Социокультурные особенности речевого жанра “соболезнование” в разных системных языках

Аннотация
В современном языкознании появление теории речевых жанров русского ученого М. Бахтина заложило основу лингвистической традиции изучения ряда языковых вопросов, не нашедших своего решения в языкознании, в том числе речевых единиц с определенным речевым назначением, композиционной структуры и стиля. В настоящее время становится популярным изучение лингвистических и экстралингвистических особенностей речевых жанров. В разных системных языках речевое предложение соболезнования формируется на основе конкретной коммуникативной цели, текстовой композиционной структуры, стилистического разнообразия, а также лингвистических и экстралингвистических факторов, таких как адресат, адресант, время, пространство, речевые и невербальные средства, языковые признаки. Наличие этих факторов непосредственно определяет языковую позицию сочувствия как отдельного речевого жанра. Статья посвящена изучению социокультурных особенностей речевого жанра “соболезнование” в разных системных языках. Анализируются особенности лексических, грамматических и стилистических средств выражения симпатии в общественной жизни разных стран, а также влияние социальных и культурных факторов на выбор языковых форм. Исследование основано на сравнительном анализе случаев, демонстрирующих различные стратегии выражения соболезнования в конкретных ситуациях. Результаты работы позволяют выявить общие и специфические черты выражения соболезнования в разных языковых культурах, а также подчеркивают важность учета культурного контекста при интерпретации актов речевой коммуникации. С этой точки зрения изучение языковых аспектов речевого жанра “соболезнование”, отражающего национальные особенности узбекского языка, показывает актуальность исследования.
Ключевые слова:
речевой жанр соболезнование языковая система общество социокультурные характеристики письмо-соболезнование.Bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqiy janrlarning sotsiolingvistik tadqiqotlari (Батюшина, 2008; Плетнева, 2009; Попова, 2011; McCarthy 2003; Huchkin 1997; Казачкова, 2006) ommalashib borar ekan, “hamdardlik bildirish” nutqiy janrining sotsiolingvistik xususiyatlari borasidagi ilmiy tadqiqotlarda rus tilshunoslik maktabi vakillarining izlanishlari o‘ziga xosdir (Арутюнян, 2000; Батюшина, 2008; Кузнецова, 2010; Харитонова, 2024; Ресенчук, 2011; Казачкова, 2006; Попова, 2021; Ресенчук, 2019;). Rus tilshunosi A.A.Resenchuk hamdardlik bildirishni etiket xususiyatli nutqiy janr sifatida ko‘rib chiqar ekan, uning konseptual strukturasi, nutqiy akt xususiyatlari, nutqiy aktlar orasidagi tipologik mavqeyi, kommunikativ-pragmatik xilma-xilligi, freym strukturasi, matniy ifoda shakllarini aniqlagan va uning diskursiv janrlarini tasniflagan (Ресенчук, 2011).
Ma’lumki, har bir jamiyat til tizimida voqe’lanuvchi muayyan bir nutqiy aktning o‘ziga xos ijtimoiy normalarini ishlab chiqadi. Masalan, hamdardlik bildirish ingliz lingvomadaniyatida turli diskurs janrlari orqali ifodalanib, ingliz lingvomadaniyatida hamdardlik maktubi (letter), hamdardlik jo‘natmasi (message-открытка), hamdardlik nutqi (speech) kabi diskursiv janrlari (Ресенчук, 2017) keng tarqalgan.
