Mobile Applications for Learning English and Their Features

Authors

  • Uzbek state world languages university
Мобильные приложения для изучения английского языка

Abstract

Mobile applications designed for learning English significantly simplify the learning process, allowing users to effectively manage their time and resources. This article provides detailed information about the most popular mobile apps that assist in learning English, their features, functions, and how they help users. These apps primarily focus on developing grammar, vocabulary, pronunciation, listening, and speaking skills through various interactive exercises, games, and materials. Furthermore, the article discusses useful approaches that mobile applications offer to learners and provides recommendations on how to improve the effectiveness of their learning. In addition, with the help of mobile applications, learners can adjust the speed of their learning according to their personal needs. Customized materials and exercises are provided for each user, which makes the language learning process easier and increases its effectiveness. For example, some applications automatically repeat tests and reading tasks to help the user retain previously learned material, which allows them to reinforce their knowledge.

Keywords:

Learning English Mobile applications Interactive exercises Grammar Vocabulary Pronunciation speaking skills learning through games Listening skills

Ingliz tilini o‘rganish bugungi kunda dunyodagi eng dolzarb ehtiyojlardan biridir. Globalizatsiya jarayonlari va xalqaro muloqotning kengayishi bu tilni o‘rganishni faqat bilim emas, balki zaruratga aylantirdi. Texnologiyalar rivojlangan bir davrda ingliz tili o‘rganish jarayonini osonlashtirish uchun turli xil ilovalar yordamga keladi. Ushbu ilovalar nafaqat vaqtni tejashga, balki o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilishga xizmat qiladi.

Duolingo, Memrise, va Busuu kabi mashhur ilovalar tildagi asosiy ko‘nikmalarni — tinglash, yozish, o‘qish va gapirishni rivojlantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shuningdek, BBC Learning English va EWA kabi dasturlar orqali tinglab tushunish ko‘nikmasini mustahkamlash va boy lug‘at bazasini shakllantirish mumkin. Eng muhimi, ilovalar har bir foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashadi va shaxsiy yondashuvni ta’minlaydi.

Bunday mobil ilovalardan biri - Duolingo. Duolingo – boshlang‘ich bosqichdagi o‘quvchilar uchun eng mashhur til o‘rganish ilovalaridan biri. Ilova kichik-kichik darslar orqali so‘z boyligi, grammatika va talaffuzni o‘rgatadi, bu jarayon o‘yin tarzida tashkil etilgan bo‘lib o‘rganuvchilarni zeriktirmaydi va ko‘proq yoshlarni o‘ziga jalb qiladi. Foydalanuvchilarga qulay interfeys orqali o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini mashq qilish imkonini beradi. Duolingo tizimi o‘rganilgan bilimlarni yodda saqlash uchun spaced repetition (takrorlash texnologiyasi) usulidan foydalanadi. Bundan tashqari, ilovada kundalik sinovlar va mukofotlar mavjud bo‘lib, ular sizni doimiy mashg‘ulotga undaydi. Siz bu ilovadan tekinga foydalanish imkoniga egasiz yoki a’zo bo‘lib ko‘proq narsalarga ega bo‘la olasiz. Bunda reklama orqali qo‘llab-quvvatlanadigan bepul versiyadan foydalanish mumkin, lekin Duolingo Plus oflayn rejim va reklamasiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Duolingo sizning o‘rganish seriyangizni (streak) kuzatib boradi va izchillikni rag‘batlantiradi. A1 dan B2 darajagacha bo‘lgan o‘rganuvchilar uchun ideal bo‘lib, ingliz tilini tez va qiziqarli tarzda mashq qilish va o‘rganish imkonini beradi. Mikrosoft yaratuvchisi Bill Gates bu ilova haqida:” Duolingo meni hayron qoldirdi. Bu til o‘rganishga yordam beradigan va ta’limni hammaga qulay qiladigan aqlli usul”,- deb aytgan. Bir so‘z bilan aytganda agar siz Ingliz tilini o‘rganishda bir xillikdan charchagan yoki yangi narsalarni o‘zingiz uchun kashf qilishni xohlasangiz bu mobil ilova sizga yordam bera oladi. Duolingo, eng mashhur til o‘rganish ilovalaridan biri sifatida, o‘yinlashtirishni qo‘llaydi, bu esa til o‘rganishni yanada qiziqarli va mukofotlashni ta’minlaydi, shu orqali o‘quvchilarning ishtiroki va bilimlarni saqlashni oshiradi (Gunbatar, 2020)

