Genres of diplomatic discourse: note, statement, negotiation speeches, official addresses

Authors

  • Uzbek State World Languages University
Жанры дипломатического дискурса: нота, заявление, переговорные речи, официальные выступления

Abstract

This scientific article provides a comprehensive analysis of the genre varieties of diplomatic discourse note, statement, negotiation speeches, and official addresses from the standpoint of their linguopragmatic, communicative, and functional characteristics. Diplomatic discourse is considered an essential component of the system of international political communication, serving as a key instrument for ensuring mutual interests, cooperation, and diplomatic balance among states. The study examines in detail the functional purposes, stylistic features, structural parameters, as well as the communicative strategies and tactics of each genre, while emphasizing their unique stylistic traits. The note represents the most formal type of diplomatic correspondence, in which a state’s political stance, proposal, or protest is expressed in a precise and restrained manner, consistent with the norms of diplomatic etiquette. The statement is addressed to the general public and serves to articulate the official position of a country on pressing issues of foreign policy. Negotiation speeches embody an interactive form of discourse aimed at achieving compromise, strengthening mutual trust, and fostering cooperative relations between the parties. Official addresses delivered at international briefings, conferences, and meetings serve as a means of demonstrating the speech culture and political rhetoric of state leaders, as well as promoting national and cultural interests. Furthermore, the study analyzes the lexico-semantic, pragmatic, and discursive features of diplomatic genres, which makes it possible to determine their role in shaping international communication, the political image of the state, and the culture of intergovernmental interaction. The findings of this research possess both theoretical and practical significance for further studies in the fields of diplomatic linguistics, political communication, and translation studies.

Keywords:

Diplomatic discourse note genre pragmatic features rhetorical features diplomatic speech

Kirish

O‘zbek adabiy tili taraqqiyotining hozirgi bosqichida rasmiy muloqot uslubi hujjatlarning yangi turlari, yangi tushunchalar, termin va atamalar, shuningdek, biznes sohasida rasmiy muloqotning yangi tendensiyalari publisistik va so‘zlashuv uslublari ta’sirida shakllangan. O‘zbek tili muloqotining rasmiy uslubida xorij madaniyat ta’siri (rasmiy muloqot etikasi, diplomatik hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalari) tufayli bir qator yangi innovatsiyalar paydo bo‘lmoqda. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, “rasmiy uslubning yozma shakli yangi terminlar bilan boyimoqda”.

Tadqiqot davomida rasmiy matnlarda qo‘llaniladigan leksika, tilning ifoda vositalari nuqtai-nazaridan erkin ishlatilishi va mazmuniy ishontirish, ta’sir qilish kuchiga katta ahamiyat berilganligiga e’tibor qaratildi. Zamonaviy rasmiy muloqot uslubida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ushbu sohani atroflicha tadqiq etish va tahlil qilishni taqozo etadi.

Xalqaro aloqalarni olib borish rasmiylikka rioya qilish, man etilgan muloqot uslubi, odob-axloq me’yorlariga rioya etish, vaziyatga mos rasmiy etiket formulalaridan foydalanish (salomlashish va xayrlashish, muloqotni boshqarish, munozarada ishtirok etish, rad etish), istehzoli, kinoyali va haqoratli ohangni istisno qilgan holda amalga oshiriladi. Masalan: diplomatik yozishmalar mualliflari “zudlik bilan”, “darhol” so‘zlari bilan adresatni shoshqaloqlikka undamasligi, ko‘rsatilgan muammoning tayyor yechimini ikkinchi tomonga yuklamasligi, hujjatni rad etish mazmuni bilan boshlamasligi joiz. Aks holda bu tarzda munosabat bildirish salbiy qaror chiqarilishiga sabab bo‘ladi (Рогожин, 1999). Xalqaro muloqot etikasi (rasmiy so‘zlashuv) adresat va hujjatlarni yuboruvchilarga bir nechta qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Masalan: hujjat yuboruvchi tomon “darhol”, “zudlik” bilan kabi so‘zlarni “biz tez vaqt ichida javob olamiz degan umiddamiz”, “sizning axborotingiz biz uchun qadrli” kabi jumlalar bilan almashtirilgani ma’qul (urgently, immediately - We hope to receive the answer soon …; your report about the decision will be greatly appreciated). Bundan tashqari, adresatni kerakli yechimga undash: masalani ijobiy hal etilishini so‘rayman - I ask to resolve an issue positively; ushbu nomzodni ma’qullashingizni so‘rayman - I ask to approve this candidacy; formulalardan foydalanish: Men ikkinchi tomonning befarqligini hisobga olib, masalani diqqat bilan o‘rganishni taklif qilaman - I suggest to study attentively, assuming the addressee’s carelessness; rad etishga ishontirish uchun muvaffaqiyatsizlik sabablarini tushuntirishdan boshlash tavsiya etiladi. Birinchi navbatda xatni qabul qiluvchidan tezkor va aniq javob talab qilinadi.