Tarixan olganda Yevropa mamlakatlarida hamdardlik maktubini yozish XVIII asrdan hozirgi kungacha amalda bo‘lgan lingvistik nutqiy harakatdir. Hamdardlik maktubini yozishga bo‘lgan ehtiyoj kishining shaxsan hamdardlik bildirish uchun vaqt va masofa nuqtayi-nazaridan mumkin bo‘lmay qolganligi zaruriyati bilan bog‘lanadi. Shunday vaqtlarda Yevropaliklar maktub yozishni eng qulay usul deb hisoblaganlar. Maktubning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda yozma maktublar adresantda jamiyat me’yorlari va qonun-qoidalariga bo‘lgan shaxsiy ijobiy xususiyatlar mavjudligidan ham xabar beruvchi sotsiolingvistik obyekt sifatida e’tirof etiladi (Ресенчук, 2011). Ingliz matnlari mazmuniy qismlarida salomlashuv, murojaat, motiv, hamdardlik bildirish, maqtov, yaqinlariga hamdardlik bildirish, kuchli bo‘lishga chaqirish, duo qilish, dafn marosimi uchun moddiy yordam taklif qilish kabilar ingliz sotsiumida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy urf-odatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Ilmiy adabiyotlarda hamdardlik bildirish jo‘natmasi (message; открытка) Avstriyada hamdardlik bildirish jo‘natmasi (message: открытка) 1869-yilda 1-oktyabrda qo‘llanilganligi, ingliz lingvomadaniyatida esa XIX asrdan muomalaga kirganligi haqida ilmiy ma’lumotlar uchraydi. Yevropa mamlakatlarida hamdardlik bildirish jo‘natmalari pochta jo‘natmalaridan sanalib, rasmiy xatlar turiga kiradi. Ushbu jo‘natmadan ko‘zlangan asosiy nutqiy maqsad marhum yaqinlariga hamdardlik bildirish orqali ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu jo‘natmani rasmiylashtirishda ham o‘ziga xos sotsiolingvistik xususiyatlar mavjud. Masalan, adresant marhumni yaqindan tanimasa, marhumni yodga olish, buni ifodalashda umumfoydalanish uchun qo‘llaniladigan umumiy gap, so‘z va nutqiy qoliplardan foydalanishni o‘zi yetarli bo‘ladi (Ресенчук, 2011). Ingliz sotsiolingvistik odatlariga ko‘ra jo‘natma matni mazmunida uzoq va ko‘p narsalarga to‘htalish mumkin emas, ushbu xat turida ijtimoiy me’yoriy cheklovlar mavjud. Hamdardlik bildirishning dafn nutqi (panegerik) turida esa maqtov mazmunli gaplar ko‘p uchraydi. Panegerik nutqda maqtov, minnatdorchilik bildirish, yodga olish kabi mazmuniy qismlar mavjud. Maqtovda marhumning oilaviy va jamiyatdagi yutuqlari va roli esga olinadi.
Rus sotsiumi hamdardlik bildirishni sukunatli mungli marosimlardan deb baholaydilar (Чиненный, 1996). Bunga ko‘ra g‘am-anduh vaqtida ko‘p gapirish yaramaydi. Boz ustiga, marhum uchun kuyunib yig‘lash ijtimoiy jihatdan tug‘ishgan yoki o‘ta yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshiriladi. Rus ijtimoiy jamiyatida marhum yaqinlari va dafn marosimi munosabati bilan yig‘ilgan ishtirokchilar uchun g‘am-anduhga tushgan kayfiyat, sukut saqlash, boshqa mavzuda gaplashmaslik, kulish kabilar ma’n qilinadi, marhum yaqinlariga ta’ziya izhor qilish etiketlariga rioya qilinadi (Тарасенко, 1999). Rus lingvomadaniyatida hamdardlik bildirishning kommunikativ maqsadi adresat tushib qolgan salbiy vaziyatni yumshatish, adresatni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdir, adresatni ruhiy qo‘zg‘atish (истерика) ijtimoiy jihatdan salbiy qabul qilinadi, ijtimoiy madaniy norma hisoblanmaydi. Shu bilan birga, rus ijtimoiy jamiyatida adresat uchun ham ijtimoiy me’yorlar mavjud. Masalan, adresantning hamdardlik bildirishiga og‘zaki javob berishi, ya’ni minnatdorchilik bildirishi ijtimoiy jihatdan shart sanaladi, minnatdorchilik bildirish odatda, darhol yoki keyinroq xotira (поминка) kechasida ijro etilishi mumkin. Aks holda adresantlarga hurmatsizlik sifatida baholanadi (Тарасенко, 1999). Rus sotsiumida odatda xat yozishdan ko‘ra telefon orqali yoki shaxsan o‘zi borib hamdardlik bildirish ijtimoiy normadir (Бусоргина, 2006). Bu borada Amerika va Britaniya sotsiumi yozma hamdardlik bildirishni afzal ko‘radilar. Shu bilan birga, Amerika va Britaniya sotsiumida adresat kasallik, biznes kabi ijtimoiy-maishiy voqea-hodisalarda ham muvaffaqqiyatsizlik yuz bersa, bunda moddiy zarar ko‘rsa, favqulodda holatlar (olov, avariya, suv toshqini kabi)ga uchrasa yoki adresat hayotidagi kichik ko‘ngilsiz voqealar ham yozma hamdardlik bildirishga sababchi bo‘lishi mumkin.
