Antroponimlarning tilshunoslikda tutgan o‘rni va lingvistik xususiyatlari

Mualliflar

  • Osiyo Xalqaro Universiteti
Роль и лингвистические особенности антропонимов в лингвистике

Annotasiya

Ushbu maqolada onomastika, xususan, antroponimika masalalari yoritilgan bo‘lib, inson faoliyatida nomlash jarayonining ahamiyati va tilning bunda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada E.Begmatovning tilning kommunikativ funksional imkoniyatlari haqidagi fikrlari asosida leksemalar orqali narsa va hodisalarni ifodalash jarayoni ko‘rib chiqiladi. Onomastikaning rivojlanish bosqichlari, qadimiy allomalardan tortib zamonaviy tadqiqotchilargacha bo‘lgan ilmiy yondashuvlar tahlil etiladi. Maqolada Agata Kristining “And Then There Were None” va Tohir Malikning “Shaytanat” asarlaridagi antroponimlarning etimologiyasi va semantik motivlari tahlil qilingan. Har ikki asardagi ismlarning lingvistik qatlamlari va ularning badiiy asarlardagi funksional vazifalari aniqlanadi. Tahlillar natijasida ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponimlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar ko‘rsatilib, ular orqali yozuvchilarning qahramon xarakterlarini ochib berish usullari o‘rganiladi. Maqola yakunida antroponimlar badiiy asarda stilistik vosita sifatida yozuvchining maqsadini ifodalashdagi rolini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

onomastika antroponim antroponimika nomlar tilshunoslik atoqli ot.

Kirish. Inson borliqda yashar ekan, bu borliq turli jism va predmetlardan iboratdir. Inson shu predmetlarni bir-biridan farqlash uchun unga nom qoʻyadi. Nomlash bevosita inson faoliyati va tushunchalari bilan bogʻliqdir. Bunda inson hayotida til muhim rol oʻynaydi. Mashhur olim E.Begmatovning fikricha, har qanday til oʻzining koʻp qirrali kommunikativ funksion ehtiyoji va vazifasini taʼminlay oladigan darajada lisoniy vositalarga ega. Mana shunday vositalardan biri konkret va mavhum, real mavjud yoki xayoliy, diniy-falsafiy, madaniy va maishiy sohalarga oid narsa va hodisalar haqida tushunchalarni ifoda etuvchi leksema (soʻz)lardir. Til narsa va hodisalar, ular haqida xilma-xil hamda murakkab tushunchalar, ularning qirralarini asosiy belgi xususiyatlariga tayangan holda umumlashtirib nomlaydi (Begmatov, 2013). Tilshunoslikning bu tarmogʻi onomastika deb ataladi.  Hozirgi kunda jahon tilshunosligida onomastika masalalarini oʻrganishga qiziqish kun sayin ortib bormoqda va atoqli otlar tizimini zamonaviy tilshunoslik usullarida tadqiq qilish masalalariga ham eэtibor qaratilmoqda. Chunki nomlarini oʻrganish, muayyan  nomning paydo boʻlishi, tanlanish masalalari  tilshunoslar, etnograflar va  nomshunoslarning diqqatini jalb etib kelayotgan masalalardan biridir. Har bir nom oʻz kelib chiqish tarixiga va oʻz davriga ega. Ular oʻsha xalq madaniyati va an`analarini oʻzida jam etadi va oʻsha millat dunyoqarashi, mentaliteti, ijtimoiy-moddiy, madaniy darajasi hamda ma’naviyati bilan chambarchas bogʻliq boʻladi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida nomshunoslikka quyidagicha ta`rif berilgan: Onomastika- yunoncha “onomastika” soʻzidan olingan boʻlib, nom qoʻyish san`ati degan ma’noni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu atama ikki ma`noda qoʻllaniladi:

  1. Ma’lum bir til, xalq tarkibida qoʻllanilgan barcha atoqli otlar yigʻindisi.
  2. Atoqli otlar, ularning shakllanishi va oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi tilshunoslik sohasi (Madvaliyev, 2008).

