Sources and their analysis related to the history of the Karakalpaks in the 18th–19th centuries
Abstract
The article presents a number of studies by our country and Russian historians on the history of the Karakalpaks in the 18th-19th centuries. They emphasize that there are very few sources on the early history of the Karakalpaks, and some sources contain many inaccuracies. It also reflects the socio-economic life of the Karakalpaks, their difficult lifestyle under excessive taxation and uprisings. These studies serve as an indispensable source for any researcher conducting research on this period.Keywords:
Qoraqalpoqlar arxiv qavm hujjat qo‘lyozma soliq zakot vaqf biy yer mulk sayohatchiXVIII-XIX asrlardagi Qoraqalpoqlar tarixiga oid manbalarni o‘rganar yekanmiz, bu davr tarixini yoritishda yurtimiz va rus tarixchilarinig asarlari alohida ahamiyatga yega. Ulardagi ma’lumotlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga tegishli. Shulardan Munis va Ogahiy asarlarini bu bo‘yicha yeӊ qadimgilari dep ko‘rsatishimiz mumkin. Undan tashqari qoraqalpoqlarga oid bu davr tarixini sayohatchilarning asarlari, xonliklarning Rus va boshqa davlatlar bilan yelchilik munosabatlari xususidagi manbalar va arxiv hujjatlari asosida o‘rgangan yurtimiz va rus tarixchilarining asarlari qisman bo‘lsa da ochib berishga xizmat qildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxividagi Xiva xonlari arxivi I 125-fondida saqlanayotgan hujjatlar XIX asir 30-yillardan – XX asr 20 yillari bo‘yicha izlanish olib borayotgan tarixchilar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Biz quyida shu davrga oid tarixchilarning bir qancha asarlarini bir qanchasini qisqacha tahlil qildik.
Biz yo‘qorida ta’kidlaganimizdek, bu davr tarixi bo‘yicha xiva muarrixlarining asarlarini keltirmastan iloj yo‘q. Akademik Husniddin Hamidov: «Munis va Ogahiyning asarlari Turkiston xaliqlarining, jumladan, Xorazm va qoraqalpoq xaliqlarining tarixi bo‘yicha tengsiz asardir» (Ogahiy, 2019), degan yedi. Shu bois biz quyida Muhammad Rizo Ogahiyning «Gulshani Davlat» asarini ko‘rib chiqsak.
Muhammad Rizo Ogahiy XIX asrning birinchi yarimidan boshlab vafotiga qadar (1874yilgacha) beshta tarixiy asar yaratdi. Shunlardan «Gulshani davlat» asarida qoraqalpoqlar tarixiga oid 1827-1828 yildagi Aydosbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon haqida yozadi (Ogahiy, 1978). Bu qo‘zg‘olonning asosiy sababi xaliqdan yig‘ilgan soliqning og‘irligi deb ko‘rsatadi. So‘ngra 1855-1856 yillardagi Qoraqalpoq biylari o‘zlariga xon qilib saylagan Zarliqni Xivaga olib kelingani va qilmishlari uchun jazolangani haqida yozadi.
Shuningdek asarda Mahmudniyoz yasavulboshi boshchiligidagi qo‘ldovli urug‘idan bo‘lgan Yernazar biyga qarshi otlanishi, uning qo‘rg‘onin bosib olishi, kallasin tanasidan judo qilishi va xonga olib kelinishi kabilarni yozadi. Undan tashqari Qo‘ng‘irottagi Muhammad Fano qo‘zg‘oloni haqida ham xabar beradi. Umuman olganda bu tarixiy asarda XIX asr boshi va o‘rtalaridagi qoraqalpoqlarning siyosiy va ijtimoiy hayotiga doir birmunsha tarixiy ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, V. V. Bartold «Munis va Ogahiylarning asarlarini adabiy va tarixiy asar sifatida qanday nuqsonlar bo‘lsa-da, bu asar bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro va Qo‘qon xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan hamma asarlardap ustun turadi...» (Бартольд, 1963) deb yozadi. Albatta, Munis va Ogahiyning asari qoraqalpoqlar tarixini o‘ganishda yeng muhim manba bo‘lib xizmat qiladы.
