Language means used to show respect in Uzbeki and English
Abstract
Respective devices are found at different levels of the language. Also, the meaning of respect can be expressed from the syntactic and stylistic point of view. In the process of analyzing the text, in addition to many morphological and grammatical tools available in the Uzbek language, word combinations, simple and complex sentence structures - phraseological tools, folk wisdom are widely used to express respect in speech. The category of respect clearly shows the relevance of the national mentality.
This article aims to analyze the means used to express politeness in Uzbek and English languages. The article explores the cultural and social characteristics of both languages, as well as their literary and formal forms. Additionally, it highlights the role of language in conveying respect and its significance in the field of linguistics.
Keywords:
sir please excuse me polite attentiveHurmat ifodalovchi vositalar tilning turli sathlarida uchraydi. Shuningdek, hurmat ma’nosi sintaktik-stilistik tomondan ham ifodalanishi mumkin. Matnni tahlil qilish jarayonida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ko‘plab morfologik, grammatik vositalar bilan bir qatorda so‘z birikmalari, sodda va murakkab gap tuzilmalari– frazeologik vositalar, xalq hikmatlari nutqda hurmat– ehtiromni ifodalashda keng qo‘llaniladi. Hurmat kategoriyasi milliy mentalitetning o‘ziga xos dolzarbligini yaqqol ko‘rsatadi.
Oʻzbek nutqiy etiketida birlamchi nomlanishda adresantlarining yoshiga qarab namoyon boʻladi: ota, ona, buva, buvi, togʻa, xola, amma, amaki, aka, opa kabi katta yoshli tinglovchilarga “sizlab” murojaat qilinadi. Oʻzbek tili va milliy madaniyatida qarindoshlar oʻrtasidagi muloqot hamda murojaat vazifasi bajaruvchi, shu bilan bir qatorda hurmat maʼnosini ifodalab keluvchi shakl bu “sen” va “siz”dir. Ushbu shakllarning ishlatilishi qarindoshlikning muloqotdagi aʼzolari oʻrtasidagi genetik yaqinlik darajasi hamda yoshi orasidagi farqqa bogʻliq boʻladi.
Bu hodisa hurmat shakli nomi bilan mustaqil grammatik hodisa sifatida ajratishga toʻla asos bor. Buning isboti misol keltirilgan soʻzlar orqali tushunilishi mumkin. Yosh asosida, hurmatlash, ulugʻlash yoshga nisbatan ishlatilganda, hurmat kengroq, ulugʻlash torroq koʻlamda boʻladi. Koʻlamda bunday farqlanish shuni koʻrsatadiki, katta yoshdagi umuman hurmatli, lekin hammasi ham ulugʻvor emas. Ulugʻlash alohida shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. Hurmat ulugʻlanishning bu koʻrinishda asosan, qarindosh urugʻchilikni ifodalovchi soʻzlar aktiv ishlatiladi. Aka, ota, togʻa, singari buning sababi urugʻchilik bilan izohlanadi.
Qadimda biror guruhga mansub boʻlmaslik muqarrar halokatga olib kelgan. Hozirda ham aktiv qoʻllanishda boʻlgan qarindosh urugʻchilik tematikasiga doir soʻzlarning hurmat ifodalashda ishlatilishi animizm va totemizm davrlaridan boshlangandir. Boy ota, shuncha qarzim bor ekanmi? (Xamza).
Hurmat ulugʻlash ifodalashda qoʻllaniladigan soʻzlar shaxs-son kategoriyasida ham ajratiladi. Shu oʻrinda umuman ayolga, torroq ma’noda yor (sevgilim) ga nisbatan she’riyatdagi hurmat ifodalashni oʻziga xosligini ta’kidlab oʻtish oʻrinlidir. Poeziyada yor albatta koʻklarga koʻtariladi. Biroq unga doim “sen” hurmat ifodalanmaydigan soʻz ishlatiladi. “Siz” ishlatilishi baxsli holda Lutfiydan keltirilgan misol timsolida buni koʻrish mumkin.
