Древние русла нижнего течения Aмударьи, природно-географическая среда и история их научного изучения

Аннотация
В статье рассматриваются природно-географические особенности нижнего течения Амударьи, история её древних русел и оросительных систем на основе геологических и археологических исследований. Освещаются экспедиции, начавшиеся с XVII века, деятельность в период Хивинского ханства и Российской империи, а также научные исследования советского времени, особенно труды С. П. Толстова и А. С. Кес, в которых анализируются изменения русел Амударьи и развитие ирригационного земледелия. В XVII веке А. Дженкинсон, Н. Уитсон, в XVIII веке Далилия, И. Муравин предоставили важные сведения об Амударье и Аральском море. Кроме того, создание карт впадения рек в Каспийское море, изображения впадения Амударьи и Сырдарьи в Аральское море были изучены в результате широкомасштабных исследований, начиная с XIX века. Были организованы географические экспедиции, и результаты исследований привели к широкомасштабному изучению геологии, орографии, почв, гидрографии, климата и водного хозяйства Хорезма. Проведенные работы являются важным источником для изучения экологии не только Хорезма, но и Средней Азии, древних оросительных систем и антропогенной деятельности.
Ключевые слова:
Амударья древние русла ирригационная система Хорезмскый оазис археологические исследования С. П. Толстов А. С. Кес Узбой Акчадарья СарыкамышKirish
Amudaryo quyi oqimidagi tabiiy-geografik muhitni o‘rganish bo‘yicha tarixiy va ilmiy tadqiqotlar uzoq yillik jarayonni o‘z ichiga oladi. Ushbu ilmiy yo‘nalish Xorazm vohasining irrigatsion tizimlari, qadimiy o‘zanlari, antropogen landshaftlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita aloqador. Dastlabki manbalar XVI-XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, keyinchalik Rossiya imperiyasi davrida va sovet davrida yanada tizimli tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar nafaqat geologik va geografik, balki arxeologik, tarixiy va ijtimoiy tahlillarni ham qamrab olgan.
Adabiyotlar tahlili
Tadqiqotda asosiy manba sifatida V. V. Bartoldning “Amu-Daryosi” (1965), L. S. Bergning “Klimat i jizn” (1947), K. K. Markovning “Vysyxayet li Srednyaya Aziya” (1955), va “Nizovya Amu-daryi, Sarykamysh, Uzboy” (1960) asarlari tahlil qilinadi. Bu asarlar Amudaryo o‘zanlarining geologik o‘zgarishlari, qadimiy sug‘orish tizimlari va inson faoliyatining tabiiy-geografik muhitga ta’sirini chuqur ochib bergan. Ayniqsa, S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi natijalari ushbu sohada asosiy ilmiy poydevor bo‘lib xizmat qilgan.
Metodologik asoslar
Tadqiqotda tarixiy-geografik tahlil, komparativ metod, kartografik usullar, arxeologik joylashtirish va ilmiy statistikalar asosida tahlil olib borilgan. Daryo o‘zanlarining o‘zgarishini aniqlash uchun tarixiy xaritalar, geologik qatlamlar tahlili, yozma manbalar va zamonaviy GIS texnologiyalari qo‘llanilgan. Irrigatsiya tizimlarining shakllanishi va antropogen landshaftlarning rivojlanishi zamonaviy landshaftshunoslik asosida yoritilgan.
Tahlil
Amudaryo quyi oqimidagi tabiiy geografik muhitini ilmiy tarzda o‘rganish va manbalardagi bayoni XVII asrdan boshlangan. Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodurxon Orol dengizi haqida va XVI asrda Amudaryoning Kaspiy dengizi bilan bog‘langanligini yozib qoldirgan. XVII asrda A. Djenkinson, N. Vitson, XVIII asrda Daliliya, I. Muravinlar tomonidan Amudaryo va Orol dengizi haqida ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Pyotr I tomonidan esa, bu hududlarni o‘rganish uchun ilmiy ekspeditsiyalar yuborilgan. Ularga Kaspiy dengizi va uning atroflarini o‘rganish topshirilgan. Shu davrda, ya’ni 1720 yilda Kaspiy dengizi va unga kelib quyilgan daryolarning xaritasi yaratilgan. Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyilganligi haqidagi aniq geografik tasvirlar XIX asrda olib borilgan geoglogik tadqiqotlar natijasida ishlangan. 1819-1820 yillarda tashkil etilgan N.Muravin boshchiligidagi ekspeditsiya Uzboy irmog‘idan to Xivaga bo‘lgan hududlarni tadqiq qilgan.
Ular Turkmaniston va Xiva yerlarining holati, sug‘orish inshootlari, ijtimoiy hayot tarzini ham o‘rganishgan. 1879-1883 yillarda A.I.Gluxovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaga Amudaryoning eski o‘zanlari va Amudaryoning Uzboy o‘zanini aniqlash vazifalari yuklangan (МХЭ. Вып.3, 1960). Ekspeditsiya tomonidan Uzboy va Daryoliqning aniq topografik tasvirlari olingan. Amudaryoning qadimgi o‘zanlari haqidagi geografik tadqiqotlar “Geografik jamiyat” tomonidan olib borilgan.
