BADIIY MATNNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
BADIIY MATNNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Abstract

Hozirgi vaqtda jahon tarjimashunosligida bir qator muhim yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ular tarjimaning nazariy va amaliy jabhalarini sezilarli darajada boyitdi. Xususan, korpus lingvistikasiga asoslangan tadqiqotlar tarjimaviy meʼyorlarni aniqlashni yengillashtirdi, kognitiv yondashuvlar esa tarjimonning fikrlash jarayonini ilmiy asosda o‘rganish imkonini yaratdi. Shu bilan birga, tarjimada madaniy omilning o‘rni kengayib, madaniy interpretatsiyamasalalari dolzarblik kasb etdi. Mashina tarjimasi va neyron tarjimaviy modellar ham zamonaviy tarjimashunoslikning yangi bosqichini belgilab berdi.Kelgusi vazifalar sifatida tarjimada inson omilini yanada chuqurroq o‘rganish, turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi semantik tenglik muammolarini hal etish, shuningdek, sunʼiy intellekt bilan inson tarjimoni o‘rtasida samarali hamkorlik modelini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi. Umuman olganda, tarjimashunoslik global muloqot va madaniy almashinuvni qo‘llab-quvvatlovchi strategik fan sifatida rivojlanishda davom etmoqda. Ushbu maqolada tarjimashunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanganbadiy matnni tarjima qilishning nazariy asoslari, tarjimada ekvivalentlik va adekvatlikmasalasi, semantik-stilistik qatlamlar, madaniy birliklarni tarjima qilish, tarjimon kompetensiyasi xususidagi zamonaviy nazariy yondashuvlarmohiyati yoritildi.

Keywords:

Badiiy matn tarjimasi semantik-stilistik qatlamlar tarjimon kompetensiyasi ekvivalentlik adekvatlik tarjimashunoslikning Skopos nazariyasi tarjimashunoslikka kognitiv yondashuv tarjimashunoslikka diskursiv yondashuv tarjimashunoslikning madaniy-semiotik nazariyasi.

KIRISH. Badiy matn tarjimasi tarjimashunoslikning eng murakkab va mas‘uliyatli yo‘nalishlaridan biridir. Chunki badiy asarlar tarjimasida­ nafaqat manba matnidagiaxborotni boshqa tilga o‘girish,balki uning estetik ta‘sir darajasini saqlab qolish, asarda ifodalanganmadaniy qadriyatlar mohiyatini yoritib berish, muallifning badiiy dunyoqarashini to‘g‘ri idrok qilish va uni o‘quvchiga yetkaza olish,tilning nozik qatlamlarining o‘zga tildagi muqobillarinitopa olish ham taqozo etiladi.

Bugungi tarjimashunoslikda Skopos nazariyasi, kognitiv yondashuv, diskursiv yondashuv, madaniy-semiotik nazariya muhim ahamiyat kasb etadi. [5, 41] Skopos nazariyasining mohiyati shundaki, ushbu yondashuv tarjimani ma‘lum bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat turi sifatida ko‘rib chiqadi va diqqatni an‘anaviy ekvivalentlik mezonlaridan tarjima funksionalligi va pragmatikasiga o‘tkazadi. Tarjimon manba matnini maqsadli auditoriyaning muayyan muhitdagi vazifalariga mos ravishda moslashtiradi. Skopos nazariyasiga asoslangan yondashuvda tarjima maqsadli harakat sifatida qaraladi, unda tarjimon ma‘lum bir muammoni hal qilish uchun maqsadli matn yaratadi. Skoposning moslashuvchanligiga qaramay, tarjimada aynanlik tamoyilisaqlanib qoladi, ya‘ni tarjimon asl matn muallifining madaniy me‘yorlari va niyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak bщladi.

Tarjimaga kognitiv yondashuvda esa tarjima mentaljarayon sifatida baholanadi. Bunday yondashuvda tarjimon manba matnnni to‘g‘ri idrok qilishi muhim. Aytish joizki, tarjimon matnni tarjima qilishida qanday shaklni tanlamasin, uning asosiy, o‘zak mazmuninisaqlab qolishi lozim.

Tarjimaga diskursiv yondashuvda tarjima obyekti faqat matn emas, balki muloqot jarayoni sifatida ham qaraladi.Ushbu jarayonda kontekst, maqsad, auditoriya, ijtimoiy munosabatlar, janr kabi omillar muhim hisoblanadi. Tarjimonnafaqat maʼnoni, balki diskurs vazifasini –matnning jamiyatdagi roli xususidagi mazmunniham saqlashi kerak.

