CHET TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA SAMARADORLIGI

Authors

  • O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
CHET TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA SAMARADORLIGI

Abstract

Ushbu maqolada til o'rgatish jarayonida sun'iy intellekt(SI) texnologiyalarining oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada sunʼiy intellektning kelib chiqishi, uning taʼlim sohasiga kirib kelishi hamda til oʻqitishdagi ijobiy taʼsirlari tahlil qilingan. Duolingo, BBC Learning English, Coursera va ChatGPT kabi platformalar misolida sunʼiy intellektning interaktivlik, shaxsiylashtirilgan yondashuv va o‘qitish samaradorligini oshirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, AI texnologiyalari oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olishiga, xatolarini tez aniqlashiga va til ko‘nikmalarini rivojlantirishiga yordam berishi taʼkidlangan. Maqola yakunida sunʼiy intellektning kelajakda til oʻqitish jarayonlarida yanada keng qoʻllanishi tabiiy ekani haqida xulosa berilgan.

Keywords:

Sun’iy intellekt til oʻrgatish raqamli texnologiyalar interaktiv ta’lim SII platformalari DuoLingo BBC Learning English Coursera.

I Kirish

Til oʻrgatishda sun'iy intellekt (Artificial Intelligence) texnologiyalarining ta'siri soʻnggi yillarda keskin oʻsib bormoqda. Sun'iy intellekt (AI) yordamida til oʻrgatishning samarali usullari paydo boʻldi va bular yordamida til oʻrganish juda qulayroq boʻldi. Texnologiyalardan koʻp foydalanish Z(1996 yildan 2012yillar oraligʻʻi) avlodining ular bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Bugungi kunda koʻpchilik sun'iy intellektlar yordamida til oʻrganmoqda va buning ta'siri sezilarli darajada yaqqol koʻzga tashlanadi.          Hozirgi davrda sun'iy intellekt texnologiyalari har bir jabhada keng qoʻllanilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sun’iy intellektning shakllanishi va turli sohalarga kirib kelishiga zamin yaratdi. Xususan, X. Chen va Hwang (2020) tadqiqotlarida ta’lim jarayonida AIning qo‘llanishi o‘quvchilarning motivatsiyasi va natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Bugungi kunda sun’iy intellekt ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, til oʻqitish metodlarining takomillashuvida muhim o‘rin egallamoqda.

II Asosiy qism

2.1 Sun’iy intellekt

Sun’iy intellekt (SI) – bu kompyuter tizimlarining inson aql-idrokiga xos vazifalarni bajarish qobiliyatidir. Atamaning kelib chiqishi: “Sun’iy intellekt” atamasi 1956-yilda AQSHning Dartmut universitetida o'tkazilgan anjumanda amerikalik informatika olimi Jon Makkarti tomonidan birinchi marta ishlatilgan. Hozirgi kunda jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan sun’iy intellektlar bir qator vazifalarni bajarishga moslashtirilgan. U dars jarayonlariga ham ijobiy ta'sir oʻtkazmoqda.

Til oʻrgatish boʻyicha juda koʻp platformalar mavjud. Misol uchun: Duolingo, BBC Learning English, Coursera kabi platformalar keng qoʻllanilmoqda va  ta'lim sohasidagi ular oʻrni katta. Ayniqsa, til oʻqitishda oʻqituvchilar ishini yengillashtiradi. Shu bilan birga, dars jarayonlarini qiziqarli va sifatli boʻlishini ham ta'minlaydi. Oʻqituvchi til oʻqitishda individual tarzda yondashadi va interaktiv oʻquv jarayonlarini oshiradi.

