Theoretical and practical foundations of using project-based methods in teaching English
Abstract
One of the main tasks facing the education system in the 21st century is to develop students' independent thinking, creativity, and communication skills. In this regard, Project-Based Learning (PBL) is recognized as one of the most effective approaches in modern pedagogy. This article focuses on exploring the content and essence of a competence-based approach required in the education system today, as well as its pedagogical possibilities in the language teaching process. Project-Based Learning is considered a modern pedagogical technology that has begun to be widely used in both foreign and local experiences. The main focus of the research is on the role of PBL in developing modern educational requirements such as communicative competence, independent thinking, creativity, and teamwork skills. The article analyzes the historical evolution of PBL (J. Dewey, W. Kilpatrick), its connection with Communicative Language Teaching (CLT), and its place in Uzbekistan and international experiences. The author proposes a system of goals, tasks, pedagogical possibilities, and project assignments designed for students at various levels. The research results indicate that the use of the PBL method makes English language lessons more effective, interactive, and result-oriented, creates a learner-centered educational environment, enhances students' intrinsic motivation, and prepares them for communication situations in real life.
Keywords:
Project-based learning communicative competence English language teaching student-centered approach pedagogical technology motivation UzbekistanKirish
Zamonaviy ta’lim tizimi talabalarga nafaqat an’anaviy bilimlarni, balki mustaqil fikrlash, izlanish, ijod qilish va samarali muloqot qilish kabi 21-asr ko‘nikmalarini ham o‘zlashtirishni talab qiladi. Ayniqsa, chet tillarini, jumladan, ingliz tilini o‘qitishda bu talablar yanada muhim ahamiyat kasb etadi, chunki til o‘rganish jarayoni faqat grammatika va leksikani o‘zlashtirishdan iborat emas, balki turli madaniyat va kontekstlarda tilni qo‘llash qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. Aynan shu muammolarni hal qilishda loyihaga asoslangan o‘qitish (Project-Based Learning – PBL) eng samarali pedagogik usullardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolaning maqsadi PBL usulining ingliz tilini o‘qitishdagi nazariy va amaliy asoslarini, shuningdek, uning O‘zbekiston ta’lim kontekstidagi o‘rni va ahamiyatini tahli qilishdan iborat.
Loyiha metodi ilk bor XX asr boshlarida AQShda pedagog J. Dewey va U. Kilpatrick tomonidan ishlab chiqilgan. Dewey ta’limning “tajriba orqali o‘rganish” tamoyiliga asoslanishini ta’kidlagan (Dewey, 1938), Kilpatrick esa “loyiha”ni o‘quvchining mustaqil rejalashtirilgan faoliyati sifatida talqin qilgan (Kilpatrick, 1918). Ushbu yondashuv ta’limning an’anaviy, passiv shaklidan farqli o‘laroq, o‘quvchini faol ishtirokchi va bilim yaratuvchisi sifatida ko‘rishga asoslangan.
Keyinchalik, 1980–1990-yillarda PBL G‘arb mamlakatlarida “talaba markazli o‘qitish” konsepsiyasi doirasida qayta rivojlandi va nafaqat umumiy, balki til o‘qitish sohasiga ham keng joriy etila boshlandi. O‘zbekistonda esa PBLga qiziqish XXI asr boshida, ayniqsa, 2017-yilda qabul qilingan “2017–2021-yillarda xalq ta‘limini rivojlantirish Davlat dasturi”da innovatsion usullarni joriy etish vazifasi belgilanganidan keyin kuchaydi.
Zamonaviy nazariyotchilar, masalan, Thomas (2000) va Beckett (2005) PBLni nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga tayyorlashning eng samarali usuli sifatida ta’riflaydilar. Guo va boshq. (2020) PBLning oliy ta’limda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar.
Ingliz tilini o‘qitishda PBLning samaradorligi, ko‘pincha, uni kommunikativ yondashuv (Communicative Language Teaching – CLT) bilan uzviy bog‘liqligi bilan izohlanadi. CLT tilni grammatik qoidalar yig‘indisi emas, balki real muloqot vositasi sifatida o‘rganishga qaratilgan (Richards & Rodgers, 2014). Xuddi shunday, PBL ham o‘quvchilarni maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish, ya’ni tilni real maqsadlar uchun ishlatishga undaydi.
