Mualliflar uchun ma'lumot
Jurnalda iqtisodiyot, pedagogika, psixologiya, sanʼatshunoslik, siyosiy, sotsiologiya, tarix, falsafa, filologiya, yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etiladi. Jurnalga o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.
Jurnalga taqdim etilgan qo‘lyozmalar original va ilgari chop etilmagan, dolzarb va ilmiy asoslangan bo‘lishi talab etiladi. Maqolaning mazmuni va undagi fikrlar uchun mualliflar masʼul.
Yuborilgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat “antiplag.uz” dasturida tekshirilib (kamida 70% original bo‘lishi kerak), keyingina chop etiladi.
Materiallarni taqdim etish tartibi
Tahririyat taqdim etilgan materiallarni dastlabki ekspertizadan o‘tkazish, tanlash va tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Chop etilgan maqolalar jurnalda joylashtiriladi, uning elektron versiyasi har bir ishtirokchiga yuboriladi.
Maqola nomi, muallif haqida ma’lumot, annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda (o‘zbek, ingliz va rus) taqdim etilishi kerak.
Maqola formati
Shrift: Times New Roman – 12 pt.
Matn eni bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak.
Sahifaning har bir tomonidagi hoshiyalar: 2 sm.
Satr oralig ‘i: 1 pt.
Adabiyotlarga havolalar APA formatida berilishi lozim.
Hajmi: kamida 5 sahifa
Maqola matn tuzilishi
- Sarlavha (qalin, sahifaning markazida)
- Muallif (to‘liq ism, ta’lim muassasasi, shahar, mamlakat)
- Annotatsiya (kursivda 150 so‘z)
- Kalit so‘zlar (6-8)
- Maqolaning to‘liq matni
- Ishlatilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida)