Вопросы воспитания молодежи Узбекистана в духе национальных ценностей в условиях глобализации

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Вопросы

Аннотация

В данной статье рассматриваются проблемы глобализации, углубляющейся во всем мире на протяжении XXI века, которая по своим масштабам и влиянию несет угрозу национальной духовности и культуре народов развивающихся стран и создает основу для их разрушения под воздействием «массовой культуры». Автор обращает внимание на необходимость формирования в сознании нашей молодежи с детства чувства уважения к национальным и общечеловеческим ценностям, чтобы предотвратить эти опасности и не допустить образования духовного вакуума в их сознании. В статье подчеркивается огромное значение сотрудничества образовательных учреждений, семьи, махалли, идеологического воспитания на основе национальных и общечеловеческих ценностей в развитии молодежи, составляющей почти 65 процентов населения Узбекистана.

Автор подчеркивает, что единственно верный способ защитить себя от негативного влияния процесса глобализации и «массовой культуры» – это осознание каждым человеком своей идентичности, глубокое усвоение своей древней истории и богатой культуры, наследия великих предков, осознанный взгляд на сегодняшние стремительно меняющиеся реалии жизни, самостоятельное мышление, жизнь с чувством сопричастности ко всем изменениям в нашей стране и в духе патриотизма.

Ключевые слова:

нравственность процесс глобализации идеологический иммунитет духовность национальные ценности «массовая культура» воспитание.

XXI asr davomida tobora chuqurlashib borayotgan globallashuv jarayoni o‘zining qamrovi va ta’sir kuchiga ko‘ra, taraqqiy etib borayotgan mamlakatlar xalqlarining milliy ma’naviyati va madaniyatiga tahdid qilib, “ommaviy madaniyat” ta’sirida ularning barbod bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Globallashuv ta’sirida qator davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz berayotgan ijobiy siljishlarni tan olgan holda, globallashuv va uning ortidan, so‘nggi yillarda “ommaviy madaniyat” atamasi bilan “tanilgan”, axloqsizlik va ma’naviy buzuqlikning insonlar, ayniqsa yoshlar ongiga kirib kelishiga befarq qarab turish mumkin emas.

Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Globallashuv jarayonlari bashariyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga, kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchaymoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, hayotga, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati singari illatlar turli yo‘llar bilan aholi, ayniqsa, hali “oq-qora”ni farqlay olmaydigan yoshlar ongiga singdirilmoqda” (Mirziyoyev, 2023: 263).

Globallashuv jarayonining salbiy ta’siriga qarshi kurashish va undan yoshlarni himoya qilish uchun, avvalambor, globallashuvning mohiyatini anglash, ushbu jarayonda yuz berayotgan ma’naviy tahdidlarni ilmiy-nazariy tahlil etish juda muhim.

Hozirgi kunda milliy taraqqiyotga xuruj solib turgan muammolar ancha, lekin ularning orasida o‘z ta’sir doirasi va kuchi bilan ajralib turuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi inson ruhiyatiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi bilan g‘oyatda xatarlidir. Ta’kidlash joizki, mazkur xurujning mohiyatini yoshlar birdan anglab olishi juda ham mushkul. Albatta, yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalashda g‘arb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyotu san’atining yutuqlaridan foydalanishni inkor etish noto‘g‘ri bo‘ladi, biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar ziyolilarning o‘zi “g‘arbning muammosi” sifatida baholayotgan “ommaviy madaniyat”ning ma’naviy-axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglasa, shuncha yaxshi bo‘ladi.

Shu o‘rinda, “ommaviy madaniyat”ning keng va tez sur’atlarda tarqalishiga va yoshlarning ongiga kirib borishiga zamin yaratayotgan Internet tarmog‘iga e’tibor qaratish lozim. Shubhasiz, “axborot asri”, deb e’tirof etilayotgan hozirgi kunda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga Internet tarmog‘ining ijobiy ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin, Internet tarmog‘idan cheksiz ravishda foydalanish, dunyoning turli xil mamlakatlaridagi yangiliklardan bir zumda bahramand bo‘lish imkoniyatini ochib berish bilan birga, “ommaviy madaniyat”ning tarqalishiga ham xizmat qilmoqda. Bu xavflarning oldini olish va yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalikdan shakllantirish zarur. Mamlakatimiz aholisining deyarli 65 foizini tashkil etadigan yoshlarning irodali, iymon-e’tiqodli, mustaqil va erkin fikrli, har qanday xurujlarga dadil qarshi bora olishga qodir inson bo‘lib yetishishlarida ta’lim muassasasi, oila, mahalla hamkorligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati katta.

Bugungi yoshlar o‘zlarining kim ekanligini, hech kimdan kam emasligini, ajdodlari kim bo‘lganini anglab yetdilar. Lekin, globallashuv avj olayotgan bugungi kunda milliy tarbiyaning strategik yo‘nalishini keng ma’nodagi ma’naviyatimizni millatimizga yot bo‘lgan turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, uni yoshlarimiz ongi, qalbi, dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirish tashkil qiladi. Binobarin, Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz” (Mirziyoyev, 2023: 260).

Milliy qadriyatlar xususida fikr yuritar ekanmiz, bizga bu borada jahonda eng yuksak taraqqiyotga erishgan, shu bilan birga, o‘zining milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib, uni mustahkamlab kelayotgan Yaponiya davlati tajribasi o‘rnak bo‘lishi mumkin. Ular milliy g‘ururi, iftixorning kuchliligi va millat istiqboli uchun kurashdagi yakdilligi bilan bugungi yuksak taraqqiyotga erishdi hamda mustahkam milliy ma’naviy immunitetni shakllantirdi. Ularning eng ilg‘or ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalarni yaratish bilan jahon bozorlarini egallashlarida milliy tarbiya muhim o‘rinni egallaganligi ko‘pchilik uchun yangilik emas.

Zero, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan” (Karimov, 2008: 38).

Jumladan, Sohibqiron Amir Temur farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Yana bir buyuk ajdodimiz Abdurauf Fitrat aytganidek: “Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki, badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo‘ladi, Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, xushaxloq iymon sohibi bo‘lgan ota-onadan bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar ularning tarbiyalari soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi” (Fitrat, 2013: 29).

Shu boisdan, mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev: “Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz” (Mirziyoyev, 2017: 31), – deb ta’kidlagani bejiz emas.

Taraqqiyot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Hayotga bo‘lgan munosabat va yondashuvlar o‘zgaradi, rivojlanishga intilish kuchayadi. Texnika inqilobi ro‘y bergan, axborot almashinuvi shiddatli tus olgan bugungi globallashuv zamonida erishilgan yutuq va marralar bilan chegaralanib, xotirjamlik va beparvolik kayfiyatiga berilgan borki, taraqqiyotdan muqarrar ortda qoladi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” (Mirziyoyev, Xalq so‘zi. 2023. 22-dekabr).

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, globallashuv jarayoni va “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalanishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va mamlakatimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi hamda vatanparvarlik ruhi bilan yashashi zarur.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik. 5-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 408 b.

Mirziyoyev Sh.M. Ma’naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak. // Xalq so‘zi. 2023. 22-dekabr.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari / mas’ul maharrir H.Boltaboyev. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2013. – 144 b.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Бахадир Исаков,
Узбекский государственный университет мировых языков

кандидат исторических наук

Как цитировать

Исаков, Б. (2025). Вопросы воспитания молодежи Узбекистана в духе национальных ценностей в условиях глобализации. Лингвоспектр, 3(1), 712–715. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/604

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.