Ancient channels of the lower Amu darya, natural-geographic environment, and the history of their scientific study

Authors

  • Urgench state university named after Abu Raykhan Beruni
Amudaryoning quyi oqimidagi qadimiy o‘zanlar, tabiiy-geografik muhit va ularning ilmiy o‘rganilishi tarixi

Abstract

This article explores the natural-geographical features of the lower reaches of the Amu Darya River, focusing on the historical development of its ancient channels and irrigation systems. Based on geological and archaeological research, the study reviews expeditions from the 17th century, research conducted during the Khiva Khanate and the Russian Empire, and extensive Soviet-era investigations. Special attention is given to the works of S. P. Tolstov and A. S. Kes, analyzing the transformation of riverbeds and the evolution of agriculture based on artificial irrigation. In the 17th century, A. Jenkinson, N. Whitson, in the 18th century, Dalilia, I. Muravins provided important information about the Amu Darya and the Aral Sea. In addition, the creation of maps of the confluence of rivers into the Caspian Sea, the images of the confluence of the Amu Darya and the Syr Darya into the Aral Sea were studied as a result of large-scale research starting from the 19th century. Geographical expeditions were organized, and the results of the research led to a large-scale study of the geology, orography, soil, hydrography, climate, and water management of Khorezm. The work carried out is an important source for studying the ecology of not only Khorezm, but also Central Asia, ancient irrigation systems, and anthropogenic activity.

Keywords:

Amudaryo qadimiy o‘zanlar sug‘orish tizimi Xorazm vohasi arxeologik tadqiqot S. P. Tolstov A. S. Kes Uzboy Oqchadaryo Sariqamish

Kirish

Amudaryo quyi oqimidagi tabiiy-geografik muhitni o‘rganish bo‘yicha tarixiy va ilmiy tadqiqotlar uzoq yillik jarayonni o‘z ichiga oladi. Ushbu ilmiy yo‘nalish Xorazm vohasining irrigatsion tizimlari, qadimiy o‘zanlari, antropogen landshaftlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita aloqador. Dastlabki manbalar XVI-XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, keyinchalik Rossiya imperiyasi davrida va sovet davrida yanada tizimli tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar nafaqat geologik va geografik, balki arxeologik, tarixiy va ijtimoiy tahlillarni ham qamrab olgan.

Adabiyotlar tahlili

Tadqiqotda asosiy manba sifatida                   V. V. Bartoldning “Amu-Daryosi” (1965), L. S. Bergning “Klimat i jizn” (1947), K. K. Markovning “Vysyxayet li Srednyaya Aziya” (1955), va “Nizovya Amu-daryi, Sarykamysh, Uzboy” (1960) asarlari tahlil qilinadi. Bu asarlar Amudaryo o‘zanlarining geologik o‘zgarishlari, qadimiy sug‘orish tizimlari va inson faoliyatining tabiiy-geografik muhitga ta’sirini chuqur ochib bergan. Ayniqsa, S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi natijalari ushbu sohada asosiy ilmiy poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

Metodologik asoslar

Tadqiqotda tarixiy-geografik tahlil, komparativ metod, kartografik usullar, arxeologik joylashtirish va ilmiy statistikalar asosida tahlil olib borilgan. Daryo o‘zanlarining o‘zgarishini aniqlash uchun tarixiy xaritalar, geologik qatlamlar tahlili, yozma manbalar va zamonaviy GIS texnologiyalari qo‘llanilgan. Irrigatsiya tizimlarining shakllanishi va antropogen landshaftlarning rivojlanishi zamonaviy landshaftshunoslik asosida yoritilgan.

