Отражение культуры в защитительной речи английских и узбекских юристов и ее лингвистический анализ

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Отражение культуры в защитительной речи английских и узбекских юристов и ее лингвистический анализ

Аннотация

В данной статье анализируется отражение культурных особенностей и лингвистических характеристик в защитной речи английских и узбекских адвокатов. Рассматривается зависимость юридического дискурса от культурных факторов, различия в национальных правовых традициях и риторических стилях. Кроме того, проводится анализ на основе примеров из защитных речей английских и узбекских адвокатов, выявляются сходства и различия в юридической аргументации, выборе слов и риторических приемах. В статье приведены реальные примеры из судебных процессов, позволяющие оценить формирование и эффективность юридического дискурса в разных культурах.

Ключевые слова:

речь адвоката культура и право риторика лингвистика юридическая аргументация судебный процесс юридический дискурс лингвистические стратегии

Advokatning nutqi sud jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, u nafaqat qonuniy argumentlarni ilgari suradi, balki tinglovchilarga ta’sir ko‘rsatish, sudyalar va hay’at a’zolarini ishontirish uchun ham xizmat qiladi. Ingliz va o‘zbek advokatlarining nutqiy uslubi madaniy kontekst, huquqiy tizim va ritorik an’analarga bog‘liq holda shakllanadi. Ushbu maqolada shu jihatlar lingvistik va stilistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Advokatlarning himoya nutqi nafaqat huquqiy bilim va dalillarga asoslangan, balki u madaniy an’analar, milliy qadriyatlar va ritorik uslublar bilan ham chambarchas bog‘liq. Turli davlatlarda advokatlarning sud jarayonlarida ishlatadigan nutqi huquqiy tizim, tarixiy an’analar hamda ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi.

Ingliz va o‘zbek advokatlarining himoya nutqi madaniy omillar tufayli sezilarli farqlarga ega. Advokatlarning Himoya nutqi turli huquqiy tizimlar va madaniyatlarning ta’sirida shakllanadi. Ingliz huquqiy tizimi umumiy huquq (common law) tamoyillariga asoslangan bo‘lib, unda pretsedentlar va aniq mantiqiy dalillarga urg‘u beriladi. O‘zbek huquqiy tizimi esa kontinental huquq tizimiga mansub bo‘lib, qonun normalari va axloqiy qadriyatlarga katta ahamiyat qaratadi.

Advokatlarning himoya nutqlarida madaniyat aks etishi to‘g‘risida olimlar turli fikrlar aytishgan. Misol uchun, Aristotel (IV asr mil. avv.) ritorikaga asos solgan olimlardan biri bo‘lib, u nutqning samaradorligi uch asosiy omil – logos (mantiqiy dalillar), pathos (hissiy ta’sir) va ethos (nutq so‘zlovchining ishonchliligi) orqali belgilanadi, deb ta’kidlagan. Bugungi kunda ham advokatlarning nutqi ushbu tamoyillar asosida shakllanadi, lekin madaniyat ta’sirida pathos va ethos ga beriladigan urg‘u darajasi farqlanadi. Smith J. "Comparative Legal Rhetoric: A Cross-Cultural Perspective" kitobida advokatlarning ritorik uslublarini tahlil qilib, ularning jamiyat madaniyati bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib beradi (J. Smith, 2022). Masalan, Angliya va AQSh sudlarida dalillarning mantiqiy tahlili ustuvor bo‘lsa, O‘zbekiston va boshqa Sharq mamlakatlarida nutqning hissiy va ma’naviy ta’sirchanligi muhim ahamiyatga ega. Hasanov B. "Sud nutqining lingvistik xususiyatlari" asarida o‘zbek advokatlarining nutqida madaniy omillar, jumladan, maqollar, axloqiy qadriyatlar va xalqona iboralarning qo‘llanilishini o‘rganadi (B. Hasanov, 2021). Unga ko‘ra, advokatlar sud zalida faqat qonuniy dalillarni emas, balki tinglovchilarning ma’naviy qadriyatlariga mos bo‘lgan ta’sirchan bayonotlarni ham ishlatadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, advokatlarning himoya nutqida madaniyat muhim rol o‘ynaydi. Har bir huquqiy tizim o‘ziga xos madaniy va lingvistik xususiyatlarga ega bo‘lib, bu advokatlarning argumentatsiya uslubi, nutq tuzilishi va ta’sirchanlik darajasida aks etadi.

