Ислам в колониальном Туркестане

Авторы

  • Наманганский государственный университет
Ислам в колониальном Туркестане

Аннотация

В данной статье освещаются вопросы принятия в стране решений и законов, противоречащих и противоречащих исламу, после колонизации Туркестанского края Российской Империей, постоянного контроля за исламской религией, ликвидации религиозного и светского образования, ликвидации школ и медресе, разгосударствления вакфной собственности.

Ключевые слова:

Колониальный вопрос религиозные организации школы и медресе вакфная собственность Шайхулислам исламская религия ликвидация вакфной собственности

Rossiya imperiyasining islom diniga bo‘lgan munosabati asosan  XVIII-asrdan, ya’ni podsho Rossiyasi tomonidan islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar yerlarini o‘z mustamlakasiga aylantirgan davrdan boshlangan. Bosqinchilar, avvalo mazkur yerlarda o‘zlari uchun qulay bo‘lgan diniy tartibdagi boshqaruvni joriy etganlar. Jumladan: 1788 yilning 23 sentyabrida Ufa shahrida “Orenburg diniy boshqarma”sini tashkil etgan bo‘lsa, 1872 yilga kelib, Kavkaz ortida yashovchi musulmonlar uchun shunday diniy boshqarmani ham tashkil etilgan edi (Рыбаков, 1917).

Albatta bunday diniy mahkamalar tashkil etilgani bilan, ular bevosita Rossiya imperiyasining doimo qattiq nazorati ostida bo‘lgan. Endi, Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini bosib olayotgan vaqtdagi islom dinining ahvoli masalasiga kelsak, avvalo bosqinchilar o‘lkada qat’iy tartibga solingan islom dini va uning vakillari bilan to‘qnashdilar. Buni Turkiston o‘lkasining birinchi general-gubernatori Kaufman ham imperatorga yozgan hisoboti alohida ta’kidlab o‘tgan edi: “Albatta bu davlatlar tepasidagi amir va xonlar turgani bilan davlatni boshqarish ishlarida islom dini vakillari yetakchi rol o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda fan, ma’orif va sud sohasidagi ishlar ham ularning qo‘l ostidadir” (O’Z.MA. 36 F, 1 R, 2366 yig’ma jild).

Xonliklar davridagi yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqeyga ega bolganlaridan biri “Shayxulislom” hisoblangan. U shariat qonun qoidalarini bajarilishi         ustidan nazoratni amalga oshirgan. Bu uning naqadar katta nufuzga ega bolganidan dalolat bergan.

Qozikalon esa, sud ishlariga yetakchilik qilgan bolsa muxtasib – musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatgan. Masjidlarga borib namoz o‘qishga keluvchilar ro‘yxatini hamda bozorlardagi tosh tarozining to‘g‘riligini tekshirgan. Shuningdek, u ichkilikbozlik va sudxo‘rlikka ham qarshi kurashgan. Xonliklar davrida “Sadrlar” – vaqf mulklarining tog‘ri sarf etilishini nazorat qilgan.

O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar, bu yerda ta’lim tarbiya ishlariga asosan islom dini vakillari boshchilik qilishdi. Bolalar 4 yoshdan boshlab maktablarda o‘qishni boshlagan. Xonliklar davrida maktablar masjidlar qoshida yoki qishloqlar markazidagi binolarda ochilgan bo‘lib, o‘qituvchilikka mahalla kattalarining roziligi bilan masjidlar imomi yoki chetdan boshqa o‘qimishli odamni taklif etilgan. Turkisotndagi  maxalliy halq ta’loim tizimini o‘rgangan rus mamurlari Turkiston viloyatlaridagi maktablari soni Rossiya imperiyasi viloyatlarikiga nisbatan ko‘p ekanligini qayd qilgan.

Shu o‘rinda Turkiston o‘lkasining Zarafshon o‘krugigadi maktab, madrasalarning o‘quvchilari va vaqf daromadlari to‘g‘risidagi 1874 yilga tegishli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz (Материал для статистики Туркестанского края. Ежегодник. Вып-4 с. Петербург – 1876, стр-116. Статистические данные).

