Морфологические особенности арабизмов в произведение Рабгузи “Сказание о Сулеймане бин Давуд алайхи-с-салам”

Авторы

  • Международная исламская академия Узбекистана
Морфологические особенности арабизмов в произведение Рабгузи “Сказание о Сулеймане бин Давуд алайхи-с-салам”

Аннотация

В данной статье сделан анализ морфологических признаков словарного состава арабизмов с точки зрения арабской лингвистики раздела «Сказание о Сулеймане Бин Давуд алайхиссалам» из «Кысаси Рабгузи» Насуриддина Бурханиддина Рабгузи, впервые опубликованной на тюркском языке на основе исламских источников.

Ключевые слова:

арабские заимствования словоформы формообразующие окончания морфологические особенности имена глаголы частицы.

Insoniyatning ma’naviy mulki hisoblangan buyuk ajdodlarimizning asarlarini, shuningdek, ularning butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish hozirgi globallashuv jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Movarounnahr olimlarining “...arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o‘zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish” masalasi davlat ahamiyati va uning istiqbol rivojlanish strategiyasiga aloqador vazifalar qatoriga kiritilgan [1]. Ushbu vazifalardan  kelib chiqqan holda, buyuk ajdodimiz Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Qissai Sulaymon bin Dovud alayhi-s-salom” bo‘limida qo‘llanilgan arabiy o‘zlashmalarning morfologik xususiyatlarini arab tilshunosligi nuqtai nazaridan tadqiq qilish ajdodlarimiz asarlarining til xususiyatlarini yoritishda zarur omillardan biri hisoblanadi. Mazkur yozma yodgorlik islomiy manbalar asosida yozilganligi bois, asarda ko‘plab arabiy o‘zlashmalar qo‘llanilgan. Asardagi arabcha so‘zlarning yasalish usuli va ularning turkiy tildagi maqomini aniqlash o‘zbek tilshunosligi va arabshunosligi tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 Ma’lumki, arab va o‘zbek tillari bir-biridan morfologik jihatdan keskin farq qiladi [7,516-517]. Arab tili flektiv tillarga, o‘zbek tili agglyutinativ tillarga mansub. Arab tilidagi so‘z va so‘z shakllari ichki fleksiya yo‘li bilan yasalsa, o‘zbek tilidagi so‘z va so‘z shakllari affiksatsiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi [11,12 ]. So‘zning grammatik ma’nolari jihatidan farqlanadigan har bir shakli - so‘z shaklidir. So‘z shakllarning yasalishida qatnashib, har xil grammatik ma’no anglatadigan qism so‘zning morfologik tuzilishini tashkil qiladi [12 ]. So‘zning morfologik tuzilishida shakl yasash asosi va shakl yasovchi vosita mavjud bo‘lib, so‘z shakli tarkibida birdan ortiq shakl yasovchi affiksning ishtirok etishiga qarab uning morfologik strukturasi murakkablashib boradi. Arab tilida esa so‘z  va so‘z shakllari o‘ziga xos formalar asosida yasalib, har bir grammatik kategoriya o‘zining vazn deb atalmish muayyan shakli – modeliga ega [6, 34-35]. “Vazn” atamasining qo‘llanilishi borasida Zahiriddin Muhammad Boburning aruzga bag‘ishlangan risolasida quyidagi fikrlar mavjud:“Bilgil vaznni maqodiru azmina va alfozga itboq qilinur. Ikkisi xoriji mabhasdur, g‘araz vazni alfozdur. Alfoz vaznidan ikki toifa bahs qilur, biri sarfiylar, yana biri aruziylar [4,30-31]. Ya’ni: “Vazn” so‘zi miqdor va zamon birliklari va so‘zlarga nisbatan qo‘llanadi. Miqdor va zamon o‘lchovlari tilshunoslik ilmida o‘rganilmaydi. So‘zlarning vazni sarfiylar va aruzshunoslar bahsiga mansubdir. Arab tilidaالصرف  -“as-sarf”  so‘zlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, morfologiyaga mos keladi. Arab tilidagi so‘zlarning ko‘pchiligi uch undoshli o‘zakka ega bo‘lgan fe’llardan yasalgani bois so‘z va uning shakllari tuzilishini mazkur uslub bilan ifodalash eng ma’qul yo‘ldir. B.M.Grande so‘z yasashning shakliy vositasi sifatida quyidagilarni keltiradi [5,100-102]:

 1) Affikslar yordamida so‘z yasash. Bular – prefiks, suffiks va infikslardir.Tadqiqot ob’yektimizda mazkur shakliy vosita orqali yasalgan quyidagi so‘zlarni keltirishimiz mumkin. مملكة –“mamlakatun” [9,137r/3 ] co‘zida qo‘llanilgan “ma-” prefiks, مالك – “maalikun” [9, 139r/8] so‘zidagi “-a-” infiks, ملكت – “malaktu ” co‘zidagi “-tu” suffiks vazifasini bajargan.

 2) O‘zak undoshlardan birining ikkilanishi orqali so‘z yasash. Masalan: مسحّر  - “musahhar” [9,139v/7] co‘zi “shr” o‘zagidan yasalgan bo‘lib “sehrlamoq, sehrlab qo‘ymoq” ma’nosini anglatadi [3, 356 ]. “Musahhar” so‘zi “shr” o‘zagining o‘rta undoshini ikkilantirish orqali yasalgan.محمّد  - “Muhammad” [9,139v/7], مرشّع  - “maroshsha’”so‘zlari ham  “hmd” va “rsh’” o‘zaklarining ikkinchi undoshini ikkilantirish orqali hosil bo‘lgan. Qissada bunday uslubda yasalgan so‘zlar miqdori ko‘pchilikni tashkil qiladi.

3) Ichki fleksiya vositasi orqali so‘z yasash. O‘zak tarkibidagi undoshlar harakatini o‘zgartirish natijasida yangi so‘z hosil qilinadi. Qissada  ملك- “mlk” o‘zagidan ichki fleksiya yo‘li bilan hosil bo‘lgan مَلِكٌ – “malik” [9,137r/3] va   مُلْكٌ  - “mulk” [9,137r/8] so‘zlari qo‘llanilgan.“Malik” so‘zida birinchi o‘zak undoshidan so‘ng “a” unlisi ya’ni,“fatha” harakatini, ikkinchi o‘zak undoshidan so‘ng “i” unlisi ya’ni,“kasra” harakatini qo‘yish orqali yasalgan.Odatda arab tilida so‘z yasash uchun yuqoridagi vositalardan ikkitasi yoki bir vaqtning o‘zida uchtasi ishtirok etishi mumkin. Har bir so‘zdagi yuqorida qayd etilgan shakliy vositalarning majmui boshqa o‘zakdan yasalgan o‘xshash so‘zlar uchun formula ya’ni, “vazn, qolip” vazifasini bajaradi [5,100-102]. Masalan: 1-bob fe’lining aniq daraja sifatdoshi فاعل –“ fa’ilun” vaznidan asarda qo‘llanilgan قادر – “qadirun” [9,163r/5] كافر - “kafirun” [9, 162r/7]عاشق –“a’shiqun” [9, 35v/2] kabi so‘zlarni qiyinchiliksiz yasashimiz mumkin. Tadqiqotga jalb qilingan asarda ham turli vaznlar asosida yasalgan bir qator arabcha so‘zlar mavjud. “Fa’lun” فَعْلٌ vaznidagi - حمد [9,1v/2] “hamdun”, قول [9,1v/2] “qavlun”, صدر  [9, 2r/7] “sadrun”, بدر [9, 2r/8] “badrun”,  عقل [9, 2v/2] “a’qlun ”, مدح [9, 2v/3] “madhun”, رب [9, 2v/9] “robbun”,  طمع[9,17r/19] “tom’un”,  خمر [9,17r/19] “xamrun”, رحم [9, 17v/2] “rahmun”;مُفَعَّلٌ  “ mufa’’alun” vaznidagi  محمّد[9,15r/18] “ Muhammadun”;  “ fu’laanun”  فُعْلانvaznidagi قربان [9,15r/19] “qurbaanun”; “fa’uulun” فَعُولٌ vaznidagi قبول [9,15r/21] “qabuulun”; فَعيلَةٌ “ fa’iilatun” vaznidagi  شريعة  [9,15v/5] “sharii’atun”; “fi’aalatun” فِعالَة vaznidagi خيانة [9,16r/19] “xiyayanatun”,  قيامة [9,15r/21] “qiyayamatun”; “fa’latun” فَعْلَةٌ vaznidagiشفقة    [9,16v/8] “shafqatun”, لعنة [9,16v/5] “la’natun”; تفعيل  “ taf’iilun” vaznidagi  تعليم  [9,16v/8] “ta’liimun” kabi so‘zlar turli grammatik shakllarda uchraydi. Asarda uchraydigan arabiy so‘zlar  arab grammatistlari tomonidan uchta katta guruhga bo‘lib o‘rganiladi:1.Ism (الاسْمُ). 2.Fe’l (الْفِعْلُ). 3. Yordamchi so‘zlar (الْحَرْفُ) [10,107-108]. Arab tilida ism  turkumiga ot, sifat, son, olmosh, ravish, masdar (harakat nomi) va sifatdosh kabi mustaqil ma’noni anglatgan so‘zlar kiradi. Mahmud  Zamaxshariy “Ism” so‘z turkumiga shunday ta’rif beradi: “الاسم هو ما صح الحديث عنه  و دخله حر الجر و أضيف و عرذف و نوّن. ”  - “ Gap mavzui bo‘la oladigan, predlog oladigan, izofa birikmasiga kira oladigan, aniq holatga qo‘yiladigan, tanvin oladigan so‘zlar “ ism” deyiladi” [10,107-108]. Hozirgi zamon arab tilshunosi Antuan-ad-Dahdah esa ism turkumiga quyidagicha ta’rif beradi:

 [14, 27-30 ]“لفظ يدل على معنى في نفسه غيرمقترن بزمن. و هو نوعان : متصرف و غير متصرف  الإسم ”- “ Ism turkumi zamon bilan aloqasi bo‘lmagan, biror ma’noga ishora qiladigan  so‘zdir.Ismning ikki turi mavjud bo‘lib, kelishikda turlanadi yoki turlanmaydi.” V.Girgas esa: “Darhaqiqat, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi bo‘lgan ikkinchi boshqa bir ism bilan qaratqich kelishigi bilan boshqariladigan, “ ال”  aniqlik artikli bilan aniq holatda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, tanvin oladigan va albatta “gap mavzusi bo‘la oladigan” so‘z ism deb ataladi [10,108 ]. Ism turkumiga xos bo‘lgan  qissada qo‘llanilgan quyidagi so‘zlarni misol qilish mumkin:مَلِكٌ  [9,140 r/17] “malik”, شهر [9, 41r/7] “shahr”,  مُلْكٌ  [9,141r/18] “mulk”, خبر [9, 142r/9]  “xabar”, نعمة [9,142r/11] “ni’mat”,   شكر[9,142r/18] “shukr”,  كلام[9,142r/18] “kalaam”,  دعا[9,142r/19] “dua’”, قضاء [9,142v/7] “qado”, رضاء [9,142r/7] “rido,  ظاهر  [9,142v/18] “zohir”, دعوة  [9,142v/18] “da’vat”.