- Sensan sevarim, hoh inon, hoh inonma,
Qondir jigarim hoh inon, hoh inonma.
Bu oʻrinda “sen” mutlaqo hurmatsizlikni ifoda etmaydi, aksincha, samimiylikni, erkalashni, yaqinlikni ifoda etadi. Xuddi yagona timsol sifatida ishlatilgani singari (Yаkubоvа. D., 2022).
Hurmat vositalarini ishlatishda jinsiy tafovutlar ham mavjud “taqsir”, “afandim” kabi soʻzlar erkaklarga nisbatan qoʻllanilsa, “bonu”, “xonim”, “begoyim” kabi soʻzlar ayollarga nisbatan ishlatiladi.
U aʼyonlarga qarab: -Ketdik, afandilar! Hokim toʻra kechki salqinda keladilar, — dedi. (M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha).
Ozar bunda, belorus bor, gurji, latish, Qora-tegin, Oltoydan ne bonular ham. (Mirmuhsin, Asarlar).
Oy yuzli rafiqam, qunduz qoshli maʼshuqam Kumush xonimga! (A. Qodiriy, Oʻtkan kunlar) .
Shoshmay tursang, begoyim ostimda gijinglagan otim ham boʻladi. (X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar).
Zamonaviy ingliz tilida murojaatning koʻplab birliklari, yaʼni soʻzlovchining ijobiy munosabatini anglatuvchilari oʻta keng tarqalgan.
Ulardan baby, boy, dear, angel, dearest, dear boy, dear girl, friend, honey (oxirgi murojaat “azizim, yoqimtoy”ni anglatadi) kid, love, lovely, sweet, sweatheart, sweets.
Would you like a drink, dear?
Bu yerda doʻstona munosabatlarning my yoki my dear: my precious, my dear son, my dear daughter, my dear sweet, sweetheart va boshqalar (Sodiqova. Sh., 2010) ni misol tariqasida keltirish mumkin.
O‘zbek tilida keng tarqalgan “–lar” qo‘shimchasi ham hurmatni ifodalaydi. Misol uchun, “Otam uydalar, choy ichyaptilar” – bu joiz, ammo “Otamlar uydalar” – shaklan ham, ma’nan ham xato, “choylar ichyaptilar” deyish esa kulgili. Hurmat ma’nosida “–lar” gapning egasi hurmatga loyiq shaxs (ya’ni inson) bo‘lganda gapning kesimigagina qo‘yilsa joiz:
“Ustoz kitobidagi maqolani o‘qishni tavsiya qildilar”. Xuddi shu fikrni “ustoz kitoblaridagi maqolalarni o‘qishni tavsiya qildilar” deyish noto‘g‘ri, chunki tinglovchi bir necha kitobning har biridan bir nechtadan maqolani tavsiya qilgan ekan, deb tushunadi. Ayni paytda “–lar”ni qo‘shsa hurmat bo‘ladi, aks holda hurmatsizlik bo‘ladi, deyish ham mutlaqo noto‘g‘ri. Ayniqsa rasmiy nutqda (jumladan, “oynayi jahon”da gapirganda) “–lar” qo‘shimchasini qo‘llayverish durust emas, uni suiite’mol qilish esa hurmat emas, aksincha, tilyog‘lamalikni bildiradi.
Shevada “–lar” hurmatni emas, aksincha, hurmatsizlikni bildirishi mumkinligini ham unutmaslik kerak:
“Yozlaring!” – shevaga xos, keng tarqalgan, ko‘pchilikni mensimaslik ifodasidir. Hali-hozir o‘zbek adabiy tili grammatikasiga kiritilmadi. “Kiritmoqchimisanlar? O‘l(ma)laring!”.
To‘g‘ri shakl: “Yozing!”, “Yozinglar!” desa adabiy tilga muvofiq bo‘ladi. O‘smir o‘zining o‘rtoqlariga tanaffusda “Yozmaysanlarmi?” deyishi joiz, ammo sinfda bunday deyishi odobsizlik. O‘qituvchi tomonidan aytilsa xato, chunki o‘qituvchi ziyoli, o‘quvchilariga namuna bo‘lishi kerak.
