Оригинальные материалы, направленные на развитие компетенции понимания на слух

Авторы

  • Каршинский государственный университет
Оригинальные материалы, направленные на развитие компетенции понимания на слух

Аннотация

В этой статье исследуется важность использования аутентичных материалов для развития навыков понимания на слух и подчеркивается их способность улучшать понимание учащимися языковых структур, акцентов и социокультурных контекстов. Понимание на слух является ключевым компонентом языковых навыков, который включает в себя не только способность слышать и понимать разговорную речь, но также способность обрабатывать, анализировать и интерпретировать информацию. В статье также рассматриваются преимущества интерактивных заданий на аудирование, постепенного увеличения сложности материала и мероприятий после прослушивания, которые помогают сделать навыки слушания более эффективными. Использование оригинальных материалов для развития компетенции восприятия на слух повышает эффективность процесса изучения языка. Оригинальные материалы (аудио, видео, интервью, новостные программы и т. д.) позволяют слушателям понимать реальный и естественный язык, что помогает им овладевать языком в контексте. В этой статье анализируются методы и преимущества развития компетенции восприятия речи на слух с использованием оригинальных материалов. Оригинальные материалы, то есть тексты, основанные на реальном и естественном использовании языка, являются важным инструментом в развитии навыков понимания на слух. Такие материалы грамматически и лексически богаты и позволяют студентам изучать язык, слушая его в естественной среде.

Ключевые слова:

понимание на слух оригинальные материалы изучение языка интерактивные методы коммуникативной компетенции пошаговый подход

Tinglab tushunish (listening comprehension) kompetensiyasi til o‘rgatish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ushbu kompetensiya, tilni o‘rganayotgan shaxsning eshitgan materialni to‘g‘ri tushunish, uni tahlil qilish va kontekstga mos ravishda ishlatish qobiliyatini ifodalaydi. Tabiiyki, tilni o‘rganishda qaysi materiallar ishlatilishi muhim ahamiyatga ega, chunki ular o‘quvchining tilni tushunishi va ishlatishida katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada, tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda asli materiallarning roli, ularning foydalari va o‘quvchilarning tinglab tushunish qobiliyatini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.Tinglab tushunish kompetensiyasi, ya’ni auditoriyani tinglash va tushunish qobiliyati, har bir o‘quvchining umumiy kommunikativ malakalaridan biri hisoblanadi. Ushbu kompetensiya, ayniqsa, til o‘rganishda, muloqotda va akademik muvaffaqiyatda muhim rol o‘ynaydi. Chomsky,(1985) til o‘rganish jarayonini tabiiy va instinktiv deb hisoblaydi. U tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda autentik materiallarning ahamiyatini ta’kidlab, til o‘rganish jarayonining real hayotdagi kommunikatsiya bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Chomskyning fikriga ko‘ra, til o‘rganishda o‘quvchilarga tabiiy va haqiqiy materiallarni taqdim etish, ular tilni faqat grammatik qoidalar orqali emas, balki real vaziyatlarda ishlatishni o‘rganish imkonini beradi. "Tinglab tushunish" nafaqat eshitish jarayonini, balki olingan ma’lumotlarni analiz qilish, saralash va xulosa chiqarish jarayonini ham o‘z ichiga oladi .Asl materiallar — bu til o‘rganish va tinglab tushunishni rivojlantirishda juda muhim vositadir. Asl materiallar (audio fayllar, intervyular, darsliklar, video materiallar va boshqalar) tinglovchilarni real va tabiiy til ishlatilishi bilan tanishtiradi, bu esa tilni o‘rganish jarayonini haqiqiy va amaliy qilish imkonini beradi.

Shuningdek asl materiallar: ta’rifi va ahamiyati asl materiallar (authentic materials) – bu tilni tabiiy muhitda, real hayotda ishlatishda uchraydigan matnlar, audio va video materiallardir. Masalan, yangiliklar, podkastlar, filmlar, radio dasturlari, intervyular va boshqalar. Asl materiallar yordamida o‘quvchilar tilni o‘rganishda tabiiy va real kontekstda ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda asli materiallarning roli katta. Birinchi navbatda, asl materiallar tilni o‘rganishda yanada boy va haqiqiy ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Bunday materiallar, o‘quvchilarga turli dialektlar, talaffuz va tilning turli uslublarini eshitish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘quvchilarni tilni haqiqiy muloqotda qo‘llashga tayyorlaydi.Asl materiallar yordamida o‘quvchilar nafaqat tilni o‘rganadilar, balki madaniyat, urf-odatlar va boshqa kontekstual jihatlarni ham o‘rganadilar. Buning natijasida tilni o‘rganish jarayoni yanada to‘liq va samarali bo‘ladi. Shunday qilib, asl materiallar tilni o‘rgatishda samarali va amaliy vosita hisoblanadi.