T/ R

Nomi va joylash-gan o‘rni

Mak-tablar soni

O‘quvchilar soni

Qishda-Yozda

Madrasa-lar soni

Vaqf daromadi

Nima maqsadda sarflangan

 

1

 

 

 

Samarqand shaxrida

 

 

61

 

 

 

Qishda 546

Yozda 302

 

 

19

 

 

 

369 rub 60 kop

 

 

Maktab va madrasalar o‘qituvchilariga berilgan

 

2

 

 

 

Shovdar tumani

 

 

55

 

 

 

Qishda 612

Yozda 284

 

 

-

 

 

 

243 RUB 30 kop

 

 

55 ta oqituvchiga va maktabni tamirlash uchun berilgan

 

3

 

 

Aforikent tumani

 

99

 

 

Qishda 1106

Yozda 420

 

1

 

 

Yiliga 4 – 18 botmon bug‘doy

99 ta oqituvchi va maktab uchun sarflangan

 

4

 

 

 

 

 

 

 

Yangiqo‘r-g‘on tumani

 

 

 

 

 

 

54

 

 

 

 

 

 

 

Qishda 539

Yozda 245

 

 

 

 

 

 

1

 

 

 

 

 

 

 

Axoli xayr exsoni va vaqf daromadi xisobiga 18 05 rub yoki 3rub 60 kop- 4 rub yiliga

O‘quvchilar 55 oqituvchilarning sarf harajatlari uchun sarflangan

 

 

 

 

 

5

 

 

 

 

 

 

Sheroz tumani

 

 

 

 

 

62

 

 

 

 

 

 

Qishda 372

Yozda 96

 

 

 

 

 

-

 

 

 

 

 

 

Maktab xary exson va yiliga 3- 20 botmon bug‘doy yoki 97 rubl 40 kop

Mablag‘ oqituvchi va oquvchilar o‘rtasida taqsimlangan

 

 

 

 

6

 

 

 

Chelak tumani

 

 

25

 

 

 

Qishda 331

Yozda 124

 

 

1

 

 

 

1-5 botmon bug‘doy yoki 64 rub 80 kop

62 oqituvchu uchun sarlangan

 

 

 

7

 

 

 

 

Angor tumani

 

 

 

98

 

 

 

 

Qishda 725

Yozda 234

 

 

 

1

 

 

 

 

Maktab uchun 1-6 botmon bug‘doy yoki yiligi 300 rub

Maktabni tamirlash va o‘qituvchialar uchun sarflangan

 

 

Jami

 

 

Samarqand bo‘limi bo‘yicha

572

 

 

Qishda 5795

Yozda 1266

 

23

 

 

Bundan tashqari 3912 rub 91 kop mablag‘ exson qilingan

 

 

 

Jami

 

Zarafshon okrugida

968

 

Qishda 8642

Yozda 2226

31

 

1-jadval.

 

Maktabni tamomlaganlar madrasalarda o‘qishni davom ettirgan. Madrasalar maktabdan yuqori ilmiy markaz hisoblangan. Albatta bu madrasalar Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar asosan vaqf mulklaridan olingan daromadlar hisobiga ta’minlangan.

Mazkur muassasalardagi ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilgan islom dini vakillari mahalliy xalq farzandlarini odob-axloq, do‘stona munosabat, vatanga muhabbat, halollik va poklik ruhida tarbiyalash bilan birga kibr-havo,fitna-fasod, yolg‘onchilik, zulm  kabi butun insoniyatga zararli sifatlarni ham qoralaganlar.

Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinayotgan davrdagi islom diniga aloqador bo‘lgan dastlabki qonun loyihasi 1867 yilning 25 martida general Kaufman tomonidan Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini boshqarish to‘g‘risidagi nizom loyihasida o‘z ifodasini topgan.

Bundan tashqari 1869-yildan boshlab, okrug boshlig‘ining buyrug‘iga binoan, Samarqand shahar markazidagi vaqf mulklari ya’ni karvonsaroy, savdo rastalari, hammom va tegirmonlardan olingan daromadlarni ham davlat xazinasiga olinishi joriy etilgan.

Lekin keyinroq ushbu madrasa mehnatkash Andijon aholisi tomonidan qaytadan boshqa joyda tiklangan. Ammo, mustamlakachilar Nasriddinbek madrasasining Andijon u’yezdi, Baliqchi volosti, Xo‘jaobod qishloq jamoasidan 1537 desyatina, 1650 kv vaqf yeridan olayotgan 3199 rub, 87 kop.ni davlat xazinasiga olishgan. Buning oqibatida Nasriddinbek madrasasi vaqf daromadisiz qoldirilgan, oqibatda madrasadagi ta’lim tarbiya jarayoni izdan chiqqan (O’Z.MA, 19 F,           1 R, 34178 yig’ma jild).