O‘zbek madaniyatining yana bir gender xususiyatiga tegishli misollarga guvoh bo‘ldik. Bu xususiyat faqat erkaklarga xos bo‘lib, bunda erkak o‘zidan past pog‘onaga ega bo‘lgan ayoldan biror-bir narsa so‘raydi. Gapning morfologik strukturasi esa otning takrorlanish usuli bilan yasaladi.
R.Qoʻngʻurov oʻz tadqiqotida hurmat:
-cha (qizcha, ukacha, oʻgʻilcha, bolacha),
-chak/ -choq/ -chiq (toychoq, qoʻzichoq, kelinchak),
-kay (bolakay),
-gina/ -kina/ -qina (qizgina, bolagina),
-loq (qizaloq, boʻtaloq),
-xon (Latofatxon, Hojiyaxon);
-jon (bolajon, ukajon, opajon, singiljon),
-boy (Saʼdullaboy, Hikmatboy),
-bek (Muhammadbek, Habibbek),
-toy (Nurislomtoy, erkatoy, kenjatoy, Usmontoy,),
-oy (Oysora, Mukammaloy, Oysuluv, Toʻlgʻanoy, Oydinoy),
-beka/ -begim (Qutlibeka, Nodirabegim),
-poshsha (Oyposhsha, kelinposhsha),
-bibi (Munisbibi, Shahlobibi),
-pari, -bonu (Kamolapari, Shahzodabonu, Malikabonu),
-niso (Hojiniso, Hayriniso) affiksoidlari bilan murojaat qilinadi (Qo’ng’urov. R., 1980).
Katta va kichiklarga murojaat etganda hurmat va erkalash ma’nosida -xon, -jon, -bek, -boy, -oy, -xo‘ja, -bonu kabi lug‘aviy shakllar ismlarga qo‘shib qo‘llaniladi.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.(“Onajon” Abdulla Oripov.)
O‘zbek tilida so‘zlovchining yoshi kichik bo‘lsa, unga “siz” (Yaxshimisiz?, ko‘rinmaysiz?) deb murojaat etiladi.
Ba’zi o‘zbeklar chet el fuqarolari bilan muloqotga kirishganda ularning hurmat ifodasini yaxshi anglamagan holda xatoga yo‘l qo‘yib, suhbatdoshni hayron qoldirishlari va hatto xafa qilib qo‘yishlari mumkin. O‘zbeklar uchun so‘rashish, suhbatga kirishishning vositasi sanalgan, har ko‘rganda takrorlaydigan “Qalaysiz?” “Ahvolingiz qanday?” kabi so‘roqlar yoki “Turmushga chiqqanmisiz?”, ”Oilalimisiz?”, “Necha yoshdasiz?”, “Farzandingiz bormi?” kabi savollar boshqa millat madaniyatida hurmatsizlikni ifodalaydi.
Shuningdek, chet elliklar o‘zbeklar tomonidan keltirilgan maqtovlarni inkor qilaverishi mumkin. Masalan: “Bugun ochilib ketibsiz”, “Ingliz tilida chiroyli gapirar ekansiz”, “Kiyimingiz chiroyli” kabi o‘zbeklar tomonidan aytiladigan ifodalar va maqtovlarga yaponlar “Yo‘g‘e nimalar deyapsiz”, “Unday holatning o‘zi yo‘q” kabi inkor qiluvchi javoblarni berishlari va hatto xafa bo‘lishlari ham aniqlangan (Salimova G., 2015).
