Enhancing independent learning skills of future foreign language teachers using artificial intelligence
Abstract
In today’s modern educational process, the use of artificial intelligence is rapidly developing, necessitating the more effective formation of independent learning competencies in the professional training of future foreign language teachers. This article analyzes the theoretical foundations and methodologies of utilizing artificial intelligence to develop the independent learning skills of future foreign language teachers. The paper examines methods for developing interactive learning sessions through artificial intelligence and studies the enhancement of independent work skills through their practical application. This lays the foundation for future foreign language teachers to continuously update their qualifications and provide even higher quality education to their students.
Keywords:
Artificial intelligence interactive method qualification skill independent learning competence professional trainingKirish
Hozirda rivojlanib keloyotgan zamonaviy ta’lim tizimlarida o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etmoqda. Xususan, sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga tobora chuqurroq kirib bormoqda, o‘qitish va o‘rganishning an’anaviy usullariga alternativlar va qo‘shimchalardan foydalanish talab etmoqda. Chet tili ta’limi sohasida, o‘quvchilarning tilni egallash jarayoni ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘zini rivojlanishiga va yangi metodikalarni o‘zlashtirishiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining mustaqil o‘rganish kompetensiyasi, ya’ni o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘zi mustaqil ravishda rivojlantira olish qobiliyati, kasbiy muvaffaqiyatining muhim omiliga aylanmoqda.
Pedagoglarning zamonaviy pedagogik faoliyati davomida nafaqat o‘rgatuvchi, balki o‘rganuvchi sifatida ham faol bo‘lish, uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlashi zarur. Biroq, an’anaviy o‘quv dasturlari ko‘pincha bu talabni amalga oshirishda yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishning yangi yo‘llarini izlash dolzarb vazifadir. Sun’iy intellekt texnologiyalari esa, mustaqil ta’limni tashkil qilish, o‘z-o‘zini baholash imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv materiallarini tanlash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil o‘rganish jarayonlarini sezilarli darajada boyitishi va samaradorligini oshirishi mumkin. Ushbu maqola bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini yanada rivojlantirishda sun’iy intellektning o‘rni va imkoniyatlarini tadqiq qilish hamda bu borada aniq metodik yondashuvlarni taklif etishga qaratilgan.
Sun’iy intellektni foydalanishda quyidagi tajribalar o‘rganilgan. Dr. Rassell Shilling (www.ed.gov) sun’iy intellekt ta’lim texnologiyalarini muhim bir burilish nuqtasiga olib kelayotganligini, endi qilinadigan harakatlarimizga bog‘liq holda, biz ta’limdagi qiyinchiliklarni yanada ko‘paytirishimiz yoki aksincha, ularni kamaytirishimiz mumkinligini o‘zining ilmiy ishlarida bayon qilgan.
O‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt texnologiyalari kasbiy faoliyatni sezilarli darajada yaxshilash, samaradorlikni oshirish va o‘qitish sifatini ko‘tarish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Sun’iy intellekt tizimlari testlar, uy vazifalari va hatto esseylarni avtomatik tarzda baholash orqali o‘qituvchilarning vaqtini tejaydi va o‘quvchilarning yutuqlari hamda kamchiliklari haqida tezkor va aniq qayta aloqa berish imkonini yaratadi, shu bilan birga, dars jadvalini tuzish, o‘quvchilarni ro'yxatga olish kabi vazifalarni avtomatlashtirish mumkin (Mirzayeva, 2020).
Sun’iy intellekt o‘quvchilarning hattoki ta’lim beruvchilarning til bilish darajasini, o‘rganish tezligini va uslubini tahlil qilib, ularga moslashtirilgan o‘quv materiallari va topshiriqlarni taklif etuvchi o‘quv tizimlarini taklif qiladi, bu o‘qituvchiga har bir o‘quvchiga individual yondashishda yordam beradi va o‘quvchilarning ma’lum bir mavzu bo‘yicha qiyinchiliklarini tezda aniqlab, ularni bartaraf etish uchun yo‘nalish beradi. Shuningdek, sun’iy intellekt yangi darsliklar, mashqlar, prezentatsiyalar va interaktiv o‘yinlar yaratishda, internetdagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ham ega hisoblanadi, eng zamonaviy, dolzarb va foydali o‘quv resurslarini topishda o‘qituvchilarga yordam beradi. O‘quv jarayonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali sun’iy intellekt o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini, topshiriqlarni bajarish jarayonini kuzata olishda yordam beradi va o‘qituvchiga o‘qitish uslublarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kasbiy rivojlanish nuqtai nazaridan, sun’iy intellekt o‘qituvchilarning o‘zlari uchun yangi metodikalar, pedagogik yondashuvlar va eng so‘nggi bilimlarni topishda yordamchi bo‘lib, ularga zamonaviy raqamli texnologiyadan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatishi mumkin va kelajak ta’lim muhitiga moslashuvchanligini oshiradi.
