Правовые и организационные основы охраны культурного наследия в Узбекистане
Аннотация
В данной статье проанализирована государственная политика, правовые и организационные механизмы, направленные на охрану, рациональное использование и популяризацию объектов материального культурного наследия в Узбекистане. Рассмотрены основные направления деятельности Департамента культурного наследия (ранее — Главное управление), в частности, охрана исторических памятников, ведение государственного реестра, проведение экспертизы архитектурной документации, а также планы развития исторических городов. Также проанализированы перспективы развития туризма и национальной экономики за счёт эффективного использования культурного наследия на государственном и международном уровнях.
Ключевые слова:
культурное наследие материальные ценности исторические памятники археологические объекты государственная охрана юридический механизм департамент культурного наследия правовая база исторические города туристическая инфраструктура.Milliy tarixni toʻgʻri anglash va maʼnaviy merosni asrab-avaylash jamiyat taraqqiyotining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi eʼlon qilingan ilk yillardan boshlab xalqimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini tiklash, ularni ilmiy asosda oʻrganish hamda kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasida koʻtarildi. Ayniqsa, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ommalashtirish maqsadida yangi huquqiy-tashkiliy mexanizmlar joriy etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xalqimizning qadim oʻtmishi, shonli tarixi, ajdodlarimizdan qolgan nodir madaniy merosni ilmiy oʻrganish, uni asrash va undan foydalanish boʻyicha yangicha yondashuv, talab va vazifalar davlat miqyosida kun tartibiga qoʻyildi. 1992-yili Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etilgan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi” bu boradagi ilk institutsional tuzilma sifatida faoliyat yuritdi. Keyinchalik mazkur tuzilma 2019-yildan boshlab “Madaniy meros departamenti” sifatida qayta tashkil etildi va uning vakolatlari yanada kengaytirildi[1].” Oʻzbekiston Respublikasida madaniy merosni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar maxsus vakolatli davlat organi — Madaniy meros departamenti tomonidan qonunchilikka asoslangan holda tashkil etiladi. Departament zimmasiga yuklangan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, moddiy madaniy meros obyektlari, jumladan, arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar, muzey eksponatlari va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa madaniy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish. Xususan, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar va YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar boʻyicha boshqaruv rejalari ijrosini taʼminlash yuzasidan davlat nazorati amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish, ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatini aniqlash, tegishli hujjatlash va davlat hisobiga olish ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, koʻchmas mulk shaklidagi madaniy meros obyektlarining turlari va muhofaza hududlari belgilab beriladi, ularning miqdor va sifat koʻrsatkichlari hisobga olinib, narxiy bahosi shakllantiriladi.
Uchinchidan, tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini amalga oshirish, madaniy meros obyektlarining tarixiy qiymati va noyobligiga putur yetkazmagan holda qurilish, taʼmirlash yoki qayta tiklash ishlarini yuritishda doimiy ilmiy-texnik nazoratni taʼminlash vazifasi bajariladi.
Toʻrtinchidan, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon merosi obyektlari joylashgan hududlarda shaharsozlik, qurilish va boshqa xoʻjalik faoliyatlarini ushbu hududlarning tarixiy muhiti, tabiiy landshafti va arxitekturasiga xosligini saqlagan holda muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.
Madaniy hudud - madaniy boyliklardan ishlab chiqarish va iqtisodiy foydalanishni optimallashtirish maqsadida yaratilgan hududdagi munosabatlar tizimi. Ushbu maqsadga madaniy merosni boshqarish rejalari va vositalarini, shuningdek, bir xil hududlarda nomoddiy va moddiy xayriyalarni birlashtirish orqali erishiladi.