Ba’zan so‘zlovchi tinglovchiga II shaxsga murojaatda I shaxsning ko‘pligidan foydalanadi, ya’ni “ishingiz qanday”, “sog‘ligingiz yaxshimi”, “yaxshi uxladingizmi” deyish o‘rniga “ishimiz yaxshimi”, “sog‘ligimiz yaxshimi” tarzida murojaat qiladi. Tinglovchini o‘ziga qo‘shib oldin va uning ko‘nglini ko‘taradi. Bu xususiyat og‘zaki nutq, badiiy asar tili uchun xarakterlidir (Qodiriy A., 2014). O‘ziga o‘zi murojaat qilish (Ulug‘bek). III shaxs shakli I shaxs ma’nosida: Muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Iltimos – ma’lum bir ehtiyojni qanoatlantirishga qaratilgan, xizmat qiladigan madaniy murojaat turidir. Hatto biror bir nojo‘ya hatti-harakat sodir etilganligi tufayli so‘raladigan kechirim ham iltimos bilan aytilsa, uning ijobiy natijasiga umid qilsa bo‘ladi. Oddiygina “kechiring”, “uzr” deyilgandan ko‘ra:
Iltimos, uzrimni qabul qiling;
Iltimos, meni kechiring;
Iltimos, meni afv eting;
Iltimos, bir qoshiq qonimdan keching!;
Iltimos, gunohimdan o‘ting!” kabi murojaat shakllarining ta’sirchanligi o‘ta yuqori bo‘libgina qolmay, kishining naqadar madaniyatli ekanligini ham namoyon etadi.
Inglizlarda chin dildan affsuslanish va kechirim so‘rashdan tashqari kerakli holatda kerak so‘zni tanlashni ham bilish muhim. Ingliz tilida kechirim so‘rash uchun “sorry”, ‘excuse”, “apologize” va “pardon” so‘zlari ishlatiladi:
Eng mashhur “kechir” – bu “sorry”. Bu so‘z “about” va “for” predloglari bilan birga ishlatiladi.
To be sorry about — sodir bo‘lgan biror hodisadan afsuslanish.
I am sorry about your loss. — Sizning yo‘qotishingizdan afsusdaman.
I am sorry about/for bothering you. — Bezovta qilganim uchun kechiring.
Sorry for ni kishiga nisbatan achinganda ishlatiladi.
I feel sorry for him. — Men unga achinaman.
Agar uzr samimiylikni va qattiq pushaymonlikni ifoda etmoqchi bo‘lganda, “I’m sorry” jumlasiga quyidagi so‘zlarni qo‘shish mumkin:
“so” – (juda, shunchalik darajada), incredibly (judayam, ishonib bo‘lmas daraajada), terribly (daxshatli), really (haqiqatda), genuinely (samimiy, chin dildan).
I’m incredibly sorry for being so late. — Kech qolganim uchun judayam afsusdaman, kechiring.
Inglizcha hushmuomilalikni ifodalaydiganlar:
“Excuse me” va “sorry” o‘rtasidagi farqi— ko‘pchilik maktab davridan beri ularni adashtiradi.
“Sorry” so’zini kechirim so‘rashda biror narsadan afsuslanishda ishlatamiz.
Excuse me — bu xushmuomilalik bilan murojaat qilish, tarjimasi “ma’zur tutasiz”, “ijozat eting”, “uzr” ma’nolarida keladi.
Bundan tashqari “excuse me” e’tiborni tortish uchun ham ishlatiladi:
Excuse me! Let me start my lecture. — Kechirasiz! Ijozatingiz bilan ma’ruzamni boshlasam.
“Excuse me”ni biror narsani aytishganida eshitmay qolib qayta so‘rash uchun ham ishlatishingiz mumkin.
What is your surname? — Familiyangiz?
Shayhislamova. — Shayhislamova.
Excuse me, could you spell it please? — Kechirasiz! Uni harflab ayta olasizmi?
Ingliz tilida hurmat maʼnosini ifodalash turli usullarda amalga oshiriladi va bu usullar vaziyatga, munosabat turiga, hamda rasmiy yoki norasmiy muloqotga qarab o‘zgaradi. Quyida hurmat maʼnosini ifodalashning kengroq va batafsil izohlangan ko‘rinishlari keltiriladi:
- So‘z va iboralar orqali hurmatni ifodalashda asosiy so‘zlar:
Respect: (asosiy hurmatni bildiruvchi so‘z.) Masalan:
"I have deep respect for my teacher."