Asl materiallarning foydalari

  1. Tabiiy Tilga O‘rganishAsl materiallar tilning tabiiy va real ishlatilishiga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarni tilda davomiy muloqotga tayyorlaydi. Asl matnlar orqali o‘quvchilar real hayotdagi muloqotning tezligini, talaffuzni va murakkab iboralarni tushunishga o‘rganadilar. Masalan, biror intervyu yoki yangiliklar dasturida ishlatiladigan nutq shakllari va uslublari o‘quvchilarga tilni tabiiy sharoitda tushunishga yordam beradi.
  2. Tilning Yangi AsoslariAsl materiallar yordamida o‘quvchilar grammatika va leksika sohasida yangi bilimlarga ega bo‘ladilar. Bunday materiallar ko‘pincha turli leksik birikmalar, ifodalar, jargonlar va murakkab grammatik tuzilmalar bilan boy bo‘ladi. O‘quvchilar bularni tushunish orqali yangi so‘zlar va iboralarni o‘zlashtiradilar, bu esa ularning til ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
  3. Madaniy Va Kontekstual BilimlarAsl materiallar faqat tilni o‘rganishga emas, balki boshqa madaniy va kontekstual jihatlarni ham o‘rganishga yordam beradi. Masalan, o‘quvchilar biror filmni tomosha qilish orqali ma’lum bir davlatning madaniy xususiyatlarini, ijtimoiy vaziyatlarini va tarixiy kontekstini tushunishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, til o‘rganish jarayonini yanada boyitadi.Field, J. ta’kidlashicha “Asl materiallar yordamida tilni o‘rganish o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi. Chunki ular real hayotga oid, dolzarb va qiziqarli mavzularda ishlanadi. O‘quvchilar uchun yangi, qiziqarli va haqiqiy materiallarni eshitish ularning motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayoniga qiziqishni kuchaytiradi.”

Asl materialni eshitishda o‘quvchilarga asosiy maqsadni belgilab berish zarur. Bu maqsad, masalan, asosiy g‘oyani tushunish, konkret tafsilotlarni eshitish yoki umumiy ma’lumot olish bo‘lishi mumkin. Qisqa Tahlil qilishO‘quvchilarga tinglab materialni bir necha bor eshitish va har safar boshqacha nuqtai nazardan tahlil qilishni so‘rashingiz mumkin. Bu orqali ular nutqning turli qirralarini va ma’lumotlarning o‘zgarishini yaxshiroq tushunadilar.

Willing, K. (1988) fikricha  Maqola, asl materiallarning o‘quvchilarga tilni real hayotda qo‘llashni o‘rgatishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi va tinglashga oid interaktiv metodlar, bosqichma-bosqich yondashuvlar va materiallarni qayta ishlash usullarini o‘z ichiga oladi.  Asl materiallar yordamida o‘quvchilar faqat grammatika va lug‘atni o‘rganibgina qolmay, balki tilni kontekstda, real hayot sharoitida qo‘llashni ham o‘rganadilar. Tinglab tushunish kompetensiyasi — bu til o‘rganish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tilni amaliyotda ishlatish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bu kompetensiya nafaqat eshitilgan ma’lumotlarni anglash, balki ularni tahlil qilish, qayta ishlash va tegishli xulosa chiqarish imkonini beradi. Tabiiyki, tinglab tushunishning samarali rivojlanishi uchun til o‘rganish jarayonida zamonaviy va amaliy metodlardan foydalanish zarur. Krashen (1982) haqiqiy (asl) materiallardan foydalanishni tavsiya qiladi, chunki ular o‘quvchilarga tabiiy va kontekstual tilni tushunish imkonini beradi. Krashen bunday materiallar orqali til o‘rganuvchining ingliz tilidagi tabiiy muhitga o‘xshash vaziyatlarda tilni qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Asl materiallar o‘quvchilarga tilni nafaqat grammatikaviy, balki kontekstual jihatdan ham o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Bu materiallar o‘quvchilarga tilni real hayot sharoitida ishlatishni, turli aksentlar va ijtimoiy kontekstlarda tushunishni o‘rgatadi. Asl materiallarning afzalligi shundaki, ular o‘quvchilarga tabiiy va haqqoniy tilni eshitish imkonini beradi, bu esa ular uchun o‘rganilayotgan tilni haqiqiy sharoitda qo‘llashga tayyor bo‘lishni ta’minlaydi.Shu sababli, tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda asli materiallar metodining roli alohida ahamiyatga ega. Ularning yordamida o‘quvchilar tilni faqat shakl jihatidan emas, balki ijtimoiy va madaniy kontekstda ham tushunishadi. Maqolada asl materiallar bilan ishlashning metodikasi, foydalari, va bu usulning tinglab tushunish qobiliyatini qanday yaxshilashga yordam berishi tahlil qilinadi.

Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda muhim elementlardan biri — kontentning tematik va kontekstual xilma-xilligi. Materiallar turli mavzularni qamrab olishi kerak: ijtimoiy, madaniy, ilmiy, iqtisodiy va boshqalar. Bu orqali o‘quvchilar har xil ma’lumotlarga ega bo‘lib, ular bilan muloqot qilishda yanada samarali bo‘lishadi. Brown, G., & Yule, G. (1983) mavzuning xilma-xilligi, tinglovchilarni turli kontekstlarda fikr yuritishga undaydi.Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda interaktiv metodlar juda samarali hisoblanadi. Masalan, tinglash asosida savollar berish, ma’lumotlarni qayta aytish yoki muhokama qilish usullari o‘quvchilarda tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Interactive listening exercises yordamida o‘quvchilar faqat tinglamay, balki eshitganlarini faol ravishda qayta ishlashadi.

 Asl materiallarni ishlatishning afzalliklari Realistik kontekstda tilni o‘rganish: Asl materiallar o‘quvchilarga tilni real kontekstda eshitish imkoniyatini beradi, bu esa ularning til tushunchalarini yaxshilaydi. Lingvistik va madaniy o‘ziga xosliklarni o‘rganish: Asl materiallar orqali o‘quvchilar nafaqat tilni, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiy kontekstni ham o‘rganadilar. David Nunan, (1989) ta’limda autentik materiallarning ahamiyatini ta’kidlagan yana bir muhim olimdir. U o‘quvchilarga real dunyo vaziyatlarini aks ettiruvchi materiallar taqdim etishni til o‘rganishdagi muvaffaqiyatning kaliti deb hisoblaydi. Nunan autentik materiallarni, jumladan, televideniye dasturlari, radio chiqishlari, maqolalar va hikoyalarni til o‘rganuvchilarga qo‘llashni tavsiya qiladi. U shunday deb yozadi, Fikrni tez va aniq anglash: Asl materiallar yordamida tinglovchilar tezda real muloqotda foydalanadigan tilni tushunishni o‘rganadilar.

Asl materiallardan samarali foydalanish uchun usullar Bosqichma-bosqich yondashuv  yani tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuvni qo‘llash muhimdir. Boshlang‘ich bosqichda oddiy materiallar, keyinchalik esa murakkabroq materiallarga o‘tish tavsiya etiladi. Long, (1996) Interaction Hypothesis (Interaktiv gipoteza) nazariyasiga asoslanib, til o‘rganishning samarali usullaridan biri bo‘lib, autetik materiallar orqali muloqot qilishni ko‘radi. U o‘rganuvchilarni tinglash va tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda interaktiv, real vaziyatlarda tilni qo‘llashni targ‘ib qiladi.

Umuman olganda, tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun asl materiallar bilan ishlash samarali va amaliy usul hisoblanadi. Bu usul o‘quvchilarga tilni haqiqiy, real sharoitda tushunish imkonini beradi va ularning umumiy kommunikativ kompetensiyasini yaxshilaydi. Asl materiallar yordamida o‘quvchilar tilni nafaqat grammatika va lug‘at jihatidan, balki kontekstual va madaniy nuqtai nazardan ham o‘rganadilar. Xulosa o‘rnida aytganda, asl materiallar til o‘rganish jarayonida haqiqiy va samarali ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish, tilni o‘rganish jarayonining eng muhim bosqichlaridan biridir. Bu kompetensiya nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki tilni real va tabiiy sharoitda qanday ishlatishni tushunishga imkon beradi.

Библиографические ссылки

Brown, G., & Yule, G. Og‘zaki tilni o‘rgatish. Kembrij universiteti matbuoti. Mualliflar o‘quvchilarga kundalik hayotda duch keladigan turli nutq shakllari, urg‘u va so‘zlashuv iboralariga moslashish uchun real dunyo materiallaridan foydalanish muhimligini ta’kidlaydilar. 1983.

David Nunan – Kommunikativ sinf uchun topshiriqlarni loyihalash, Til o‘qitish metodikasi. 1991

Field, J. Til sinfida tinglash. Kembrij universiteti matbuoti. Field haqiqiy materiallarga asoslangan tinglash vazifalari o‘quvchilarga tilni real vaziyatni aks ettiradigan tarzda qayta ishlashga qanday imkon berishini muhokama qiladi, tushunish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshiradi. 2008

Michael Long – Ikkinchi tilni o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘llanma. 1996

Noam Chomsky – “Sintaktik tuzilmalar”. 1957, “Til haqida mulohazalar” 1975

Stephen Krashen – Ikkinchi tilni o‘zlashtirish tamoyillari va amaliyoti. 1982. Kirish gipotezasi 2009

Willing, K. Ikkinchi tilni tinglash jarayoni. Ushbu tadqiqot asl materiallarni tinglash o‘quvchilarga tabiiy til tuzilmalari va real hayot konteksti bilan ta’minlash, o‘rganishni yanada samarali va qiziqarli qilish orqali tushunish ko‘nikmalarini qanday yaxshilashini ta’kidlaydi.1988.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Бoбур Латипов,
Каршинский государственный университет

Преподаватель

Как цитировать

Латипов, Б. (2024). Оригинальные материалы, направленные на развитие компетенции понимания на слух. Лингвоспектр, 3(1), 195–199. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/182

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.