Содержание, структурные компоненты и научно-теоретические основы понятия “Soft skills” в обучении иностранным языкам

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Содержание, структурные компоненты и научно-теоретические основы понятия “Soft skills” в обучении иностранным языкам

Аннотация

Сегодня, как и во всех областях, в сфере образования происходят важные изменения. В частности, инновационный подход к процессу обучения приобретает важное значение для достижения намеченного результата. В данной статье рассмотрены содержание, структурные компоненты и научно-теоретические основы понятия “мягкие навыки” в обучении иностранным языкам.

Ключевые слова:

современные образовательные технологии педагогическая компетентность педагогическое мастерство иностранный язык “мягкие навыки” компонент.

Axborot inqilobi bilan belgilanuvchi yangi iqtisodiy tartib natijasi o‘laroq mutaxassislar tomonidan egallanishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Insonning kasb sohasidan ajralib turadigan, sohalararo qo‘llanilish xususiyatiga ega ko‘nikmalar umumiy kompetensiyalar/ko‘nikmalar (generic competences/skills, ijtimoiy kompetensiyalar/ko‘nikmalar (social competences/skills, akademik bo‘lmagan ko‘nikmalar (non-academic skills), nokognitiv ko‘nikmalar (non-cognitive skills), asosiy kompetensiyalar/ko‘nikmalar (core competences/skills, hayotiy ko‘nikmalar (life skills), kalit kompetensiyalar/ko‘nikmalar (key competences\skill, transversal kompetensiyalar/ko‘nikmalar (transversal competencies/skills, o‘tkazuvchan ko‘nikmalar (transferable skills, XXI asr ko‘nikmalari (XXI century skills), insoniy ko‘nikmalar (people skills), ish ko‘nikmalari (employability skill), yumshoq/egiluvchan ko‘nikmalar (soft skills), rus tilidagi ilmiy manbalarda esa yumshoq ko‘nikmalar (мягкие навыки), egiluvchan ko‘nikmalar (гибкие навыки), yuqori kasbiy ko‘nikmlar (надпрофессиональные навыки), kalit kompetensiyalar (ключевые компетенции), universal ko‘nikmalar (универсальные навыки) atamalari ostida xorijiy ilmiy tadqiqotlarning obyekti sifatida XX asrning 90-yillaridan buyon keng tadqiq etib kelinmoqda. Ko‘nikmalarning nomlanishidagi bunday xilma xillik mazkur ko‘nikmalarning tabiatiga tegishli xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, olimlarning bu boradagi yondashuvlarini o‘zida aks ettiradi. Shunga qaramasdan so‘nggi yillarda o‘z alternativlari orasida “soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar) atamasi nisbatan keng tarqalib, bu turdagi ko‘nikmalarni ifodalovchi asosiy termin sifatida yuzaga chiqdi va ma’no jihatidan qarama-qarshi bo‘lgan “hard skills” (kasbiy ko‘nikmalar)ni samarali namoyon qilishga ximat qiluvchi, shaxs faoliyatining barcha sohalari uchun birdek zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarni ifodalash uchun qo‘llanila boshladi. Bugunga kelib, hatto rus tilidagi manbalarda ham atamaning soft skills tarzida qo‘llanilishini kuzatish mumkin. Shu nuqtai nazardan biz ham o‘z ilmiy ishimizda yuqorida sanab o‘tilgan muqobillaridan “soft skills” atamasidan foydalanishni joiz deb topdik.

Tarixan atamaning paydo bo‘lishi AQSh harbiy kuchlarining 1970-yillardagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, dastlab harbiy askarlarning texnik-harbiy qurollardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘nikmalariga nisbatan harbiy hujjatlardagina qo‘llanilgan. O‘tgan asrning so‘ngiga kelib esa rasmiy ravishda dastlab amerikalik va germaniyalik boshqaruv sohasidagi mutaxassislarning ishlarida, keyinchalik biznes va ta’lim sohasidagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topa boshladi. Mazkur sohada izlanishlar olib borgan olim E. Silva XXI asr ko‘nikmalari yangi ko‘nikmalar emas, biroq XXI asr — kompyuter texnologiyalari keskin rivojlangan bir davrda ular yangicha muhimlik kasb etadi, deya mazkur ko‘nikmalarning zamonaviy dunyoda egallagan o‘ziga xos ahamiyati haqida fikr bildiradi[1]. Mazkur ko‘nikmalarga nisbatan soft (ingliz tilida “yumshoq”, “egiluvchan”) tushunchasining qo‘llanilishi uning turli mutaxassislik sohalarida qo‘llanila olish ya’ni foydalanish sohasi qat’iy chegaralanmaganlik, moslashuvchanlik xususiyati bilan izohlanadi. 

Bugunga kelib, XXI asr mutaxassisi uchun muhim deya e’tirof qilinayotgan ko‘nikmalarni nomlash bilan birga unga yagona ta’rifni berish masalasida ham jahon ilm-fanida yaxlit xulosaga kelinmaganligini olimlar va turli xalqaro tashkilotlar tomonidan atamaga turli-tuman ta’rif va izohlar berilishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning mavzusi va mazmunida umumiy jihatlar ko‘zga tashlansada, atamaning universal umum qabul qilingan ta’rifi hanuzgacha mavjud emas. Bu o‘rinda, mahalliy manbalarda ham “soft skills” tushunchasi va uning ta’rifi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar ko‘zga tashlanmasligini ta’kidlab o‘tish zarur. Xalqaro UNICEF tashkiloti tushunchaning standart ta’rifga ega emasligining asosiy sababi sifatida uning turli-tuman bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oluvchi moslashuvchan, egiluvchan xususiyatini keltiradi[2] (1.1-jadvalga qarang).

1.1-jadval

“Sof skills” atamasiga xorij va MDH davlatlari olimlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan ta’rif va izohlar

Muallif va tashkilotlar

Berilgan ta’rif va izohlar

Kollins ingliz tili lug‘ati

Olingan bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan muayyan ish shakllari uchun istalgan fazilatlar bo‘lib, aql-idrok, odamlar bilan muomala qilish qobiliyati va ijobiy egiluvchan munosabat[3,102]

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Insonlarni kundalik hayotning muammo va talablarini hal etishga imkon beruvchi moslashuvchan va ijobiy xulq-atvor qobiliyati[4, 142]

Jahon banki

Kundalik hayotning talablarini samarali qondirishga imkon beruvchi ijtimoiy va xulq-atvor ko‘nikmalarining jamlanmasi [5, 145]

UNICEF

Kontekstual va universal qo‘llaniluvchi bilim, qadriyat, munosabat va ko‘nikmalarning bir-biriga o‘zaro bog‘langan va kesishgan holda qo‘llanilishi[6, 140]

P. Moss va S. Tilly

Rasmiy va texnik bilimidan farqli bo‘lgan insonning shaxsiyatiga, munosabatiga, xulq-atvoriga tegishli bo‘lgan ko‘nikma, qobiliyat va xislatlar[7, 130]

J. Xekman va
T. Kautz

Mehnat bozorida, ta’lim tizimida va boshqa ko‘plab sohalarda qadrlanadigan shaxsiy xususiyatlar, maqsadlar, rag‘bat va imtiyozlar bo‘lib, ular mulohazalar, tushunchalar, xususiyatlar va amaliyot aralashmasidir[8, 37;452]

E. Listiani

Akademik bo‘lmagan kompetensiyalar, karyerada va jamiyat hayotida muvaffaqiyatga erishishda shaxsning kapitali[10, 48]

AQSh mehnat vazirligi

Shaxsning ijtimoiy ko‘nikma va xarakter kabi tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi xatti-harakatlar yig‘indisi

C. Grisi

Shaxsning rolidan ajralib turadigan, kasbning qat’iy talablaridan chetga chiqadigan yo‘nalishda ishlaydigan ko‘nikmalar[11, 27]

YUNESKO

Insonning boshqalar bilan munosib tarzda o‘zaro munosabatga kirishishiga, o‘zini hissiy jihatdan boshqarishiga, faol, xavfsiz, samarali hayot uchun qaror
va tanlovlar qabul qilishiga imkon beruvchi shaxsiy, shaxslararo, kognitiv va psixosotsial ko‘nikmalar[12, 139]

D.Tataurshikova

Ish samaradorligini va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beradigan qo‘shma ko‘nikmalar va shaxsiy fazilatlar[13, 184]

