Этапы педагогической опытно-экспериментальной работы

Авторы

  • Университет науки и технологий
Pedogogik tajriba-sinov ishlarining bosqichlari

Аннотация

В данной статье анализируются научно-методические основы педагогических опытно-экспериментальных работ, их содержание и этапы. Освещается роль экспериментальных исследований в совершенствовании учебного процесса и внедрении новых педагогических технологий в практику. Также подчёркивается, что последовательное и систематическое проведение этапов эксперимента обеспечивает достоверность полученных результатов.

Ключевые слова:

Педагогический эксперимент опытно-экспериментальные работы учебный процесс научно-методическая основа этапы педагогические технологии качество образования инновационный подход.

KIRISH. Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitalini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo‘lib, uning samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq qilishga bog‘liqdir. Shu bois ta’limda sifatni oshirish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish uchun izchil tadqiqot ishlari, xususan, pedagogik tajriba-sinovlar muhim o‘rin tutadi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlari o‘qitish jarayoniga yangiliklar kiritish, ularning samaradorligini baholash hamda mavjud metodik yondashuvlarni tahlil qilish imkonini beradi. Bugungi kunda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, raqamli vositalar asosida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani sababli, ularni amaliyotga joriy etishdan oldin sinovdan o‘tkazish, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish zarur bo‘lmoqda. Bunday sharoitda pedagogik tajriba-sinov ishlari ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda.

Tajriba-sinovlar nafaqat yangi g‘oyalarni tekshirish, balki mavjud usullarning kamchiliklarini aniqlash, ularni takomillashtirish uchun ham xizmat qiladi. Tajriba-sinov ishlari tizimli, bosqichma-bosqich olib borilsa, olingan natijalar aniq, ishonchli va umumlashtirishga yaroqli bo‘ladi[7]. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot jarayonida tajriba-sinov bosqichlarini belgilab olish, har bir bosqichning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, ularning vazifalarini to‘g‘ri belgilash, metodik yondashuvlarni tanlash - ilmiy asoslangan pedagogik faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarni bosqichma-bosqich bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Fakultetda chet tilini o‘qitish jarayonida shakllantiruvchi tajriba-sinov ishining asosiy vazifasi motivatsion, qadriyatli va mazmunli bosqichlarini amalga oshirish bo‘lgani bois shakllantiruvchi tajriba-sinov ishi doirasida tizim ishlab chiqiladi va joriy etiladi hamda uning samarali ishlashi uchun didaktik shart-sharoitlar aniqlanadi[6].

Didaktik shart-sharoitlar (ya’ni bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning motivlari doirasini aktuallashtirish, chet tillarini kommunikativ o‘qitish doirasida shaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuvini amalga oshirish, xorijiy tilining umumiy nazariy, ijtimoiy-kommunikativ jihatlarini aktuallashtirish, bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning interaktiv o‘zaro ta’sirini ta’minlash) xorijiy tilni o‘rganish jarayonida bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun zarur va yetarlidir. Shuningdek, shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari natijalari ishlab chiqilgan pedagogik sharoitlar samaradorligini tasdiqlashi kerak deb ham taxmin qilinadi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi ishlab chiqilgan tizimning samaradorligini va uning faoliyatining pedagogik sharoitlarini sinab ko‘rish hisoblanadi. Maqsaddan kelib chiqqan holda tajriba-sinov ishining:

1) bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

2) talabalarning o‘rganilayotgan kompetensiyasini rivojlantirish darajasining haqiqiy holatini aniqlash;

3) tizimni aprobatsiya qilish uning shakllanishi va bir qator didaktik shartlarning uning faoliyati samaradorligiga ta’sirini tekshirish;

4) olingan natijalarni umumlashtirishdan iborat asosiy vazifalari rivojlantiriladi[3].