Tahlil

Amudaryo quyi oqimidagi tabiiy geografik muhitini ilmiy tarzda o‘rganish va manbalardagi bayoni  XVII asrdan boshlangan. Xiva xoni Abulg‘ozi Bahodurxon Orol dengizi haqida va XVI asrda Amudaryoning Kaspiy dengizi bilan bog‘langanligini yozib qoldirgan.  XVII asrda  A. Djenkinson, N. Vitson, XVIII              asrda Daliliya, I. Muravinlar tomonidan Amudaryo va Orol dengizi haqida ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Pyotr I tomonidan esa, bu hududlarni o‘rganish uchun ilmiy ekspeditsiyalar yuborilgan. Ularga Kaspiy dengizi va uning atroflarini o‘rganish topshirilgan. Shu davrda, ya’ni 1720 yilda Kaspiy dengizi  va unga kelib quyilgan daryolarning xaritasi yaratilgan. Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyilganligi haqidagi aniq geografik tasvirlar XIX asrda olib borilgan geoglogik tadqiqotlar natijasida ishlangan. 1819-1820 yillarda tashkil etilgan N.Muravin boshchiligidagi ekspeditsiya           Uzboy irmog‘idan to Xivaga bo‘lgan hududlarni tadqiq qilgan.

Ular Turkmaniston va Xiva yerlarining holati, sug‘orish inshootlari, ijtimoiy hayot tarzini ham o‘rganishgan.  1879-1883 yillarda A.I.Gluxovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaga Amudaryoning eski o‘zanlari va Amudaryoning Uzboy o‘zanini aniqlash vazifalari yuklangan (МХЭ. Вып.3, 1960). Ekspeditsiya tomonidan Uzboy va Daryoliqning aniq topografik tasvirlari olingan.  Amudaryoning qadimgi o‘zanlari haqidagi geografik tadqiqotlar “Geografik jamiyat” tomonidan olib borilgan.

Uning 1850 yildan keyingi nashrlarida Orol, Kaspiy dengizlari, Amudaryo va Sirdaryo haqida ma’lumotlar ko‘paygan. 1874 yildan keyin maxsus Amudaryo ekspeditsiyasi tashkil etilgan. Tadqiqot natijalari   V. A. Obruchev,         A. M. Konshin, V. V. Bartold asarlarida yoritilgan. Xiva xonligidagi sug‘orish ishlari bilan bog‘liq masalalar va yangi yerlarning o‘zlashtirilishi Munis va Ogohiyning asarlarida ham o‘z aksini topgan. Bu tadqiqotlarning ahamiyati bugungi kungacha o‘zining  ahamiyatini yo‘qotgan emas.  Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin rus geograf va sharqshunoslari yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini topish uchun, paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun   Amudaryoning eski o‘zanlari va Uzboy o‘zani bo‘ylab ko‘plab tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ular Afg‘oniston chegaralaridan Kaspiy dengiziga olib boradigan suv yo‘lini topish va uni ishga tushirish imkonni topishlari kerak edi. Buning geografik ekspeditsiyalar tashkil qilinib, Xorazmning geologiya, orografiya, tuproq, gidrografiya, iqlim, suv xo‘jaligini keng miqyosda o‘rganganlar. Tadqiqotlar natijasida ko‘plab kartografik ma’lumotlar to‘plangan.

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amudaryoning qadimiy o‘zanlari va Sariqamish hududi xorijiy olimlardan gollandiyalik olim de Guya,  tarixchilardan A. Germann, V. Tarn, Ye.Gersfeld tomonidan o‘rganilgan.  XX asrning 30 – yillarida P.P.Ivanov Xorazmning sug‘orma dehqonchilik  madaniyati tarixi bo‘yicha ilmiy ish qildi. XIX asrning ikkinchi yarmi va  XX asr boshlaridan Amudaryo va uning o‘zanlari bo‘yicha to‘plangan geografik materiallar sharqshunos olim V.V.Bartold tomonidan yozma manbalar bilan taqqoslangan holda tahlil qilindi (Бартольд, 1965).  

Natijalar 

Sovet hukumati o‘rnatilgandan keyin ham O‘rta Osiyoda paxtachilik va irrigatsiyani rivojlantirish uchun Xorazm vohasida tadqiqot ishlari yanada rivojlantirildi.  Bu davrda geologik tadqiqotlar bilan arxeologik tadqiqotlar birgalikda olib borilgan.  1937 yilda S. P. Tolstov boshchiligida tashkil qilingan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan keng ko‘lamda tadqiqot ishlari olib borildi. Qadimgi Xorazmning arxeologik yodgorliklari bilan bir qatorda dehqonchilik madaniyati, sun’iy sug‘orish tizimi tarixi ham tadqiq qilindi. Natijada ko‘plab yangi ma’lumotlar iste’molga kiritildi.