Keyingi ilovaga Babbelni misol qilishimiz mumkin. Babbel – bu til o‘rganishni oson va samarali qiladigan mashhur platforma. 2007-yilda Berlinda tashkil etilgan Babbel foydalanuvchilar uchun amaliy va real hayotda ishlatiladigan bilimlarni taqdim etadi. Babbel orqali 14 ta tilni o‘rganish mumkin, jumladan, ingliz, ispan, nemis va frantsuz tillari. Ilovaning asosiy yondashuvi o‘yinlashtirishdan ko‘ra, real hayotiy muloqotlarga qaratilgan bo‘lib, 10-15 daqiqalik qisqa darslar ko‘rinishida beriladi. Ushbu darslar foydalanuvchilarga tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish imkonini beradi. Babbelning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – nutq tanish texnologiyasi bo‘lib, bu foydalanuvchiga so‘z va iboralarni to‘g‘ri talaffuz qilishda yordam beradi. Grammatika darslari esa mantiqiy va kontekstual tarzda tushuntiriladi, bu esa qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Babbel o‘zining spaced repetition (takrorlash texnologiyasi) orqali o‘rgangan bilimlarni esda saqlashni osonlashtiradi. Babbel eng ko‘p boshlang‘ich va o‘rta darajadagi (A1-B2) o‘rganuvchilar uchun mos keladi. U real hayotda ishlatiladigan iboralar va dialoglar orqali ingliz tilini o‘rganuvchilarga qisqa vaqt ichida yaxshi natijaga erishish imkonini beradi. Sayohatchilar, xorijda ishlaydigan mutaxassislar va yangi til o‘rganmoqchi bo‘lgan kattalar uchun Babbel juda foydali hisoblanadi. Ilovaning pullik obunasi mavjud bo‘lib, u barcha darslarga kirishni ta’minlaydi va oflayn rejimda ham foydalanish imkonini beradi. Biroq, Babbelning bepul versiyasi cheklangan, faqat birinchi darslar bepul. Bundan tashqari, Babbel ilg‘or darajadagi o‘rganuvchilar uchun yetarli darajada material taqdim eta olmaydi. Babbel o‘zining strukturaviy yondashuvi, amaliy darslari va foydalanuvchilarga qulay interfeysi bilan til o‘rganishda samarali vosita hisoblanadi. Bu platforma yangi tilni puxta o‘rganishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir.

Yana bitta mashhur ilovalardan biri Rosetta Stone. Bu dunyodagi eng mashhur va ishonchli til o‘rgatish platformalaridan biri bo‘lib, 1992-yilda tashkil etilgan. Ilova til o‘rganishda tabiiy yondashuvni qo‘llaydi, ya’ni foydalanuvchilar tilni aynan ona tilidek, muloqot va kontekst orqali o‘rganadilar. Bu uslub o‘rganuvchiga tilni o‘zlashtirishni osonlashtiradi va uzoq muddatli yodda qolishni ta’minlaydi. Rosetta Stone ingliz, frantsuz, ispan, nemis va yana 20 dan ortiq tillarni o‘rgatish imkoniyatini beradi. Ilovaning asosiy xususiyatlaridan biri – immersiya (to‘liq singdirish) usuli bo‘lib, bunda foydalanuvchilar yangi so‘zlar va iboralarni o‘z kontekstida o‘rganadilar. Interaktiv mashqlar va real dunyo vaziyatlari yordamida Rosetta Stone o‘quvchilarga amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu ko‘nikmalarni ular suhbatda darhol qo‘llashlari mumkin (Pimsleur, 2012).