Bu davr tarixi bo‘yicha rus tarixchilarining asarlari alohida o‘ringa yega. Chunki qoraqalpoqlar tarixi bo‘yicha tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida izlanishlarni boshlab berganlar aynan rus tarixchilari hisoblanadi. Shulardan P. P. Ivanovning «Материалы по истории Каракалпаков» asari alohida qiziqish uyg‘otadi.
- P. Ivanovning bu kitobi birinchilardan bo‘lib qoraqalpoq xalq tarixi haqida yozilgan asar hisoblanadi. Shu vaqtgacha qoraqalpoq va boshqa xalqlar olimlari tomonidan qoraqalpoqlar tarixi bo‘yicha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lsa, P.P. Ivanovning bu ishi o‘sha tadqiqotlarga asos bo‘lgan desak yanglishmagan bo‘lamiz.
P.P. Ivanov o‘z asarida qoraqalpoqlarning XVIII-XIX asrdagi tarixini ochib berishga harakat qilgan. Muallif o‘z so‘zida shunday deydi: “Hozirgi vaqtda qo‘limizda mavjud manbalar orqali faqat XVIII-XIX asrlardagi qoraqalpoqlarning tarixini ochib berish uchun ozmi-ko‘pmi darajada yetarli deb hisoblash mumkin, biroq bu materiallarda ham asosan xalqning tashqi siyosiy hayoti yoritilgan, ammo uning o‘tmishdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari hali yetarli darajada yoritilmagan.” (Иванов, 1935)
Shuningdek, muallif qoraqalpoqlarning o‘tmishdagi tarixi haqidagi ma’lumotlar juda kam ekanligini, mavjud bo‘lsa ham ularning ilmiy haqiqatga asoslanmaganligini aytadi.
Muallif kitobining I qismida XVI asr oxirida “черные шапки” ya’ni “qora qalpoqlilar” nomi bilan va XII asrda “черныеклобуки” ya’ni “qora do‘ppililar” nomlari bilan uchrashganligini keltiradi. Undan tashqari qoraqalpoqlarning pecheneglar va no‘g‘aylar bilan yaqinligi haqidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tadi (Иванов, 1935). Umuman olganda bu ma’lumotlarga tayanib qoraqalpoqlarni qaysi bir qavm bilan qarindosh deb aniq aytishdan yiroq bo‘lish kerakligi, chunki manbalarning hammasi taxminlardan iborat ekanini tushuntiradi.
Muallif kitobining II bo‘limida XVIII - XIX asrdagi qoraqalpoqlar haqida so‘z yuritishga harakat qiladi. Bu davrga oid tarixni xronologik jihatdan o‘rganish ancha mashaqqatli ekanini aytadi. Bu bosqichda muallif qoraqalpoqlarning bir qancha qavmlarning hujumlariga uchraganini va ayrim qismlari boshqa joylarga ko‘chib o‘tganini tasvirlaydi. Albatta, bu bo‘yicha yetib kelgan ma’lumotlar qoraqalpoqlarning faqat tashqi tarixini yoritishga xizmat qiladi. Ammo, ichki hayotini tasvirlashga dalillar yetarli emasligini aytadi.
Kitobning III bo‘limi Qoraqalpoq - Xiva munosabatlari deb nomlangan bo‘lib, bu bo‘limda qoraqalpoqlarning Xiva bilan yaqin aloqalari haqida so‘z yuritiladi. XVIII - XIX asrlardagi Xiva xonligidagi siyosiy hayotning ta’siri qoraqalpoqlarda ham sezildi. Chunki, Xiva xonining yurishlarini ko‘karlar bilan ta’minlash qoraqalpoqlarning ham bo‘yniga yuklatilgan edi. So‘nggida Xiva xonligi saroyi tarixchilari Munis va Ogahiylarning kitoblaridan shu davrga oid parchalar keltiriladi. Unda Aydosbiy, Ernazarbiy va Qo‘ng‘irotli Muhammad Fano qo‘zg‘olonlari keltirilgan.
Shuningdek, muallif o‘z asarida qoraqalpoqlar tarixiga oid Xiva xonlari arxiv hujjatlari va Rus olimlarining asarlaridan keng foydalangan.