Amerika va Britaniya sotsiumida kasal insonlarga nisbatan ham hamdardlik bildirish, ko‘ngil so‘rash ijtimoiy odatlari mavjud, bunda turli jo‘natmalar yuboriladi, ba’zan jo‘natmalarga qo‘shimcha tarzda gul yuborish odati ham mavjud. Bunda gul ustiga turli yozishma-qaydlar yozilishi ham mumkin. Ingliz sotsiumida baxtsizlikka uchragan yoki moddiy zarar ko‘rgan adresatga pul orqali yordam beriladi. Shu sabali ham hamdardlik bildirish matnlarida pullar taklif qilish bilan bog‘liq matnlar uchraydi. Hamdardlik bildirish jo‘natmalarida adresantning o‘z qo‘li bilan yozilganligi adresatning yaqin inson sifatida qadrlayotganligini anglatadi. Adresatga yuborilayotgan xat agar yaqin qarindosh bo‘lsa, adresant o‘z qo‘llari bilan yozishi shart. Bunda elektron pochtadan xatni yuborish mumkin emas.
O‘zbek sotsiumida esa xat yozib, gul hadya qilish orqali hamdardlik bildirish ko‘proq rasmiylik xususiyatiga ega. Bu usul bilan davlat rahbarlari xorijiy mamlakatlar rahbarlariga va xalqiga hamdardligini izhor qilishi mumkin. O‘zbek sotsiumida ijtimoiy hayotda hamdardlik bildirishda shaxsan ishtirok etish ijtimoiy normasi mavjud. Ba’zan davlat ishida qat’iy tartib asosida ishlaydigan adresantlar uchun o‘z oila a’zolarini oila vakili sifatida yuborib, shaxsiy uzrini yo‘llash odati ham adresatga bo‘lgan yuksak hurmatni ifodalaydi. Ba’zan o‘zbek sotsiumida hamdardlik bildirish jarayonida adresatlarga pullar orqali ko‘mak ko‘rsatish kollektivlik xususiyatiga ega. Ijtimoiy maishiy hayotda esa hamdardlik bildirish jarayonida muayyan oila nomidan erkaklar tomonidan pullar, oziq-ovqatlar xadya qilinishi yoki ayollarning tayyor taomlar va turli moddiy buyumlar (material, kiyim-kechak, idish kabi) olib kelishi o‘zbek sotsiomadaniyatida alohida o‘ziga xos qadriyat va ijtimoiy me’yor sifatida shakllangan. O‘zbek lingvomadaniyatida hamdardlik bildirish jarayonida adresatlarga gul hadya qilish yoki yozma hamdardlik bildirish odati mavjud emas. O‘zbek lingvomadaniyatida hadya qilingan predmetlar ommaga publik tarzda aytilmaydi.
Ko‘rinadiki, turli tizimli tillarda hamdardlik bildirishning sotsiolingvistik xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ingliz ijtimoiy-maishiy hayotida mavjud yozma shaklli hamdardlik bildirish odati o‘zbek lingvomadaniyatida kuzatilmaydi.
Библиографические ссылки
Huchkin, T. (1997). Cultural aspects of genre knowledge. AILA Review: Applied Linguistics across Disciplines, U.K.
Nurmanova, D.A. (2019). Text as a universal form of representation of "part from the whole." ISJ Theoretical & Applied Science, 04(72), 582–585.
Nurmanova, D.A. (2019). ТЕКСТ, КАК УНИВЕРСАЛЬНАЯ ФОРМА РЕПРЕЗЕНТАЦИИ "ЧАСТИ ОТ ЦЕЛОГО". Theoretical & Applied Science, 4, 582–585.
