Perception of Information in Communication through Nonverbal and Verbal Signals
Abstract
This article analyzes the mechanisms of information transmission and perception during verbal and nonverbal communication. Research shows that human emotions, facial expressions, and gestures play a crucial role in the effective transmission of information. The article examines the relationship between verbal and nonverbal cues, their role in the processes of perception and assimilation of meaning, as well as in the formation of positive and negative communicative situations. The article presents the balance between gestures and oral speech, a triangular model demonstrating their influence on communication effectiveness, and examples of intentionally limited information transmission. The article analyzes scientific data on the functional significance of verbal and nonverbal means in interpersonal communication, highlighting the specific features of their interaction and practical application. It can be concluded that effective communication requires not only words but also their expression, tone of voice, eye contact, physical gestures, and cultural symbols in society. The purpose of this study is to identify ways to improve mutual understanding and the effectiveness of social interactions through an in-depth study of the complex influence of verbal and nonverbal means on the communication process. The article provides the reader not only with theoretical knowledge, but also with the opportunity to apply this knowledge in everyday life, professional communication, and intercultural communication.
Keywords:
Verbal non-verbal state conscious means communicationTadqiqotlarimiz jarayonida shuni aniqladikki, hissiy holatni uzatishda bir qator vaziyatlarda biz imo-ishoralarimiz, yuz ifodalarimizdan xabardor emasmiz, ya’ni bu holatni о‘zimiz bajarishimiz uchun ifoda etishimiz biroz qiyin. Axborotni jо‘natuvchi va qabul qiluvchi har doim aloqa jarayonida namoyon bо‘lganligi sababli, noverbal signallardan ongli ravishda foydalanishda ahamiyat darajasini ajratib kо‘rsatish hisoblanadi. Tahlillarimiz davomida, noverbal xatti-harakatlaridagi ongli va ongsiz ravishda qiyosiy tahlil shuni kо‘rsatadiki, noverbal vositalarni ongli ravishda idrok etish qabul qiluvchiga xosdir (Конецкая, 1997). Axborot jо‘natuvchisi deyarli har doim uning noverbal signallaridan bexabar, imo-ishoralari esa bundan mustasno. Qabul qiluvchining oldida jо‘natuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarni tо‘g‘ri dekodlash vazifasi turibdi. Qabul qilingan noverbal signallarni adekvat talqin qilish qobiliyati ularning tadqiqotlari uchun muhim bо‘ladi.
V.P. Konetskaya fikriga kо‘ra, bu jarayonda noverbal vositalardan nazorat ostida foydalanish muloqotni aniqlaydigan yuqori bilim jarayonlariga bog‘liq. Inson his-tuyg‘ularini yashirish uchun “niqob” kiyadi. Biroq, jо‘natuvchi tomonidan noverbal signallarni ongli ravishda nazorat qilish bilan ham, qabul qiluvchi og‘zaki xatti-harakatlardagi eng kichik о‘zgarishlarni sezadi. Yuboruvchining haqiqiy hissiy holati beixtiyor imo-ishora, qarash, kо‘tarilgan qoshlarda namoyon bо‘lishi mumkin. Psixologlar tomonidan о‘tkazilgan tajribalar shuni kо‘rsatdiki, о‘z his-tuyg‘ulari haqida qasddan uzatilgan ma’lumotlar, ayniqsa yoqimli his-tuyg‘ular holatida osonroq qabul qilinadi (Конецкая, 1997).
Ishtirokchi suhbatning ma’lum bir nuqtasida bajaradigan roli noverbal vositalardan foydalanishga ta’sir qilishi aniq. Axborotni jо‘natuvchi va qabul qiluvchi uchun noverbal signallarning ahamiyati turlicha aks etadi hamda har xil ma’no ifodalaydi.