Muallif shuningdek, “Qoraqalpoq tarixi ocherklari” mavzuli ishini keltirgan. Unda birinchi bo‘lib qoraqalpoqlarning kelib chiqishi, etnografiyasi, Xorazm hududiga joylashuvi, ularning XVII - XIX asrlardagi ijtimoiy iqtisodiyoti, Qoraqalpoq – Xiva munosabatlari” haqida ma’lumotlar berilgan. O‘sha to‘plamda Said Muhammad Rahimxon podsholigi tarixi (1856 - 1865) mavzusi bilan Muhammad Rizo Munrob Ogahiyning “Gulshani davlat” nomli kitobida qoraqalpoqlarga oid materiallar tarjimasi berilgan (Иванов, 1935).
To‘plamdagi Xiva – Qoraqalpoq munosabatlariga oid Xiva solnomachilari bergan ma’lumotlarning A. N. Samoylovich tomonidan qilingan tarjimasi N. N. Palmov va A. I. Panomarevlarning qoraqalpoqlarga oid rus tilidagi bibliografik materiallari qoraqalpoq tarixi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotlar uchun ahamiyatlidir.
- P. Ivanov “XIX asr Xiva xonlari arxivi” asari orqali qoraqalpoqlarga oid arxiv hujjatlarini birinchi bo‘lib ilmiy tavsiflab, qoraqalpoq tarixini arxiv hujjatlari asosida o‘rganishni boshlab berdi.
Arxeologik va qo‘lyozma topilmalarga tayangan holda yaratilgan asarlardan yana biri T. A. Jdankoning «Ocherki istoricheskoy etnografii karakalpakov». Muallif o‘z asarida manbalarga asoslangan holda madaniy hodisalarning (uy-joy, kiyim-kechak, xalq amaliy san’at kabilarning) qadimgi davrlardan boshlab rivojlanishini haqida so‘z yuritadi.
Kitobda shuningdek, XIX-XX asr boshlarida va o‘rta asrlardagi Amudaryo bo‘ylarida yashovchi xalqlarning ijtimoiy munosabatlari, oilaviy turmush tarzi va e’tiqodlarini qadimgi an’analarga asoslanganligi ta’kidlanadi .
Sovet hokimiyati sharoitida Xorazm oazisida yashovchi xalqlarning nokapitalistik rivojlanish jarayonini o‘rganish maqsadi bilan tashkil etilgan etnografik ekspedisiyalarning ishlari, shu jumladan, 1945-1948 yillarda muallif rahbarligida olib borilgan qoraqalpoqlarning XIX-XX asr boshlarida ijtimoiy tuzumini o‘rganish haqida hikoya qilinadi (Жданко, 1950).
Shuningdek, qisqacha O‘zbekistonning qadimiy xalqi – qoraqalpoqlarning tarixi va etnografiyasi bo‘yicha adabiyotlar va manbalarni tahlil qiladi. Muallif ta’kidlashicha, qoraqalpoqlar haqidagi ma’lumotlar to‘liq o‘rganilmagan va ilmiy muomalaga qisman kiritilgan. Revolyusiyadan avvalgi O‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasiga bag‘ishlangan bibliografik asarlarda qoraqalpoqlarga deyarli e’tibor berilmagan. Sovet davrida esa bu borada birinchi ishlar boshlangan. 1927 yilda SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan E.A. Voznesenskaya va A.B. Pyotrovskilar tuzgan “Qozog‘iston va O‘rta Osiyo respublikalari antropologiyasi va etnografiyasi bo‘yicha bibliografiya materiallari” nashr etilgan bo‘lib, unda qoraqalpoqlarga bag‘ishlangan bo‘lim mavjud edi.
Muallif o‘z maqsadi sifatida qoraqalpoqlarga oid barcha manbalarni tahlil qilishni emas, balki asosan ularning qabilaviy tarkibi va Amudaryo bo‘ylariga joylashishi tarixini yorituvchi manbalarni ko‘rib chiqishni qo‘yadi. Matnning oxirgi qismi XVIII-asrning 40 yillarida qoraqalpoqlarning qabilaviy tarkibi haqida dastlabki ma’lumotlarning paydo bo‘lishi va ularning joylashuvi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar haqida hikoya qiladi, ammo bu qism to‘liq emas.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy va iqtisodiy tarixini arxiv hujjtlari asosida o‘rgangan Yu. E. Bregilning «Документы архивахивинских хановых по истории и этнографии каракалпаков» asarini keltirib o‘tish o‘rinli.
Qoraqalpoqlarga oid barcha hujjatlarni birdan chop etish ularning katta hajmi tufayli imkonsiz. Shuning uchun ushbu nashr uchun qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va Xiva xonligidagi (1873 yilgacha bo‘lgan) ahvolni aks ettiruvchi hujjatlar tanlab olindi. Ular orasida qoraqalpoqlarning yer egaligi, soliqlar (solg‘ut va zakot) yig‘ilishi, kanal tozalash va ta’mirlash ishlari uchun bajarilgan majburiyatlar, biylarning tayinlanishi kabi masalalar yoritilgan (Брегля, 1967).
Bu hujjatlar mazmuni faqat shu mavzular bilan cheklanib qolmaydi. Ulardan, xususan, ayrim urug‘ va qabilalarning joylashuvi va soni, qoraqalpoq hududlarining ma’muriy tuzilishi, qoraqalpoqlarning mulkiy tabaqalanishi va xo‘jalik yuritishiga oid qimmatli ma’lumotlarni ham olish mumkin.
Nashrga 39 ta hujjat kiritilgan bo‘lib, ulardan 38 tasi O‘zbekiston Markaziy Davlat Arxivida (O‘zMDA), 1 tasi esa Leningrad filialida saqlanadi. Faqat 14 ta hujjat aniq sana bilan belgilangan. Qolgan 25 ta hujjat turli bilvosita ma’lumotlar, asosan hujjatlarning bir-biriga mos kelishi asosida sanalgan. To‘rtta hujjatda kun, oy ko‘rsatilgan, lekin yil yo‘q, ular ham xuddi shunday usulda sanalgan (Брегля, 1967).
Demak, kitob Xiva xonligi arxividagi, qoraqalpoqlarga oid 39 ta hujjatlar to‘plamini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Bu ma’lumotlar Xiva xonlari arxivining boshqa hujjatlarida, masalan, kirim-chiqim daftarchalarida ham uchraydi. 1873 yildan keyingi davrga oid qoraqalpoqlarning ahvoli haqida juda qiziqarli hujjatlar ham borligi aytiladi.
Keyingi qismlarda Salgut yig‘ish bilan bog‘liq 13 tagacha hujjat, u yer egaligi bilan bog‘liq 2 ta hujjat keltirgan (Брегля, 1967). Yer egaligi haqida so‘z borar ekan, qoraqalpoqlarning yer egaligi haqida yozma manbalar juda kamligini ta’kidlaydi. Yer egaligi bo‘yicha № 1 va № 2 hujjatlardan birini P.P. Ivanov tomonidan noto‘g‘ri o‘rganilganligini aytib, P.P. Ivanov hujjatdagi qoraqalpoqlar haqidagi ma’lumotni sezmagan va uni o‘zbek urug‘lari tomonidan umumiy yerlarni egallash usullari sifatida noto‘g‘ri talqin qilgan, deydi.
Salgut soliq yig‘imi to‘g‘risida 13 ta hujjatni tahlil qiladi (Брегля, 1967). Ushbu hujjatlar, asosan, soliq yig‘ishning tartib-qoidalari va miqdorlari haqida ma’lumot beradi.
XIX asr o‘rtalariga oid bu hujjatlar xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yer munosabatlari va soliqlarning muhim o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Yer egaligi bo‘yicha qabilalar o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lgan va bu ziddiyatlarni hal etish murakkab bo‘lgan. Xonning shaxsiy yerlarining mavjudligi va ularning ijaraga berilishi esa yer munosabatlarining yanada murakkabligini ko‘rsatadi. Hujjatlar tahlili, o‘sha davr tarixidagi yer mulkchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun xizmat qiladi.
Keyingi qismda Xiva xonligi davrida qoraqalpoqlar tomonidan to‘langan zakot soliqlarining yig‘ilishi haqida boradi.
Zakotning chorva mollaridan olinadigan qismi Xiva xoni daromadlarining muhim qismini tashkil etgan (Брегля, 1967). 1872 yilda qoraqalpoqlar to‘lagan zakot umumiy zakot miqdorining deyarli yarmiga teng bo‘lgan (10444 mayda tilla). Boshqa manbalarga ko‘ra, bu miqdor 7500 tilla ham bo‘lgan (Кун).
