Литературно-исторический контекст творчества Гектора Мало

Аннотация
Данное исследование посвящено контекстуальному анализу избранных фрагментов значимых литературных произведений Гектора Мало, в особенности его романа Sans famille (Без семьи). Работа дает возможность глубоко изучить темы, структуру повествования и художественные приемы писателя. Посредством тщательного анализа отрывков из романа Без семьи исследуется, как Мало создает своих персонажей и окружающий их мир, а также каким образом они отражают более широкие социально-политические и культурные проблемы своей эпохи. В статье рассматриваются социальные и культурные условия времени, в которое был опубликован роман. Жизненные испытания и перемены той эпохи, а также стремление передать реалии повседневной жизни занимают важное место в творчестве Мало. Его произведения основаны на реализме – он искренне и точно показывает трудности человеческой жизни, однако при этом сохраняет веру в добро и надежду. Таким образом, в романе сочетаются элементы реализма и оптимизма. На основе исторических источников и литературной критики творчество Мало связывается с широкими культурными процессами, подчеркиваются такие темы, как внутренняя стойкость человека, стремление к изменениям и к добру.
Ключевые слова:
Без семьи литературный контекст исторический контекст французская литература реализм оптимизм в литературе социальные проблемы в художественной литературеKirish
Gektor Malo – Fransuz adabiyotining mashhur namoyandasi bo‘lib, uning ijodi XIX asr oxiri va XX asr boshidagi Fransiya madaniy va tarixiy o‘zgarishlarning murakkabliklarini aks ettiradi. U tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar davrida dunyoga kelgan bo‘lib, asarlari o‘z davrining siyosat va falsafa sohalaridagi o‘zgarishlarni qamrab oladi. XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida Fransiyada chuqur ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar yuz berdi, bu esa adabiyot va san’atga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hector Malotning ijodi aynan shu o‘zgaruvchan muhitda shakllandi. U o‘z asarlarida jamiyat chekkasida yashayotgan, jamiyat tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan insonlarga e’tibor qaratdi. Maloning eng mashhur asari “Sans famille” (“Oilasiz”) – bu nafaqat yetim bola sarguzashti, balki insoniy mehr, birdamlik va ma’naviy qadriyatlarni qiyinchiliklar fonida ochib beruvchi falsafiy asar hamdir. Malot o‘z davrining murakkab ruhiy iqlimini juda nozik his etgan yozuvchi sifatida, ijtimoiy tengsizlik, yolg‘izlik va insoniylikning yo‘qolish xavfi kabi mavzularni chuqur yoritgan. U ilgari surgan obrazlar – ko‘pincha jismonan yoki ijtimoiy jihatdan zaif bo‘lgan, biroq ichki kuchga ega qahramonlar – insonning murakkab tabiatini ifodalaydi.
Adabiyot orqali Malo insoniyatga, ayniqsa yosh avlodga umid va sabr-toqat darsini berishga intilgan. U an’anaviy axloqiy qadriyatlarni shubha ostiga qo‘ymasdan, balki ularni murakkab hayotiy sharoitlar bilan sinovdan o‘tkazgan. Shu orqali u fransuz adabiyotida insonparvarlik va axloqiy mustahkamlik timsoliga aylangan. Shu bilan birga, uning asarlari inson psixologiyasining murakkabligi va axloqiy noaniqlikni o‘rganishga chuqur bag‘ishlangan. Tashqi ijtimoiy-siyosiy haqiqatlar bilan ichki ruhiy jarayonlarning uyg‘unligi Malo ijodini boy va ko‘p qirrali qiladi. Ammo Malot siyosatning asl mohiyatini isloh qilishda asar qahramonlari hayotidan epizodlar keltiradiki bu siyosat tizimini qayta isloh qilishga undaydi (Pouliot, 2019). Uslubiy jihatdan Malo an’anaviy hikoya shakllarini eksperimental uslublar bilan uyg‘unlashtirishi bilan tanilgan, bu esa uning zamondoshlari orasida keng tarqalgan adabiy yangiliklarga mos keladi. Uning asarlari haqiqat bilan xayol o‘rtasidagi chegaralarni aralashtirishga tayyorlik bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, Malo asarlari ko‘pincha falsafiy savollarni o‘z ichiga oladi, o‘quvchilarni mavjudlik, erkinlik va axloq haqida chuqur mulohaza yuritishga taklif qiladi. Bunday aqliy yetuklik va tarixiy kontekstga nisbatan sezgirlik uni o‘z davrining mahsuli va tanqidchisi sifatida ko‘rsatadi. Asarda shunday deyiladi: “Je n’appartiens à personne, personne ne m’attend – mais je dois continuer à marcher” (Hector Malot, Sans famille; 1878). Bu jumla asarda bosh qahramon Remi tomonidan aytiladi va uning ichki holatini – yolg‘izlik, erkinlik va harakat zaruriyati o‘rtasidagi kurashni aks ettiradi. Jumla Maloning asosiy g‘oyalaridan biri – inson mustaqilligi, ijtimoiy ajralish va ma’naviy kuch haqida chuqur falsafiy savollarni o‘rtaga qo‘yadi.