Shuningdek, mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston madaniy merosni muhofaza qilish, milliy qadriyatlar va an’analarni xolis oʻrganish hamda ularni tiklashning tashkiliy - huquqiy asoslari yaratildi. Ushbu masalaga Oʻzbekiston Respublikasi Konistitutsiyasida ham “Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab – asrashga majbur va madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida” ekanligi ta’kidlab oʻtilgan[2]. Shuningdek, mustaqillik yillarida “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻg‘risida”[3] gi, “Muzeylar toʻg‘risida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi[4]. Mazkur qonunlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qarorlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Hozirgi kunda ham milliy madaniy merosni oʻrganish, targ‘ib etish , va ulardan Respublika ma’naviy – ma’rifiy hamda iqtisodiy salohiyatini oshirishda unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qilingan ishlar sirasiga:
-davlat muhofazasiga olingan madaniy meros yodgorliklari roʻyxatining sezilarli darajada kengaytirilgani;
- jahon sivilizatsiyasida oʻziga xos oʻrin tutgan tarixiy shahar markazlari va ularda bunyod etilgan milliy me’morchilikning nodir namunalarini “Butunjahon madaniy merosi roʻyxati” ga kiritilishi;
- ularni respublika dunyo miqyosida chuqur oʻrganish va targ‘ib etish boʻlgan e’tiborning kuchaytirilishi;
- respublika miqyosida turizmni rivojlantirishda aynan tarixiy – me’moriy yodgorliklardan foydalanish masalasining mamlakatning ijtimoiy salohiyatini oshirishda qaratilgan davlat dasturlari doirasida kiritilishi shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarini diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash turizm infratuzilmasini kengaytirish”da tarixiy me’moriy merosdan unumli foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan[5].
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan madaniy yodgorliklarni oʻrganish va muhofaza qilishga oid koʻplab huquqiy meyoriy hujjatlar takomillashtirilib, ularga asosan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur masalaga oid faktik materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (avvalgi Bosh boshqarma) hisobotlarida oʻz aksini topgan. Xususan, departamentning statistik ma’lumotlariga koʻra, bugungi kunga kelib, respublikada davlat muhofazasiga olingan mavjud 8647 ta madaniy meros obyektidan
3013 tasi me’moriy yodgorliklar;
4763 tasi arxeologik yodgorliklar;
615 tasi monumental yodgorliklar;
256 tasi diqqatga sazovor joylardan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi qaroriga asosan koʻchmas moddiy madaniy meros obyektlarning milliy roʻyxati tasdiqlangan. “Roʻyxatdan 8208 ta koʻchmas moddiy madaniy meros obyekti joy olgan boʻlib, ulardan 4748 tasi arxeologik yodgorliklar, 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental san’at yodgorliklari va 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Xususan, Samarqanddagi 1607 ta obyekt, ulardan 70 ta me’moriy yodgorlik respublika va 769 tasi mahalliy, Buxorodagi 660 ta, ulardan 283 tasi respublika, 377 tasi mahalliy, Toshkentdagi 509 ta, shundan 6 tasi respublika 503 tasi mahalliy, Xorazmdagi 225 ta, shundan 97 tasi respublika 128 tasi mahalliy, Qashqadaryodagi 204 ta, shundan 23 tasi respublika, 181 tasi mahalliy, Farg‘onadagi 189 ta, shundan 9 tasi respublika, 180 tasi mahalliy, Namangandagi 109 ta, shundan 12 tasi respublika, 97 tasi mahalliy, Navoiyidagi 74 ta 11 tasi respublika, 63 tasi mahalliy, Andijondagi 67 ta, shundan 5 tasi respublika, 62 tasi mahalliy, Qoraqalpog‘iston Respublikasi[6] 60 ta, shundan 22 tasi respublika, 38 tasi mahalliy, Surxondaryodagi 38 ta, shundan 12 tasi respublika, 26 tasi mahalliy, Sirdaryodagi 7 ta, mahalliy ahamiyatga ega me’moriy yodgorliklar, shuningdek, Oʻzbekistondagi koʻchmas madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatdan joy olgan[7].”
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda tarixiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, oʻrganish, asrab-avaylash, ulardan foydalanish va ommalashtirish, tarixiy-madaniy obyektlarni aniqlash, hisobga olish, tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi jamoat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yaratish, tarixiy-madaniy merosimizni yanada chuqur oʻrganish maqsadida arxeologik qazishmalar siklini olib borish, ularni qayta tiklash, muzeylashtirish va jahonga mashhur sayyohlik markazlariga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda madaniy merosni muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida olib borilayotgan ishlar milliy oʻzlikni tiklash, tarixiy xotirani saqlash va jamiyat maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi. Mavjud normativ-huquqiy baza va tashkilotlarning faoliyati madaniy meros obyektlarini ilmiy asosda oʻrganish, ularni restavratsiya qilish va xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatini kengaytirmoqda. Bundan tashqari, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar mamlakatning turizm salohiyatini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga ham xizmat qilmoqda. Kelgusida mazkur sohada monitoring tizimini mukammallashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri boʻlib qoladi.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Гайрат Расулов

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