"He treated the elderly with respect."
Honor: (ko‘proq tantanali yoki rasmiy vaziyatlarda foydalaniladi.)
"It is an honor to work with you."
"They honored their ancestors by keeping their traditions alive."
Reverence: (juda chuqur hurmat yoki sig‘inishni bildiradi.)
"She has a sense of reverence for sacred traditions."
Admiration: (qadr va hurmatni aralash ifodalashda.)
"I admire your dedication to your work."
- Hurmat bildiruvchi keng tarqalgan iboralar:
Formal expressions:
"With all due respect…" (Bu ibora ko‘pincha fikrni muloyim tarzda bildirayotganda ishlatiladi.)
"I hold you in high regard." (Sizni juda hurmat qilaman.)
"Please accept my deepest respect." (Iltimos, mening chuqur hurmatimni qabul qiling.)
"It’s my privilege to know you." (Sizni bilish men uchun sharafdir.)
Informal expressions:
"You’ve earned my respect."
"I look up to you."
"You have my utmost admiration."
Hurmat soʻzining sinonimlari va ularning ishlatilishi:
Esteem:
"She is held in high esteem by her colleagues." (U hamkasblari tomonidan yuksak hurmatga sazovor.)
Deference:
"Out of deference to her experience, we followed her advice." (Uning tajribasini inobatga olib, biz uning maslahatiga amal qildik.)
Veneration:
"He is venerated as a hero in his community." (U o'z jamoasida qahramon sifatida hurmatga sazovor )
- Harakat va odob bilan hurmatni ifodalashda til va nutq madaniyati:
Polite language (Odobli iboralar):
"Could you please…?" yoki "Would you mind if…?" kabi muloyim so‘rov iboralari hurmatni bildiradi.
"Thank you", "Excuse me" va "I apologize" kabi odobli ifodalar ham hurmatni ko‘rsatadi.
Salomlashish jarayonida Yevropa xalqlari hurmat vositasiga Sharq xalqlaridek chuqur urg‘u bermaydi, ya’ni ularda kattalarga ham, kichiklarga ham bir xil salom berib, bir xil so‘rashishadi (Shoabfuraxmonov Sh.,1980).
Millat madaniyatini namoyon etuvchi muhim vositalardan biri salomlashishdir. Muqaddas Qur’oni Karimda, sahih hadislarda salom berish inson farzlaridan biri ekanligi, uning savobi ochga taom berish bilan teng ekanligi zikr etiladi. O‘zbek millati madaniyatida salomlashishning eng chiroyli ko‘rinishi qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib, “Assalomu alaykum” deb, boshni egib salomlashish tahsinga sazovordir. Va albatta, salomlashish davomida ularning yetti avlodidan, echki-ulog‘idan, sigir-qo‘ylaridan, hol-ahvol so‘rashadilar. Masalan, “Parvona” spektaklida O‘tkuriy bilan yangasining salomlashishini misol qilib olishimiz mumkin:
–Hay, kuyovjon yaxshimisiz? Uydagilar, amma-xola, tog‘alar, qo‘ni-qo‘shnilar, singillar, jiyanlar, echki-uloq, sigir-qo‘ylar yaxshi yuribdimi?(Uyg’un,1933)
Inglizlarda norasmiy salomlashuv biroz yengilroq boʻladi, ammo hurmatni saqlab qolish uchun quyidagilar ishlatilsdi:
“Hi, John!”
“Hello, Sarah, how are you?” oddiy va norasmiy salomlashuv boʻlib, ovoz ohangi yumshoq va iliq boʻlishi kerak.
What’s up? Juda norasmmiy, doʻstona salomlashuv hisoblanib, “Nima yangilik?” yoki ”Nima gap?” degan ma’nolarni ifodalaydi.
Hi, what’s up?
Not much, just relaxing at home. How about you?
