Роль и значение нравственных ценностей в обеспечении духовного совершенства личности и общества

Авторы

  • Международная исламская академия Узбекистана
Роль и значение нравственных ценностей в обеспечении духовного совершенства личности и общества

Аннотация

В данной статье анализируется роль нравственных ценностей в формировании гармоничной личности и обогащении духовной жизни общества. Рассматриваются критерии духовного совершенства человека, историческое становление нравственных ценностей и их значение в современном обществе. Особое внимание уделено роли семьи, системы образования и средств массовой информации в развитии морально-нравственных качеств подрастающего поколения.

Ключевые слова:

Нравственные ценности духовное совершенство развитие личности духовность общества национальные ценности общечеловеческие ценности духовное воспитание нравственность культура общественное сознание

Yurtimiz istiqlolga erishganidan so‘ng axloqiy qadriyatlarga munosabatda tub burilishlar, o‘sish, taraqqiyot amalga oshirila boshladi. Komil insonni tarbiyalash, kelajak avlodni istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari asosida tarbiyalash kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Istiqlol g‘oyasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda, xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyov ta’kidlaganlaridek “…shu ishlarimiz, islohotlarimizning barcha-barchasi ulug‘ va yagona bir maqsadga qaratilgan. U ham bo‘lsa, xalqimizning tinchligi, osoyishtaligini asrash, aholi farovonligini oshirish, farzandlarimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalashdan iborat” (Мирзиёев, 2017).

Axloqiy tafakkurning mohiyati boshlang‘ich jihatdan diniy mazmun kasb etadi. Axloqi va muomalasi komil bo‘lmagan shaxsining diniy kamolotga erishgani to‘liq          deb baholanmaydi. Tarixan axloqshunoslik           ilm sohasidagi olimlar “Insondagi axloqiy fazilatlar tug‘ma bo‘ladimi yoki keyinchalik tajriba va tarbiya jarayonida shakllanadimi?” degan masala yuzasidan turlicha ilmiy nuqtai nazarlarni ilgari surishgan. Axloqiy me’yor va fazilatlar ayrim shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati bilan cheklanib qolmay, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-ma’naviy hayotining ildizlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Suqrotning ta’kidlashicha, “axloqiy va odilona xatti-harakatlar insonni albatta baxt va saodat sari yetaklaydi (Гуннар, 2002).

Islom ta’limotida shaxsning xulq-atvorini takomillashtirish masalasiga alohida o‘rin berilgan bo‘lib, bu holat har bir individ uchun muhim ijtimoiy-axloqiy vazifa sifatida qaraladi. Qur’onda bu borada Payg‘ambar shaxsi          yuqori axloqiy sifatlar namunasi sifatida tilga olinadi (“Qalam” surasi, 4-oyat). Bu ifoda uning shaxsiy fazilatlariga berilayotgan yuksak       bahoni anglatadi. Manbalarda keltirilishicha, Payg‘ambarning shaxsiy fazilatlari haqida so‘ralganida, uning xulqini Qur’on ta’limotlari bilan uyg‘un holda tavsiflagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Payg‘ambar xulq-atvorida Qur’oni karimda bayon etilgan me’yorlar amaliy shaklda ifoda topgan. Bu voqea diniy ta’limotda axloqning nazariy va amaliy jihatlarining birligini ko‘rsatuvchi misol sifatida talqin qilinadi.

Odobli, bilimli, mehnatsevar va qat’iy hayotiy qadriyatlarga ega avlod jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bunday shaxsning tarbiyasi oila doirasidan boshlanib, keng ijtimoiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Hadislarda farzandlarni hurmat qilish va ularga yaxshi odobni singdirish zarurligini ta’kidlaganlar (Ibn Moja rivoyati). Bu ta’limot inson shaxsini shakllantirishda axloqiy tarbiyaning ustuvor o‘rnini ko‘rsatadi.

Albatta, har bir inson shaxsining asosiy fazilatlari avvalo oila muhitida shakllanadi. Shu ma’noda, oila barkamol va mas’uliyatli avlodni voyaga yetkazishning poydevori hisoblanadi. Oilaviy tarbiya jarayonida farzandlarda axloqiy va huquqiy ongni rivojlantirish, adolat, burch va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, Vatanga muhabbat ruhini singdirish jamiyatning ma’naviy barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Islom ta’limotiga muvofiq, farzand ota-onaning zimmasidagi ulkan mas’uliyat hisoblanadi. Ota-ona ushbu omonatni to‘g‘ri ado etish, ya’ni farzandni axloqiy va ijtimoiy jihatdan tarbiyalash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Farzand tarbiyasiga bee’tiborlik islomiy ta’limotda jiddiy xato va omonatga xiyonat sifatida baholanadi. Shuningdek, bunday holat insonning diniy komilligidagi nuqson sifatida qaraladi. An’anaga ko‘ra, ota-ona farzandning birinchi murabbiyi bo‘lib, uning shaxsiy kamoloti va axloqiy qiyofasini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu nuqtai nazardan olimlarning quyidagi so‘zlari mazkur g‘oyani yanada yoritadi: «Fazilat nasl va nasab orqali emas, balki odob orqali hosil bo‘ladi».