Tadqiqotchi olim, L.P. Yakubinskiyning sо‘zlariga kо‘ra, tinglovchilar tomonidan qiziqish yoki e’tibor, e’tiborsizlik, hayrat yoki zerikish kabi emotsiyalarni yuz ifodasi orqali ifoda etish juda muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan ma’ruzachi nutqning katta yoki kichik intensivligini aniqlaydi, assotsiatsiya osonlashadi, aksincha tо‘g‘ri ifoda signallari topiladi. Albatta, har kim bu hodisani о‘zi boshdan kechirgan, ular sizni tinglashganda va yaxshi tinglashganda, ayniqsa xotirjamlik bilan tinglashganda, nutq jarayoni osonlashadi. Shunday qilib, tinglovchining ijobiy noverbal signallarini ongli ravishda idrok etish kommunikantning og‘zaki bayonotini yaratish jarayonini osonlashtiradi. Shu bilan birga, kо‘pchilikka ma’lumki ma’ruzachi har doim ham о‘zining noverbal signallarini boshqarishga qodir emas. Tinglovchi uchun ma’ruzachining sо‘zlariga hamroh bо‘lgan noverbal signallar xabarni yetarli darajada idrok etish uchun zarurdir.
- Pizning ta’kidlashicha, insonning madaniy darajasidan qat’iy nazar, sо‘zlar va ularga hamroh bо‘lgan harakatlar shunday bashorat qilish darajasiga egaki, yaxshi, faol insonlar ma’lum bir iborani aytish paytida odam qanday harakat qilayotganini ovoz bilan aniqlay oladi ( Пиз, 1992).
Ammo, kо‘pchilik olimlarning tadqiqotlari A. Pizning fikrini notо‘g‘ri deb talqin qiladi. R.Birdvistell muloqot paytida uning imo-ishoralarini kuzatish orqali ma’ruzachi ovozining tembrini aniqlashni о‘rgandi. Olim rang orqali u qanday emotsiyalarni boshdan kechirayotganini, uning noverbal harakat ma’nolarini aniqlay olgan (Birdwhistell, 1970).
Muloqot jarayonida ma’ruzachi va tinglovchi ma’lumotni ikki kanal orqali uzatadi va qabul qiladi. Ikki kanalning qaysi biri muhimligi va ma’lumotliligi jihatidan afzal kо‘rilganligi tо‘g‘risida fanda ikki xil fikr mavjud. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri, ya’ni yuzma-yuz muloqot sharoitida tovushli matnni idrok etish jarayoni yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, inson hayotning ilk davridanoq kommunikativ harakatning verbal va noverbal qismlari о‘rtasida e’tiborni taqsimlash mahorati bilan tarbiyalanadi. Muloqot ishtirokchilari ongli yoki ongsiz ravishda ikkala qismning informatsion qiymatini sezadilar. Shuning uchun, harakatni tejash prinsipiga muvofiq, ba’zi bir qismdagi ortiqcha narsalarga e’tibor berilmaydi va bir qismdagi kerakli ma’lumotlarning "yetishmayotgan" ulushi ikkinchisining hisobiga tо‘ldiriladi. Bu jarayonga bir necha misollar keltirish mumkin, masalan ellipsis (fr. ellipse, ingl. ellipsis) – yunoncha “ἔλλειψις” (elleipsis) sо‘zidan kelib chiqqan. Ma’nosi: «yetishmaslik», «qoldirish», «tushirib ketish») bu kontekst orqali tiklanadigan jumla elementining matn yoki nutqdagi kamchilik yetishmayotgan elementni noverbal signal bilan osongina almashtirish mumkin. G.Kolshanskiyning fikriga kо‘ra yetishmayotgan elementlar kо‘pincha ishoralar orqali о‘zbek tilida bir nechta misollar keltirish mumkin, misol uchun: janoblar, iltimos,... (kо‘tarilgan qо‘l bilan imo-ishora tinchlanishga qaratilgan). Hozirda fransuz tilida ham bunday holatlar kо‘p kuzatiladi. Masalan, Tu veux manger quelque chose ? (hausse les épaules) – Bof... pas trop. Tо‘liq ibora: «Je n’ai pas trop envie de manger.» (Men ovqat yeyishni xohlamayman). Ellipsis: «Pas trop» + harakat (jest) yelkalarning qisilishi rad etillayotganni bildiradi. Encore ? (U qoshlarini kо‘taradi va likopchaga ishora qiladi.) Tо‘liq shakli: «Tu en veux encore ?» Lekin u faqat – “Encore ? deydi +qо‘l ishorasi” va hamma narsa tushunarli. Bu noverbal hamrohlik bilan odatiy suhbat ellipsisidir.