Matnli va vizual materiallar birgalikda ishlatiladi, tarjimalardan voz kechilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi tilga tushuncha hosil qilinadi. Ilova talaffuzni yaxshilash uchun TruAccent texnologiyasidan foydalanadi. Bu sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchining nutqini tekshiradi va to‘g‘ri talaffuz qilish uchun tahlil beradi. Bu xususiyat ayniqsa til o‘rganishni endi boshlayotganlar uchun juda foydali. Rosetta Stone platformasida darslar qisqa, ya’ni 10-15 daqiqalik bo‘lib, foydalanuvchiga har kuni oz vaqt ajratib, izchil o‘rganish imkonini beradi. Barcha darslar tinglash, gapirish, o‘qish va yozishni bir vaqtning o‘zida rivojlantirishga qaratilgan. Ilova orqali foydalanuvchilar oflayn rejimda ham mashq qilishlari mumkin. Rosetta Stone keng qamrovli til o‘rganish tizimini taqdim etadi, u nutqni tanib olish, grammatika va so‘z boyligini oshirishni o‘z ichiga oladi, maqsad esa kontekstual sho‘ng‘ish orqali ravon gapiruvchilarni tarbiyalashdir.

 Ilova ayniqsa boshlang‘ich va o‘rta darajadagi foydalanuvchilar uchun mos bo‘lib, yangi til o‘rganishni soddalashtiradi. Biroq, ilg‘or darajadagi o‘quvchilar uchun materiallar yetarli emas. Ilova pullik bo‘lib, bir martalik to‘lov yoki obuna orqali foydalanish mumkin. Interaktiv mashqlar va real dunyo vaziyatlari yordamida Rosetta Stone o‘quvchilarga amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu ko‘nikmalarni ular suhbatda darhol qo‘llashlari mumkin (Gonzalez, 2018). Xulosa qilib aytganda, Rosetta Stone – bu til o‘rganishga tabiiy va interaktiv yondashadigan, ishonchli va samarali platforma.

Memrise – bu til o‘rganish uchun mo‘ljallangan yana bir mashhur platforma bo‘lib, u so‘z boyligini tez va samarali o‘rganishni ta’minlaydi. Ilova 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga 20 dan ortiq tillarni, jumladan ingliz, ispan, nemis va fransuz tillarini o‘rganish imkonini beradi. Memrise o‘zining interaktiv va o‘yin tarzidagi uslubi bilan ajralib turadi. Memrise asosiy e’tiborni so‘z boyligini kengaytirishga va yangi so‘zlarni tez eslab qolishga qaratadi. Ilovaning asosiy xususiyatlaridan biri – spaced repetition (oraliqli takrorlash) texnologiyasidan foydalanishdir. Bu uslub foydalanuvchilarga yangi o‘rgangan so‘zlarni vaqt o‘tishi bilan takrorlash orqali uzoq muddatli xotirada saqlash imkonini beradi. Ilovada til o‘rgatuvchi darslar qisqa va 10-15 daqiqa davom etadi, bu esa foydalanuvchilar uchun qulaydir. Har bir darsda yangi so‘z va iboralar audio, vizual va matnli tarzda taqdim etiladi. Bu o‘quvchiga so‘zlarni nafaqat o‘qish, balki eshitish va to‘g‘ri talaffuz qilish imkonini beradi. Memrise platformasida real hayotiy videolar ham mavjud bo‘lib, ularni o‘sha tilni ona tili sifatida gapiruvchilar yaratgan. Bu foydalanuvchilarga muloqot uslubi va talaffuzni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, ilovada o‘yinlashgan testlar, topshiriqlar va mukofot tizimi mavjud bo‘lib, ular o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli qiladi. Ilova boshlang‘ich va o‘rta darajadagi o‘rganuvchilar uchun ideal tanlovdir. Ilova yordamida yangi so‘zlarni oson o‘zlashtirish, ularni kundalik hayotda qo‘llash va muloqotda ishonchli bo‘lish mumkin. Ilovaning bepul versiyasi cheklangan, ammo pullik Memrise Pro rejasi keng imkoniyatlar, jumladan, oflayn rejim va ko‘proq mashg‘ulotlar taqdim etadi. Memrise ning mobil ilovasi o‘quvchilarga harakatda til o‘rganishni ta’minlaydi, qisqa, interaktiv darslardan foydalanadi, bu darslar mobil qurilmalar uchun optimallashtirilgan va o‘quvchining kundalik tartibiga mos ravishda tashkil etilgan (Miller, 2020). Xulosa qilib aytganda, Memrise – bu so‘z boyligini o‘rgatishga ixtisoslashgan samarali va interaktiv platforma bo‘lib, foydalanuvchilarga yangi tilni o‘rganishni tez va qiziqarli qiladi.

