Методические и научно-теоретические проблемы вариативного подхода в обучении иностранному языку

Авторы

  • Узбекский национальный педагогический университет имени Низами
Методические и научно-теоретические проблемы вариативного подхода в обучении иностранному языку

Аннотация

В данной статье автор глубоко анализирует сущность вариативного подхода. В частности, подробно сравниваются многочисленные определения данного подхода, данные такими учёными, как Кэрол Энн Томлинсон, Фредерик Берк, Карлтон Уошберн, М. Антонова, Э. Рабунски, Дэйв Стеклер, Майк Шмокер, Джон Джик, Н. Абдуллаева, Н. Мамаджонова. Глубоко освещаются работы авторов, внесших значительный вклад в развитие данного подхода в мире и в нашей стране. Сравниваются положительные и отрицательные стороны данного подхода. Также анализируется высокий потенциал данного подхода в обучении иностранному языку. Автор приводит примеры методов, приёмов, технологий и видов упражнений, которые могут быть использованы в процессе обучения иностранному языку вариативным подходом. Например, дифференцированное обучение предоставляет каждому ученику различные способы усвоения материала урока (содержание урока), понимания новой информации (процесс) и выражения полученных знаний в виде конечного продукта, что обеспечивает эффективное обучение. Вариативное образование – это система образования, в которой каждый ученик имеет право освоить соответствующий уровень знаний и выбрать предметы и темы, которые наилучшим образом соответствуют его потребностям, интересам и уровню знаний.

Ключевые слова:

Вариативный подход иностранный язык метод технология английский язык Кэрол Энн Томлинсон

Chet tilni o‘qitishda turli xil yondashuvlar butun dunyoda pedagoglar tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu yondashuvlarning har biri o‘zining foydali xususiyatlarga va kamchiliklarga ega. Xorijiy tilni o‘rgatish har bir o‘qituvchi uchun ko‘p qirrali vazifa bo‘lib, o‘quv jarayonidagi muayyan muammolarni o‘z ichiga oladi.

Сhet til o‘qituvchilari o‘quv jarayonida talabalarning xorijiy til bilimlarini mukammallashtitrishda ta’lim berish yondashuvlarini samarali qo‘llashi davr talabi hisoblanadi. Xorijiy til o‘qitish pedagogikasida yillar davomida  xorijiy til o‘rgatishda  olimlar tomonidan turlicha yondashuvlar taklif qilingan. Shuni e’tiborga olish lozimki, har bir yondashuvning  kuchli va kuchsiz taraflari mavjud.

Hozirgi kunda xoriiy tilni o‘qitishda zamonaviy va innovatsion yondashuvlardan       biri bu variativ yondashuv hisobnadi. Variativ yondashuv borasida juda katta hajmdagi tadqiqotlar olib borgan va ilmiy asarlar muallifi Carol Ann Tomlinsonning fikricha chet til o‘qituvchisi o‘z talabalarning har biri o‘ziga          xos iqtidori, qiziqishlari, qobiliyatlari va  ma’lum bir ta’lim olish uslublariga ega ekanlgini unutmasligi lozim.Variativ yondashuv (o‘qitish) ta’limdagi boshqa yondashuvlar qatorida har bir talabaning bilimni o‘zlashtitrisdagi eng samarali va foydali yol va uslublarini ishlab chiqish va  talabalarning individual ehtiyojlariga mos ravisda chet til o‘qitishni moslashtirish amaliyoti sifatida qaraladi (De Graaf, 2018).

K.A. Tomlinson o‘zining “Bilim darajasi turli xil bo‘lgan guruhda o‘qitishni variativlashtirish yoli” nomli kitobida ta’kidlashicha bilim darajasi turli xil bo‘lgan sinfda umumiy xususiyatlar e’tiborga olinadi va asoslanadi va talabalarning bilim olish uslublaridagi farqlari ham chet til o‘qitish va o‘rganishda muhim elementlarga aylanadi.

Tomlinsonning so‘zlariga ko‘ra, o‘qitishning eng asosiy bosqichida “variativ ta’lim berish sinfdagi dars jarayonini ijobiy ma’noda “junbushga keltirish” degan ma’noni anglatadi va talabalarda yangi bilimni qabul qilishda, uni tushunib yetish va yakunda o‘zlashtirilgan bilimni namoyon qilish uchun bir nechta tanlovga ega bo‘ladilar. Yani, tabaqalashtirilgan sinf har bir talabani samarali bilim olishi uchun dars materialini (dars tarkibi) o‘zlashtirish, yangi ma’lumotlarni tushunib yetish (jarayon) va o‘zlashtirilgan bilimlarni yakuniy mahsulot sifatida ifoda etish uchun turli yo‘llarni taqdim etadi” (Boelens, 2018).

Tomlinsonning “dars tarkibi”, “jarayon” va  “yakuniy mahsulot”ga bergan alohida urg‘usi variativ o‘qitishning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental hisoblanadi. 1943 yilda Monitoring va fan dasturlarini ishlab chiqish assotsiatsiyasi (ASCD) tomonidan asos solingan “Ta’limda etakchilik” jurnali 1953 yildagi butun bir sonini “Individual variativ yondashuv muammosi” mavzusiga bag‘ishladi (Smale-Jacobse, 2019).

Jurnal o‘z o‘quvchilarini Karlton W. Washbernning “Fan dasturni bola uchun moslashtirish” maqolasini o‘qib, tahlil qilishga taklif qiladi. Maqolada, shuningdek, 1910-yillarda Frederik Burk va boshqa pedagoglarning har bir talabaning “o‘z qobiliyatlariga ko‘ra ta’limda yuksak natijalarga erishish uchun” metodik ko‘mak berish va strategiyalarni ishlab chiqish ahamiyatini chuqur tahlil qiladi.

Rossiyaning onlayn pedagogik ensiklopediyasi ta’rifiga ko‘ra “Variativ         o‘qitish” – bu talabalarning turli xil ta’limiy ehtiyojlariga qaratilgan bo‘lib (lotin tilidan – “o‘zgaruvchan”) muayyan madaniyat, yashash hududi xususiyatlari, jamiyat manfaatlari va o‘quv vazifalarga moslashtirilgan ta’limdir. Variativ o‘qitish talabaga o‘zining erkin, shaxsiy tanlovini, mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini yaratib beradi, shuningdek, o‘zgaruvchan dunyoda bilimlarni anglash va tajriba to‘plashning o‘ziga xos yollarini mustaqil topishga zamin yaratadi. Variativ ta’lim – o‘zgaruvchan bo‘lib, unga ta’sir qiluvchi omillar asosida o‘zgarib boradi. Darhaqiqat, bu turli xil ta’lim muassasalari asos solinishiga, turli xil fan dasturlari, darsliklar, texnologiyalar ishlab chiqilishiga imkon yaratib beradigan izlanuvchan ta’limdir” (Tomlinson, 2000).

Variativ ta’lim – bu shunday o‘qitish tizimiki, unda har bir talaba ta’limning mos darajasini o‘zlashtirib, uning ehtiyojlari, qiziqishlari, bilim darajasiga eng mos keluvchi fan va mavzularini tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan onlayn pedagogic ensiklopediyaga ko‘ra, variativ ta’lim – “oliy maktabda o‘quv rejalari va fan dasturlarini ajratishdir”.

“Variativ” so‘zining ma’nosi (lotinchadan “differentia” – farq) – butunning qismlarga, shakllarga bo‘linish, ajratilishi, tabaqalanishini anglatadi. Ta’lim jarayonini variativlashtirish esa bu darsning asosiy maqsadiga erishish va har bir talabaning o‘qish xususiyatlarini hisobga olish uchun o‘quv jarayonida talabalarni qiziqishlari, ehtiyolari va bilim darajasiga qarab, ajratib olish vazifasi hisoblanadi.

