Роль педагогических технологий в развитии коммуникативной компетентности будущих педагогов

Авторы

  • Ферганский государственный университет
  • Ферганский государственный университет
Роль педагогических технологий в развитии коммуникативной компетентности будущих педагогов

Аннотация

В статье проводится глубокий анализ теоретического и практического значения педагогических технологий в развитии коммуникативной компетентности будущих педагогов. Раскрываются механизмы формирования коммуникативных навыков посредством интерактивных методов, проектного обучения, информационно-коммуникационных технологий, средств искусственного интеллекта и виртуальной образовательной среды. Педагогические технологии выступают важным инструментом развития речевой культуры, эмоциональной устойчивости, культуры слушания, обмена мнениями, педагогической этики и эмоционального интеллекта. На основе научных источников освещаются методологические основы педагогических технологий, их роль в планировании, оценивании и эффективной организации учебного процесса. Использование мультимедийных средств, дистанционного обучения и индивидуальных методов контроля способствует активизации учебной деятельности студентов. Также подробно рассматриваются педагогическая техника, внутренняя культура преподавателя, его внешняя выразительность, методы воздействия на личность, структурные компоненты профессиональной компетентности и мотивационные подходы. Педагогические технологии играют ключевую роль в формировании способности к диалогу, креативному мышлению, коммуникативной культуре и чёткому выражению собственных мыслей. Технологический подход в образовании способствует профессиональному успеху педагога, установлению эффективной связи с обучающимися и созданию психологически комфортной образовательной среды. Кроме того, в статье подчёркивается интеграция педагогических технологий в науку о коммуникативной компетентности через методологические подходы, а также их вклад в укрепление профессиональной идентичности преподавателя.

Ключевые слова:

Коммуникативная компетентность педагогические технологии интерактивные методы проектное обучение информационно-коммуникационные технологии искусственный интеллект педагогическая техника речевая культура эмоциональный интеллект профессиональная компетентность

Kirish

Bugungi kunda  ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar pedagoglardan nafaqat chuqur bilim va kasbiy mahoratni, balki mazkur jarayonda pedagogik texnologiyalar ham muhim o‘rin tutadi. Ular o‘qituvchilarda muloqot ko‘nikmalarini, firklash madaniyatini va ijtimoiy faoliyatda o‘zini erkin ifoda etish  qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsion, interfaol va axborot texnologiyalarni qo‘llash o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Shu sababli, kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga pedagogik texnologiyalarning o‘rnini o‘rganish ularning turlari va ta’sir mexanizmini aniqlash hozirgi ta’lim tizimida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Adabiyot tahlili va metodologiya

Ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan            biri sanaladi. Chunki o‘qituvchining kasbiy muffaqiyati, avvalo, uning o‘quvchi, ota-ona           va jamiyat bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyatiga bevosita bog‘liqdir. Shu bois kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo‘nalishda ko‘plab olimlar B.Z. Vulfov, A.V. Xutorskoy,              E.V. Filatova, R.S. Sayitova, A.V. Sytina o‘z ilmiy ishlarini olib borganlar: Pedagogik texnologik kompetentligi va ta’lim sifatining o‘zaro bog‘liqligidan to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, dastlab ,,kompetensiya’’ va ,,kompetentlik’’ tushunchalarini o‘zaro farqini anglab yetishimiz lozim, chunki ta’lim jarayonlarga kompetentli yondashuvning mohiyatini anglab yetish      uchun bu tushunchalarning ta’rifini va ular o‘zaro qanday nisbatlarga ega ekanligini oydinlashtirishimiz kerak bo‘ladi. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-bu maqsadga yo‘naltirilgan o‘qitish operatsiyalarining tizimli tashkil etilishi, ya’ni metodlar, vositalar, usullar va shakllar majmuasidir.

Quyida ba’zi pedagogik texnologiyalarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi muhimligi keltirib o‘tilgan:

  • Dialogik ta’lim – o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb qiladi, muloqot muhitini yaratadi;
  • Interfaol metodlar – guruh ishlari, rolli o‘yinlar, ,,o‘qituvchi-o‘quvchi’’ almashinuvlari orqali kommunikativ vaziyat o‘rnata olish;
  • Loyiha/tadqiqot asosli ta’lim – o‘quvchilar mustaqil fikrlash va muloqot orqali natija yaratadi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – onlayn forumlar, vebinalar, chat digital storytelling, multimediya vositalari orqali muloqotni kengaytiradi;
  • Tutoring va skaffolding usullari – o‘quvchilarga bosqichma – bosqich ko‘maklashish orqali muloqot qobiliyatni shakllantirish;
  • Sun’iy intellekt va chat-botlar – o‘quvchilar bilan avtomatik muloqot orqali nutq amaliyoti imkonini beradi.

