The representation of lexical units in the translation of french media texts into Uzbek

Authors

  • Alisher Navoiy Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
Передача лексических единиц при переводе французских медиатекстов на

Abstract

This article analyzes the main challenges encountered in translating French media texts into Uzbek and examines how lexical units should be accurately conveyed. Media texts serve as a primary source of information disseminated to a broad audience through mass media, and their translation requires consideration not only of linguistic elements but also of the social and cultural contexts of the text.  The article thoroughly explores the concept of interlingual equivalence and its significance in media text translation. Notably, Uzbek and French belong to different language families, and their lexical, grammatical, and syntactic differences pose additional difficulties for translators. The challenge is particularly evident in the translation of phraseological units, idioms, and culturally embedded words, where finding an appropriate equivalent is of crucial importance. Therefore, a translator must not only be a linguist but also act as a cultural mediator.  Moreover, the article highlights the role of media text translation in the global communication and information exchange process. In the present era of information, the accuracy and clarity of translated texts directly impact the effectiveness of messages conveyed through mass media. From this perspective, translators should focus not only on finding precise equivalents but also on preserving the stylistic and functional aspects of the text.  This article provides both theoretical and practical foundations for academic research and translation practice, offering valuable recommendations for translators. It emphasizes that overcoming challenges in media text translation and ensuring high-quality translation require a scientific approach, an understanding of cultural context, and linguistic expertise.

Keywords:

media text translation equivalence lexical units semantics syntax cultural context communication information media platform social networks advertising information dissemination mass media press.

Zamonaviy globalizatsiya davrida tillararo tarjima – bu jahon miqyosidagi axborot almashuv va kommunikatsiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. “Tarjima – bu faqat so‘zlar o‘rtasidagi almashtirish emas, balki ma’nolar, ruh va mazmunlarning bir madaniyatdan ikkinchisiga o‘tishi” (Mirziyoyev, 2022). Ayniqsa, media matnlari tarjimasi – bu tezkor axborot berish va auditoriya e’tiborini jalb qilishga qaratilgan maxsus janrdir. Media matnlari tarjimasi jarayonida ekvivalentlik tamoyili – ya’ni bir tilning birliklarini boshqa tilning birliklari bilan almashtirish – eng muhim omillardan biridir.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Bu munosabatlarning rivojlanishi esa tillararo tarjimaga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Media matnlari tarjimasi – bu faqatgina so‘zlar almashtirish emas, balki ikki turli madaniyat va mentalitet o‘rtasidagi muloqotdir. Shuning uchun o‘zbek va fransuz tillaridagi media matnlari tarjima sida ekvivalentlikning xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masala sifatida qaraladi.

Tilshunoslikda ekvivalentlik tushunchasi tarjimaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Ekvivalentlik tarjima qilinayotgan matnning asl matnga ma’no jihatidan to‘liq mos kelishini anglatadi. Biroq, tillarning o‘ziga xos xususiyatlari, madaniyat va turmush tarzidagi farqlar tufayli tarjimada to‘liq ekvivalentlikka erishish doimo ham mumkin bo‘lavermaydi.

Media matnlari – bu gazeta va jurnallar, radio va televideniya, internet va boshqa ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan xabarlar, maqolalar, intervyular va boshqa turdagi materiallardir. Media matnlari auditoriyaga tez va oson yetib borishi, ta’sirchan va tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun media matnlarida tilning ekspressiv vazifasi, ya’ni ta’sir etish, ishontirish, his-tuyg‘ularni uyg‘otish kabi vazifalari muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbek va fransuz tillari turli til oilalariga mansub bo‘lganligi tufayli ularning grammatik va leksik strukturasida jiddiy farqlar mavjud. Bu farqlar tarjima jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi (Shamaqsudova, 2018).

