Л. Эрдрик – представительница литературы коренных народов Америки

Аннотация
Л. Эрдрик широко признана одной из самых значительных и влиятельных фигур среди писателей коренных народов Америки, внёсшей весомый вклад во вторую волну Ренессанса литературы коренных американцев. На сегодняшний день Л. Эрдрик является автором более тридцати книг, включая почти семнадцать романов. Многие из её произведений стали бестселлерами и получили признание как на национальном, так и на международном уровне благодаря различным престижным наградам. В данной статье рассматриваются факторы, сыгравшие важную роль в формировании уникальных особенностей прозы Л. Эрдрик.
Ключевые слова:
Проза повествование развитие литература США тема постколониал местный коренной ОжибвKirish
Jahon adabiyoti kontekstida AQSH adabiyoti eng navqiron va yosh bo‘lishiga qaramasdan, mustahkam mavqei hamda betakror tabiati bilan ajralib turadi. Xususan bu betakrorlik ko‘p madaniyatli Amerika adabiyoti namunalarida yorqin namoyon bo‘ladiki, bu asarlar sirasiga turli ovozlarni kiritish mumkin: Osiyo-Amerika adabiyoti, Yahudiy-Amerika adabiyoti, Yevropa-Amerika adabiyoti, Mahalliy Amerika adabiyoti. Mahalliy Amerika adabiyoti ko‘p yillik tarixga ega tub aholiga taalluqli mualliflarning asarlari jamlanmasi sanalib, mamlakatdagi mustamlakachilikdan keyingi davrda mazkur kategoriyaga tegishli insonlar taqdiri, dardlari hamda tashvishlarini o‘zida namoyon etadi. So‘nggi yillarda bu adabiyot ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini tortib, bu adabiyot vakillari ijod namunalari ham shu qatorda diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Mazkur maqolada Mahalliy Amerika adabiyoti (Native American Literature)ning zabardast vakilasi L. Erdrik ijodi, spetsifik jihatlari borasida fikrlarimizni bayon qilishga harakat qilamiz.
Metodologiya
Amerika adabiyotining muhim qismini tashkil etuvchi Mahalliy (tub) xalqlar adabiyoti ko‘p asrlar davomida marginal mavqeda bo‘lgan bo‘lsa-da, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu adabiy yo‘nalish jahon miqyosida tan olinmoqda. Uning eng yorqin vakillaridan biri – Luyiz Erdrik bo‘lib, u nafaqat adib sifatida, balki mahalliy Amerika madaniyatining targ‘ibotchisi sifatida ham e’tirof etiladi.
- Erdrik ijodi mahalliy Amerika adabiyoti kontekstida bir necha monografik tadqiqotlar, maqola hamda tezislarda e’tirof etilgani kuzatiladi. Tadqiqotchi Konni A. Jekobs (Connie A. Jacobs, 2021) L. Erdrik romanlarida hikoya qilish san’atini qanday o‘rganganini tahlil qilib, uning Mahalliy Amerika adabiyoti, Amerika adabiyoti an’analari va ko‘p madaniyatlilik (multikulturalizm) bilan o‘zaro aloqalarini yoritadi. Adabiyotshunos, shuningdek, yozuvchi asarlaridagi ayol mifologik qahramonlar va ularning oilaviy hikoyalari alohida xususiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Konni A. Jekobs (Connie A. Jacobs, 2021) va Nensi J. Peterson (Nancy J. Peterson, 2001) muharriligidagi “Louise Erdrich’s Justice Trilogy: Cultural and Critical Contexts” nomli kitobda adabiyotshunoslar L. Erdrikning uchta romani – “The Plague of Doves” (2008), “The Round House” (2012) va “LaRose” (2016) asarlarini tahlil qilib, muallif adolat, travma, oila va qarindoshlik, hikoya tuzilmasi va munosabatlar kabi mavzularni qanday yondashuvda ko‘rsatganini yoritishadi.
Erdrik asarlarining uslubiyati – mitologik unsurlar, realistik voqealar va folklor elementlarining sintezi orqali ifodalanadi. Uning nutq uslubi poetik, metaforik va ko‘p qatlamli. Til o‘ziga xosligida mahalliy lahjalar, madaniy idiomalar va diniy motivlar chuqur joy olgan.