Ilgari surilgan gipotezani tekshirish uchun pedagogik tadqiqotning nazariy usullari (mahalliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish, sintez, tizimlashtirish, prognozlash, modellashtirish), imperik (kuzatish, pedagogik yeksperiment, so‘rov, anketa, suhbat, pedagogik tajribani umumlashtirish) va ma’lumotlarni qayta ishlashning statistik usullari qo‘llanilishi mumkin[6]. Ilmiy-pedagogik tadqiqot usullaridan bundan har tomonlama foydalanish tajriba-sinov ishlarning barcha bosqichlarida chet tili fakultetlari talabalari o‘rtasida o‘rganilayotgan kompetensiyaning shakllanish darajasini aniqlash imkonini beradi[2]. Ko‘pgina psixologik va pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinov ishini aniqlashtiruvchi, shakllantiruvchi va umumlashtiruvchi bosqichlari ajratib olinadi. 

Eng birinchisi aniqlashtiruvchi bosqichdir. Tadqiqotning ushbu bosqichida ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘rganilayotgan muammoning shakllanishi va rivojlanishi o‘rganiladi, maqsadi, obyekti, predmeti, gipotezasi, vazifalari aniqlanadi, konseptual apparat ishlab chiqiladi, bakalavriatning yo‘nalishi (xorijiy til) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti xorijiy tilni o‘qitilishiga oid dissertatsiya tadqiqotlari tahlil qilinadi. Tajriba-sinov ishini aniqlashtiruvchi bosqichining maqsadi bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning dastlabki darajasini aniqlashdan iborat. Tajriba-sinov ishini aniqlashtiruvchi bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat:

1) diagnostika usullarini tanlash;

2) kasbiy kompetensiyaning rivojlanganlik darajasini aniqlash;

3) kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan interfaol ta’lim usullari, shakllari va vositalarni qo‘llashni taqazo etuvchi dars ishlanmalarini yaratish[1]

Ikkinchi bosqich shakllantiruvchi bo‘lib, uning mazmuni kasbiy kompetensiyani rivojlantirish tizimini joriy etish, uning samarali ishlashi uchun didaktik shart-sharoitlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat bo‘lishi kerak. Shakllantiruvchi bosqichning maqsadi interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish va uning samarali ishlashi uchun didaktik shart-sharoitlarning yetarliligi orqali ishlab chiqilgan kasbiy kompetensiyani rivojlantirish tizimining ishlashini sinab ko‘rish hisoblanadi[3]. Tajriba-sinov ishi rivojlantirish (shakllantiruvchi) bosqichining vazifalari:

1) kasbiy kompetentlikni rivojlantirish tizimini aprobatsiya qilish;

2) kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan tegishli o‘quv-uslubiy vositalarni qo‘llash orqali nazariy qoidalarni amalda tekshirishdan iboratdir.

Uchinchi bosqich, umumlashtiruvchi bosqich bo‘lib, bu ishlab chiqilgan tizimni sinash natijalarini qayta ishlash, dissertatsiya tadqiqotlarini loyihalashni nazarda tutadi. Tajriba-sinov ishini umumlashtiruvchi bosqichining maqsadi ishlab chiqilgan tizimdan foydalangan holda talabalarni o‘qitgandan so‘ng kasbiy kompetentlikning rivojlanish darajasini baholashdan iboratdir[5]. Tajriba- sinov ishini umumlashtiruvchi bosqichining vazifalari:

1) eksperimental guruhda ishlab chiqilgan tizimdan foydalangan holda o‘qitishdan oldin va keyin talabalarning kasbiy kompetensiyasining rivojlanish  darajasini taqqoslash;

2) ma’lum pedagogik sharoitlarni amalga oshirishda tajriba guruhidagi ishlab chiqilgan tizimning nazorat guruhiga nisbatan samaradorligini baholash;

3) statistik ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan foydalangan holda tajriba natijalarini qayta ishlash;

4) tadqiqotning amaliy ahamiyatini aniqlashirishdir.

Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetenligini rivojlantirish uchun kognitiv, motivatsion-qadriyat, hissiy va xulq-atvor mezonlardan foydalaniladi[4]. Kognitiv mezon bo‘lajak chet til o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi tizimi, turli vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari va normalari haqidagi bilimlarni namoyon etadi. Motivatsion-qadriyat mezon talabalarning shaxslararo miqyosdagi o‘zaro ta’sir va muloqotga tayyorgarligini motivatsiyasini ko‘rsatadi.

Hissy (emotsional) mezon xorijiy madaniyat va uning vakillariga nisbatan kommunikativ sezgirlikni belgilab beradi. Xulq –atvor mezoni ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishning samarali usullarini tanlash qobiliyati - hamkorlik va murosaga kelishni ta’minlaydi.[2] Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish darajasini aniqlash uchun pedagogika va psixologiyaning ushbu sohasida to‘plangan tajribadan foydalaniladi. Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezon va darajalari (shakllangan sifatning namoyon bo‘lish darajasi) o‘zaro bog‘liq ikkita komponent sifatida ko‘rib chiqiladi. Asosan, olimlar malaka-mahorat shakllanishining yuqori, o‘rta va past darajalarini ajratadilar.

NATIJA VA MUHOKAMALAR. Tajriba-sinov ishlarining aniqlashtiruvchi  bosqichi talabalar o‘rtasida kasbiy kompetensiyani rivojlantirish darajasi odatda past darajadaligini ko‘rsatadi. Rivojlangan kasbiy kompetensiyani rivojlantirish tizimini sinab ko‘rish uchun tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichi o‘tkaziladi. Rivojlangan pedagogik tizimning aprobatsiyasi aniqlangan pedagogik sharoitlarga rioya qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi[5]. Shunday qilib, tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichidagi maqsadi zarur didaktik shart-sharoitlardan foydalangan holda bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish tizimining samaradorligini eksperimental tekshirishdan iborat bo‘lishi kerak.

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish darajalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

Yuqori daraja kelajakdagi faoliyatida kasbiy kompetentlikning ahamiyatini to‘liq anglay olish, o‘qituvchi va chet tilini o‘rganuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni samarali amalga oshirish uchun kasbiy kompetensiyaning ahamiyatini anglash, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan kommunikativ qobiliyat va umumiy qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligiga chuqur ishonch, kasbiy kompetensiyaning barqaror namoyon bo‘lishi, barcha shaxsiy sifatlar, ularni rivojlantirishga ongli intilish, kasbiy kompetensiya tuzilishini aniq tushunish, chet tilini o‘qitishning interfaol usullari sohasidagi chuqur bilim, ziddiyatlarning yetishmasligi va muloqot paytida o‘zaro hamkorlik sharoitida adekvat xatti-harakatlardir[7].

O‘rtacha daraja – bu kelajakdagi faoliyatida kasbiy kompetentlikning ahamiyatini yetarli darajada anglamaslik, interfaol kompetensiyani rivojlantirish muammosiga ijobiy munosabat, bir yoki ikkita sifatning davriy namoyon bo‘lishi, ularni rivojlantirish istagining namoyon bo‘lishi, interfaol kompetensiya tuzilishi to‘g‘risida umumiy tasavvur, ba’zan qabul qilingan ma’lumotlarga nisbatan noadekvat munosabat, sheriklar bilan muloqot qilishda qisman qiyinchiliklar, interfaol usullardan foydalanishda zarur bo‘lgan qisman  shakllantirilgan ko‘nikmalar.