Uning 1850 yildan keyingi nashrlarida Orol, Kaspiy dengizlari, Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumotlar ko‘paygan. 1874 yildan keyin maxsus Amudaryo ekspeditsiyasi tashkil etilgan. Tadqiqot natijalari V. A. Obruchev, A. M. Konshin, V. V. Bartold asarlarida yoritilgan. Xiva xonligidagi sug‘orish ishlari bilan bog‘liq masalalar va yangi yerlarning o‘zlashtirilishi Munis va Ogohiyning asarlarida ham o‘z aksini topgan. Bu tadqiqotlarning ahamiyati bugungi kungacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin rus geograf va sharqshunoslari yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini topish uchun, paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun Amudaryoning eski o‘zanlari va Uzboy o‘zani bo‘ylab ko‘plab tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ular Afg‘oniston chegaralaridan Kaspiy dengiziga olib boradigan suv yo‘lini topish va uni ishga tushirish imkonni topishlari kerak edi. Buning geografik ekspeditsiyalar tashkil qilinib, Xorazmning geologiya, orografiya, tuproq, gidrografiya, iqlim, suv xo‘jaligini keng miqyosda o‘rganganlar. Tadqiqotlar natijasida ko‘plab kartografik ma’lumotlar to‘plangan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amudaryoning qadimiy o‘zanlari va Sariqamish hududi xorijiy olimlardan gollandiyalik olim de Guya, tarixchilardan A. Germann, V. Tarn, Ye.Gersfeld tomonidan o‘rganilgan. XX asrning 30 – yillarida P.P.Ivanov Xorazmning sug‘orma dehqonchilik madaniyati tarixi bo‘yicha ilmiy ish qildi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan Amudaryo va uning o‘zanlari bo‘yicha to‘plangan geografik materiallar sharqshunos olim V.V.Bartold tomonidan yozma manbalar bilan taqqoslangan holda tahlil qilindi (Бартольд, 1965).
Natijalar
Sovet hukumati o‘rnatilgandan keyin ham O‘rta Osiyoda paxtachilik va irrigatsiyani rivojlantirish uchun Xorazm vohasida tadqiqot ishlari yanada rivojlantirildi. Bu davrda geologik tadqiqotlar bilan arxeologik tadqiqotlar birgalikda olib borilgan. 1937 yilda S. P. Tolstov boshchiligida tashkil qilingan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan keng ko‘lamda tadqiqot ishlari olib borildi. Qadimgi Xorazmning arxeologik yodgorliklari bilan bir qatorda dehqonchilik madaniyati, sun’iy sug‘orish tizimi tarixi ham tadqiq qilindi. Natijada ko‘plab yangi ma’lumotlar iste’molga kiritildi.
Sun’iy sug‘orish tizimining rivojlanishi davlatlarning qudrati bilan bog‘liq ekanligi asoslandi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi masalasiga aniqlik kiritildi. V.V.Bartold tomonidan ilgari surilgan “adabiy feodalizm” g‘oyasi rad etilib, “O‘rta Osiyocha ishlab chiqarish usuli” mavjud bo‘lganligi asoslandi. Bu usul asosida sun’iy sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi yotadi. Dehqonchilik ho‘jaligi rivojlanishida qullar mehnati emas, balki erkin jamoalarning birgalikdagi mehnati muhim ekanligi asoslandi. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligining hukmronligi jamiyat “uy qulchiligi”ning shakllanishi sabab bo‘lgan. Bu ijtimoiy hayot tarzi “Avesto” matnlarida ham o‘z ifodasini topgan. O‘rta Osiyoda qullarga uyning eng kichik a’zosi sifatida qaralgan. Undan asosan uy xo‘jaligida foydalanganlar. Dehqonchilik ishlarining ilmini bilmaganligi va o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lmagan kishilarni dala ishlariga yuborilmagan. Dehqonchilik ilmining o‘ziga xosligi jamiyatning ijtimoiy turmush tarzini ham belgilab bergan. Bu xulosa keyingi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida ham o‘z isbotini topmoqda.
XX asrning 50- yillarida Amudaryo quyi oqimining qadimgi davrdagi holati, qadimiy o‘zanlari tarixi va paleogeografiyasi muammolarini o‘rganish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Amudaryo qadimiy o‘zanlari – deltalarining rivojlanishi, daryoning Uzboy o‘zani orqali Kaspiy dengizga quyilishi masalasi geolog va arxeolog tomonidan tadqiq qilingan. Bunda geologlar O‘rta Osiyoda cho‘llashish jarayoni kuchayib borayotganligi sabablarini o‘rganishga va qadimiy sug‘orish maydonlari qayta tiklash masalalariga ham asosiy e’tiborni qaratganlar. L. Berg, K. Markov, geomorfolog olima A. S. Kes, arxeologlardan S. P. Tolstov, Ya. G‘ulomov, B. V. Andrianov, M. A. Itina, T.A. Jdanko, O. A. Vishnevskaya, N. N. Vakturskaya, V. I. Vayinberglar tomonidan o‘rganilgan.
