Syntactic constructions formed with the particle “أنْ” (an) in Arabic
Abstract
This article analyzes the functional-semantic characteristics of the particle “أنْ” (an) in Arabic syntactic constructions, its role in agreement with verbs, and its function in expressing various grammatical meanings. Additionally, the article examines the structural models of verb sentences involving “أنْ” and their significance in Arabic grammar.
Keywords:
أَنْ (an) ergash gap sintaktik konstruksiyalar nasb holati fe'l bilan kelishKirish
Zamonaviy lingvistikada til birliklarining funksional va semantik xususiyatlarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yordamchi sо‘zlar, jumladan yuklamalar (huruf al-ma’aniy) tilning grammatik qurilishida va ma’no ifodalash tizimida alohida о‘rin tutadi. Arab tili, о‘zining boy morfologik va sintaktik tuzilishi bilan ajralib tursa-da, yuklamalarning roli va funksiyalarini chuqur tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Metodologiya
Arab tilida yuklamalar (حروف المعاني - huruf al-ma’aniy) - bu mustaqil ma’noga ega bо‘lmay, boshqa sо‘zlar bilan birga kelib, ularga turli grammatik va ma’noviy munosabatlarni qо‘shuvchi yordamchi sо‘zlardir. Ular о‘zlaridan oldingi yoki keyingi sо‘zlarning kelishigini, zamonini yoki boshqa grammatik xususiyatlarini belgilashi mumkin, shuningdek, gapga qо‘shimcha ma’nolar (savol, inkor, ta’kid, sabab, maqsad va boshqalar) berishi mumkin.
Arab tilidagi yuklamalar ma’nolari va vazifalariga kо‘ra bir necha turlarga bо‘linadi:
- Jar harflari (حروف الجر - huruf al-jar): Bu yuklamalar o‘zlaridan keyin kelgan ismlarni jar (roditelniy) holatga tushiradi va ular bilan fe’l, sifat yoki boshqa ismlar o‘rtasida turli munosabatlarni (o‘rin, vaqt, sabab, maqsad, egalik va boshqalar) ifodalaydi.
- Nasb qiluvchi harflar (حروف النصب - huruf an-nasb): Bu yuklamalar o‘zlaridan keyin kelgan muzora’ (hozirgi-kelasi zamon) fe’lini nasb (vinitelniy) holatga tushiradi va ko‘pincha fe’lning masdar ma’nosini ifodalaydi.
- Ta’kid yuklamalari (حروف التوكيد - huruf at-tavkiyd): Bu yuklamalar gap yoki sо‘z ma’nosini kuchaytirish uchun keladi. Asosiy ta’kid yuklamalari:
- Bundan tashqari, arab tilida savol yuklamalari (أَ - a, هَلْ - hal), inkor yuklamalari (مَا - maa, لَا - laa, لَيْسَ - laysa), shart yuklamalari (إِنْ - in, لَوْ - lav, لَوْلَا - lavlaa, لَمَّا - lammaa) va boshqa ma’nolarni ifodalovchi kо‘plab boshqa yuklamalar ham mavjud.
Nasb qiluvchi harflar arab tili sintaksisining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ular fe’lning zamon va mayl kategoriyalariga ta’sir kо‘rsatib, jumlaning ma’noviy tuzilishida muhim rol о‘ynaydi. "Nasb" istilohi fe’lning oxiridagi grammatik о‘zgarishni (asosan fatha holatiga kelishini) anglatadi va bu holat fe’lning muayyan sintaktik vazifada kelayotganini kо‘rsatadi.
Nasb qiluvchi harflarning asosiy vazifasi muzora’ fe’lini masdar ma’nosiga yaqinlashtirishdir. Masdar fe’lning ish-harakat nomi bо‘lib, otga xos xususiyatlarni о‘zida mujassam etadi. Nasb qiluvchi harflar yordamida hosil bо’lgan fe’l-masdar konstruksiyasi jumlada ega, tо‘ldiruvchi, holat kabi turli sintaktik о‘rinlarda kelishi mumkin.