Natijalar
- Erdrik ota-onasi yevropalik va chippewa (ojibve) millatlariga mansub oiladan chiqgan bo‘lib, ijodi davomida asarlarida asosiy urg‘uni tub joy amerikaliklar oilaviy hayoti, qadriyatlari va an’analari tasviriga bag‘ishlagan zamonaviy yozuvchidir. Shuningdek, bu ayol yozuvchi mahalliy Amerika adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan ijodkordir. Uning mashhur asarlari qatoriga “Love Medicine” (1984), “The Beet Queen” (1986) va “Tracks” (1988) romanlari kiradi. L. Erdrik o‘zining ko‘plab boshqa asarlari bilan ham Mahalliy Amerika adabiyoti sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, uning qahramonlari o‘z jamoalaridagi madaniy va ijtimoiy muammolarni aks ettirdi. Aralash etnik kelib chiqishga ega inson sifatida ichki ziddiyat va dualizmni ham yorqin ifodaladi.
- Erdrik 1954-yil 7-iyun kuni Minnesotada tug‘ilgan. U olti nafar farzandli oilada ulg‘ayib, onasi Rita Gurno va uning otasi (Luiza Erdrikning bobosi) Patrik Gurno qisman Ojibve (mahalliy amerikalik) millatiga mansub. Patrik Gurno bir necha yil davomida tan olingan Chippewa hindulari boshlig‘i bo‘lib, L. Erdrik katolik dini ta’limoti va qadriyatlari asosida tarbiyalangan bo‘lsa-da, uning bobosi va buvisi huzuriga tez-tez tashrif buyurishi uning shaxsiyati va kelajak hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, u mahalliy Amerika adabiyotining taniqli vakilalaridan biriga aylandi.
- Erdrik hozirgacha o‘ttizdan ortiq kitob muallifi bo‘lgan bo‘lib, ulardan qariyb o‘n yettitasi romanlardir. Bu romanlar orasida Birchbark seriyasi va trilogiyasi ham mavjud. Shuningdek, u ikki bolalar kitobi, bir hikoyalar to‘plami, uchta she’riy to‘plam, to‘rtta publitsistik asar va boshqa turli adabiy ishlanmalarni yaratdi. Bundan tashqari, L. Erdrik o‘zining adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ikki nufuzli mukofot – Milliy Kitob Mukofoti (National Book Award) va Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan. Intervyular va suhbatlarda L. Erdrik ko‘pincha o‘zining mahalliy amerikaliklar adabiyoti Renessansidagi yetakchi yozuvchiga aylanishiga asosiy turtki bo‘lgan manba bu – bobosi va buvisi bilan o‘tkazgan vaqtlaridan olingan shaxsiy xotiralar va bevosita tajribalar ekanini ta’kidlaydi.
- Erdrik o‘zining bebaho tajribalarini Kanada chegarasiga yaqin joylashgan Turtle Mountain Band of Chippewa (Turtle Mountain Chippewa qabilasi) hududidagi buvisi va bobosi uyida orttiradi. Aynan shu yerda u qabila qadriyatlari, urf-odatlari va madaniy merosi haqida chuqur bilimga ega bo‘ladi. Keyinchalik bu bilimlar uning mashhur romanlari, bolalar uchun yozgan kitoblari va she’rlariga ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi. Asosan, uning ijodi Yuqori O‘rta G‘arb (Upper Midwest) hududidagi mahalliy aholining hayotini tasvirlashga qaratildi.
2021-yil noyabr oyida PBS News telekanalida Jeffrey Braun bilan bo‘lgan intervyuda L. Erdrik irqiy ziddiyatlar, bobosining Chippewa hindulari orasidagi o‘rni hamda adabiyotda bu kabi murakkab mavzularni yoritishdagi qiyinchiliklar haqida so‘z yuritadi. U bobosi bir vaqtlar Ojibve tilini ravon biladigan yagona inson bo‘lganini, va boshqalar bilan bu tilda suhbatlashishga bo‘lgan sog‘inchini ifoda etganini aytadi (Chavkin, 1999). Hozirda L. Erdrikning qizi Persia ushbu mahalliy Ojibve tilini o‘rganib, yosh bolalarga o‘rgatmoqda. L. Erdrik qizini o‘z bobosi bilan ona tilida bemalol muloqot qila oladigan inson sifatida tasavvur qiladi. Bu hikoya inson shaxsiyati qanday shakllanishi va atrof-muhit hamda jamiyat ta’siri uning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini yaqqol namoyon etadi.
