Лингвистические интерпретации понятия семантического поля

Аннотация
В данной статье анализируются теоретические интерпретации понятия семантического поля, предложенные различными лингвистами. Рассматриваются подходы таких ученых, как Йост Трир, Стивен Улльман, Джон Лайонс, Ольга Ахманова, Юрий Апресян, Лорел Брингтон и Елена Кубрякова. При изучении теории семантического поля в лингвистике становится очевидным, что это понятие представляет собой весьма удобный и последовательный подход к объяснению внутренней структуры и смысловых связей в лексической системе. На мой взгляд, семантическое поле – это не просто совокупность слов с похожим или противоположным значением, а модель, отражающая, как концептуальные сети в человеческом мышлении оформляются посредством языка. Каждое слово важно не только тем, что оно синонимично или антонимично другим словам, но прежде всего тем, как оно освещает определённый сегмент действительности. В статье раскрывается, как каждое из этих направлений объясняет взаимосвязь лексических единиц, их парадигматические и синтагматические отношения, а также роль семантических полей в концептуальном моделировании действительности и структуре лексического значения. В качестве итогов представлена таблица с пояснениями к каждому определению и кратким анализом научных взглядов.
Ключевые слова:
Cемантическое поле лексическая единица парадигматические отношения синтагматические отношения концептуальная модель когнитивная лингвистика язык и мышлениеKirish
Semantik maydon tushunchasi turli tilshunoslar tomonidan izchil tarzda talqin etilgan bo‘lib, bu tushuncha leksik birliklarning o‘zaro ma’no jihatdan bog‘liqligini tushuntirishga xizmat qiladi. Jost Trierning ta’kidlashicha, so‘zlar faqat butunning bir qismi sifatida ma’noga ega bo‘ladi, ya’ni faqat maydon doirasidagina ma’no mavjud bo‘ladi.
Asosiy qism
Bu yondashuvga ko‘ra, til birliklari yagona semantik makon doirasida anglashiladi. O. S. Axmanova semantik maydonni inson tajribasida ajratilgan haqiqat bo‘lagining til orqali ifodalanishi sifatida ko‘rsatadi; bu mikrosistema tilda nisbatan mustaqil leksik birliklar majmuasi sifatida mavjud bo‘ladi. (Ахманова, 1966) Shuningdek, u semantik maydonni muayyan tematik qatordagi so‘z va iboralarning yig‘indisi deb ham ta’riflaydi — masalan, vaqt maydoniga oid “soat”, “davomiylik”, “tez orada” kabi birliklar kiradi. Yu. D. Apresyan bu tushunchani yanada aniqroq belgilab, semantik maydonni umumiy semantik komponentga ega va o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘lgan leksik birliklar to‘plami sifatida izohlaydi. (Апресян, 1995) Lorel Brington esa bu tushunchani giponimiya bilan bog‘laydi, lekin undan erkinroq talqin qilib, semantik maydonni o‘zaro bog‘liq so‘zlar orqali ifodalanuvchi haqiqat segmenti deb tavsiflaydi. (Brinton, 2000) Shunday qilib, barcha yondashuvlar semantik maydonni ma’no jihatdan o‘zaro aloqador leksik birliklarning tizimi sifatida ko‘rsatadi, bu tizim esa til orqali haqiqatni konseptual modellashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda quyidagi jadvalda semantik maydon nazariyasiga oid yetuk tilshunos olimlarning ta’riflari hamda ularning biz tomonimizdan keltirilgan shartli izohli sharhlari keltirmoqdamiz:
Olim |
Ta’rif |
Izoh |
Yost Trir
|