XIX asr Fransiyasining madaniy muhiti, uning jonli badiiy doiralari va siyosiy munozaralari Malo adabiy tajribasini rivojlantirish uchun qulay zamin yaratdi. U yozuvchi jamiyatdagi roli, san’atning mas’uliyati va shaxsiy ifoda bilan jamoaviy o‘xshashlik o‘rtasidagi taranglik haqida olib borilayotgan munozaralarga ta’sir ko‘rsatdi va ularga javob berdi. Malo bu masalalarga yondoshuvi Fransuz adabiyotidagi kengroq tendentsiyalarni aks ettiradi, bu yerda ma’no va maqsad haqidagi savollar tez o‘zgarayotgan tarixiy sharoitlarda doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilardi. Uning ijodini ushbu boy madaniy va tarixiy kontekstga joylashtirish orqali olimlar ham, yozuvchilar ham uning yaratgan adabiyotini chuqurroq anglay olishadi. Ushbu maqolada Gektor Malo adabiy-tarixiy kontekstida o‘z davrining oqimlarini qanday ifoda etilishini ochib beriladi.
Usullar
Ushbu tadqiqot Gektor Maloning muhim adabiy asarlaridan tanlab olingan namunalarni kontekstual talqini orqali tahlil qiladi, xususan uning Sans famille (Oilalarsiz) romani ustida alohida to‘xtaladi. Maloning mavzulari, hikoya tuzilmasi va uslubiy vositalarini chuqur o‘rganishga imkon beradi. Sans famille (Oilasiz) romanidan parchalarni diqqat bilan tahlil qilish orqali Maloning qahramonlari va muhitlarini qanday yaratishi, ularning o‘z davrining kengroq ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarini aks ettirishini aniqlaydi. Fransuz adabiyoti haqida juda ko‘p qarshlar, fikrlar mavjud. Masalan: Burjuaziyaning rivojlanayotgan fanlari psixologiya, sotsiologiya va kriminologiya adabiy janrlar evolyutsiyasini ilhomlantirdi – jumladan, naturalistik romani, jinoyat-fantastika va roman psixologiyasi – asar qahramonlari axloqiy hususiyatlari ularning tasvirlarida ifodalandi (Craske, 2024).
Tadqiqot Sans famille (Oilasiz) asarining nashr etilgan davrini ijtimoiy va madaniy sharoitlar nuqtai nazaridan o‘rganadi. Ushbu davrda yuzaga kelgan hayotiy sinovlar va o‘zgarishlar, shuningdek, odamlarning kundalik hayotidagi haqiqatlarni tasvirlash Maloning ijodida muhim o‘rin tutadi. Uning asarlari realizmga asoslanib, inson hayotidagi qiyinchiliklarni samimiy va aniq yoritadi, ammo shu bilan birga umid va yaxshilikka ishonchni yo‘qotmaydi. Tarixiy manbalar va adabiy tanqidlar orqali Maloning ijodi keng madaniy jarayonlar bilan bog‘lanib, inson qalbidagi kuchli ruhiy bardoshlik, o‘zgarish va yaxshilikka intilish mavzularini ko‘taradi. U o‘z asarlarida oddiy insonlarning jasorati va mehrini hayotiy voqealar bilan uyg‘un tarzda aks ettiradi. Masalan: La chose la plus précieuse dans la vie, c’est l’affection et l’amitié (Hector Malot, Sans famille; 1878). Ushbu jumla Malotning hayotga real nigoh bilan qarashi, ammo shu bilan birga insoniy iliqlik va umidni qadrlashi kabi asosiy adabiy yo‘nalishlarini ifodalaydi. U o‘quvchini qiyinchiliklar ichida ham ezgulikni ko‘ra olishga chorlaydi.