Ish yuritish hujjatlarining tili va uslubi ham turli madaniyatlarda ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Xususan, hujjat muallifi, qoida tariqasida, jamoaviy sub’yekt hisoblanadi (hatto bir shaxs tomonidan imzolangan), hujjatlardagi faoliyat predmeti direksiya, tashkilot nomi bilan ifodalanadi. Biroq, rasmiy uslubning shaxssiz gaplar bilan ifodalanishi ko‘proq xorijiy hujjatlarga xosdir. Masalan: Gʻarb mamlakatlarining diplomatik yozishmalari individual yoki shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Asosiy qism

Ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik yozishmalarning milliy va madaniy xususiyatlarini lingvokulturologik nuqtai-nazardan tahlil qilish uchun professor E.Begmatovning o‘zbek tili uslubiyati asosida o‘zbek nutq madaniyatiga oid tushunchalari, G.T. Mahkamovaning madaniyatlararo muloqotga oid fikrlari, V.V. Vorobyevaning lingvokulturologik doira metodiga oid qarashlari, Ye.M. Verashagina, V.G. Kostamarovning lingvomamlakatshunoslikka oid nazariyalari, V.A. Maslova tomonidan tizimlashtirilgan lingvomadaniyatshunoslikning kategorial tuzilmasidan foydalanildi.

Hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirishda tilning barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada bilish zarur, shuningdek, tilning imlo qoidalari, tinish belgilari va uslubiy qoidalar ham puxta egallangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda, o‘zbek hujjatchiligida ham jiddiy o‘rganilishi, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan ayrim o‘rinlar mavjud. Ayniqsa, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z, so‘z birliklari va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish muhim vazifalardan sanaladi. Masalan: hozirda o‘zbek hujjatchiligida “spravka” ma’nosida “ma’lumotnoma”, “raport” o‘rnida “bildirish”, “instruksiya” o‘rnida “yo‘riqnoma”, “akt” o‘rnida “dalolatnoma”, “xarakteristika” ma’nosida “tavsifnoma”, “vedomost” o‘rnida “qaydnoma”, “protokol” o‘rnida “bayonnoma” kabi atamalar ishlatilmoqda. Albatta, bu mantiqan to‘g‘ridir.

Hozirda ham diplomatik hujjatlar shakl va lisoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni yozishda nimani yozish masalasigagina emas, uni qay tarzda yozish masalasi ham muhim bo‘lib, hattotdan chuqur malaka va katta tajribani talab qiladi. Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri tanlash va yozish qonun-qoidalariga to‘g‘ri amal qilish, hujjat yo‘llanayotgan mamlakat an’analarini hisobga olish zarur. Diplomatik hujjat albatta javob talab qiladi.

Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas, binobarin xatolar o‘sha mamlakatga va shaxsga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik hisoblanadi.O‘zbek tili rivojlanishining so‘nggi bosqichida ro‘y bergan yangi hodisalar til tizimi va muloqotning turli sohalari, shu jumladan sof rasmiy uslubga ham o‘zgarishlar kiritdi. Diplomatik hujjatlar rasmiy uslubga xos bo‘lib, adabiy til normalariga qat’iy rioya etiladi, shevaga xos, har xil stilistik bo‘yoqqa ega so‘zlar ishlatilmaydi. Bu uslubda yoziladigan ayrim diplomatik hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan: rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildirgi, ma’lumotnoma, qaror va hokazolar. Bunday hujjatlarda xatboshining o‘rni muhim. Har bir tugallangan fikr xatboshi bilan ajratilishi, keyingi xatboshi orasidagi matn to‘rt-besh jumladan oshmasligi diplomatik hujjatlardagi me’yor sanaladi. Shunday ekan, diplomatik hujjatlar tashqi ko‘rinish jihatdan ham xatosiz bo‘lishi, fikr teran, mantiqiy, izchil, asosli va har ikkala tomonning manfaatlaridan kelib chiqqan holda bayon etilishi lozim.