Shuningdek, buyuk alloma va mutafakkir Abu Ali ibn Sino o‘zining “Donishnoma” asarida bola tarbiyasi uchun avvalo ota-ona mas’ulligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga alloma o‘z asarida ota-onaning ilmli, fozil va dunyoqarashlari keng bo‘lishliklarini alohida uqtirib, farzand tarbiyasidan mas’uliyatliroq ish yo‘qligini ochib beradi.

Qur’oni karimda oila a’zolariga e’tibor va ularning tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi alohida ta’kidlanadi. Alloh taolo insonlarga o‘zlarini va oila a’zolarini turli zarar va yomon oqibatlardan asrash lozimligini uqtiradi (Тахрим, 2018). Bu esa ota-onaning, ayniqsa, ota shaxsining farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va rahbarlik vazifasini anglatadi. Mufassirlar mazkur oyat mazmuniga izoh berib, shunday deydi: “Ota farzandiga ruxsat etilgan va taqiqlangan bo‘lgan amallarni tushuntirishi, noxush ishlardan saqlanishiga ko‘maklashishi va zarur diniy amaliyotlarni o‘rgatishi shart”. Ushbu talqindan kelib chiqadiki, ota-onaning vazifasi faqat moddiy ta’minlash bilan cheklanmaydi, balki farzandning ma’naviy va axloqiy kamoloti uchun ham mas’uliyatni nazarda tutadi.

Shuningdek, farzand tarbiyasi borasida Payg‘ambarimiz s.a.v.ning quyidagi hadisni misol qilishimiz mumkin: “Sa’id ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hech bir ota o‘z farzandiga yaxshi odob o‘rgatishdan ortiq hadya qila olmaydi” dedilar. Mazkur hadisi sharifdan farzandini to‘g‘ri tarbiyalash qanchalik ma’suliyatli ish ekanligini ko‘rishimiz mumkin, chunki to‘g‘ri tarbiya berilgan farzand nafaqat oila balki jamiyatning rivojiga o‘z xissasini qo‘shgan bo‘ladi. Bunday farzand zararli illatlardan xoli bo‘lib, ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetadi.

Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Chunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Farzandning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, to‘g‘ri yo‘ldan yurishi, balog‘at yoshiga yetishi, iffat va hayoni saqlashi, jinsiy poklikka o‘rgatish ham ota-onaning burchidir. Zero hozirgi globallashuv jarayonida o‘sib kelayotgan yoshlarga sadoqat va oila mustaxkamligi, harom ishlardan uzoqda yurish singari nasixatlar ota-ona tomonidan farzandga aytishi shart bo‘lgan ishlardan biridir.

Hozirgi globallashuv jarayonida dunyo turli xildagi ma’naviyatimiz va axloqimizga butunlay yot bo‘lgan “g‘oya”lar va “ommaviy madaniyat”bilan to‘lgan vaqtda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘g‘ri tarbiya qilish, katta ma’suliyat talab etadi. Bejizga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida so‘zlagan nutqida “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlikka va xalqlar rivojiga rahna soladigan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotganining guvohimiz. Bu sharoitda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishi, barkamol o‘sishiga jiddiy e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir” deya ta’kidlamaganlar.

Ushbu “ommaviy madaniyat” orqali zo‘ravonlikni targ‘ib qilish, bir jinslilar nikohi, zino, giyohvandlik, buzuqlik, turli xildagi pornografik filmlar va b. kabi illatlar kirib kelmokda. Biz esa o‘z navbatida, farzandllarimizni ushbu illatlardan saqlamog‘imiz darkor. Zero, Bundan bir asr muqaddam atoqli ma’rifatparvar olim Abdurauf Fitrat: “Kim badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga katta dushmanlik qilgan bo‘ladi”, degan edi.

Taqiqlangan harom qilingan amallardan farzandlarimizni saqlasak, jamiyatda ma’naviy yetuk va sog‘lom insonlarni yetkazib bergan bo‘lamiz. Zero ma’naviy va jismoniy sog‘lom inson nafaqat oila uchun balki jamiyat uchun ham foydali inson bo‘lib voyaga yetadi. Ma’naviy sog‘lom insonlar esa jamiyatda jinoyatchilik, zino, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik kabi illatlarga qarshi kurashadigan va Vatan ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishadi.

