xorijiy o‘quv yurtlari bilan – Chumbuk universiteti (Janubiy Koreya), Simferopol industrial pedagogika instituti (Ukraina) hamkorlik shartnomalari tuzdi va mazkur shartnomalarga binoan ish olib bordi. Universitetda uchta ixtisoslashgan kengash OAK tomonidan tasdiqlanib, faoliyat ko‘rsatdi. Ya’ni, 13.00.02 – Matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi; 13.00.06 – Tarbiya nazariyasi va uslubiyoti yo‘nalishlari shular jumlasidandir[9].
“Oliy ta’lim salohiyatini oshirishga” qaratilgan loyihalar soni 37 tani tashkil etdi va unda 51 ta oliy ta’lim muassasa faol ishtirok etdi. 2019/2020 o‘quv yilida “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) bo‘yicha uzoq muddatli loyihalarning umumiy soni 21ta loyihani tashkil etdi.
2020 yilda Erasmus+ dasturining 6-chi tanlovi natijalari ko‘ra, respublika oliy o‘quv yurtlarining dasturda qatnashishga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyish etdi, taqqoslash uchun, so‘nggi tanlovga 2020 yilda 61 ta loyiha taklif etildi. 2019 yili esa 50 ta loyiha takliflari taqdim etilgan edi. Shu bilan bir qatorda oltinchi tanlov natijasida Markaziy Osiyoning 5 ta davlati uchun jami 15 ta yangi loyihalari, shu jumladan, O‘zbekiston uchun 6 ta loyiha moliyalashtirildi. Shuni ta’kidlash kerakki, respublikaning 12 ta oliy o‘quv yurtlari, shu jumladan Toshkent shahridagi 5 ta universitet va respublikaning 5 ta, viloyatlardan 7 ta universitet ishtirok etdi[10].
Umuman olganda, Erasmus+ dasturi doirasida, 2015-2020 yillardagi tanlovlar natijasida respublikamizning 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari bilan 432 ta hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu bilan 1423 nafar talaba, doktorant va o‘qituvchilarning O‘zbekistondan Yevropaga mobilligi ta’minlandi va 644 nafar ishtirokchi, shu jumladan, Yevropa universitetlari doktorantlari va professorlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi[11].
2021 yilda yanvar oyida VI-chi tanlov doirasida 6 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Bu yili dastur doirasida O‘zbekistonning 6 ta loyihasi moliyalashtirildi. Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston universitetlari ishtirokida 1 ta mintaqalararo loyiha ham amalga oshirildi. Dasturning 1-chi davrining so‘ngi tanlovi loyihalarida Yevropaning 15 ta davlatlaridan 19 universitet, 4 hamkor-davlatlardan 19 universitetlar jalb qilindi. 2021 yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida 43ta loyiha moliyalashtirildi, shu qatorda 6 ta tanlab olingan loyiha, 18 ta yakunlangan loyihalar amalga oshirildi[12].
Xullas, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ilm-fan sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirib, qator ijobiy natijalarga erishdi. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari bir qator xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tab o‘z malakasini oshirib bordi.
Библиографические ссылки
Васиева Д. Ўзбекистон университетларида илмий тадқиқот ишларининг ўрни ва халқаро ҳамкорлик. Т., 2020.– Б.9.
Сафаров М. TEMPUS – олий таълимиз дўсти // Халқ сўзи.– 2004.–29 сентабрь.
Erasmus+in uzbekiston.– Toshkent, 2017.– Б.15.
Васиева Д. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда университет таълимининг шаклланиши ва ривожланиши: тажриба ва муаммолар (1991–2001 йй.) .- Тошкент, 2014.– Б. 106-110.
Tempus IV in Uzbekistan. TEMPUS лойиҳалари иштирокчиларининг мақолалар тўплами . - Тошкент, Ўзбекистон, 2013.- Б.12-13.
Karimov M. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi (1991-2021yy.): Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss... . – Qarshi, 2023.– B.41-50.
Қашқадарё, 2001-йил 11-июль.
Karimov M. Кўрсатилган асар.– Б.42-55.
Тошкент шаҳар давлат архиви, 640-фонд, 4-рўйхат, 50-иш, 27-варақ.
ERASMUS+IN UZBEKISTAN.– Toshkent, 2020.– Б.6.
“Халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий-тадқиқотлар сифатини оширишдаги аҳамияти” IV республика илмий-амалий конференцияси материаллари.– Тошкент, 2020.– Б.8
ERASMUS+IN UZBEKISTAN.– Toshkent, 2021.– Б. 5.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Хурматилло Тохтабоев

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.