Diplomatik diskursda yozma janrlarning murakkab tizimi shakllangan bo‘lib, ular diplomatik diskursning maxsus pretsedantli matnlari sifatida qaraladi. Eng ko‘p ishlatiladigan diplomatik hujjatlarning turlari quyidagilar: deklaratsiya, nota, bayonotlar, rasmiy xatlar, ilova xatlar, yarim rasmiy shaxsiy xatlar, esdalik xatlar diplomatik bayonnomalar, memorandum va kommyunike kabilar. Ushbu hujjatlar har bir davlatning tashqi siyosiy faoliyati doirasida amalga oshiriladigan diplomatik harakatlarning muhim shakllaridan biridir. Shuni ta’kidlash joizki, harqanday diplomatik hujjat diplomatik intermatn tarkibiy qismi hisoblanadi. U muayyan diplomatik faoliyat natijalarini aks ettiradi va boshqa shu turdagi hujjatlarga ishora qiluvchi matn (teks) elementlarini o‘z ichiga oladi. Diplomatik yozishmalarni boshqa turdagi hujjat yozishmalaridan ajratib turuvchi belgilarga quyidagilar kiradi: Xalqaro muloqot an’analari, protocol talablariga muvofiqlik, halqaro huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan maxsus no‘rmalarga amal qilish kabilar. Aynan ushbu xususiyatlar ushbu hujjat turiga institutsional xarakter baxsh etadi. Ajratilgan har bir janr alohida hujjat sifatida yoki boshqa hujjatlarga ilova shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Hujjat turini va shaklini, eng avvalo, uning maqsad va vazifalari belgilaydi.

Diplomatik hujjatlar, shubxasiz, lingvistik tadqiqotlarning ob’ekti bo‘lib kelgan. Masalan: S. Koen-Vizenfeld diplomatik yozishmalarda subyektivlik masalasini o‘rganib chiqqan (Cohen-Wiesenfeld, 2004).

Umuman olganda, diplomatik hujjatlar fransus olimi E. Paskual tomonidan ham lingvistik tadqiqot mavzusi sifatida qaralgan. U o‘zining “La communication écrite en diplomatie” (Diplomatiyada yozma kommunikatsiya) nomli ishida diplomatik diskursdagi yozma janrlarning ierarxik tuzilmasini ko‘rsatadi va diplomatik hujjatlarni tahlil qilish uchun quyidagi sxemani taklif etadi (Кожетева, 2012).

Bayonot pragmatikasi, Bayonot holati, Ritorika, Argumentatsiya, va Leksika.

Eng ko‘p ishlatiladigan diplomatik hujjatlarning turlari quyidagilar: nota va bayonotlar, rasmiy xatlar, ilova xatlar yarim rasmiy shaxsiy xatlar, esdalik xatlar diplomatik bayonnomalar va memorandum kabilar.

Shunday diplomatik janrlardan biri bo‘lgan memo (ing. Memorandum, lot. memorandus – “eslab qolishga arzigulik”) – bu hujjat shaklidagi muloqot janri bo‘lib, unda muayyan masalaning faktologik tomonlari bayon qilinadi. Unda odatda pozitsiyani asoslab beruvchi dalillar keltiriladi hamda qarama-qarshi tomon nuqtayi nazari bilan polemik elementlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. So‘zning etimologik ildizidan kelib chiqilsa, memorandum janri o‘zida retrospektiv va perspektiv (ya’ni o‘tgan voqealarga tayanib, kelajakdagi harakatlarni belgilovchi) xususiyatlarni mujassam etadi. Ko‘p hollarda memorandumning maqsadi – tomonlar o‘rtasida muzokaralarni davom ettirish va murosaviy yechim topishga undashdan iborat bo‘ladi (Самойленко, 2010). Memorandum murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, u kirish (yoki muqaddima) qism, hamda asosiy matndan iborat. Asosiy matn esa odatda paragraflar, bandlar yoki boblar ko‘rinishida tuziladi. Zarurat tug‘ilganda hujjatga jadval, grafik yoki ilovalar kiritilishi mumkin. Uning hajmi odatda bir betdan ortiq bo‘ladi. Ushbu diplomatik janrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – Memorandum boshqa hujjatlardan farqli ravshda ariza blankasiz yoziladi, hujjatlar raqamlanmaydi, biroq, qayerdan jonatilayotgani hamda sanasi ko‘rsatiladi va memorandumda sarlavha bo‘ladi. Masalan: “Rossiya Federatsiyasi Hukumatining memorandumi (bundan keyin ko‘rilayotgan masala nomi yoziladi)”. Eslatmadan farqli ravishda memorandumda na manzil, na yakunlovchi iltifotlar yozilmaydi. Matnning pastgi qismida joy nomi (shahar) va jo‘natish sanasi chap tomonda ko‘rsatiladi. Memorandum janriga ingliz tilida misol:

 

 

Memorandum of the Sovet union on questions of ending the arms race and disarmament

(Excerpts)

Modern weapons are thousands of time more powerful than any of those used in wars of earlier periods.

