Анализ современных методов формирования экономического образования в начальных классах

Авторы

  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
экономического образования в начальных классах

Аннотация

Технологии, формируют и развивают у учащихся трудолюбие, предпринимательские способности, инициативность, бережливость и креативность, способствуя воспитанию их как гармонично развитых личностей. В аннотации к теме «Анализ современных методов формирования экономического воспитания в начальных классах» рассматривается важность и эффективность применения современных методов в формировании экономического воспитания у младших школьников. В исследовании изучаются различные инновационные и интерактивные методы, направленные на развитие экономических знаний и навыков у детей младшего возраста, а также их роль и результаты в образовательном процессе. Автор предлагает использовать практические занятия, игровые технологии и современные информационные средства для формирования экономической грамотности. Также анализируются новые педагогические подходы к интересному и эффективному обучению экономическому воспитанию младших школьников.

Ключевые слова:

экономические знания и воспитание бережливость инициативность предпринимательство конкуренция спрос и предложение кризис бизнес розничная и оптовая торговля экспорт импорт.

Hozirgi bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yashash insonlardan, ayniqsa yoshlardan keng iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shuning uchun ham ularni yoshligidanoq iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O‘zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o‘sishi borasidagi iqtisodiy qonuniyati bilan o‘quvchilar tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalar bajarishi lozimligini o‘rganadilar. Kimyo, biologiya, iqtisodiy geografiya va kiyinchalik ta’lim jarayoniga kiritilgan iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda, darsdan tashqari turili tarbiyaviy tadbirlarda ham o‘quvchilarni iqtisodiyotimizga oid ko‘plab masalalar bilan tanishtirish mumkin(Ibragimov X,2008).

Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitoblar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan doimiy boyitib kelingan. Al-Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino asarlarida iqtisodiy tarbiya va uni bolalarga berish haqidagi muhim fikrlarni ko‘rish mumkin. Bolalarni ishbilarmonlik, tejamkorlikka o‘rgatish oiladan boshlanadi( Pedagogik atamalar lug‘ati,2008).

O‘quvchilar maktabda turli fanlarni o‘qish jarayonida ham iqtisodiy bilimlarga ega bo‘ladilar. Davlatimizning moddiy va ma’naviy yuksalishi borasidagi iqtisodiy qonunlar bilan o‘quvchilar tabiiy fanlarni o‘rganishda tanishsa, jamiyatshunoslik darslarida xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarishda iqtisodiy bilimlar zarur bo‘ladi degan fikrni pedagogika fanlari doktori professor Sh.Abdullayeva o‘zining ilmiy asarlarida berib o‘tgan. Shu bilan bir qatorda olima mehnat darslarining ham iqtisodiy tarbiya berishdagi o‘rniga ham to‘xtalib o‘tadi.

Bugungi kunda umumiy ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘tiladigan barcha fanlar zamirida iqtisodiy tushunchalarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni hayotga tarbiyalab borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Boshlang‘ich ta’limning 4 – sinflarida o‘quvchilarga singdirilishi lozim bo‘lgan tushunchalar nafaqat dars jarayonida balki darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda ham har xil o‘yinlarni o‘tkazish jarayonida o‘quvchilar ongiga singdirib boriladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki o‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirishda mehnatning o‘ziga xos ta’sir etish kuchi bor. Shuning uchun ham o‘quvchida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda mehnat tarbiyasi bilan integrasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

  Mehnat tarbiyasi bolalarda mehnat qilish istagi va intilishini tarkib toptirishi, ularni jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilishga amaliy tayyorlash lozim. Buning uchun bolalarda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga chuqur hurmat hislarini tarbiyalash kerak. O‘quvchilarga turli darslar jarayonida va darsdan tashqari tadbirlarda mehnat tarbiyasi berish mumkin. Ayniqsa, texnologiya darsining mehnat tarbiyasi berishdagi o‘rni juda kattadir. Mehnat, mehnatkashlar haqida suhbatlar, munozaralar, mehnat faxriylari va ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, maktablarda o‘tkaziladigan hosil bayramlari, Navro‘z bayrami va boshqalar orqali ham mehnat tarbiyasi berish mumkin.