Ijtimoiy nuqtai nazardan ta’limni variativlashtirishdan maqsad jamiyatning har bir a’zosini sotsium bilan munosabatga kirishganda o‘z imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, kreativ, intellectual jamiyat a’zosi va kasbiy salohiyatini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Didaktik nuqtai nazardan, ta’limni variativlashtirishdan maqsad talabalarni butkul yangi motivatsiyaga asosida, tabaqalashtirilgan o‘qitishning yangi didaktik tizimini yaratish orqali ta’limdagi muammolarni hal etishdan iboratdir.

Psixologik va pedagogik nuqtai nazardan, variativlashtirishning pirovard maqsadi har bir talabaning ta’limiy ehtiyojlarini aniqlash, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga asoslangan individuallashtirishda yotadi.

“Ta’limni variativlashtirish” tushunchasi tahlil qilinganda, “variativ yondashuv” tushunchasiga ham to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Chunki pedagogik adabiyotlarda“variativ yondashuv”ning tahlili ko‘pincha “ta’limni variativlashtirish” tushunchasi bilan bog‘lanib kelinadi.

Masalan, M.L. Antonova ta’limni variativlashtirish shaxsning individual tipologik xususiyatlari hisobga olinadigan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli sifatida ta’rif beradi. Variativ yondashuvni M. Antonova ta’limni individuallashtirish tamoyilini amaliyotga tatbiq qilish bilan aniqlanadi degan nuqtai nazarni ilgari suradi.

E.S. Rabunskiy esa bu fikrga qo‘shilmagan holda ta’limda variativ yondashuvga, birinchi navbatda, individual va didaktik sharoitlarning xususiyatlarini hisobga oladigan pedagogik yondashuv sifatida belgilaydi.

Variativ yondashuvni tahlil qilish jarayonida, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash uchun o‘qitishning barcha bosqichlarida ularga individual yondashish texnologiyasini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Chet til o‘qitishda variativ yondashuvni amaliyotda qo‘llash uchun turli xil bilim, malaka va ko‘nikma darajasiga ega talabalarga dars materialining mazmuni va hajmi bilan farq qiluvchi o‘quv dasturlariga asosan ta’lim berish nazarda tutiladi (Tomlinson, 2006).

Talabaning to‘g‘ri tashkil etilgan mustaqil ta’limi katta ahamiyatga ega. Bo‘lajak chet til o‘qituvchilarda oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qish davrida kasbiy mahorat asoslari va mustaqil kasbiy faoliyat ko‘nikmalari shakllanadi. Bu uzviy bog`liqlik esa bilim va uni olish usullarini o`zlashtirgan talabalar uchun mustaqil ish – egallagan bilimni mustahkamlash uchun ishlab chiqilishini anglab yetish juda muhimdir.

Hozirgi zamon universitetida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish muammosini hal etish zarurati O‘zbekiston oliy ta’limi tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlarni tahlil qilishda aniqlangan mavjud qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq.

Bir tomondan, axborot makonining kengayishi, elektron resurslar, texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keng qo‘llanilishi, darajasining oshishi va umuman olganda va ayniqsa, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish jarayoni universitetda o‘quv jarayonini tizimli ravishda bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib keldi.

Zamonaviy axborot tizimlari talablariga muvofiq talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va yangi axborot texnologiyalaridan foydalana bilish zarurati ortib borishi shubhasizdir. Boshqa tarafdan, talabalarning kasbiy muammolarni mustaqil ravishda hal etishga tayyorligi va ko‘nikmasining haqiqiy holati takomillashtirishga zarurdir.

Variativ o‘qitish talim tizimiga kompleks yondashuv bo‘lib, uning mohiyatini ta’lim himoyachisi Ferlazzoning so‘zlariga ko‘ra: “Bizning barcha talabalarimiz turli xil iqtidorlari va kuchsiz taraflarga egadirlar va chet til o‘qituvchisi sifatida biz bu farqlarni anglay olishimiz kerak”.

Dossh va Zidonning ta’kidlashlaricha, variativ o‘qitish talabalar uchun avvalgi ta’lim tajribasiga asoslangan va turli xil tayorgarlik darajasi, qiziqishi va e’tiborni qozonish usullariga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi (Tomlinson, 2006).