G.X. Bakieva hamda D.M. Teshabayeva «Mediamakonda matn» nomli
monografiyasida bugungi kunda “OAV tili” tushunchasining uch xil ma’noda
qo‘llanilayotganini aytib o‘tishadi, ya’ni 1) OAV yaratgan va tarqatgan barcha
turdagi matnlar majmui; 2) barqaror tilning ichki sistemasi; 3) OAVning
har biriga mos verbal va audiovizual qismlarning mutanosibligidan  iborat alohida qorishma belgilar sistemasi. Darhaqiqat, OAV tili jumladan, «matbuot tili namunaviy til bo‘lib qolishi” u o‘zida ham standart, ham ta’sirchan vositalarni jamlamog‘i darkor (Abdusaidov, 2005).

Gazeta matnning uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash va tavsiflashda ma’lum bir matnning umumiy uslub qonuniyatlarini bilish alohida ahamiyat kasb etadi.
D.M. Teshabaeva “Publitsistika jamiyatning siyosiy-mafkuraviy sohasiga xizmat qiladi. Dastavval ushbu uslubning asosiy funksiyasi sifatida tilning ta’sir etish xususiyati e’tirof qilinardi. Lekin bugungi kunda axborotning ijtimoiy hayotdagi o‘rni naqadar muhim ahamiyat kasb etayotganiga guvoh bo‘layotirmiz”, deb ta’kidlaydi (Teshaboyeva, 2012).

Bа’zi tilshunoslаr mаtngа аsosаn yozmа hujjаt tegishli ekаnligini tа’kidlаshаdi. Mаsаlаn, mаshhur tilshunos I.Gаlperin mаtngа quyidаgichа tа’rif berаdi: “Mаtn – bu yozmа hujjаt ko‘rinishdаgi tugаllаngаn, xolislikkа egа og‘zаki ijodiy jаrаyondаgi аsаr; sаrlаvhа vа bir qаtor til birliklаridаn tаrkib topgаn, mа’lum mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn vа prаgmаtik ko‘rsаtmаgа egа, turli leksik, grаmmаtik, uslubiy аloqаlаrning turlаri bilаn birlаshtirilgаn аsаr” (Galperin, 1981)

 Frаnsuz tilidа mаtn tаrjimаsi bo‘yichа bir qаtor olimlаr muhim ilmiy ishlаr olib borishgаn. Mаsаlаn, Jаn-Pol Vine vа Jаn Dаrbelne o‘zlаrining аsаridа tаrjimа jаrаyonidаgi trаnsformаtsiyalаr vа muаmmolаrni tаhlil qilishgаn. Ulаr tаrjimа strаtegiyalаri vа usullаrini o‘rgаnib, turli tillаr o‘rtаsidаgi semаntik vа sintаksik o‘zgаrishlаrni tаsniflаshgаn (Jan-Pol Vine i Darbelnet, 1958). Shuningdek, Аntuаn Bermаn hаm tаrjimа nаzаriyasigа kаttа hissа qo‘shgаn. Uning  аsаridа tаrjimа jаrаyonidаgi muаmmolаr vа chegаrаlаr hаqidа fikr yuritilgаn. A.Bermаn tаrjimаdаgi mа’no yo‘qotish vа o‘zgаrishlаrni tаhlil qilib, ulаrni minimаllаshtirish yo‘llаrini tаklif qilgаn (Antuan Berman, 2018). Bu olimlаrning ishlаri tаrjimа nаzаriyasi vа аmаliyotidа muhim аhаmiyatgа egа bo‘lib, ulаrning аsаrlаri tаrjimа sohаsidаgi tаdqiqotlаr uchun аsosiy mаnbаlаrdаn hisoblаnаdi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi media matnlarini tadqiq etishda ularning semantik, sintaksis, leksik va stilistik xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Fransuz va o‘zbek tarjima nazariyalari orasidagi asosiy farq shundaki, fransuz tarjimashunoslari matn shaklini saqlashga e’tibor bersa, o‘zbek tarjimashunoslari matn mazmunini tushunarli yetkazishga urg‘u beradilar.