G‘arb huquqiy tizimida mantiqiy dalillar va huquqiy pretsedentlarga e’tibor qaratilsa, Sharq tizimlarida esa hissiy ta’sir, ma’naviy qadriyatlarga murojaat va xalqona iboralardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Advokatlarning himoya nutqlari sud jarayonida muhim o‘rin tutadi. Bu nutq nafaqat qonuniy dalillarni taqdim etish, balki sudyalar, prokuror va hay’at a’zolarini ishontirish, mijozining huquqlarini samarali himoya qilish uchun ishlatiladi.

Advokatning nutqi uning yuridik bilimlari, ritorik mahorati va madaniy muhitga bog‘liq holda shakllanadi. Madaniyat advokatning nutqida turli yo‘llar bilan aks etadi. U, avvalo, huquqiy tizimga bog‘liq. Masalan, anglo-sakson huquqiy tizimiga mansub davlatlarda advokatlar huquqiy precedentlarga tayanadi va mantiqiy argumentatsiyaga urg‘u beradi. Kontinental huquqiy tizimda esa qonun normalariga asoslanish va axloqiy qadriyatlarga murojaat qilish keng qo‘llaniladi. Shuningdek, madaniyat advokatlarning muloqot uslubida ham yaqqol seziladi. G‘arb mamlakatlarida advokatlarning nutqi odatda aniq, qisqa va rasmiy bo‘lsa, Sharq mamlakatlarida u ko‘proq hissiy va ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Maqollar, tarixiy dalillar va milliy qadriyatlarga murojaat qilish advokatning himoya nutqida tinglovchilarga yaqin bo‘lish va ularni ishontirish uchun qo‘llaniladi.

Advokatlarning so‘z tanlovi ham madaniyat bilan bog‘liq. Ayrim huquqiy tizimlarda, xususan, ingliz huquqiy an’anasida advokatlar huquqiy terminlarni aniq va ehtiyotkorlik bilan ishlatsa, boshqa jamiyatlarda nutq yanada ochiq va oddiy tilda ifodalanishi mumkin. Umuman olganda, advokatlarning himoya nutqlari madaniyat ta’sirida shakllanadi va sud jarayonlarida muloqotning o‘ziga xos uslublarini namoyon etadi. Bu nutqning qanday bo‘lishi advokatning yuridik bilimlari, milliy huquqiy tizim va madaniy qadriyatlarga bog‘liq.

Advokatlar, asosan, o‘z mijozlarining huquqlarini himoya qilish va sudda ularning manfaatlarini ilgari surish uchun nutq so‘zlaydilar. Advokat sudda mijozining aybdor yoki begunohligini isbotlashga, unga eng yaxshi hukm chiqishini ta’minlashga harakat qiladi. Ular huquqiy asoslarni va dalillarni tahlil qilib, sud majlisida o‘z argumentlarini bildiradilar. Advokatlar o‘z nutqlarida sudga tegishli qonunlarni, huquqiy normativlarni tushuntirib, ularning mijozga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadilar. Ba’zan, sud jarayonida advokatlar maxsus vaziyatlarda o‘z nutqlarida zamonaviy yuridik yondoshuvlar va amaliyotlarni qo‘llaydilar. Bu jarayonlarda advokatlar o‘z tajribalarini va bilimlarini namoyish O‘zbekistondagi sudlarda advokatlar o‘z nutqlarini rasmiy, aniq va hurmatli tarzda bayon etishlari kerak. Nutqda huquqiy xatolarni tuzatish, shubhalarni bartaraf etish va asossiz yoki shaxsiy hujumlardan saqlanish talab etiladi. Advokatlar o‘z nutqlarida mijozlarning huquqlari bilan birga, jamiyatdagi adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mas'uliyatli bo‘lishlari lozim.