V. Shipilov

Ko‘plab hayotiy vaziyatlarda qo‘l keluvchi ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar[14, 191]

O.L. Chulanova

Ishning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan shaxsning turli sohadagi bilim, malaka, ko‘nikma va motivatsion xususiyatlar jamlanmasining ijtimoiy-mehnat  xususiyatlari[15, 79;9]

V. Davidova

 

Shaxsning o‘z kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish uchun foydalanuvchi qo‘shimcha ta’lim va hayotiy tajribasi davomida egallagan ko‘nikmalari[16, 77]

 

Yuqorida berilgan ta’riflarning barchasida mualliflarning “soft skills”ni tashkil etuvchi ko‘nikmalarning qo‘llanilish sohasi, bajaruvchi vazifalari, tabiatiga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lish birliklariga oid yondashuvlari aks etadi. Shu nuqtai nazardan, ta’riflarning har birini mazkur jihatlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilindi va “soft skills”ning mazmun mohiyati va unga xos umumiy xususiyatlari aniqlab olindi (1.2-jadvalga qarang):

 

 

1.2-jadval

 “Soft skills”ning umumiy xususiyatlari

Qayerda qo‘llaniladi

Qanday vazifalarni bajaradi

Qanday hususiyatga ega

Nimada namoyon bo‘ladi

· Universal

· Hayotiy vaziyatlarda

· Mehnat bozorida

· Ta’lim tizimida

· Shaxsiy hayotda.

· Ishning muvaffaqiyatli/ samarali bajarilishi;

· Kundalik hayotning muammo va talablarining hal etilishi/qondirilishi;

· Boshqalar bilan munosib tarzda o‘zaro munosabatga kirishish;

· Odamlar bilan muomala qilish;

· O‘zini hissiy jihatdan boshqarishi;

· Kasbiy faoliyatni yanada rivojlantirish.

· Kontekstual

· Akademik bo‘lmagan

· Ijtimoiy

· Psixologik

· O‘zaro bog‘langan

· Moslashuvchan

· Egiluvchan

· Xulq-atvorga xos

· Shaxsiy

 

· Ko‘nikmalar

· Xususiyatlar

· Fazilatlar

· Qobiliyat

· Xislatlar

· Munosabat

· Amaliyot

· Xatti-harakatlar.

 

Yuqorida keltirilgan ta’riflarni tahlil qilgan holda “soft skills” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishni joiz topdik: “soft skills” shaxsning kasb sohasidan qat’i nazar uning rivojlanishi, ijtimoiy faolligi, shaxsiy hayot va professional muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan ichki va shaxslararo ko‘nikmalardir, ya’ni kasbiy ko‘nikmalarning qo‘llanilish doirasi faqat ma’lum faoliyat sohasi bilan cheklansa, “soft skills” shaxsning kundalik turmush tarzidan tortib hayot faoliyatining barcha sohalarida muhim o‘rin tutadi.

“Soft skills” tushunchasining yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan va uni tavsiflovchi bir qator konseptual nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning asosiylarini J. Dyuining “Progressiv ta’lim nazariyasi”, Minserning “Inson kapitali nazariyasi”, D. Goulmenning “Hissiy idrok nazariyasi”, Ahmed, Karpets, Buktif va Kempbellning “Shaxsiy xususiyatlarga asoslangan ish samaradorligi nazariyasi” tashkil etadi.