The destruction of Hiroshima – the first victim of the use nuclear weapons – lives in the memory of the peoples as a horrible tragedy.

But nowadays States possess such types of these weapons and possess them in such quantities that hundreds, and even thousands, of cities like Hiroshima could be destroyed. One modern nuclear warhead has a destructive power exceeding that of all explosives used by States in the second World War.

Yet weapons of mass destruction continue to develop, absorbing the latest achievements of the scientific and technological revolution, and they are ever growing in quantity.

This is why and increasing number of States recognize the need for reducing military confrontation and facilitating disarmament.

The States that participated in the Conference on Security and Cooperation in Europe unanimously came out in favour of such a policy.

The possibility of solving the disarmament problem has been convincingly demonstrated by the fact that in recent year certain steps of this kind have indeed been taken. Although these are but first steps and are limited in scope, they are of great importance.

These are the Soviet – United States agreements for preventing nuclear war and reducing the risk of its accidental outbreak and for the limitation of strategic arms.

These are the measures for limiting the nuclear arms race, including the treaties on the prohibition of nuclear weapons tests in the atmosphere, in outer space and under water; on the limitation of underground nuclear weapon tests; on the non-proliferation of nuclear weapons; and on the prohibition of the emplacement of nuclear weapons in outer space, on celestial bodies, on the seabed and the ocean floor.

These are also the international convention on the prohibition of the development and production and the destruction of stick-piles of bacteriological and toxin weapons, which is already in force, and the convention on the prohibition of military and any other hostile use of environmental modification techniques.

An analysis of the present world political and strategic situation, of the trends and prospects for the future and of the material and technological factors determining the nature and form of the arms race leads to the conclusion that under present conditions the main areas for co-ordinated action by States in the field of disarmament are the following:

1.     Cessation of the nuclear arms race, reduction and subsequent elimination of nuclear weapons.

2.     Prohibition of nuclear-weapon tests.

3.     Consolidation of the regime of non-proliferation of nuclear weapons.

4.     Prohibition and destruction of chemical weapons.

5.     Prohibition of the development of new types and new system of weapons of mass destruction…

6.     Reduction of armed forces and conventional armaments.

7.     Reduction of military budgets (Муратов, 2001).

 

O‘zbek tilidagi memorandumga misol:

 

 

O‘zbekiston Respublikasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risida

MEMORONDUM

Belorus Respublikasi va O‘zbekiston respublikasi, o‘zaro foyda ko‘rish asosida ikki tomonlama iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish borasida bundan keyin muayyan amaliy qadamlar tashlash zaruratini ta’kidlab, quyidagilar to‘g‘risida ahdlashdilar:

1.     Belorus va O‘zbekiston bundan buyon ham o‘z munosabatlarini do‘stik, hamjihatlik va o‘zaro manfaaat ko‘rish, uzoq muddatli istiqbolli aloqalar asosida rivojlantirishni ko‘zlaydi.

2.     Belorus va O‘zbekiston davlat ishtirokida moliya-sanoat guruhlari, holding va lizizng komponiyalari barpo qilish borasida kuchlarini birlashtirishni, qo‘shma xususiy korxonalar tashkil etish va faoliyat ko ‘rsatishiga, ishlab chiqarish sarmoya hamkorligining ilg ‘or shakllarini rivojlantirishga yordam berishini, o‘zaro sarmoya yetkazish, mulkka, shu jumladan ko ‘chmas mulkka egalik qilish, uni huquqiy himoya qilish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashni maqsadga muvofiq deb biladi.

3.     Tomonlar bu masalalar yuzasidan alohida bitimlar imzolashni zarur deb hisoblaydilar.

4.     Tomonlar milliy trans xaraktewridagi (energiya tizim, naqliyot, aloqa, gaz van eft quvurlari va boshqalar) ob’ektlari va sohalari faoliyati va davlatlarning qoshma mulk ob’ektlari borasida tadbirlarni muvofiqlashtiradilar.

5.     Tomonlar transit erkinligi qat’iyatiga amal qilgan holda davlatlararo yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha tariflarni yaqinlashtirishga qaratilgan o‘zaro harakatlarni faollashtiradilar.