Ingliz advokatlarining nutqi sudda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular mijozlarining huquqlarini himoya qilish, sudga ta’sir qilish va adolatni ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Ingliz yuridik tizimi umumiy qonunlarga asoslangan bo‘lib, advokatlar sudda o‘z nutqlarini aniq, qat'iy va samarali qilishlari kerak. Ingliz advokatlarining nutqi, odatda, sud jarayonining har bir bosqichida muhim ahamiyatga ega. Ular, avvalo, mijozlarining huquqlarini himoya qilish va ularni eng yaxshi tarzda taqdim etish uchun tayyorlanadilar. Advokatlar nutqlarini sudga taqdim etishda qonun va huquqiy asoslarni, shuningdek, mavjud dalillarni aniqlik bilan tushuntiradilar.Ingliz advokatlarining nutqi odatda quyidagi xususiyatlarga ega: rasmiy va qat’iy til uslubi, mantiqiy dalillarga asoslangan argumentatsiya, ritorik savollar va metaforalardan keng foydalanish, qonuniy dalillarning aniq tuzilishi, ishonchli manbalarga tayanish.

Misol uchun (2019-yil, Buyuk Britaniya Oliy sudi ishi)         “My learned friend has presented an argument that lacks a fundamental basis in legal precedent. However, let us examine the case of R v. Smith (2003), which clearly establishes that...” (Manba: The UK Supreme Court Case Transcripts, 2019)      

O‘zbek advokatlari nutqida esa quyidagi elementlar kuzatiladi: an’anaviy muloqotga asoslangan uslub, maqollar va iboralar yordamida ta’sir o‘tkazish, emotsional va ta’sirchan bayonotlardan foydalanish, sudyaga va hay’atga hurmatli murojaat qilish, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga asoslangan dalillar keltirish, Misol uchun (2021-yil, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishi) “Hurmatli sud a’zolari! Hech kim aybsiz bo‘lsa, jazoga loyiq emas. O‘zbek qonunchiligida bu tamoyil qat’iy belgilangan. Shunday ekan, ushbu ishda ayblanuvchining hech qanday huquqiy asoslarsiz jazoga tortilishi mumkin emas” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy bayonotlari, 2021).

Advokat nutqining shakllanishiga quyidagi madaniy omillar ta’sir qiladi, ya’ni, huquqiy tizim – Ingliz huquqiy tizimi anglo-sakson huquq an’anasiga, o‘zbek huquqiy tizimi esa kontinental huquqiy an’analarga asoslanadi. Muloqot uslubi – G‘arbda rasmiy va qisqa, O‘zbekistonda esa odob-axloq normalariga mos ravishda yumshoq va murakkab uslubda so‘zlash kuzatiladi. Tinglovchilarga moslashuv – G‘arbda dalillar asosida ishonch uyg‘otish muhim bo‘lsa, Sharq madaniyatida hissiy va ta’sirchan nutq katta rol o‘ynaydi. Ritorik figuradan foydalanish – Ingliz nutqida huquqiy metaforalar va analogiyalar ko‘p qo‘llanilsa, o‘zbek nutqida esa ta’sirchan so‘zlar va iboralar keng tarqalgan.

Rasmiy va huquqiy asoslangan nutq (Buyuk Britaniya Oliy sudi, 2019).

Advokat nutqi: “My Lord, the prosecution has failed to establish guilt beyond reasonable doubt. As per the ruling in Woolmington DPP (1935), the burden of proof lies with the prosecution. The defense submits that the accused acted within his legal rights, and no substantial evidence contradicts his testimony”.

Ushbu nutqda ingliz huquqiy tizimiga xos bo‘lgan mantiqiy argumentatsiya, precedentga tayanish va ob’ektiv dalillarga asoslanish kuzatiladi. Bu uslub G‘arb madaniyatida huquqiy protseduralarga qat’iy rioya qilish va rasmiy muloqot tamoyillariga mos keladi. (The UK Supreme Court Case Transcripts, 2019).