Variativ ta’limni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq qilish uchun doimiy malaka oshirish, barcha turdagi baholash va doimiy monitoring olib borish talab qilinadi va talabalarning turli talim ehtiyojlarini, tayyorgarlik darajasiga mos va qiziqishlarini qondirishga samarali yondashuv hisiblanadi.

“Agar dars jarayonida turli xil bilim darajasiga ega talabalar uchun bitta yondashuvni qo‘llasangiz, ushbu yondashuv sizning a’lo va ba’zi o‘rtacha bilim darajasiga ega talabalaringizda samara beradi. Ammo birgina yondashuv ba’zi quyi bilim darajasiga ega talabalarda samara bermasligi mumkin. Variativ yondashuv bilan esa, biz barcha bilim darajasiga ega talabalarni qamrab olamiz”, deydi Deyv Stekler, Shimoliy Dakotadagi Red Trail boshlang‘ich maktabi direktori va Boshlang‘ich maktab direktorlari milliy assotsiatsiyasi prezidenti. “Variativ ta’lim bizning talabalarimizga muvaffaqiyat keltiradi, bu esa ta’lim olishga bo‘lgan muhabbatni kuchaytiradi” deb yakunlaydi D. Stekler (Boelens, 2018).

Tadqiqotchi, variativ ta’lim va baholash bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borgan olim Kerol Tomlinson nuqtai nazariga ko‘ra, variativ o‘qitish samarali ta’lim jarayoni uchun asos bo‘la oladi. Bu turli darajadagi bilimga ega talabalar guruhida (ko‘pincha bir guruhda) yangi ma’lumotlarni tushunish uchun turli xil metodlarni taqdim eta oladi: masalan, mazmunni tushunush, g‘oyalarni anglash. Bundan tashqari, guruhdagi barcha talabalar o‘z qobiliyatlaridan qat’iy nazar, samarali ta’lim olishlari uchun o‘quv materiallari va baholash mezonlarini ishlab chiqish katta ahamiyat.

Variativ ta’limda barcha talabalarni dars jarayonida samarali qamrab olish uchun turli xil vositalar, rang-barang dars mazmuni va barcha talabalarni faol jalb qiluvchi dars jarayondan foydalanishni anglatadi. Kerol Ann Tomlinsonning taʼkidlashicha, variativ o‘qitish “talaba nimani oʻrganishi, uni qay yosinda oʻrganishi va talaba oʻzlashtirgan bilimni qanday namoyon qilishi talabaning tayyorgarlik darajasini, qiziqishlari va afzal ko‘rgan o‘rganish uslubini ko‘rsatib beradi”.

Boelens va boshqa ekspertlarning nuqtai nazariga ko‘ra, ta’limni variatvlashtirish ikki xil darajada bo‘lishi mumkin: 1) ma’muriyat darajasida va 2) dars jarayonida. Ma’muriyat darajasida variativlashtirish talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va gender tenglikni e’tiborga oladi. Dars jarayonida esa variativ ta’lim dars mazmuni, dars jarayoni, yakuniy mahsulot (dars mavzusini o‘zlashtitrish) va natijalarni o‘z ichiga oladi. Dars mazmuni doirasida pedagog o‘quv materialini talabalarning ehtiyojlariga mos ravishda takomillashtiradi.

Bu talabalarning bilim darajasiga qarab dars materialini (mazmunini) qiyinroq yoki soddalashtirishni nazarda tutadi. Dars jarayonini ham bevosita variativlashtirish mumkin. Chet til o‘qituvchisi talabalarni bir vaqtning o‘zida individual o‘qitishi, yoki kichik guruhlarga yoxud butun guruhga talabalarning ta’lim ehtiyojlariga qarab muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, yechim taklif qilish vazifasini berishi mumkin.