Umuman olganda, bu qism Xiva xonligida soliq turining ko‘pligi va uning mahalliy aholiga, shu jumladan qoraqalpoqlarga bo‘lgan ta’sirini aks ettiradi.
Biylarni tayinlash deb nomlangan bo‘limda Xiva xonligidagi qoraqalpoq jamiyatini boshqargan biylar haqidagi hujjatlar o‘rganiladi. Biylarning kelib chiqishi va maiqei badiy adabiyotlarda kөp tasvirlangan bo‘lsa-da, ushbu hujjatlar qo‘shimcha aniq tafsilotlarni taqdim etadi.
Umuman olganda, bu qo‘llanma qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, yer egaligi, soliq va biylar boshqaruvidagi muhim rolini ko‘rsatadi. Ayni paytda, hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va sanasi haqida shubhalar ham mavjud, chunki ba’zi ma’lumotlar noaniq yoki to‘liq o‘rganilmagan.
Bu davrga oid yurtimiz tarixchilari tarafidan ham bir qancha ishlar qilindi. Shulardan S. K. Kamalovning «КАРАКАЛПАКИ v XVIII-XX веков» asari alohida o‘ringa ega.
Kitobda 1700-1860 yillar oralig‘ida qoraqalpoqlar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixini, XIX asr o‘rtalarida Rossiya podsholigiga qo‘shilish uchun bo‘lgan harakatlari va xonlik tarkibidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi yoritilgan.
So‘z boshida qoraqalpoq xalqining XVIII-XIX asrlardagi siyosiy tarixini o‘rganishdagi qiyinchiliklar va bu sohadagi tadqiqotlar haqida hikoya qiladi. Muallif qoraqalpoq xalqining siyosiy tarixini to‘liq va haqqoniy aks ettirish uchun etarli darajada manba va materiallar yetishmasligiga e’tibor qaratadi (Камалов, 1968).
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida marksizm-leninizm klassiklari – K.Marks, F.Engels va V.I.Leninning asarlari, shuningdek, sovet davridagi partiya va hukumatning tegishli qarorlaridan foydalanilgan.
Tadqiqotda Rossiya Tashqi siyosat arxivi (Moskva), SSSR Markaziy davlat qadimgi aktlar arxivi (Moskva) va V.I.Lenin nomidagi Ittifoq davlat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanayotgan arxiv hujjatlaridan foydalanilgan. Tadqiqotda Rossiya Tashqi siyosat arxivi (Moskva), SSSR Markaziy davlat qadimgi aktlar arxivi (Moskva) va V.I.Lenin nomidagi Ittifoq davlat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanayotgan arxiv hujjatlaridan ham foydalanilgan(Камалов, 1968). Xususan, muallif Rossiya Tashqi siyosat arxividagi “Qoraqalpoq ishlari” va “Qirg‘iz-qaysaq ishlari” fondlari XVIII asrning 20-40 yillaridagi qoraqalpoq-rus munosabatlariga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligin alohida ta’kidlaydi.
Muallif qator arxiv fondlarini sanab o‘tib, ularning tarkibidan qisqacha ma’lumotlar berib o‘tadi va qoraqalpoq tarixini chuqur o‘rganish uchun keng ko‘lamli arxiv tadqiqotlarining zarurligini ta’kidlaydi.
Kitobning birinchi bobda XVIII-asrning 20-40 yillaridagi va XIX -asr boshlarigacha bo‘lgan davrda qoraqalpoqlarning Rossiya, qozoq va Markaziy Osiyo xonliklari bilan bo‘lgan siyosiy aloqalariga bag‘ishlangan(Камалов, 1968). Umuman olganda, 18-asr boshlarida qoraqalpoqlarning geografik joylashuvi, iqtisodiy faoliyati va Kichik juz qozoqlariga bo‘lgan bog‘liqligi haqida muhim ma’lumotlar beradi. Rossiya bilan aloqalarga to‘xtalib o‘tilsa-da, bu aloqalar batafsil bayon etilmagan.
Muallif keyingi qismlarda Xiva xonligining siyosiy strategiyasini ochib beradi (Камалов, 1968). Uning ta’kidlashicha, xonlar qoraqalpoq xalqining ichki birligini zaiflashtirish orqali o‘z hukmronligini mustahkamlashga harakat qilgan. Diniy ulamolar esa bu siyosatda muhim vosita bo‘lib xizmat qilganlar, degan fikirni ilgari suradi.