Bizga ma’lumki, qadimdan ota – bobolarimizning kundalik hayotiga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib borgan. Shu sabali ham ular yashash uchun kurashganlar. Bunda ota bobolarimiz o‘zlaridagi tabiiy ehtiyojni tabiat qonunlari doirasida qondirib borish jarayonlarida ayrim to‘siqlarga duch kelganlar. Misol uchun, bunday to‘siqlar qatoriga tabiatda yuz berib turadigan tabiiy ofatlar hamda hayvonlarning mavsumga qarab o‘z joylarini o‘zgartirib turishlari ularni yashash uchun kurashishga undagan. Shuning uchun ham ularda tabiiy ehtiyoj bilan bir qatorda moddiy ehtiyojlari kuchayib borganligi sababli ham o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ozuqalarni g‘amlash, saqlash, kerakli joylarga olib borish, tabiiy ofatlardan saqlanish vositalarini ixtiro qilgan. Ular sovuqdan saqlanishi uchun issiq pana joylar izlashi natijasida, g‘orlar, uylar, yasaganlar. Keyinchalik esa, uni isitish vositasi zarurligini sezib, quyosh taftini qumsaganlar. Xom ozuqalarini pishirish ehtiyojlari kuchaygan, natijada olov kashf qilgan.

Qadimdan ota-bobolarimiz iqtisodning hamma narsadan ustunligini tushunib yetganligi bois ham yosh avlodlar ongiga iqtisodiy bilimlarni asta-sekinlik bilan singdirib kelishgan. Qachonki kishilik jamiyatida faol insonlar o‘z dunyoqarashlarini rivojlantirib borib, xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma manbalar orqali kishilik jamiyatining rivojlanishiga sababchi bo‘lgan omillarni ko‘rsatib kelganlar.

Bugungi kunda biz barcha iqtisodga oid manbalarni o‘qib, ularni tahlil qilib, iqtisodiy bilimlar integrasiyasini amalga oshirib, ma’lum bir to‘xtamga kelib uni o‘quvchilarga yetkazib beramiz. Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo‘jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o‘rganiladi.

Iqtisodiy bilimlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga aynan 4-sinf o‘quvchilariga o‘rgatishda 1-sinfdan – 4 – sinfgacha bo‘lgan jarayonda o‘rgatilgan iqtisodiy tushunchalar takomillashtiriladi, boyitish yanada yaqqol hayotiy masalalar bilan tushuntiriladi.

Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy takrorlanib, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.

Iqtisodiy tarbiya – ishlab chiqarishning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ishlab chiqarish vositalari va ish qurollarining mohiyati, ular orasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rgatish va odamlarda shu bilimlarga ko‘nikma hosil qilish.

Yoshlarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish nima uchun kerak? – degan savolga hyech ikkilanmasdan shunday javob berish mumkin bo‘ladi. Bugungi kun, kechagi kun bilan shunisi bilan farq qiladiki biz bozor iqtisodiyotiga asosiy davrda yashayapmiz. Demak, bizning yoshlar bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z o‘rnini topishi kerak. Yoshlarga iqtisodiy tarbiya berishda ularga, iqtisodiy qonunlar, obektiv iqtisodiy voqyelikning nazariyasini, obektiv reallikni, ilmiy bashoratni o‘rgatib borishimiz kerak. Bizga ma’lumki, iqtisodiy qonunlar ularning rivojlanishi alohida shaxslarning istagiga, kishilarning ongiga qarab amalga oshiriladi. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchikuchlarning rivojlanishi darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xususiyati va shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Iqtisodiy qonunlar – kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning xususiyatini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga binoan faoliyat qilsa, ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar safini tejash bilan birga o‘z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va xatti-harakatlar kishilarning xohish-iroqasidan qat’i nazar, muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi(Xoliqov A, 2011).

Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o‘xshab, uni bilib, o‘z faoliyatida foydalanilsa insoniyatga, katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan olmasdan, talablarini bilmasdan yoki mensimasdan ko‘r-ko‘rona xatti-harakat qilinsa, bu katta salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keldi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixdir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.

Iqtisodiy kategoriyalar doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy nazariy tushunchadir. Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash maxsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit bosqichlari shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni ularning biri o‘zgarsa, albatta, ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy tushunchalari esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomoni, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz, eng avvalo, bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz.     Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.

Shuning uchun, har bir iqtisodiy qonun atrofida ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo‘lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib iqtisodiy qonunning mazmunini tushunish va uning tabiatini bilish qiyindir. Masalan, biz yuqorida aytganimizdek, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun narx va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo‘lsa qiymat qonunini tushunish uchun tovar, pul, qiymat, narx, mehnat kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo‘lishimiz lozim.