Intervyu davomida jurnalist ayniqsa irqiy ziddiyatlar kabi taranglik mavzusiga chuqur kirib boradi va bunday taranglikni yozma asarlarda tasvirlashning murakkab jihatlari haqida L. Erdrikga savollar yo‘llaydi. Muallifning javobi esa ushbu murakkab rivoya san’ati borasidagi teran fikr va qarashlari bilan tomoshabinlarning e’tiborini o‘ziga tortadi (Ganieva, 2024).
- Erdrik bobosining “bekor qilinish (statusdan mahrum etilish)” tahdidi bilan yuzma-yuz kelgan tajribasini eslab, yer insonning hayot tarzi va mavjudoti uchun naqadar muhim ekanini ta’kidlaydi. U shuni qayd etadiki, agar insonning tirikchiligi va borlig‘i yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, bunday holat nihoyatda ahamiyatli va chuqur ma’no kasb etadi. Muallifning ta’kidlashicha, “bekor qilinish” (statusdan mahrum etilish) haqida yozish juda zerikarli va juda texnik shaklda bo‘lishi mumkin (Ganieva, 2024). Biroq, agar bu mavzuga to‘satdan o‘z dunyosining yo‘qolishi tahdidi bilan yuzlashgan inson nigohi orqali yondashilsa, u holda bu masala nihoyatda muhim va ta’sirchan ekani ayonlashadi. Bu jihat yozuvchining ijodiy merosidagi teranlik va haqiqatni faqat o‘z nigohi bilan emas, balki chinakam guvoh sifatida tasvirlay olish qobiliyatiga e’tiborni qaratadi. Bu, ayniqsa, uning bobosiga bo‘lgan chuqur hurmati sababli mahalliy xalqlarning hayoti, madaniyati va an’analariga oid chuqur tushunchalarni egallaganini namoyon etadi. Aynan shu omil uni Mahalliy Amerika adabiyoti Uyg‘onish davrining eng ta’sirchan va sermahsul yozuvchilaridan biriga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Xulosa
Qilib aytganda, L. Erdrikning shaxsiy tajribalari va oilaviy ildizlari uning ijodiy yondashuvini teranlashuvida ahamiyat kasb etib, uni mahalliy madaniyatning nozik jihatlarini teran anglay oladigan va ta’sirchan shaklda ifodalay oladigan yozuvchiga aylantira oldi. Shu bois u Mahalliy Amerika adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adibalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Luyiz Erdrik zamonaviy Mahalliy Amerika adabiyotining nafaqat iste’dodli vakili, balki tub xalqlarning ovozini butun dunyoga eshittirgan yirik adib sifatida tarixda munosib o‘rin egallaydi. Uning asarlari madaniyatlararo muloqotda ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Erdrik ijodi bugungi kunda adabiy, sotsiologik va antropologik tadqiqotlar uchun bebaho manba bo‘lib qolmoqda.
Библиографические ссылки
Bruchac, J. (1998). Native North American literary companion. Visible Ink.
Brown, J. (2021). Louise Erdrich’s “The Sentence” explores racial tensions in a divided Minneapolis. PBS News Hour. https://www.pbs.org/newshour/show/louise-erdrichs-the-sentence-explores-racial-tensions-in-a-divided-minneapolis
Chavkin, A. (1999). The Chippewa landscape of Louise Erdrich. The University of Alabama Press.
Coltelli, L. (1990). Winged words: American Indian writers speak. University of Nebraska Press.
Ganieva, O. (2024). Specificity of XX century American realistic fiction.
Ganiyeva, O. X. (2024). XX asr AQSH regional romani badiiy o‘ziga xosligi. Innovatsion tadqiqotlar zamonaviy dunyoda: nazariya va amaliyot, 3(14), 43–45.
Jacobs, C. A. (2001). The novels of Louise Erdrich: Stories of her people. Peter Lang. https://archive.org/details/novelsoflouiseer0011jaco/page/n12/mode/1up?view=theater
Jacobs, C. A., & Peterson, N. J. (Eds.). (2021). Louise Erdrich’s Justice Trilogy: Cultural and critical contexts. Michigan State University Press.
Rainwater, C. (1990). Reading between worlds: Narrativity in the fiction of Louise Erdrich. American Literature, 62(3), 405–422. https://www.jstor.org/stable/2926739
Sadullayev, F. B. (n.d.). ХХ аср АҚШ модерн адабиётининг тарихий ҳамда ижтимоий негизлари. Scientific Reports of Bukhara State University, 171.
Vizenor, G. (1995). Native American literature: A brief introduction and anthology. HarperCollins College Publishers.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Парвина Мирзаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.