Past daraja – bu bo‘lajak o‘qituvchilar o‘rtasida interaktiv kompetensiyani rivojlantirish ahamiyatini yetarli darajada anglamaslik, kelajakdagi o‘qitish faoliyati uchun interaktiv kompetensiyaning ahamiyatini yetarli darajada baholay olmaslik, o‘quv va kognitiv vazifalarni bajarish uchun motivatsiyaning mavjud emasligi, past kasbiy yo‘naltirilgan shaxsiy sifatlarning shakllanganlik darajasi, ushbu kompetensiya tuzilishini noto‘g‘ri tushunish, interfaol ta’lim muammosi to‘g‘risida bilimlarning etishmasligi, interfaol usullarni to‘liq qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarning etishmasligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak chet til o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasining shakllanganlik  darajasi kognitiv, motivatsion-qadriyat, hissiy va xulq-atvor mezonlarning ifodalanganlik darajasi sifatida talqin etilishi mumkin.  Tajriba-sinov ishlari, avval ham aytgaimizdek, aniqlashtiruvchi, shakllantiruvchi va umumlashtiruvchi bosqichlarda amalga oshiriladi. 300 kishidan iborat xorijiy tilni bilish darajasi taxminan bir xil bo‘lgan tajriba (TG) va nazorat guruhlari (NG) tuziladi.

Tajriba-sinov ishining aniqlashtiruvchi bosqichi bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu kompetensiyaning tarkibidan kelib chiqib va mezonlarga muvofiq o‘rganilayotgan kompetensiyaning shakllanish darajasi aniqlanadi[6]. Motivatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan kelajakdagi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ishlab chiqilgan tizimining birinchi komponentini baholab, so‘rovnoma o‘tkaziladi, uning natijalari talabalarning xorijiy tilni o‘rganishga qanchalik ishtiyoqlari baland ekanligini ko‘rsatishi kerak. Odatda 20-25 savolga javob berish tavsiya etiladi.

 

XULOSA. Shunday qilib, eksperimentni aniqlashtiruvchi bosqichida so‘rov natijalarini tahlil qilish chet tilini o‘rganish uchun motivatsiya darajasini aniqlashga yordam beradi, bu odatda ushbu guruhlarda bir xil bo‘ladi: talabalarning chet tilini o‘rganish uchun motivatsiya darajasi yuqoriligi, o‘rtacha past, darajaga egaligi aniqlanadi. Kasbiy kompetentlikning kognitiv tarkibiy qismini rivojlantirish darajasini aniqlash uchun talabalarni kasbiy kompetensiya va chet tilini o‘qitishning interfaol usullari to‘g‘risidagi bilimlarni tekshirish uchun sinovdan o‘tkazish kerak. Eksperimentning aniqlashtiruvchi bosqichidagi test natijalari nazorat va eksperimental guruhlardagi talabalarning interaktiv kompetensiyasining kognitiv komponentining rivojlanish darajasini ko‘rsatishi kerak.

Библиографические ссылки

Gataev, A. S., & Muskhanova, I. V. (2017). Formation of the personality of the future teacher in the educational environment of the University. Pedagogical Journal, 7 (1), 361.

Gluzman, N. A. (2019). Valeological competency building in future teachers in physical education process. Theory and Practice of Physical Culture.

Бондаревская Е.В. (1999). Концепция личностно-ориентированного образования и селостная педагогическая теория / Е.В.Бондаревская // Школа духовности., (5), 41-66.

Дмитриева, Ҳ. (2004). Формирование профессионалной компетентности будущего учителя началных классов селской школы // Дисс... канд.пед.наук / Н.Л.Дмитриева. - Великий Новгород, 177.

Федотова М. Г. Корщикова О. В.(2005) Дидактический потенциал компетентностного подхода к подготовке учителя иностранного языка. // Педагогические науки и психологические науки.

Фролова И.Т. (1986). Философский словар. - М.: Политиздат, 1986, 590.

Плигин А.А. (2003). - М.: «КСП+», 432.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Раджаб Юсупов ,
Университет науки и технологий

Преподаватель

Как цитировать

Юсупов , Р. (2025). Этапы педагогической опытно-экспериментальной работы. Лингвоспектр, 4(1), 1048–1053. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/733