Importance of using infographics in teaching English
Abstract
The article is devoted to the results of surveys conducted with language learners and teachers, who are directly involved in the educational process. The purpose was assessing the current state of the usage of infographics in ESL classes and its importance. The survey questions were specially developed for language learners and teachers, and conclusions were drawn based on the answers to MCQs and open-ended test questions. According to rthe data analysis, competence problems associated with the use of infographics in language learning and teaching were mainly recorded by teachers. Infographics help motivate language learners, make information more accurate, and better to remember (especially lexical units and grammatical structures). Hence, using infographics in English teaching has a direct and positive impact on learning. This idea is consistent with research findings that emphasize the effectiveness of the application of multimodal aids in learning and teaching foreign languages.
Keywords:
: axborot texnologiyalari infografika visual vositalar raqamli kompetensiyalar ta’lim samaradorligi motivatsiya.Kirish
Hozirgi axborot asrida avvalgi anʼanaviy shakldagi kabi ma’lumotlarni faqat matn ko‘rinishida yetkazish emas balki ularni aniq va qisqa ko‘rinishda muvaffaqiyatli yetkazish uchun tasvirlar, grafikalar va vizual effektlarning uygʻunligi muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘qitish ham zamonaviy tendensiyalar bilan hamohang ravishda rivojlanib borayotganligi sababli ingliz tilini o‘qitishda ham multimodal vositalardan foydalanish tobora ommalashib bormoqdi.
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilning dekabr oyida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli boshqaruv markazida o‘tkazilgan tadbirda informatsion texnologiyalar sohasidagi mutaxasislar zarurati to‘grisida fikr-mulohazalarini ifoda etganliklari barobarida “Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakatimiz rivojlanmaydi” deya ta’kidlagan edilar. Shunday ekan xorojiy tillarni o‘qitishda ham informatsion texnologiyalar taraqqiyoti mahsullaridan biri hisoblanuvchi infografikalardan mashg‘ulot materiallarini yaratishda va o‘qitishda foydalanish davr talablaridan biri desak ayni muddaodir.
Merriam Vebster lug‘atiga ko‘ra, infografika ma’lumotni vizual tarzda taqdim etish uchun grafik elementlardan foydalanadigan diagramma, tasvir yoki illyustratsiyani (kitob yoki jurnalda yoki veb-saytdagi kabi) anglatadi. Ingliz tilini o‘rganishda vizual vositalardan foydalanish amaliy mashg‘ulotning ta’limiy maqsadlariga erishish samaradorligiga bevosita ta’sir etishi hech kimga sir emas. Bu borada shu kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlar va olimlarning fikr va mulohazalarini inobatga oladigan bo‘lsak, Mayerning fikricha, infografikadan foydalanilgan mashg‘ulotlar til o‘rganuvchilarning kognitiv qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga va berilayotgan ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Infografikalar matn va rasmlarning uygʻunligida shakllanishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu o‘quvchilarda ya’ni, til o‘rganuvchilarda ma’lumotlarni aniqlikda qayta ishlash imkonini beradi. Misol uchun Savi va Ozdemir (2018) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, anʼanaviy til o‘rgatish bilan infografikalar integratsiyasi ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan til o‘rganuvchilarning so‘z boyligini yaxshilanishiga olib kelgan.
Xorijiy tilni o‘qitishda infografikadan foydalanishning boshqa bir afzalliklaridan biri bu uning til o‘rganuvchilar motivatsiyasi hamda mashg‘ulotdagi faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishidadir. 2016 yil Pratama tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari infografikalardan autentik vaziyatlar bilan bog‘langan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish til o‘rganuvchilar motivatsiyasi bilan ijobiy korrelatsiya bor ekanligini isbotladi. Dars materiallarining infografikalar bilan boyitilishi bilimlarni o‘zlashtirishda til o‘rganuvchilarga turli usul va vositalar yordamida til ko‘nikmalarini rivojlantirib borish imkonini beradi va Universal Design for Learning (UDL) tamoyillariga mos keladi (Rose va Meyer, 2002).