“Nur als Teil des Ganzen hat es Sinn; denn nur im Feld gibt es Bedeuten - Barcha ma’no faqat maydon ichida mavjud” - Der deutsche Wortschatz im Sinnbezirk des Verstandes (Trier, 1931) |
So‘zlar til tizimida ma’no jihatidan o‘zaro bog‘liq holda semantik maydonlar doirasida birlashadi. Har bir so‘zning mazmuni aynan shu maydon ichidagi boshqa leksik birliklar bilan bo‘lgan semantik munosabatlar orqali aniqlanadi. |
Stiven Ulman
|
“Semantik maydon bu o‘zaro bog‘langan leksik birliklarning tizimli to‘plamidir, ular til ichidagi semantik sistemaning bir qismini tashkil etadi.” - The Principles of Semantics (Ullmann, 1962)
|
Semantik maydon – bu o‘zaro ma’no jihatidan bog‘langan so‘zlar to‘plami bo‘lib, ular tilning umumiy semantik tuzilmasida muayyan konseptual sohaga taalluqli mazmuniy makonni ifodalaydi. Ushbu birliklar bir-birini to‘ldirish, farqlash va oppozitsiyalash orqali tilning yordamida insonning dunyoni idrok etish jarayonida faol rol o‘ynaydi. |
Jon Layons
|
“So‘zlarning paradigmatik va syntagmatik munosabatlari semantik maydonlarda ifodalanadi.” - Semantics, Volume 1 (Lyons, 1977)
|
So‘zlar o‘rtasidagi paradigmatik (o‘rnini bosuvchi) va syntagmatik (qo‘shilib keluvchi) munosabatlar semantik maydonlar tarkibida yaqqol namoyon bo‘ladi. Paradigmatik aloqalar bir semantik maydon ichidagi so‘zlar o‘rtasida tanlov imkoniyatini bildirsa, syntagmatik aloqalar esa ularning birikishi orqali yuzaga keladigan kontekstual ma’noni tushunishga xizmat qiladi. Ushbu ikki turdagi semantik munosabatlar til tizimining ichki mazmuniy tuzilishini anglashda muhim omil hisoblanadi. |
Olga Axmanova
|
Поле семантйческое англ. semantic field. 1) Частичка («кусочек») действительности, выделенная в человеческом опыте и теоретически имеющая в данном языке соответствие в виде более или менее автономной лексической микросистемы. Семантическое поле радости. Семантическое поле времени. 2) Совокупность слов и выражений, со ставляющих тематический ряд, слова и выражения языка, в своей совокупности покрывающие определенную область значений, а Слова, относящиеся в данном языке к одному из семантических полей (в I зиач ), напр к полю времени - час, продолжительность, скоро и т. п – Semantik maydon - ingliz tilida semantic field. 1. Haqiqatning inson tajribasida ajratilgan bir bo‘lagi ("bo‘lakchasi"), u nazariy jihatdan tilda nisbatan mustaqil leksik mikrosistema shaklida ifodalanadi. Masalan: quvonch semantik maydoni, vaqt semantik maydoni. 2. Ma’lum bir mavzuviy qatorni tashkil etuvchi so‘zlar va iboralar majmuasi, ya’ni tildagi so‘z va iboralar o‘zaro birgalikda ma’lum bir ma’no sohasini qamrab oladi. Masalan, tildagi vaqt semantik maydoniga oid so‘zlar: soat, davomiylik, tez orada va hokazo. - Lingvistik terminlar lug‘ati (Ахманова, 1966) |
Semantik maydon (semantic field) – bu inson tajribasida ajralib chiqqan va til orqali ifodalangan haqiqatning muayyan bo‘lagi bo‘lib, til tizimida nisbatan mustaqil leksik mikrosistema sifatida shakllanadi. Masalan, “quvonch” yoki “vaqt” kabi semantik maydonlar ma’lum tematik sohaga tegishli bo‘lgan, o‘zaro ma’no jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasini tashkil etadi. “Vaqt” semantik maydonida soat, davomiylik, tez orada kabi birliklar jamlanib, birgalikda ma’no fazosini to‘ldiradi hamda inson tafakkurining leksik ko‘rinishini ifodalaydi.