“How’s it going?” norasmiy va doʻstona salomlashuv boʻlib, “Hammayoq yaxshimi?” degan ma’noda ifodalanadi.
Hi, how’s it going?
It’s going great, thanks for asking!
Albatta, salomlashish jarayonida javoblar quyidagicha boʻladi:
I’m good, thank! -“Yaxshi rahmat!”.
I’m fine, and you?- “Yaxshi, senchi?”.
O’zbek tilida hurmat ifodalovchilarning sinonimlar qatori:
Xushfe’l – “fe’l-atvori yaxshi, kishiga muomalasi yoqadigan”;
Masalan: Toʻladan kelgan, xushfeʼl Shukur Karimovich ham dastlabki kundan boshlab unga yoqib qolgan edi. (Mirmuhsin, Umid).
Odobli (adabli) – “xulq-odobi yaxshi, tarbiyali”;
Masalan: Umid juda odobli yigit ekan, bir ryumka ham ichkilik ichmadi. (Mirmuhsin, Umid).
Tarbiyali– “tarbiya ko‘rgan, yaxshi tarbiya olgan”;
Masalan: Oddiygina kiyingan tarbiyali ayol Dadashevni kutuvchilar stoliga taklif qildi. (I. Rahim, Taqdir).
Xushtabiat“– hatti-harakati yoqimli, xushfe’l, ochiq”;
Masalan: Ruqiya opa oʻrta yoshlardagi xushtabiat ayol ekan. (Oʻ. Umarbekov, Koʻk daftarning siri).
Xushta’b – “xushtabiat”;
Masalan: Rustamjon хushta’b yigit. Uning odobi, sipoligi Shokir akaga ko‘p ma’qul kelardi. (M.Хayrullayev, Ko‘ngil).
Mulozamat – “kishining ko‘nglini olish uchun ko‘rsatilgan iltifot; e’zoz-ikrom, takalluf”;
Masalan: Hatamova mehmonlarni xotinlarga xos mulozamat va shirinsoʻzlik bilan kabinetiga taklif qildi. (A. Qahhor, Kartina).
Xushsuxan– “yoqimli so‘zlaydigan, shirinso‘z, suhbati shirin”;
Masalan: Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do‘stona so‘z aytadi; ko‘ngilga tushishi mumkin bo‘lgan yuz g‘am — uning so‘zi bilan daf bo‘ladi. (A.Navoiy)
E’tibor – “hurmat, izzat-ikrom”;
Masalan: Nizomiddinning koʻz oldida bu notanish odamning eʼtibori yanaba oshdi. (Mirmuhsin, Meʼmor)
E’zoz– “izzat, hurmat; hurmat-e’tibor his-sezgisi va uning ifodasi”; Masalan: Hurlik deb toʻkilgan bu qon rangini Yurak-yuragimdan qilgumdir eʼzoz. (J. Jabborov).
Ehtirom – “hurmatlash, izzat-ikrom, yuksak hurmat”;
Masalan: Ulugʻ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qoʻyilmoqda.
Takalluf– “hurmat-ehtirom va e’zoz-ikrom bilan qilingan muomala, mulozamat”;
Masalan: Men sizning koʻrpachangizda koʻp oʻltirganman, endi menga ortiqcha takallufingizning hojati yoʻq. (A. Qodiriy, Oʻtkan kunlar.)
Izzat – “o‘zganing hurmat-e’tibor tuyg‘usi, shunday tuyg‘uli munosabat; hurmat”;
Masalan: Kelinoyilari Nuri uchun emas, balki qaynona izzati uchun aylanib-oʻrgilib koʻrishishdi. (Oybek, Tanlangan asarlar.)
Izzat-ikrom – “yuqori darajadagi hurmat-ehtirom”;
Masalan: Nuri uchun emas, balki qaynona izzat-ikromi uchun aylanib-o‘rgilib ko‘rishdi (Oybek).
To‘g‘ri – “odob, axloq doirasidan chiqmaydigan, unga zid ish tutmaydigan; halol, vijdonli, insofl”.