Beckett va Slater (2005) tadqiqotlarida PBLning til o‘rganuvchilarning so‘z boyligi, grammatik moslashuvchanlik va ijtimoiy muloqot qobiliyatini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. O‘zbekistonlik tadqiqotchi R. Xudoyberdiyeva (2019)ning so‘zlariga ko‘ra, PBL o‘quvchilarda nafaqat lingvistik, balki mustaqil fikrlash, ijtimoiy hamkorlik va interaktiv muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
Ingliz tilini o‘qitishda PBLning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, ya’ni turli vaziyatlarda samarali muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishdir. Ushbu maqsad quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:
- Til ko‘nikmalarini integratsiyalash (tinglash, gapirish, o‘qish, yozish);
- Autentik materiallardan foydalanish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo‘llash;
- Muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- Alternativ baholash usullarini joriy etish.
PBLning asosiy pedagogik imkoniyati shundaki, u o‘quvchilarni faol, mustaqil va ijodiy subyektlarga aylantiradi. Loyihalar orqali o‘quvchilar nafaqat tilni, balki jamoaviy ishlash, mas’uliyatni bo‘lishish va qaror qabul qilish kabi hayotiy ko‘nikmalarni ham egallaydilar (Ziyayeva, 2019). 1-jadval va 2-jadvalda PBLning maqsad-vazifalari va pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
|
Maqsadlar |
Vazifalar |
|
Til ko‘nikmalarini integratsiyalash
|
Tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirishni birgalikda rivojlantirish |
|
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish
|
Autentik materiallardan foydalanish va real muloqot vaziyatlarini yaratish |
|
Mustaqil ta’lim va izlanishga o‘rgatish
|
Internet va boshqa manbalardan foydalanib, mustaqil izlanish olib borish |
|
Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
|
Muammoli vaziyatlarni hal qilish va yechim topish faoliyatini tashkil etish |
|
Hamkorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish |
Guruhiy loyihalar orqali mas’uliyat, hamkorlik va o‘zaro yordamni shakllantirish |
|
Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va motivatsiyani kuchaytirish |
Madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda alternativ baholash orqali rag‘bat uyg‘otish |
1-jadval. Ingliz tili o‘qitishda loyiha metodining maqsad va vazifalari
Ingliz tilini o‘qitishda loyiha metodining vazifalari lingvistik ko‘nikmalarni integratsiyalash, autentik materiallardan foydalanish, AKT vositalarini tatbiq etish, muammoli vaziyatlarni hal qilish va alternativ baholashni o‘z ichiga oladi. Ushbu vazifalar o‘zaro uyg‘un holda amalga oshirilganda, ingliz tili ta’limi nafaqat samarali, balki qiziqarli va ijodiy jarayonga aylanadi.
Loyiha metodining asosiy pedagogik imkoniyati – o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishdir. Loyihalar odatda ma’lum bir masalani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilar yangi g‘oyalarni ishlab chiqadi, masalalarni tahlil qiladi va o‘z yechimlarini izlaydi. Shu jarayon ularni faol o‘rganish markaziga qo‘yadi va mustaqil qaror qabul qilish, fikrini asoslab himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, ekologik muammolar, sog‘lom turmush tarzi yoki ijtimoiy masalalar bo‘yicha loyihalar o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga undaydi va muammoni turlicha yondashuvlar orqali tahlil qilishga rag‘batlantiradi (Beckett & Slater, 2005).
Loyiha metodida o‘quvchilar tilni amaliy faoliyat vositasi sifatida qo‘llashadi, nafaqat nazariy bilim sifatida. Masalan, ingliz tili darslarida “My Future Profession” yoki “Tourism in My City” mavzusidagi loyihalar o‘quvchilarda nutq, yozma ifoda va tinglab tushunish ko‘nikmalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantiradi. Loyihalar orqali o‘quvchilar muammoni aniqlash, ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish ko‘nikmalarini egallaydilar, bu esa ularning bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini oshiradi (Hedge, 2000).
Loyiha metodida ko‘pincha guruh ishlari tashkil etiladi, bu esa hamkorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Guruh a’zolari birgalikda vazifalarni taqsimlaydi, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy natijaga erishadi. Shu tarzda, loyiha metodining pedagogik imkoniyati shaxsiy mas’uliyat va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir (Ziyayeva, 2019). Hamkorlik jarayoni orqali o‘quvchilar bir-birining fikrlarini tinglash, yechim topishda maslahatlashish va jamoaviy muvaffaqiyatga erishish tajribasini o‘zlashtiradilar.
Loyiha metodida o‘quvchilar real muammolarni tahlil qilish va yechim topishga rag‘batlantiriladi. Masalan, ekologiya, sog‘lom turmush tarzi, turizm yoki ijtimoiy masalalar bo‘yicha loyihalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu jarayon ularni mustaqil qaror qabul qilishga, ma’lumotlarni tahlil qilishga va eng maqbul yechimni tanlashga o‘rgatadi (Thomas, Reinders & Warschauer, 2013).