Interaktiv o‘quv jarayoni – bu o‘quvchilarning faolligini oshirish va bilimlarni samarali o‘zlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalar va o‘zaro muloqotga asoslangan ta’lim uslubi. Sun’iy intellekt texnologiyalari til oʻrganish jarayonini ham osonlashtirmoqda. Masalan, ChatGPT kabi sun’iy intellekt asosidagi chatbotlar orqali ingliz tilini oʻrganish mumkin. Ular foydalanuvchilarga interaktiv mashqlar, suhbatlar va boshqa o'quv materiallarini taqdim etadi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida til oʻrganish vositalari oʻquvchilarga til koʻnikmalarini yaxshilash uchun koʻrsatmalar va mashqlarni taqdim etadi. Ushbu  ilovalar sunʻiy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida til bilish darajasini oshirishni va til oʻrganishni osonlashtiradi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari til o‘rgatishda analitik imkoniyatlar orqali ham katta yordam bermoqda.SII tizimlari o‘quvchining bajarilgan mashqlari, nutq tezligi, matnni tushunish ko‘nikmasi yoki grammatik xatolarini tahlil qilib, ular asosida individual o‘quv rejasini shakllantira oladi. Bu esa an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, har bir o‘quvchining o‘z sur’ati bilan o‘qishiga yordam beradi. Sun’iy intellekt yordamida o‘quvchi turli mavzularda virtual suhbatlar olib borishi, real muloqotga yaqin bo‘lgan mashqlar bajarishi va to’g’ri talaffuz qilishni o’rganishi mumkin.

Masalan, SI yordamida oʻrganuvchilari mehmonxona bron qilish, do‘konda xarid qilish yoki aeroportdagi suhbat kabi holatlarni virtual ravishda mashq qilishi mumkin. Bu tilni amaliy qo‘llashni osonlashtiradi.

 AI texnologiyalari shuningdek multimodal ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, video, audio, matn, interaktiv testlar va vizual materiallar birlashtirilgan holda taqdim etiladi. Bunday yondashuv turli o‘quv uslublariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun ayniqsa samarali bo‘ladi. Jumladan, ba’zi o‘quvchilar eshitish orqali, ayrimlari ko‘rish orqali, boshqalari esa amaliy mashq orqali yaxshiroq o‘rganadi. Sun’iy intellekt esa ushbu ehtiyojlarni avtomatik ravishda inobatga oladi.Bundan tashqari, AI yordamida xorijiy tilda to‘g‘ri talaffuz qilish ham osonlashmoqda. Ko‘plab platformalarda ovoz tanish (speech recognition) texnologiyasi mavjud bo‘lib, u foydalanuvchilar nutqini aniqlik bilan tahlil qiladi va kerak bo‘lsa, qayta talaffuz qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shu orqali o‘quvchilar talaffuzdagi xatolarini dastlabki bosqichdayoq to‘g‘rilab borish imkoniga ega bo‘ladi. Sun’iy intellekt o‘qituvchilar uchun ham katta qulaylik yaratadi. Ular AI yordamida uy vazifalarini avtomatik tekshirish, talabalarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish va o‘quv dasturlarini moslashtirish imkoniyatiga ega. Bu nafaqat vaqtni tejaydi, balki darsning sifatini oshiradi, chunki o‘qituvchi ko‘proq ijodiy jarayon va o‘quvchilar bilan jonli muloqotga e’tibor qaratishi mumkin.

Eng ko’p samara berayotgan platformalar:

II Duolingo

Bundan tashqari Duolingo – bu chet tillarini bepul o‘rgatadigan mashhur onlayn platforma.. Unda ingliz tili, koreys tili, turk tili, nemis tili, fransuz tili va yana ko‘plab tillarni interaktiv tarzda o‘rganish mumkin.

Duolingoning asosiy xususiyatlari

  1. Interaktiv darslar

Har bir dars kichik mashqlar ko‘rinishida bo‘ladi: so‘z yodlash, tarjima, gap tuzish, tinglab tushunish.

  1. O‘yinlashgan tizim (gamification)

XP ball to‘plash

Darajalarni oshirish.

III BBC Learning English

BBC Learning English. – ingliz tilini o‘rganish uchun dunyodagi eng ishonchli manbalardan biridir.

Uning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  1. Real nutqqa yaqin materiallar

Platforma haqiqiy ingliz tilida yaratilgan audio va video darsliklarni taklif qiladi. Bu o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini kuchaytiradi.