Tildagi atoqli otlarning xususiyatlarini qadimgi davrlardanoq tadqiq etish boshlangan va hozirgi kunda ham turli soha olimlarining e`tiborini oʻziga jalb etmoqda. Jahon onomastikasi ham, turkiy onomastika ham oʻz taraqqiyoti davomida quyidagi uch bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  1. a) Noilmiy davr yoki onomastik materialni oddiy qayd qilish davri. Masalan, Platon, Aristotel, Demokritlarning atoqli otlar haqidagi fikrlari, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmuud Koshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning oʻz asarlarida joy nomlarini, kishi ismlarini keltirishi;
  2. b) Onomastikaning fan sifatida shakllanish davri. Bu fanning ildizlari Yevropa va rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Bu davrdaT.Gobbs, J.Mill, J.Jozef, J.Lokk,, G.Leybinits, X.Vostokov, A.I.Sobolevskiy, A.A.Shaxmatov, M.Fasmer, S.K.Kuznetsov, P.L.Maggakova, V. A. Nikonov, Y. A. Karpenko A.K. Matveyev N.V.Podolskayalarning asarlarida onomastik materialni toʻplash va tahlil qilish haqidagi dastlabki maʼlumotlar keltirilgan.
  3. c) Sof onomastik yoki ilmiy davr. XX asrning 20- yillaridan hozirgi kungacha boʻlgan muddatni oʻz ichiga oladi.

Tahlillar va natijalar. Antroponimlar asar qahramonlarining obrazlarini yaratishda, vaqt va makonni shakllantirishda, uning asosiy motivlarini joylashtirishda asosiy rol oʻynaydi. Chunki yozuvchi tomonidan toʻgʻri tanlangan ism qahramonning hayotdagi ijtimoiy mavqeini, millatini, kasbini, fe’l-atvori koʻrsatadi, shuning uchun u yoki bu nomni qahramonga tanlashda ismning etimologiyasini ham hisobga olish kerak. Badiiy asarlardagi antroponimlar asarning turli personajlarining badiiy olamlarini ochib berishda, qahramonlar oʻrtasidagi munosabatlar va bogʻlanishlarni tasvirlashga imkon beradi. Olim V.K. Chichagov taʼkidlaganidek, “haqiqiy shoir oʻz qahramoniga bergan nomda, shoirning oʻzi tomonidan koʻrinmas, ehtimol, zarur boʻlgan ehtiyoj bor ” (Tohir Malik, 2006). Demak, badiiy asardagi shaxs nomlariaro ham oʻzaro bogʼliqlik mavjud boʻladi. Nomlar badiiy matnning elementi boʻlib, asarda mavjud boʻlgan koʻp maʼnolarni yaqqol koʻrsatishga yordam beradi va muallifning bu xilma-xillikdan xabardor boʻlishi shart emas.

Agata Kristi(“And then there were none”) va Tohir Malik (“Shaytanat” 1-kitob) asarlaridagi antroponimlarning kelib chiqish etimologiyasini tahlil qilishga harakat qildik.

Agata Kristining “And then there were none” asarida 46 ta antroponimni aniqladik. Shundan 26 tasi ayollarga xos, 20 tasi esa erkaklar ismi bilan bogʻliqdir, 3 ta laqab aniqlandi (Christie, 1939). Ishimizni asarning bosh qahramonlarining ismlarini yoritishdan boshlaymiz (5).

  Asardagi laqablar Mr Justice, U.N.K.N.O.W.N va Buzy Bee sanalib, Busy bee- juda band kishi uchun qoʻllanadigan frazeologik birikma; Mr Justice Angliya va Uels sudlarida Oliy sud sudyalari lavozimni koʻrsatuvchi antroponimik birlik hisoblanadi. U.N.K.N.O.W.N – esa barcha personajlarga yuborilgan xatlarda aks etgan  “A.N.O.N.I.M” ma`nosini beruvchi qotilning laqabidir. U bir necha ismlarning birikmasidir.

Ikkinchi asarimiz Tohir Malik qalamiga mansub “Shaytanat” roman pentalogiyasi hisoblanadi. Biz ilmiy ishimizda uning birinchi kitobidagi 32 ta antroponimlarni tahlil qildik va ma`nolarini ochib berishga harakat qildik (Begmatov, 2007). Bundan tashqari bir qator laqablar aniqlandi.

Asardagi laqablarning kelib chiqishi yozuvchi tomonidan personaj nomi va xarakteri bilan bogʻlangan. Masalan, Asadbek obrazi uchun qoʻllangan oʻqilon laqabini olsak, oʻqilon oʻqday uchib yuradi, odamga duch kelsa tovonidan teshib, miyasidan chiqadi.