Mazkur masala yuzasidan yuqorida          aytib o‘tilgan olimlar o‘z ilmiy izlanishlarda pedagogning shaxsiy va kasbiy rivojida kommunikativ madaniyatning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydilar. R.S. Sayitova fikricha; “dialog asosidagi ta’lim jarayoni pedagogda yangi fikrlash, ijodkorlik va muloqot madaniyatini shakllantiradi, bu esa uning kasbiy kompetentligini oshiradi” deya ma’lumot berib o‘tgan. Bundan tashqari E.V. Filatova fikricha, pedagogning kommunikativ kompetensiyasi – bu uning kasbiy faoliyatida muloqotning samaradorligini ta’minlaydigan integrativ psixologik tuzilma bo‘lib, nutq, ijtimoiy va psixologik komponentlarni o‘z ichiga oladi.Shuningdek, ushbu olimlarning ilmiy yondashuvlari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak o‘qituvchi kommunikativ jihatdan yetuk      bo‘lishi uchun pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishi, zamonaviy muloqot vositalaridan foydalana olishi va o‘quvchilar bilan ochiq, samimiy, ijobiy ruhdagi aloqani yo‘lga qo‘yishi lozim.

Pedagogik texnika – o‘qituvchi faoliyatining botiniy mazmunini hamda          zohiriy ifodasining garmonik birligidan iboratdir. Pedagogik mahoratining ma’naviy madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan zohiriy ifodasi sintezidan iboratdir. “Pedagogik texnika” tushunchasi o‘z ichiga ikki guruh tarkibiy elementlarni oladi:

  • O‘qituvchining odob – axloqiy ko‘nikmalari bilan bog‘liq bo‘lgan elementlar: o‘z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuygu, hayajon, ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zoriqishlardan osonlik bilan xalos bo‘la olish, ijobiy muhitni to‘g‘richa bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasavvurning kengligi; nutq texnikasi (nafas,ovozni boshqarish, diskiya, nutq tezligi.
  • Shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsata bilish texnikasi ta’lim-tarbiyaning texnologik tomoni bilan bog‘liq bolib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik, muomala ko‘nikmalari; talab qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish, jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi.

O‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari:

  • O‘qituvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
  • Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o‘rnata olish;
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni bilish;
  • O‘z ustida ishlash;
  • Pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bolish;
  • O‘z fanini mukammal bilish;
  • Ta’lim muhitga yangilik kiritishi (Raxmanova, 2023).

Pedagog olima N. Azizxo‘jayeva o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida pedagogik, texnologiyani “ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish tizimi” deb ta’riflaydi. Unga ko‘ra, o‘qituvchining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish pedagogik mahoratning ajralmas qismidir (Azizxo‘jayeva, 2006). Shuningdek, o‘qituvchi o‘z nutq madaniyati, muloqot uslubi va pedagogik etikasini takomillashtirmasdan turib, samarali ta’lim jarayoniga erisha olmasligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari                      M. Tojiyev va B. Ziyamuhammedov  pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish vositasi sifatida baholaydilar. Ularning fikricha, har bir bo‘lajak pedagog kommunikativ kompetensiyani interfaol usullar orqali shakllantirishi lozim, chunki muloqot madaniyati va pedagogik texnologiyalar bir-birini to‘ldiradi (Tojiev & Ziyamuhammedov, 2012). Ular “aqliy hujum”, “klaster”, “bahs-munozara”, “rol o‘yinlari” kabi metodlar orqali o‘quvchilarning fikrlash va           o‘z fikrini aniq ifodalash qobiliyatini rivojlantirishni tavsiya etadilar. Pedagog       olimlar B. Muhiddinov va N. Gazievalar pedagogik texnologiyalarni faqat metod          emas, balki ta’lim madaniyatni shakllantiruvchi tizim sifatida ko‘rsatadi.Ularning fikricha, bo‘lajak pedagoglarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun “muloqotga kirishish, tinglash madaniyati va hissiy intellect” muhim tarkibiy qismlaridir deya izoh berib o‘tganlar (Muhiddinov & Gazieva, 2014).

