MODAGA DOIR MATNLARNI TARJIMA QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI VA AHAMIYATI

Authors

  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
MODAGA DOIR MATNLARNI TARJIMA QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI VA AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada modaga doir matnlarni tarjima qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Moda sohasi leksik-semantik murakkablik, kreativ ifoda, stilistik xilma-xillik va madaniy konnotatsiyalarga boy bo‘lgani sababli, tarjima jarayoni o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Mazkur tadqiqot sun’iy intellektning, xususan neyraviy mashinaviy tarjima va katta til modellari asosidagi vositalarning terminologik izchillikni ta’minlash, tarjima jarayonini tezlashtirish hamda brend uslubini saqlashdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, SIning kreativlik, madaniy sezgirlik va ko‘p ma’nolilikni aniqlashdagi cheklovlari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari moda tarjimasida inson tarjimoni va sun’iy intellektning integratsiyalashgan yondashuvi eng maqbul model ekanini tasdiqlaydi.

Keywords:

modaga doir matnlar tarjimasi sun’iy intellekt neyraviy mashinaviy tarjima terminalogiya uslub katta hajmli til modellari.

Global moda sanoatining jadal kengayishi, raqamli bozorlarning rivojlanishi va xalqaro e-commerce platformalarning ko‘payishi natijasida moda matnlarini turli tillarga tarjima qilish ehtiyoji keskin oshdi. Bugungi kunda brendlarning aksariyati taqdimotlari, fashion reportlar, runway sharhlari kabi ko‘plab materiallarni bir nechta tillarda taqdim etishga intilmoqda. Mazkur jarayonda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari, xususan neyraviy mashinaviy tarjima (NMT), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va katta til modellari (LLM) tarjima jarayonining muhim komponentiga aylandi.

SI nafaqat tarjima tezligini oshiradi, balki terminologik aniqlik va stil mosligini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq moda matnlarining o‘ziga xosligi, metaforik uslubi va madaniy konnotatsiyalari sababli SI inson tarjimonini to‘liq almashtira olmaydi. Shu bois SI va inson tarjimonining integratsiyasi zamonaviy moda tarjimasi uchun eng maqbul yechim sanaladi.

Avvalambor, moda matnlarining semantik va stilistik xususiyatlariga ahamiyat berish lozim. Moda sohasi o‘ziga xos leksik qatlamga ega bo‘lib, unda ingliz tilidagi ko‘plab maxsus terminlar faol qo‘llanadi: ribbed knit, pleated skirt, A-line silhouette, distressed denim, cropped blazer, haute couture va boshqalar. Bu atamalar ko‘pincha bir nechta ma’no qatlamiga ega bo‘ladi va tarjimada kontekstni aniq aniqlash zarur.

Shuningdek, moda matnlarida quyidagi xususiyatlar kuzatiladi:

  • Metaforik ifodalar: “a dress that hugs the body”, “a fragrance that whispers luxury”,
  • Estetik tasvirlar: “flowy texture”, “bold yet minimalistic design”,
  • Madaniy referenslar: kimono-inspired jacket, Parisian chic, Bohemian vibe,
  • Kreativ slogan va marketing uslubi: “Feel the freedom”, “Redefine your elegance”.

Shu bois moda tarjimasi umumiy lingvistik bilim bilan birga stilistik sezgirlik va moda san’ati kontekstini ham talab qiladi.

Keyingi o’rinda esa, sun’iy intellektning moda tarjimasi jarayonidagi asosiy funksiyalari e’tibor qaratish darkor. Jumladan,

  • terminologik izchillikni ta’minlash

NMT va LLM tizimlari katta hajmdagi moda korpuslari asosida o‘rgatilgan bo‘lsa, atamalarni bir xil shaklda tarjima qilish imkonini beradi. Bu e-commerce sohasida juda muhim, chunki noto‘g‘ri tarjima foydalanuvchini chalg‘itishi mumkin (masalan, slip dressni “sirpanish ko‘ylagi” deb noto‘g‘ri literal tarjima qilish).

SI bir xil brend ovozini (brand voice) saqlaydi, uzluksiz terminologik bazani yaratadi va o‘n minglab mahsulot tavsiflarida izchillikni kafolatlaydi.

  • Tezkorlik va samaradorlik

Moda sanoati mavsumiylikka asoslangan, vaqt esa juda muhim omil. Katta kolleksiyalar taqdim etilganda: minglab matnlarni qisqa muddatda tarjima qilish, taqdimot kuni oldidan barcha materiallarni bir vaqtning o‘zida tayyorlash va kataloglarni ko‘p tilli variantda chop etish SI yordamida ancha tez amalga oshiriladi.

  • Brend uslubini aniqlash va takrorlash

Yangi avlod SI modellari formal, kreativ, reklama hamda jurnalistik uslubni ajrata oladi va tarjimada shu uslubni takrorlaydi.

Masalan, yuqori darajadagi brend (Dior, Chanel) uchun SI rasmiy, nafis, poetik ohangni saqlashga harakat qiladi, fast-fashion brend (ZARA, H&M) uchun sodda va amaliy tilda tarjima qiladi.

  • Post-editing jarayonini yengillashtirish

SI inson tarjimon uchun “qoralama variant” yaratadi. Tarjimon esa kontekst, madaniy tafovutlar, stil mosligi, estetik aniqlik nuqtalarini tekshirib, yakuniy sifatli matnni yaratadi. Bu tarjimon samaradorligini oshiradi.