Shuningdek, nasb qiluvchi harflar muzora’ fe’liga turli qо‘shimcha ma’nolarni ham yuklashi mumkin. Masalan, أَنْ (an) kelasi zamonning umumiy ifodasi bо‘lsa, لَنْ (lan) kelasi zamonning inkorini bildiradi. كَيْ (kay) va لِـ (li) maqsad ma’nosini ifodalasa, حَتَّى (hattaa) maqsad yoki natijani anglatishi mumkin. إِذَنْ (izan) esa javob yoki natija ma’nosini bildiradi.
أَنْ (an) yuklamasi arab tili grammatikasida muhim о‘rin tutadigan nasb qiluvchi harf (حرف نصب) hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi о‘zidan keyin kelgan muzore’ (hozirgi-kelasi zamon) fe’lini nasb holatga о‘tkazishdir. Bundan tashqari, أَنْ (an) kо‘pincha fe’lning masdar ma’nosini ifodalaydi.
Arab tilida qo‘shma va ergash gaplar, ba’zida oddiy fe’liy jumlalar ham sintaktik (birikmani tashkil etuvchi) konstruksiyalar yordamida ifoda etiladi. Agar to‘laroq ta’riflaydigan bo‘lsak, sintaktik konstruksiyalar deb – grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, bir sintaktik birikmani tashkil etadigan ikki va undan ortiq so‘z, umuman so‘zlar birikmasiga aytiladi.
Odatda أنْ yuklamasining eng ko’p va keng miqyosda qo’llanadigan vazifasi istak maylini ifodalashdir.
أنْ yuklamasi hamma vaqt xohish, istak, niyat, imkoniyat, zarurat, qaror qilish, rozilik, buyruq, man etish, ruzsat etish , qo’rquv, xavfsirash, xursandchilik, ajablanish ma’nolarini anglatuvchi fe’llardan keyin qo’yiladi.
يَجِبُ عَلَيْكَ أنْ تَجْتَهِدَ – Sen harakat qilishing kerak.
يَنْبَغِى لَكَ أنْ تَذْهَبَ إلَى مَحْمُودٍ فوراً – Sen zudlik bilan Mahmudning oldiga borishing kerak.
لاَ اسْتَطِعُ أنْ اَتْرُكَ وَالِدَىَّ– Ota-onamni tark eta olmayman.
Tarjimada أنْ fe’l bilan birgalikda ish-harakat nomi-masdar ma’nosida keladi.
Shu sababli o’zbek tiliga tarjima qilinganida masdar bilan almashtirilishi mumkin. Arab tilidagi variantida ham masdar bilan almashtirish joizdir.
طَلبْتُ أنْ يَخْضُرَ= طَلَبْتُ خُضُورَهُ
Uning ishtrok etishini so’radim.
Shuni takidlash kerakki, gumon va bilishlikni anglatuvchi fe’llardan keyin bu yuklama o’zbek tilida “-ki”, …ligini”, “deb” ma’nolari orqali tarjima qilinadi.
Masalan:
سَمِعْتُ أنْ رَجَعَ زَيْدٌ yoki سَمِعْتُ أنْ زَيْدًا رَجَعَ deyish ham mumkin.
Zayd qaytib kelganiligini eshitdim (yoki…qaytib keldi, deb eshitdim. Yoki, eshitdimki, Zayd qaytib kelibdi.)
أرِيدُ أنْ تَكْتُبَ (Abdujabborov, 2015)yozishingni xohlayman.
أنْyuklamasining birgina o’zi bir qancha ma’nolarni o’zida mujassamlashtirishi mumkin. Biroq bu ma’nolarning asosiy mohiyati أنْ bilan yasaladigan murakkab konstruksiyalarda namoyon bo’ladi.
Bu konstruksiyalar ergash gapli qo’shma gaplarda jumlalarda bog’lovchi vazifasini bajarib, turli murakkab ma’nolarni ifoda etishda xizmat qiladi.