Infografikalardan nafaqat ma’lumotlarni aniq va qisqa yetkazish maqsadida balki turli amaliy til ko‘nikmalari, ya’ni yozish, o‘qib tushunish, tinglab tushunish va gapirishni rivojlantirishda ham o‘qitish materiallari sifatida foydalanish mumkin. Masalan infografikalar yirik matndagi ma’lumotlarni tartibga solish, argumentlar o‘rtasidagi bog‘liqliklik va tartibni tahlil qilish, tushuncha va fikrlar o‘rtasidagi aloqalarni anglab yetishda yordam berishi mumkin (Miller & Green, 2014). Bundan tashqari til strukturalarining rivojlanib borishida ham infografikalar muhim ahamiyatga ega. Masalan, ma’lum mavzuga oid turli terminlar, atamalar yoki mavzuga oid yangi leksik birliklarni visual shakllar bilan hamohanglikga taqdim etilishi ushbu ma’lumotlarni yaxshiroq anglab yetish va eslab qolishni rag‘batlantirishi mumki (Cheng va Tsai, 2013).
Til o‘qitishning yo‘nalishlaridan biri hisoblanuvchi Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitishda ham (ESP) infografikalardan foydalanish samaralidir. Li (2016) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni isbotladiki, biznes sohasi vakillari uchun ingliz tili (Business English), muhandislik va tibbiyot kabi sohalarda sohaga oid maxsus terminologiyaning vizual tasvirlarini taqdim etish orqali o‘rgatish leksik birliklarning yaxshiroq o‘zlashtirilishi va xotirada saqlab qolinishida ijobiy natija berdi.
Xorijiy tillarni o‘qitishda infografikalardan foydalanish qator afzalliklarga ega ekanligi barobaririda ba’zi bir kamchiliklari ham borligini ta’kidlab o‘tish lozimdir. Bulardan eng asosiylaridan biri bu infografikalarni to‘g‘ri ishlab chiqish masalasidir. Ular juda chalkash, murakkab yoki noto‘g‘ri ishlab chiqilgan taqdirda ta’lim olishni rag‘batlantirish o‘niga samaradorlikka to‘sqinlik qilishi ham mumkin (Tufte, 2006). Bundan tashqari infografikalar ta’lim oluvchilar jamoasining ma’naviy-axloqiy qadriyatlari tamoyillariga zid kelmasligi joiz (Smit va Tracz, 2019). Qolaversa infografikalardan foydalanish uchun ta’lim muassasasi moddiy-texnik bazasi ham talablar darajasida bo‘lishini talab etiladi.
Taqiqod natijalari va tahlili
Infografikadan foydalanishning hozirgi holati qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida ta’lim jarayonining bevosita ishtirokchilari hisoblangan til o‘rganuvchilar va o‘qituvchilar orasida so‘rovnomalar tashkil etildi. Vaziyatga turli perspektivlardan qarash va tahlil qilish maqsadida so‘rovnoma til o‘rganuvchilar va o‘qituvchilar orasida o‘tkazildi. So‘rovnoma o‘z ichiga 10 tadan savolni olib ochiq va yopiq testlardan iboratdir. So‘rovnoma savollari til o‘rganuvchilar va o‘qituvchilar uchun alohida ishlab chiqilib, ular tomonidan berilgan javoblar asosida hulosalar yasaldi. So‘rovnoma har ikkala guruh respondentlari ham infografikani til o‘rganish va o‘qitish vositasi sifatida baholaganligini ko‘rsatadi, ammo raqamli kompetentsiya bilan bog‘liq muammolar, asosan o‘qituvchilar tomonidan qayd etilgan.
