Этнолингвистические и этнокультурные особенности явления аббревиации в языке

Авторы

  • Андижанский государственный институт иностранных языков
Этнолингвистические и этнокультурные особенности явления аббревиации в языке

Аннотация

В статье анализируется сущность понятий этнолингвистики и этнокультуры, объект исследования, высказанные исследователями точки зрения, а также этнолингвистическая и этнокультурная характеристика аббревиатур, составляющих лексический фонд языка.

Ключевые слова:

Этнолингвистика этнокультура аббревиатура материальная и духовная культура этническая группа антропоним ласки

Kirish

Etnolingvistika – til va madaniyatning o‘zaro munosabatini, uning shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda o‘rganuvchi alohida ilmiy soha sanaladi.

Etnomadaniyat esa etnografiya fanining o‘rganish obyekti hisoblanib, xalqning madaniy o‘ziga xosligi, qadriyatlari, meyorlari va boshqalarni o‘rganuvchi sohadir.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Etnolingvistika madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bir tomondan etnolingvistika insoniyatning madaniy til оmillаridagi o‘rni, ikkinchi tomondan esa, til оmillаridagi insonning o‘rnini o‘rganadi (Darvishov, 2021).

Etnolingvistika o‘rganish obyektiga ko‘ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o‘rganish obyektiga bo‘lgan yondashuviga ko‘ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o‘rganadi hamda millat
madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. Ma’lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N. S. Trubetskoyning yozishicha: “Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so‘z bo‘lishi mumkin emas, ya’ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo‘lishi shart” (Трубецкой, 1960). Til va madaniyatning ana shunday o‘zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganish imkonini berdi. Ya’ni, til va madaniyat (Darvishov, 2021).

Etnolingvistikaga tadqiqotchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, G.A.Botirbekova, S. B.Sharipovalar “Etnolingvistika tor va maxsus ma’noda tilshunoslikning til va etnos, til va madaniyat, til va xalq mentaliteti, til va mifologiya va boshqa muammolarni qo‘yadigan va hal qiladigan bo‘lim hisoblanadi. Lingvistikaning bu bo‘limi uchun xalq madaniyati, psixologiyasi va mifologik tasavvurining tildagi aksini (inson faoliyatining barcha tomonlari, shu jumladan, moddiy ishlab chiqarish va foydalanish uchun hos bo‘lgan), tilning konstruktiv roli va uning xalq madaniyati, xalq psixologiyasi hamda xalq ijodiyoti shakllanishi va funksiyalashuviga ta’sirini ko‘rib chiqish hosdir”, deydi (Ботирбековаб 2023).

Madaniyatni til orqali tadqiq etishning nazariy asoslari shuni ko‘rsatadiki, inson va dunyo haqida eng katta, salmoqli ma’lumot saqlovchi va tashuvchi til hisoblanadi. Har bir xalqning tabiati, turmush sharoiti, urf-odatlari, madaniyati va san’ati tilda aks etadi. Shunga ko‘ra, til orqali madaniyatni o‘rganish g‘oyasi yangilik emas, bu haqida dastlab A. Bryukner, V. V. Ivanov, V. N. Toporov, N. I. Tolstoy va boshqalar nazariy qarashlarini bayon qilganlar (Солижонов, 2021).

Rus etnolingvisti Ye.Bartminskiy o‘tgan asr boshida ushbu muammoni hal qilishda ishtirok etdi. Ularning asarlarida madaniyat tilshunoslikka yaqin fan ekani, insoniyat taraqqiyoti tarixida vujudga kelgan turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi masalalarini chuqur tahlil qilmay, matn hamda til sirlarini tushunib bo‘lmasligi e’tirof etiladi (Маслова, 2001).

Etnomadaniyat etnografiya fanining o‘rganish obyekti sanaladi. Etnografiya fan tarzda paydo bo‘libdiki, to hozirgi kunga qadar xalq va xalqlarning madaniy o‘ziga xosligi uning asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan. Yanada kengroq tushuntirilsa mazkur fan turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi, ular ishtirokidagi an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va ma’naviy madaniyat muammolari hamda etnoslararo jarayonlar ushbu doirasida tadqiq qilinadi [6, 23, 31]. Boshqacha aytganda, etnografiya - turli etnik guruhlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini, ulardagi etnik o‘zlikni anglash, madaniy boshqaruv shakllarini hamda jamoaviy munosabatlar qonuniyatlarini, shaxslararo aloqalarini hamda ijtimoiy muhitni o‘rganuvchi fandir.