Kontekstual talqin Sans famille asarini Maloning zamondoshlari – André Paul Guillaume Gide va Albert Kamyularining asarlari bilan solishtirish orqali boyitiladi; bu orqali umumiy mavzular va uslubiy yangiliklar ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot, shuningdek, arxiv materiallari va Sans famille asarining zamondosh sharhlarini o‘rganib, uning Fransuz adabiy tarixidagi o‘rnini tushunishga harakat qiladi. Bu manbalarni birlashtirish orqali tadqiqot Malo asarining o‘z davrining ideologik tizimlarini qanday aks ettirishi va tanqid qilishini ochib beradi. Bundan tashqari, tahlil Sans familledagi Maloning so‘z ishlatishi, hikoya ovozi va ramzlariga e’tibor qaratadi, bu elementlar romanning identiklik, erkinlik va ijtimoiy cheklovlar mavzularini qanday chuqurlashtirishini ko‘rsatadi. Masalan, romandagi sayohat va joy almashtirish tasvirlari ekzistensial o‘zlik izlashning ramzi sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot shuningdek, Maloning ijtimoiy tabaqalanish va marg‘inalizatsiya masalalarini XIX-asr oxirlaridagi Fransiyadagi siyosiy munozaralar bilan qanday bog‘lashini o‘rganadi.
Tadqiqot adabiy matnlarning murakkabligini tan oladi va ularni to‘g‘ri anglash uchun tarixiy, falsafiy va estetik o‘lchovlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot usuli matn va uning ijtimoiy-tarixiy konteksti o‘rtasida muloqotni rivojlantiradi va soddalashtirilgan talqinlardan qochadi.
Umuman olganda, tadqiqot Sans famille (Oilasiz) asarini Malo umrining Fransuz jamiyati va adabiyotidagi ziddiyatlar hamda o‘zgarishlarni aks ettiruvchi muhim matn sifatida nazarda tutadi. Kontekstual tahlil va nazariy mulohazalar orqali ushbu tadqiqot Malo ijodining yaratgan dunyosi va uni shakllantirgan tarixiy-madaniy muhit o‘rtasidagi boy o‘zaro ta’sirini yoritishni maqsad qilgan. Bu yondashuv Sans famille (Oilasiz) hamda Maloning kengroq ijodini XIX-asr oxirlari Fransuz adabiy va madaniy tarixiga qo‘shgan hissasini to‘liqroq tushunishga xizmat qiladi.
Natijalar
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Gector Maloning asarlari o‘z davrining ijtimoiy ziddiyatlari va insoniy tajribalarini chuqur aks ettiradi. Ayniqsa, Sans famille Oilasiz) romanida jamiyatning nochor qatlamlariga e’tibor qaratilishi, insonning ijtimoiy tizim ichidagi o‘rni, o‘zligini anglash va hayot mazmunini izlash kabi mavzular ustuvor o‘rin egallaydi. Bosh qahramon Remining sayohati – bu faqatgina joydan-joyga yurish emas, balki ichki o‘zgarish, yetilish va o‘zlikni anglash sari qilinayotgan ruhiy safardir. Remi orqali Malo o‘quvchini har bir inson hayotining murakkab, ammo umid bilan yoritilgan manzarasiga olib kiradi. Bu yo‘l – muammolar va yo‘qotishlar ichida insoniylikni, mehrni va umidni saqlab qolish yo‘lidir. Masalan:
S’il te reste un peu d’amour dans le cœur, tu n’es jamais tout à fait seul (Hector Malot, Sans famille; 1878).
