Обращение к личности по имени и отчеству как конвенция вежливости

Авторы

  • Термезский государственный педагогический институт
Обращение к личности по имени и отчеству как конвенция вежливости

Аннотация

В данной статье исследуется обращение к личности по имени и фамилии как конвенция вежливости. Обращение по имени и фамилии используется, особенно при общении с незнакомыми людьми, лицами, занимающими высокие должности, или с людьми старшего возраста. В статье рассматривается культурное значение этой конвенции, случаи ее применения и то, насколько важно соблюдать ее. В заключение, обращение к личности по имени и фамилии как конвенция вежливости играет важную роль в личных и профессиональных отношениях и вносит свой вклад в создание позитивной атмосферы в обществе.

Ключевые слова:

имя фамилия форма обращения обращение вежливость уважение социолингвистика региональная среда возрастная разница устная речь культура общение собеседник отношение прагматика.

Ma’lumki, yurtimizda sо’nggі yіllаrdа xorijiy tіllаrіnі о’rgаnіshga, fаn vа tа’lіmnі аmаlіyоt bіlаn birgalikda chambarchas olib borish jаrаyоnlаrіnі yanada tаkоmіllаshtіrіsh, ayniqsa, o‘zbek xаlqіnіng mа’nаvіy qаdrіyаtlarіnі іfоdаlоvchі xushmuоmаlаlіk kаtеgоrіyаsіnі о’rgаnіsh o‘sib kеlаyоtgаn yоsh аvlоdnі hаr tоmоnlаmа yetuk inson qіlіb tаrbіyаlаshgа о’z hіssаsіnі qо’shmoqda. Yurtbоshіmіz tа’kіdlаgаnіdеk, «yoshlarnі mіllіy va umumіnsonіy qadrіyatlar ruhіda tarbіyalash bіz uchun hеch qachоn o‘zіnіng dolzarblіgіnі va zarurіylіgіnі yo‘qotmaydіgan masala bo‘lіb qoladі». Shu bоіsdаn hоzіrgі іnglіz vа о’zbеk tіllаrіdа xushmuоmаlаlіk kаtеgоrіyаsіni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor oshmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 2021).

Xushmuomalalik-bu turli darajadagi odamlarning kundalik muloqot jarayonining bevosita tarkibiy qismi hisoblanadi. Lingvistik fanlardan tashqari, u an’anaviy ravishda kelajakdagi menejerlar, diplomatlar, siyosatchilar uchun majburiy o‘rganish fanlar qatoriga kiritilgan va bu ham ushbu tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi. Bundan tashqari, kompyuter va internetsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan zamonaviy dunyoda raqamli etika tushunchalari paydo bo‘ldi va buni biz ijtimoiy tarmoqlarda yaxshi tamoyillardan biri ekanligini anglaymiz. Bu ilm-fan uchun yangi narsa emas, balki har bir inson jamiyatimizda o‘z hayotini quradigan umumiy xulq-atvor qoidalarini davom ettirishni anglatadi.

Ijtimoiylingvistik tadqiqotlarda xushmuomalalik ma’nolarining ikki turi farqlanadi. Biri tom ma’noda xushmuomalalik shakllaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa va boshqa tomondan esa bu vaziyatning muvofiqligi yoki etarliligi sifatida ham belgilanishi mumkin.

Xushmuomalalik inson muloqotining ajralmas bir qismidir. O‘zini munosib tutish istagi insoniyatning ming yillik tarixiga chuqur kirib boradi. U eng qadimgi yozma hujjatlarda qayd etilishicha, insoniyat madaniyati fenomeni sifatida u yozuv paydo bo‘lishidan oldin ham mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Ushbu istak tabiiy ravishda odamlarning birgalikdagi yashash sharoitlaridan kelib chiqqan va hech qanday ijtimoiy shakllanish ijtimoiy xulq-atvor qoidalari va normalarisiz to‘liq shakllanmagan. Ushbu ijtimoiy ehtiyoj A. Shopenhauerning fikriga ko‘ra, xushmuomalalik odob-axloqdir. Xushmuomalalik-bu ma’lum bir guruh odamlar orasida qabul qilingan “o‘yin qoidalari, muayyan vaziyatda biron bir ish qilishni yoki qilmaslikni buyuradigan va tavsiya qiladigan qoidalardir. Ular insoniyat tomonidan qulaylik va birgalikda yashashni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan. Agar odob-axloq qoidalari buzilsa, inson hech qaerda yo‘qolib qolmaydi, balki uning atrofidagi odamlar yo‘qoladi.

Shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda xushmuomalalikning roli o‘sib bormoqda va shunga mos ravishda tilshunoslikda ushbu munosabatlarni xushmuomalalik nutq dizayni muammolari sifatida o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.

Mabodo notanish biror bir kishi bilan gaplashish zarurati paydo bo‘lib qolsa, bu holat bizni birmuncha esankiratib qo‘yadi. Qanchalik harakat qilmaylik,  muloyim, neytral, zamonaviy va biror bir mos so‘zni topish har doim ham oson bo‘lmaydi. “O‘rtoq”-bu sobiq ittifoq davrida qolib ketgan, “fuqaro” deb murojaat qilish ham quloqqa biroz qo‘pol va  xavotirli eshitiladi, rahbar yoki boshliqqa nisbatan “xo‘jayin” deb murojaat qilish ham g‘alizroq eshitiladi, “ayol” (jenshina) yoki “erkak” (mujchina) kabi murojaat shakllari ham bunda bizda rus tilida muammo borligini tan olishimiz kerak.

Xushmuomalalik bilan murojaat shaklini tanlash uchun biz suhbatdoshimizni darhol baho beramiz, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaymiz va unga ma’lum bir qiyofani tanlaymiz. Bu usulda baho berishlik kommunikativ muvaffaqiyatsizlikka va hatto ziddiyatga olib kelishi mumkin. Ushbu tanlov jarayonida ko‘plab omillar hisobga olinadi, ya’ni vaziyatning rasmiyatchilik darajasi, tanishlik darajasi, munosabat ishtirokchilarining jinsi, yoshi va holati hamda suhbatdoshga bo‘lgan munosabat ham. Agar siz muhim tafsilotlarni hisobga olmasangiz, o‘zingizni qo‘pol, xushmuomala yoki tanish odam sifatida ko‘rsatib, nutq odob-axloq qoidalarini buzishingiz ehtimoldan holi emas va bularning barchasi bitta replikada namoyon bo‘ladi. Ilk va tabiiy murojaatlar qarindoshlar bilan ro‘y beradi. Oiladagi munosabat va murojaatlar, ya’ni onam, dadam, bobom kabilar oilada sodir bo‘ladi va bu iboralar rasmiy murojaatlardan farq qilib, erta bolalikdan nutqda qo‘llanadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, notanish insonlarga nisbatan yuqorida keltirilgan murojaatlardan foydalanish qanchalik to‘g‘ri? Maksim Krongauzning ta’kidlashicha, qarindoshlik atamasi bilan notanish odamga murojaat qilish bu qishloq va chekka hududlar madaniyatiga borib taqaladi, ya’nikim “tanishlikni alohida iliqlik bilan yaqinlashtiradi”. Shu bilan birga bu so‘zlar ehtiyotkorlikni ham talab qiladi: ular ba’zida samimiylikni ifodalashi mumkin, ammo ko‘pincha xushmuomalalikning yetishmasligini ko‘rsatadi, ayniqsa notanish qariyalarga nisbatan “bobo” yoki “buvi” kabi so‘zlarni qo‘llaganda. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu kabi so‘zlarni ko‘cha-ko‘yda keksa kishiga nisbatan ishlatilishi o‘zbek millatiga xosdir va o‘z qiymatini saqlab qolgan. 

Shunday qilib, qiyinchiliklar murojaat shakllarining yetishmasligidan emas (aksincha, ular juda ko‘p), balki real vaziyatlarda ularning hech biri ko‘pincha suhbatdoshga mos kelmasligi sababli yuzaga keladi. Muayyan murojaat shaklini tanlash bu atrof-muhit, mintaqa, urf-odatlar va kontekstga ham bog‘liq bo‘ladi.

Kishilik olmoshlarini murojaat shakli sifatida ishlatish odatiy hol emas. Muayyan vaziyatda ma’lum bir so‘zning dolzarbligi suhbatdosh tomonidan baho beriladi va munosabat qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishini muloqot ko‘rsatadi.

Xushmuomalalik konventsiyalari orqali kishilarning ismiga otasining ismini qo‘shib murojaat etish  – bu muloqot paytida hurmat va rasmiylik darajasini oshirish usullaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘pincha quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

Rasmiy muhitda – ishbilarmonlik yoki tadbirkorlik uchrashuvlari, ta’lim muassasalari yoki  davlat idoralarida insonlarga familiyasini qo‘shib murojaat qilish (masalan, “janob”, “xonim”) rasmiy va hurmat belgisi hisoblanadi.