 Har bir millat madaniyatini uning urf-odat, an’ana va qadriyatlaridan ajratgan holda tassavvur etib bo‘lmaydi. Etnografik leksika nomi ostida birlashgan etnografizlarni o‘rganish milliy urf-odat va qadriyatlarni tadqiq etishda ahamiyatli. Urf-odatlar muayyan etnosning o‘ziga xosliklarini namoyon etadi, butun etnografik sistemada lisoniy belgi sifatida faol o‘ringa ega, shu jihati bilan tilshunoslik uchun muhim. Har bir til leksik makrosistemasida alohida bir mikrosistemani tashkil etuvchi, etnografik tushunchani ifodalovchi leksemalar tizimi mavjud. Ushbu leksemalarni o‘rganish uchun tilshunoslikning maxsus sohasi etnolingvistika shakllangan, u lingvistik soha sifatida lingvistik universaliyalarni ham, xususiy jihatlarni ham o‘rganadi. Shuning uchun umumiy va xususiy etnolingvistika farqlanadi. Umumiy etnolingvistika etnografik til hodisalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi kabi umumiy masalalar bilan shug‘ullansa, xususiy etnolingvistika ayrim tillarga xos etnografizmlarni shu nuqtayi nazardan tadqiq qiladi. Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi (Омонбоеваб 2023).

O‘zbek etnomadaniyatida ismlarni qisqartirish (abbreviatsiya), ayniqsa ism va otasining ismini ko‘rsatish tashqi omillar, aniqrog‘i rus tilining ta’sirida paydo bo‘ldi. Masalan, Odilov Komil AnvarovichOdilov K.A. yoki K.A.Odilov ko‘rinishida yozildi. Hozirga kelib esa –vich, -na (ayollarga) ishlatilmay, balki uni o‘rnini o‘g‘li, qizi qo‘llanila boshladi. Nima bo‘lganda ham qisqartirish oldingidek shaklda saqlandi. Qisqartirishning tarixiga nazar solsak, E.A.Begmatovning “O‘zbek tili antroponimikasi” nomli monografiyasida quyidagicha beriladi.

XX asr davrida, avvalo, o‘zbek ismlarida familiya, otasi paydo bo‘ldi. O‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab o‘zbek fuqarolari uch qismdan iborat (ism-familiya-otasi) tuzimda nomlanadigan bo‘ldi. O‘zbek ismlari yangi ismlar bilan boyidi: Uchqun, Yorqin, Inqilob kabi. Ikki qismdan iborat arabcha o‘zlashma nomlarni qisqartirib, qo‘shma ismning bitta komponentini tushirib nomlash kuchaydi: Abduvohid-Vohid, Murodulla-Murod, Murodjon, Xayriniso-Xayri kabi. Ism tanlashda diniy motivdan ko‘ra estetik va ilmiy tupgunchalarga tayanish kuchaydi (Sarvinoz, Dilnavoz, Gulyuz, Gulchehra, Go‘zal, Muslima, Donoxon); qishloq aholisi bilan shahar aholisining ismni baholash tushunchalarida, shaxsning shaxsiy hujjatlarida qayd etilishi tufayli, nomlarning yozma shakllari bilan og‘zaki shakli bir meyorga tusha boshladi va boshqa(Бегматов, 2013).

Xullas, ismlarning rivoji tarixini davrlashtirishda har bir tarixiy davrdagi antroponimiyada yuz bergan muhim, hal qiluvchi o‘zgarish va belgilarni hisobga olgan holda davrlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

O‘zbeklarda ismlarni erkalab qisqartirish holatlari ham uchraydi. Bu holat asosan so‘zlashuv uslubiga xos. Masalan, Nilu-Nilufar, Hoji-Hojiakbar, Mohi-Mohichehra va h.k. Ayrim qisqartirilgan ismlar shaklida ham biroz o‘zgarish bo‘ladi va bu ma’lum guruh, oila uchun tushunarli bo‘lib, boshqa jamoa ismni anglay olmasligi mumkin: Akosh-Akmal, Dilash-Dilafruz va boshq. Ba’zi shu turdagi qisqartma ismlar qirqma ko‘rinishda so‘zning boshidan, o‘rtasidan, oxiridan, boshi-oxiridan olingan bo‘ladi va bu holat ingliz tilidagi “clipping”ga to‘g‘ri keladi. Masalan: Cheh-Gulchehra, Gul-Gulbahor, Sodiq-Muhammadsodiq, Mamat-Mamatqul. So‘nggi olingan misolimizdagi so‘zning qisqartma shaklida o‘rtadagi –ma tushib qolyapti va bu holat tilshunoslikning morfofonologiya bo‘limi o‘rganib, gaplologiya hodisasi deyiladi.