“Yakuniy mahsulotni” (mavzuni o‘zlashtirish) variativlashtirish orqali o‘qituvchi talabalar mavzuni o‘zlashtirganini qay shaklda namoyon etishlarini tanlay oladilar. Bu videolar, grafik organayzerlar, foto taqdimotlar, yozma va og‘zaki taqdimotlarni yaratish shaklida bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi xavfsiz, pozitiv sinf muhitida amalga oshiriladi va bu sinfda talabalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va mehnatlarini qadrlash katta ahmiyatga ega bo‘ladi.

Variativ ta’limning asosiy omili xorijiy til bo‘lganda, Echevarria va boshqalar Sheltered Instruction Observation Protocol (SIOP) tarafdorlari ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchi va chet til bilish darajalari turli xil til bo‘lgan (chet til bilishni boshlang‘ich darajasi – beginner, o‘rta darajasi – intermediate va yuqori darajasi – advanced) talabalarga o‘qitish jarayonida dars materialini variativlashtirishni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydilar va yonaltiradilar. Shu yosinda tashkil etilgan tabaqalashtirilgan o‘qitish butunlay yangi ta’lim strategiyasini moslashtirishni anglatadi.

Variativ guruhlar talabalarning tayyorgarlik darajasi, qiziqishlari va ta’lim olish uslublarini e’tiborga oluvchi sinflar sifatida tavsiflangan. Bunda ta’lim jarayoniga barcha talabalar jalb qilinadi va o‘qish davomida muvaffaqiyatga erishishda barcha talabalarga imkon beriladi. Buning uchun o‘qituvchi talabalarning invidual ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda  berilgan topshiriqni bajarish uchun turli xil vazifalardan birini tanlash imkoniyatini beradi (Smale-Jacobse, 2019).

Chet til o‘qituvchilar ta’lim jarayonini to‘rtta usulda variativlashtirishi mumkin:                     1) Dars mazmuni orqali (dars materiali), 2) Dars jarayoni, 3) Yakuniy mahsulot (Dars mavzusini o‘zlashtirish) va 4) Har bir individual talabaga yonaltirilgan ta’lim muhiti orqali.

Algozzine va Anderson ta’kidlashganidek, variativlashtirsh talabalarning o‘rganish uslublari va shaxsiy qiziqishlarini e’tiborga olib, ularning ta’lim jarayonida maksimal o‘sishga erishishlari uchun har bir bolaning ta’lim ehtiyojlarini qondirish uchun o‘qitish va o‘rganish metodlarini faol ravishda moslashtiruvchi usullardan biridir.

Shu bilan birga ba’zi bir skeptic tanqidchilar, turli xil o‘rganish uslublari nazariyasi va variativ ta’limni tanqid ostiga olishgan. Ta’lim haftaligi manbasida              Mayk Shmoker variativ o‘qitish tadqiqotchisi Ann Kerol Tomlinson bilan uzoq davom          etgan elektron pochta almashinuvidan so‘ng, variativ yondashuvni qo‘llab-quvvatlash uchun “hech qanday aniq tadqiqot va dalillari yo‘q” deb ushbu yondashuvga qarshi fikr ham bildirilgan.

“Educational Research” jurnalidagi maqolada, Jon Jik ta’kidlaganidek, “dalillar doimiy ravishda shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘rganish uslublariga monand o‘qitish yondashuvini moslashtirish ta’lim natijalarini yaxshilashga olib kelmaydi" va o‘rganish uslublarini amaliyotda qo‘llash, xususan, VAK (visual, audio, kinestetik o‘rganish uslublari)ga iqtibos keltirgan holda, “bizning miyamiz qay yosinda o‘rganishini va biz gurularda kuzatadigan o‘rganish uslublardagi individual farqlarni aks ettirmaydi (Smale-Jacobse, 2019).