- P. Tolstov va A. S. Kes tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyi Amudaryo va uning irmoqlarining turli geologik davrlardagi tabiiy-geografik xolati, antropogen landshaftining shakllanishi, Amudaryodan chiqqan eng kichik hajmdagi oqimlarning ham suv bilan to‘lishining bosqichlari borasida ilk bor fundamental tadqiqot ishi olib borildi. Qadimgi Xorazm vohasi tabiiy-geografik landshaftining shakllanishi, irrigatsiya tarmoqlari paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan quyi Amudaryo gidrografiyasi o‘rganildi. Amudaryoning asosiy deltalari va kanallari yo‘nalishlarining o‘zgarishlari faqat tabiiy ta’sir, ya’ni oqimning o‘zgarishi, loyqa bilan to‘lib qolishi, suv toshqini bilan emas, balki inson faoliyati natijasida ham o‘zgarib turganligi aniqlandi. Qadimgi davrda xorazmliklar dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun daryo va uning kanallari oqimini o‘zlariga kerakli tomonga yo‘naltira olganlar, qirg‘oqlarni dambalar, to‘g‘onlar bilan mustahkalaganlar.
Xulosa
So‘nggi yillarda arxeologlar tomonidan olib borilgan kompleks tadqiqotlar Amudaryo daryosi tarixan bir necha marotaba o‘z yo‘nalishini tubdan o‘zgartirganligini ilmiy asosda isbotlab berdi. Pliotsen va to‘rtlamchi davrning ilk bosqichlarida – taxminan 5 million yil muqaddam – Amudaryoning suv oqimi Kaspiy dengiziga yo‘naltirilgan bo‘lsa, miloddan avvalgi 12 minginchi yillarga to‘g‘ri keladigan ilk Xvalin davrida daryo shimol tomonga burilib, yangi yo‘nalishlar shakllana boshlagan (Гинзбург, Краснов, 1970) Aynan shu davrda Oqchadaryo o‘zani vujudga kelgan bo‘lib, bu hududlar dastlabki insonlar tomonidan o‘zlashtirilgan.
Janubiy Oqchadaryo, Sariqamish deltasi va Uzboy havzalari qadimiy aholi punktlari joylashgan asosiy markazlardan biri bo‘lgan. Miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda Oqchadaryo orqali oqayotgan suvlar Orol dengiziga quyilgan, bu esa bronza davrida ushbu hududlarning keng o‘zlashtirilishiga imkon yaratgan (Бердимурадов, 1972).
Bu tarixiy-geografik jarayonlar eng avvalo S. P. Tolstov va A. S. Kes tomonidan olib borilgan fundamental tadqiqotlarda atroflicha yoritilgan (Толстов, 1948). Ular tomonidan aniqlangan Oqchadaryo, Sariqamish va Uzboy daryo tizimlarining shakllanishi, ularning arxeologik obidalari, joylashuv dinamikasi, mehnat vositalari, xo‘jalik tizimi hamda aholi migratsiyasi haqida qimmatli ilmiy xulosalar ilgari surilgan. Ayniqsa, Amudaryo havzasidagi geologik o‘zgarishlar va ular bilan bog‘liq tarixiy taraqqiyotning rekonstruksiyasi bo‘yicha muhim ma’lumotlar o‘z aksini topgan (Кесь А., 1970). Ushbu tadqiqotlar Markaziy Osiyo ekologiyasi, qadimiy sug‘orish tizimlari va antropogen faoliyatni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Bartol’d, V. V. (1965). Amu-Darya. In Stat'i iz "Entsiklopedii islama" (Vol. Sh, pp. 319). Nauka.
Berg, L. S. (1947). Klimat i zhizn’ [Climate and life]. Markov, K. K. (1955). Vysyhaet li Srednyaya i Tsentral'naya Aziya? In Ocherki po geografii chetvertichnogo perioda. Moscow.
Berdimuradov, A. (1972). Zemledelie v drevnem Khorezme [Agriculture in Ancient Khorezm] (pp. 21–25). Karakalpakstan.
Ginzburg, S. L., & Krasnov, I. I. (1970). Geomorfologiya i paleogeografiya Sredney Azii v chetvertichnoe vremya [Geomorphology and paleogeography of Central Asia in the Quaternary period] (pp. 49–53). Nauka.
Kes’, A. S. (1970). Istoricheskaya geografiya nizov’ev Amu-dar’i [Historical geography of the Amu Darya delta] (pp. 78–83). Nauka.
Nizov’ya Amu-dar’i, Sarykamysh, Uzboy: Istoriya formirovaniya i zaseleniya. (1960). In MKhE, Issue 3 (p. 13). Izdatel’stvo AN SSSR.
Tolstov, S. P. (1948). Po sledam drevnekhorezmiyskoy tsivilizatsii [In the Footsteps of the Ancient Khorezm Civilization] (pp. 145–155). Izdatel’stvo AN SSSR.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Умидбек Бабаязов

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.