Imom Gʻazzoliyning “Ihyo ulumiddin” asarida ta’kidlanishicha, bola tarbiyasi jamiyatning ma’naviy barqarorligi va shaxs kamolotini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Muallif bolani tabiatan sof, ta’sirchan         va qabul qilishga moyil shaxs sifatida tavsiflaydi. Uning fikricha, bola qanday      muhitda tarbiyalansa, shu muhit ta’sirida           shaxs sifatida shakllanadi. Shu bois uni ma’naviy va axloqiy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish ota-ona hamda tarbiya beruvchilarning         muhim vazifasi hisoblanadi. Bolaning ijobiy muhitda o‘sishi uning shaxsiy rivojiga va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga zamin yaratadi, tarbiyadagi e’tiborsizlik esa uning ma’naviy inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiya jarayoni har qanday moddiy vositadan ko‘ra murakkab va nozik jarayondir. Ularni to‘g‘ri tarbiyalash ilmiy bilim, pedagogik tajriba hamda amaliy mahoratni talab etadi. Shu bilan birga, jamiyatda ko‘p hollarda bu jarayonning mas’uliyati yetarlicha anglanmaydi. Ko‘pchilik ota-onalar farzand tarbiyasiga doir ilmiy manbalarni o‘rganishga, soha mutaxassislari bilan maslahatlashishga yoki tarbiyaviy bilimlarni chuqur egallashga yetarli e’tibor qaratmaydi. Bu holat natijasida ayrim yosh avlod vakillarining ijtimoiy moslashuvida, ta’lim va mehnat faoliyatida muvaffaqiyatsizlik holatlari kuzatilmoqda. Bunday holatlar oilaviy tarbiyaning ilmiy va metodik asoslarini yetarlicha inobatga olmaslik oqibati sifatida baholanadi.

Odob va axloq masalasi insonning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Axloqiy me’yorlarga rioya etish shaxsning ijtimoiy munosabatlardagi barqarorligi va madaniyatli xulqini ta’minlaydi. Odobsizlik esa insonning faoliyati, muomalasi va jamiyatdagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holat shaxslararo munosabatlarning izdan chiqishiga, hamkorlik va ishonch muhitining zaiflashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, inson faoliyatida axloqiy madaniyatni saqlash va rivojlantirish ijtimoiy barqarorlik hamda ma’naviy yetuklikning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan tasavvuf ta’limotlarida ham axloqiy tarbiya muhim         o‘rin tutadi. Bu ta’limotlarda insonning kamolotga yetishi, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda muvozanatni saqlashi odob me’yorlariga rioya etish bilan bog‘lanadi. Manbalarda qayd etilishicha, insonning muvaffaqiyati va barqaror rivojlanishi axloqiy madaniyatga amal qilish natijasida yuzaga keladi, axloqiy tartib-intizomga rioya etmaslik esa shaxsiy va ijtimoiy tanazzulning sababi sifatida baholanadi.

Axloqiy qadriyatlarni dunyoda mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda vayronkor kuchlar tomonidan maqsadga erishishning eng yovuz vositalari bosqinchilik, terrorchilik, qo‘poruvchilik kabi barcha vahshiyliklarga qarshi g‘oyaviy qurol sifatida qo‘llash mumkin. Ularga munosib zarba berish uchun ham insonda yuksak e’tiqod, vatanparvarlik, mardlik va fidoyilik kabi olijanob fazilatlar, milliy axloqiy  qadriyatlar tizimiga sodiqlik shakllangan bo‘lishi kerak. Axloqiy qadriyatlar asosida tarbiya jarayoni aynan ana shunday fazilatlarni shakllantirishga qaratilgandir.

Mana shu holatni boshqa har bir katta-kichik narsalarda ham ko‘rib, mulohaza qilishimiz mumkin. Har bir narsada islom dinida belgilab qo‘yilgan ko‘rsatmalarga amal qilinsa, avvalo bu jamiyatning rivoji va barkamol avlodni tarbiyalashda, jamiyatni parokandalikdan himoya qilishga xissa qo‘shgan bo‘linadi.