Arab tilida ismlar jins, son, kelishik va holat kategoriyalariga ega. Mazkur kategoriyalar qissada islomga oid manbalaridan iqtibos qilingan ibora va jumlalarda, shuningdek, shaxslarning ismlari va ularga berilgan mashhur sifatlarda saqlanib qolgan. “Ul va hab liy mulkan la yanbag‘i li ahadin min ba’diy teyu Izidan mulk tilagan, haza atounaa famiun av amsik big‘ayri hisab javobin eshitg‘an ul, g‘uduvvug‘a shahrun va ravahuha shahrun sifatlig‘ markab berilgan, ul fa fahhamnaha sulaymana va kullan aatayna hukman va ilman karomatin bulg‘an Sulaymon alayhi-s-salom” [9,137r/1]. Ushbu matnda jami 48 ta so‘z qo‘llanilgan bo‘lib, shulardan 36 tasi arabcha manbadan iqtibos tariqasida keltirilganligi sababli ularda arab tiliga xos grammatik holatlar saqlangan. Qolgan 4 tasi “mulk”, “javobin”, “sifatlig‘”, “markab” kabi so‘zlar turkiy matn tarkibida kelgani uchun shu tilda mavjud bo‘lgan kategoriyalarga moslashib ketgan. Shuningdek, asar muqaddimasida keltirilgan madh qismida: “..... taj-ul-umaro, muhibb-ul-ulamo beklar ulug‘i, niyyatlar orig‘i, ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, yaxshi qilig‘lig‘, islom yorig‘lig‘, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, moʻminlar quvonchi, ismi beg, aqli yetuk....bashsharallohu a’la dini Islam” [9,v/1,2,3]. Yuqorida keltirilgan parchada esa “taj-ul-umaro”-“amirlar toji”, “muhibb-ul-ulamo”-“olimlar suyuklisi”,“bashsharallohu a’la dini-l-Islam”-“ Islom diniga Allohning xushxabarchisi (bo‘lgan)” kabi iboralarda izofa birikmasidagi “al-” aniqlik artikli saqlanib qolgan. “Niyyat”, “zot”, “islom”, “din”, “odamiy”,“ moʻmin”,“aql” kabi ism turkumiga oid arabcha so‘zlar turkiy tilda  mavjud grammatik  kategoriyalar bilan birga qo‘llanilgan. Yuqorida keltirilgan “niyyat, “zot”, “islom”, “din”, “moʻmin”,“aql” kabi so‘zlar ot turkumiga mansub o‘zlashmalardir.

Ma’lumki, odam, jonivor, buyum, ashyo kabi narsalarni bildiradigan so‘zlarga ot deyiladi. Arab tilida otning jinsi o‘zgarmas bo‘lib,  u yo muzakkar (erkak) yoki muannas ( ayol) jinsda bo‘ladi [5, 116-120]. Turkiy va fors-tojik tillarida jins kategoriyasi mavjud bo‘lmaganligi sababli, arabchadan o‘zlashgan دعوة  [9,142v/18] “da’vat”,  نعمة [9,142r/11] “ni’mat”,  شريعة  [9,15v/5] “sharii’at”,  خيانة [9,16r/19] “xiyaanat”,  قيامة [9,15r/21]) “qiyamat”, شفقة  [9,16v/8] “shafqat”,  لعنة [9,16v/5] “la’nat ” kabi so‘zlar muannas jins belgisi "ة" – “taun marbuta”ni saqlagan holda o‘zlashgan. Lekin mazkur so‘zlarda qo‘llanilgan  muannas jins belgisi "ة" – “taun marbuta” grammatik kategoriya sifatida kuchga ega emas.

Arab tilidagi ot turkumi kimni yoki anglatib kelganiga qarab oqil yoki g‘ayri oqilni  anglatuvchi turlarga bo‘linadi. Oqilni anglatuvchi otlarga odamni anglatib kelgan otlar, g‘ayri oqilga esa odamdan boshqasini anglatib kelgan otlar kiradi. Tadqiqot ob’yektimizda ot turkumidagi ko‘plab arabiy o‘zlashmalarni uchratish mumkin. Masalan:

ماَلِكٌ    [9,140 r/17] “maalikun”, نقاش  [ 9,138r/13] “naqqaashun”,   طبّاخ [9,138r/13] “tobbaxun” kabi so‘zlar oqil otni anglatsa,  حمد [ 9,1v/2] “hamdun”, قول [9,1v/2] “qavlun”, صدر [9,2r/7] “sadrun”, بدر [9, 2r/8] “ badrun”,  عقل [9, 2v/2] “a’qlun”, مدح [9, 2v/3] “madhun”, رب [9,2v/9] “robbun”,  طمع[9,17r/19] “tom’un”,  خمر [9,17r/19] “xamrun”, رحم [9,17v/2] “rahmun” kabi so‘zlar g‘ayri oqil otga misol bo‘ladi. Mahmud Zamaxshariyning tasnifiga ko‘ra ismlarning o‘n ikki turi mavjud. Xususan, turdosh va atoqli otlarning ta’rifi qo‘yidagichadir:

 "و هو على ضربين :اسم عين كرجل و راكب و اسم معنى كعلم و مفهوم .الغالب عليه ان ينقل عن اسم جنس كجعفر و قد عن فعل كيزيد و يرتحل كغطفان."

Ya’ni: Turdosh otlar ikki xil bo‘ladi: 1. “Odam ” va “otliq” kabi konkret ma’noni anglatuvchi so‘zlar; 2. “Ilm” va “tushunarli ” kabi konkret ma’noni anglatuvchi ismlar so‘zlar. Atoqli otlarning aksariyati turdosh otlardan yasaladi. Masalan, “Ja’far”; fe’ldan ham yasalishi mumkin, masalan: “Yazid”; to‘qima bo‘lishi ham mumkin, masalan: “Gʻatafan” kabi [10,108 ] . Qissada keltirilgan كافر - “kafirun”(162r/7) ,عاشق –“a’shiqun” (35v/2),  خمر (17r/19), “xamrun”  مَلِكٌ [9,140r/17] “malik”,  محمّد “Muhammadun” [9,15r/18], نقاش  “naqqaashun” [9,138r/13],   طبّاخ “tobbaxun” [9,138r/13]  kabi so‘zlar konkret ma’noni anglatsa, [9,141r/7] “shahr”,  مُلْكٌ  [9,141r/18] “mulk”, خبر [9,142r/9] “xabar”, نعمة[9,142r/11] “ni’mat”,   شكر[9,142r/18] “shukr”,  كلام[9,142r/18] “kalaam”,   دعا[9,142r/19] “dua’”,  قضاء [9,142v/7] “qado”, رضاء [9,142r/7] “rido”, ظاهر[9,142v/18] “zohir”, دعوة  [9,142v/18] “da’vat”  عقل [9,2v/2] “a’qlun”, مدح [9,2v/3] “madhun” kabi so‘zlar mavhum ma’noni anglatadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, tadqiq qilinayotgan qissada konkret ma’noni bildiruvchi so‘zlarga nisbatan mavhum ma’noni  anglatgan arabiy o‘zlashmalar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Rabg‘uziyning mazkur qissasida kishilar ismi, laqabi, geografik nomlar  kabi ko‘plab atoqli otlar uchraydi. )  سليمان ابن داوود (Sulaymon ibn Dovud) [9,137r/4], ازرائيل  (Azroil) [9,137r/5], كعب الاخبار  (Ka’bul Axbor )[ 9,137v/12], ذو القرنين (Zulqarnayn) [ 9,138r/12], آسف ابن برخى ( Asif bin Barxo) [9,139v/18], محمد  ( Muhammad) [9,139v/7], بخت نصري  ( Baxit Nasriy) [9,141r/11], مالك بن ماريخ  (Molik bin Morix) [9,142r/6]  kabilar shular jumlasidandir.

Turkiy tillardan farqli ravishda arab tilida uch xil grammatik son kategoriyasi mavjud bo‘lib, tadqiqot ob’yektimizda  birlikdagi otlar bilan bir qatorda to‘g‘ri va siniq ko‘plik asosida yasalgan arabiy o‘zlashmalar qo‘llanilgan. Xususan,   قصص  “qisas”   so‘zi     قصة  “ qissa” so‘zining siniq ko‘plik shakli bo‘lib, asar nomlanishida qo‘llanilgan. Asarda eng ko‘p qo‘llanilgan arabiy o‘zlashmalar  فَعالِلُ  مَفاعِلُ   أفْعال  فُعَلاءُ  فُعولٌ    siniq ko‘plik vaznlaridan yasalgan.

