Tax policy of the emirate in the Shakhrisabz bekdom at the end of the 19th - beginning of the 20th centuries

Authors

  • University of Economics and Pedagogy
Налоговая политика эмирата в бекстве Шахрисабз в конце XIX - начале XX веков

Abstract

This article provides information that in the late 19th and early 20th centuries, the population of the Shahrisabz bekdom was forced to pay about 40 taxes, and the Emir of Bukhara's desire to oppress the population of Shahrisabz in various ways and increase the amount of taxes caused an economic crisis in the country and caused discontent and uprisings among the people.

Keywords:

Xiroj zakot aminona hukmona taloqona xatmano juzya qora cherik farsax puli qorgonmardikor

Ma’lumotlarga qaraganda, XIX asrning 80-yillarida o‘rtalarida Buxoro amirligida 40 ta soliq turi mavjud bo‘lgan. Amirlikning so‘nggi hukmdorlari Amir Abdulahad va o‘g‘li Sayid Olimxon hukmronligi davrida mamlakatning iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lganligini soliqlarning turlariga qarab ham bilish     mumkin.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholi ushbu soliqlarni to‘lashga majbur etilganlar. Amirlikda soliqlarning quyidagi turlari mavjud bo‘lgan.Ular quyidagilar: xiroj, zakot, aminona, taxtajoy puli, tarozi puli, dallol puli, mirabona, chig‘ir puli, laboni puli, juzьya (amirlikda yashovchi yahudiylardan olingan g‘ayridinlik solig‘i), avarizot, qora cherik, farsax puli, yaksari yoki qo‘sh puli, hovli puli, ot-juvoz puli, xos puli, chorbog‘ puli, chub puli, alaf puli, tarvuz puli, muhrona, xizmatona, kafsan puli, hukmona, taloqona, xatmano, shodiyona, nikohona va boshqalar.

Bu davrda o‘lkadagi barcha yerlar sug‘oriladigan va lalmikor yerlarga bo‘linib, yerlardan olinadigan soliqlar miqdori turlicha bo‘lgan. Shuningdek, Shahrisabz bekligida ham bir qancha soliq turlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari xiroj, zakot, tanob to‘lovlari bo‘lgan. Xiroj hosilning ma’lum bir qismi hajmida bo‘lib, natural to‘lov shaklida undirilgan. Suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlarda xiroj boshqa yerlarga nisbatan ko‘proq miqdorda undirilgan (Идаров, 1872). Masalan, bu xildagi yerlarda yetishtirilgan bug‘doy va tariq ekinlaridan xiroj hosilning ¼ qismi, boshqa turdagi yerlardan esa hosilning 1/5 qismi miqdorida undirilgan. Xiroj miqdori ekinlarning oq yoki ko‘k ekin turiga mansubligiga qarab farqlangan. Oq ekinlardan xiroj hosilning hosilning ¼ qismi, ko‘k ekinlardan hosilning 1/3 qismi miqdorida undirilgan (Кун, 1880).  

Beklikda tanob solig‘i asosan pul bilan olingan. Soliqning bu turi paxta, uzum va mevalardan undirilib, miqdori mahsulot turiga qarab, ekin ekilgan maydonning har bir tanobidan olingan. A.L.Kun har bir tanob ekinzor yerdan 6 tanga, uzumzorlardan ½ tilla miqdorida soliq undirilganligini yozadi.

Soliq turlaridan zakot chorva mollaridan undirilgan. Har 100 qoramoldan, shuningdek qo‘ylardan 14 buxoro tangasi miqdorida zakot undirilgan.

Aminona solig‘i o‘lka amirlik tarkibiga kirganidan keyin paydo bo‘lgan. Buxoro xonligida mavjud soliqlarni tahlil qilgan A.A.Simyonov aminonaning amir Muzaffar tomonidan ruslarga qarshi urush ehtiyojlari tufayli kiritganligini yozadi. Amirlik hayotining so‘nggi yillarigacha saqlanib qolgan bu soliq turi asosan boy tabaqalar va amaldorlar zimmasiga tushgan. Shahrisabz shahrining xaftasiga 2 marta bo‘ladigan bozor kunlarida har bir rastadan bir tanga miqdorida aminona solig‘i undirilgan.