Bu jumla Malo ijodining asosiy ruhini – insoniy mehr va ichki umid orqali umidsizliklardan o‘tish g‘oyasini aniq ifodalaydi.
Ekzistensialistik ta’sirlar Sans familledagi taqdir hamda erkin iroda haqidagi savollar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, bosh qahramonning befarq yoki dushmanona shaxslar bilan takroriy uchrashuvlari shaxsning shaxsiy bo‘lmagan zamonaviy dunyoda duch keladigan izolyatsiyasini ta’kidlaydi. Bu uchrashuvlar ko‘pincha individual faollik va tashqi ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rsatadi, bu esa ekzistensialistik tafakkurning muhim xususiyatidir. Asardan shunday Remining shunday jumlasi bor: Parfois on marche sans savoir où l’on va (Hector Malot, Sans famille; 1878). Bu jumla bosh qahramon Remining ichki holatini – yo‘nalish va maqsad yo‘qligi, hayot yo‘lida o‘z-o‘zini topishga bo‘lgan harakatni – ifodalaydi. Aynan shu tarzda Malo ekzistensialistik iztirobni, insonning harakat qilishi zarur bo‘lgan, ammo ma’nosi noaniq bo‘lgan dunyosini yoritadi
Siyosiy nuqtai nazardan, Sans famille ijtimoiy adolatsizlik va past tabaqalar kurashlari mavzulariga murojaat qiladi. Bosh qahramonning qashshoqlik, ekspluatatsiya va kamsitilish kabi tasvirlari Fransiya jamiyatidagi ijtimoiy tengsizliklarni tanqid qiladi. Ushbu mavzular Malo zamonaviy siyosiy munozaralardan xabardorligi va tez sanoatlashtirish hamda modernizatsiya oqibatida chetlashtirilganlarga nisbatan hamdardligini ko‘rsatadi. Roman erkinlik va tenglikni targ‘ib qiluvchi, ammo shu bilan birga kamsitish va azob-uqubatlarni davom ettiruvchi jamiyatning qarama-qarshiliklarini fosh qilishdan chekinmaydi. Asardan olingan quyidagi parchalarda bu qarashlar yaqqol seziladi:
“Je vois que vous faisiez mardi gras, dit-il; ça se trouve bien, car j'ai une solide faim. Qu'est-ce que tu as pour souper?
— Je faisais des crêpes.
— Je vois bien ; mais ce n'est pas des crêpes que tu vas donner à manger à un homme qui a dix lieues dans les jambes.
— C'est que je n'ai rien ; nous ne t'attendions pas.
— Comment, rien ; rien à souper ?”
Il regarda autour de lui.
“Voilà du beurre.”
Il leva les yeux au plafond à l'endroit où l'on accrochait le lard autrefois; mais depuis longtemps le crochet était vide, et à la poutre pendaient seulement maintenant quelques glanes d'ail et d'oignon.
“Voilà de l'oignon, dit-il en faisant tomber une glane avec son bâton ; quatre ou cinq oignons, un morceau de beurre, et nous aurons une bonne soupe” (Hector Malot, Sans famille; 1878).
Ushbu parcha qahramonlarning nochorligini, ular o‘rtasidagi muhtojlikka qarshi birdamlikni va o‘sha davrdagi ijtimoiy tengsizliklarga nisbatan yashirin tanqidni yoritib beradi.