Ism turkumida o‘rganiluvchi yana bir grammatik kategoriya bu - masdarlardir. Masdar fe’ldan yasalgan ot bo‘lib, o‘z mazmuniga ko‘ra ish-harakatning mavhum nomini ataydi. U o‘zbek tilidagi harakat nomiga mos keladi. Har bir fe’lning o‘z masdari – harakat nomi bo‘ladi [17,171 ]. Birinchi bob fe’llarining masdari, ya’ni harakat nomi qirqdan ortiq vaznga ega. Shayx Mustafo Gʻalayiniyning arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan kitobida quyidagi masdar vaznlari yuzasidan ma’lumot beradi. Fe’l(un), fi’l(un), fu’l(un), fa’lat(un), fi’lat(un), fu’lat(un), fu’lat(un), fa’lo, fi’lo, fu’lo, fa’lon(un), fi’lon(un), fu’lon(un), fa’alon(un), fa’al(un), fa’il(un), fi’al(un), fa’alat(un), fa’ol(un), fi’ol(un), fu’ol(un), fa’olat(un), fi’olat(un), fu’olat(un), fa’oliyat(un), fu’u:l(un), fa’u:l(un), fu’u:lat(un), fa’i:l(un), fu:’al(un), fa’alu:t(un), fay’u:lat(un), fa’i:lat(un), taf’ulat(un), maf’al(un), maf’il(un), maf’alat(un), maf’ilat(un), fa’lot(un) [16,165]. Rabg‘uziy tilida bularning taxminan yarmi uchraydi. Tadqiq qilinayotgan qissada  مُلْكٌ  [9,141r/18] “mulk”,  حمد [9,1v/2] “hamdun”, قول [9,1v/2] “qavlun”, عقل [9,2v/2] “a’qlun”, مدح [9, 2v/3] “madhun”, خبر [9,142r/9] “xabar”,  شكر[9,142r/18] “shukr”,  كلام[9,142r/18) “kalaam”,   دعا[9,142r/19] “dua’”,  قضاء[9,142v/7] “qado”, رضاء [9,142r/7] “rido”, دعوة  [142v/18] kabi  ko‘plab masdarlar mavjud. Masdarlar bilan bir qatorda o‘zbek tiliga eng ko‘p o‘zlashgan va asarda ham keng qo‘llanilgan grammatik kategoriya bu sifatdoshlardir. Sifatdoshlar arab tilida fe’ldan hosil bo‘lgan va o‘zida ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlarini mujassamlashtirgan so‘zlardir. Arab tilidagi sifatdoshlarning o‘zbek tilidagidan farqi shuki, o‘zbek tilida ular zamonga qarab o‘zgarsa (borgan, borayotgan, borajak kabi), arab tilida barcha zamonlar uchun bir xil shaklga ega [6,147] . 1- bob fe’lining aniq daraja sifatdoshi فَاعِلٌ  shaklida yasaladi va o‘zbek tiliga ”...gan”, “... yotgan” , “... kan” , “... qan” sifatdosh qo‘shimchalari bilan yoki “...chi” otlashgan qo‘shimchasi bilan tarjima qilinadi va hozirgi  zamonni anglatadi. Qissadagi قادر – “qadirun”[9,163r/5] كافر - “kafirun”[9,162r/7]عاشق –“a’shiqun” [9,35v/2] kabi arabiy o‘zlashmalar aniq daraja sifatdoshiga misol bo‘la oladi. 1- bob fe’lining majhul daraja sifatdoshi esa مَفْعُولٌ shaklidan hosil qilinadi va fe’l ifodalagan ish-harakat ob’yekti bo‘lgan predmetni yoki o‘sha ish-harakat natijasida hosil bo‘lgan natijani (ish-harakat natijasini) bildiradi. Asarda qo‘llanilgan majhul daraja sifatdoshlariga  quyidagi arabiy o‘zlashmalar misol bo‘la oladi: mazmun, mavzu’, maxluq, mahmud, ma’shuq, ma’lum, majzut, marbut, mazbut, maxluq, mashg‘ul, maqsud, mashhur va hk. Mazkur sifatdoshlar keyingi tadqiqotlarda  batafsil tadqiq qilinadi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ilmiy tadqiqotga jalb etilgan “Sulaymon bin Dovud alayhi-s-salom qissasi” lug‘at tarkibidagi arabcha so‘zlar asosan,   ism turkumiga xos o‘zlashmalar bo‘lib, ularning aksariyati affiksatsiya va ichki fleksiya usuli bilan yasalgan. Qissa tilida masdar va sifatdoshlardan yasalgan arabiy o‘zlashmalar ba’zan iqtibos keltirilgan matn tarkibida, ba’zan turkiy matnda qo‘llanilgan. Iqtibos shaklida keltirilgan matn tarkibidagi arabcha so‘zlar arab grammatik kategoriyalarini o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa, turkiy matn tarkibida kelgan arabcha so‘zlar mazkur tilda mavjud bo‘lgan kategoriyalarga moslashib ketgan.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-2995- сон «Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори // Халқ сўзи, - 2017. - 25 май.