Nurmanova, D.A. (2021). Neutralization of consonant opposition in anlaut of the Uzbek language. Academicia Globe, 2(6), 347–354.
Nurmanova, D.A. (2023). Neutralization of oppositions to the paradigm of cases in the Uzbek language. Global Scientific Review, 21, 83–89.
Pulatjonovna, S.D. (2024). Lingvosemiotic content of linguistic features of the speech genre "Wish." Global Scientific Review, 26, 96–99.
Pulatjonovna, S.D. (2024). Positive and negative wishes as a social ritual. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(7), 159–162. Retrieved from https://journals.academiczone.net/index.php/jiphr/article/view/3231
Sayfutdinova, D. (2024). Ijobiy tilaklarning funksional semantik tabiatiga oid ayrim mulohazalar. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(3), 155–158.
Sayfutdinova, D. (2024). Linguistic features of the speech genre “wish” in the official political style. Builders of the Future, 4(04), 160–164.
Arutyunyan, E. (2000). Funktsionirovanie rechevogo etiket v korolevskom epistolyarnom nasledii, XV–XIX vv. (Doctoral dissertation). Saint-Petersburg.
Batyushina, O. (2008). Sotsiolingvisticheskoe soderzhanie frantsuzskikh spravochnykh izdanij (na materiale vyrazhenij vezhlivosti) (Doctoral dissertation). Moscow.
Busorgina, N. (2006). Epistolyarnyj tekst kak sostavlyayushchaya ritual'nogo i etiketnogo diskursa (na materiale anglijskogo yazyka) (Doctoral dissertation). Samara.
Gajda, S. (1999). Zhany rechi. – Saratov: Vyp. 2, 103–111.
Kazachkova, Y.V. (2006). Vyvazhenie sochustviya v russkom i anglijskom rechevom obshchenii (zhanyrovyy aspekt) (Doctoral dissertation). Saratov.
Kuznetsova, A. (2010). Illokutivnye tipy verbal'noj empatii (Doctoral dissertation). Ufa.
McCarthy, M. (2003). Spoken language and the notion of genre. Cambridge University Press, 26–47.
Nurmonov, A. (2006). Strukturnoe tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari. Andijan: 182 p.
Pletneva, E. (2009). Kommunikativno-pragmaticheskiy diapazon formul izvineniya v britanskoj yazykovoj kulture (Doctoral dissertation). Voronezh.
Popova, K. (2022). Analiz yazykovykh sposobov vyrazheniya sochustviya v zhanre internet-kommentariya v nemetskom yazyke (Author’s abstract of doctoral dissertation). Moscow.
Resenchuk, A.A. (2011). Rechevoy etiket v svete sotsiolingvistiki. In Aktual'nye voprosy gumanitarno-pravovykh i sotsial'no-ekonomicheskikh issledovaniy (pp. 196–200). Kemerovo: KuzIEPa, Vol. 5.
Resenchuk, A.A. (2017). Soboleznovanie kak akt etiketnoj kommunikatsii (Doctoral dissertation). Kemerovo.
Sayfutdinova, D. (2024). Ijobiy va salbiy tilaklarning funksional xususiyatlari. Zarubijna lingvistika va lingvodidaktika, 2(1/S), 504–508.
Sayfutdinova, D.P. (2024). Tilak nutqiy janrida adresat nutqining verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi. BБK 74+81я431 П78, 43.
Tarasenko, T.V. (1999). Etiketnye zhany russkoj rechi: Blagodarnost', izvinenie, pozdravlenie, soboleznovanie (Doctoral dissertation). Krasnoyarsk.
Kharitonova, O.E. (2024). Dinamičeskoye smysloobrazovaniye v simpativnykh rechevykh akakh: na materiale nemetskogo yazyka (Doctoral dissertation). Cheboksary.
Chinennyi, A.I., & Stoya, T.A. (1996). Etiket na vse sluchayi zhizni: uchebno-prakt. posobiye. Moscow: Gnom-Press.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Фарогат Бегибаева

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.