So‘ngi qismlarda XVIII asrning birinchi choragigacha qoraqalpoqlar (Камалов, 1968) Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida, shuningdek, Quvandaryo va Qorao‘zak daryolari bo‘ylarida yashagan va XVIII-XIX asrlardagi mustaqillik uchun kurashini va qo‘shni davlatlar va xonliklar bilan murakkab munosabatlarini aks ettiradi.
Shuningdek Qoraqalpoqlar tarixi bo‘yicha alohida qiziqish uyg‘otadigan asarlardan yana biri O. Jalilovning «XIX-XX Asr boshlaridagi Qoraqalpoq tarixidan».
Muallif o‘z tadqiqotida Uzbekiston Markaziy Davlat arxivi (O‘zMDA), SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va uning Leningrad bo‘limi fondlarida saqlanayotgan Xiva arxivi hujjatlaridan keng foydalanganini ta’kidlaydi (Жалилов, 1986).
U Xiva Davlat arxividagi Qoraqalpoq tarixiga oid hujjatlar kolleksiyasi 1300 betga yaqin ekanini aniqlagan va ularning ko‘pchiligi daftar, xat, maktub va ariza shaklida ekanini qayd etadi.
Biz ularni tadqiq etayotgan hujjatlarimizdagi ma’lumotlar bilan qiyosiy o‘rganib, umumiy xulosalar chiqardik. Ulug‘ Oktyabr revolyusiyasiga qadar qoraqalpoq xalqi tarixiga bag‘ishlangan birorta asar yo‘q edi. Qoraqalpoq xalqining tarixini marksistik nuqtai nazardan har tomonlama urganish faqat sovet davridan boshlanadi (Жалилов, 1986).
Demak, muallif sovet davridan avvalgi Qoraqalpoq xalqi tarixiga bag‘ishlangan asarlarning yo‘qligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga o‘rganilayotgan davr tarixi marksistik g‘oyalar nuqtai nazaridan kelib chiqib yozilganligini bilishimiz mumkin.
Shuningdek, muallif Munis va Ogahiyning ma’lumotlariga ko‘ra 1755-1790 yillarda qoraqalpoqlar Muhammad Amin Inoq davrida Xiva atrofiga joylashuvidan boshlab xabar bergan.
Undan keyin Muhammad Rahimxon har safar qoraqalpoqlarni bo‘ysundirganda Amudaryoning bo‘yiga joylashtira boshlagani haqida aytadi. Shunday qilib, Muhammad Amin inoq davrida qoraqalpoqlarga Ko‘ko‘zak kirg‘oqlaridan tortib Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarda o‘rnashish uchun rasmiy ruxsat berilgan bo‘lsa Muhammad Rahimxon I davrida ularning bir qismi Orolning shnmoli-g‘arbiy rayonlariga ko‘chirilgan (Жалилов, 1986). Bu ma’lumotlar bilan Qoraqalpoqlarning Xiva xonligi bilan bo‘lgan siyosiy va hududiy aloqalarini ko‘rsatadi.
Shuningdek, muallif kitobning birinchi bo‘limida qoraqalpoqlarning yer egaligi, chorvachilik, baliqchilik va savdo munosabatlari haqida so‘z yuritib (Жалилов, 1986)., unda qoraqalpoqlarning yer egaligi Xiva xonligida XIX asr va XX asr boshlarida hukmron bo‘lgan yer egaligi va agrar munosabatlari bilan chambarchas bog‘liqligini yozadi.
Umuman olganda bu bobta xonlikdagi amaldorlar, xonning qavmi-qorindoshlari, ruhoniylar va biylarga yorliq asosida bergan yerlar, undan tashqari oddiy xalqqa ijara asosida beriladigan yerlar to‘g‘risida keltiradi. Shu jumladan qoraqalpoqlarning biy, nukerlerge beriladigan yorliqli yerlar va ruhoniylarga vaqf yorlig‘i haqida keltiradi.
Muallif Xiva Xonlari arxiviga tegishli bo‘lgan O‘zMDA FI 125 2 daftardagi bir qansha yer yegaligi to‘g‘risidagi hujjatlarni keltirgan. Ular orasida har bir qavmga tegishli yerlarning mig‘dori va ro‘yxatlari joy olgan.