Ma’lumki, matnni assimilyatsiya qilish ikki о‘lchovli jarayon hisoblanadi, aks holda biz bayonotning haqiqatligi yoki yolg‘onligini aniqlashimiz qiyin bо‘ladi. Chunki bu boradagi sо‘zlarni baholash og‘zaki ma’lumotlarning ma’nosini boshqa kanallar orqali olingan ma’nolar bilan taqqoslashdan iboratdir.
I.N. Gorelovning sо‘zlariga kо‘ra, kо‘pincha verbal belgi muayyan sharoitlarda muhim vaziyatga hamroh bо‘lgan asosiy belgi sifatida harakat qiladi. Keyinchalik murakkab lingvistik ma’lumotlarni idrok etishda, biz kо‘proq haqiqiy matnni idrok etish bilan shug‘ullanamiz. Olimning ta’kidlashicha, nutqni qabul qilish bu nutq parallel ravishda amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. I.N. Gorelov bu jarayonni 3 guruhga ajratgan. Bular: 1) shaklni idrok etish; 2) xabar mazmunini idrok etish; 3) aloqa holatini idrok etish ( Горелов, 1980).
- Shaklni idrok etish – bu bosqichda inson nutqning tashqi shaklini qabul qiladi: tovushlar, talaffuz, intonatsiya, sur’at, pauza va grammatik qurilish. Masalan, sо‘zlarni tо‘g‘ri eshitish, nutqning til qoidalariga mosligini sezish shu yerda amalga oshadi.
- Xabar mazmunini idrok etish – bu bosqichda nutq orqali yetkazilgan ma’no tushuniladi. Inson sо‘zlar ortidagi fikrni, ya’ni xabarning mazmuni va asosiy g‘oyasini anglaydi. Masalan, “Iltimos, oyna och” degan iboradan faqat sо‘zlarni emas, balki shaxsning sо‘rov niyatini tushunish.
- Aloqa holatini idrok etish – mazkur bosqich eng keng qamrovli bosqich bо‘lib: inson nutq orqali nafaqat xabarni, balki muloqot vaziyatini ham tushunadi. Bu yerda ijtimoiy va shaxsiy omillar (kim gapiryapti, qanday ovoz bilan, qaysi holatda) hisobga olinadi. Masalan, bir xil gap dо‘stona holatda sо‘zlansa bir ma’no, tanqidiy vaziyatda aytilsa boshqacha ta’sir qiladi.
Kommunikativ harakatning boshida qabul qiluvchining о‘tmishdagi aloqa tajribasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir yо‘nalish mavjud bо‘lib, buning natijasida qabul qiluvchi kelajakdagi xabarning mazmuni haqida ba’zi farazlarni ilgari suradi. Qо‘shimcha noverbal ma’lumotlarni qabul qilish ba’zan haqiqiy nutqda hali amalga oshirilmagan tarkibdagi asosiy о‘zlashtirish uchun yetarli bо‘lishi mumkin, ya’ni kimnidir fikrini, narsani boshqa bir kishi oladi va uni о‘zlashtiradi. Odatiy holatda, noverbal ma’lumotlarni hisobga olgan holda, og‘zaki berilgan tarkibning assimilyatsiyasini tо‘g‘rilaydi.
