The Relationship Between Speaking Skills and Psycholinguistics
Abstract
This article analyzes the complexity of speaking skills in the process of language learning from a psycholinguistic perspective. The main psycholinguistic processes that explain the formation of speech in teaching Uzbek as a foreign language - speech planning, coding, articulation, monitoring, automation, etc. – are highlighted based on scientific sources. Based on the research of leading scientists such as Bygate, Levelt, Goh and Burns, Richards and Newton, the complexity of the process of oral speech and the psychological and cognitive factors that affect the methodology of teaching it are highlighted.
Keywords:
Speaking skills psycholinguistics oral speech communicative competence teaching as a foreign language coding second language LeveltBugungi globallashuv jarayonida o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rgatish masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bu ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasida fikr yoki ma’lumotni ifodalash faoliyatidir. O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishdan maqsad nafaqat o‘rganuvchilarning 4 ta ko‘nikma bo‘yicha (gapirish, o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozish savodxonligi) til egallashlarini ta’minlash, balki o‘zbek madaniyatiga olib kirish, milliy qadriyatlarimiz bilan yanada yaqindan tanishtirishdir.
Til o‘rganishda gapirish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Nutqdagi muloqot odatda yuzma-yuz amalga oshiriladi. Nutq faoliyatida tana tilidan foydalanish ham tinglovchilarga mo‘ljallangan xabarni tushunishga yordam beradi. Nutq mahorati o‘rganuvchilarning fikrlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda til o‘zlashtirish borasidagi eng asosiy duch keladigan muammolardan biri gapirish ko‘nikmasini shakllantirishdir.
Ikkinchi tilda yoki xorijiy tilda gapirish ko‘nikmasini o‘rgatish, ko‘pincha, qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xorijiy o‘rganuvchilar turli xil bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari va tengdoshlari, o‘qituvchilari yoki boshqa ona tilida so‘zlashuvchilar bilan og‘zaki muloqot qilishda ularni real vaqtda muvofiqlashtirishlari kerak. Ular nafaqat grammatika, lug‘at va talaffuz bo‘yicha asosiy bilimlarni (rasmiy yoki norasmiy sharoitlarda odamlar bilan qanday muloqot qilish, o‘tmishdagi voqea haqida qanday qilib gapirish, notanishlarga ko‘rsatmalar berish va akademik muhitda qanday nutq so‘zlash), balki bu bilimlarni turli xil muloqot maqsadlarida ishlatish ko‘nikmalarini ham bilishlari kerak.
Gumbold (1984) psixolingvistikaning asoschisi sifatida nutq faoliyati goyasini shakllantirdi, tilni jamiyat va shaxs o'rtasidagi "bog'lovchi" sifatida ko'rib chiqdi, bu esa psixolingvistik g'oyalarning asosini tashkil etdi.
Vigotskiy (1934) til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab psixologik jarayonlarni birinchi bo‘lib tizimli ravishda ilmiy asosda tahlil qilgan. Uning asari psixolingvistikaning fundamental manbai hisoblanadi:
- gapirish ichki nutq va tashqi nutq transformatsiyasidan iborat psixik jarayon;
- nutq ishlab chiqarish (speech production) – psixik faoliyatning eng murakkab ko‘rinishi;
- gapirish jarayonida diqqat, xotira, motivatsiya, fikrni rejalashtirish va konseptualizatsiya bir vaqtning o‘zida ishga tushishini tahlil qilgan.
Psixolingvistika og‘zaki nutqni inson ongida kechadigan kodlash, rejalashtirish, verbalizatsiya va monitoring jarayonlari sifatida izohlaydi. Levelt (1989) tomonidan ishlab chiqilgan “Nutq ishlab chiqarish modeli” bu jarayonning eng mukammal nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, gapirish uch bosqichda kechadi:
- Konseptualizatsiya – aytiladigan mazmunni rejalashtirish.
- Formulyatsiya – grammatik modelni tanlash va til birliklarini kodlash.
- Artikulyatsiya – tovushlarni ishlab chiqarish jarayoni.
Nutq ishlab chiqarishning bu modeli chet tilida gapirishning murakkabligini ilmiy asoslaydi: o‘rganuvchi bir vaqtning o‘zida lug‘at, grammatik shakllar, talaffuz, pragmatika va muloqot strategiyalarini boshqarishi kerak.
Bygate (1987) gapirishni “Spontan (to‘satdan) va real vaqt talab qiladigan, yuqori darajada avtomatlashtirilgan ko‘nikma” deb ta’riflaydi. Unga ko‘ra, gapirish nafaqat lingvistik bilim, balki muloqot vaziyatini boshqarish va mazmunga mos til birligini tez topishni talab qilishini ta’kidlagan.