6.     Tomonlar fan va texnikaning muhim sohalarida o‘zaro tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy potensialdan unumli foydalanish va manaviyatni himoya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashga ko‘maklashadilar.

7.     O‘zbekiston respublikasi va Belorus Respublikasi ikkala davlatning ayrim korxonalari, muassasalari, shuningdek viloyatlari, tumanlari va boshqa mintaqalari o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy va boshqa aloqalarni o‘rnatishni rag‘batlantiradi

8.     Tomonlar o‘zaro manfatlaridan kelib chiqib va o‘z imkoniyatlarini xisobga olib, Belorus va O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli soha va jabhalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tomonidan berilgan diplomlar, shahodatnomalar va boshqa sertifikatlarni o‘zaro tan olish tizimini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishga tayyor.

9.     Tomonlar uyushgan jamoatchilik, quroli qontrabandasi, giyohvand va psixotrop moddalarning qonunsiz ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashda bunday salbiy ijtimoiy hodisalarga qarshi ta’sir o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma dasturlar qabul qilish, huquqni muhofaza qilish idoralarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirish yo‘li bilan faol hamkorlik qiladilar (Муҳиддинова, 1997).

Belorus Respublikasi

Prezidenti

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti

 

 

Ushbu janr diplomatik hujjatlarda kamdan kam hollarda foydalaniladi.

Ushbu har ikkala tildagi memorandum namunasini qiyoslar ekanmiz ularning o‘xshash va farqli jixatlarni kuzatishimiz mumkin. Demak ularning o‘xshash tomonlari:

  1. Rasmiy matn shakli jixatdan yani bunda har ikkala tildagi memorandum rasmiy uslubda, davlatlararo hamkorlik aloqalarini tartibga soluvchi hujjat turi sifatida yozilgan.
  2. Davlatlararo muammo va / masalalar – ikkala tildagi memorandum ham ikki yoki undan ortiq davlatlar o‘rtasidagi muhim masalalar: 1-global xavfsizlik (qurolsizlanish) masalasi, ikkinchisida esa ikki tomonlama iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan.
  3. Hamkorlikni rivojlantirishga chaqirish – ikkala tildagi hujjat turining mazmun va mohiyati kelajakda hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qiladi.
  4. Maqsadga qaratilgan – har ikkala memorandum ham amaliy maqsadlarga qaratilga: 1) yadro qurollanish poygasiga qaratilgan bo‘lsa, 2) madaniy-iqtisodiy va ilmiy hamkorliklarni rivojlantirishni kuchaytirishga.

Ushbu diplomatik hujjatlarning farqli tomonlari esa quyidagilardan iborat:

 

 

 

Xususiyat

Ingliz tilidagi memorandum

O‘zbek tilidagi memorandum

Mavzu va mazmun doirasidan kelib chiqib

Global xavfsizlik, yadroviy qurolsizlanish va urush xavfini kamaytirish.

Madaniy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va transport sohalarida ikki taraflama hamkorlik.

Qamrov doirasidan kelib chiqib

 

Xalqaro miqyosdagi barcha davlatlarga tegishli masalalar.

 

Faqta ikkala mamlakat O‘zbekiston va Belorus o‘rtasidagi ikki taraflama munosabatlar.

Hujjat turidan kelib chiqib

 

Asosan deklarativ xarakterga ega, xalqaro pozitsiyani ifodalaydi.

 

Aniq bandlar ko‘rsatilgan rasmiy kelishuvga o‘xshaydi, ba’zi hollarda bitimlar tuzish niyati mavjud.

Texnik tafsilotlardan kelib chiqqan holda

 

Qurol turlari, texnologik xavf va konvensiyalar haqida.

 

Sarmoya, qadrlar tayyorlash, transport, fan xavfsizlik sohalarida aniq yo‘nalishlar.

Til va uslub jihattan farqlanishi

 

Diplomatik va siyosil uslub: jahov xavfsizligiga oid terminlar ishlatilgan.

Iqtisodiy-huquqiy uslub: xo‘jalik yurutuvchi subyektlar, mulk, huquqiy himoya va ilmiy hamkorlik.

1-jadval.



Keying janrimiz Nota va bayonotlar.