Ishtirok etgan 40 nafar oʻqituvchining katta qismi (82%) oʻz darslarida infografikadan foydalanganliklarini maʼlum qilishdi. Ularning 65 foizi ularni ba’zan yoki tez-tez ishlatishlarini bildirgan. O‘qituvchilar infografikadan foydalanishning turli maqsadlarini qayd etishgan, jumladan, eng keng tarqalgan maqsad turi bu til o‘rganuvchilarning faolligini oshirish (38%), murakkab ma’lumotlarni tushunish uchun soddalashtirish (35%) va ma’lumotlarning visual taqdimotini qo‘llab-quvvatlash (22%). Infografikalarning til o‘rganish va o‘rgatishdagi samaradorligi haqida so‘ralganda, o‘qituvchilarning 78 foizi infografika til o‘rganuvchilarning kognitiv imkoniyatlarini yaxshilashda samarali yoki juda samarali ekanligiga ishonishgan. Infografikaning keng tarqalgan turlariga lug‘at infografikalari (72%), grammatik jadvallar (66%) va texnologik diagrammalar (48%) kiritilgan.
Infografikaning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishini ijobiy qabul qilinishiga qaramay, o‘qituvchilar ulardan foydalanishda bir qancha kamchiliklar mavjud ekanligini aytib o‘tishdi. Ko‘pchilik tomonidan (62%) yuqori sifatli vizual tasvirlarni yaratish uchun cheklangan vaqt resurslari yoki raqamli kompetentlikning yetishmasligini muhim to‘siq sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning 45 foizi raqamli dizayn vositalari bo‘yicha hech qanday ta’lim olmaganliklarini tan olishdi, bu esa ularning original materiallarni ishlab chiqarish qobiliyatiga to‘sqinlik qilganligi ta’kidlandi. Respondentlarning atigi 30 foizi infografikani yaratishda o‘zga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanligini bildirgan. Quvonarlisi shundaki, 85% qatnashchilar infografika asosidagi materiallardan foydalanish va yaratish qobiliyatini yaxshilashga yordam berish uchun kasbiy rivojlanish yoki resurslar olishga qiziqish bildirgan.
60 nafar ingliz tilini o‘rganuvchilar tomonidan so‘rovnomaga berilgan javoblar xorijiy til darslarida infografikaning ahamiyatini yanada yuqoriroq baholanganligini ko‘rsatdi. Ko‘pchilik (76%) infografika bilan o‘rganishni ma’qul ko‘rishlarini yoki juda yoqtirishlarini, 81% esa ularni ma’lumotlarni infografika orqali tushunish ancha oson ekanligini aytishgan. Til o‘rganuvchilar taʼlimning afzalliklarini ham tan olishdi: 68% infografika lugʻatni eslab qolishga yordam berishini, 59% esa grammatika boʻyicha tushunchalarini yaxshilashini aytdi. O‘quvchilar lug‘atga oid vizual tasvirlarni (80%) va grammatik tushuntirishlarni (65%) afzal ko‘rishlarini ta’kidladilar.
Shuningdek, til o‘rganuvchilarning ko‘pchilik qismi infografikalar til o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning motivatsiyasini oshirishi barobarida, oqituvchilar tomonidan ulardan foydalanish darajasi yetarlicha emasligini qayd etishdi. Yopiq test javoblarida “ Ustozim infografikalarni yaxshi tushunmaydi”, “Darslarda infografikalardan juda kam foydalanamiz” mazmunidagi izohlarni uchratishimiz mumkin.
Xulosa va tavsiyalar
Hulosa qilib aytganda, ham ta’lim oluvchlar ham ta’lim beruvchilar infografialarni ingliz tilini o‘rganishda samarali ta’lim vositasi deb baholashadi. Infografikalar til o‘rganuvchilarning motivatsiyasini oshirishga, ma’lumotlarni aniqroq tushunishlariga va ma’lumotlarni (ayniqsa leksik birliklar va Grammatik strukturalar)ni yaxshiroq eslab qolishlariga ko‘maklashadi. Shuning uchun ingliz tilini o‘qitishda infografikalardan foydalanish ta’lim samaradorligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu xulosa ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi va xorijiy tillarni o‘qitishda multimodal vositalardan foydalanishning samadorligini ta’kidlovchi tadqiqot natijalariga mos keladi.