Media matnlarni tarjima qilish jarayonidagi qiyinchiliklar, turli omillar tufayli yanada murakkablashishi mumkin. Bu qiyinchiliklar tarjimonning mahorati va kreativligini sinovdan o‘tkazadi. Quyidagi batafsil tahlil, media matnlarni tarjima qilishda duch kelinadigan asosiy qiyinchiliklarni chuqurroq yoritadi:

Fransuz tilidagi media matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida leksik birliklarni qanday qilib to‘g‘ri va samarali berish juda muhimdir. Bu jarayon bir nechta muhim qadamlarni o‘z ichiga oladi va tarjimonning til bilimlari, madaniy tushunchalari hamda ijodiy yondashuvini talab qiladi.

Fransuz tilidagi so‘zlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda, tarjimon so‘zning ma’nosini, kontekstini va uslubini to‘liq  tushunishi kerak. Masalan, fransuz tilidagi “soutien” so‘zi turli kontekstlarda “yordam”, “qo‘llab-quvvatlash” kabi ma’nolarni anglatishi mumkin. Shuning uchun, tarjimon matnning mazmunini to‘g‘ri tushunib, eng mos leksik birlikni tanlashi zarur.

Mazkur matn Fransiyaning “L’Express” nashridan olingan. Ushbu sayt lexpress.fr axborot agentligi bo‘lib, u xalqaro siyosat, iqtisodiyot va dolzarb voqealar haqida maqolalar chop etadi. Matnning aniq manbasi: Sayt nomi: L’Express. Havola: lexpress.fr/monde/emmanuel-macron (suratda qisman ko‘rinib turibdi). Maqola muallifi: Ambre Xerri (Ambre Xerri avec AFP). Chop etilgan sana: 2-noyabr, 2023

Matnning o‘zbek tiliga tarjimasi va leksik tahlilini qilib chiqamiz:

 

Fransuzcha matn:

O‘zbekcha matn:

"Emmanuel Macron : en Ouzbékistan, la valse des contrats continue."

"C’est dans l’actu. Après une escale au Kazakhstan, le chef de l’Etat français était attendu en Ouzbékistan, qui tente depuis plusieurs années de revenir sur le devant de la scène internationale."

Sayt: https://www.lexpress.fr/monde/emmanuel-macron-en-ouzbekistan-la-valse-des-contrats-continue-GGXBGCOPGJHWPFC3UZQI64TNSU/

"Emmanuel Makron: O‘zbekistonda shartnomalar valsi davom etmoqda."

 

"Bu dolzarb yangilik. Qozog‘istondagi qisqa to‘xtashdan so‘ng, Fransiya davlat rahbari O‘zbekistonda kutib olindi. O‘zbekiston esa so‘nggi yillarda xalqaro sahnaga qaytishga harakat qilmoqda."

Sayt:

https://www.facebook.com/share/p/1FJLRweKi5/?mibextid=oFDknk

Yuqoridagi ma’lumotni leksik tahlil qilamiz. La valse des contrats continueShartnomalar valsi davom etmoqda. Valse fransuz tilida “vals” (raqs turi) degan ma’noni anglatadi. Bu ibora metafora bo‘lib, shartnomalar tez-tez imzolanayotganini bildiradi. Des contrats - shartnomalar, ya’ni iqtisodiy yoki diplomatik kelishuvlar nazarda tutilgan. Continue - davom etmoqda, ya’ni bu jarayon tugamagan. C’est dans l’actu.Bu dolzarb yangilik.

Actu – “actualité” (dolzarb yangilik, xabarlar) so‘zining qisqartmasi. C’est (bu) shunchaki e’tiborni tortish uchun ishlatilgan. Après une escale au KazakhstanQozog‘istondagi qisqa to‘xtashdan so‘ng. Escale“qisqa to‘xtash, tranzit” ma’nosini anglatadi, bu odatda aviaqatnovga nisbatan ishlatiladi. Après – “so‘ng”, vaqt bog‘lovchisi sifatida ishlatilgan. Le chef de l’Etat françaisFransiya davlat rahbari. Chef de l’Etat - davlat rahbari degan rasmiy ibora. Bu joyda Président (prezident) so‘zi ishlatilmagan, lekin ma’no o‘sha. Était attendu en OuzbékistanO‘zbekistonda kutib olindi.Attendu - kutildi, qarshi olindi degan ma’noni anglatadi.