|
Yuriy Apresyan
|
“Семантическое поле представляет собой совокупность лексем, объединённых общим семантическим компонентом и находящихся в определённых парадигматических отношениях друг с другом – Semantik maydon— bu umumiy semantik komponentga ega bo‘lgan va o‘zaro paradigmatik munosabatlarda bo‘lgan leksik birliklar to‘plamidir.” - Tanlangan asarlar, I jild, Leksik Semantika (Апресян, 1995) |
Semantik maydon deganda ma’no jihatidan o‘zaro bog‘langan leksik birliklarning yagona semantik tizimi tushuniladi. Bu birliklar umumiy semantik komponent asosida birlashadi. Masalan, harorat konseptiga oid semantik maydonda issiq, sovuq, iliq, muzdek va hokazo. Ushbu birliklar o‘zaro paradigmatik munosabat asosida bir kontekstdan birini tanlash orqali qo‘llaniladi. Paradigmatik aloqalarning asosiy turlariga esa sinonimiya (ma’nodoshlik), antonimiya (qarama-qarshilik), va giponimiya (umumiy-xususiy ma’nodagi bog‘liqlik) kiradi. |
Lorel Brington
|
Giponimiya tushunchasiga yaqin, biroq undan erkinroq tarzda talqin etiladigan tushuncha bu - semantik maydon (yoki domen)dir. Semantik maydon - bu o‘zaro bog‘liq so‘zlar orqali ifodalanuvchi haqiqatning bir bo‘lagi bo‘lib, bu so‘zlar umumiy semantik xususiyatga ega bo‘ladi. - The structure of modern English: a linguistic introduction (Brinton, 2000)
|
Semantik maydon - bu haqiqatning muayyan qismini ifodalovchi va o‘zaro ma’no jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasidir. U giponimiya hodisasiga yaqin bo‘lsa-da, undan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, so‘zlar umumiy semantik xususiyat yoki konseptual asosga ko‘ra birlashadi. Masalan, “quvonch” semantik maydonida xursand, mamnun, shodlik, kulmoq kabi so‘zlar jamlanadi. Bunday semantik strukturalar tilning ichki ma’no tizimini va inson tafakkuridagi konseptual kategoriyalarni aks ettiradi. |
Elena Kubryakova
|
“Semantik maydon - bu inson ongidagi kontseptual struktura, u kognitiv tilshunoslikning asosiy birligidir.” - Jurnal lingvistik va kognitiv tahlil ishlaridan (Кубрякова, 2004)
|
Semantik maydon - bu inson ongida shakllanadigan kontseptual struktura bo‘lib, u o‘z ichiga ma’no birliklarini tizimli tarzda mujassamlashtiradi va kognitiv tilshunoslikda asosiy tahlil birligi sifatida qaraladi. Ushbu struktura til orqali dunyoni idrok etish, tasniflash va tushunishda muhim kognitiv vosita vazifasini bajaradi. |
Table 1.
Yuqoridagi ta’riflar shunchaki terminologik izoh bo‘libgina qolmay har bir olimning soha borasidagi nazariy asoslarga qo‘shgan hissasini ham anglatadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, Trir semantik maydon g‘oyasini sistemali tarzda ilgari surgan birinchi olimlardan biri bo‘lib, u so‘zlar o‘z ma’nosini faqat boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan nisbiy munosabatlar orqali olishini ta’kidlaydi (Trier, 1931). Uning yondashuvi strukturalizmga asoslangan bo‘lib, semantik makon doirasida har bir leksik birlikning o‘rni qat’iy belgilanadi.
Ulman esa semantik maydonni leksik tizimdagi mazmuniy birliklarning o‘zaro bog‘liq strukturasiga asoslaydi (Ullmann, 1962). U mazmuniy qarama-qarshiliklar va to‘ldiruvchanlik mexanizmlarini tahlil qilish orqali tilning semantik imkoniyatlarini chuqur tushuntirib beradi.
Axmanova semantik maydonni til va haqiqat orasidagi vosita sifatida ko‘radi (Ахманова, 1966). U semantik maydonlarni inson tajribasi asosida ajralib chiqqan konseptual sohalarning leksik ifodasi deb hisoblaydi. Bu yondashuv kognitiv tilshunoslikka yaqin turadi.