BBC Learning English- bu ingliz tilini o‘rganish va takomillashtirish uchun mo‘ljallangan bepul platforma hisoblanadi. Ushbu ilova BBC tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga ingliz tilida tinglash, o‘qish, talaffuz va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Platforma boshlang‘ichdan tortib, ilg‘or darajadagi o‘rganuvchilargacha bo‘lgan barcha uchun mos keladi. BBC Learning English ilovasida turli mavzularni o‘z ichiga olgan darsliklar, audio, video materiallar va testlar mavjud. Bu darslar real hayotiy vaziyatlarga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilarga kundalik hayotda tilni bemalol qo‘llash imkonini beradi. Audio va video materiallar ingliz tilini ona tilida gapiradigan insonlar tomonidan yaratilgan, bu esa ayniqsa tinglash va talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda samarali. Ilovada ingliz tilidagi grammatik qoidalar oddiy va tushunarli tarzda tushuntiriladi. Shuningdek, yangi so‘zlarni eslab qolish va lug‘at boyligini kengaytirish uchun maxsus darslar ham taqdim etiladi. Darslarda kundalik muloqotda eng ko‘p ishlatiladigan iboralar va so‘zlarga alohida e’tibor qaratilgan. Talaffuzni yaxshilash uchun ilovada audio yozuvlar va amaliy mashqlar mavjud. Ilovada barcha darajadagi o‘quvchilar uchun darslar bor. BBC Learning English o‘quvchilarni jalb qilish va til o‘rganish tajribalarini yaxshilash uchun turli multimediya vositalarini qo‘llaydi, bu esa foydalanuvchilarga yuqori sifatli kontentga oson kirishni ta’minlaydi ( Jones & Roberts,2020). Boshlang‘ich, o‘rta va ilg‘or darajaga moslashgan darslar foydalanuvchining bosqichma-bosqich rivojlanishiga yordam beradi. Bu darslar qisqa, ya’ni 10-15 daqiqadan iborat bo‘lib, kun davomida oz vaqt ajratib, izchil o‘rganish imkonini beradi. Ilova foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lib, uni internet orqali istalgan vaqtda yuklab olish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar darslarni oldindan yuklab olib, oflayn rejimda ham o‘rganishlari mumkin. Mavzular asosan kundalik muloqot, ishbilarmonlik va sayohat kabi real hayotda zarur bo‘lgan sohalarni qamrab oladi. BBC Learning English – ingliz tilini sifatli va samarali o‘rganish uchun mukammal vosita. Bu platforma yordamida foydalanuvchilar tilni muloqot orqali puxta o‘zlashtirib, kundalik hayotda ingliz tilida erkin gaplasha oladilar.