O‘zaro hurmat ifodasi sifatida, masalan katta yoshdagi shaxslarga, rahbarlarga yoki akademik muhitda o‘qituvchilarga murojaat qilayotganda familiyani ishlatish odob va ehtirom ifodasi sanaladi (masalan, “aka”, “opa”).

Distant yoki kam tanish bo‘lgan shaxslarga murojaat qilishda esa bevosita ismi bilan murojaat qilish noqulay bo‘lishi mumkin, shu sababli familiyani qo‘shib aytish muloqotni muloyimroq va diplomatikroq qiladi (masalan, “Asqarov janoblari” kabi).

Rasmiy yozishmalarda ham ishbilarmonlik xatlarida, elektron pochta va hujjatlarda familiyani ishlatish muloqotning jiddiy va e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi (masalan, “Hurmatli Abdullayev janoblari”).

Bu uslub, ayniqsa, o‘zbek, rus, yapon va koreys madaniyatlarida keng tarqalgan bo‘lib, tilshunoslik va sosiolingvistik kompetensiyaning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi (Berdieva, 2023).

  Shu o‘rinda xushmuomalalik konventsiyalari orqali shaxsga murojaat shakllarining bir qancha turlariga to‘xtalamiz. Bular quyidagilar:

  1. Xushmuomalalik konventsiyalari va murojaat shakllari

Xushmuomalalik konventsiyalari ijtimoiy muloqotda insonlar o‘rtasidagi hurmatni ta’minlash va samimiy muhit yaratish maqsadida ishlatiladigan lingvistik va pragmatik qoidalar to‘plami hisoblanadi. Ular har bir jamiyatda turlicha shakllanadi va ma’lum madaniy normalarga asoslanadi. Masalan, shaxsga nisbatan ism va sharif orqali murojaat qilish ham ana shunday konventsiyalardan biri bo‘lib, bu muloqotning rasmiy va hurmat shakli hisoblanadi. U, ayniqsa, rasmiy muhitlarda va katta yoshli yoki yuqori martabali shaxslarga murojaat qilishda keng qo‘llaniladi (Akbarova, 2015).

  1. Ism va sharif orqali murojaat qilishning asosiy maqsadlari

Ism va sharif orqali murojaat qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

  1. a) hurmat ifodasi – Odamning ijtimoiy mavqeini e’tirof etish va unga ehtirom ko‘rsatish.
  2. b) rasmiy muloqot madaniyati – Rasmiy va akademik muhitda odobli va diplomatik uslubni saqlash.
  3. c) muomala normasiga rioya qilish – Jamiyatda qabul qilingan muloqot qoidalariga amal qilish.
  4. d) suhbatdoshingizni maqbul tarzda chaqirish – Yaqindan tanish bo‘lmagan shaxsga murojaat qilishning neytral va hurmatli shakli.
  5. Ism va sharif orqali murojaat qilishning qo‘llanilish holatlari (Russko-nemetskiy i nemetsko-russkiy slovar, 2015).

 

Ism va sharif orqali murojaat qilish turli holatlarda qo‘llaniladi:

 

Holat

Tavsiya etilgan murojaat shakli

Misol

Rasmiy davlat va huquqiy idoralarda

Ism + sharif yoki "Hurmatli" qo‘shimchasi bilan

Hurmatli Alisher Olimovich

Akademik muhitda (ustoz, professorlarga nisbatan)

Ism + sharif yoki ilmiy unvoni bilan

Ozodbek Ibrohimovich, professor Xudoynazarov

Ishbilarmonlik va biznes muhitida

Ism + sharif yoki janob/xonim bilan

Qobil Rustamovich, Jumayev janoblari

Tibbiyot va xizmat ko‘rsatish sohalarida

Ism + sharif yoki kasb unvoni bilan

Umar Sultonovich, doktor Xoliqnazarov

O‘quvchilar va talabalar tomonidan o‘qituvchilarga nisbatan

Ism + sharif yoki "Ustoz" so‘zi bilan

Muhiddin Saidovich, ustoz

 

  1. Ism va sharif orqali murojaat qilishning sosiolingvistik xususiyatlari

Sosiolingvistika nuqtai nazaridan ism va sharif orqali murojaat qilish shaxslar o‘rtasidagi ijtimoiy masofani belgilovchi muhim lingvistik hodisa hisoblanadi. Bu hodisa quyidagi jihatlarga ega:

  1. a) formal va rasmiy muhit: odatda ish joyi, akademik doira, huquqiy idoralar kabi rasmiy muhitda qo‘llaniladi.
  2. b) madaniy omil: Sharq va Markaziy Osiyo xalqlarida (shu jumladan O‘zbekistonda) katta yoshdagilarga ism va sharif bilan murojaat qilish hurmat belgisi sifatida qabul qilingan.
  3. c) muloqot uslubi: ism va sharif bilan murojaat qilish odatda rivojlangan xushmuomalalik strategiyalari bilan birga ishlatiladi (masalan, “Iltimos, Rustam Mahmudovich, shu masalada fikringizni bilmoqchi edim” kabi iboralar).
  4. d) holatga bog‘liq o‘zgarishlar: ba’zi hollarda shaxsiy suhbatlarda yoki norasmiy sharoitda ism va sharif ishlatilmay, faqat ism bilan murojaat qilish mumkin.
  5. Ism va sharif orqali murojaat qilishning pragmatik tamoyillari

Til pragmatikasi nuqtai nazaridan ism va sharif orqali murojaat qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. a) hurmat tamoyili – Nutqni yumshatish va insonlar o‘rtasidagi masofani saqlash.
  2. b) kontekst tamoyili – Shaxsga qachon va qayerda ism va sharif orqali murojaat qilish mos kelishini aniqlash.
  3. c) differensial tamoyil – Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanishga mos ravishda murojaat shaklini tanlash.
  4. d) rasmiylik tamoyili – Muloqotning muhitiga qarab rasmiy yoki norasmiy murojaat shaklidan foydalanish.
  5. Ism va sharif orqali murojaat qilishning boshqa til va madaniyatlardagi o‘rni (Poddubskaya, 2003).

Dunyo tillarida ham ism va sharif orqali murojaat qilish turlicha namoyon bo‘ladi:

 

Til

Murojaat shakli

Misol

rus tili

Ism + Otchestvo

Ivan Vasilyevich

ingliz tili

Mr./Ms. + familiya yoki akademik unvon

Mr. Johnson, Dr. Smith

nemis tili

Herr/Frau + familiya

Herr Müller, Frau Schmidt

yapon tili

Ism + unvon yoki “-san” qo‘shimchasi

Tanaka-san, Yamada-sensei

arab tili

Ism + “Abu” yoki “Ibn” bilan

Abu Karim, Ibn Ahmad

 

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ism va sharif orqali murojaat qilish – bu xushmuomalalik konventsiyalarining muhim qismi hisoblanadi va insonlar o‘rtasidagi muloqot madaniyatining asosiy unsurlaridan biridir U sosiolingvistik, madaniy va pragmatik jihatlar bilan bog‘liq bo‘lib, rasmiy hamda norasmiy muloqotda insonlar o‘rtasidagi hurmat va ijtimoiy tabaqalanishni saqlash uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, bu murojaat shakli ta’lim, ishbilarmonlik, akademik va davlat idoralarida muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari qat’iy ishonch bilan ayta olamizki, xushmuоmаlаlіk konventsiyalari tіl о’rgаnuvchіlаrnіng hаyоtlаrіdа yаxshі mulоqоtnі о’rnаtіsh yо’llаrіnі tushunіshgа yоrdаm bеrаdі.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2021, May 19). O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-5117-son qaror). LexUZ. Retrieved from https://lex.uz/docs/-5426736

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022, January 28). 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida (PF-60-son qaror). LexUZ. Retrieved from https://lex.uz/uz/docs/-5841063

Akbarova, Z. (2015). O‘zbek tilida murojaat shakllari. Toshkent: Akademnashr.

Berdieva, Z. (2023). Peculiarities of Uzbek, German, and Russian anthroponyms. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3, 148–152. Retrieved from https://wos.academiascience.org

Kamariddinovna, M.E. The role of intercultural communication in the training for future specialist of different fields. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych, 2, 169.

Poddubskaya, L. (2003). Etiket ot A do Ya. Moskva: Narodnoye obrazovaniye.

Russko-nemetskiy i nemetsko-russkiy slovar. (2015). Moskva: VAKO.

Zulfiya, B. (2022). Anthroponymy as a branch of linguistics: Concept, basic terms, history of study. European Journal of Innovation in Nonformal Education, 2(3), 142–144. Retrieved from https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/502

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Zulfiya Berdiyeva ,
Термезский государственный педагогический институт

Старший преподаватель

Как цитировать

Berdiyeva , Z. (2025). Обращение к личности по имени и отчеству как конвенция вежливости. Лингвоспектр, 3(1), 34–38. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/489

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.