Chunonchi, sabab ergash gap tarkibidaأنْ بَسَبِب , بِفَضْل أنْ , نَظَرًا أنْ va boshqa konstruksiyalar ham qo’llanishi mumkin. Bu konstruksiyalar ergash gapning boshiga qoyiladi va uni bosh gapdan ajratib turadi.
Bunda fe’ldan oldin أَنْ va ot(ega) dan oldin kelsa, أنّ qo’llaniladi.
صَارَ إطْلاقُ الإنْسَانِ إلَى الْفَضَاءِ مُمْكِناً بِسَبَبِ أنّ الْعُلُومَ التِّكْنِيكِيَةَ تَطَوَّرَتْ سَرِيعًا
Texnik fanlar juda tez rivojlangani sababli insonning fazoga chiqish imkoniyati paydo bo’ldi.
لَمْ يَخْضُرْ مَحْمُودٌ الدَّرْسَ بِسَبَبِ أنْ يَمْرَضَ (أنْ يَمْرَضَ)
Mahmud kasalligi sababli darsga kelmadi.
بِفَضْلِ أنْ تَرَيَّضَ تَحَسَّنَتْ صِحَّتُهُ بِصُورَةٍ مَلْحُوظَةٍ
U sport bilan shug’ullanganligi tufayli, sog’ligi sezilarli darajada yaxshilandi.
Maqsad ergash gaplar tarkibida لإنْ, الأ, لِئَلأّ bo’lishlik va bo’lishsizlik (inkor) mazmunini ifodalovchi konstruksiyalar qo’llaniladi.
Bu konstruksiyalar(bog’lovchilar)ergash gap oldidan kelib uni bosh gapga bog’laydi.
Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin,
زُمَلَاءَنَا الْأَعِزَّاءُ، عَلَيْنَا أَنْ نُحَافِظَ عَلَى النَّظَافَةِ، لِأَنَّ النَّظَافَةَ مِنَ الْإِيمَانِ (Abdujabborov, 2015).
Aziz hamkasblarimiz, tozalikni saqlashimiz kerak, chunki tozalik iymondandir.
Inkor ma’nosida أنْ konstruksiyasi qo’llanib “-maslik” uchun deb tarjima qilinadi.
يَجِبُ عَلَيْكَ أنْ تَجِيء فِي وَقْتٍ مُحَدَّدٍ ألاَّ تَتَأَخَّرَ عَنْ الاْجْتِمَاعِ
Majlisga kechga qolmasliging uchun belgilangan vaqtda kelishing kerak.
أنْ yuklamasi sabab ergash gap tarkibida qo’llanishi mumkin.
نَدِمْتُ عَلَي أنْ لَمْ أكُنْ رَأَيتُكَ
Men seni ko’rmaganimdan (uchun) afsusdaman.
Bu jumlada على predlogi fe’l boshqaruvida kelayapti. Shuning uchun bu jumlada أنْ yuklamasi predlogi bilan على أن konstruksiyasini tashkil etib kelgan.
Arab tilida mustaqil على أن konstruksiyasi mavjud emas, bu konstruksiya faqat fe’l boshqaruvida kelgan علpredlogi bilan hosil bo’ladi. Ya’ni, yuqoridagi jumlada uning ma’nosi على predlogiga bevosita bog’liq.
نَظَراً لأنْ تَتَأَخَّرَ لَمْ يَخْضُر الدَّرْسَ – U kechga qoganligi sababli daqrsda ishtirok eta olmadi.
Ergash gapli qo’shma gaplar ichida ega ergash gap qo’llanish ko’lami boyicha qo’shma gaplarning keng yoyilmagan va istemolda kam qo’llanadigan turi hisoblanadi.
Odatda ega ergash gap bosh gapga nisbiy olmoshlar (ما ,الذى) va shuningdek أنْ yoki أنَّ yuklamalari yordamida ham birikishi mumkin. Bunda ko’pincha bosh gap shaxsi noma’lum bo’lgan أنْ yuklamasi ishtirok etgan quyidagi iboralardan tashkil topadi.