Xonlikning qoraqalpoqlar ustida yorgizgan soliq siyosati haqida haqida so‘z borar yekan, avtor so‘z boshida boshqa davlatlar singari Xiva xonligida ham yer solig‘i qadimiy va keng tarqalgan bo‘lib u yirik yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab,
kambag‘al dehqonlar yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushgan edi (Жалилов, 1986), degan marksistik
nuqtai nazardan kelib chiqqan fikirlarini keltiradi.
Muallif arxiv hujjatlariga asoslangan holda Xiva xondigidagi og‘ir soliq siyosati dehqonlar ommasi zimmasiga qanday og‘ir yuk bo‘lib tushgailigini shu bilan birga soliq Xiva xonlgi daromadining asosiy manbai yekanin tushuntiradi.
Shuningdek yarim o‘troqlashgan orol o‘zbeklari turkman, qozoq va qoraqalpoqlardan olinadigan soliq miqdori belgilangan bo‘lib, bu haqida Muhammad Rahimxonning qoraqalpoqlarlar to‘laydigan soliqni shartnomasini keltirgan:
- Qoraqalpoqlar qancha yer nshlatishlariga qaramasdan, har yili xonga 20 ming kichik tilla to‘lab turadilar;
- Ular xonga 2 ming askar yuboradilar.
- Umumiy ishlarga har yili 6 ming odam beradilar» (Кун, 1873).
Shuningdek, bu bobda qazuv hujjatlari ham o‘rganilgan bo‘lib, ularda hәm UzMDA «Xiva xonlari arxivi» FI-125, op. 2. 46, 450, 109 kabi bir qancha hujjatlar jalb qilingan. Ularda aytilishicha har yili qoraqalpoqlar 1200 ta qazuvchi berish majburyati yuklatilgan (УзМДА).
Umuman olganda muallif o‘z ishida arxiv hujjatlari va sovet davri tarixchilarining asarlari va risolalaridan unumli foydalangan holda XIX-XX asr boshlaridagi Qoraqalpoqlar tarixini ochib berishga harakat qilgan.
Xulosa
XVIII-XIX asrlardagi Qoraqalpoqlar tarixi haqida yozilgan bu manbalar Qoraqalpoqlar hayotining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini ma’lum darajada ochib beradi. Shunday bo‘lsada mazkur manbalardagi ayrim tarixiy hujjatlarning noaniqligi va undan tashqari hali ilmiy ishga jalb qilinmagan boshqa arxiv hujjatlarini hisobga olganda bu davr bo‘yicha qilinadigan tadqiqotlar hali to‘lig‘i bilan tugallanmaganligini xulosa qilishimiz mumkin.
References
Ogahiy, M. R. M. E. O. (1978). Firdaus al-Iqbal (Vol. 5, pp. 6). Gafur Ghulom Literature and Art Publishing House.
Bartold, V. V. (1963). Sochineniya (Vol. 2, Part 1, p. 285). Izdatel’stvo Vostochnoi Literatury.
Bregel, Y. E. (1967). Dokumenty arkhiva khivinskikh khanov po istorii i etnografii karakalpakov (pp. 11–31). Moskva.
Ivanov, P. P. (1935). Materialy po istorii karakalpakov (pp. 9–53). Moskva.
Jalilov, O. (1986). XIX–XX asr boshlaridagi Qoraqalpoq tarixidan (pp. 10–74). Toshkent.
Kamalov, S. K. (1968). Karakalpaki v XVIII–XX vekakh (pp. 4–274). Toshkent.
Kun, A. L. (1873). Turkestanskie vedomosti (p. 32).
Munis, & Agahiy. (2019). Firdaus-ul-Iqbal (Trans. H. Khamidov, p. 3). Bilim Publishing House.
Ocherki istoricheskoy etnografii karakalpakov. (1950). T. A. Jdanko. Moskva: AN SSSR.
TsGA UzSSR. (n.d.). Fond I-125, op. 2, No. 457. See also Ivanov, P. P. (1935). Materialy po istorii karakalpakov, document No. 132.
UzMDA. (n.d.). Fond I-125, Op. 1, Delo 472.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Абдумумин Садиков

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