Sun’iy sug‘orish tizimining rivojlanishi davlatlarning qudrati bilan bog‘liq ekanligi asoslandi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi masalasiga aniqlik kiritildi. V.V.Bartold tomonidan ilgari surilgan “adabiy feodalizm” g‘oyasi rad etilib, “O‘rta Osiyocha ishlab chiqarish usuli” mavjud bo‘lganligi asoslandi. Bu usul asosida sun’iy sug‘orish tizimiga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi yotadi. Dehqonchilik ho‘jaligi rivojlanishida qullar mehnati emas, balki erkin jamoalarning birgalikdagi mehnati muhim ekanligi asoslandi. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligining hukmronligi jamiyat “uy qulchiligi”ning shakllanishi sabab bo‘lgan. Bu ijtimoiy hayot tarzi “Avesto” matnlarida ham o‘z ifodasini topgan. O‘rta Osiyoda qullarga uyning eng kichik a’zosi sifatida qaralgan. Undan asosan uy xo‘jaligida foydalanganlar. Dehqonchilik ishlarining ilmini bilmaganligi va o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lmagan kishilarni dala ishlariga yuborilmagan. Dehqonchilik ilmining o‘ziga xosligi jamiyatning ijtimoiy turmush tarzini ham belgilab bergan. Bu xulosa keyingi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida ham o‘z isbotini topmoqda.

XX asrning 50- yillarida Amudaryo quyi oqimining qadimgi davrdagi holati, qadimiy o‘zanlari tarixi va paleogeografiyasi muammolarini o‘rganish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi.  Amudaryo qadimiy o‘zanlari – deltalarining rivojlanishi, daryoning Uzboy o‘zani orqali Kaspiy dengizga quyilishi masalasi  geolog va arxeolog  tomonidan tadqiq qilingan. Bunda geologlar   O‘rta Osiyoda cho‘llashish jarayoni kuchayib borayotganligi sabablarini o‘rganishga va qadimiy sug‘orish maydonlari qayta tiklash masalalariga ham asosiy e’tiborni qaratganlar. L. Berg, K. Markov, geomorfolog olima A. S. Kes, arxeologlardan  S. P. Tolstov, Ya. G‘ulomov,        B. V. Andrianov, M. A. Itina, T.A. Jdanko,                      O. A. Vishnevskaya, N. N. Vakturskaya,                            V. I. Vayinberglar  tomonidan o‘rganilgan.

  1. P. Tolstov va A. S. Kes tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyi Amudaryo va uning irmoqlarining turli geologik davrlardagi tabiiy-geografik xolati, antropogen landshaftining shakllanishi, Amudaryodan chiqqan eng kichik hajmdagi oqimlarning ham suv bilan to‘lishining bosqichlari borasida ilk bor fundamental tadqiqot ishi olib borildi. Qadimgi Xorazm vohasi tabiiy-geografik landshaftining shakllanishi, irrigatsiya tarmoqlari paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan quyi Amudaryo gidrografiyasi o‘rganildi. Amudaryoning asosiy deltalari va kanallari yo‘nalishlarining o‘zgarishlari faqat tabiiy ta’sir, ya’ni oqimning o‘zgarishi, loyqa bilan to‘lib qolishi, suv toshqini bilan emas, balki inson faoliyati natijasida ham o‘zgarib turganligi aniqlandi.  Qadimgi davrda xorazmliklar dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun  daryo va uning kanallari oqimini o‘zlariga kerakli tomonga yo‘naltira olganlar, qirg‘oqlarni dambalar, to‘g‘onlar bilan mustahkalaganlar.