Ingliz tilida ham antroponimlarning o‘zbek tili kabi qisqarish holatlarini kuzatish mumkin: Aaron - Ron, Ronny; Abigail - Abbey, Abbie, Nabby, Abby, Gail; Abraham - Abe, Bram.

Yuqoridagi inglizcha misollardan shuni guvohi bo‘lyapmizki, ko‘plab inglizcha ismlar ikki ko‘rinishda qisqartirilgan. O‘zbek tilida ham bunday holatlar kuzatiladi va har ikki tilda qisqartirish ko‘pincha erkalash, kichraytirish sifatida qo‘llaniladi.

Ingliz tili leksikologiyasiga oid manbalarda umumiste’mol leksikasidagi ot (so‘z)larning qaysi bo‘g‘inidan qisqartirilishiga qarab 4 turga ajratiladi (Арнольд, 1986). Biz uni yuqorida uni “clipping” atamasi bilan berdik. Biroqb atoqli otlar misol sifatida keltirilmagan va ingliz tilida olib borilgan tadqiqotlarda ular e’tibordan chetda qolgan.

  1. So‘z boshidan qisqartirish: Angus - Gus, Gussy.
  2. So‘z oxiridan qisqartirish: Annabell – Anna.
  3. So‘z o‘rtasidan qisqartirish: Armando – Andy.
  4. So‘z boshi va oxiridan qisqartirish: Augustine - Gus, Gussy, Gussie.

Biz tadqiqot davomida beshinchi turni ham e’tirof tdik, ya’ni so‘zning ikki xil ko‘rinishida ikki ko‘rinishdagi qisqartirish: Antoinette - Toni, Nettie, Antonia - Toni, Nia.

Yuqoridagi misollar shuni ko‘rsatadiki, ikki tilda so‘zlarning qisqartirish modeli va ularning uslubiy-semantikasi o‘xshashlik kasb etadi. 

Tilshunos olim E.A.Begmatov umuman musulmonlar, jumladan, o‘zbeklar islomning bolani nomlashga oid yuqorida qayd qilingan talablariga asrlar davomida amal qilib kelishiga ham batafsil to‘xtalgan (Бегматов, 2013). Olimning o‘tmishdan to hozirgacha o‘tgan davr ichida chaqaloqni nomlashning islomcha qoidalaridan ma’lum darajada chetga chiqish va chekinish holatlari yuz berib turganini kuzatish mumkinligini ta’kidlab, bularni quyidagilarda yuzaga chiqishini ko‘rsatadi (Бегматов, 2013):

Allohi taoloning nomlaridan yasalgan ismlarning aksariyati amalda shaklan to‘liq (Abduqodir) yoki qisqartirilgan, noto‘liq (Qodir, Qodirboy) holda qo‘llanishi odat tusiga kirib qolgan. Chunonchi: Abduaziz va Aziz, Abduazim va Azim; Abdulahad va Ahad, Abduvahhob va Vahhob; Abdumavlon va Mavlon kabi. Bunday holat ingliz madaniyatida ham kuzatiladi: Christian to‘liq – Christ, Krista qisqartirilgan, Adam to‘liq - Addy, Ad qisqartirilgan.

Shuni alohida aytish kerakki, o‘zbek tilida Allohi taoloning nomlari qisqartirilgan holatda ham aytilsa-da, majoziy ma’noda qo‘llanilmaydi. Ingliz tilida esa erkalab-qisqartirish majoziy ma’nosi kuzatidi. Bu jihatdan antroponimlar ikki tilda so‘zlashuvchi turli madaniyat egalarida farq qiladi.

Ingliz madaniyatida ota-onalarning farzandlariga ism qo‘yishda, o‘zbeklarga o‘xshab, ijobiy ma’no kasb etuvchi, tarixda qaysidir buyuk bo‘lgan shaxsning fazilatlariga e’tibor beradi. Ayrim ismlarning to‘liq holatdagi ko‘rinishi sharifni bildirsa, qisqartirilgan holati ism sifatida qo‘yiladi: Clinton – Clint [15] - 1. A male given name from Irish. 2. A surname from Irish.

Connor – Con, Conn irlandcha erkaklar ismi hozirda bir undoshning tushirib yozilishi bilan “Conor” sifatida Irlandiyada ota-onalar tug‘ilgan farzandlariga taniqli Irland bokschisi “Conor McGregor” nomini Conor qismini qo‘yishmoqda va uning qisqartirilgan shaklida ham bitta –n harfi qo‘llanmoqda.