Umuman olganda iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib ular bir-birini to‘ldiradi. Ularni biz o‘zimiz to‘liq anglab yetkanimizdan keyin, o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlar berishimiz va shu orqali o‘quvchilarda iqtisodiy, bilim, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy dunyoqarashlar amalga oshiriladi.

Iqtisodiy qonunlarni o‘rgatish orqali biz yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, qilayotgan sa’yi – harakatilari samarali bo‘lishga, tejashga, avaylab  asrashga, o‘rgatib isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishning oldini olamiz. Iqtisodiy bilimlar har doim kishilik jamiyatining rivojiga hissa qo‘shib kelganligi bois iqtisodiy tarbiyaga ehtiyoj bor.

  2-sinfda quyidagi iqtisodiy tushunchalar o‘quvchilarga singdirilishi kerak: biznes, biznesmen, menijer, raqobat, unumdorlik, inqiroz, ko‘chmas mulk , talab, taklif, yarmarka, birja, aksiya, auksion,eksport, chakana savdo, ulgurji savdo.

  1-sinfda iqtisod, ehtiyoj, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, mahsulot, bojor sotuvchi, xaridor, do‘kon, pul, narx, davlat mulki, mulkdor kabi tushunchalar o‘quvchilarga o‘rgatilgan

Boshlang‘ich ta’limning 4-sinflarida o‘qiyotgan o‘quvchilarga 2-sinflarda quyidagi iqtisodga oid bilimlar va tushunchalar singdirilgan: moddiy ehtiyoj, ma’naviy ehtiyoj, tovar, natural maxsulot, ishlab chiqarish, korxona, tadbirkor, reklama, daromad, ish haqi, mukofat, meros, merosxo‘r, bank, banker (Ziyomuhammadov B,2009).

Bundan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, har bir o‘quvchining ongiga iqtisodga oid bilimlarni singdirish va shu orqali ularda iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishdir. Kishilik jamiyati, insonlar o‘zlarining tabiiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida- moddiy ehtiyojga, masalan, suvga, kiyimga, uyga, mashinaga, ish qurilmalariga ehtiyoj sezadi.

Bular to‘g‘risida o‘quvchilarga qanday ma’lumot bersa bo‘ladi va u orqali ularda qanday qilib iqtisodiy tarbiya shakllantiriladi degan savolga albatta o‘z javobiga ega bo‘lishi kerak.

Buni amalga oshirishda o‘qituvchi o‘zining mahoratiga, qobiliyatiga tayanib ish ko‘radi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy ehtiyoj to‘g‘risida tushuncha berganda qalb istagiga ko‘ra, kitob o‘qish va uni xarid qilish qo‘g‘irchoq teatrlariga borish, har xil rangdagi gullar rasmini yig‘ish. O‘yin uchun olingan vositalarning ko‘rkamligi, chiroyliligi, odamni o‘ziga jalb qiluvchi tomonlari, uyga, ota-ona bag‘riga talpinishini misol qilib ko‘rsatib o‘tish mumkin. Buning iqtisodga oid tomonlari insonda ehtiyoj paydo bo‘lsa, undan foydalanish mexanizmini ongli tarzda ishga tushurish kerak bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida o‘quvchilarda avaylab-asrash, saqlash, yaxshilab tutish, ko‘paytirish, jilo berish, sovg‘a qilish kabi istaklarni ro‘yobga chiqaradi. O‘zida ehtiyoj orqali erishgan narsalarni asrashga va tejashga o‘rganib boradi. Ana shu tariqa boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy tarbiya asta-sekinlik bilan yo‘lga qo‘yilib boriladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu vazifani bajarishda esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bilim va mahorati juda ko‘p narsani hal qilib, ularning iqtisodiy savodxonlik darajasi hamda o‘z faoliyatini pedagogik muloqat asosida, ya’ni subyekt-subyekt munosabatlariga tayangan holda qurishi ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi asosiy talablardan biri ularni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga iqtisodga oid bilim va tushunchalarni taqdim etish bo‘yicha bilim, mahorat va metodika bilan qurollantirish, iqtisodiy fikrlashga o‘rgatishdan iborat (Yo‘ldoshev ,2008).