مْن الْمُمْكِنِ أنْ(اَنَّ) …Mumkin yoki mumkinki,…
لاَ بُدَّ مِنْ أنْ ,لاَ بُدَّ أنْ …zarur , yoki zarurki…
... بِامْكَانِه اَنْU qila oladiki, …
لاَيجُوزُ اَنْ …maslik kerak.
مِنَ الوَاجِبِ اَنْ , مِنَ الضَّرُورِىِّ اَنْ , عَلَى اَنْ ...zarur, zarurki…
مِنَ الْمُتَوَقِّعِ اَنْ ....Kitilayotirki, kutish mumkinki.
...اَلْمَطْلُوبُ اَنْ Talab qilinadi (kerak).
مِنَ الْوَاجِبِ اَن ْأُرَاعِيكَ – Men seni ehtiyot qilishim kerak.
وَمِنَ الْمَطْلُوبِ اَنْ تَدْفَعَ الضَّرْبِيَةَ – Seni hozir soliqni to’lashing talab qilinadi.
لاَ بُدَّ لَنَا اَنْ نَحْفَظَ دُرُوسَنَا – Biz darslarimizni yodlashimiz kerak.
لاَ يجُوزُ اَنْ تَنْسَى الْكَلِمَاتِ الجَدِيدَةَ – Yangi so’zlarni unutmasliging kerak.
مِنَ الْمُتَوَقَّعِ اَنْ يَصِلَ اِلَي طَشْقَنْدَ وَفْدُ عُلَمَاءِ التِّأْرِيِخِ الْعَرَبِيِّ فِي أَوَاخِر الشَّهْر الْقَاِدمِ – Kelasi oyning oxiriga Toshkentga arab tarixchilari delegatsiyasining kelishi kutilmoqda.
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki أنْ yuklamasining ega ergash gapli qo’shma gaplarda qo’llanishi sermahsuldir.
Tahlil va natijalar
أنْ yuklamasi bilan qo’llaniladigan konstruksiyalarni istisno ergash gaplar tarkibida qo’llanishini ham ko’rish mumkin. Bular quyidagilar: , بِدُونِ أنْ , مِنْ غَيْرِ أنْ ,إلاَّ أنْ دُونَ أنْ va boshqalar.
Istisno ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning harakterini o’zidagi ish-harakatning bajarilmagani holda amalga oshganligini bildirish orqali ifodalanadi. U bosh gapdan keyin keladi va biz yuqorida keltirgan konstruksiyalar bilan boshlanadi.
سَحَرَهُ دُونَ أنْ يَعْلَمَ
U o'zi bilmagan holda uni sehrlab qo'ydi.
خَرَجْتُ مِنَ الْغُرْفَةِ دُونَ أنْ أَقُولَ شَيْئاً.
Men hech narsa demasdan xonadan chiqdim.
ذَهَبَ إِلَي جَزِيرَةِالْعَرَبِ مِنْ غَيْرِ أنْ يَعْلَمَ عَادَاتِ الْعَرَبِ وَأَخْلاَقَهُمْ.
U arablarning odatini va axloqini o’rganmay turib,Arabiston oroliga jo’nadi.
اسْتَطَاعَ دِرَاسَةَ اللُّغَةِ الْعَرَبِيَّةِ بِدُونِ أَنْ يَكُونَ فِي الْبُلْدَانِ الْعَرَبِيَّةِ.
U arab mamlakatlarida bo’lmay turib, arab tilini o’rgana oldi.
أنْ yuklamasi payt ergash gaplarda ham sermahsul turli ma’nolarni ifodalovchi konstruksiyalar tarkibida qo’llaniladi.
Bular قَبْلَ أَنْ , بَعْدَ أَنْ, إِليَ أَنْ , مُنْذَ أَنْ va boshqalar.
Arab tilida payt ergash gap bosh gapdan oldin ham keyin ham kelishi mumkin. Payt ergash gap yuqorida zikr etilgan konstruksiyalar bilan boshlanadi.