Ammo sun’iy intellektdan foydalanishning ma’lum bir cheklovlari ham borki, ularni ta’kidlab o’tish kerak. Ular quyidagilar:

  1. Madaniy sezgirlik yetishmasligi

Moda matnlarida ko‘plab tarixiy va madaniy ishoralar uchraydi.

Masalan:

  • kimono-inspired – bu faqat kimono shakli, to‘liq kimono emas,
  • Parisian chic – bu fransuz modasining nafislik konsepti, literal ma’noda “parijcha did” emas.

SI bunday nozikliklarni ba’zan noto‘g‘ri talqin qiladi.

  1. Kreativlikning cheklanganligi

Reklama modasi ko‘pincha metafora, personifikatsiya va poetik tasvirdan foydalanadi:

“A fragrance that dances on your skin”.

SI buni “teri ustida raqsga tushadigan hid” deb literal tarjima qilishi mumkin – bu esa ma’naviy estetikani buzadi.

  1. Ko‘p ma’noli moda terminlarining noto‘g‘ri tarjimasi

SI ko‘pincha kontekstni noto‘g‘ri tanlaydi:

  • slip – ichki ko‘ylak / sirpanish
  • flare – kengaygan shim / olov uchquni
  • sheer – shaffof / mutlaq

Bu noto‘g‘ri tarjimaga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi cheklovlar sun’iy intellektning moda tarjimasi uchun amaliy ahamiyatini kamaytirmaydi. Masalan, E-commerce va raqamli savdoda qo‘llanilishi doirasi tobora kengaymoqda. Bugungi kunda asosiy moda brendlari ko‘p tilli bozorlarga kirishda SI’dan keng foydalanmoqda. Jumladan, Amazon Fashion, ASOS, Zalando, AliExpress kabi brendlar samarali qo’lla Ular uchun tezkor va aniq tarjima savdoni bevosita oshiradi. Bundan tashqari moda jurnalistikasi va bloglarda SI muhim rol o’ynamoqda. Fashion review, trend analysis, lookbook sharhlari SI yordamida tezkor tarjima qilinadi va global auditoriyaga yetkaziladi. Shu bilan bir qatorda tarjimonlar faoliyatini optimallashtirmoqda. SI vaqtni 40–60% tejashi, tahrir narxini kamaytirishi, sifatni oshirishi hamda avtomatik korpus yaratashi bilan ustuvorlikka ega bo’lmoqda.

Yana bir SIning yaratgan qulayliklardan biri bu- moda terminologiyasi lug‘atlarini yaratish mumkinligidir. Ya’ni SI yordamida moda terminlari korpusi tuzish, ingliz–o‘zbek terminlar bazasi shakllantirish imkoniyatini beradi. Qolaversa, stilistik moslik tekshiriladi. Bu ilmiy ishlar uchun katta material yaratadi.

Sun’iy intellekt modaga doir matnlarni tarjima qilish sohasida ulkan imkoniyatlarga ega. Uning asosiy afzalliklari – tezlik, terminologik aniqlik, brend uslubini saqlay olish va katta hajmli matnlarni qayta ishlashdir. Biroq moda matnlarining obrazli tabiati, madaniy qatlamlari va kreativ ifodalar SI imkoniyatlaridan kengroqdir. Shu sababli, eng optimal yechim – SI va inson tarjimonning hamkorlikda ishlashi, ya’ni hybrid translation model.

Kelajakda SI yanada rivojlanib, moda tarjimasi sohasida ko‘proq aniqlik, stil mosligi va madaniy sezgirlikni ta’minlashi kutiladi. Ammo modaning estetik va kreativ tabiatini chuqur anglash har doim inson tarjimoniga tayanadi.

 

References

Abdulrahman, T. (2022). Machine translation in the fashion industry: Challenges and opportunities. Journal of Language and Technology, 14(3), 45–57.

Arnold, D., Balkan, L., Meijer, S., Humphreys, R., & Sadler, L. (2021). Machine translation: An introductory guide. London: Blackwell.

Bianchi, F., & Attardo, S. (2020). Translating creativity in fashion texts: A stylistic perspective. Meta, 65(2), 381–399.

Costa-jussà, M. R., & Fonollosa, J. A. R. (2015). Latest trends in neural machine translation research. IEEE Transactions on Pattern Analysis and Machine Intelligence, 37(5), 1102–1116.

Doherty, S. (2016). The impact of translation technologies on the process and product of translation. International Journal of Communication, 10, 947–969.

Hutchins, J. (2019). The history of machine translation in industry and academia. Amsterdam: John Benjamins.

Klimkowski, K. (2021). Fashion terminology and its translation challenges. Journal of Specialized Translation, 35, 112–128.

Malyavina, O. (2020). Creative translation in fashion marketing: A cross-cultural study. Linguistics and Literature Studies, 8(4), 155–162.

OpenAI. (2024). Large Language Models for multilingual understanding and translation. OpenAI Research Report.

Published

Downloads

Author Biography

Lobar Faxriddinovna NE’MATOVA,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

magistrant

How to Cite

NE’MATOVA, L. F. (2025). MODAGA DOIR MATNLARNI TARJIMA QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI VA AHAMIYATI. The Lingua Spectrum, 12(2), 94–96. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1219