Majhullik nisbat shaklda était attendu kelgani uchun bu aniq shaxs tomonidan amalga oshirilgan ish emas, balki umumiy kutish holati.

Qui tente depuis plusieurs annéesO‘zbekiston esa so‘nggi yillarda harakat qilmoqda.Tente - harakat qilmoqda, urinyapti. Depuis plusieurs années - bir necha yil davomida, ya’ni uzoq vaqt jarayon davom etgan. De revenir sur le devant de la scène internationale Xalqaro sahnaga qaytishga harakat qilmoqda. Revenir“qaytmoq”, ya’ni oldin bo‘lgan joyga ya  na kelish. Le devant de la scène internationale - xalqaro sahnaning old qatoriga, ya’ni O‘zbekiston global maydondagi faol o‘rnini qayta tiklashga intilmoqda.

Xulosa qilsak, mazkur maqola Emmanuel Makronning Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga rasmiy tashrifi haqida yozilgan bo‘lib, uning siyosiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Bu matnda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi, bu tashrif doirasida shartnomalar imzolangani va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligini oshirishga intilishi haqida gap ketmoqda. Metaforalar shartnomalar valsi ham ishlatilgan bo‘lib, bu diplomatik va iqtisodiy jarayonlarning dinamikligini ifodalaydi.

References

Mirziyoyev, Sh. (2022). Tillararo tushunish – millatlararo do‘stlik va hamkorlikning asosi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. Retrieved from www.president.uz

Abdusaidov, A. (2005). Gazeta janrlarining til xususiyatlari (Doctoral dissertation). Samarkand, Uzbekistan.

Berman, A. (2018, July). The age of translation. France.

Galperin, I. R. (1981). Tekst kak ob’yekt lingvisticheskogo issledovaniya. Nauka.

Teshabayeva, D. M. (2012). Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi (O‘zbekiston Respublikasi OAV misolida) (Doctoral dissertation). Tashkent, Uzbekistan.

Vinay, J.-P., & Darbelnet, J. (1958). Stylistic comparison of French and English. Canada.

L'express. (n.d.). Emmanuel Macron en Ouzbékistan: La valse des contrats continue. L'Express. Retrieved from https://www.lexpress.fr/monde/emmanuel-macron-en-ouzbekistan-la-valse-des-contrats-continue-GGXBGCOPGJHWPFC3UZQI64TNSU/

Facebook. (n.d.). Retrieved from https://www.facebook.com/share/p/1FJLRweKi5/?mibextid=oFDknk

Til texnologiyasi nomli qo‘llanma mashina tarjimasi texnologiyalari va kompyuter lingvistikasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar. Retrieved from https://tsuull.uz/sites/default/files/til_texnologiyasi.pdf

Korpus lingvistikasi nomli qo‘llanma tarjima jarayonida korpuslardan foydalanish, elektron lug‘atlar va tezauruslar bilan ishlash bo‘yicha ma'lumotlar. Retrieved from https://pureportal.spbu.ru/files/104745919/_._._1_.pdfcom

Media va Axborot Savodxonligi: Talabalar Uchun Qo‘llanma media matnlarini tushunish va tahlil qilish bo‘yicha bilimlarni taqdim etadi. Retrieved from https://www.coursehero.com/file/242249695/Media-majmuadoc.com

Published

Downloads

Author Biography

Nilufar Karimova ,
Alisher Navoiy Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

Senior Lecturer

How to Cite

Karimova , N. (2025). The representation of lexical units in the translation of french media texts into Uzbek . The Lingua Spectrum, 2(1), 563–567. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/468

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.