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bir emas bir necha o‘quv predmeti bo‘yicha o‘quvchilarga to‘rt yil davomida bilim beradi. Shuning uchun iqtisodga oid tushunchalarni mazkur o‘quv predmetlari tarkibiga singdirish, ya’ni, integrasiyalashgan tarzda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrasiyalashgan darslar mazmunini ishlab chiqish, integrasiyalashgan o‘quv materiallarini taqdim etishning eng ma’qul shakli, metod va vositalarini tanlay olish, integrasiyalashgan darslarni didaktik jihozlashga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda tanlangan iqtisodiy materiallar o‘quvchini asosiy materiallardan chalg‘itmasligi, balki mavzuni mustahkamlashga, chuqurlashishga, bilimlarini puxta egallashga qaratilgan bo‘lishi hamda ularni amaliyotda qo‘llashga yordam berishi lozimligiga alohida ahamiyat qaratish shart. Talaba boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida nafaqat ta’lim jarayonini uyushtira olishi, balki, pedagog mahoratini doimo oshirish, ijodiy izlanish, o‘quvchilarning ichki dunyosini, ularning intilish, motiv va ehtiyojlarini tushunish, o‘quvchi shaxsini to‘laqonli rivojlantirish, o‘quvchilarni egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish kabi sifatlarga ega bo‘lishi lozim (Usmonov M,2003).

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga dars jarayonida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng iqtisodiy jihatdan qanday muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritganligi, ya’ni qanday yangi korxonalar barpo etilganligi, qo‘shma korxonalarda qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi, kasb-hunar va ularning turli-tumanligi, davlat mulki, xususiy mulk, sotuvchi, xaridor, tadbirkorlik, tadbirkorlar qanday insonlar ekanligi, soliq, raqobat, reklama, daromad, talab va taklif, qimmatbaho qag‘ozlar haqida tushuncha berishda turli ma’lumotlardan foydalanish, ular asosida bolalarbop, ixcham matnlar, mashqlar, masalalar, o‘yinlar, test savollari, boshqotirmalar tayyorlash hamda ularni, o‘quv- biluv jarayonigatatbiq etish yo‘llarini o‘rgatish ko‘zlangan maqsadga erishishda yaxshi natijalarga olib keladi (Alibekova, D,2024).

Iqtisodiy bilimlarni u yoki bu o‘quv predmeti mazmuniga singdirib, integrasiyalashgan tarzda taqdim etishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘z ish faoliyatida shaxsni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasiga amal qilish hamda o‘quvchilarni ta’lim jarayonini subyektiga aylantiradigan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, pedagogik hamkorlik, ya’ni o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi mazkur texnologiyalarning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirish nuqtai nazardan o‘zaro munosabatga kirishadi. O‘quvchilar o‘rtasida esa dialogli munosabatlar vujudga keladi. Mazkur munosabatlar natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda bilim olishni, o‘zgalarning fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Shuningdek, o‘z-o‘zini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, o‘ziga ishonch, o‘ziga o‘ziga tanqidiy qarash, o‘zini haqqoniy baholay olish kabi sifatlar paydo bo‘ladi.

Xulosa

Demak, 4-sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilimdonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy savodxonligi, bilim va mahorati hamda o‘quv-biluv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olish malakasi alohida o‘rin egallaydi. Ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi.

Библиографические ссылки

Ibragimov X. Pedagogika nazariyasi.– T., 2008.

Pedagogik atamalar lug‘ati. - T.: “ Fan,” 2008.

Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”- T.: “Iqtisodiy moliya”, 2011.

Goziеv Yo.Yo. Umumiy psixologiya. I-II tom. – T., 2002.

Ziyomuhammadov B. Pedagogik mahorat asoslari. – T.: Tib-kitob, 2009, 184 b.

Ziyomuhammadov B., Tojiev M. Pedagogik texnologiya – zamonaviy o‘zbek milliy modeli. – T.: Lider press, 2009. – 104 b.

Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. – T.: Iste’dod, 2010 –141 b.

Yo‘ldoshev J.G, Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati. – T., 2008 – 172 b.

Usmonov M. Komillik o‘gitlari. – T.: Moliya, 2003 , 22-b.

Alibekova, D., Xolbayev, F., Shermatova, D., & Ikromova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF THE FICTION BOOKS IN READING AND WRITING SKILLS. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(23), 36-40.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилрабо Алибекова ,
Самаркандский государственный институт иностранных языков

Преподаватель

Как цитировать

Алибекова , Д. (2025). Анализ современных методов формирования экономического образования в начальных классах. Лингвоспектр, 3(1), 313–318. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/537

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 9 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.