O‘zbek millatida ham bunday holatlar ko‘p uchraydi. Ayniqsa, Temur, Nodira kabi, asar qahramonlari Farxod, Shirin, Layli va h.k. Bu ismlarni ham so‘zlashuv nutqida qisqartilib aytilishi kuzatida: Temur – Tim, Farxod – Fara kabi. Qolaversa, hozirda arabcha ismlarni qo‘yish urfga aylandi va shu ismlar ham oilada, do‘stlar ichida, ma’lum guruhlar orasida qisqartirilib aytilmoqda: Mursalina – Muchi.    

Natijalar

Ingliz va o‘zbek tillarida qisqartirilmagan va qisqartirilgan shaxs nom (ism)lar bir biridan semantik jihatdan farq qiladi. To‘liq shakldagi ismda ijobiylik semantikasi kuzatiladi. O‘zbek tilining ingliz tilidan farqli jihati shu holatda shundaki, ingliz tilidagi qisqartirilgan shakl erkalash-qisqartirish va kichraytirish, qolaversa laqabdan boshqa semantik ma’no kasb etmasligi tadqiqotimiz davomida isbotlandi. Masalan, Fabian - ikkinchi Pun urushi paytida Gannibalga qarshi taktikasi jangni kechiktirish yoki undan qochish orqali dushmanni zaiflashtirishga qaratilgan, dovyurak Rim generali Fabius Maksimni eslatadi. Biroq, Fabes, Fab ko‘rinishdagi qisqartirilgan muqobillari dovyurak, qo‘rqmas ma’nolarini anglatmaydi. Lekin bu holat doim o‘zini oqlayvermaydi. Buni keyingi qatordagi fikrimiz isbotlaydi.

O‘zbek tilida qo‘shma shaxs nomlaridagi har ikki qism alohida semantik ma’no kasb etadi. Masalan, Muhammad+Sodiq ismlaridagi xohlagan qism qisqartirilsa, qolgan qism ma’no anglataveradi. Lekin ingliz tili kabi o‘zbek tilida ham qisqartirilgan ism to‘liq muqobilidan semantik jihatdan far qiladi. Masalan: Jalil - atoqli, dongdor, mashhur (aslida Abdujalil), Jalol - ulug‘, ko‘rkam, shavkatli (aslida Abdujalol) (Бегматов, 2013).

Biz yuqorida ismlarning qisqargan shakli so‘zlashu nutqiga xos dedik. Ammo ayrim ismlar to‘liq holda ham, qisqargan shaklda ham ota-ona tomonidan farzandlariga qo‘yilmoqda. Bu rasmiy hujjatlarda aks etmoqda. Masalan, Matqul va Mamatqul, Abduolim va Olim bunga misol bo‘la oladi. Ayrim hollarda o‘zbek tilida ism va sharif teng qo‘llanib, sharif qisqartirilgan holatlarni ham kuzatyapmiz: Xalim Karim. Bu yerda bitta muammo bo‘ladiki, shaxsning ismi Xalimmi, Karimmi yoki aksincha Xalimovmi yoki Karimovmi. Bunday holat hayotiy tajribamizda ko‘p uchragan. Ba’zan Xalim aka, ba’zan Karim aka deb murojaat qilganmiz. 

Ingliz tilida ayrim antroponimlar ham ism, ham sharifni, qolaversa joy nomini bildirishi, eng qizig‘i ayollarga ham ism sifatida qo‘yilishi mumkin. Biroq, ayrim qisqartmali shaxs nomlari to‘liq shaklidagidek mazmunni saqlab qolishini kuzatdik:

Francis - Fran, Frank, Franky.

  1. A male given name from Latin.
  2. (rareA female given name from LatinAlternative spelling of Frances.
  3. A surname originating as a patronymic.
  4. A placename.

Ingliz tilida bir ismning ikki emas, beshdan ortiq qisqartirilgan shakllari ham uchraydi. Bu o‘zbek tilida kamdan kam hollarda uchrashi mumkin. Masalan, Elizabeth ismining 25 ta qisqartirilgan muqobili mavjud: Bess, Bessie, Bette, Bet, Betty, Beth, Betsy, Eliza, Elise, Elsa, Elsie, Ellie, Ella, Lisa, Lisbeth, Lissie, Lily, Libby, Liddy, Lizbeth, Lizzy, Lizzie, Liz, Liza, Lilibet;

Ingliz tilida ham abbreviatsiya asosida paydo bo‘lgan diniy ismlar Xudoga va uning elchilariga berilgan nomlar bo‘lib, bu ismlar shaxslarga ham qo‘yilgan. Ularni ingliz millati qisqartirib ham ishlatishadi:

Ingliz tilida: Nathan, Jon, John, Jonny, Johnny - aslida Jonathan.