Gower, Phillips & Walters (1995) og‘zaki nutqni o‘rgatishda talaffuz, ravonlik, interaktiv qobiliyat uchligi muhimligini ta’kidlaydi. Ular gapirishni faol jarayon, ya’ni o‘rganuvchi nutqni ishlab chiqaruvchi sifatida maydonga chiqadigan jarayon deb baholaydi. Richards & Newton (2010) og‘zaki nutqni o‘rganishni kognitiv yuklama (processing load) bilan izohlaydi. Ularning fikricha, o‘rganuvchi chet tilida gapirayotganda miyaga katta yuk tushadi: u so‘z topadi, grammatikani moslaydi, talaffuzni nazorat qiladi va muloqot sharoitiga mos pragmatik qarorlar qabul qiladi. Anne Burns ham gapirishni “murakkab ijtimoiy va psixik jarayon” deb ta’riflaydi va uni muloqot konteksti bilan bog‘laydi. Goh (2012) esa gapirishni metakognitiv jarayon sifatida ko‘radi: o‘rganuvchi nutq jarayonida o‘z natijasini baholaydi, fikr oqimini boshqaradi va xatolaroni ongli kuzatadi.
Vazifaga asoslangan o‘qitish nazariyasiga (2003) ko‘ra, gapirish eng samarali tarzda real kommunikativ vazifalar orqali rivojlanadi. Ular quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- o‘quvchi real hayotdagi muloqot vaziyatiga yaqin sharoitda gapiradi;
- maqsad – tilni emas, vazifani bajarish (muammoni yechish, fikr bildirish, kelishuvga erishish);
- nutq tabiiy ravishda shakllanadi;
- ravonlik birinchi o‘ringa qo‘yiladi, aniqlik esa jarayon davomida shakllanadi.
Bu yondashuv psixolingvistika bilan bevosita bog‘liq, chunki insonga tabiiy vazifalar berilganda u nutq ishlab chiqarishni avtomatlashtiradi.
Fulcher (2003) gapirishni baholash jarayonida psixolingvistik omillarning ahamiyatini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, og‘zaki nutq testlarini tuzishda quyidagi psixik jarayonlar hisobga olinishi kerak:
- real vaqt (real-time processing);
- nutqning ma’nodorliligi;
- fikrlash tezligi;
- xotira va lug‘at chaqirish mexanizmlari;
- dialog jarayonidagi o‘zaro ta’sir.
Fulcher gapirishni baholashda oddiy “grammatika + so‘z boyligi” bilan o‘lchash xato ekanini tanqid qiladi va nutqni integral psixolingvistik kompetensiya sifatida baholashni taklif qiladi.
Rus psixolingvistika maktabida esa nutq ishlab chiqarish nazariyasiga katta hissa qo’shgan olimlaridan Luriya (1979) nutqni bosh miya faoliyatining murakkab psixofiziologik tizimi sifatida talqin qilgan bolsa, Leontyev (1969) nutq faoliyatini motiv, maqsad, amalga oshirish bosqichlariga bo‘ladi. Vygotskiy (1934) nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan, bu esa, bugungi kommunikativ metodikaning asosiga aylangan.
Bu qarashlar chet tilida gapirishni o‘rgatishda psixologik tayyorgarlik, motivatsiya va nutq faoliyatini bosqichma-bosqich shakllantirish zarurligini asoslaydi.
Gapirish ko‘nikmasi psixolingvistikaning markaziy obyektlaridan biri bo‘lib, u inson ongida kechadigan murakkab kognitiv jarayonlarga tayanadi. Og‘zaki nutqning murakkabligi turli olimlar – Bygate, Goh, Richards, Newton, Levelt, Fulcher va boshqalar tomonidan izchil ilmiy asoslab berilgan. Shuning uchun chet tilida gapirishni o‘rgatish metodikasi har doim psixolingvistik nazariyalar bilan uyg‘un bo‘lishi va asoslanishi zarur.
References
Burns, A., & Goh, C. C. M. (2012). Teaching speaking: A holistic approach. Cambridge University Press.
Bygate, M. (1987). Speaking. Oxford University Press.
Ellis, R. (2003). Task-based language learning and teaching. Oxford University Press.
Fulcher, G. (2003). Testing second language speaking. Pearson Education.
Gower, R., Phillips, D., & Walters, S. (1995). Teaching practice: A handbook for teachers in training. Heinemann.
Humboldt, W. von. (1984). Selected works on linguistics. Progress. (Original work published in German)
Leontiev, A. N. (1969). Psycholinguistic units and the generation of speech utterance. Nauka.
Levelt, W. J. M. (1989). Speaking: From intention to articulation. MIT Press.
Luria, A. R. (1979). Language and consciousness. Moscow State University Press.
Richards, J. C., & Newton, J. (2010). Teaching listening and speaking: From theory to practice. Cambridge University Press.
Vygotsky, L. S. (1934). Thought and language. Labirint. (Original work published in Russian as «Мышление и речь»)
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Фотима Адхам кизи Хамидуллаева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