Yoki Haydarning laqabi kesakpolvon. Haydar ikkita dehqonning iziga tushadi. Ularning belbogʻida pul bor deb oʻylaydi. Choʻntak belbogʻkesishda Haydardan oʻtadigani yoʻq edi. Xullas, belbogʻ kesildi. Panaroqqa oʻtib qarasa, belbogʻda sariq chaqa ham yoʻq, besh-oltita kesak hafsala bilan terib qoʻyilgan. Aslida dehqon shaharda “tahoratga kesak topiladimi, yoʻqmi” deb har ehtimolga qarshi belbogʻiga tugib olgan edi. Oʻshanda alamdan boʻzarib turgan Haydarga qarab turib Asadbek rosa kuldi. Laqab ham oʻshanda tugʻildi.

Chuvrindi atamasi koʻchma ma`noda eski,juldur kiyimli odam yoki qashshoq odamga nisbatan ishlatiladi. Asar qahramonining bunday atalishiga uning kiyinishi sabab boʻladi (Tohir Malik, 2006).

Ikkala asarda antroponimlarning etimologik ma`nolarining ochganimizdan soʻng, ularning statik tahlilining oʻtkazdik. 1-jadvalda ularning luga`viy qatlam tahlilini  koʻrishimiz mumkin.

Rasmdan koʻrishimiz mumkinki, “And then there were none” romanida inglizcha, “Shaytanat” (1-kitob) asarida arabcha antroponimlar dominantlik qildi.

“And then there were none” romanida eng kam miqdordagi antroponimlar uelchas, slavyancha,kornishcha  va gal tillaridan kirib kelgan. “Shaytanat”da esa yahudiycha antroponimlar eng kam miqdorni tashkil qildi. Bundan kelib chiqadiki, oʻzbek tilida arabcha ismlar islom dini ta`siri ostida dominantlik qildi. “And then there were none” romanidagi antroponimlarning esa lugʻaviy qatlami oʻnlab tillarga borib taqalishini aniqladik.

1-jadval

 

2-jadvalda esa “Shaytanat” va “And then there were none” romanlarida uchragan antroponimlarning mazmunini anglatuvchi motivlarni tahlil qildik. 2-jadvaldan koʻrishimiz mumkinki,  “And then there were none” romanida, ayniqsa, familiyalarda joy nomini anglatuvchi motivlar, “Shaytanat” (1-kitob) romanida esa kishining ijodiy va ijobiy hislatlarini anglatuvchi motivlar ustunlik qildi.

Shunday qilib, A.Kristining “And then there were none” asaridagi antroponimlarning koʻpchiligi yahudiy, lotin, uelscha,shotland,yunon,ingliz qatlamiga oid nomlardir. Аdiba ijodida ismlar qahramonning ijtimoiy kelib chiqishi, millatini koʻrsatish uchun yuqoridagi lugʻaviy qatlamlarga mansub boʻlgan nomlar sifatida qoʻllanilgan.

Agata Kristining asarida qoʻllanilgan antroponimlar mazmunini koʻrsatuvchi motivlarda esa shaxsning ijtimoiy holati va tashqi koʻrinishini (1), kasblar (2), joy nomlarini (3), eʼtiqod va ishonchini (4) hamda hayvonlar va oʻsimliklar nomlarini (5), qarindoshchilik munosabatlarini anglatib kelgan.

Oʻtkir qalam sohibi Tohir Malikning “Shaytanat” asarida qoʻllangan antroponimlar mazmunini koʻrsatuvchi motivlar shaxsning ijtimoiy holatini (1), ijobiy va ijodiy hislatlarini (2), farzad tilash orzusini (3), eʼtiqod va ishonchini (4) hamda hayvon nomlarini (5) ifodalab kelgan va ular oʻzbekcha, fors-tojikcha, arabcha va oz miqdorda yahudiycha qatlamga oiddir. Bu xalqimizning tarixi, taraqqiyoti bilan bogʼliq. Bu nomlar badiiy asarda maʼlum stilistik vazifani bajarib, yozuvchi maqsadini ifodalashda yordam beradi.

“And then there were none” romanida eng kam miqdordagi antroponimlar mazmunini turli jismlar va oʻsimliklarni anglatdi. “Shaytanat” romanidagi antroponimlarda kishilar oʻrtasidagi munosabatni bildiruvchi va samoviy jismlarni anglatuvchi motivlar eng kam miqdorni tashkil qildi. Ammo, ikkala noqardosh tilda ham din bilan bogʻliq motivlar bir xil koʻrsatkichni tashkil qildi.