Tarjimashunoslikning madaniy-semiotik nazariyasida matnga madaniy belgilar tizimi, har bir so‘z va obraz esa madaniy semiotikaning bir qismi sifatida qaraladi. Bunda tarjimaning vazifasi madaniy belgilar, realiyalar, metaforalar, urf-odatlar va ramzlarni to‘g‘ri tarzda yangi madaniyatga ko‘chirishdan iboratdir. Ushbu nazariya namoyandalari tarjimani ijodiy interpretatsiya sifatida baholab, tajimon tarjima matnda uz “izi”, yaʼni uslubini namoyon qilishi mumkin deb hisoblaydilar.[3, 67]

 Qayd etilgan nazariyalartarjimaning ko‘p qirraliva o‘zida lisoniy va nolisoniyomillar (kognitiv, madaniy, psixologik, ideologik) ni mujassam etgan jarayon ekanini ko‘rsatadi.

ASOSIY QISM.Maʼlumki, badiy tarjima – bu badiiy matnning mazmuni, shakli, obrazliligi, uslubi va muallifning estetik niyatlarini boshqa tilga o‘tkazish jarayonidir. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u faqat axborot uzatmaydi, balki asarning badiiy-estetik qiymatini ham qayta yaratadi. Badiy tarjimada ijodkorlik, til sezgisi, madaniy kompetensiya katta ahamiyat kasb etadi.Tarjimaning nazariy asoslari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pragmatika, semantika, madaniyatshunoslik va psixolingvistika kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq. Tarjima jarayoni ikki tilli kommunikatsiya sifatida baholanadi va unda manba matni bilan tarjima matni o‘rtasidagimuvofiqlik darajasi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Badiy tarjimada ekvivalentlik – mazmun, shakl, uslub va ta‘sir birligini eng yuqori darajada saqlashdir. Adekvatlik esa tarjima matnining kommunikativ vazifani to‘liq bajarishi bilan bog‘liq. Badiy tarjimada to‘liq ekvivalentlikka erishish qiyin, shuning uchun funksional-madaniy ekvivalentlik muhim o‘rin tutadi.

Badiy matn ko‘p qatlamli bo‘lib, unda quyidagi qatlamlar mavjudligi kuzatiladi:

 – denotativ ma‘no

 – konnotativ ma‘no

     – obrazlilik va ramziylik

– stilistik bo‘yoqlar

–subtekst va kontekst .[1,89]

 Bularning barchasini tarjimada qayta yaratish tarjimon oldiga murakkab vazifalarni qo‘yadi. Badiiy obrazlilikni tarjima qilish muammolari shundaki, metafora, epitet, metonimiya, jonlantirishkabi badiiy tasvir vositalarini boshia tilga o‘girish ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ba‘zan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinadi, ba‘zan esa funksional analog (o‘xshashlik) qidiriladi. Asl mazmunni saqlagan holda badiiy ta‘sirni yo‘qotmaslik tarjimon mahoratini ko‘rsatadi.

 Badiiy matnni tarjima qilish muammolaridan yana biri milliy-madaniy komponentlarni tarjima qilish bilan bog‘liq. Milliy kolorit, etnomadaniy birliklar, urf-odatlar, realiyalar badiiy tarjimaning eng muhim muammolaridan biridir. Madaniy so‘zlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinmasligi mumkin. Tarjimon bunda quyidagi yondashuvlardan foydalanadi:

– transkripsiya

 – tavsifiy tarjima

–kontekstual moslashtirish

– madaniy ekvivalentlar izlash

Manba matndagiidiomalar, metaforalar va frazeologizmlarni tarjima qilish ham tarjimondan yuqori malakani talab etadi.Frazeologizmlar tilning milliy ruhini aks ettiradi, shuning uchun ularni tarjima qilishda semantik ekvivalentlik yetarli bo‘lmaydi.Bundauslubiy bo‘yoqlar, obrazlilik, konnotatsiya saqlanishi lozim. Tarjimon ba‘zan frazeologik analog, ba‘zan esa tavsifiy ta‘rifdan foydalanadi.

Tarjima jarayonida kontekst va subtekstning alohida o‘rni bor.Kontekst badiy matnni to‘g‘ri talqin qilishning asosiy omilidir. Subtekst esa yashirin ma‘no va muallifning niyatini ifodalaydi. Ularni tushunmasdan qilinadigan tarjima semantik noaniqliklarga olib keladi.