Busuu – bu zamonaviy til o‘rganish ilovalaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarga tez va samarali ravishda yangi til o‘rganishga yordam beradi. Ilova 2008-yilda tashkil etilgan va hozirda dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga ega. Busuu yordamida ingliz, ispan, nemis, frantsuz, italyan va yana 10 dan ortiq tillarni o‘rganish mumkin. Ilova barcha yoshdagi va har qanday darajadagi o‘rganish ishtiyoqmandlari uchun mos keladi. Busuu ilovasining asosiy afzalligi – uning o‘quv jarayoni yaxshi tuzilgan va mantiqiy ketma-ketlik asosida tashkil etilganligidir. Har bir dars foydalanuvchiga yangi mavzuni o‘rgatadi va olingan bilimlarni amaliy mashqlar orqali mustahkamlaydi. Darslar qisqa bo‘lib, 10-15 daqiqadan ortiq vaqt talab qilmaydi. Bu foydalanuvchilarga har kuni oz vaqt ajratib izchil o‘rganish imkonini beradi. Busuu platformasida tinglash, gapirish, o‘qish va yozish kabi to‘rtta asosiy til ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish mumkin. Ilovaning asosiy qismi so‘z boyligini kengaytirishga, grammatikani tushunishga va real hayotda tilni muloqotda qo‘llashga qaratilgan. Busuu ilovasida sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchining o‘rganish jarayoni doimiy ravishda tahlil qilinadi va unga moslashtirilgan mashg‘ulotlar taklif qilinadi. Bu esa o‘quv jarayonini individual va samarali qiladi. Shuningdek, ilovada foydalanuvchilarning talaffuzini tekshirish va yaxshilash imkonini beruvchi maxsus texnologiyalar mavjud. Bu xususiyat ayniqsa yangi boshlovchilar uchun juda foydali. Busuu ilovasi orqali foydalanuvchilar boshqa tillarni biluvchi insonlar bilan bog‘lanib, o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rishlari mumkin. Platformada native speaker (o‘sha tilni ona tilida gapiradiganlar) bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu tilni yanada puxta o‘rganishga yordam beradi. Masalan, foydalanuvchi yozgan matnlarni boshqa foydalanuvchilar tekshiradi va tuzatishlar kiritadi. Ilovada bepul va pullik versiyalar mavjud. Bepul versiya orqali asosiy darslarni o‘rganish mumkin, ammo barcha imkoniyatlardan foydalanish uchun Busuu Premium obunasini sotib olish kerak bo‘ladi. Premium versiyada foydalanuvchilar to‘liq darslarga kirish, grammatik testlardan foydalanish, oflayn rejimda o‘rganish va yakuniy sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Busuu ayniqsa boshlang‘ich va o‘rta darajadagi o‘rganuvchilar uchun juda samarali hisoblanadi. Ilova orqali sayohat qilish, ish uchun yangi til o‘rganish yoki shunchaki til bilimini oshirish mumkin. Barcha mashg‘ulotlar interaktiv va qiziqarli bo‘lib, foydalanuvchilarni zeriktirmaydi va o‘rganishga motivatsiya beradi. Busuu ning mobil ilovasi o‘quvchilarga har qanday vaqtda va har qanday joyda til ko‘nikmalarini amaliyotdan o‘tkazishga imkon beradi, bu esa so‘z boyligini eslab qolish va suhbatlashishdagi ravonlikni oshiradi (Ahmed & Kumar, 2020).

Xulosa qilib aytganda, Busuu – bu til o‘rganishni tez, qulay va samarali qiladigan platforma. So‘z boyligini kengaytirish, grammatikani tushunish va amaliy mashqlar yordamida yangi tilni muloqot darajasida o‘zlashtirish mumkin. Foydalanuvchilarga moslashgan darslar va global hamjamiyat bilan muloqot qilish imkoniyati Busuu ilovasini til o‘rganish uchun ideal vositaga aylantiradi.