O‘lkaning musulmon bo‘lmagan aholisi bo‘lmish yahudiylardan, hindu-lar va boshqalardan jon solig‘i juz’ya olingan. Jon solig‘i har 3 oyda bir marta olinib, boylardan          50 tanga, kambag‘allardan 12 tanga miqdorida undirilgan. Juz’ya solig‘i ayollardan va 9 yoshga to‘lmagan bolalardan olinmagan.

Qishloq aholisi turli soliqlarni to‘lashi bilan birgalikda bir qator majburiyatlarni ham o‘tashga majbur bo‘lgan. Bekliklarda o‘lkaning turli qismlarini bir-biri bilan hamda ularni boshqa hududlar bilan bog‘lovchi yo‘llarni doimo tuzatib, soz holda saqlashga katta e’tibor berilgan. Buning uchun har bitta yo‘l shu yo‘l yoqasidagi yoki unga yaqin yerga joylashgan qishloqqa biriktirilgan. Qishloq aholisi o‘ziga belgilangan yo‘lni doimo tartibda, soz holatda saqlashga javobgar bo‘lgan.

Qishloq aholisi bajargan majburiyatlardan biri qo‘rg‘onmardikor deb atalgan. Har bir qishloq belgilangan tartibda yiliga ikki marta saroyga ishchilar yuborib turishi kerak bo‘lgan. Ishchilarning soni               qishloq aholisi sonidan kelib chiqib, 5 tadan             20 tagacha bo‘lgan. Turli qora ishlarni bajargan ishchilar o‘z hisobidan ovqatlanishgan. Belgilangan tartibda ishchilar almashib turgan. Kelmay qolgan kishidan 2 tanga pul undirilgan (Кун, 1880).

Qishloq aholisi o‘lka iqtisodiyotining asosini tashkil qilganligi va dehqonchilikning ko‘p jihatdan sun’iy sug‘orishga bog‘liqligi irrigatsiya inshootlari, ariqlar, to‘g‘onlarga doimo katta e’tibor bilan qarashga majbur qilgan. Shahrisabz beki o‘lkadagi ariqlarni saqlab turishni o‘zi nazorat qilgan va o‘lkadan kelayotgan daromadlarning bir qismini shu ishlarga sarflagan. Mavjud sug‘orish tizimlari o‘lka hayotida muhim o‘rin tutib, ulardan birortasining ishdan chiqishi unga bog‘liq bo‘lgan qishloq yoki qo‘rg‘on aholisining og‘ir ahvolga qoldirgan. O‘lkani bo‘ysundirish maqsadida urush boshlagan xonlar ana shu usullardan foydalanishgan.

1851 yilda Gʻuzor qo‘rg‘onini bo‘ysundirish uchun Muhammad Rahimxon yangi ariq qazdirib suv bilan ta’minlayotgan ariqni boshqa tomonga burib yubormoqchi bo‘ladi. Suvsiz qolishdan qo‘rqqan Gʻuzor hokimi qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatadi. Muhammad Rahimxon bu usulni boshqa qo‘rg‘onlar qamalida ham qo‘llagani ma’lum.

 Ma’lumki, Buxoro xonligida va shu jumladan, unga qarashli bekliklarda urush davrida favqulodda soliq – juz’ya yig‘ilgan.Juz’yadan tashqari harbiy vaziyat bilan bog‘liq soliqlar mavjud bo‘lgan.1868 yilda Samarqandga yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Jo‘rabek boy tabaqa vakillaridan, asosan savdogarlardan maxsus soliq undirgan. 1 tillodan 3 tillogacha undirilgan ushbu soliq boy puli deb atalgan (Кун, 1880). O‘lkadagi mudofaa inshootlarini ta’mirlab, mudofaaga yaroqli holatda saqlab turish uchun aholi turli ishlarga jalb qilingan.

Bundan tashqari Buxoro amiri Shahrisabz aholisining turli yo‘llar bilan ezishga intilib, soliqlar miqdorini oshirib borgan. Amir har yili bir yoki ikki marotaba Shahrisabzga kelishi ham o‘lka aholisi uchun og‘ir yuk bo‘lgan. Chunki amir vohaga kelgan vaqtda uning bilan birga kelgan qo‘shin va a’yonlarini boqish beklik hisobidan amalga oshirilib, uning barcha og‘irligi asosan aholi gardaniga tushgan.