Aslida bularning hammasi Turkiston general gubernatori ma’muriyati tomonidan uzoqni ko‘zlangan holda amalga          oshiriladigan siyosat bo‘lib, kelgindilarning asosiy maqsadi mahalliy xalq boyliklarini            talon –taroj qilish va ko‘proq daromadga ega bo‘lish edi.

Mustamlakachilar tomonidan ko‘plab vaqf mahkamalarining vaqf hujjatlari 1870 yildayoq hukumat tomonidan ko‘rib chiqish bahonasida mutavallilardan yig‘ishtirib olinib, 1879 yilgan qadar va undan keyin ham o‘z egalariga qaytarib berilmagan edi.

Demak, bu siyosatning asl maqsadi o‘lka boyliklarini talon-taroj qilish, xalqni esa ilmsiz, savodsiz, madaniyatsiz qullarga aylantirishdan iborat edi.

Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinayotgan dastlabki vaqtlarda islom dini vakillarini itoat ettirishda unchalik qiyinchilik tug‘ilmaydigan bo‘lib ko‘ringan bo‘lsada, keyinchalik islom dini nafaqat Turkiston o‘lkasida, balki O‘rta Osiyoda boshida o‘ylanganidan ham kuchli ekanligi yaqqol ko‘zga tashlandi.

Farg‘ona vodiysiningistilo qilinishi esa mustamlakachilarni islom dini bilan      mustahkam aloqada bo‘lgan “o‘troq” aholi bilan to‘qnashtirdi, shuning uchun ham islom dinining mahalliy xalqqa bo‘lgan ta’siri kuchli ekanligini hisobga olgan Turkiston general gubernatorligi ma’muriyati dastlab ularning ichki ishlariga aralashmaslik niqobi ostida ish yuritdi.

Musulmon aholining muqaddas shaharlari hisoblangan Makka va Madinaga haj qilishi uchun dastlab hech qanday to‘sqinlik qilinmadi. Lekin keyinchalik Turkiston musulmonlarini hajga borishi faqat Rossiya shaharlari orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. Buning uchun yo‘l, transport va haj to‘lovi xaqlari bir necha barobar orttirilgan bo‘lsada, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmadi.

Dastlabki vaqtda islom dini vakillariga niyabatan juda ham ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lindi va general-gubernator Kaufman taklif etgan quyidagi yo‘lni tutdi (O’Z.MA. 2282 F, 1 R, 128 yig’ma jild).

Bu tadbir bilan mustamlakachilar islom dini vakillarining mahalliy xalqqa bo‘lgan ta’sirini yo‘qotishga harakat qilmoqda edi.

Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar, islom dini vakillari qozi sudlariga ham boshchilik qilgan edi. Xonliklar davrida qozilar hokimiyat tepasida turgan amir va xonlar tomonidan tayinlangan.

Turkiston o‘lkasi mustamlakachilar tomonidan istilo qilingandan keyin, sud sohasida ham bir qator o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlat sud mahkamalari bilan bir qatorda uch xil ko‘rinishdagi sud mahkamalari tashkil etildi (O’Z.MA. 25 F,1 R, 769 yig’ma jild).

  1. Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo va Yettisuvning o‘troq aholisi uchun tashkil etilgan sudlar.
  2. Shu viloyatlarning ko‘chmanchi aholisi uchun tashkil etilgan sudlar.
  3. Kaspiyorti viloyatlarining ko‘chmanchi aholisi uchun tashkil etilgan sudlar.

Ko‘chmanchi va o‘troq xalqlar sudlarining bir-biridan farqi shundan iborat ediki, shariat asosida ish ko‘ruvchi qozi sudlari, hukm chiqarishda sud jarayonida aniqlangan yuridik dalillarga amal qilib, umumiy va o‘zgarmas “shariat” normalari asosida hukm chiqarardi.

Ko‘chmanchi xalqlarning sudlari esa nafaqat davr o‘tishi bilan, balki joylarga qarab ham o‘zgaruvchan odatlar asosida sud qilar edi.

Shariatga asoslangan va rus sud mahkamalari bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan qozi sudlari rus qonunlarining musulmonlar hayotiga tadbiq etilishiga to‘sqinlik qilardi. Siyosiy tomondan esa murosasiz va kurashchan qonunlarni hayotga tadbiq etish bilan o‘troq xalq ommasi tomonidan rus urf-odatlarining qabul qilinishini cheklab turardi.

Mustamlakachilar o‘z yo‘lidagi mana shu to‘siqlarni yo‘q qilish maqsadida 1880 yili barcha viloyat boshliqlariga hamma sohada boshqarishni o‘z qo‘liga oluvchi mahkama tashkil etish vazifasini yukladi. Bu tadbir orqali mustamlakachilar Turkiston xalqlarining odat axloq prinsiplariga rus qonunlarini kiritishni mo‘ljallagan edi.

