Проблемы перевода текстов политической сферы (на примере параллельных текстов на английском и узбекском языках)

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Проблемы перевода текстов политической сферы (на примере параллельных текстов на английском и узбекском языках)

Аннотация

В данной статье проводится глубокий анализ теоретических, лингвистических, культурных и прагматических проблем, связанных с переводом политических текстов. Политические тексты представляют собой сложные многослойные коммуникативные единицы, которые не только передают информацию, но и формируют политическое сознание аудитории, мобилизуют её, а также влияют на мнение международного сообщества. В статье рассматриваются подходы ведущих теоретиков перевода — М. Бейкера, Л. Венути, С. Баснетт, З. Германс и других — к переводу политических текстов. Особое внимание уделено «нарративному» подходу М. Бейкера, на основе которого освещается роль перевода в социальном и идеологическом контексте, а также исследуются проблемы, возникающие при переводе политических текстов. Основное внимание уделяется анализу ключевых трудностей, с которыми сталкиваются при переводе с английского на узбекский язык. Теоретическая база исследования опирается на классификацию проблем перевода Норда (1997), включающую прагматические, культурные, лингвистические и текстовые аспекты. В работе также рассматриваются научные источники по таким вопросам, как понятие перевода, подходы к переводу, специализированный перевод, проблемы перевода, особенности политического языка и взаимосвязь между переводом и политическим дискурсом. Методология исследования кратко описана. Результаты показывают, что для перевода политических текстов не существует единого универсального метода, поскольку перевод — это не только практический процесс и технические приёмы, но и глубокое понимание культурных, исторических и политических ситуаций и их смыслов.

Ключевые слова:

Политический перевод лингвистические проблемы культурные различия прагматические вопросы параллельные тексты теория перевода

Kirish

Siyosiy matn – bu ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, hokimiyat, boshqaruv, siyosiy g‘oyalar, mafkura, siyosiy institutlar va siyosiy qarorlar bilan bog‘liq mazmunni ifodalovchi ma’lumotlar majmuidir. U siyosiy subyektlarning (partiyalar, yetakchilar, davlat arboblari, faollar, xalq) maqsad, manfaat va pozitsiyalarini ifoda etish, siyosiy ongni shakllantirish, xalqaro aloqalarni tartibga soluvchi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish va ommani safarbar etish maqsadida yaratiladi. Bu turdagi matnlar o‘z shakli va funksiyalariga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Normativ-siyosiy (qonunlar, farmonlar, nizomlar);
  • Axborot-siyosiy (yangiliklar, tahliliy maqolalar);
  • Tashviqot yoki agitasiya matnlari (saylovoldi dasturlari, partiya chiqishlari);
  • Siyosiy ritorika (nutqlar, bayonotlar, murojaatlar);
  • Ilmiy-siyosiy matnlar (maqolalar, dissertatsiyalar, tahliliy hisobotlar).

Siyosiy matnlar odatda pragmatik maqsadga ega bo‘ladi: ular nafaqat axborot yetkazadi, balki auditoriyani muayyan siyosiy faoliyatga undash, ularning siyosiy pozitsiyasini shakllantirish yoki o‘zgartirishga xizmat qiladi. Ularni tarjima qilishda tilshunoslik, madaniyatshunoslik va siyosatshunoslik bilimlari muhim rol o‘ynaydi. Tarjima jarayonida siyosiy kontekst, ideologik neytrallik va madaniy moslikni saqlash asosiy talablardan hisoblanadi.Ular rasmiylik, stilistik aniqlik va madaniy yuklama bilan ajralib turadi. Shu sababli siyosiy matnlarni tarjima qilish nafaqat tilshunoslik, balki siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va psixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayondir (Xakimova, 2025).

Bunday mantnlarni tarjima qilish – juda nozik va murakkab jarayon bo‘lib, unda                  tilning grammatik qurilishi bilan bir qatorda ideologik mazmun, madaniy kontekst va nutq uslubi ham muhim rol o‘ynaydi. Bu sohada bir nechta tarjima nazariyachilari va olimlar jonbozlik ko‘rsatgan. Quyida siyosiy matnlar tarjimasi bilan shug‘ullangan va bu borada nazariyalar ishlab chiqqan muhim olimlar M. Baker, Z. Germans, L. Venuti, S. Basnet va                           A. Lefeverelar hisoblanadi (Sadaddinov, 2024). Ular siyosiy matnlarni tarjima qilish jarayonida quyidagi masalalarga diqqatini qaratishgan:

  • Ideologiya va siyosiy manfaatlar
  • Nutqning stilistik xususiyatlari
  • Madaniyatlararo tafovutlar
  • Tarjimonning pozitsiyasi va tanlovi
  1. Baker o‘zining mashhur “Translation and Conflict: A Narrative Account” (2006) asarida tarjimani faqat tilshunoslik yoki matnni bir tildan boshqasiga o‘girish jarayoni emas, ijtimoiy va ideologik faoliyat sifatida ko‘rib chiqadi (Mona Baker, 2006). U tarjimaga “narrativ nazariya” (hikoya asosidagi yondashuv) orqali qaraydi va quyidagi muhim g‘oyalarni ilgari suradi:
  2. Tarjima – bu ijtimoiy “hikoya” yaratish vositasi.
  3. Bakerga ko‘ra, insonlar dunyoni hikoyalar orqali tushunadi. Tarjimon bu hikoyalarni bir tildan boshqasiga ko‘chirish bilan emas, balki ularni qayta shakllantirish orqali ma’no yaratadi. Shuning uchun tarjimon har doim mazmunni tanlab, qayta yozadi – bu esa ideologik pozitsiyani aks ettiradi. Muhim ibora: “Translators are not neutral; they are active agents who re-narrate the world.” –deya so‘z yuritadi buyuk olim o‘z asarlarida.
  4. Tarjimada ideologiya yashiringan bo‘lishi mumkin.

Har bir matn orqasida biror mafkura yoki qarash tizimi yotadi. Tarjimon uni tarjima qilishda biror pozitsiyani egallaydi – bu esa tinglovchi hisoblanmish ommaga siyosiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ayniqsa siyosiy matnlar, axborot agentliklari, xalqaro tashkilotlar nutqlari tarjimasida bu juda muhim. Misol: Falastin-Isroil mojarosi haqidagi matnlar ingliz tilida qanday “tinchlikparvar” tilda tarjima qilinishi orqali g‘arb ommasining fikriga ta’sir qilinadi. (One reviewer describes his book Arab Folktales from Pales- tine and Israel (1988) – which consists of his translation, with extensive commen- tary, of 28 tales from the region – as ‘[a] meticulous rendering of the Arabic text of folktales into equivalent English expressions which provide the exuberant meaning implied in the Arabic text’. Following the Abu Ghraib torture scan- dals in April and May 2004, Seymour Hersh of the New Yorker described Patai’s The Arab Mind as ‘the bible of the neocons on Arab behavior. In their [the neocons’] discussions … two themes emerged – … one, that Arabs only under- stand force and, two, that the biggest weakness of Arabs is shame and humilia- tion.

  1. To‘rtta asosiy narrativ turi. Baker tarjima qilinayotgan yoki yaratilayotgan “hikoyalarni” (narrativlarni) to‘rtta turga ajratadi:
    • Ontologik narrativlar – odamlar o‘z hayotini qanday tushunadi (shaxsiy hikoyalar).
    • Jamoaviy (collective) narrativlar – millat, xalq, siyosiy guruhlar haqida hikoyalar.
    • Kontsangilyatsiyaviy narrativlar – boshqalar bilan qanday aloqadamiz (do‘st/dushman).
    • Meta-narrativlar – “odam huquqlari”, “erkinlik”, “taraqqiyot” kabi umumiy qadriyatlar asosidagi hikoyalar.

Tarjimada bu narrativlar saqlanishi, o‘zgartirilishi yoki manipulyatsiya qilinishi mumkin.

  1. Tarjimon – neytral vositachi emas.

Tarjimon jamiyatdagi ijtimoiy kuchlar va ideologik oqimlar orasida faol ishtirokchi. U matnga mazmun qo‘shadi yoki yo‘qotadi. Ayniqsa, siyosiy mojaro sharoitida tarjima – bu pozitsiya bildiruvchi harakat. Muhim ibora: “Translation is a form of re-narration that always involves intervention.” – deya so‘z olib boradi buyuk tarjimon olim.

  Biz shuni xulosa qilib ayta olamizki, “Translation and Conflict” asarida M. Baker quyidagilarni asoslaydi:

  • Tarjima – bu ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyat;
  • Tarjimon passiv emas, balki faol shaxs;
  • Siyosiy va ijtimoiy kontekstni hisobga olmasdan tarjimani to‘g‘ri tushunish mumkin emas.