“Jamoat manfaatlari psixologiyasi” fani eksperti Pashlerning fikricha “ilmiy manbalar, adabiyotlarda maktab sharoitida fanni o‘rganish uslublarini amaliyotda qo‘llash va baholash boyicha metodik ko‘rsatmalar etarlicha mavjud emas” degan xulosaga kelmoqda. Bundan tashqari, tegishli tadqiqot metodlaridan foydalanilgan bir nechta ilmiy ishlarda o‘rganish uslublari gipotezasiga zid keluvchi dalillar topildi... [Biz] ta’lim sharoitlarida  talabalar tomonidan fanni o‘rganish uslubi o‘lchovlarini keng doirada qo‘llash oqilona bo‘lmagan va cheklangan resurslardan behuda foydalanish deb hisoblaymiz” (Tomlinson, 2000) degan fikrni olg‘a suradi Pashler o‘z tadqiqot ishida.

Variativ yondashuv borasida ilmiy tadqiqot manbalaridagi bunday qarama-qarshi fikrlar mavjudligi ushbu mavzu to‘grisida yanada chuqurroq izlanish va tadqiqotlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Shunday qilib, variativ yondashuv shunday o‘qitish yondashuviki, u barcha talabalarning ta’lim ehtiyojlariga moslashuvchan metod hisoblanadi. Barcha talabalar bir ta’lim maqsadini ko‘zlaydilar. Ammo variativ o‘qitish metodi talabalarning qiziqishlari, o‘ziga xos ta’lim olish uslubi, talabalarning chet til bilishda kuchli tomonlari va takomillashtirishga zarur taraflarini inobatga olib, o‘zgaradi.

O‘zbekistondagi ilmiy manbalarni o‘rganishimiz natijasida shuni ta’kikdlashimiz mumkinki, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini variativ yondashuv orqali rivojlantirish masalasi olimlarimiz tomonidan yetarlicha tadqiq qilinmagan. Variativ ta’lim bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan o‘zbek olimlari orasida N.Sh. Abdullayeva “Maktabgacha ta’limni variativ yondashuv asosida rivojlantirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi va N.A. Mamajonovaning PhD ilmiy ishlari misol bo‘la oladi.

 Yuqorida keltirilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib, biz quyidagi xulosaga keldik va variativ yondashuv borasida o‘z ta’rifimizni taklif qilmoqchimiz. Variativ ta’lim – (variativ yondashuv, variativ baholash, variativ o‘rganish) – talabaga yo‘naltirilgan o‘qitish yondashuvi bo‘lib, dars mazmuni va jarayonini moslashtirish, ijobiy (pozitiv) va qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv muhitini yaratish, talabani ijodiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali talabaning  ta’limdagi qiziqish va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

 

Библиографические ссылки

De Graaf, A., Westbroek, H., & Janssen, F. (2018). Variativ ta’limga amaliy yondashuv: Biologiya o‘qituvchilari Genetika va Ekologiya. Fan o‘qituvchisi jurnali. Taʼlim, 30(1), 6, 23. https://doi.org/10.1080/1046560X.2018.1523646

Boelens, R., Voet, M. va De Wever, B. (2018). Talabaga javoban variativ ta’limni loyihalash oliy ta’limdagi xilma-xillik: o‘qituvchilarning qarashlari va tabaqalashtirilgan ta’limdan foydalanish variativ ta’lim. Kompyuterlar va ta’lim, 120, 197-212.

Smale-Jacobse, A. E., Meijer, A., Helms-Lorenz, M. va Maulana, R. (2019). Variativ o‘qitish. O‘rta ta’limda tadqiqot dalillarini tizimli ko‘rib chiqish. Chegaralar psixologiya, 10, 2366.

Tomlinson, C. A. va Allan, S. D. (2000). Maktab sinflarida variativ etakchilik. Ascd.

Tomlinson, C. A. va McTighe, J. (2006). Variativ ta’limni integratsiyalash dizayni: Kontent va bolalarni o‘qitish. ASCD.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шухрат Акрамов,
Узбекский национальный педагогический университет имени Низами

Доцент

Как цитировать

Акрамов, Ш. (2025). Методические и научно-теоретические проблемы вариативного подхода в обучении иностранному языку. Лингвоспектр, 10(1), 197–203. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1110

Похожие статьи

<< < 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.