Masalan: Bizning koʻzimizga sovuq koʻringan qipchoqvachcha Normuhammadning el uchun qilib turgan toʻgʻri xizmatini men oʻz umrimdagi Toshkent beklari orasida birinchi martaba koʻraman. (A. Qodiriy, Oʻtkan kunlar.)
Qadrdon –“e’zoz- e’tiborga, izzat-hurmatga loyiq, ardoqli”;
Masalan: Dilshod va Zafar ming yillik qadrdonlar⸺yaxshi-yomon kunida doim birga.
Xatti-harakatlarda kuzatilgan xushmuomalalikni ijobiy baholashining yana bir jihati so‘zlovchi noverbal omillarga tayyanishidir (masalan, doimo tabassum qilish). Xuddi shunday xususiyat inglizlarning og‘zaki muloqotida tez-tez sodir bo‘ladi, bu yerda ular hissiyotlarini namoyon qiladi. Bir qator nutqiy vaziyatlarda “sovuq va ehtiiyotkor inglizlar” muloqotda hayratlanarli hissiyot va ekspessivlikni namoyish etadilar. Shunday qilib, ular ko‘pincha suhbatdoshni ham, sodir bo‘layotgan va kuzatilayotgan hamma narsani ham ortiqcha baholaydilar, buning uchun turli xil hissiy yuklangan leksemalardan foydalanadilar: great, excellent, perfect, gorgeous, wonderful, brilliant, superb, fantastic, fabulous, marvelous, divine, ravishing, terrific, delighted, enjoyable va h.k. Masalan:
Do‘stingiz bog‘ida: How absolutely marvelous! (Qanday ajoyib!);
Yaxshi yangiliklarga munosabat: That's fabulous. You must be thrilled. (Ajoyib. Siz xursand bo‘lishingiz kerak.);
Kichik yordam uchun minnatdorchilik: You're being extremely kind (Siz nihoyatda mehribonsiz);
Ayol ishdan kech kelgan eriga: I've been desperately worried about you. (Men siz haqingizda juda xavotirda edim.);
Hamkasbning ish faoliyatini baholash: You are absolutely fantastic. Your speech was brilliant. I really enjoyed that. (Siz mutlaqo ajoyibsiz. Nutqingiz ajoyib edi. Menga yoqdi);
Minnatdorchilik bildirish va bitta kuchaytirgich qo‘shish orqali: Thank you very much. (Katta rahmat);
Minnatdorchilik bildirish va ikkita kuchaytirgichni qo‘shish orqali: Thank you very much indeed. (Boshimiz ko‘kka yetguncha, chin yurakdan rahmat);
Rahmat aytish va sababini eslatish orqali: Thanking for+reason (Thank you for your consideration and your attention toall of the things that we brought forward. (Ardoqlar, eʼzozlar uchun tashakkur!);
Tashakkur bildirish va kuchaytirgich(lar)ni va sababni qo‘shish orqali: Thanking + intensifier +for (reason), (Thank you very much for showing us your home. (Taklifimizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman).
Ingliz tilida murojaatda hurmat ma’nosini ifodalash til va madaniyatning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Murojaatlar rasmiy yoki norasmmiy bo‘lishdan qat’iy nazar, hurmatni ko‘rsatishning qoidalari mavjud. Quyida murojaatlarda hurmatni ifodalash usullari to‘liq bayon qilingan:
Rasmiy murojaatlarda hurmatni ifodalash:
Rasmiy vaziyatlarda murojaatning har bir elementi- salomlashuv, unvon va iboralar hurmatni ifodalash uchun muhumdir.
- Salomlashuv va kirish so‘zlari: rasmiy salomlashuv
“Good morning”, “Good afternoon” yoki “Good evening”.
Masalan: “Good morning, Mr.Brown. I hope you are doing well.”
Hurmatni bildiiruvchi iboralar:
“I trust this email finds you well.”
“It’s an honor to address you today.”
“Thank you for taking the time to meet with me.”