Bundan tashqari, MDH davlatlarida ham siyosiy sohaga oid matnlarning tarjima      jarayonida     jonbozlik   ko‘rsatgan   olimlar   kam  emas, T. N. Lobanova,  N.N. Rudnitskaya, I.А. Guseynova, А.I. Gorozhanov,                                    I.G. Barabanova  va  Sadaddinov Azimboy Erkin o‘g‘li kabilar shular jumlasidandir.

T.N. Lobanova (2013) o‘z maqolasida Xitoy gazetalaridagi siyosiy matnlarni rus tiliga tarjima qilishning lingvopragmatik muammolari ko‘rib chiqilgan. Xususan, Xitoy va rus “siyosiy matnlari” qiyosiy tahlil qilinib, xitoychadan ruschaga (va aksincha) tarjimada uchraydigan “leksik va frazeologik qiyinchiliklar”ni aniqlangan. Muallif siyosiy matn ma’nosini “adekvat yetkazish” uchun matnni “strukturaviy modellashtirish”ga oid lingvopragmatik yondashuvlarni taklif etadi (Lobanova, 2013).

N.N. Rudnitskaya maqolasida tarjima faoliyatiga “siyosiy mafkura” qanday ta’sir ko‘rsatishi masalasiga bag‘ishlangan. Muallif tarjimada ideologik omillarni inobatga olish zarurligini ta’kidlab, siyosiy matnlarning ma’nosini tarjima jarayonida “mafkuraviy buzilishlardan holi” holda yetkazish muammosini tahlil qiladi. Turli misollar orqali “tarjima va siyosiy ideologiya o‘zaro aloqasi” ko‘rsatilib, tarjimonlar uchun mafkuraviy betaraflikni saqlash yo‘llari muhokama qilingan (Rudnitskaya, 2013).

“Siyosiy matn tarjimasining nazariy jihatlari” nomli maqolada Sadaddinov Azimboy Erkin o‘g‘li, (2024) o‘zbek tilidagi ushbu ilmiy maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilishning asosiy nazariy prinsiplari yoritganlar. Muallifga ko‘ra, tarjimon siyosiy matnni tarjima qilish jarayonida “obyektivlik”, mantiqiy izchillik va bog‘lanmalilik tamoyillariga doimo amal qilishi, matnga “subyektiv yondashuv”dan qochishi lozim. Asliyat (tarjima qilinayotgan matn) va tarjima tillaridagi farqli “madaniy elementlarga” e’tibor qaratish, hamda ekvivalentlik tamoyillarini saqlash zarurligi ta’kidlanadi. Maqolada siyosiy matnlarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan turli usul va metodlar (masalan, adaptatsiya, transliteratsiya, kalkalash) hamda to‘g‘ri so‘z tartibini tanlash va terminlarni mos ravishda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Siyosiy matnlarni tarjima qilish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, nafaqat tilshunoslik, balki siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va hatto psixologiya sohalarini ham qamrab oladi. Bunday matnlar rasmiylik, ideologik yuklama, va madaniy kontekstga boy bo‘lgani uchun ularni tarjima qilishda tarjimon yuqori darajadagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, siyosiy matnlarni tarjima qilishda bir qancha metodlardan – jumladan diskurs tahlili, semantik va pragmatik tahlil, deskriptiv tarjima tadqiqotlari, korpus tahlili, hamda komparativ (qiyosiy) yondashuvlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Umuman olganda, siyosiy matn tarjimasi – bu oddiy lingvistik o‘girish emas, balki har bir ibora, struktura va kontekstni hisobga olgan holda, ijodiy va mas’uliyatli tafakkur talab qiluvchi murakkab faoliyatdir.     

Tadqiqot metodlari

Mazkur tadqiqotni amalga oshirishda bir nechta tadqiqot metodlaridan
foydalanildi. Asosiy metod sifatida qiyoslash (komparativ) metodi tanlandi, mazkur metod yordamida ikki tilda mavjud boʻlgan matnlar oʻzaro taqqoslandi va ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlandi. Bundan tashqari, mazkur tadqiqot sifatli (qualitative) tadqiqotdir. Ushbu tadqiqotda ma’lumot yig‘ish uchun hujjatlarni tahlil qilish usuli qo‘llanilgan.