  Ta’limda texnologik yondashuv mohiyatini tushunish uchun, eng avvalo, “texnologiya” sozi va tushunchasini mazmunini aniqlash zarur. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne – mahorat, san’at, logos – tushuncha, fan, ta’limot ma’nolarni anglatadi. Pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiyada qo‘llashda o‘qitishning boshqa usullaridan farqini ko‘z oldiga keltirish uchun, uning      muhim belgilarini aniq ko‘rsatish talab etiladi. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda chop etilgan pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnologiya usulining muhim xususiyatlari, belgilari qatorida umumlashtirilgan holda, quyidagilardan ko‘rsatish lozim:

  • Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni oldindan reja asosida loyihalash va auditoriyada o‘quvchilar bilan mazkur loyihalarni qayta ishlab chiqish, tizimi, texnologik yondashuvlar asosida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini o‘stiradigan ta’lim-tarbiyaviy jarayon loyihasini tuzish;
  • Ta’limning maqsadi to‘liq va aniq, diagnostik bo‘lishi, talabalar bilimlarining o‘quv reja bo‘yicha ob’ektiv baholanishi, ta’lim maqsadlarini ko‘zlagan andoza asosida o‘quvchilarning kuzatishlari, o‘lchashlari, harakatlari shaklida oydinlashtirishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonning o‘quvchi faolligiga tayanib tashkil etilishi;
  • Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda texnika vositalari va inson salohiyatining ozaro ta’sirining hisobga olinishi;
  • Ta’lim-tarbiyaning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi;
  • Motivatsion qadriyatli (ahamiyatga molik) bilishga bolgan qiziqish, anglash faolligi, organish jarayonida mustaqil qaror chiqarish kabi xislatlar.

Shu o‘rinda axborot texnologiyalarining multimediali vositalaridan foydalanib o‘qitishning an’anaviy metodda o‘qitilishiga qaraganda  farqini tahlil qilganda quyidagi asosiy afzallik tomonlarini koramiz;

  • Mashg‘ulotni o‘tishda ma’ruzachining o‘quv materiallarini tushuntirish jarayonining yengillashishi;
  • O‘quv jarayonida original o‘rnida komputer tomonidan modellashtirilgan ob’ektning imitatsiya qilinishi va bu jarayonni ichkaridan kuzatish mumkinligi;
  • O‘quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish imkoniyatining mavjudligi, axborot texnologiyalari asosida amaliy ishlarni bajarishga zamin yaratilishi;
  • Multimediali vositalar bazasida virtual stendlar tashkil qilish imkoniyatining yaratilishi;
  • Virtual stendlarning maxsus jihozlangan xonalar talab qilmasligi;
  • O‘quv jarayonining video va audio animatsiyalar bilan boyitilib borilishi hamda o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarining kuchayishi;
  • Ommaviy tarzda foydalanish, ya’ni bitta ma’lumotlar bazasidan bir yoki bir nechta auditoriyada va guruhlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
  • Masofadan o‘qitish uchun asosiy vositalardan biri sifatida foydalanish mumkinligi;
  • O‘quv jarayonida o‘quvchilarning yakka tartibda bilimini nazorat qilish mumkinligi.

Ta’kidlash joizki, o‘quv jarayonini axborot texnologiyalari asosida tashkil qilishdan asosiy maqsad o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, komputer va axborot texnologiyalarini o‘qituvchi-o‘quvchilarning kundalik ish quroliga aylantirishga erishish.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, bilish faoliyatini rivojlantiradi, ta’lim-tarbiyaviy jarayon sifati va samaradorligi yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.

Xulosa

Bo‘lajak pedagoglarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biridir chunki bugungi kunda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘z shogirdlari bilan samarali muloqot o‘rnata oluvchi, ularni ruhlantiruvchi va o‘qishga undovchi shaxs sifatida maydonga chiqmoqda. Shu nuqtai nazardan, pedagogik texnologiyalar o‘qituvchining kommunikativ salohiyatini rivojlantirishda hal qiluvchi          o‘rin tutadi.Pedagogik texnologiyalar orqali ta’lim jarayoni an’anaviy yondashuvdan interfaol, shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik va ijodkorlik ruhida kechuvchi tizimga aylanadi.Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalar o‘qituvchi shaxsining nutq madaniyatini, emotsional barqarorligini, faol tinglash, fikr almashish va o‘zaro tushinish kabi ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. Bu esa ta’lim jarayonida iliq psixologik muhit yaratish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va o‘qituvchi shaxsining pedagogik qiyofasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Raxmanova, M. Q. (2023, October 20). Republican Scientific and Practical Conference. Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Umumiy pedagogika kafedrasi.

Turayeva, G. E. (2023). Bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish. Termiz: TerDU NMM nashriyoti, 30-36.

Azizxo‘jayeva, N. N. (2006). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: TDPU nashriyoti.

Muhiddinov, B., & Gazieva, N. (2014). Zamonaviy pedagogik texnologiya fanidan asosiy tayanch tushunchalar.

Tojiev, M., & Ziyamuhammedov, B. (2012). Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent.

Опубликован

Загрузки

Биографии авторов

Акмал Ахмедов,
Ферганский государственный университет

Преподаватель

Сарвиноз Охунова,
Ферганский государственный университет

Студент

Как цитировать

Ахмедов, А., & Охунова, С. (2025). Роль педагогических технологий в развитии коммуникативной компетентности будущих педагогов. Лингвоспектр, 10(1), 213–218. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1112