Nota – xalqaro yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi bo‘lib, biror muhim masala yuzasidan ma’lumot beruvchi oliy darajadagi hujjat turi, uning shaxsiy va verbal nota kabi ikki xil shakli keng qo‘llanilmoqda. Shaxsiy va verbal notalarga xos umumiy xususiyatlar quyidagilar:

  1. Notalarning yuqori qismiga davlatning nomi yozilgan va davlat nishonining tasviri tushirilgan toza va sifatli varoqqa yoziladi.
  2. Qog‘ozning yuqori o‘ng burchagida nota yo‘llayotgan mamlakat poytaxtining nomi va sanasi yoziladi.
  3. Notaning hajmidan qat’iy nazar birinchi betning pastgi chap tomoniga u yo‘llayotgan davlat nomi to‘liq yoziladi, konvert ustida ham shu manzil ko‘rsatiladi (Sobirova, 2023).

Shaxsiy nota – bevosita davlat boshliqlari yoki yuqori mansabdor shaxslar o‘rtasidagi diplomatik yozishma bo‘lib, quyidagi masalalar yuzasidan jo‘natiladi:

  1. Ishonch yorliqlarini topshirish;
  2. Elchixona vakolotxonalarining ochilishi munosabati bilan;
  3. Davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’lon qilingan kuni bilan qutlash;
  4. Milliy bayramlar munosabati qilan qutlash;
  5. Prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash;
  6. Mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea munosabati bilan.

Shaxsiy nota namunasi ingliz va o‘zbek tillari misolida.

 

 

Personal Notes 1.

 

Embassy of the United States of America

Kingston, April 12, 19…

Excellency:

I have the honor to inform you that I have today presented to His Excellency, The Most Honorable (Name), O.N., C.D., Governor General of Jamaica, the Letters of Credence accrediting me as Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the United States of America to Jamaica.

I take this opportunity to assure you of my desire to maintain and strengthen the excellent relations, both official and personal, which already exist between our two countries and our two missions.

Please accept, Excellency, the assurances of my highest consideration.

 

(Signature)

His Excellency

………..

Ambassador of the Russian

Federation

Kingston (Муратов, 2001).

 

Personal Notes 1. (Namuna 2)

 

AMBASSADOR                                              AUSTRALIAN EMBASSY MOSCOW

4 June, 19…

Excellency: (Sir, Dear Mr. …) kabi tarzda ham boshlanishi mumkin.

I have the honor to inform you that I shall be leaving the Russian Federation on Sunday 8 June, 19…, and shall return to the Russian Federation on Wednesday 18 June, 19… .

During my absence from the Russian Federation, the Embassy will be in the charge of Mr. (Name), Counsellor, in the capacity of …

Please accept, Excellency, the assurance of my highest consideration.

(Signed)

(Name)

His Excellency Mr. …,

Minister of Foreign Affairs of the

Russian Federation,

Moscow (Муратов, 2001).

 

Shaxsiy Nota namunalari o‘zbek tilida:

 

Maxsus blank

Gerb tasviri

Prezident Suxarto                                                                Indoneziya Respublikasi,

Djakarta shahri

N__________                                                                            1995-yil 1-sentabr

Prezident janobi oliylari,

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni nishonlanayotganligi munosabati bilan Indoneziya Respublikasi hukumati, xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Siz janobi oliylariga eng samimiy tabrigimni yetkazishdan mamnunman.

Ishonchim komilki, mamlakatimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham rivojlanib mustahkamlanaveradi.

Fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga sixat-salomatlik, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa doimiy taraqqiyot va ravnaq tilab qolishga ijozat etgaysiz.

Sizga chuqur hurmat bilan

_______________

Prezident Suxarto

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimov

Janobi oliylariga,

Toshkent shahri (Muhiddinova, 1997).

 

 

Diplomatik hujjatlarning ushbu turidan juda ko‘p foydalaniladi. Quyidagi har ikkala tildagi misollarda diplomatik yozishmalar o‘zaro rasmiy murojaat orqali ma’lum bir diplomatik axborotni yetkazish yoki samimiy niyat ifodasini bildirishga xizmat qiladi. Diplomatik protokolga binoan, ushbu notalar yuqori darajadagi rasmiylik, strukturaviy qat’iylik va stilistik neytrallik bilan bir-biridan o‘xshash va farqli jixatlari bilan ajralib turadi.

O‘xshash jixatlari: Janr va uslub doirasida.

