Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan (Coursera platformasi) foydalanish
Annotasiya
Innovatsion texnologiyalar va o‘quv materiallarining integratsiyasi zamonaviy ta’lim tizimlarida madaniyatlararo kompetentsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Onlayn ta’lim platformalari (masalan, Coursera, EdX), VR/AR texnologiyalari va multimedia resurslari kabi vositalar talabalar o‘rtasida global madaniy ongni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Moslashuvchan, xalqaro standartdagi kurslarni taklif qiluvchi Coursera kabi platformalar O‘zbekistondagi ta’lim islohotlarining maqsadlariga mos keladi, xususan 2020 yildan boshlab innovatsion pedagogika va onlayn ta’limga e’tibor qaratiladi. Ularning salohiyatiga qaramay, til to‘siqlari, kredit tizimining nomuvofiqligi va xarajatlarning cheklanishi kabi muammolar Coursera-ning o‘zbek talabalari uchun yaroqliligini cheklaydi. Ko‘pgina kurslar faqat ingliz tilida taqdim etiladi va ularning milliy tizimda tan olinishi hal qilinmagan. Ushbu kurslarni mahalliy sharoitga moslashtirish, arzonligini oshirish va milliy universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirish ushbu muammolarni hal qilishi mumkin. Bunday tuzatishlar bilan Coursera O‘zbekiston oliy ta’lim sektorining ta’lim sifati va global raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
sertifikat multimedia Coursera masofaviyMadaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda innovatsion texnologiyalar va o‘quv materiallaridan foydalanish, zamonaviy ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), interfaol usullar va maxsus ishlab chiqilgan o‘quv materiallari asosiy o‘rin tutadi. Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda innovatsion texnologiyalar foydanlanish yani Onlayn ta’lim platformalari,VR va AR texnologiyalari,Multimedia vositalari: Coursera, EdX kabi xalqaro platformalari onlayn ta’lim platformalari misol bo‘lim bunda madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan kurslar mavjud. Bu platformalar talabalarga global madaniy bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Coursera va EdX platformalari bugungi kunda onlayn ta’lim sohasida eng yetakchi platformalar hisoblanadi. Ularning afzalliklari talabalarga moslashuvchan, innovatsion va global ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Coursera onlayn ta’lim platformasi dunyoning yetakchi universitetlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda keng qamrovli kurslar, professional treninglar va daraja dasturlarini taklif etadi. (Deardorff, D. K. 2006.)
Coursera platformasi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun qisman mos keladi. Agar biz Innovatsion yondashsak: Coursera platformasidagi kurslar xalqaro standartlarga javob beradi va zamonaviy o‘quv usullari bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham 2020-yillardan boshlab innovatsion pedagogika va onlayn ta’limni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. Masofaviy taʼlim dasturlari orqali taʼlim sifatini oshirish mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Oliy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish to‘g’risida”, 2020-yil)
- Kurs yakunida taqdim etiladigan sertifikat: yani coursera kurslarini tugatgan talabalarga xalqaro darajadagi sertifikatlar beriladi. Bu O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tan olinishiga yordam beradi va talabalarning raqobatbardoshligini oshiradi. Sertifikatlar O‘zbekiston korxonalari va tashkilotlarida malaka oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
- Talabalarning kurslarga moslashuvchanligi: kurslarni istalgan vaqtda va joyda o‘qish imkoniyati mavjud, bu ayniqsa masofaviy ta’lim oluvchilar uchun qulaydir. Courseradagi o‘quv resurslari talabalarning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilishi mumkin. (Belcher, D. 2019.)
- Turli fanlar va sohalarning kurslarga qamrovi: coursera texnologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, muhandislik va boshqa ko‘plab sohalarda kurslarni taklif qiladi, bu esa O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan uyg’unlashishi mumkin.
Yuqorida takidlangan kurslarning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun mos emaslik jihatlari ko‘rib chiqadigan bo‘lsak bular qiuyidagilardan iborat:
- Til to‘siqlari: Ko‘pgina kurslar ingliz tilida bo‘lib, bu ko‘plab o‘zbekistonlik talabalarning ishtirokini cheklashi mumkin. Hozirda ingliz tili bilimi hali ham cheklangan miqdordagi talabalarda mavjud. Rus yoki o‘zbek tillarida kurslarning yetarli emasligi muammo tug’dirishi mumkin.
- O‘zbekistondagi muvofiqlik: Coursera kurslarining kredit tizimi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining kredit tizimi bilan to‘liq mos kelmasligi mumkin. Sertifikatlarni O‘zbekistondagi davlat darajasida rasmiy tan olish masalasi hal qilinmagan bo‘lishi mumkin.
- Narxlar: Ko‘pgina kurslar pullik bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy sharoitiga nisbatan qimmat bo‘lishi mumkin. Garchi baʼzi kurslar moliyaviy yordam dasturlari orqali bepul taklif etilsa-da, barcha talabalar bundan foydalanishi har doim ham mumkin emas (Safarov, J. 2021).
Courseraʼning baʼzi kurslarini O‘zbekiston ta’lim dasturlariga moslashtirish va milliy universitetlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim va kurslarini mahalliy ta’lim tizimida rasmiy tan olish tartibini ishlab chiqish va talabalarga moliyaviy yordam dasturlarini kengaytirish zarur.
Coursera platformasi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun qisman mos keladi. Agar til, kredit tizimi va iqtisodiy muammolar yechimini topsa, u milliy ta’lim tizimining muhim qismi bo‘lishi va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
Madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda innovatsion texnologiyalar va onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish zamonaviy ta’lim tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Coursera kabi xalqaro platformalar global bilimlarni oshirish, talabalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish va ularga moslashuvchan ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu platformalar orqali olingan sertifikatlar xalqaro miqyosda tan olingani tufayli, O‘zbekiston talabalari uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida bu platformalarning to‘laqonli integratsiyasi uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur.
Avvalo, til to‘siqlari hal qilinishi, ya’ni ingliz tilidagi kurslarni o‘zbek va rus tillariga moslashtirish choralari ko‘rilishi kerak. Bundan tashqari, kredit tizimini muvofiqlashtirish hamda sertifikatlarni davlat darajasida rasman tan olish masalalarini hal qilish lozim. Narxlar bilan bog‘liq muammolarni yengillashtirish uchun moliyaviy yordam dasturlarini kengaytirish va milliy universitetlar bilan hamkorlikda mahalliy kurslar yaratish muhimdir.
Agar yuqoridagi muammolarni hal qilishga erishilsa, Coursera platformasi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun o‘ta samarali vosita bo‘lishi va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Innovatsion yondashuv orqali ushbu platformani mahalliy sharoitga moslashtirish O‘zbekistonning global ta’lim makonida o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bibliografik manbalar
Deardorff, D. K. The Identification and Assessment of Intercultural Competence as a Student Outcome of Internationalization." Journal of Studies in International Education. (2006)..
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: "Oliy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish to‘g’risida", 2020-yil."Sociocultural Theory and Language Learning" – Lantolf, J. P. (2000).
Belcher, D."Integrating Online Courses into National Education Systems: Challenges and Opportunities." 2019. Lev Vygotskiy (1978): Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Safarov, J. "O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar." TDIU ilmiy jurnali (2021). Michael Canale va Merrill Swain (1980): Kommunikativ yondashuv
Hofstede, G. Culture’s Consequences: International Differences in Work-Related Values. Beverly Hills, CA: Sage Publications, 1980.
Nashr qilingan
Yuklashlar
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2024 Ахмад Баисов

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.