  1. Professional tarzda ishlab chiqilgan darslar

Darslar BBC mutaxassislari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, grammatika, lug‘at, talaffuz va eshitish koʻnikmasi bo‘yicha aniq va sifatli tushuntirishlar beriladi.

  1. Bepul ta’lim imkoni

Platformaning barcha materiallari bepul bo‘lib, har qanday darajadagi o‘quvchi foydalanishi mumkin.

  1. Qo‘shimcha topshiriqlar va viktorinalar

Darslardan keyin mustahkamlash uchun testlar va mashqlar taqdim etiladi.
IV ChatGPT – sun’iy intellekt asosida ishlaydigan kuchli til modeli bo‘lib, til o‘rganish jarayonida keng imkoniyatlar yaratadi:

  1. Shaxsiylashtirilgan o‘qitish

ChatGPT o‘quvchining saviyasini aniqlab, unga mos mashq, matn va tushuntirish yaratadi.
2. Real vaqt davomida xatolarni tahlil qilish

  1. O‘quvchi yozgan matndagi grammatik xatolarni aniqlab, sababini tushuntirib beradi.( izohi bilan birga batafsil tushuntirib beradi)
  2. Gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.Bunda oʻquvchi bilan mavzuli suhbatlar olib boradi, muloqotga asoslangan mashqlar yaratadi.
  3. Yangi darslar generatsiyasi

Istalgan mavzuda mashqlar, dialoglar, testlar va matnlar yaratib beradi.
Coursera – dunyodagi yetakchi universitetlar tomonidan yaratilgan onlayn kurslarni taklif etuvchi platforma bo‘lib, til o‘rganishda ham keng qo‘llaniladi. Uning xususiyatlari:

  1. Universitet darajasidagi kurslar

Kurslar Michigan University, Arizona State University kabi nufuzli oliygohlar tomonidan ishlab chiqiladi.

  1. Daraja olish

Kurslarni yakunlagan o‘quvchi xalqaro darajada tan olingan daraja olishi mumkin.

  1. Mustaqil o‘qish jadvali

O‘quvchi darslarni oʻziga qulay vaqtda oʻrganishi mumkin

  1. Nazariy va amaliy topshiriqlar uyg‘unligi

Har bir modulda videodars, matnli material va mustahkamlash mashqlari mavjud.

III Xulosa

Sun’iy intellekt texnologiyalari til o‘rgatish jarayonini zamonaviy, samarali va interaktiv shaklga keltirmoqda. AI yordamida o‘quvchilar mustaqil ravishda ham oson va qulay tarzda til o‘rganishi, o‘z xatolarini tez aniqlashi, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishi mumkin. O‘qituvchilar uchun esa sun’iy intellekt kuchli yordamchi bo‘lib, darslarni rejalashtirish, baholash va individual yondashuvni ta’minlashda katta qulaylik yaratadi. Kelajakda sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi bilan til o‘qitish jarayonlari yanada samarali va innovatsion shaklga o‘tishi tabiiydir.Bu platformalarning barchasi sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarga til ko‘nikmalarini samarali mustahkamlash, o‘z darajasini baholash va o‘z-o‘zini o‘qitish imkonini beradi. Ular o‘qituvchilar uchun ham katta yordamchi vosita bo‘lib, darsning sifatini oshiradi va ta’lim jarayonini osonlashtiradi.

References

Ahmatova, D. B. (2023). Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini oshirish. Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti.

Bekpulatov, X. B. (2022). Educational Research in Universal Science. Tashkent: Academic Press.

Farxodova, S. R. (2024). Digital technologies in modern education. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.15176095

Chen, X., & Hwang, G.-J. (2020). Artificial Intelligence in Education: Trends and implications. Educational Technology & Society, 23(3), 1–18.

Shoqulova, L. T. (2021). Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research. Samarkand: Science and Innovation Publishing.

Published

Downloads

Author Biography

Asila KAMOLOVA,
O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

1-bosqich talabasi

How to Cite

KAMOLOVA, A. (2025). CHET TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA SAMARADORLIGI. The Lingua Spectrum, 12(2), 172–175. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1238