- B) Titul va unvonlardan foydalanish: Unvon va ism bilan murojaat qilish rasmiy hurmatni ko‘rsatadi:
“Mr.” (erkaklar uchun), “Mrs.” (turdosh ayollar uchun), “Ms.” (turdoshligini bildirmasdan):
“Dear Mr Johnson,”. “Good afternoon, Mrs Williams”.
Professional unvonlar: “Dr.” yoki “Professor”:
“Dear Dr. Smith,”. “Professor Lee, I deeply appreciate your insights.”
Unvon noma’lum holatda:
“Dear Sir\Madam,”. “To Whom it may concern” (odatda rasmiy yozishmalarda ishatiladi).
- Hurmatni kuchaytiruvchi iboralar:
Rasmiy murojaatda hurmatni bildiruvchi keng tarqalgan iboralar:
“With all dua respect, I would like to bring to your attention…”
“I hold your work in high regard.”
“Please accept my sincere appreciation for your efforts.”
- D) Yakunlovchi iboralar:
Rasmiy xatlar va maktublarni tugatishda quyidagi iboralar ishlatiladi:
“Your faithfully,” (agar qabul qiluvchi aniq noma’lum bo‘lsa).
“Your sincerely,” (agar ism yoki unvon ma’lum bo‘lsa).
“Best regards,” yoki “Kind regards,” (hurmatni bildiruvchi norasmiy iboralar).
Ing
Til va madaniyat o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ayro tushunib bo‘lmaydi. Til bilan bir qatorda, xalqning madaniyati ham rivojlanib boradi. Shu sababli biror xalq madaniyatiga xos boʻlgan jihatlar uning tilida namoyon boʻladi. Oʻrganilayotgan tillar madaniyatida hurmat kategoriyasi maʼno koʻlami turli darajalarda shakllangan boʻlib, ishda hurmat koʻrsatish, xushmuomalalik bilan muloqotga kirishish, tavoze, iltifot koʻrsatish, muloyimlik, latofatli nutqni ifodalash bilan birga yaqin munosabat, chegaralangan munosabat, eʼtibor va eʼzozlash, kishilarning yuksak maqomini anglagan holda joiz boʻlgan murojaat shaklini mos ravishda tanlab ishlatiladi.
References
Абдулла Қодирий. (2013). “Меҳробдан чаён” асаридан парча). In Қодирова, Б. Х. Ўзбек тилида эвфимизм ва дисфемизм. Ўқув-услубий қўлланма.
Абдулла Қодирий. (2014). Ўткан кунлар. Тошкент: Шарқ.
Анисимова, Т. В., & Гимпельсон, Е. Г. (2004). Современная деловая риторика. Воронеж.
Салимова, Г. (2015). Корейс ва ўзбек тилларида категориясининг лингвистик ва экстралингвистик қиёсий таҳлили. Илмий тадқиқот иши.
Dreiser, Th. (1968). Sister Carry. Москва.
Қўнғуров, Р. (1980). Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик ҳусусиятлари. Тошкент.
Каримов, С. А. (2012). Ўзбек тилининг грамматик услубияти. Маърузалар матни. Самарқанд.
Шоабдурахмонов, Ш., ва бошқалар. (1980). Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент: Ўқитувчи.
Содиқова, Ш. (2010). O‘zbek tilida hurmat kategoriyasi. Monografiya. Тошкент: ТошШИ.
Уйғун. (1933). Парвона. II парда.
Юнусова, З. (2017). Муомала маданиятини ифодаловчи лексик ва грамматик воситаларнинг қиёсий таҳлили. Ўзбекистон хорижий тиллар илмий методик электрон журнал.
Йўлдошева, Х. (2021). Бадиий матнда шахс гендер хусусиятларининг намоён бўлиши. Сўз санъати халқаро журнали, 2021(№4).
Якубова, Д. (2022). Teaching grammar for EFL students and its approaches. Involta Scientific Journal, 1(7), 265–268.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Маргуба Кадырова

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