Layonsga kelsak, paradigmatik va syntagmatik munosabatlar orqali semantik maydonni aniqlashga urinish bilan, struktur tilshunosligining semantikaga qo‘llanishini amaliy jihatdan ko‘rsatadi (Lyons, 1977). Uning nazariyasida so‘zlar orasidagi tanlov (paradigma) va birikish (syntagma) harakati asosiy ahamiyat kasb etadi.
Apresyanning yondashuvi bo‘lsa, strukturaviy va komponent tahliliga asoslanadi (Апресян, 1995). U semantik maydonni umumiy semantik komponentga ega bo‘lgan so‘zlar to‘plami sifatida ko‘rib, sinonimiya, antonimiya va giponimiya kabi munosabatlar orqali ularni tasniflaydi. Bu yondashuv semantik tizimni tahliliy usulda ochib beradi.
Apresyan semantik graduallikka kognitiv yondashuv asosida yondashib, til mazmunining qanday o‘zgarishlar orqali shakllanishini chuqur tahlil qilgan. U til tizimidagi semantik yuksalish va pasayish jarayonlarini lug‘aviy hamda sintaktik vositalar orqali qanday ifodalanishini aniqlashtirishga harakat qiladi. Apresyan tadqiqotlarida semantik graduallikning til tizimi doirasida qanday ishlashi va u orqali yuzaga keladigan ma’no o‘zgarishlari kognitiv jihatdan izohlanadi. Uning ishlari semantik o‘zgaruvchanlikni kognitiv lingvistika mezonlari asosida o‘rganish uchun muhim nazariy zamin yaratgan.
Brington ham semantik maydonni giponimiya bilan bog‘lasa-da, uni undan kengroq va erkinroq konsepsiya sifatida talqin qiladi (Brinton, 2000). U bu maydonlarni haqiqatning semantik jihatdan uzviy bog‘langan segmentlari sifatida ko‘rsatadi, bu esa tilning konseptual model sifatida ishlashini ifodalaydi.
Kubryakovaning ilmiy qarashlarida esa semantik maydonni sof kognitiv yondashuvda sharhlaydi (Кубрякова, 2004). Uning fikricha, bu tushuncha inson ongidagi kontseptual strukturalarni ifodalaydi va til orqali dunyoni idrok etishning ichki kognitiv tizimini aks ettiradi. U semantik maydonni tushunchaviy (kontseptual) tahlilning asosi deb biladi.
Semantik maydon nazariyasi leksik tizimdagi ichki mazmuniy bog‘liqliklarni tahlil qilishda muhim metodik vosita sifatida baholanadi. Ushbu tushuncha orqali so‘zlar o‘rtasidagi paradigmatik va syntagmatik munosabatlar hamda inson tafakkurining til orqali ifodalanish uslublari aniqlashtiriladi. Semantik maydonlar faqat o‘xshash yoki zid ma’nodagi so‘zlarning jamlanmasi sifatida emas, balki haqiqatning konseptual segmentlari bilan bog‘liq bo‘lgan semantik tizimlar sifatida talqin etilishi zarur, deb hisoblanadi.
Xususan, O.S. Axmanova va Ye.S. Kubryakova qarashlari semantik maydonni nafaqat lingvistik, balki kognitiv nuqtai nazardan yoritishga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Chunki ular semantik maydonni faqat til doirasida emas, balki ong va tajriba orqali shakllanuvchi konseptual makon sifatida talqin etadi. Bu esa kognitiv tilshunoslikning chuqur qatlamlari bilan bog‘liq bo‘lib, tilning nafaqat kommunikativ, balki gnoseologik (bilish) vosita sifatidagi rolini ochib beradi. Ularning yondashuvlarida semantik struktura inson tajribasi va ongidagi tushunchaviy model sifatida shakllanadi. Bu esa semantik tahlilni nafaqat til strukturasi, balki bilish jarayoni sifatida ham ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Tilshunos sifatida, semantik maydonlar bo‘yicha tadqiqotlar til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni anglashda kuchli nazariy asos bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Shu sababli, leksik tahlil jarayonlarida semantik maydon yondashuvini qo‘llash, ayniqsa sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabi semantik bog‘liqliklarni tushunishda muhim vosita sifatida e’tiborga loyiq, deb hisoblayman.