 

 

Xulosa

So‘nggi yillarda arxeologlar tomonidan olib borilgan kompleks tadqiqotlar Amudaryo daryosi tarixan bir necha marotaba o‘z yo‘nalishini tubdan o‘zgartirganligini ilmiy asosda isbotlab berdi. Pliotsen va to‘rtlamchi davrning ilk bosqichlarida – taxminan 5 million yil muqaddam – Amudaryoning   suv oqimi Kaspiy dengiziga yo‘naltirilgan bo‘lsa, miloddan avvalgi 12 minginchi yillarga to‘g‘ri keladigan ilk Xvalin davrida daryo shimol tomonga burilib, yangi yo‘nalishlar shakllana boshlagan (Гинзбург, Краснов, 1970) Aynan shu davrda Oqchadaryo o‘zani vujudga kelgan bo‘lib, bu hududlar dastlabki insonlar tomonidan o‘zlashtirilgan.

Janubiy Oqchadaryo, Sariqamish deltasi va Uzboy havzalari qadimiy aholi punktlari joylashgan asosiy markazlardan biri bo‘lgan. Miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda Oqchadaryo orqali oqayotgan suvlar Orol dengiziga quyilgan, bu esa bronza davrida ushbu hududlarning keng o‘zlashtirilishiga imkon yaratgan (Бердимурадов, 1972).

Bu tarixiy-geografik jarayonlar eng avvalo S. P. Tolstov va A. S. Kes tomonidan olib borilgan fundamental tadqiqotlarda atroflicha yoritilgan (Толстов, 1948). Ular tomonidan aniqlangan Oqchadaryo, Sariqamish va Uzboy daryo tizimlarining shakllanishi, ularning arxeologik obidalari, joylashuv dinamikasi, mehnat vositalari, xo‘jalik tizimi hamda                  aholi migratsiyasi haqida qimmatli ilmiy xulosalar ilgari surilgan. Ayniqsa, Amudaryo havzasidagi geologik o‘zgarishlar va ular                 bilan bog‘liq tarixiy taraqqiyotning rekonstruksiyasi bo‘yicha muhim ma’lumotlar o‘z aksini topgan (Кесь А., 1970). Ushbu tadqiqotlar Markaziy Osiyo ekologiyasi, qadimiy sug‘orish tizimlari va antropogen faoliyatni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

References

Bartol’d, V. V. (1965). Amu-Darya. In Stat'i iz "Entsiklopedii islama" (Vol. Sh, pp. 319). Nauka.

Berg, L. S. (1947). Klimat i zhizn’ [Climate and life]. Markov, K. K. (1955). Vysyhaet li Srednyaya i Tsentral'naya Aziya? In Ocherki po geografii chetvertichnogo perioda. Moscow.

Berdimuradov, A. (1972). Zemledelie v drevnem Khorezme [Agriculture in Ancient Khorezm] (pp. 21–25). Karakalpakstan.

Ginzburg, S. L., & Krasnov, I. I. (1970). Geomorfologiya i paleogeografiya Sredney Azii v chetvertichnoe vremya [Geomorphology and paleogeography of Central Asia in the Quaternary period] (pp. 49–53). Nauka.

Kes’, A. S. (1970). Istoricheskaya geografiya nizov’ev Amu-dar’i [Historical geography of the Amu Darya delta] (pp. 78–83). Nauka.

Nizov’ya Amu-dar’i, Sarykamysh, Uzboy: Istoriya formirovaniya i zaseleniya. (1960). In MKhE, Issue 3 (p. 13). Izdatel’stvo AN SSSR.

Tolstov, S. P. (1948). Po sledam drevnekhorezmiyskoy tsivilizatsii [In the Footsteps of the Ancient Khorezm Civilization] (pp. 145–155). Izdatel’stvo AN SSSR.

Published

Downloads

Author Biography

Umidbek Babayazov ,
Urgench state university named after Abu Raykhan Beruni
Lecturer of the Department of History

How to Cite

Babayazov , U. (2025). Ancient channels of the lower Amu darya, natural-geographic environment, and the history of their scientific study. The Lingua Spectrum, 6(1), 409–413. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/954

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.