1891 yilda Shahrisabz va Kitob aholisi rus podshosiga shunday shikoyatnoma yozgan edilar. “Amir viloyatimizga tez-tez kelib, boshqa xalqlar ichida eng huquqsiz bo‘lgan bizdek himoyasiz kishilarga har xil zarar yetkazadi, jabrlaydi va zo‘rlaydi, u bizning sabr-kosamizni to‘ldirmoqda. Amir kichik viloyatimizga to ‘xtagan vaqtida u bilan birga 5-6 ming sarbozlari ham bo‘ladi, ular bizni haqoratlaydi, behad xo‘rlaydi. Buning ustiga –ustak amir tomonidan belgilangan beklar qattiq zulm qilib barcha sarf-xarajatlarini bizdan undirib oladi” (Логофет, 1989).

Shahrisabzliklar Turkiston general gubernatorlik nomiga yozgan xatlarida Buxoro amirining ularga nisbatan zulmi tobora ortib borayotganligini yozishar ekan, bu holat soliqlar miqdorini oshishida ifoda etganligida hamda iqtisodiy ahvolni tanglashib borayotganligida ko‘rish mumkin.

Masalan, 1910 yilda “Tarixi Salimiy” asarining muallifi Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahim Shahrisabzga hokim etib tayinlanib, 4 yil shu lavozimda ish olib borgan. U o‘zining asarida xalq harakatlari,             jumladan 1905 yil 17 noyabrda Shahrisabz bekligi Buxoro amiriga soliq to‘lashdan bosh tortganligi haqida ma’lumot beradi. 1908 yil martida ham Shahrisabzda amir Abdulahad siyosatiga qarshi g‘alayon boshlangani      ma’lum.

Keyingi yillarda, jumladan 1913 yilda Shahrisabzda boshlangan hunarmandlarning norozilik harakatiga qishloqlardagi chorikorlar, kambag‘al dehqonlar ham qo‘shilgan.

Biroq ta’kidlash lozimki, mahalliy aholiga amir gumashtalarining zulm va zurovonliklari kamaymagan. Masalan, 1918 yil yozida Shahrisabz beki Saidkarimxon aholiga o‘sha vaqt bahosida yana 5 million so‘m soliq          soladi.

Ayni chog‘da Shahrisabz vohasida aholi amir olib boradigan siyosatdan o‘z noroziliklarini bildirib Buxoro amiri qo‘shinida xizmat qilishdan bosh tortadi. Masalan, 1920 yilning yozida Shahrisabz va Kitob bekliklarida amir uchun ko‘zda tutilgan 10 ming sarboz o‘rniga zo‘r qiyinchiliklar bilan atigi 3 mingtagina sarboz safarbar qilinadi. Ko‘p qishloqlarda jangchi yig‘ish maqsadida         kelgan amir vakillarini xalq kaltaklab, haydab yuboradi. 1920 yilda xatto Shahrisabz bekligi aholisi amirning urushga tayyorgarlik ko‘rayotganligiga norozilik bildirib, amir huzuriga vakillar jo‘natadi.

Yuqoridagi kabi holatlar, ya’ni noroziliklar va g‘alayonlar iqtisodiy tanglik bilan bog‘liq bo‘lib, ular ham Buxoro amirligining yemirilishiga sharoit tug‘dirayotgan edi.

 

References

Idarov, S. (1872). Pozemel’noe pravo i podatnaya sistema po magometanskomu pravu. TV, (41).

Kun, A. (1880). Ocherki Shahrisabzskogo bekstva. Zapiski Imperatorskogo Russkogo Geograficheskogo Obshchestva po otdeleniyu etnografii, 6, 217–243.

Logofet, D. N. (1909). Strana bespravya (p. 64). Saint Petersburg.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi (UzR MDA). (n.d.). Fond I-1, k-34, 170, s-3.

Published

Downloads

Author Biography

Xabiba Kamalova,
University of Economics and Pedagogy

Associate Professor

How to Cite

Kamalova, X. (2025). Tax policy of the emirate in the Shakhrisabz bekdom at the end of the 19th - beginning of the 20th centuries. The Lingua Spectrum, 10(1), 291–294. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1124