Shu asosda, semantik maydon yondashuvi sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabi semantik munosabatlarni tahlil qilishda nazariy asos sifatida keng qo‘llanishi maqsadga muvofiq deb topiladi. Mazkur yondashuv, ayniqsa, til va tafakkur o‘rtasidagi aloqani tadqiq etishda muhim ilmiy vosita sifatida qaralmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, semantik maydon nazariyasi – bu leksik birliklarning ma’no jihatidan qanday tizimlashtirilishini, til orqali haqiqat qanday modellashtirilishini, va inson tafakkurining lingvistik in’ikosini anglashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir olim ushbu tushunchani o‘z nazariy asoslari va lingvistik maktablariga tayangan holda turlicha talqin qilgan bo‘lsa-da, barcha yondashuvlar bir umumiy tamoyil – ya’ni semantik aloqadorlik asosida birlashgan leksik birliklarning mazmuniy tizimini shakllantirish zaruriyati atrofida birlashadi.
Semantik maydon nazariyasi tilshunoslikda nafaqat leksik tizimni strukturaviy tahlil qilish, balki inson bilimining kognitiv va konseptual mexanizmlarini anglashda ham samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali tilning nafaqat nominativ (nom beruvchi), balki epistemik (bilim shakllantiruvchi) funksiyasi ham aniqlanadi. Mazkur maqolada tahlil qilingan nazariy qarashlar tilning semantik arxitekturasini chuqurroq tushunishga, shuningdek, leksik birliklar o‘rtasidagi ichki ma’no bog‘liqliklarini aniqlash orqali semantik tizimni konseptual asosda tasvirlashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Azimova, M. (2024). Kulgi semantikasi rivojida madaniy va psixologik asoslar [Cultural and psychological foundations in the development of laughter semantics]. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13909649
Azimova, M. (2024). Lexical-semantic field of "laugh" in English and Uzbek in taxonomic aspect. Академические исследования в современной науке, 3(36), 71–75. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/50004
Azimova, M. (2024). The semantic field of crying (Yig’i semantik maydoni). Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(10), 79–81. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/37346
Brinton, L. J. (2000). The Structure of Modern English: A Linguistic Introduction. John Benjamins Publishing.
Durdona Egamnazarova. (2023). THE USE OF PARADOX IN PROSE: AN EXPLORATION OF CONTRADICTION AS A LITERARY DEVICE. American Journal of Philological Sciences, 3(06), 23–33. https://doi.org/10.37547/ajps/Volume03Issue06-05
Egamnazarova D.Sh. (2020). The problem of inversion at the communicative level of speech. In Proceedings of the international scientific-practical conference “Current issues of speech culture and Uzbek linguistics”. Andijan: AUL Publishing House (pp. 201-204).
Egamnazarova D.Sh. (2023). UNRAVELING LINGUISTIC DEVIATION: SOME THOUGHTS ON THE VARIANCES IN LANGUAGE PATTERNS [Data set]. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10130742
Lyons, J. (1977). Semantics (Vol. 1). Cambridge: Cambridge University Press.
Trier, J. (1931). Der deutsche Wortschatz im Sinnbezirk des Verstandes: Die Geschichte eines sprachlichen Feldes. Heidelberg: Winter.
Ullmann, S. (1962). The Principles of Semantics (2nd ed.). Oxford: Blackwell.
Апресян, Ю. Д. (1995) Избранные труды. Том I. Лексическая семантика. – 2-е изд., испр. и доп. – М.: Школа «Языки русской культуры»; Издательская фирма «Восточная литература» РАН, 1995. – VIII
Ахманова, О. C. (1966) A 95 Cловарь лингвистических терминов. М., «Сов. Энциклопедия», 1966., - 322 стр.
Кубрякова, Е. С. (2004). Язык и знание: Когнитивный подход к изучению языка. Роль языка в концептуализации мира. Москва: Языки славянской культуры.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Мухтасархон Азимова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.