Использование слова «глаз» в испанской и узбекской художественной литературе: лингвистико-семантический и художественно-эстетический анализ

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Использование слова «глаз» в испанской и узбекской художественной литературе: лингвистико-семантический и художественно-эстетический анализ

Аннотация

В статье представлен лингвистико-семантический и художественно-эстетический анализ слова «глаз» в испанской и узбекской художественной литературе. Автор анализирует роль слова «глаз» в языке и культуре, его семантическую и эстетическую интерпретацию, а также рассматривает, как оно используется в двух языках. В испанском языке слово «глаз» называется «ojo», и исследуется его историческое развитие и семантические изменения. В узбекском языке анализируется семантика слова «ko‘z», принадлежащего тюркской языковой семье, с точки зрения лингвистики. Рассматривается, как слово «ko‘z» в узбекском языке используется не только для обозначения органа зрения, но и в духовных и эмоциональных состояниях, а также в метафорах. В художественной литературе раскрываются различные аспекты глаза. В испанской и узбекской поэзии глаз обычно является отражением внутренних переживаний человека, его эмоционального состояния и чувств. Через глаза широко выражаются такие чувства, как любовь, счастье, грусть. В испанской литературе, например, в поэзии Гонгора и Лорки, символическое и метафорическое использование глаза подчеркивает его загадочную, противоположную и важную роль. В узбекской литературе великие поэты, такие как Алишер Навоий и Абдулла Кодирий, использовали глаз как символ зрения, чувств и любви. Основная цель статьи — глубокий анализ семантического и художественно-эстетического значения слова «глаз» в испанской и узбекской художественной литературе, а также демонстрация того, как это слово используется в метафорических и культурных контекстах. Исследование помогает глубже понять взаимосвязь языка и культуры, а также знакомит читателей с подходами к оценке культурных выражений и метафор.

Ключевые слова:

глаз язык культура метафора семантика поэзия ojo.

Inson atrof-muhitni sezgilari orqali anglaydi va bu jarayon uning atrofidagi olam haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu idrok natijalari ong orqali tahlil qilinadi va til yordamida boshqa jamiyat a’zolariga yetkaziladi.Boshqacha qilib aytganda, insonning atrof-muhitni sezish va idrok etish jarayoni, uning o‘ziga xos fikrlash va tushunish usullarini rivojlantiradi. Bu jarayonda, idrok qilingan ma’lumotlar ongda qayta ishlanadi va natijada, inson o‘z tajribasidan kelib chiqib, atrofidagi voqealar va hodisalar haqida tushunchalar hosil qiladi. Keyinchalik, bu tushunchalar til orqali ifodalanadi va ijtimoiy muloqotda qo‘llaniladi.

Til, insonning o‘zligini shakllantiruvchi muhim unsurlardan biridir va u  etnik, madaniy, milliy kimligining bir qismidir. Tiling bir jamiyatda qanday ishlatilishi va qabul qilinishi ham shaxsiyatning shakllanishiga ta’sir qiladi.

Odamzodning eng odatiy faoliyatlaridan biri sport, musiqa, kino, yangiliklar, eshitgan voqealarimiz yoki ko‘rib, diqqatimizni tortgan narsalar haqida fikr bildirishdir. “Insonning psixik faoliyati madaniy ahamiyat kasb etuvchi ohanglarga ega bo‘ladi va bu ohanglar kattalar bosqichida fikrlar yoki hukmlarni shakllantirishda aks etadi”.  (M. A. Zambrano, V. T. Fonseca, G., Pucha, J. P. G., & N. J.Pérez, 2024).

Ko‘z so‘zi (ot sifatida) turli kontekstlarda va turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqot ushbu so‘z qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab konnotatsiyalarning ba’zilarini o‘rganadi. “Ko‘z” so‘zi matn tarkibida paydo bo‘lganda turli xil ifoda usullarida keladi, hatto madaniy ramziylik ifodalarini ham beradi. Bularning barchasi real dunyoni idrok etishning psixologik va sotsiologik qarashlari bilan bog‘liq holda taqdim etiladi. Lingvistik tahlil bizning kognitiv va lingvistik hayotimizning turli sohalarida “Ko‘z” tushunchasining qo‘llanilishiga oid ba’zi umumiy mulohazalar bilan to‘ldiriladi.

Kuzatish natijalari voqelikni va insonning dunyoga munosabatini til egalari ixtiyorida bo‘lgan aniq konseptual shakllar va metaforik ifodalar orqali o‘zaro bog‘liq va hissa qo‘shadigan tarzda tushunish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. “Ko‘zning xolis kuzatuvi” bu milliy yoki til hamjamiyatining kattaroq ijtimoiy yoki madaniy kontekstini ham hisobga oladigan o‘ziga xos kuzatuvdir.

Maqolada “ko‘z” so‘zining ispan va o‘zbek tillari badiiy adabiyotida qanday tushunilishi va qo‘llanilishi tahlili keltirilgan. “Ko‘z” so‘zi, ma’nosi va ijtimoiy-psixologik qo‘llanishini tahlil qilishda yordam berish uchun  quyidagicha oddiy tartib taqdim etiladi.

 

 

 

  Ispan tilida “Ko‘z” – “Ojo” so‘zi qadimgi kastiliyacha yozuvlarda “oio” shaklida paydo bo‘ladi. Olim Burkening fikricha “Umuman olganda, bu oldingi “oculo” ning qisqartmasiga o‘xshaydi (u tushib ketgan yoki shunchalik zaiflashganki, uning unlilarini oldingi va keyingilaridan farqlash mumkin emas). Lotincha “oculo” dan kelib chiqqan, vaqt o‘tgach u “oyo” bo‘ldi, qadimgi okulusning to‘liq shakli esa “ojo” sifatida shakllandi” (P.Burke, 2024).        

  O‘zbek tilida “Ko‘z” so‘zi turkiy tillarga mansub bo‘lib, bu til oilasi Ural-Oltoy til oilasining tarkibida ko‘riladi. Turkiy tillar o‘ziga xos grammatik va fonetik xususiyatlarga ega bo‘lib, O‘rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, Sibir va O‘rta Sharq hududlarida keng tarqalgan. Turkiy tillarga o‘zbek, turk, qirg‘iz, qozoq, uyg‘ur, tatarcha kabi tillar kiradi va ular bir-biriga o‘xshash leksik va morfologik xususiyatlarga ega.

Ispan-o‘zbek madaniyati va tilshunosligini yanada tushunishga yordam berish uchun “Ko‘z” va u bilan bog‘liq barcha narsalarni ko‘rib chiqish kerak. Zero, “Tadqiqotlar dunyosi ochiq va uni nafaqat biz, balki boshqalar ham o‘rganishi kerak” (M.B.Rey, 2022) deb ta’kidlaydi M.Rey.

Badiiy adabiyotda ko‘zning tilga olinishi keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab shoir va mualliflar unga murojaat qilishgan, chunki u insonning nigohini anglatadi. She’riyatda va nasrda so‘zning mavjudligi bizning ko‘rishning jismoniy a’zosi bilan mashg‘ulligimizning aksidir. Ruhiy va hissiy ifodani berish, baxt, qayg‘u, g‘am, sevgi kabi tuyg‘ularni tasvirlashda “Ko‘z” orqali hissiyotni ko‘rsatish “Ko‘zlar yolvorib boqdi”, “Ko‘zlardan yosh to‘kildi”, “Ko‘zlariga boqib sevgi izhor qildi” kabi ifodalar shaxsning his-tuyg‘ularini ochib berish uchun qo‘llanadi. Insonning ruhiy holatini ochib berishda “ko‘zlar – qalb oynasi”,  mantiqiy va falsafiy asarlarda “ichki ko‘zlari bilan ko‘rish”, estetika va go‘zallikda “shirin ko‘zlar”, “yulduzdek ko‘zlar” kabi sifatlashlarda ko‘zning go‘zallik ramzi sifatida tasvirlanishi ishlatiladi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarni til, madaniyat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi bilan tanishtirish uchun tahliliy yondashuvni moslashtirish va qo‘llash orqali “Ko‘z” so‘zining qayerda, qanday kontekstlarda, ma’lum funktsiyalarda paydo bo‘lishini aniqlashdir. Ushbu tahlillar o‘quvchiga tushunchaning madaniyat va vaziyatga ko‘ra bir necha shaklda ifodalanishi mumkinligini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu turdagi izlanishlar o‘quvchilarga metaforalar va sof madaniy iboralarni baholash imkonini beradi.