وَ لَكِنَّهُ كَثِيراً مَا يَفْهَمُ مَا نُرِيدُ أنْ نَقُولَ قَبْلَ أنْ نُتَرْجِم.َ
Biroq u biz aytmoqchi bo’lgan narsani tarjima qilmasimizdan avval tushunardi.
(Ibrohimov, 2024)قَبْلَ أنْ قُلْتُ لَهُ هَذَا ظَنَنْتُ طَوِيلا.ً
Bu haqda unga aytishdan oldin uzoq oyladim.
مُنْذُ أنْ أعْرِفَهُ يَشْتَغِلُ دَائِماً بِالرِّيَاضَةِ.
Men uni bilganimdan beri, u doimo sport bilan shug’ulanadi.
تَعَرَّفْتُ بِهِ بَعْدَأنْ وَصَلْتُ إِلَي مُوسْكُو
Men u bilan Moskvaga kelganimdan keyin tanishdim.
أذهب بعد أن أشرب شايا. (Abdujabborov, 2015).
Choy ichganimdan keyin ketaman.
لاَ يُغْلَي الْمَاءُ إِلَي أنْ يَبْلُغَ دَرَجَةُ الْحَرَارَةِ إلَي الْمِئَةِ.
Harorat 1000 ga yetmaguncha, suv qaynamaydi.
مَا أنْ...حَتَّي Yordamchi so’zi payt ergash gapdagi ish-harakatning tugashi bilanoq, bosh gapdagi ish-harakatning boshlanishini bildiradi. Bunda konstruksiyaning مَا أنْ qismi payt ergash gap, حَتَّيqismi bosh gap oldiga qoyiladi. Mas:
مَاأنْ سَمِعْتُ عَنْ يَوْمِ مِيلَادِه حَتَّي اشْتَرَيْتُ لَهُ الْهَدِيَّةَ.
Uning tug’ilgan kuni haqida eshitganim bilanoq, unga sovg’a sotib oldim.
أنْ yuklamasi yaqinlikni anglatuvchi fe’llardan keyin ham qoyilishi mumkin.
M-n:
عَسَي أنْ يَكُونَ ذَلِكَ.
Ehtimol bu bo’ladi (amalga oshadi)
أوْشَكَ أنْ يُقْبِلَ الرَّبِيعُ.
Bahor ham boshlanay(kirishay) deyapti.
كَادَ أنْ يَهْلَكُوا.
Ular o’layozdilar.
Xulosa
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdi أنْ yuklamasi mustaqil holatda va murakkab sintaktik konstruksiyalar hosil qilib, ega, sabab, maqsad, payt, istisno, ergash gaplar tarkibida qo’llanib har tomonlama chuqur va sermazmun fikrlarni ifoda etishga yordam beradi.Mazkur yuklama va u yordamida yasaladigan sintaktik konstruksiyalar badiiy, ijtimoiy – siyosiy, tarixiy va ilmiy – ommabop matnlarda ko’plab uchraydi. Bu konstruksiyalarni o’zlashtirish ularni har tomonlama to’la - to’kis va mukammal tarjima qilish imkonini beradi.
References
Abdujabborov, A. (2015). Arab tili. Toshkent: Toshkent Islom Universiteti.
Гранде, Б. М. (1998). Курс арабского язика в сравнительно-историческом освещении. Москва.
Ibrohimov, N., Yusupov, M., & Oripov, A. (2024). Arab tili grammatikasi (1-2-jild). Toshkent: G'ofur G'ulom.
Talabov, E. (1993). Arab tili. Toshkent.
Мамедов, М. (1986). Учебник арабского язика. Боку.
Бобилева, Э. (1998). Арабский язик в синтактических конструкциях. Москва
حبيب مغنية "لوافى فى النحو و الصرف" بيروت ٢٠٠٨م
حفنى ناصف محمد دياب "الدروس النحوية" القاهرة ١٩٩٧م
فؤاد نعمة "ملخص قواعد اللغة العربية" القاهرة ١٩٩٨م
Orifxo’jayev, N.M. (2009) Arab tili. Toshkent.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Нуриддинов Хoжиакбар

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