Axloqiy qadriyatlar hamda umuminsoniy axloq normalari yosh avlod va jamiyat a’zolarining ma’naviy saviyasini oshirishga qaratilgan tizimli ta’limiy asoslar hisoblanadi. Ushbu qadriyatlar millatning tarixiy birlik sifatida shakllanishi va rivojlanishida, shuningdek, shaxsning milliy o‘zligini anglash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ular jamiyatning ma’rifiy taraqqiyoti va axloqiy barqarorligini ta’minlovchi muhim tarbiyaviy omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston Respublikasi yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Jamiyatimizning ma’naviy – axloqiy yangilanishi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda, chunki    mamlakatning kelajagi ko‘p jihatdan ma’naviy – axloqiy barkamol avlodni tarbiyalashga bog‘liqdir. Yoshlarni islom axloq qoidalari asosida tarbiyalashga katta axamiyat berilmoqda bu borada Sh. Mirziyoyev IHT TIV kengashi 43-sessiyasi ochilish marosimida so‘zlagan nutqida “...buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga ega” (usbekistan.at/uz) eslab o‘tish joizdir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov “Biz mutafakkirlarimizning qutlug‘ merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham baxramand bo‘lishiga, ularning ma’naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz. Boshqacha aytganda, biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan Hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy Hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz”, – deb ta’kidlagan edi (https://islaminstitut.uz/3679).

Islom axloqiy qadriyatlarini yoshlar ongi va shuuriga singdirib borishda dastlabki poydevor xalqimizning azaliy udumlari hamda oila va oilaviy munosabatlariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.

Ko‘p asrlardan buyon buyuk ajdodlarimiz oilaviy hayotni sog‘lom turmush tarzining asosiy qismi sifatida, uning muqaddasligini e’tirof etib, farzandlarini jismonan baquvvat, axloq-odobli, andishali qilib o‘stirishlariga alohida e’tibor berib kelishgan. Bu holat hayot sinovlaridan o‘tgan va qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Inson dunyoqarashining dastlabki poydevori oilada shakllanadi. Shunday ekan, tarbiyaning ma’naviy – axloqiy asoslari oilaning sharqona tarbiya tizimining qay darajada tashkil etilganligi bilan xarakterlanadi.

Shaxs ma’naviyati uning dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodlari islom axloqiy qadriyatlarimizga xos ilk tushunchalar asosan oila muhitida tarkib topishini e’tiborga olgan holda, asosiy tarbiya maskani sifatida oila tarbiyasiga alohida urg‘u berish dolzarb vazifalardan biridir.

Islom axloqiy qadriyatlarning jamiyat hayotida mavqeini ko‘tarish O‘zbekiston zaminida istiqomat qilayotgan barcha kishilarni millati, dini, tili, kasb-kori, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, butun xalq irodasini ijtimoiy muammolarni oqilona hal etish uchun yo‘naltirish, ularda kelajakka ishonch ruhini tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Yozuvchi Tohir Malik shunday yozadi: Islomning biror amri bexuda emas. Islomda ajoyib bir tarbiya tizimi ichki tarbiya, ahloq tarbiyasi bor. Jamiyatning komil insonga extiyoji bormi, demak islomga ham ehtiyoji bor (Тохир Малик, 2005).

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Axloq – bu avvalo insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani”dir (Каримов, 1995). Farzandarimizga islom axloqiy qadriyatlari bilan tarbiya bersak, kelajakda Vatan ravnaqi va jamiyat kelajagi uchun yulkan xissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Библиографические ссылки

Bukhari. (n.d.). Al-Adab al-Mufrad; al-Nasai. Kubro va Tuhfat al-Ashraf rivoyatlari.

Gunnar, S., & Nils, G. (2002). Falsafa tarixi [History of Philosophy]. Tashkent.

Karimov, I. A. (1995). O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari [The main principles of Uzbekistan’s political, social, and economic prospects]. Tashkent.

Mansur, A. (2018). Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri [Translation and interpretation of the meanings of the Holy Qur’an]. Tashkent: Toshkent Islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi. (Surah At-Tahrim, 6, p. 560).

Malik, T. (2005). Odamiylik mulki (Axloq kitobi) [The Treasure of Humanity (Book of Ethics)] (Vol. 1, p. 17). Tashkent: Istiqlol. http://www.ziyouz.com

Mirziyoyev, Sh. M. (2017, June 15). Speech at the conference with religious sector representatives: “Ensuring social stability and protecting the purity of our sacred religion — a requirement of the time.”

Religions.uz. (n.d.). Ijtimoiy barqarorlik va diniy qadriyatlar haqida maqola. https://religions.uz/news/detail?id=125

The Embassy of Uzbekistan in Austria. (n.d.). Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi. http://www.usbekistan.at/uz/actual/islom-khamkorlik-tashkiloti-tashki-ishlar-vazirlari-kengashi-43-sessiyasi

Uzbekistan Islamic Institute. (n.d.). Islomiy qadriyatlar va ma’naviyatga oid maqola. https://islaminstitut.uz/3679

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Дилфуза Закирова,
Международная исламская академия Узбекистана

Независимый исследователь

Как цитировать

Закирова, Д. (2025). Роль и значение нравственных ценностей в обеспечении духовного совершенства личности и общества. Лингвоспектр, 10(1), 295–300. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1125

Похожие статьи

<< < 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.