Adabiyotlarda ko‘z tasvirining asosiy xususiyatlari quyidagichadir: Holatni ifodalashda - quvonch: (ko‘zlari porladi, ko‘zlari chaqnadi), g‘am-qayg‘u: (ko‘zlari namli, ko‘zlari ma‘yus), g‘azab: (ko‘zlari chaqnadi, ko‘zlari olaydi), xarakter va shaxsiyatni ko‘rsatishda: o‘tkir ko‘zlar - ziyraklik belgisi, muloyim ko‘zlar - mehribonlik belgisi, sovuq ko‘zlar - befarqlik yoki dushmanlik belgisi va tashqi ko‘rinishni tasvirlashda – ko‘zlarning rangi, ko‘zlarning shakli, ko‘zlarning ifodasi.

O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar badiiy asarlarni matn ma’nosiga qarab tushinishlari oson. Ispan adabiyotini badiiy tahlil qilishda esa bir nechta asosiy mezonlarni hisobga olish zarur. Badiiy tahlil asarlarning chuqur mazmunini, uslubiy xususiyatlarini va muallifning maqsadlarini ochib berishga yordam beradi. Quyidagi mezonlarni inobatga olish kerak: asarning asosiy mavzusi nima? (masalan, sevgi, adolat, erkinlik, tarixiy hodisalar), muallif ushbu mavzuni qanday tarzda yoritadi? asardagi asosiy personajlar kimlar? Ularning xarakteri qanday? personajlarning harakatlari va qarorlari asar maqsadi bilan qanday bog‘liq? muallifning yozish uslubi qanday? (masalan, realizm, romantizm, modernizm va boshqalar) tasvirlar va metaforalar qanday ishlatilgan? (bu uslubiy vositalar qanday ta’sir ko‘rsatadi?) asarda vaqt va fazo qanday tasvirlangan? asar qaysi janrga mansub? (poeziya, proza, drama va boshqalar) shakl va struktura muayyan janrni qanday taqdim etishga yordam beradi? asarda ishlatilgan simvollarning yoki motivlarning ma'nosi qanday? (masalan, tabiat elementlari, ranglar, ob'ektlar) asar yozilgan davr va ijtimoiy sharoitlar haqida nima bilasiz? asar qanday estetik ta'sir ko‘rsatadi? O‘quvchi yoki tomoshabin qanday his-tuyg‘ularga ega bo‘ladi? asar qanday hissiy, falsafiy yoki intellektual izlanishlarni o‘z ichiga oladi?

Bularning barchasi, asarni yaxshilab tahlil qilishda foydali mezonlardir. Ularning har biri, asarning yanada chuqurroq tushunilishiga yordam beradi.

 Ispan adabiyotidagi “Ko‘z” so‘zini o‘z ichiga olgan eng qadimgi asar ispan shoiri Gonsalo de Berseoning asaridagi ritsar ertagidan olingan iqtibosdir. Berceo Sibillarning o‘zgarishini ko‘rish uchun yashagan odam “Czar Canches de Rota” ismini tilga oladi. Sibillar qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, kelajakni bilish va Masihning kelishini bashorat qilish qobiliyatiga ega. A.Rohoning fikricha, asarda “Ko‘z” vizual idrok, yaxshi va ziyrak odam haqida gapirilganda qo‘llanilgan. “Czar Canches de Rota”da ko‘z yoki ko‘rish so‘zi tilga olingani “yaxshi” degan ma’noni ifodalagan. (Agudo Roho, 2022).

Ispaniyadagi “Siglo de Oro” (Oltin Asr) davridagi she’rlarda ko‘zlar go‘zallik va ilohiy ilhomning ifodasi bo‘lgan.

Barokko davri shoiri Gongoraning she’rlarida ko‘z go‘zal va o‘tkinchi dunyo orasidagi keskin kontrastni aks ettiradi (Luis de Góngora, 2010) dostonida Gongora  sevgi uchburchagi — Polifemo, Galatea va Akid haqida hikoya qiladi. Polifemoning ko‘zlari bu yerda kuchli hissiy ekspressiyani va ichki azobni ifodalaydi:

Su ojo, de tiniebla un vivo ardiente
volcán, centella es en la noche fría

su lagrima ardiente, sinfonía
 que al mar le roba lágrimas dolientes.