 Badiiy matnni tarjima qilishda tarjimon kompetensiyasi va ijodkorlik omili o‘ta muhim. Badiyasarlar tarjimonilingvistik kompetensiya, madaniy kompetensiya, adabiy kompetensiya, pragmatik kompetensiya, ijodiy tafakkur kompetensiyalariga ega bo‘lishi zarur. Tarjimon nafaqat matnni tarjima qiladi, balki uni qayta yaratadi ham. 

Maʼlumki, badiiymatnda muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Mutaxassislar bunday xatolar sirasiga semantik xatolar, stilistik mos kelmaslik,madaniy noaniqliklar, obrazning yo‘qolishi,so‘zma-so‘z tarjimaning haddan ziyod ko‘payib ketishi kabilarni kiritadilar.[4,74] Bunday xatolarni bartaraf etishning eng muhim yo‘llarimatnni chuqur tahlil qilish, kontekstni to‘g‘ri anglash va ijodiy yondashuvdir. 

Badiy tarjima o‘ziga xos kommunikativ-pragmatik xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Har bir badiy asar o‘z davri, o‘quvchisi va muallifi uchun maxsus kommunikativ vazifani bajaradi. Tarjima esa bu vazifani boshqa madaniyatga mos holda qayta yaratadi. Bunda eng muhimi shundaki, tarjimon matnning pragmatik ta‘sirini saqlab qolishikerak.

XULOSA. Badiiy asar tili tarjimasini mukammallashtirish uchun bir qator nazariy va amaliy vazifalarni hal etish zarur. Nazariy jihatdan, avvalo badiiylikning tabiati, obrazlilik vositalari, intertekstual ishoralar va muallif uslubining asliyatda tutgan o‘rnini aniq belgilash muhim. Shu bilan birga, tarjimada ekvivalentlikka erishish, yaʼni denotativ, konnotativ va pragmatik maʼnolarni bir vaqtda saqlashga qaratilgan ilmiy yondashuvlar talab etiladi. Madaniy kodlarni o‘rganish va ularni qabul qiluvchi tilda adekvat ifoda etish ham nazariy muammolar qatoriga kiradi. Amaliy jihatdan esa obrazli ifoda, yumor va milliy realiyalarni tarjima qilishda to‘g‘ri strategiyani tanlash, lokalizatsiya va adaptatsiya tamoyillarini takomillashtirish muhimdir. Shuningdek, tarjimonning uslubiy mahoratni oshirishi va tahrir jarayonlarini professionallashtirish badiiy tarjimaning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Badiiy tarjimani rivojlantirish borasida tadqiqotchilar oldida qator dolzarb vazifalar turibdi. Avvalo, badiiy matnning semantik va estetik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish, ularni tarjimada qayta yaratishning ilmiy modellarini ishlab chiqish talab etiladi. Shuningdek, tarjimada ekvivalentlikning yangi turlarini, xususan, emotsional va pragmatik tenglikni taʼminlaydigan nazariy yondashuvlarni takomillashtirish muhimdir.Badiiy tarjimada madaniy omil ustuvor bo‘lgani uchun realiyalar, milliy urf-odatlar va intertekstual ishoralarni qabul qiluvchi tilda adekvat ifoda etishga doir ilmiy tamoyillar yanada puxta ishlab chiqilishi kerak. Tadqiqotchilar oldidagi yana bir vazifa – tarjimonning kognitiv jarayonlarini o‘rganish, uning ijodiy fikrlash mexanizmlarini modellashtirishdir[2,90].Shu bilan birga, sunʼiy intellekt asrida mashina tarjimasi va inson tarjimonining o‘zaro hamkorligini ilmiy asosda o‘rganish, gibrid tarjimaviy yondashuvlarni ishlab chiqish ham muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.

References

Baker, Mona (ed.). Routledge Encyclopedia of Translation Studies. – London/New York: Routledge, 1998.– 654 p.

Bassnett, Susan. Translation Studies. 3rd ed.–London/New York: Routledge, 2002. – 176 p.

Комиссаров, В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – Москва: Высшая школа, 1990.–253 с.( Komissarov, V. N. Theory of Translation (Linguistic Aspects). Moscow: Vysshaya Shkola, 1990. 253 pp.)

Nida, Eugene A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating.–Leiden: E. J. Brill, 1964. –331 p.

Newmark, Peter. A Textbook of Translation.– New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.

Published

Downloads

Author Biography

Go‘zal SOBIROVA,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Magistratura bosqichi 14- guruh talabasi

How to Cite

SOBIROVA, G. (2025). BADIIY MATNNI TARJIMA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI. The Lingua Spectrum, 12(2), 778–781. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1368