Asl maqsad asliyat (tarjima qilinayotgan matn) va tarjima o‘rtasidagi mazmun, uslub va ideologik farqlarni aniqlash va tarjimonning qanday o‘zgartirishlar kiritganini tahlil qilish. Bu tadqiqot metodining afzalligi tarjimani kontekstga sodiqligini baholashga yordam beradi. Bu ishda O‘zbekiston Respublikasi prizedenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqining 150- Assambleyasidagi nuqtini namuna sifatida ko‘rsatamiz.

  Qiyosiy metod asosida biz leksik, sintaktik, uslubiy va kontekstual farqlarni tahlil qilamiz, shuningdek tarjimonning tanlovlari va ideologik-ramziy o‘zgarishlarni aniqlaymiz.

Matn tarkibi va umumiy mazmun

 

 

The text of English

O‘zbekcha matn

Your Excellency distinguished Tulia Ackson!

 

Your Excellency distinguished Martin Chungong!

 

Honorable leaders and members of parliaments!!

Ladies and gentlemen!

Hurmatli Tuliya Ekson Xonim!

 

Hurmatli Martin Chungong Janobi oliylari!

 

Hurmatli parlamentlar rahbarlari va a’zolari!

Xonimlar va janoblar!

1-jadval

 

 

  • Siyosiy sohaga oid matndagi so‘zlarning ikki tildagi tahlili

Ingliz tilidagi ‘Your Excellency’ ifodasi o‘zbekchada ‘Hurmatli xonimlar va janoblar’ deb tarjima qilingan – bu adekvat va rasmiy ekvivalent. O‘zbek tilidagi ‘rahbarlari va a’zolari’ ifodasi ingliz tilidagi ‘leaders and members’ iborasining to‘g‘ri tarjimasidir. ‘Xonimlar va janoblar’– klassik an’anaviy tarjima bo‘lib, ‘Ladies and Gentlemen’ iborasiga to‘liq mos keladi.

 

 

The English TEXT

O‘zbekcha matn

I am delighted to welcome the distinguished delegations from all continents of the world to Uzbekistan for the participation in the 150th Anniversary Assembly of the Inter-Parliamentary Union.

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida ishtirok etish uchun dunyoning barcha qit’alaridan kelgan nufuzli delegatsiyalarni O‘zbekiston zaminida samimiy qutlashdan g‘oyat xursandman.

2-jadval

 

 

  • Siyosiy sohaga oid matndagi so‘zlarning ikki tildagi tahlili

Mazmun jihatidan ikki matn bir xil axborotni yetkazadi. Uslubiy jihatdan, o‘zbekcha matn “O‘zbekiston zaminida”, “samimiy qutlashdan g‘oyat xursandman” kabi ko‘proq milliy kolorit va emotsional ohangga ega. Inglizcha matn ruxsat etilgan rasmiy diplomatik tilda, o‘zbekchasi esa milliy ifoda vositalari bilan bezatilgan.

Til uslubi va emotsional yuklama xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, berilgan inglizcha matnda jahon standardlarida qabul qilingan  diplomatik xolislikni saqlagan; masalan: yuqorida keltirilgan 1.2. jadvalda  ‘delighted’, ‘distinguished delegations’, ‘participation’ kabi neytral-yuqori darajali so‘zlar  ishlatilgan. O‘zbekcha matnda esa ko‘proq iliqlik va mehmondo‘stlik ruhida berilganligini kuzatishimiz mumkin; masalan: “samimiy qutlashdan g‘oyat xursandman” emotsional kuchli iboralarni qayd etish mumkin. “O‘zbekiston zaminida” milliylikni ko‘rsatuvchi ifoda (madaniy kontekst qo‘shilgan). Bu o‘zgarishlar madaniy moslashuv (cultural adaptation) orqali erishilgan bo‘lib, o‘zbek tinglovchisi uchun matnni yanada tabiiy va samimiy bo‘lishiga yo‘l ochadi.

  Quyida keltirilgan stilistik qurilish va sintaksis tahlillarga ko‘ra farqlar tarjimada grammatik moslashuv (grammatical adjustment) qilinayotganini ko‘rsatadi. Qiyosiy metod orqali tarjimada stilistik, grammatik va idelogik darajadagi moslashtirishlar aniq ko‘rinadi.

