Akademik maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz tilini akademik maqsadlarda o‘qitishni samarali va mazmunli pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Jumladan, maqolada chet tilidagi maxsus matnlar bilan ishlash talabalar uchun zarur til va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga qanday yordam berishi va ularning umumiy ilmiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi aniqlangan.
Ключевые слова:
ingliz tili o‘qitish metodikasi amaliy bilimlar metodlar olimlar fikri innovatsion metodlarMamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib, alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Ingliz tilini akademik maqsadlarda o‘qitish metodikasining, umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar yechish, til tajribasini e’tiborga olish), xususiy (nutq namunasi yordamida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni yanada takomillashtirish), maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni jamlashtirishda ingliz tilini bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik. Oliy o‘quv yurtlarida xorijiy til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi.
- Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar quyidagilardan iborat:
-bakalavr ta’lim bosqichida guruhlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar, vositalar, metodlar, tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini to‘liq bilish;
-til o‘rganuvchilarga til materialidan to‘g‘ri va samarali foydalanish metodikasini tushuntirish;
- chet tilida nutq faoliyati turlarini eshitib anglash, gapirish,o‘qish va yozuv malakalarini o‘rgatishni samarali bilish;
-chet tili o‘qitish jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, dars rejasi tuzish va reyting tizimini bilish.
Shu o‘rinda hozirda dars jarayonlarida bir necha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Misol uchun:
- “B-B-B” (BILAMIZ-BILISHNI XOXLAYMIZ-BILDIK) Bu metod talabalar uchun ingliz tilidagi matinni yaxshi tushinishi, taxlil qilaolish qobiliyatini kuchaytirishga yordam beradi.
- “QUICK ANSWERS” ya’niy tezkor savol-javob. Bunda o‘tilgan dars yuzasidan o‘qituvchi talabalar bilan savol-javob o‘tqazadi. Bu metod til o‘rganuvchining diqqatini tezligini oshirishga yordam beradi.
- “PANTOMIMA” bu usulda yangi so‘zlardan foydalangan holda imo ishora bilan bir o‘quvchi ko‘rsatadi, qolgan talabalar qaysi so‘zligini topishlari kerak bo‘ladi. Bu metoddan talabalar zerikib qolmasliklari uchun yangicha usulda yangi berilgan lug‘atni so‘rashda samarali usullardan biri hisoblanadi[1].
Talabalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin: Ko‘rish orqali eslab qolish. Ma’lumki, talabalar eshitgan ma’lumotlaridan ko‘ra, ko‘proq ko‘rgan predmetlarini tez va onson eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko‘rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so‘zlarni o‘rgatish va o‘rgangan yangi so‘zlari ishtirokida gaplar tuzish. Kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko‘zga doimo tushib turishi va doimo qo‘llanilishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi. Qo‘shiq va she’rlar orqali tushunish yoki eslab qolish qiyin bo‘lgan so‘zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so‘zlarni eslab qolish bilan birga, til o‘rganuvchining og‘zaki nutqi ham rivojlanadi.
Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspekt (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) da qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas[2].
Tinglab tushunish til o‘rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot
- kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:
- kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin;
- chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;
- ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
- CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bu usulda o‘quvchilar yakka tartibda, guruh va jamoaviy holda ham qo‘llashlari mumkin. O‘quvchilar individual holda o‘zlari qiziqqan ko‘rsatuvlarni tomosha qilishlari, guruh yoki jamoaviy holda esa umumiy mavzular asosida (masalan: ranglar hayvonlar, kasblar) o‘rganishlari mumkin[3].
Bugungi kunda maktablarda interfaol o‘yinlar orqali dars o‘tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi o‘quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli bo‘lishlarini ta’minlaydi. O‘yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o‘quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda barqaror o‘rnini topish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o‘yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O‘quv o‘yinlariga o‘quv predmetlari asos qilib olinishi kerak.
O‘yinlar jarayonida o‘quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o‘yin eng avallo, o‘qitishning bir usulidir. O‘quvchilar o‘yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga intiladilar, o‘qituvchi ular orqali o‘quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi[4].
O‘quvchi inglizcha o‘yin o‘ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda ko‘proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
- “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo‘llash uchun hikoyaning boshlanishi o‘qib beriladi qanday yakun topishi o‘quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi[5];
- “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar o‘rgatish Ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar;
- “Tezkor javob” (Quick answers) o‘tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;
- “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o‘yinlardan foydalanish;
- “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo‘lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo‘ladi[6];
- “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishda yordam beradi;
- “Rolli o‘yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo‘llanilishi mumkin. Hunarga o‘rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o‘quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
- “Allomalar yig‘ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so‘zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo‘lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
- “Rasmlar so‘zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo‘lib, ingliz tilini o‘rgatishda, talaba, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
- Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi[7]. Ko‘rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko‘zda tutiladi.
[1] Brown, H. D. (2007). Principles of language learning and teaching (5th ed.). Pearson Education.
[2] Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a second or foreign language (3rd ed.). Heinle & Heinle.
[3] Larsen-Freeman, D. (2000). Techniques and principles in language teaching (2nd ed.). Oxford University Press.
[4] Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and methods in language teaching (3rd ed.). Cambridge University Press.
[5] Snow, C. E. (2010). Academic language and the challenge of reading for learning about science. Science, 328(5977), 450-452. https://doi.org/10.1126/science.1182597
[6] Swales, J. M., & Feak, C. B. (2012). Academic writing for graduate students: Essential tasks and skills (3rd ed.). University of Michigan Press.
[7] Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a second or foreign language (3rd ed.). Heinle & Heinle.
Библиографические ссылки
Brown, H. D. (2007). Principles of language learning and teaching (5th ed.). Pearson Education.
Celce-Murcia, M. (2001). Teaching English as a second or foreign language (3rd ed.). Heinle & Heinle.
Grabe, W., & Kaplan, R. B. (2014). Theory and practice of writing: An applied linguistic perspective. Pearson.
Hinkel, E. (2004). Teaching academic ESL writing: Practical techniques in vocabulary and grammar. Lawrence Erlbaum Associates.
Hyland, K. (2003). Second language writing. Cambridge University Press.
Kern, R. (2000). Literacy and language teaching. Oxford University Press.
Larsen-Freeman, D. (2000). Techniques and principles in language teaching (2nd ed.). Oxford University Press.
Miller, R. (2011). Teaching academic writing. Cambridge University Press.
Nunan, D. (2003). Practical English language teaching. McGraw-Hill.
Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and methods in language teaching (3rd ed.). Cambridge University Press.
Snow, C. E. (2010). Academic language and the challenge of reading for learning about science. Science, 328(5977), 450-452. https://doi.org/10.1126/science.1182597
Swales, J. M., & Feak, C. B. (2012). Academic writing for graduate students: Essential tasks and skills (3rd ed.). University of Michigan Press.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Нодира Мансурова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