Uning ko‘zi, zulmat ichra yonayotgan
Bir vulqon, sovuq tunlarda uchqun;
Uning issiq yoshlari — simfoniya,
Qayg‘uli dengizdan ko‘z yoshini tortib olgan

Polifemoning ko‘zi — bu uning qahri, ehtirosi va Galateaga bo‘lgan sevgisining ramzidir. Gongora “yonayotgan vulqon” tasvirini ishlatib, ko‘zning nafaqat ko‘rish organi, balki ichki hislarning ifodachisi ekanligini ko‘rsatadi.

Kevedo esa ko‘z obrazidan inson hayoti va sevgining zaifligi haqida mulohaza qilish uchun foydalangan.

 

Cerrar podrá mis ojos la postrera

sombra, que me llevare el blanco día;

y podrá desatar esta alma mía

hora, a su afán ansioso lisonjera.

Yumiladi ko‘zlarim oxir-oqibat

Tong oq nuri yengib olar ularni;

Va xush ko‘rgan orzularni qo‘yib,

Mening ruhim ham ozodlikni topar.

 

Ispan zamonaviy she’riyatida ko‘z obrazining metaforik va abstrakt ishlatilishi keng tarqalgan. Federiko Garsia Lorka she’rlarida ko‘z ba’zan sirli va qorong‘i his-tuyg‘ularni aks ettiradi. Bu obraz ko‘pincha inson va tabiat o‘rtasidagi ziddiyatni ochib beradi. Lorkaning “Romancero gitano” (Federiko Garsiya Lorka, 2007) to‘plamida ko‘zga sirli timsol sifatida qaraladi, bu asarning umumiy mistik ohangiga mos keladi.

Ispan xalq she’riyatida (Romancero) “Ko‘z” ko‘pincha insonning ichki kechinmalari va muhabbatning samimiyligi tasviri uchun ishlatilgan. Romantikaga xos ravishda, ko‘z orqali ifodalangan his-tuyg‘ular sodda va kuchli bo‘ladi.

Pablo Nerudo asarlarida “Ko‘z”  so‘zi katta ramziy va poetik ma’noga ega

Nerudo ko‘zni faqat yuzaki ko‘rishdan oshib, dunyoni ko‘rish va chuqurroq his-tuyg‘ular yoki yashirin haqiqatlarni kashf qilish uchun ishlatadi. Bu kontekstdagi ko‘zlar hayot, insonlar va munosabatlar haqida chuqurroq tushuncha olish vositasi sifatida ishlatiladi.

Misol:

 

Tus ojos son los míos, 

los ojos de la tierra, 

los ojos del mar.

Senning ko‘zlaring mening ko‘zlarim, yerning ko‘zlari, denizning ko‘zlari.

 

Bu yerda ko‘zlar faqat insonning bir xususiyati sifatida emas, balki yer va dengizning ko‘zlarini o‘z ichiga olib, ko‘rishning butun olam bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

 

En tus ojos me ahogo 

y me sumerjo en el abismo 

de tu mirada

 

 

Senning ko‘zlaringda men cho‘kaman

va qarashlaringning o‘rmoniga botaman . (P.Neruda, 1972).

 

Bu misolda ko‘zlar, sevgi va xohishning ramzi sifatida ishlatiladi, ikki inson o‘rtasidagi chuqur emosional bog‘lanishni ifodalaydi.

 

Tus ojos, dos agujeros de angustia, 

nos miran desde el abismo

Senning ko‘zlaring, ikki azob teshigi,

Chuqurlikdan dan bizni kuzatadi. (P.Nerudo, 1970).

 

Alisher Navoiy o‘z g‘azallarida, Abdulla Oripov lirik she’rlarida, shuningdek Erkin Vohidov, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon, Zulfiya kabi o’zbek adabiyotining muhim namoyondalari  she’rlarida “Ko‘z” so‘zini turli ma'nolarda qo‘llab, o‘z asarlarida inson tuyg‘ularining keng spektrini tasvirlay olishgan. “Ko‘z” qo‘llanilgan Navoiy ijodidan bir nechta misol keltiriladigan bo‘lsa: Ishqning kuchini ifodalashda –

Ko‘zung ko‘zumga tushdi, yuragim kuyub ketdi,
            Ko‘z o‘ti yurak o‘rtar, bul ishni bila ol.