HelloTalk – bu til o‘rganish uchun yaratilgan innovatsion ilova bo‘lib, u dunyo bo‘ylab tillarni biluvchi insonlarni bir-biri bilan bog‘lash orqali samarali muloqot muhitini yaratadi. HelloTalk platformasi foydalanuvchilarga o‘rganayotgan tillarini real muloqot orqali rivojlantirish imkonini beradi. HelloTalk ning tengdoshlar o‘rtasida til almashish modeli o‘quvchilarga yozish va gapirishlari bo‘yicha ona tilida gapiruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr-mulohaza olish imkoniyatini beradi, bu esa ularning til malakasini sezilarli darajada yaxshilaydi (Kim &Lee, 2020).  Ushbu ilova 2012-yilda ta’sis etilgan va qisqa vaqt ichida dunyo miqyosida mashhurlikka erishgan. HelloTalk ilovasining asosiy maqsadi – tillarni o‘zaro almashish (language exchange) tamoyili asosida muloqot qilishni tashkil etishdir. Bu yerda foydalanuvchilar o‘rganmoqchi bo‘lgan tilida gaplashadigan kishilar bilan bog‘lanib, o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rishlari mumkin. Masalan, siz ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ingliz tilini ona tili sifatida gapiradigan inson bilan bog‘lanasiz, evaziga unga o‘z ona tilingizni o‘rgatishingiz mumkin. Ilova matnli chat, ovozli xabarlar, audio va video qo‘ng‘iroqlar kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shuningdek, foydalanuvchilar xabarlar orqali yozma muloqot qilganda, ilova o‘rganayotgan tilingizdagi matningizni tuzatishga yordam beradi. Bu esa grammatik xatolarni aniqlash va o‘rganishni yanada samarali qilish imkonini beradi. HelloTalkning afzalliklaridan biri bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish usuli bo‘lib, unda foydalanuvchilar haqiqiy muloqot orqali yangi so‘z va iboralarni o‘rganadilar. Yodlash yoki an’anaviy darslardan farqli ravishda, ilovada muloqot jonli va qiziqarli tarzda kechadi. Shuningdek, ilova ichida tarjima vositasi, ovozli matn o‘qish va talaffuzni tekshirish kabi foydali funksiyalar ham mavjud. Agar siz gapirayotgan tilingizda biror so‘z yoki iboraning ma’nosini tushunmasangiz, HelloTalkning tarjima xizmati orqali tezda tushuncha hosil qilishingiz mumkin. Bu yangi boshlovchilar uchun ayniqsa qulaydir. HelloTalk foydalanuvchilarga til o‘rganishni qiziqarli va samimiy jarayonga aylantirish imkonini beradi. Ilovada muloqot qilayotgan insonlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va yangi madaniyatlar haqida bilib olish ham mumkin. Shu bois, HelloTalk nafaqat til o‘rganish vositasi, balki dunyo bo‘ylab yangi tanishlar topish uchun ham samarali platforma hisoblanadi. Ilovada bepul va pullik versiyalar mavjud. Bepul versiya orqali asosiy funksiyalardan foydalanish mumkin, ammo cheklangan xususiyatlar bilan ishlanadi. HelloTalk VIP obunasi esa bir vaqtning o‘zida bir nechta tillarni o‘rganish, kengaytirilgan tarjima xizmatlari va reklamasiz foydalanish imkonini beradi. HelloTalk o‘zining ijtimoiy tarmoq xususiyatlari orqali turli tillarda gapiruvchilar o‘rtasida o‘zaro o‘rganishni rag‘batlantirib, madaniyatni tushunishni va til o‘rganishni yaxshilaydi. ( Zhou & Wang,  2021).

Xulosa qilib aytganda, HelloTalk – bu til o‘rganishda real muloqotni asosiy uslub sifatida tanlagan samarali platforma. Jonli suhbatlar, yozma mashg‘ulotlar va audio-video qo‘ng‘iroqlar orqali foydalanuvchilar til ko‘nikmalarini amaliyotda o‘stiradilar. Shuningdek, HelloTalk yangi do‘stlar topish va madaniy tajribalarni o‘rganish imkoniyatini ham beradi. Til o‘rganishni qiziqarli va foydali qilishni istaganlar uchun bu ajoyib vositadir.

References

Gunbatar, A. (2020). The role of mobile applications in language education: A case study of Duolingo. The European Journal of Applied Linguistics, 8(1), 23-38.

Gonzalez, A., & Hamilton, R. (2018). Assessing the impact of Rosetta Stone on adult language learners. TESOL Journal, 9(4), 350-362.

Pimsleur, P., & Rosetta Stone, Inc. (2012). The effectiveness of Rosetta Stone for second language acquisition. Language Learning & Technology, 16(3), 51-62.

Gonzalez, A., & Hamilton, R. (2018). Assessing the impact of Rosetta Stone on adult language learners. TESOL Journal, 9(4), 350-362.

Zhou, Y., & Wang, Q.(2021). Exploring the impact of HelloTalk on language learning through social interaction. Journal of Educational Technology & Language Learning, 17(4), 230-242

Published

Author Biography

Shaxrizoda Mamanabiyeva,
Uzbek state world languages university

Teacher

How to Cite

Mamanabiyeva, S. (2025). Mobile Applications for Learning English and Their Features. The Lingua Spectrum, 4(1), 171–176. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/288