2-jadval

 

 

XULOSA. Antroponimik shakllarga ism, laqab, taxallus, familiya va otaismlar(otchestvo), kunyalarni kiritish mumkin. Shaxsiy nomlash tizimi yoki antroponimik tizim - ma’lum bir jamiyatda shaxsiy ism tanlashni tavsiflovchi tizim. Shaxs ismlari ism, familiya va otasining ismi kabi bir yoki bir nechta qismlardan iborat boʻlishi mumkin. A.Kristi “And then there were none” asaridagi antroponimlarning koʻpchiligi yahudiy, lotin, uelscha,shotland,yunon,ingliz qatlamiga oid nomlardir. Аdiba asarida qoʻllanilgan antroponimlar mazmunini koʻrsatuvchi motivlarda esa shaxsning ijtimoiy holati va tashqi koʻrinishini (1), kasblar (2), joy nomlarini (3), eʼtiqod va ishonchini (4) hamda hayvonlar va oʻsimliklar nomlarini (5), qarindoshchilik munosabatlarini anglatib kelgan. Oʻtkir qalam sohibi Tohir Malikning “Shaytanat” asarida qoʻllangan antroponimlar mazmunini koʻrsatuvchi motivlar shaxsning ijtimoiy holatini (1), ijobiy va ijodiy hislatlarini (2), farzad tilash orzusini (3), eʼtiqod va ishonchini (4) hamda hayvon nomlarini (5) ifodalab kelgan va ular oʻzbek, fors-tojikcha, arabiy va oz miqdorda yahudiycha qatlamga oiddir. Ikkala noqardosh tildagi badiiy asarlar tahlilida din bilan bogʻliq motivlar bir xil koʻrsatkichni tashkil qildi. Ikkala asarda qoʻllangan atroponimlar xalqlarning tarixi, taraqqiyoti bilan bogʻliq. Bu nomlar badiiy asarda maʼlum stilistik vazifani bajarib, yozuvchi maqsadini ifodalashda yordam beradi.

Bibliografik manbalar

Askarovna, M.M. (2025). Modern methods of studying anthroponyms in linguistics and their significance. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 83-87.

Begmatov, E.A. (2007). O‘zbek ismlari ma’nosi: Izohli lug‘at. Toshkent: O‘zME. p. 608.

Begmatov, E.A. (2013). O‘zbek tili antroponimikasi. Toshkent: “Fan”. p. 7.

Chichagov, V.K. (2002). Antroponimika. Moscow: Nauka. p. 241.

Christie, A. (1939). And then there were none. United Kingdom: Collins Crime Club. p. 272.

Malik, T. (2006). Shaytanat (Vol. 1). Toshkent: O‘zME. p. 417.

Mustafoeva, M.A. (2022). Ingliz tilidagi antroponimlarning rivojlanishining tarixiy taraqqiyot davri va leksik qatlami. Namangan Davlat Universiteti Ilmiy Axborotnomasi, 12, 2181-0427.

Mustafoeva, M.A. (2022). The lexical layers of Uzbek anthroponyms. Fars International Journal of Education, Social Sciences and Humanities, 10(12).

Mustafoeva, M.A. (2024). The importance of nouns in linguistics for learning language. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE), 4(9).

Mustafoeva, M.A. (2024). The significance of proper and common nouns in linguistics. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE), 4(10).

Mustafoyeva, M.A. (2024). Anthroponyms in English and Uzbek languages and their linguocultural classification. Bulletin News in New Science Society International Scientific Journal, 1(6), 146-150.

Mustafoyeva, M.A. (2024). The study and importance of anthroponyms in linguistics. Bulletin News in New Science Society International Scientific Journal, 1(5), 20-23.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2008). 5 jildlik. 1-jild. A. Madvaliyev (Ed.). Toshkent: O‘zME. p. 127.

Nameberry. (n.d.). Retrieved from https://www.nameberry.com

Nameberry. (n.d.). Retrieved from https://www.nameberry.com

Nashr qilingan

Yuklashlar

Muallif biografiyasi

Maqsad Mustafoyeva ,
Osiyo Xalqaro Universiteti

Tarix va Filologiya kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Mustafoyeva , M. (2025). Antroponimlarning tilshunoslikda tutgan o‘rni va lingvistik xususiyatlari . Lingvospektr, 2(1), 162–167. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/402

Tegishli maqolalar

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.