Shu bilan bir qatorda Kaspiyorti u’yezdida general Renin Kampf buyrug‘iga binoan ikki bosqichdagi xalq sudlari tashkil etildi:

  1. 4 kishidan iborat bo‘lgan ovul sudlari.
  2. U’yezd boshlig‘i rahbarligidagi 5 kishidan iborat bo‘lgan sudlar va qozi sudlari edi.

Albatta, bu sud mahkamalarining xaq-huquqlari teng emasdi. Bunga sabab, rus millatiga mansub shaxslarni mahalliy aholi yashaydigan joylarda qilgan jinoyatlari           uchun o‘sha joydagi shariat asosida ish ko‘ruvchi qozi sudlari tomonidan sud qilish mumkin emasdi. Bunday jinoiy ishlar Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tashkil etilgan sud mahkamalaridagina ko‘rib chiqilgan.

1907-1913 yillarga kelib “shariat” asosida ish ko‘ruvchi qozi sudlari Turkistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga to‘sqinlik qilmoqda degan bahonalar bilan uni tugatishga qaror qilindi. Bubilan mahalliy sud mahkamalari o‘rniga rus qonunchiligi asosidagi umumiy sud mahkamalarini tashkil etishni mo‘ljallangan edi.

Albatta, Turkiston general gubernatorligning ushbu rejalari to‘laligicha amalga oshgani yo‘q. Lekin mustamlakachilar tomonidan bunday tadbirlar juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan.

O‘rta Osiyo hududi Rossiya imperiyasi tomonidan to‘la bosib olingandan keyin, ichki ishlar vazirligi tomonidan 1880 yilning 4 martidan Orenburg muftiysiga o‘zining ta’sir doirasini Turkiston o‘lkasiga tarqatmaslik haqida buyruq berldi (Рыбаков, 1917).

O‘rta Osiyo hududida istiqomat qilayotgan o‘zbek, tojik, qirg‘iz,qozoq va boshqa xalqlarni Orenburg diniy boshqarmasi ta’siridan chiqarib olinishining birinchi sababi, mazkur xalqlarni ruslar bilan yaqinlashuviga tatarlar to‘sqinlik qilmoqda deyilgan bo‘lsa, buning ikkinchi sababi, diniy boshqarmani Turkiston o‘lkasida tashkil etish biz uchun noqulaydir, bundan tashqari  mahalliy xalq diniy boshqarmani hech qachon ko‘rgan emas deyilgan.

Viloyatlar harbiy gubernatorlari va          u’yezd boshliqlarining islom dini vakillariga va ular boshchilik qilayotgan maktab, madrasalarga nisbatan nihoyatda mensimay munosabatda bo‘lishlari Turkiston musulmonlarining aksariyat qismida norozilik uyg‘otayotgan edi.

Lekin hushyor va usta siyosatchi bo‘lgan general Kaufman musulmon aholisining rivojlanish darajasi, ularning madaniy va ma’naviy olami faqat islom shariatiga bog‘liq emasligini boshqa harbiylardan ko‘ra yaxshiroq anglab yetgan edi. O‘lka xalqlarining boy dunyoviy merosi ilmiy asarlarga asoslanganligi, ushbu bilimlar poydevorini shu zamindan yetishib chiqqan Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Ulug‘bek hamda islom dunyosining taniqli namoyandalari imom Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Zamahshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy va boshqa ko‘plab mutafakkirlar yaratib ketganligini imperiyaning boshqa amaldorlaridan ham yaxshiroq tushunardi.

General Kaufman (1973) islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmon aholini majburan xristianlikka kiritishga qarshi o‘z e’tirozlarini o‘ziga xos tarzda  asoslab bergan edi: “1868 yil yanvar oyida u pravoslav missionerlar boshlig‘iga Turkiston o‘lkasi aholisi xristianlikni qabul qilishi uchun hali vaqt yetilgan emas. Xristian dinini hozirgi vaqtda targ‘ib qilish yaxshi natijalar bermaydi, aksincha, mahalliy xalqni bizdan uzoqlashtiradigan bu tadbir ishimizga butunlay zarar keltirib, eplash qiyin bo‘lgan qiyinchiliklarni vujudga keltirish mumkin” - deb yozgan edi.