Biroq xabar yetarlicha murakkab bо‘lsa va aloqa aktining boshida ilgari surilgan gipoteza tasdiqlanmasa, qabul qiluvchi tovush shaklini olishni davom ettirishi kerak. Ma’lumki, nutqni qabul qilishda gap tarkibini idrok etish, ya’ni nutq sо‘zlash shaklini idrok etish vaqtga tо‘g‘ri kelmaydi, ya’ni ular sinxronlashtirilmaydi. Tinglovchi kо‘pincha unga aniq nima deyilishini va kamdan-kam hollarda qanday aytilishini bilishini ta’kidlaydi. Verbal signallar har doim ham tayyor ma’noga ega emas. Deyarli har qanday birlik kontekstda har qanday ma’noni ifoda eta olishi mumkin, ya’ni sinonimlar, polisemiya, turli sо‘zlar bir xil belgini ifoda etadi.
Tahlillarimiz davomida, muloqotda noverbal vositalardan foydalanish, odam har doim bilvosita xulosalarning eng murakkab tizimlaridan foydalangan holda har qanday xabarning parolini hal qila oladi degan tushunchani asoslaydi. Ular muloqot jarayonida evristik (“Evristik” sо‘zi о‘rganish, kashf qilish yoki yangi bilim va yechimlarni topish bilan bog‘liq ma’noni anglatadi.) fikrlash meyorlariga muvofiq davom etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tilning asosiy shakllari – tushuncha, hukm, xulosa bilan mantiqiy fikrlash tizimi shakllangan inson tafakkuri rivojlanishining о‘sha bosqichining mahsuli hisoblanadi. Verbal va noverbal vositalar bilan uzatiladigan ma’lumotni dekodlash jarayoni inson tafakkuriga xos bо‘lgan mantiqiy hamda konseptuallika asoslanadi. Rus olimi G.V. Kolshanskiyning fikricha dekodlash mexanizmi xabarni bilvosita idrok etishdan iborat bо‘lib, u ikki bosqichdan о‘tadi. Birinchi bosqich – bu faqat verbal tuzilmani idrok etish. Ikkinchi bosqich – verbal tuzilishda mavjud bо‘lmagan semantika elementlarini tо‘ldirishga qaratilgan ma’lum xulosalar zanjiri hisoblanadi (Kolshanskiy, 1984).
Shuningdek inson dastlab lingvistik vositalar bilan uzatiladigan ma’lumotlarni qabul qiladi, agar lingvistik yetishmovchilik bо‘lsa, noverbal holda ifodalangan fikrlar dekodlashtiriladi. Biroq, bu nuqtai nazarga ham G.V. Gorelov, “ biz birinchi navbatda lingvistik bо‘lmagan signallarni qabul qilamiz” deb da’vo qiladigan ba’zi xorijiy tadqiqotchilarning fikriga qarshi chiqadi. Aloqa ishtirokchilarining tashqi kо‘rinishi ham noverbal signallarga tegishli bо‘lsa, ularni mavjud bо‘lish huquqi yanada yaqqol aks etadi. Ammo, olim G.V. Gorelov bu ikkita mavjud fikrga tо‘liq qarshi bо‘lmaydi. Shubhasiz, aloqa jarayonining turli bosqichlarida verbal va noverbal bо‘lmagan vositalarning funksiyasi imkonsiz deb ta’kidlaydi. Shu bilan birga, taxlillarimiz davomida verbal va noverbal bо‘lmagan ifoda etilgan narsalar о‘rtasidagi nomuvofiqlik holatida noverbal signallarning roli muhim hisoblanadi. Bunday xulosa, albatta, eksperimental tasdiqlashni talab qiladi, ammo noverbal vositalarni tadqiq qilishning ushbu bosqichida tilshunoslar kо‘pincha olingan natijalarning tо‘g‘riligini isbotlash uchun tajriba ishtirokchilarining sezgi va subyektiv tajribasiga murojaat qilishlari kerak. Biror kishi sezgi borligini aytganda, ular verbal signallarni noverbal signallar bilan muvaffaqiyatli taqqoslashini anglatadi. Bu yerda sezgi insonning ikki kanal orqali uzatiladigan ma’lumotni yetarli darajada idrok etish qobiliyatini anglatadi, bu esa oxir-oqibat samarali muloqotga olib keladi. Ularning nomuvofiqligi bо‘lsa, kо‘p hollarda inson haqiqatni sо‘zlamayapti degan xulosaga keladi.