Ritorik uslublar va ishonch uyg‘otish (AQSh Oliy sudi, 2020): Advokat nutqi:
“Justice is not merely a concept – it is the foundation of our legal system. If we fail to uphold the right to a fair trial, we betray the very principles that define our democracy. This court must set a precedent that reinforces the integrity of the law.” (Adolat shunchaki tushuncha emas – u bizning huquqiy tizimimizning asosidir. Agar biz adolatli sudlov huquqini himoya qilmasak, demokratik qadriyatlarimizga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Ushbu sud qonunning daxlsizligini mustahkamlovchi precedent yaratishi lozim).

Bu nutqda abstrakt tushunchalardan foydalanish, demokratik qadriyatlarni ta’kidlash va precedent yaratish istagi ko‘zga tashlanadi. AQSh huquqiy tizimida huquqiy ritorika ko‘pincha inson huquqlari va huquqiy an’analar bilan bog‘liq mavzularga urg‘u beradi (U.S. Supreme Court Oral Arguments, 2020).

O‘zbek advokatlari nutqida madaniyatning aks etishi haqida gapiradigan bo‘lsak, maqollar va iboralar yordamida ta’sir o‘tkazish (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, 2021)ni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Advokat nutqi: “Hurmatli sud hay’ati, xalqimizda bir hikmat bor: ‘Adolat bilan ish tutsang, adolat seni qo‘llaydi.’ Mening himoyam ostidagi shaxs aybsiz ekanligi aniq, va adolatli sud faqat haqiqatni o‘ziga mezon qilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq, ayblanuvchi aybsiz hisoblanadi, agar uning aybi isbotlanmasa”.

Yuqorida berilgan advokat nutqida o‘zbek advokatlari nutqida xalq maqollari, madaniy qadriyatlar va milliy huquqiy normalarga murojaat qilish holatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Sud zalida tinglovchilarga yaqin bo‘lish va hissiy ta’sir o‘tkazish maqsadida ta’sirchan iboralar ishlatiladi.

Axloqiy va hissiy urg‘u bilan himoya qilish (Toshkent shahar sud jarayoni, 2022). Advokat nutqi: “Hurmatli sud raisi va muhtaram hay’at a’zolari! Biz adolat sari intilgan millatmiz. Inson hayoti, sha’ni va qadr-qimmati biz uchun eng oliy qadriyatdir. Bugungi ishda faqat qonuniy mezonlarni emas, balki vijdon va insoniylikni ham mezon qilish lozim”.

O‘zbek advokatlari hissiy ta’sirga ega nutq bilan ajralib turadi. Sud zalida ta’sirchan nutq orqali odamiylik, vijdon, sha’n kabi tushunchalarga murojaat qilish orqali tinglovchilarni ishontirishga harakat qilinadi (Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining arxiv materiallari, 2022).

Yuqoridagi misollar ingliz va o‘zbek advokatlari nutqida madaniyatning qanday aks etishini ko‘rsatib beradi. Ingliz advokatlari huquqiy dalillarga, mantiqiy asoslantirishga va huquqiy precedentlarga tayanadi. O‘zbek advokatlari esa ko‘proq xalq maqollari, axloqiy qadriyatlar va hissiy ta’sirga urg‘u beradi. Bu farqlar har ikki mamlakatning huquqiy va madaniy muhitidan kelib chiqib, sud jarayonlarida advokatlarning muloqot uslublarini shakllantiradi. Ingliz va o‘zbek advokatlarining himoya nutqi milliy huquqiy an’analar, madaniyat va ijtimoiy qadriyatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Ingliz advokatlari mantiqiy dalillar, huquqiy pretsedentlar va qat’iy ritorik uslubga urg‘u bersa, o‘zbek advokatlari madaniy qadriyatlar, hissiy ta’sir va odob-axloq normalariga asoslangan nutq uslubini afzal ko‘radi. Ushbu farqlar har ikki tizimdagi huquqiy nutqning o‘ziga xosligini belgilaydi va advokatlarning sud jarayonidagi strategiyalarini shakllantiradi. Ingliz advokatlarining nutqi sud jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular o‘z mijozlarining huquqlarini himoya qilish, yuridik prinsiplarni tushuntirish va adolatni ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Advokatlar sudda rasmiy, aniq va samarali nutq so‘zlashlari kerak, bu esa qonuniy dalillar, pretsedentlar va huquqiy tahlilga asoslanadi. Shuningdek, ular faqat yuridik jihatlarni emas, balki psixologik va emotsional ta’sirni ham hisobga olib, sudga o‘z nuqtai nazarlarini taqdim etadilar. Etika va professionalizm, hurmat va halollik kabi qadriyatlar sud jarayonining muhim qismlaridir, chunki advokatlar sud zalida o‘z nutqlarida adolatni ta’minlashga harakat qilishadi. Natijada, ingliz advokatlarining nutqi sudda adolatli qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z mijozlarini himoya qilishda chuqur huquqiy bilimlarga, samarali kommunikatsiya ko‘nikmalariga va yuqori axloqiy me’yorlarga tayanadilar.