Xulosa. XIX asr oxirida amerikalik olim J. Dyuining ta’lim va tarbiyaga oid falsafiy qarashlari natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Mazkur qarashlar pragmatik va demokratik yondashuvga asoslangan bo‘lib, o‘z davrida qat’iy tanqidlarga uchraydi. Biroq XX asrning oxiriga kelib mazkur nazariya o‘ziga xos tarzda ahamiyat kasb etib, olimlarning ta’lim siyosatini olib borish bilan bog‘liq qarashlarida keng aks eta boshladi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, ta’limda o‘quvchini aniq sharoitlarga tayyorlash mumkin emas. Uni kelajak hayotga tayyorlashda unga o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun tayyor bo‘lishni o‘rgatish, qanday sharoitlarda ishlashi kerakligini tushunishga qodir bo‘lish, o‘z vazifalarini ijro etishda tejamkor va samarali harakat qilishga o‘rgatishgina muvaffaqiyatli natijalarga erishishni kafolatlaydi. Ya’ni bunga ko‘ra ta’lim ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘quvchi-talabalarga o‘z ta’limini o‘zlari qurishiga imkoniyat berish zarur. Mazkur nazariya, shuningdek, “ta’limni real hayotga va uning talablariga moslash”, “bajarish orqali o‘rganishni rag‘batlantirish”, “ta’lim muvaffaqiyatini o‘quvchilarda yangicha munosabat, yangi qiziqish va tajribalarni rivojlantirish bilan belgilash”, “ta’limda o‘quvchining o‘ziga xos qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish” kabi g‘oyalarni o‘zida aks ettiradi. Nazariyaning o‘tgan asr oxiriga kelib yangicha talqin etilishi bilan ta’limni ijtimoiy shart-sharoit va talablarga moslash, o‘quvchi-talabalarda o‘z bilim olish yo‘llarini mustaqil tadqiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid qarashlar ta’limda ustuvor yo‘nalishlarni belgilashda muhim o‘rin tuta boshladi. Bu, o‘z navbatida, talabalarda o‘z bilim va malakalarini samarali tarzda amalda qo‘llash, o‘z-o‘zini boshqarish, ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish, mulohaza va fikr yuritishning turli shakllarini qamrab oluvchi xususiyat va fazilatlarni rivojlantirish masalasini yuzaga keltirdi.

Библиографические ссылки

Silva, E. (2009). Measuring skills for 21st century learning. Phi Delta Kappan, 90(9), 630-634. doi:10.1177/003172170909000905. P 631.

UNICEF; Global Evaluation of Life Skills Education Programs- pdf (2012)

Collins English Dictionary. “Definition of Soft Skills’.” Soft Skills Definition and Meaning,HarperCollins Publishers, 1979, www.collinsdictionary.com/us/dictionary/english/softskills.

WHO. (1999) Partners in Life Skills Education. http://www.who.int/mental_health/media/en/30.pdf

World Bank (2013) – Adolescent Girls Initiative (Learning from practice series - June 2013)

http://www.worldbank.org/content/dam/Worldbank/document/Gender/1323447_AGI_LearningFromPracticeSeries.pdf

UNICEF; Global Evaluation of Life Skills Education Programs- pdf (2012)

Moss, P. I., & Tilly, C. (2001). Stories employers tell: Race, skill, and hiring in America. New York: Russell Sage Foundation.

J. Heckman and Tim Kautz, “Hard Evidence on Soft Skills,” Labour Economics 19, nº 4 (2013): 452.

Lystiani, Endang.(2011).Pengembangan Softskill Mahasiswa Calon Guru Melalui Perkuliahan di Jurusan Pendidikan Matematika. Prosiding Seminar Nasional Penelitian, Pendidikan dan Penerapan MIPA, Fakultas MIPA, Universitas Negeri Yogyakarta, 14 Mei 2011.

Grisi, C. (2014). Soft Skills: a close link between enterprises and ethics. Speech at “Soft Skills and their role in employability – New perspectives in teaching, assessment and certification”, workshop in Bertinoro, FC, Italy. November 2014.

UNESCO and the Indian National Commission for Co-operation with UNESCO (2001) Life Skills in Non-formal Education.

ТатаурщиковаД. Soft skills. URL: https://4brain.ru/blog/soft-skills/

Шипилов В. Перечень навыков soft skills и способы их развития. URL: https://www.cfin.ru/management/people/dev_val/soft-skills.shtml

Ивонина А.И., Чуланова О.Л. Современные направления теоретических и методических разработок в области управления: роль soft skills и hard skills в профессиональном и карьерном развитии сотрудников [Электронный ресурс] // Интернет-журнал «Науковедение». – 2017. – Т. 9. – № 1.

Давидова, В. Cлушать, говорить и договариваться: что такое softskills и как их развивать. [Электронный ресурс]. Режим доступа: http://theoryandpractice.ru/posts/11719-soft-skills

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нилуфар Каримова,
Узбекский государственный университет мировых языков

доцент (PhD)

Как цитировать

Каримова, Н. (2025). Содержание, структурные компоненты и научно-теоретические основы понятия “Soft skills” в обучении иностранным языкам. Лингвоспектр, 2(1), 336–340. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/431

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.