Bizning fikrimizcha, signallarni aniq dekodlash uchun ularni ongli ravishda idrok etish kerak. Ma‘lumki, har bir axborotni dekodlashda verbal va noverbal vositalardan muvofiqlashtirilgan yoki muvofiqlashtirilmagan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Yuqorida aytib о‘tilganidek, insonlar birinchi navbatda noverbal muloqotga kо‘proq e’tibor berishadi. Keyin ular sо‘z tanlash, jumla tuzilishi, intonatsiya kabi verbal jihatlarga e’tibor qaratadilar. Biroq, kо‘pincha kommunikatorlar ikkala darajadagi signallarni bir vaqtning о‘zida sezadilar, lekin odatda ikkalasiga ham yuqorida aytib о‘tilganidek, bir-biriga zid kelganda ular birgalikda ifoda munosabatida bо‘lishadi. Shunday qilib, izchillik va nomuvofiqlik noverbal signallarni baholash mezonlaridan biridir. Tadqiqotlar davomida olimlar, bolaning ongida eng mehribon sо‘zlarni e’tiborsiz qoldirib, tanish yoki notanish odam bilan bog‘lanishni istamasligi isbotlangan. Ba’zi hollarda verbal va noverbal signallar о‘rtasidagi nomuvofiqlik ta’siri bor, shu bilan birga, noverbal signallarning ma’nosi yosh bola uchun muhimroqdir. Nemis olimi, Vera Birkenbilning fikriga kо‘ra, nomuvofiqlik quyidagilarni anglatishi mumkin:
- Xulq-atvor va verbal sо‘zlar о‘rtasidagi nomuvofiqlik (mos kelmaslik).
- Kuzatilgan signal va taxminlar о‘rtasidagi tafovutlar, masalan aytaylik, siz kimgadir sovg‘a taqdim etyapsiz va о‘sha inson xursand bо‘lishiga aminsiz, lekin siz sherigingiz hafsalasi pir bо‘lganini yoki kо‘zlarini olib kochganini kо‘rasiz. Bu nomuvofiqlik, ya’ni siz bitta reaksiyaga ishongan edingiz, lekin aslida siz butunlay boshqacha reaksiyani kо‘rdingiz.
- Imo-ishoralarda aniq nomuvofiqlik omili bо‘lishi mumkin, bu aslida mavjud emas. Ba’zi odamlar gaplashayotganda qо‘llarini harakatsiz silkitadilar yoki ritmik ravishda stolni taqillatadilar, garchi ular bu bilan qо‘shimcha hech narsa aytishni xohlamaydilar. Bu signallar aytilgan sо‘zlar bilan hech qanday aloqasi yо‘qdek tuyuladi va ular ham noо‘rin deb qabul qilinadi. Ammo, Abdulla Qahhorning «Sarob» asarida stolni taqillatish orqali e’tiborni qaratish holati kuzatiladi. Mazkur noverbal harakat suhbatni tо‘xtatish, jimlikni о‘rnatish va nutqning psixologik ta’sirini kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Ma’lumki, tana signallari aytilgan sо‘zlarga mos keladigan bo‘lsa, ular kо‘pincha e’tiborga olinmaydi yoki sо‘zlarning tasdig‘i sifatida qabul qilinadi. Nomuvofiqlik yoki kelishmovchilik kо‘pchilikda salbiy taassurot qoldiradi, masalan insonlarda noxush tuyg‘u bor – “ishonmaslik”. Bu tuyg‘uni deyarli har birimiz boshdan kechiramiz. Ammo dekodlashda (Kodlash – odam sо‘z, ovoz, mimika, jest orqali ma’lumotni yuboryapti. Dekodlash -kuzatuvchi bu signallarni qabul qiladi va ularning ma’nosini yechadi.) tajribali odamgina qaysi signallar bunday tuyg‘uga sabab bо‘lganini aniq ayta oladi. Misol uchun: sо‘z va yuz ifodasi о‘rtasidagi nomuvofiqlik: Inson “Men xursandman” deydi, lekin yuzida tabassum yо‘q, aksincha qoshlari tortilgan yoki lablari qattiq yopilgan. Bu holat atrofdagilarda ishonchsizlik uyg‘otishi mumkin. 