Абдушукуров Б.Б. “Қисаси Рабғузий” лексикаси. Фил. фан. док. ... дисс. автореферати. – Тошкент, 2017. – 90 б.

Ан-найм. Арабча-ўзбекча луғат. – Тошкент, 2003. – Б.354-360.

Бобур.З.М. Мухтасар. Нашрга тайёрловчи С. Ҳасан. – Т.: Фан,1971. – Б.30-31.

Гранде Б.М. Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом освещении. –М.: Изд-во восточной литературы,1963. – Б.100-105.

Иброҳимов Н., Юсупов М. Араб тили грамматикаси. I жилд.-Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 1997. – Б.34-35.

Кузнецов П.С. Морфологическая классификация языков. МГУ. –М, 1954. – С.516-539.

Мельчук И.А. О «внутренной флекции» в индоевропейских и семитских языках. Вопросы языкознания. № 4,1963.- 768 c.

Nāsirüd-din bin Burhanüd-din Rabguzi. Kisasül–enbiya. I cilt. – Аnkara,1997. – 616 s.

Носирова М. Маҳмуд Замахшарийнинг “Ал-Унмузаж фи-н-наҳв” рисоласи. –Т.: ТошДШИ, 2005. – Б.107-121.

Серебренников Б.А. Причины устойчивости агглютинативного строя и вопрос о морфологическом типе языка. // Морфологическая типология и проблема классификации языков. – М-Л.: Наука,1965. – С.12.

Умархўжаев М.Э.Умумий тилшунослик. – Андижон, 2010. – 76 б.

Юшманов Н.В. Грамматика литературного арабского языка. –М.: Наука,1985. – 175 с.

: أنطوان الدحداح. معجم قواعد العربية العالمية. مكتبة لبنان. بيروت. 1992. ص. 39

محمد إبراهيم عبادة. معجم مصطلحات النحو و الصرف و العروض و القافية. مكتبة الاداب. القاهرة. 2001. ص. 192.

مصطفى غلاييني. جامع الدروس العربية. المكتبة العصرية. بيروت. 1983. ص. 165

Ҳасанов М. Араб тили. –Т.: Наврўз, 2018. – Б.171-172.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилфуза Сагдуллаева ,
Международная исламская академия Узбекистана

доцент, PhD

Как цитировать

Сагдуллаева , Д. (2025). Морфологические особенности арабизмов в произведение Рабгузи “Сказание о Сулеймане бин Давуд алайхи-с-салам”. Лингвоспектр, 3(1), 731–735. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/610