Ko‘zlar ma’rifat ramzi sifatida –

Ko‘z, ko‘rmak istasang, qaroqa bo‘l o‘z ko‘zing,
            Kim oyna ichra oy aksini ul keltirar.

Sevgilining ko‘zlari – go‘zallikning eng oliy ifodasi:

Ko‘zungni bag‘lamas ul mehri oftob aro,
            Chun oftob aro mah g‘arq o‘ldi gulshan aro.

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida “Kumushning ko‘zlarida yosh yaltirar edi” degan ibora Kumush obrazining ichki dunyosini va uning hissiy holatini tasvirlashda muhim rol o‘ynaydi. (N.Jabborov, 2019). Bu ibora Kumushning hissiyotining chuqurligini va uning ichki kechinmalarining murakkabligini ko‘rsatadi.

“Ko‘z” leksemasining  o‘zbek adabiyotida oddiy a’zo nomidan tashqari ko‘plab majoziy ma’nolarda ishlatilishiga quyidagi misollarni ham keltirish mumkin: Zulfiya qalamiga mansub “Ko‘zlaring yulduzday porlar, tunlarni yoritar nurlaring.” (Munojaat Akbarova, Sh.batirova, 2021)  misralarida shoira  shaxsning ko‘zlari, ya’ni uning qarashlari yoki nigohlari juda jozibali va yorqin ekanligini, yulduzday porlash esa, shaxsning jozibasi yoki ichki nurini tasvirlagan. Bu misrada, ko‘zlar nafaqat tashqi go‘zallikni, balki ichki nurni ham aks ettiradi. Shuningdek, “tunlarni yoritar” degan ibora, ko‘zlarning yorqinligi va jozibadorligi tufayli, qorong‘ulik yoki qiyinchiliklarni yengib, atrofni yorqinlashtiradigan kuchga ega ekanligini ko‘rsatadi.  

),Ispan va o‘zbek badiiy adabiyotlaridagi ko‘z tasvirlarini o‘rganish, til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu so‘zning kontekstdagi turli ifodalari, shuningdek, o‘quvchilarga metaforalar va madaniy iboralarni baholash imkonini beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi, “Ko‘z” so‘zining ikki tildagi badiiy adabiyotlarda qanday qo‘llanilishini, ularning semantik va estetik ahamiyatini ochib berishdir. Bu, adabiyot va tilni bir butun sifatida o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarga o‘zaro madaniy aloqalar va tilshunoslikni chuqurroq anglash imkonini yaratadi.

Библиографические ссылки

Agudo Rojo, P. (2022). La competencia literaria a través de la literatura juvenil. Trabajo de Fin de Máster del Máster en Profesor de Educación Secundaria Obligatoria y Bachillerato, Formación Profesional y Enseñanza de Idiomas, curso 2021-2022. https://usal.es

Burke, P. (2024). Hablar y callar: funciones sociales del lenguaje a través de la historia. https://cunoc.edu.gt

Federiko Garsiya Lorka. (2007). Romansero Hitano. Moskva: Izdatelstvo Raduga.

Jabborov, N. (2019). O’tkan kunlarda milliy ruhiyat talqini. Tashkent: Sharq.

Luis de Góngora. (2010). Fábula de Polifemo y Galatea. Madrid: Ediciones Cátedra.

Munojaat Akbarova, Sh. Batirova. (2021). Zulfiya she’riyatida badiiy olam talqini. Scientific progress, 1(5), 129-134.

P.Nerudo. (1972). Cien sonetos de amor. Losado.

P.Nerudo. (1970). Odas elementales. Chile.

Rey, M. B. (2022). Parámetros no manuales de la lengua de signos española (LSE) vs. componentes no verbales de la lengua oral (LO). Un estudio comparativo. Estudios de lingüística hispánica: Teorías, datos, contextos y aplicaciones. https://researchgate.net

Zambrano, M. A. R., Fonseca, V. T. G., Pucha, J. P. G., & Pérez, N. J. P. (2024). Método de lectura comprensiva en la Educación Superior. Editorial Internacional Alema. editorialalema.org

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Севинж Шабанова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Базовый докторант

Как цитировать

Шабанова , С. (2025). Использование слова «глаз» в испанской и узбекской художественной литературе: лингвистико-семантический и художественно-эстетический анализ. Лингвоспектр, 2(1), 243–249. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/416

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.