 

 

Asosiy jixatlari

Inglizcha nota

O‘zbekcha nota

Izoh

Janr jixatdan

 

 

Diplomatik shaxsiy nota

 

Diplomatik shaxsiy nota

 

Har ikkala tildagi shaxsiy notada rasmiy murojatdan foydalanilgan

Ohang jixatdan

 

 

Rasmiy diplomatik

“Excellency”

 

Rasmiy diplomatik

“Prezident janobi oliylari”

Yuqori martabali mansabdor shaxsga xitob (murojat) etilgan

 

Struktura (tuzilish) jixatdan

 

Sana, murojat, asosiy matn, yakuniy iboralar va imzo

 

Sana, murojat, asosiy matn, yakuniy iboralar va imzo

Diplomatik protokolga xos kompozitsion struktura saqlangan

 

Kim tomonidan jo‘natilganligi

 

Elchi (Ambassodor) nomidan

 

Prezident (Suxarto) nomidan

 

Diplomatik protocol doirasida yuqori martabali shaxsga murojaat

Yakuniy iboralar

 

 

 

 

Please accept, Excellency, the assurance of my highest consideration

Sizga chuqur hurmat bilan!

 

 

 

Har ikkala til shaklida yuqori darajadagi hurmatni ifodalovchi iboralardan foydalanilgan

 

2-jadval.

 

 

Shaxsiy notaning farqli tomonlari esa quyidagilardan iborat:

 

 

 

Asosiy jixatlari

Inglizcha nota

O‘zbekcha nota

Izoh

Mazmun va mohiyati jixatdan

 

 

Rasmiy axborot (akkreditatsiya, ketish vaqti)

 

 

Bayram tabrigi bilan qutlash, do‘stlik va samimiylik hamda duolar

 

Ingliz tilidagi notalarda informativlik, o‘zbek tilidagi notalarda esa bayramona kayfiyat va emotsionallik ruhi kuchli ifodalangan

Til uslubi jixatdan

Qisqa, londa va neytral

Tantanalik, adabiy ifodalar

Sharqona stilda, badiiy duogo‘y tildan foydalanilgan

Muomala madaniyati jixatdan

 

 

Diplomatik etiketga mos formulalardan foydalanilgan

 

Samimiy, duogo‘y ohang va iboralardan qo‘llanilgan

 

 

Sharqona diplomatik munosabatlarda shaxsiy hurmat ehtirom va bir-biriga nisbatan iliq munosabatlar ustunligi

Notaning yozilish sababi (maqsadi)

 

Akreditatsiya, vaqtincha chiqib ketish

 

Mustaqillik bayrami munosabati bilan samimiy qutlov tabrigi

 

Ingliz tilidagi notalarda amaliy voqea-hodisalar, o‘zbek tilidagi notada esa rasmiy bayram qutlovi

Lingvistik jixatdan

 

 

 

 

“I have the honor to inform you…” kabi formal iboralar qo‘llanilgan

 

“Fursatdan foydalanib…”, “ijozat etgaysi…” kabi adabiy tilga hos bo‘lgan iboralardan foydalanilgan

O‘zbek tilidagi notada juda muloyimlik va madaniy merosga xos bo‘lgan til strukturasidan foydalanilgan

 

 

Emotivlik jixatdan

 

 

Minimal emotsionallik ifodalangan

 

Kuchli emotsionallik

 

 

 

Baxt-saodat, ravnaq kabi so‘z va iboralar madaniy konnotatsiyani ifodalovchi so‘zlar hisoblanadi

3-jadval.

 

 

Verbal Nota – hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda eng ko‘p qo‘llanuvchi hujjat turi bo‘lib, Tashqi ishlar vazirliklari, elchixonalarning asosiy yozishmasidir. Verbal nota 3 shaxs nomidan yozilishi va keng qamrovliligi bilan shaxsiy notadan farq qiladi. Verbal nota bevosita shaxslar o‘rtasida emas, balki hukumatlar, vazirliklar, elchixonalar, vakolotxonalar o‘rtasidagi diplomatik yozishma bo‘lganligi uchun unda murojaat qisim bo‘lmaydi.

Verbal nota namunasi:

 

 

Davlat nishoni

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

_____________

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasiga o‘zining ehtiromini bildiradi va O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik haqidagi hukumatlararo bitim loyihasini mamnuniyat bilan yo‘llaydi.

Imkoniyatdan foydalanib, Vazirlik Elchixonaga o‘zining chuqur hurmatini izhor etadi.

Muhr Toshkent shahri 13-dekabr 2005-y.

Misr Arab Respublikasining Toshkent shahri Elchixonasiga (Borisova, 2011).

 

Verbal nota ingliz tilida:

 

 

(State Emblem of Australia)

Note No…

The Department for External Affairs presents its compliments to the Embassy of the Russian Federation and has the honour to acknowledge receipt of the Embassy’s Note No. 40 of 6 May 20…, advising that Mr A. … has been appointed as an official personal secretary and interpreter to the R.F. Ambassador to Australia.

Tha Department of External Affairs avails itself of this opportunity to renew to the Embassy of the Russian Federation the assurances of its highest consideration.