Loyiha ishlari o‘quvchilarda turli madaniyatlar bilan muloqot qilish imkonini yaratadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning madaniyati bilan tanishish orqali o‘quvchilar global fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiradilar (Nazarova, 2021). Shu bilan birga, loyiha jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llaniladi. PowerPoint, Google Docs, Padlet va Quizlet kabi vositalar yordamida o‘quvchilar elektron taqdimotlar, videoroliklar va hisobotlar yaratadilar, bu esa tilni o‘rganish jarayonini interaktiv va samarali qiladi (Harmer, 2007).
Loyiha metodidan foydalanish pedagogik jarayonda keng imkoniyatlarni yaratadi. U o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi, hamkorlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlaydi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi, madaniyatlararo muloqot va global tafakkurni kengaytiradi hamda texnologik savodxonlikni oshiradi. Shu sababdan loyiha metodi zamonaviy ta’lim tizimida samarali va dolzarb yondashuv sifatida e’tirof etiladi.
|
Pedagogik imkoniyatlar |
Amaliy jarayon |
|
Mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv
|
O‘quvchilar muammolarni tahlil qiladi va yangi g‘oyalarni ishlab chiqadi |
|
Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish
|
Tilni real vaziyatlarda qo‘llash, nutq va yozma ifodani mustahkamlash |
|
Hamkorlik va jamoada ishlash
|
Guruh ishlari orqali mas’uliyat va birgalikdagi yechimlarni o‘rganadi |
|
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
|
Dolzarb masalalarni tahlil qiladi va optimal yechimni tanlaydi |
|
Texnologik va raqamli savodxonlik
|
Onlayn platforma va dasturlar orqali loyiha mahsulotlarini yaratadi |
2-jadval. Loyiha metodidan foydalanishning asosiy pedagogik imkoniyatlari
Xulosa qilib aytish mumkinki, loyihaga asoslangan o‘qitish metodi ingliz tilini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi, zamonaviy talablarga mos pedagogik usul hisoblanadi. U nafaqat o‘quvchilarning lingvistik bilimlarini, balki ularning kommunikativ kompetensiyasi, ijodiy qobiliyati va ijtimoiy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. O‘zbekiston ta’lim tizimida PBLni joriy etish uchun qulay sharoitlar mavjud – buni “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” kabi me’yoriy hujjatlar va “Future English” kabi amaliy loyihalar tasdiqlaydi. Shu bois, ingliz tili o‘qituvchilariga o‘z darslarida loyiha metodini qo‘llash va uning samaradorligini oshirish uchun doimiy izlanish va tajriba almashish tavsiya etiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroni. "2017–2021-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish Davlat dasturi".
Beckett, G. H., & Slater, T. (2005). The Project Framework: A tool for language, content, and skills integration. ELT Journal, 59(2), 108–116.
Dewey, J. (1938). Experience and Education. Kappa Delta Pi.
Guo, P., Saab, N., Post, L. S., & Admiraal, W. (2020). A review of project-based learning in higher education: Student outcomes and measures. International Journal of Educational Research, 104, 101717.
Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching (4th ed.). Harlow: Pearson Longman.
Hedge, T. (2000). Teaching and Learning in the Language Classroom. Oxford: Oxford University Press.
Kamariddinovna, M. E., & Dauletbaevna, U. A. (2024). Enhancing Speaking Skills: a Guide to Utilizing Internet Resources for 10th Grade Learners. Miasto Przyszłości, 48, 1113-1117.
Kilpatrick, W.H. (1918). The Project Method. Teachers College Record, 19(4), 319–335.
Nazarova, F. (2021). Chet tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.
Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching (3rd ed.). Cambridge University Press.
Thomas, J. W. (2000). A Review of Research on Project-Based Learning. Autodesk Foundation.
Thomas, M., Reinders, H., & Warschauer, M. (2013). Contemporary Computer-Assisted Language Learning. London: Bloomsbury. [Elektron resurs].
Xudoyberdiyeva, R. (2019). Loyiha Metodi Asosida Ingliz Tilini O‘qitish. Fan va Texnologiya Nashriyoti.
Ziyayeva, Sh. (2019). Ta’limda Innovatsion Metodlar: Loyiha Metodidan Foydalanish Tajribasi. Fan va Texnologiya Nashriyoti.
British Council. (2019). Future English in Uzbekistan. https://www.britishcouncil.uz/en/programmes/education/future-english
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Нилуфар Жамолиддинова

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