  1. The sixth book of the Old Testament of the Bible, and a book of the Tanakh.

Synonym: (abbreviation) Josh.

  1. (biblical) The son of Nun, Judge of Israel following Moses; author of the Book of Joshua; Quranic figure.

O‘zbek tilida: Vohid - yakkayu yolg‘iz, yagona (Abduvohid), Vahhob - gunohlarni kechira oluvchi, kechiruvchi, avf etuvchi (aslida Abduvahhob), Rasul - payg‘ambar, Allohning elchisi (asli Abdurasul) va boshqalar (Бегматов, 2013).

Kishi nomlarini abbreviatsiyalash yo‘li uzoq tarixga ega. Taniqli olim G‘.Abdurahmonovning aytishicha, Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida Sulaymon ismini So‘li shaklida qisqartirgan(Абдураҳмонов, 1966). Ko‘pchilik tilshunoslar, jumladan I.Ilminskiy so‘zlarni ismlarni qisqartirib aytish insonni hurmat qilish, suyush, erkalashdan boshqa hech narsa emas deb fikr bildiradi(Ильминский, 1966). 

Tilshunoslikda etnolingvistika tilshunoslar tomonidan turlicha talqin etildai. Jumladan, A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati”da makrolingvistikaning til bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarini, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik va etnik faktorlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi bo‘lim deya izohlanadi (Ҳожиев, 1985).

  1. S. Axmanova ham xuddi shunday tavsiflanadi: Раздел макролингвистики, изучающий отношения между языком и народом и взаимодействие лингвистических и этнических факторов в функционировании и развитии языка (Ахманова, 1966).

Xulosa

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yashash hududi, tili, dini, millati, yashash tarzi umuman boshqa-boshqa bo‘lgan til egalarining etnomadaniy, qolaversa etnolingvistik jihatlari bir biriga so‘z qisqartirish borasida yaqinlashadi. Bu jihat ingliz va o‘zbek xalqalarining tarixda bir biri bilan yaqin aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi, desak to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.

Библиографические ссылки

Ginzburg, R. S., & Khidekel, S. S. (1979). A course in modern English lexicology (2nd ed., Rev. & Enlarged). Москва: Вышшая школа.

Абдураҳмонов, Ғ. (1963). Ўзбек тили фонетикаси тарихидан. Ўзбек тили ва адабиёти, (2), 2.

Ахманова, О. С. (1966). Словарь лингвистических терминов. Москва: Советская энциклопедия.

Бегматов, А. Э. (2013). Ўзбек тили антропонимикаси. Тошкент: Фан.

Ботирбекова, Г. А., & Шарипова, С. Б. (2023). Тилшуносликда этнолингвистика ва лингвокультурология. Journal of Advanced Research and Stability, 03(12), 18.

Дарвишов, И. (2023). Этнолингвистика: О‘quv qo‘llanma. Наманган: Iste’dod ziyo press.

Ильминский, И. И. (1960). Материалы к изучению киргизского наречия. Учёные записки Казанского государственного университета, (3), 125.

Маслова, В. А. (2001). Лингвокультурология: Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. Москва: Академия.

Омонбоева, Д. Н., & Мирзаева, Д. И. (2023). Ўзбек тилшунослигида этнографик характердаги халқ оғзаки ижоди намуналарининг ўрганилиши. Eurasian Journal of Academic Research, 3(2), 63.

Солижонов, М. З. (2021). Инглиз ва ўзбек тилларидаги ривоятлар концептуал майдонининг лингвокультурологик тадқиқи: Филол. фан. фалсафа док. (PhD) дисс...автореф. Тошкент: 56 бет.

Трубецкой, Н. С. (1960). Поведения и мышления к языку. Москва.

(Note: Title may have typographical issues — please verify original source title if possible.)

Ҳожиев, А. (1985). Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. Тошкент: Ўқитувчи.

https://en.wiktionary.org/wiki/Appendix:English_given_names.21.02.2025

https://en.wiktionary.org/wiki/Northern_Ireland#English. 21.02.2025

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Гулчехра Ибрагимова,
Андижанский государственный институт иностранных языков

Доктор философии по филологическим наукам (PhD), доцент

Как цитировать

Ибрагимова, Г. (2025). Этнолингвистические и этнокультурные особенности явления аббревиации в языке. Лингвоспектр, 5(1), 175–181. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/833

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

<< < 3 4 5 6 7 8 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.