Maloning hikoya uslubi uni an’anaviy adabiy normalarga qarshi chiqqan avangard yozuvchilarga yaqinlashtiradi. U nuqtai nazarlarning almashinuvi va ichki monologlardan foydalangan holda o‘quvchilarga bosh qahramonning ruhiy holatiga yaqin kirish imkonini beradi va shu bilan birga aniq va barqaror nuqtai nazarni barbod qiladi. Ushbu texnika romanning sub’ektiv tajribani o‘rganishini kuchaytiradi va parchalanib ketgan dunyoda haqiqatlarning ko‘p qirraliligini ta’kidlaydi. Bo‘laklarga ajratilgan syujet esa yakunlanishdan qochib, Malo tasvirlagan tarixiy inqirozlarning davomiy va hal etilmagan tabiatini aks ettiradi. Masalan:
Je suis un enfant trouvé. Mais jusqu’à huit ans j’ai cru que, comme tous les autres enfants, j’avais une mère... (Hector Malot, Sans famille; 1878).
Ushbu parchada Remining bolaligida o‘zini onasi bilan birga bo‘lgan deb tasavvur qilishi, uning ichki dunyosini va o‘zini anglash jarayonini yoritadi.
Il fallut de nouveau emboîter le pas derrière mon maître et, la bretelle de ma harpe tendue sur mon épaule endolorie, cheminer le long des grandes routes… (Hector Malot, Sans famille; 1878).
Bu parcha Remining Vitalis bilan bo‘lgan sayohatlarini va uning ichki kechinmalarini tasvirlaydi, subyektiv nuqtai nazar orqali hikoya qiladi.
Xulosa qilib aytganda, tahlil natijalari Sans famille (Oilasiz) romanidagi qahramonlari shaxsiy sarguzashtlarning oddiy hikoyasi emas, balki o‘z davrining ekzistensial, siyosiy va uslubiy oqimlari bilan shug‘ullanadigan boy qatlamlarga ega matn ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu topilmalar Malo ijodining o‘sha davr adabiy va tarixiy manzarasini tushunishda ahamiyatini ta’kidlaydi.
Munozara
Gektor Malo ijodi adabiy tajriba va tarixiy tafakkurning chorrahasida turib, fransuz adabiyotining jonli ruhini mujassamlashtiradi. Uning yozganlari o‘z davrining ijtimoiy va siyosiy haqiqatlarini shunchaki aks ettirmay, zamonaviylikni shakllantiruvchi kuchlar bilan faol ravishda shug‘ullanadi va ularni tanqid qiladi. Innovatsion hikoya texnikalari va mavzulari orqali Malo an’anaviy adabiy shakllarga qarshi chiqadi va o‘quvchini individual tajriba bilan tarixiy kontekst o‘rtasidagi munosabatni qayta ko‘rib chiqishga taklif etadi. Ushbu shakl va mazmunning ikki tomonlama aloqasi uni o‘z avlodining eng muhim ovozlaridan biriga aylantiradi.
Malo ijodi jamiyatda adabiyot roli haqidagi davom etayotgan munozaralarga o‘z hissasini qo‘shadi, xususan, adabiyotning haqiqatni aks ettirish va ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlariga doir. Uning asarlari adabiyotning axloqiy dilemmani va tarixiy xotirani o‘rganish maydoni sifatida xizmat qilishi mumkinligini namoyish etadi. Shaxsiy hikoya bilan jamoaviy tarixni uyg‘unlashtirish orqali Malo zamonaviy hayotning qarama-qarshiliklarini – erkinlik va bosim, umid va tushkunlik, identiklik va ajralish o‘rtasidagi noaniqliklarni nozik tarzda tanqid qiladi. Ushbu tadqiqot Malo ijodini o‘z davrining adabiy-tarixiy kontekstida qat’iy joylashtiradi va uning asarlari kengroq madaniy va intellektual oqimlarni qanday aks ettirishini ko‘rsatadi. Malo ekzistensialistik falsafa, modernistik estetika va siyosiy tartibsizliklarga qiziqishi bilan o‘z hikoyalarini boyitadi, bu esa ularni nafaqat badiiy jihatdan jozibador, balki tarixiy jihatdan ham chuqur ma’noli qiladi. Uning romanlari, xususan Sans famille (Oilasiz), tez o‘zgarayotgan dunyoda shaxslar duch keladigan ruhiy va ijtimoiy ziddiyatlarni yorituvchi muhim hujjatlar sifatida xizmat qiladi.