General Kaufman islom diniga qarshi nuqtai-nazarda turgan bo‘lsa ham, musulmon diniy ta’limoti va shariatning maktab, madrasalar hamda mahalliy aholi hayotidagi ahamiyatini tushunib yetgan holda imperiya vazirlari va mafkurachilarining qarashlariga zid o‘laroq, islom dinining mahalliy xalqqa bo‘lgan ta’sirini zaiflashtirish maqsadida turli siyosiy-ma’muriy usullarini ishlab chiqdi. Bu usullar asosida avvalo uning o‘zi va o‘lkaning keyingi barcha general-gubernatorlari juda xilma-xil mustamlakachilik chora-tadbirlarini amalga oshirdilar.

General-gubernator fon Kaufman vafotidan keyin, uning o‘rniga general Chernyayev tayinlandi. Mana shundan keyin yangi gubernatorning 1884 yil yanvar oyidagi buyrug‘iga binoan Turkiston o‘lkasidagi boshqarishni tartibga solish maqsadida mahalliy xalq ziyolilari, islom dini vakillari va qozilardan iborat yangi komissiya tuzilgan (O’Z.MA. 1 F, 11 R, 1724 yig’ma jild). Ushbu komissiya o‘z navbatida islom dini vakillari boshchilik qilayotgan masjid, madrasa, maktab va mozorlar hamda ularni ta’minlab turgan vaqf mahkamalari uchun yangi qonun-qoidalar ishlab chiqishi zarur edi. Buning asosiy sababi endilikda mustamlakachi hukumatning yuqorida nomlari zikr etilgan mahkamalari o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilayotganidan iborat edi.

Shuning uchun ham komissiya a’zolariga hukumat tomonidan Kavkaz orti musulmonlarining diniy boshqarmasi uchun ishlab chiqilgan qonuniy qo‘llanma tarzida berildi.

Xuddi mana shu paytda, ya’ni 1884 yili Peterburgda general Kaufman tomonidan tashlangan “Turkiston o‘lkasini boshqarish” to‘g‘risidagi qonun loyihasi maxsus komissiya tomonidan qaytadan ishlab chiqilayotganligi va bunda Turkiston musulmonlarining maorif, vaqf maqkamalari hamda diniy boshqarish masalalarini ham hal etilayotganligi sababli yuqoridagi komissiyaning ishlariga e’tibor berilmay qo‘yiladi.

Peterburgdagi Tashqi ishlar, moliya va boshqa bir qator vazirliklarning mustamlakachi amaldorlariga Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tayyorlangan loyiha ma’qul kelmaydi. Bunga sabab, ularning nazarida mahalliy xalqqa katta imtiyozlar berib yuborilganidek bo‘lib ko‘rinadi. Shuning           uchun ham 1881 yildan 1886 yilga qadar yuqoridagi loyiha Peterburgda qaytadan ishlab chiqilgan. Shundan keyingina 1886 yilning               12 iyunida podsho Aleksandr III tomonidan “Turkiston o‘lkasini boshqarish” to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlagan. Mana shu tariqa Turkiston o‘lkasidagi barcha masalalarni          o‘zida mujassamlashtirgan nizom vujudga kelgan edi.

Библиографические ссылки

Рыбаков, С. Г. (1917). Устройство и нужды управления духовными делами мусульман в России (с. 18). Петербург.

Рыбаков, С. Г. (1917). Устройство и нужды управления духовными делами мусульман в России (с. 19). Петербург.

К открытию памятника генерал-адъютанта К. П. Кауфмана как устроителя Туркестанского края (сс. 67–71). (1913). Ташкент.

Материал для статистики Туркестанского края. Ежегодник (Вып. 4, с. 116). (1876). Петербург.

O‘zbеkiston Milliy arxivi. 36-fond, 1-ro‘yxat, 2366-yig‘ma jild, 25-varaq.

O‘zbеkiston Milliy arxivi. 19-fond, 1-ro‘yxat, 34178-yig‘ma jild, 33-varaq.

O‘zbеkiston Milliy arxivi. 2282-fond, 1-ro‘yxat, 128-yig‘ma jild, 74-varaq.

O‘zbеkiston Milliy arxivi. 25-fond, 1-ro‘yxat, 769-yig‘ma jild, 133-varaq.

O‘zbеkiston Milliy arxivi. 1-fond, 11-ro‘yxat, 1724-yig‘ma jild, 60-varaq.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Болтабаев Собиржон,
Наманганский государственный университет

Преподаватель, PhD

Как цитировать

Собиржон, Б. (2025). Ислам в колониальном Туркестане. Лингвоспектр, 10(1), 301–307. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1126

Похожие статьи

<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.