10 May 20…                                                  (seal of the Embassy)

CANBERRA (Муратов, 2001).

 

Har ikkala tilda yozilgan verbal notalarni qiyoslar ekanmiz ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tahlil qilamiz: ulardagi o‘xshashliklar

  1. Rasmiylik jihatdan: har ikki tilda yozilgan verbal nota namunalari rasmiy va diplomatik protocol qoidalariga rioya qilgan holda, chuqur hurmat ehtirom va samimiylikni ifodalovchi so‘zlar bilan yozilgan.
  2. Mazmun jihatdan: ikkala nota turida ham maqsad aniq, rasmiy axborot berilgan. Masalan: O ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi Misr elchixonasiga savdo-iqtisodiy hamkorlik kelishuv loyihasini yuborishi, Avstraliya tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasidan yangi tayinlov haqida xabar olishi ifodalangan va axborot tarzida yetkazilgan.

Ulardagi Farqlar:

  1. Uslub jihatdan: o‘zbek tilidagi nota namunasida aniqlik va qisqalik bilan yoritilgan. Ingliz tilidagi misolimizda grammatik struktura jihatdan murakkab tuzilishga ega ekanini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: “The Department of External Affairs avails itself of this opportunity to renew to the Embassy of the Russian Federation the assurances of its highest consideration” kabi murakkab struktura.
  2. Mazmun jihatdan: a) O‘zbekiston va Misr davlati o‘rtasida savdo-iqtisodiy kelishuviga oid bo‘lsa, b) Avstraliya va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida rasmiy lavozimga tayinlov bilan bog‘liq. Bundan ko‘rinadiki hujjat mazmunidagi maqsad bir-biridan farqlidir, ya’ni birinchi notada diplomati masalalarga qaratilgan, ikkinchi nota esa yangi lavozimga tayinlov (kadrlar o‘zgarishini bildiradi).
  3. Yozilish strukturasi jihatdan: o‘zbek tilidagi misolimizda diplomatik etiket qoidasiga binoan rasmiy minnatdorchilikni ifodalovchi “Elchixonaga o‘zining chuqur hurmatini izhor etadi” kabi clishelardan foydalanilgan. Ingliz tilidagi notamiz esa diplomatic rasmiy xat formatida “Note No” tarzidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Xulosa

Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida aytish mumkinki, diplomatik diskurs bugungi kunda xalqaro muloqotning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. U davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Diplomatik diskursning asosiy janr turlari nota, bayonot, muzokara nutqlari va rasmiy chiqishlar har biri o‘ziga xos vazifaga ega bo‘lib, ular orqali davlatlarning tashqi siyosiy pozitsiyasi, maqsad va manfaatlari ifodalanadi.

Xulosa qilib aytganda, diplomatik diskurs janrlarini chuqur o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. U nafaqat xalqaro diplomatik tilning me’yorlarini belgilashga, balki siyosiy nutq madaniyatini rivojlantirish, samarali muloqot strategiyalarini shakllantirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan, mazkur mavzuning o‘rganilishi hozirgi global kommunikatsiya sharoitida dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

 

 

References

Cohen-Wiesenfeld, R. (2004). Retrieved from http://semen.revues.org/2310

Sobirova, Sh. J. (2023). Science and Education. “Scientific Journal” Impact Factor 3.848. March /Volume 4. ISSUE 3.

Кожетева, А. С. (2012). Лингвопрагматические характеристики дипломатического дискурса [Дисс. канд. фил. наук]. Москва.

Муратов, Э. Н. (2001). Дипломатические документы и дипломатическая переписка на английском языке: Учеб. пособие для вузов (3-е изд., испр. и доп.). ООО «Издательство Астрель»: ООО «Издательство ACT».

Самойленко, В. В. (2010). Дипломатическая служба: Учебное пособие. Инфра-М.

Рогожин, М. Ю. (1999). Документы делового общения. Альфа-Пресс.

Муҳиддинова, Х. С., вa Абдуллаева, Н. А. (1997). Расмий услубнинг дипломатик ёзишмалар тури. Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги Республика таълим маркази.

Published

Downloads

Author Biography

Oqila Iskandarovna Bayjanova ,
Uzbek State World Languages University

Associate Professor, PhD (Doctor of Philosophy in Philology), Department of Translation Theory and Practice

How to Cite

Bayjanova , O. I. (2026). Genres of diplomatic discourse: note, statement, negotiation speeches, official addresses. The Lingua Spectrum, 12(1), 306–318. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1439