2. Jismoniy harakat va verbal bayonot о‘rtasidagi ziddiyat “Menda hech qanday xavotir yо‘q” deydi, lekin qо‘llari titraydi yoki qо‘llari bilan kiyimini bezovta silab turadi. Tana xavotirni “oshkor qiladi”. 3. Kо‘z va qо‘l-barmoq harakatlari orasidagi nomuvofiqlik cizga gapirayotganda “senga ishonaman” deydi, lekin kо‘zlarini chetga oladi va qо‘llarini orqasiga yashiradi. Bu holda aytilgan sо‘zdan kо‘ra, noо‘rin signal kuchli ta’sir qoldiradi. 4. Tabassum va ovoz ohangidagi ziddiyat: Inson tabassum qiladi, ammo ovozida hazil yoki samimiylik emas, balki kinoya bor. Bu ham kо‘pincha “ishonmaslik” hissini paydo qiladi. 5. Muloqot paytidagi signallar notо‘g‘riligi: Inson “Men qiziqyapman” deydi, ammo mobil telefoniga qarab, nimadirni kuzatadi, kо‘radi yoki bо‘lmasa parallel ish bilan ovora bо‘ladi. Muloqotdagi bu nomuvofiqlik suhbatdoshda “men u uchun muhim emasman” degan hissiyot uyg‘otadi (Ekman & Friesen, 1969; Knapp et al., 201).
Noverbal signallarni baholashning bir nechta turlari mavjud. Bular: 1) pozitivlik, 2) negativlik, 3) g‘azablanish, 4) achchiqlanish, 5) mamnunlik, 6) quvonish va hokazolar. Tabiiyki, biz signallarni “yaxshi” va “yomon” deb qabul qilamiz, ya’ni ularni tez va oson “ijobiy” hamda “salbiy” deb tasniflaymiz. Shu bilan birga, xulq-atvorning umumiy qoidalari ma’lum bir doirada va ma’lum bir davrda shakllanganligini esga olish kerak. Biz boshqa madaniyat vakillari bilan qanchalik tez-tez muloqot qilsak, individual signallarni “yomon”, ya’ni salbiy deb qabul qilish xavfi shunchalik katta bо‘ladi. Haqiqatni nazorat qilish suhbatdoshning xulq-atvor normalari haqidagi boshqa g‘oyalari tufayli “salbiy” signal paydo bо‘lishi mumkinligini eslatishi kerak. Bu turli madaniyat vakillari о‘rtasidagi muloqotga tegishli hisoblanadi.
References
Birdwhistell, R. L. (1970). Kinesics and context: Essays on body motion communication. University of Pennsylvania Press.
Ekman, P., & Friesen, W. V. (1969). The repertoire of nonverbal behavior: Categories, origins, usage, and coding. Semiotica, 1(1), 49–98. https://doi.org/10.1515/semi.1969.1.1.49
Knapp, M. L., Hall, J. A., & Horgan, T. G. (2014). Nonverbal communication in human interaction (8th ed.). Cengage Learning.
Горелов, И. Н. (1980). Невербальные компоненты коммуникации. Наука.
Колшанский, Г. В. (1984). Паралингвистика. Москва: Наука.
Конецкая, В. П. (1997). Межкультурная коммуникация. Наука
Конецкая, В. П. (1997). Психология межличностного общения. Издательство МГУ.
Пиз, А. (1992). Язык телодвижений. Прогресс.
Published
Downloads
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Зульфия Миролимовна Абдуллаева

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
