Духовно-просветительская работа в высших учебных заведениях Узбекистана (на примере Кокандского государственного педагогического института)

Аннотация
Статья посвящена анализу процессов осуществления духовно-просветительской работы в высших учебных заведениях Узбекистана, рассматривает значение и эффективность этих процессов на примере Кокандского государственного педагогического института. В статье рассмотрены виды духовно-просветительской деятельности, осуществляемой в институте, их роль в воспитании учащихся и влияние на учебный процесс. Выдвигались также предложения по дальнейшему совершенствованию духовно-просветительской работы.
Ключевые слова:
духовно-просветительская работа высшее образование Кокандский государственный педагогический институт воспитание студентов учебный процесс эффективность деятельности.Bugungi kunda ma’naviy - axloqiy jihatdan yetuk va sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lgan insoniy fazilatlarni ro‘yobga chiqara oladigan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Xususan, Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida ham bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini mukammal rivojlantirish uchun ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat manbalarini chuqur o‘rganish, qayta tiklash, targ‘ib etish, ma’naviy dunyoqarashni rivojlantirishga oid islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirila boshlandi. Ma’naviyatning boyligi kelajak poydevorini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Yoshlar ma’naviyatini boyitishda xalqimizning asrlar osha asrab va boyitib kelingan boqiy an’analari va qadriyatlarining ham o‘ziga xos munosib o‘rni mavjud[1].
Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi 8 ta fakultet 20 ta ta’lim yo‘nalishining 226 ta akademik guruhlarida ma’naviyat soatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining “Uzluksiz ta’lim tizimida “Axborot guruhi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 24 iyundagi № 138, № 159 qo‘shma buyrug‘iga asosan yil davomida “Axborot soatlari” va “Ma’naviyat kunlari” muntazam o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Barcha fakultetlarning “Axborot soatlari”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan Farmon va qarorlar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, kundalik siyosiy voqealar, xalqaro ahvol talabalarga yetkazildi. Institutda oyda bir marta “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqotga kirishiladi, suhbatlar uyushtirildi. Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi[2].
2007 yil 8 sentyabr Qo‘qon Davlat pedagogika institutining tarix sahifasiga gazeta nashr qilingan kun deb, qayd etildi. Institutda ijtimoiy, ma’rifiy, adabiy, badiiy “Zukko zamondosh” gazetasi chiqa boshladi. Gazetada institut rektorining buyruqlari, institut hayotidagi eng muhim yangiliklar, milliy g‘oya targ‘iboti bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, diniy idora vakillari, “Salomatlik markazi” xodimlari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, shoir va yozuvchilarning tavallud kunlarini nishonlashga bag‘ishlangan rang-barang materiallar berib borilyapti. Bu esa talabalar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-axloqiy ishlarni samarali tashkil etishda minbar vazifasini o‘tadi.
Institutda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli qarori[3], O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 44-sonli qarorini amalga oshirish bo‘yicha ham tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2014 yil 2 sentyabr kuni institutda “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go‘zal O‘zbekistonim” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yilligi va “Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
2014 yil 12 sentyabr kun institut faollar zalida “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilidan yangi DTSlarni joriy etish usullari” mavzusida IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Shuningdek, Qo‘qon Institut talabalariga OIV/OITSni oldini olish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelindi. Jumladan, shu yilning 4 sentyabrda talabalar o‘rtasida “Odob-axloq qoidalari xaqida” davra suhbati o‘tkazildi[2].
Har bir fakultetda salomatlik burchaklari tashkil etilib, ”OIV va OITS bugungi kunda”, Yod tanqisligini oldini oling!, “Sog‘lom nikox-sog‘lom oila poydevori”, “Mir podrostka”,”OIV/OITS (VICH/SPID) sizni qiziqtirgan 10 ta savolga javoblar”, “OITV va OITSnining o‘zi nima?”, “Sil kasalligidan saqlaning”, “Bezgak kasalligidan extiyot bo‘ling”, “Sil haqida haqiqat” mavzularda maqolalar berildi.
2014 yil 8 sentyabr kuni institut faollar zalida ichki ishlari xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Giyohvandlik, ichkilikvozlik va zaharvandlikning ijtimoiy-salbiy oqibatlari” va “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Qo‘qon shahar xokimining 2014 yil 3 noyabrdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan Konstitutsiyaning 22 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish borasida Qo‘qon shahridagi korxona, tashkilot va muassasalarda milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, umumiy tarix, O‘DJQN hamda ijtimoyi fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 2014 yil 18 noyabrdan 26 dekabrga qadar “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining xuquqiy kafolati” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tarix fakultetining tajribali professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan targ‘ibotchilar guruxi tomonidan Qo‘qon shahar atrof tumanlardagi MFY (jumladan Dang‘ara, Furqat, Uchko‘prik, Buvayda, O‘zbekiston), akademik lisey va kollejlarda “Konstitutsiya – huquqiy demokratik davlat poydevori” mavzusida targ‘ibot ishlarini olib borildi. Bundan tashqari 2014 yil 3 dekabr kuni filologiya fakulteti talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Shu yilning 5 dekabr kuni Pedagogika fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida fakultetning 416-xonasida tadbir bo‘lib o‘tdi[2].
2015 yil 12 yanvar kuni institut faollar zalida musiqiy ta’lim yo‘nalishi 1 “B” guruh talaba-qizlari tomonidan 14 yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “Ilk qadam” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, kafedra professor-o‘qituvchilari, muddatli xarbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar, shu gurux talaba-qizlarining otalari, akalari taklif etildi.
