Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ingliz tilining ahamiyati, murabbiylarning o‘rni

Mualliflar

  • O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Значение английского языка

Annotasiya

Mazkur maqola “Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ingliz tilining ahamiyati hamda murabbiylarning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, turli tadqiqotlardagi ilmiy izlanishlar keltirilgan  zamonaviy til o‘qitish faoliyatiga  doir nazariy va amaliy qarashlar, fikrlar tahlil qilingan, Maxsus ehtiyojli talabalarga ingliz tilini o‘rgatishda ulardan foydalanish tajribasi misollar bilan o‘rganilgan hamda mavzuning nazariy masalalari yoritilgandir. Shu bilan birga maxsus ehtiyojli yani imkoniyati cheklangan talabalar ingliz tili o‘rgatishning  obyekti qilib olingan va har xil toifadagi imkoniyati cheklangan maxsus ehtiyojli talabalarni o‘qitishni  yo‘lga  qo‘yishdagi tavsiyalar hamda kamchiliklar misollar orqali ko‘rib chiqilgan.  Jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik ta’lim innovasion klasterining o‘zaro mafaatli ta’sirini mashg‘ulotlar jarayonida talabalarga ingliz tili mashg‘ulot mazmunini sport amaliyotga bog‘lash bo‘yicha taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Maxsus ehtiyojli talaba qo‘llab-quvvatlash murabbiylarning roli nogiron nogironlar aravachasi moslashtirilgan bino.

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27- fevraldagi “Pedagogik
ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ 4623-son
Qarorida “Mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or  xalqaro
standartlar asosida takomillashtirish, tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish, yuksak madaniyatli, amaliy, kasbiy koʻnikmalarga ega, tarbiya, oʻqitish metodlari va baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlash” kabi ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi.

Imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) shaxslarning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiyasining samarali vositasi bo‘lgan adaptiv jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratish bilan birga til o‘rgatishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim klasteri muhitida imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari ingliz tilini o‘qitish jarayonida ularning motivasion, kognitiv, refleksiv bosqichlarini samarali tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.

Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda tinglash(listening), o‘qish(reading), yozish(writing), gapirish(speaking)ga yo‘naltirilgan lingvodidaktik muhitni yaratish, jismoniy va aqliy faoliyat integratsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi mulohazalar chet tilini o‘rganish jarayonida imkoniyati cheklangan talabalarining tanlangan o‘quv ixtisosligi va kasbiy faoliyat turidan kelib   chiqqan holda kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi  asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 13-fevraldagi “Olimpia va paralimpia harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi nutqida ” shunday deyilgan:

Jamiyat taraqqiyoti va ta’lim tizimining rivojlanishi har bir shaxsning ta’lim olish huquqini ta’minlashni talab qiladi. Maxsus ehtiyojli talabalar (nogironligi bor yoki o‘qish jarayonida alohida e’tibor talab qiluvchi shaxslar) uchun qulay sharoit yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Bu jarayonda murabbiylarning o‘rni juda katta bo‘lib, ular maxsus ehtiyojli talabalarni ilmiy, ijtimoiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar.

Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash zarurati: Maxsus ehtiyojli talabalar odatiy ta’lim jarayonida turli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ushbu qiyinchiliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Jismoniy cheklovlar sababli auditoriyaga kira olmaslik;

Ko‘rish yoki eshitish qobiliyatidagi cheklovlar tufayli dars materiallarini to‘liq o‘zlashtira olmaslik;

Psixologik muammolar tufayli ijtimoiy moslashish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelish;

Ta’lim jarayonida maxsus texnik vositalarga ehtiyoj sezish.

Bunday talabalarni qo‘llab-quvvatlash ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biridir. Murabbiylar esa ushbu jarayonda bevosita ishtirok etib, ularning bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadilar. (Mirjamolov, 2022, b. 78-79)

Murabbiylar maxsus ehtiyojli talabalar bilan ishlashda quyidagi muhim vazifalarni bajaradilar:

Shaxsiy yondashuv – Har bir talabaning ehtiyojlarini inobatga olib, individual ta’lim rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Psixologik qo‘llab-quvvatlash – Talabalarning ruhiy holatini tushunish, ularni o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirish va motivatsiya berish.

Moslashtirilgan ta’lim usullarini qo‘llash – Turli o‘quv uslublaridan foydalangan holda, maxsus ehtiyojli talabalar uchun mos dars metodikasini yaratish.

Texnik yordam va maslahat berish – Zamonaviy texnologiyalar va maxsus vositalar yordamida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Ijtimoiy integratsiyaga ko‘maklashish – Maxsus ehtiyojli talabalarni jamiyatga moslashishiga yordam berish, ularning jamoada o‘zini erkin his qilishlarini ta’minlash.

Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘qish jarayonida teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash zarur:

  1. Akademik qo‘llab-quvvatlash

Individual ta’lim rejalari (ITR) ishlab chiqish

Maxsus moslashtirilgan dars materiallari va vositalari taqdim etish

Raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

  1. Psixologik va ijtimoiy yordam

Maxsus ehtiyojli talabalar uchun psixologik maslahat xonalari tashkil qilish

Inklyuziv muhit yaratish va guruhdoshlar bilan integratsiyani rivojlantirish

O‘zini erkin his qilishlari uchun ijtimoiy tadbirlar tashkil etish

  1. Infrastrukturaviy qulayliklar

Nogironlar aravachasi uchun moslashtirilgan bino va yo‘laklar yaratish

Maxsus texnologik jihozlangan auditoriyalar va kutubxonalar

Talabalar yotoqxonalari va umumiy foydalanish joylarini qulaylashtirish

  1. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Maxsus ehtiyojli talabalar uchun grant va stipendiyalar

Ta’lim kreditlari va moddiy yordam dasturlari

Ish bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturlar

Ta’lim jarayonida maxsus texnik vositalarga ehtiyoj sezish. (Mirjamolov, 2018, b. 19)

Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor sportchilar uchun muhim atamalar

Paraengil atletika

Split – yugurish va poyga atamasi bo‘lib, ma’lum masofani bosib o‘tish uchun ketadigan vaqtni bildiradi.

Starting blocks (Starting blocks) – Boshlang‘ich bloklar poyga boshida sprinterlarning oyoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun ular poygani yaxshiroq boshlash va tezlashtirish bosqichiga o‘tishlari mumkin

Blind Pass – Oldingi yuguruvchidan tayoqqa qaramasdan tayoqni olish.

False Start – bu elektron start bloklari yoki rasmiy starter bilan o‘lchanadigan sportchining erta ketishi.

PB – Personal Best.  – maʼlum bir shaxs sport musobaqasida erishgan eng tez vaqt, eng yuqori ball, eng yaxshi natija va hokazo

PR – Personal Rekord. – maʼlum bir poygada o‘rnatgan eng yuqori rekord.

Parasuzish sportchilar uchun muhim atamalar

Freestyle  – Erkin usulda suzish

Butterfly – kapalak usulda suzish

Breaststroke  – Ko‘krak qafasi bilan suzish

Backstroke  – Chalqancha suzish

Eshitish qobiliyatida nuqsoni bor sportchilar uchun muhim jestlar
Parayengil atletika

Clap – Murabbiy qarsak chalganda sportchi yuguradi

Squatebu- kuch mashqlari bo‘lib, 

unda sportchi tik turgan joyidan sonlarini tushiradi va keyin yana tik turadi.

right/ wrong – to‘g‘ri / noto‘g‘ri

Arm lock/ strangle hold – qo‘l bilan bloklash/ bo‘gish.(Kerimov, 2018, b 343)

            Xulosa qilib aytish mumkinki, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik ta’lim innovasion klasterini o‘zaro manfaatli ta’sirini mashg‘ulotlar jarayonida talabalarga ingliz tili mashg‘ulot mazmunini sport amaliyotiga bog‘liq holda olib borishda parasport mutaxassasislarini tayyorlashda ingliz tili atamalarini qisqa vaqtda o‘rganishga erishildi.

            Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu jarayonda murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Ularning yordami bilan maxsus ehtiyojli talabalar ta’lim jarayonida samarali ishtirok etishlari, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari va kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Shu bois, har bir ta’lim muassasasida murabbiylar faoliyatini rivojlantirish va ularning maxsus ehtiyojli talabalar bilan ishlash bo‘yicha malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son). https://lex.uz/docs/-3107036

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020-yil.

-modda. Ta’lim olish huquqi. https://lex.uz/docs/-5013007

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. 2022-yil

(I-IV Ustvor yunalishlari) https://president.uz/oz/pages/view/strategy?menu_id=144

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025-yil 13-fevraldagi “Olimpia va paralimpia harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi” https://kun.uz/news/2025/02/13/prezident-olimpiya-harakatini-rivojlantirish-boyicha-yangi-tashabbuslarni-ilgari-surdi

Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar Darslik/ Toshkent: Ilmiy texnika axborot-press nashriyoti, 2018. –B. 343.

Mirjamolov M.X., Yunusov S.A., Svetlichnaya N.K. Paralimpiya xarakati va o‘yin qoidalari. O‘quv qo‘llanma- Toshkent: ITAP nashriyoti, 2018.-B. 19.

Mirjamolov M.X., V.Yu.Valiyeva Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati Darslik T.:2022. – B. 78-79

Nashr qilingan

Yuklashlar

Muallif biografiyasi

Nasiba Ibrogimova ,
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

dotsenti

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Ibrogimova , N. (2025). Maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ingliz tilining ahamiyati, murabbiylarning o‘rni. Lingvospektr, 3(1), 468–472. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/561

Tegishli maqolalar

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.