Biroq shunga qaramay ushbu kichiq tadqiqot natijalari ta’lim beruvchilarni ogohlikka chaqiradi. Birinchidan, o‘qituvchilar doimiy ravishda raqamli kompetensiyalarni oshirib borishlari zarurati isbotlandi. Zero, til o‘rganuvchilarning ko‘pchilik qismi infografikalar til o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning motivatsiyasini oshirishi barobarida, oqituvchilar tomonidan ulardan foydalanish yetarlicha emasligini qayd etishdi. Yopiq test javoblarida “ Ustozim infografikalarni yaxshi tushunmaydi”, “Darslarda infografikalardan juda kam foydalanamiz” mazmunidagi izohlarni uchratishimiz mumkin. Shunday ekan, ustozlar o‘z o‘rnida zamon bilan hamnafas bo‘lishlari, Z avlodning raqamli kompetensiyalarini tan olgan holda ularning ta’limiy ehtiyojlari qondirilishida ko‘makdosh bo‘lishlari talab etiladi.
Ushbu xulosalar asosida bir nechta tavsiyalar berilishi mumkin. Masalan, kasbiy rivojlanish dasturlari raqamli savodxonlik va infografik dizaynga yo‘naltirilgan treningni o‘z ichiga olishi kerak. Canva, Piktochart yoki PowerPoint kabi vositalardan foydalangan holda seminarlar, onlayn darsliklar va amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilarga o‘z o‘quvchilarining ehtiyojlariga moslashtirilgan samarali ko‘rgazmali qurollarni yaratish imkonini berishi mumkin. Qolaversa, o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini refleksiv baholash me’zonlarini belgilashda raqamli kompetensiyalar ham alohida o‘rin egallashiga e’tibor qaratishlari va doimiy ravishda til o‘rganuvchilar fikrlarini suhbat yoki so‘rovnomalar orqali o‘rganib, tahlil qilib borishlari tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan barcha fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda infografikalarni til o‘rganish va o‘qitishning samarali vositasi sifatida baholashimiz mumkin.
References
Cheng, H. M., & Tsai, C. C. (2013). The effects of using infographics on reading comprehension and vocabulary retention. Journal of Educational Technology & Society, 16(4), 123-134.
Dewi, N. P. G., & Cahyani, I. M. (2017). The role of infographics in enhancing English language teaching. International Journal of Education, 9(3), 121-134.
Lee, M. Y., & Lee, J. K. (2016). Infographics for ESP: Improving technical vocabulary learning. Journal of English for Specific Purposes, 10(2), 45-56.
Mayer, R. E. (2009). Multimedia learning (2nd ed.). Cambridge University Press.
Miller, D. S., & Green, J. L. (2014). Infographics in language education: A tool for enhancing reading comprehension. Teaching English as a Second Language Journal, 18(2), 34-47.
Pratama, D. H. (2016). Infographics and motivation in English language learning. Journal of Educational Psychology, 14(1), 78-92.
Rose, D. H., & Meyer, A. (2002). Teaching every student in the digital age: Universal design for learning. ASCD.
Savi, A., & Ozdemir, M. (2018). Impact of infographics on vocabulary retention in ESL learners. Language Learning & Technology, 22(1), 89-104.
Smith, P., & Tracz, L. (2019). Cultural considerations in the use of infographics in language teaching. Journal of Multicultural Education, 23(4), 112-126.
Tufte, E. R. (2006). The visual display of quantitative information (2nd ed.). Graphics Press.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Дилдорахон Насирдинова

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