2015 yil 12 yanvar kuni pedagogika-psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari A.Ziyayev, S.Yo‘ldashevlar tomonidan institut qoshidagi 2-sonli akademik lisey talabalariga “Yosh avlod tarbiyasida vatanparvarlik tarbiyasining tutgan o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda akademik lisey raxbari Yu.Xodjayeva, Qo‘qon shaxar Mudofaa ishlari bo‘limi vakillari, o‘qituvchilar va 120 nafar talabalar qatnashdi. Shu yilning 13 yanvar kuni fizika-matematika fakulteti umumtexnika kafedrasi professor- o‘qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan “Vatan ximoyasi – mening tasavvurimda”, “Mening jonajon Armiyam” mavzularida eng yaxshi ijodiy ish (fotosurat, plakat) tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda tasviriy san’at va grafikasi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari qatnashib, g‘oliblar hakamlar tomonidan aniqlanadi.
2015 yil 7 fevral kuni institut majlislar zalida huquq – tartibot idoralari xodimlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida narkotik moddalarni tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Bundan tashqari shu yilning 10 fevral kuni institut majlislar zalida huquq-tartibot organlari hamkorligida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni, poraxo‘rlikni, ta’magirliklarni oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 31 yanvardagi 35-sonli buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasalarida uch bosqichli “Kitobxonlar bayrami” tadbirlarini o‘tkazish joriy qilinib, institutda “Adabiyot kunlari” tadbirini o‘tkazish belgilandi. Joriy yil fevral oyida o‘tkaziladigan “Adabiyot kunlari” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish, talabalar o‘rtasida kitobxonlik, ijodkorlik va she’rxonlikni yanada keng targ‘ib qilish, ularga buyuk bobokolonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijod namunalarini batafsil tushuntirish maqsadida institutda tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 2015 yil 13 fevral kuni institutning faollar zalida o‘zbek tili va adabiyoti hamda musiqa kafedrasi hamkorligida Z.M.Bobur tavalludining 532 yilligiga bag‘ishlangan “Bori elga yaxshilig‘ qilg‘il” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti M.Siddiqov “Bobur abadiyati”, dotsent Z.Qobilova “Bashariyatning daho farzandi”, o‘qituvchi B.Xasanova “Bobur ijodida Vatan madhi” mavzularida ma’ruzalar qildi. 3 fevral kuni matematika kafedrasida Z.M.Bobur tavalludining 532 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur nomi qalbimizda mangudir” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda matematika kafedrasi o‘qituvchilari va 150 nafar talabalar qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida katta ishlar amalga oshirildi.
2016 yil 29 noyabr kuni jismoniy madaniyat fakulteti talabalari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 24 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya - huquq va erkinliklari kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani A.Maxkamov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Abdullayev, professor-o‘qituvchilar va 75 nafar talabalar ishtirok etishdi.
2016 yil 29 noyabr kuni institutimizning 226 ta akademik guruhlarida “Xalqimiz farzandlari” mavzusidagi videolavha talabalarga namoyish etildi.
2016 yil 29 noyabr kuni o‘zbek adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi” mavzusida talabalar o‘rtasida xuquqiy va siyosiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani O.Bozorov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Gʻ.Raxmonov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.Qobilova, Milliy g‘oya kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Xudoyberganov, professor-o‘qituvchilar va 80 nafar talabalar ishtirok etdi.
2016 yil 29 noyabr kuni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida “Konstitutsiyamiz – oru - nomusimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xusanov, fakultet dekani M.Maqsudov, dekan o‘rinbosari A.Marayimov, kafedra professor-o‘qituvchilari va 150 nafar talabalar ishtirok etdi.
2016 yil 2 dekabr kuni tabiiy fanlar va fizika-matematika fakulteti guruh murabbiylari bilan “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining tashkiliy – metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘i, “Oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari”, “Murabbiylar Nizomi” to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi F-4741-sonli hamda viloyat hokimining 2016 yil 4 noyabrdagi 262-F-sonli farmoyishlari ijrosini ta’minlash masadida 2016 yil 8 noyabrdan 1 dekabr kuniga qadar viloyat xududlarida (Bag‘dod tumani, Buvayda tumani, Uchko‘prik tumani, Qo‘qon shahri, Dang‘ara tumani, Furqat tumani, O‘zbekiston tumani) aholining turli qatlam vakillari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qarorida[4] yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish va boshqa ko‘pgina vazifalar belgilandi.
Xullas, Jamiyat ma’naviy hayotini shakllantirishda ta’lim muassasalari asosiy rol o‘ynadi. Umumta’lim maktablari o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar ongida Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, madaniy meros va tarixga hurmat ruhini shakllantirishga ahamiyat berildi. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston tarixini, madaniy merosni, urf-odatlarni targ‘ib etish maqsadida xilma xil tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Библиографические ссылки
Эргашева Ю.А., Шаропова Н., А. Ўзбекистон жанубий вилоятларида умумтаълим мактабларидаги ислоҳотлар.– Қарши, 2021.– Б.106.
Муқимий номидаги Қўқон давлат педагогика институти жорий архиви материаллари.
Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва соҳани ривожлантиришни янги босқичга кўтариш тўғрисида // Халқ сўзи, 2017, 29 июль - №149 (6843)
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Урал Махмудов

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.