Raqamli texnologiyayalardan foydalanish bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Internet, kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar va turli dasturiy ta’minotlar mustaqil o‘rganish va o‘qitish usullarini tubdan o‘zgartirmoqda (Charlotte, 2025). Raqamli vositalar yordamida o‘quvchilar dunyoning istalgan nuqtasidagi axborotga tez va osonlik bilan erisha oladi, va ega bo‘la oladi, turli interaktiv darsliklar, video materiallar, ta’limiy interaktiv o‘yinlar va onlayn kurslar orqali bilimlarni yanada qiziqarli va samarali egallaydi. Bu texnologiyalar mustaqil ta’limni yaratish, o‘quvchi va hatto bo‘lajak o‘qituvchilarning ham o‘z maqsadi asosida rivojlanishiga imkon berish, hamda hamkorlikda ishlash va loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchilar uchun esa raqamli texnologiyalar o‘qitish jarayonini optimallashtirish, darslarni boyitish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularga individual yondashuvni qo‘llashda muhim vosita hisoblanadi (Mirzayeva, 2025).
Masalan, elektron kundaliklar va baholash tizimlari o‘qituvchilarning vaqtini tejaydi, onlayn platformalar esa o‘quv materiallarini tarqatish va o‘quvchilar bilan muloqotni osonlashtiradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar o‘qituvchilarning o‘z kasbiy malakalarini doimiy ravishda yangilab borishlari, yangi pedagogik yondashuvlar va vositalarni o‘zlashtirishlari uchun ham keng imkoniyatlar ochib beradi. Bugungi zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini oshiradi, balki ularni kelajakdagi o‘quv jarayoniga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi, shu bilan birga o qituvchilarning pedagogik mahoratini va samaradorligini ham yuqori bosqichlarga ko‘taradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moslashtirilgan holdagi o‘quv tizimlarda o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish bilan birga, o‘z-o‘zini tartibga solish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bunda Benjamin Bloom va uning hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiya, o‘quv maqsadlarini tuzish va baholash uchun keng qo‘llaniladigan tizim ham mavjuddir. Taksonomiya o‘rganishning murakkablik darajasiga qarab oltita bosqichga bo‘linadi: bilish tushunish, qo‘llash, tahlil qilish , baholash va yaratish. Har bir bosqich mustaqil ta’limni rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ikkinchidan, sun’iy intellekt asosidagi turli xil virtual ta’lim beruvchilar o‘quvchilarga til o‘rganishda real va xohlagan vaqt rejimida yordam berish, ularning savollariga javob berish, nutqni mashq qilish va xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi. Bu esa, ayniqsa, chet tilini o‘rganishda tilni faol qo‘llash (active use) ko‘nikmasini shakllantirish uchun juda muhimdir.
Uchinchi muhim yo‘nalish – bu o‘quv materiallarini sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda tuzatish va baholash tizimlaridir. Bu tizimlar o‘qituvchining baholashida juda kata yordam beradi, unga o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi. Shu bilan birga, o‘quvchilarga tezkor va aniq kommentlar, feedback taqdim etilishi ularning xatolarini tushunishi va keyingi safar ularni takrorlamasligi uchun imkoniyat yaratadi, bu esa mustaqil o‘rganishning muhim qismidir. Bunday tizimlarning amaliy qo‘llanilishi, o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishi o‘rganilgan.
Xulosa qilib aytganda, chet tili o‘qituvchilarining o‘z malakalarini doimiy yangilashlari va o‘quvchilar uchun yanada sifatli ta’lim berishlariga zamin yaratishda ham sun’iy intellekt muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali nafaqat o‘quv materiallarini yaratish va baholash jarayonlarini optimallashtirishadi, balki o‘zlari uchun ham yangi pedagogik yondashuvlar, ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or metodikalarni o‘rganishlari mumkin. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirib, ta’lim sifatini ko‘tarishga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, sun’iy intellekt nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilarga ham mustaqil va samarali ishlash uchun zarur vositalarni yaratuvchi yordamchi texnologiya hisoblanadi.
References
Charlotte Ruhl. (2025). Bloom taxonomy of learning. Simply psychology journal.
Mirzayeva, Z. (2025). DEVELOPING DIDACTIC SUPPORT FOR DEVELOPING STUDENTS CREATIVE THINKING SKILLS. Educator Insights: Journal of Teaching Theory and Practice, 1(2), 118-142.
Mirzayeva, Z. A., & Soliyev, Y. (2020). THE ROLE OF BODY LANGUAGE IN TEACHING ENGLISH. Theoretical & Applied Science, 91(11), 371-373.
U.S. Department of Education, Office of Educational Technology. (2023, May). Artificial Intelligence and the Future of Teaching and Learning: Insights and Recommendations. https://www.ed.gov/sites/ed/files/documents/ai-report/ai-report.pdf
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Мирзаева Зулхумор

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