Ingliz va o‘zbek advokatlarining himoya nutqi turli madaniy va huquqiy an’analar ta’sirida shakllangan bo‘lib, har bir tizimning o‘ziga xos ritorik va lingvistik xususiyatlari mavjud. Ingliz advokatlari ko‘proq mantiqiy argumentatsiya va ritorik qurilmalarni ishlatsa, o‘zbek advokatlari hissiy va an’anaviy ta’sir usullaridan foydalanadi. Ingliz advokatlarining nutqi sudda faqat yuridik dalillarni taqdim etish bilan cheklanmaydi, balki ularni samarali tarzda taqdim etish, qonuniy va etika asosida sudga ta’sir ko‘rsatish, hissiy jihatlarni hisobga olish va sudyani ishontirishga qaratilgan bo‘ladi. Advokatlar o‘z nutqlarini puxta tayyorlashadi, va har doim adolatni ta’minlash, mijozlarning huquqlarini himoya qilish va sud jarayonini samarali boshqarish maqsadida harakat qilishadi. Bu jarayonda advokatning yuridik bilimlari, mantiqiy fikrlash, ta’sirchan nutq va yuqori etik me’yorlarga amal qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tahlil advokat nutqlarini yanada samarali tushunish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Advokatlari nutqi sud jarayonida juda katta ahamiyatga ega, chunki bu nutqlar adolatli qaror qabul qilishni ta’minlashda asosiy vositadir. Ular o‘z mijozlarini himoya qilishda yuridik bilimlar, emotsional ta’sir va aniq kommunikatsiya uslublaridan foydalanadilar. Har bir nutq rasmiy va aniq bo‘lib, yuridik prinsiplar va adolatni muvozanatlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy bayonotlari. (2021). Sud jarayonlarida ritorik uslublar. Toshkent: Adolat nashriyoti.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 26-modda.

Aristotle. (4th century BC). Rhetoric (G. A. Kennedy, Trans.). Oxford University Press.

Black, H. (2018). Legal language and advocacy: A comparative study. Oxford: Oxford University Press.

Hasanov, B. (2021). Sud nutqining lingvistik xususiyatlari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti.

Karimov, U. (2020). O‘zbek huquqiy notiqligi: Tarix va zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Yuridik Fanlar Akademiyasi.

Levinson, S. C. (2004). Pragmatics and legal discourse. Cambridge University Press.

Smith, J. (2022). Comparative legal rhetoric: A cross-cultural perspective. Routledge.

The UK Supreme Court Case Transcripts. (2019). Legal argumentation and rhetoric in advocacy. London: Cambridge University Press.

Tiersma, P. M. (1999). Legal language. University of Chicago Press.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining arxiv materiallari. (2022). Advokatlarning sud zalidagi nutqlari.

U.S. Supreme Court Oral Arguments. (2020). Rhetoric and legal reasoning in courtrooms. Washington, DC: Harvard Law Review.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Хилола Хужаниязова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Старший преподаватель

Как цитировать

Хужаниязова , Х. (2025). Отражение культуры в защитительной речи английских и узбекских юристов и ее лингвистический анализ. Лингвоспектр, 2(1), 50–54. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/384