Tarjima uslublar tarjimaga yondashuvning asosi
Аннотация
Mazkur maqolada tarjima uslublari va ularning xossalari va borasida o‘zbek va xorij olimlarining fikrlari va tasnifdflari yoritilgan. Tarjimada qollaniladigan semantik, kommunikativ, moslashtirish, erkin, ideomatik, ijodiy va mualliflashtirilgan tarjima uslublariga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Ключевые слова:
tarjima yozma tarjima badiiy tarjima tasnif asliyat matniAzal-azaldan dunyo xalqlarining tillari ularni bir-birlari bilan muloqot qilishda ma’lum darajada muammolarni keltirib chiqargan. Bunga koʻp millat va elatlarning bir-biri uchun tushunarsiz tillarda muloqot qilishi sabab boʻlgan.Mana shunday muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi omil tarjima va uni amalga oshiruvchi vosita tarjimon xisoblanadi. Shuning uchun tarjimani ikki til, tarjimonni ikki millat oʻrtasidagi vositachi deb tushunishimiz mumkin.
Tarjima uslubi tarjima jarayonida matnning uslub jihatidan turiga va tarjimonning maqsadiga qoʻra tanlanadigan usul sanaladi. Koʻplab xorij tarjimashunos olimlar tomonidan taklif etilgan “tarjima metodi” tarjimani amalga oshirish usullari, yoʻllari, uslublarini belgilab beradi va matnning uslub jihatidan turiga koʻra tanlanishini inobatga olib, shuning tadqiqot ishimiz tarjimashunoslik sohasida olib borilayotganligi uchun mazkur tadqiqotda biz “tarjima metodi”ga nisbatan “tarjima uslubi” terminini qoʻlladik. Tarjimashunoslik tarixida “tarjima uslubi” termini, dastlab, Mark Tuliy Siseron (m.avv.106–43) tomonidan qoʻllangan. Siseron ilk bora soʻzma-soʻz va ma’noviy tarjima uslublaridan foydalangan.[1] Nazarimizda, Siseron tarjima jarayonida asliyat matnini boshidan oxirigacha soʻzma-soʻz yoki ma’noviy tarjima metodidan foydalanib, tarjima matniga oʻgirgan. N.N.Nelyubinning lugʻatida “tarjima uslubi tarjima usulidan farq qiladi va keng omma tomonidan qabul qilingan qonuniyatlarga asoslanmaydi, biroq tarjima turi va usullarini hisobga olib, tarjimon tomonidan biror maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzaro bir-biriga aloqador usullar tizimini amalga oshirish jarayoni”, deya ta’riflanadi. N.Nelyubinning fikriga qoʻshilgan holda, tarjima uslubi va usuli bir-biridan farq qilib, uslub butun matn uchun tanlanadi, usul esa matndagi frazeologik birliklar, madaniy soʻzlar, aforizmlar, qoʻshma soʻzlar kabi kichik leksik birliklarni oʻgirish uchun tanlanadi, degan fikrni ilgari surmoqchimiz. Bu talqinni P.Nyumark “tarjima uslublari butun matnga bogʻliq boʻladi, tarjima usullari esa matndagi gaplar va tilning kichikroq birliklari uchun foydalaniladi”,degan fikrida ham koʻrishimiz mumkin.
Katford tarjimaning mashhur uchta turi: soʻzma-soʻz tarjima (word-for-word translation), erkin tarjima (free translation) va literal translation turlarini ham tanishtirgan. U ushbu tarjima turlariga quyidagicha tarif beradi:
“Word-for-word translation generally means what it says: i.e. is essentially rankbound at word-rank (but may include some morphemes-morphemes equivalences). Free translation is always unbounded—equivalences shunt up and down the rank scale, but tends to be at the higher ranks—sometimes between larger units than the sentence.
Literal translation is between word-for-word translation and free translation. It may start, as it were, from a word-for-word translation, but make changes in conformity with TL grammar (e.g. inserting additional word, changing structure at any rank, etc.); this may make it a group-group or clause-clause translation”[2].
So‘zma-soz tarjima asosan asliyat va tarjima tilidagi grammatik struktura bir xil bolganida qollaniladi. Sababi bunaqa vaziyatlarda grammatik oʻzgarish yuz bermaydi. Tarjima jarayonida biror matnni bir tildan ikkinchi tilga oʻgirar ekanmiz, matndagi ikki jihatga alohida e’tibor berish kerak. Bular shakl va ma’no. Larson “Meaning based translation” asarida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Because a given 30 text has both form and meaning, there are two main kinds of translations. One is form-based and the other is meaning-based”[3]. Shaklga asoslangan tarjima asliyat tilidagi shaklga mos boʻlishga harakat qiladi va soʻzma-soʻz tarjima (literary translation) nomi bilan ma’lum. Manoga asoslangan tarjima asliyat tilidagi matnning ma’nosini tarjima tilida tabiiy shakllarda yetkazish uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi.
Bunday tarjima idiomatik tarjima (idiomatic translation) deb ataladi. Buni yana shunday ifodalashimiz mumkinki, soʻzma-soʻz tarjima (literal translation) asliyat tilidagi shaklni moslashtirishga urinsa, idiomatik tarjima (idiomatic translation) asliyat tilidagi ma’noni ifodalashga urinadi. Soʻzma -soʻz tarjima -asliyat tilining strukturasi koʻzgusi boʻlib, tarjimani tushunishni qiyinlashtiradi va asl ma’noni buzib koʻrsatishi mumkin. Ideomatik tarjima-tarjima tili strukturasiga amal qiladi va asl manoni tarjima tilida tabiiy usulda ifodalaydi.
Erkin tarjima-koproq tarjima tili strukturasiga amal qiladi, asl manbaning ba’zi qismlari oʻzgartirilishi yoki buzilishi mumkin. Uslublar, til vositalarining nutqda ishlatilish yoʻllari, fonetik, lugʻaviy, frazeologik va grammatik birliklarning qoʻllanish xususiyatlari tilshunoslik fanining uslubiyat boʻlimida oʻrganiladi. Uslub orqali soʻzlovchi shaxs-kimsa, narsabuyumlarga, atrofda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildiradi.
Tarjima uslubilaridan foydalanish tarjimon ehtiyojiga bogʻliq. U qaysi uslubdan foydalanishidan qat’iy nazar, tarjimadagi asosiy e’tibor asliyat tilidagi ma’lumotni tarjima tiliga a’lo darajada olib oʻtishdir. P.Nyumark quyidagi tarjima uslublarini taklif qilgan: soʻzma-soʻz tarjima, gaplarni birma-bir tarjima qilish, asliyatga sodiq holda tarjima qilish, semantik tarjima, moslashtirish, erkin tarjima, idiomatik tarjima, kommunikativ tarjima, maishiy xizmat tarjimasi, nasriy tarjima, axborot tarjimasi, kognitiv tarjima, akademik tarjima. Ushbu uslublar asliyat matniga va tarjima matniga yaqin uslublar guruhiga ham boʻlinadi. Asliyat tiliga yaqin uslublarga soʻzma-soʻz tarjima, gaplarni birma-bir tarjima qilish, asliyatga sodiq holda tarjima qilish va semantik tarjima uslublari kirsa, tarjima tiliga yaqin uslublar deganda, erkin, moslashtirish, idiomatik va kommunikativ tarjima uslublari nazarda tutiladi. P.Nyumark eng samarali tarjima uslublar kommunikativ va semantik tarjima uslublari ekanligini ta’kidlaydi. Demak, P.Nyumark va M.Larsonlar mukammal tarjima yaratishda katta ahamiyat kasb etadigan eng asosiy uslublarni tanlash muhim, deb ta’kidlashadi. Shunday qilib, ingliz tilida “translation method” termini oʻzbek tilida “tarjima uslub” deb talqin qilinadi. Tarjima uslublari tarjimonning oʻz maqsadiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
[1] Yoʻldoshev U.R. “Tarjima nazariyasi” Oʻkuv kullanma. – Samarkand “Samarkand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2021. – 126b.
[2] Toʻxtasinov I.M., Yoʻldoshev U.R. “Badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” Monografiya. - Samarqand: “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2023. – 174 bet.
[3] Yoʻldoshev U.H. “Badiiy tarjimaning lingvostilistik va lingvokulturologik xususiyatlari” Monografiya. Samarqand: – “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2022. – 170 bet.
Библиографические ссылки
Yoʻldoshev U.R. “Tarjima nazariyasi” Oʻkuv kullanma. – Samarkand “Samarkand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2021. – 126b.
Toʻxtasinov I.M., Yoʻldoshev U.R. “Badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” Monografiya. - Samarqand: “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2023. – 174 bet.
Yoʻldoshev U.H. “Badiiy tarjimaning lingvostilistik va lingvokulturologik xususiyatlari” Monografiya. Samarqand: – “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2022. – 170 bet.
Newmark P. A Textbook of Translation. Shanghai Foreign Language Education Press, 2001.
H. Vermeer. Skopos Theory: An Overview. 1989.
H. G. H. K. Wilss. Translation: Social and Cultural Contexts. 1996.
Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge, 2018.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2024 Гузаль Халилова

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