Kelajakdagi tadqiqotlar Malo ta’sirini fransuz adabiyotida, xususan, keyingi yozuvchilarning identiklik, travma va siyosiy faoliyat kabi mavzular bilan qanday shug‘ullanganini o‘rganishga bag‘ishlanishi mumkin. Gektor Malo asarlari tarjimasida ham bu yondashuvlarni saqlab qolish va asl ma’noni targ’ib etish kerakki bu kitobxon uchun zavqli bo‘lsin. “Oilasiz” romani eng ko‘p tarjima qilingan asarlardan biri sifatida qaraladi. “Oilasiz” – Niderlandiyada eng ko‘p qayta tarjima qilingan fransuz romani. O‘z tarixi davomida “Oilasiz” romani tarjimalarini qayta ko‘rib chiqish, moslashtirish va ushbu ikki variantning bir-biriga mos kelishi o‘rtasida tebranish bo‘lib, ushbu asarning ko‘p o‘qilishini tasvirlab berdi (Bogaart & Bremmers, 2021). Zamonaviy adabiy tadqiqotlarda Malo asarlari xotira, travma va vakillik etikasi masalalariga murakkab munosabat bilan e’tiborni qayta jalb qilishga undaydi. Ilmiy doiralarda tarixiy inqirozlar bilan yuzma-yuz kelishda adabiyotning roli tobora ko‘proq o‘rganilayotgan bir paytda, Malo ijodi boy tahlil maydonini taqdim etadi. Uning hikoya tajribasi va tarixiy tafakkurni uyg‘unlashtirishi adabiy nazariya va madaniyatshunoslikdagi zamonaviy munozaralarning ko‘plab asosiy masalalarini oldindan ko‘ra oladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Gektor Malo ijodi Fransiyaning madaniy, siyosiy va intellektual o‘zgarishlarini chuqur aks ettiradi. Sans famille (Oilasiz) romani misolida olib borilgan batafsil tahlil orqali ushbu tadqiqot Malo asarlarining o‘z davrining ziddiyatlarini – identlik, ajralish va ijtimoiy adolatsizlik kabi mavzularni – ekzistensializm va modernizmga xos innovatsion hikoya uslublari realizm va optimizmning uyg’unlashuvi bilan ifodalashini ko‘rsatdi. Malo ijodini tarixiy va adabiy kontekstda tahlil etish orqali biz uni nafaqat nozik didli san’atkor, balki o‘z zamonasiga tanqidiy nigoh tashlay olgan teran tafakkur egasi sifatida ham ko‘ra olamiz. Malo asarlarida o‘tmish bilan bugunning murakkab rishtalari, adabiyot orqali bildirilgan fikriy izlanishlar o‘z ifodasini topgan. Shu jihatdan qaraganda, u zamonaviy adabiyotshunoslik uchun ham qimmatli tushunchalarni taqdim etgan muallifdir. Kelajak tadqiqotlarining oldida esa bir muhim vazifa turadi: Malo merosining keyingi avlodlarga qanday ruhiy va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatganini chuqurroq anglash va uning asarlaridagi ijtimoiy-siyosiy haqiqatlarga bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali munosabatni yanada kengroq yoritish
Библиографические ссылки
Bogaart, J., Bremmers, D., Versendaal, R., & Kotze, H. (2021). Traduire et retraduire Sans famille, ou comment faire aimer Hector Malot aux Pays-Bas. RELIEF-Revue électronique de littérature française, 15(1), 27-44.
Craske, H. (2024). Complicity in Fin-de-siècle Literature. Oxford University Press.
Fauvel, A. (2008). La voix des fous. Hector Malot et les “romans d'asile”. Romantisme, 141(3), 51-64.
Hector Malot, Sans famille, Paris, Dentu, 1878.
Kohnen, M. (2016). Figures d'un polygraphe français: Hector Malot:(1855-1881).
Pouliot, S. (2019). “Hector Malot, l’écrivain instituteur.” no. 45, 2019.
Pouliot, S. (2019). Cahiers Robinson by Hector Malot. Nouvelles Études Francophones, 34(2), 215-218.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 У. Д. Каршибаева, Дилрабо Алибекова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.