 

 

UNSUR

ENGLISH TEXT

O‘ZBEKCHA MATN

Sarlavha tuzilishi

Each address on a separate line

Har bir murojaat bir qatorda

Gap tuzilmasi

Simple, ordinary syntactic structure

Murakkab, qo‘shma gap

Fe’l shakllari

‘delighted to welcome

Qutlashdan g‘oyat xursandman

So‘z tartibi

 

Subject-Verb-Object

 

So‘z tartibi kontekstual, ba’zan orqaga surilgan

3-jadval

 

 

  • Stilistik qurilish va sintaksis tahlili

Sifat tadqiq metodiga (qualitative) ko‘ra materiallarga kelsak, tadqiqot uchun tanlangan matn siyosiy matndir. Tadqiqot uchun yig‘ilgan matnlarning umumiy soni yigirmadan ortiq bo‘lib, ularning o‘n beshtasi ingliz tilidagi manba matnlari, ikkitasi esa o‘zbek tilidagi maqsad matnlaridir. Yigirmata matn bilan ishlash ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjima jarayonini to‘liq taqqoslash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin, ammo bunda asosiy sabab tadqiqotdagi so‘z soni chegarasidir. Matnlarni yig‘ish usuliga kelsak, tadqiqotchi ular Reuters axborot agentligida efirga uzatilgan ingliz tilidagi matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan tarjimon orqali olgan, ushbu tarjimalar kun.uz rasmiy saytida va TV kanallarida efirga uzatilgan.

 Jarayon haqida aytganda, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun matnlar Nordning tarjima muammolarining tasnifi (1997) asosida tekshirildi: pragmatik, madaniy, lingvistik yoki matnga xos muammolar. Maqsad – ingliz tilidagi manba matnlarda yuzaga kelgan tarjima muammolari va qiyinchiliklarini aniqlash hamda ular o‘zbek tiliga qanday tarjima qilinganini o‘rganishdir. Bundan tashqari, har bir muammo tahlil qilinib aniqlangandan so‘ng, mumkin bo‘lgan yechimlar taqdim etildi.

Natija va muhokamalar

Ushbu bo‘limda asosiy natijalar taqdim etilib, ular tahlil qilinadi. Aniqki, manba matn yaratilgan muhit joylashuvi, vaqti, auditoriyasi, vositasi, motivi va xabar maqsadi jihatidan tarjima matnining muhitidan kam yoki ko‘p farq qiladi (Nord, 1997). Natijada, ingliz tilidagi matn o‘z maqsadlarini bajarish uchun yaratilgan sharoitlar, ularning O‘zbekiston hududida maqsadlarini amalga oshirayotgan tarjma matni sharoitlari bilan mos kelmaydi. Manba va maqsad matnlari orasidagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi farqlar sababli, tarjimonlar to‘rt xil muammolarga duch kelishadi: ya’ni pragmatik, madaniy, lingvistik yoki matnga xos muammolar (Nord, 1997). Quyida tarjimon ingliz tilidagi siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilayotganda duch keladigan muammolar keltirilgan:

Lingvistik muammolar

Ingliz va o‘zbek tillari ikki xil til bo‘lib, ular turli tillar oilalariga mansubdir. Masalan, ingliz tili flektiv tillar guruhiga kirsa, o‘zbek tili agglutinativ tillar guruhiga kiradi. Ushbu tillar orasidagi farq tarjima jarayonida ba’zi jihatlarda muammolar keltirib chiqaradi, masalan, so‘z tartibi, passiv shakl va boshqalar, bu esa oxir-oqibat ma’noni saqlab qolishga ta’sir qiladi. Masalan: Kun.uz bergan ma’lumotda ko‘ringan, tarjima jarayonida sezilgan lingivistik muammolarni ko‘ramiz.

Trump administration pushes Azerbaijan and Central Asia toward Abraham Accords, Uzbekistan’s Foreign Ministry responds.

The administration of U.S. President Donald Trump is engaging Azerbaijan and select Central Asian countries to join the Abraham Accords, a series of agreements aimed at normalizing relations with Israel. According to Reuters, citing five sources familiar with the matter, this initiative is primarily symbolic but seeks to deepen ties with Israel. Kun.uz reached out to Uzbekistan’s Ministry of Foreign Affairs for a comment regarding this proposal.

Matnning mazmuni: Asosiy voqea: AQSh prezidenti Donald Trump ma’muriyati Ozarbayjon va ayrim Markaziy Osiyo davlatlarini Abraham kelishuvlariga qo‘shilishga undayapti. Maqsad: Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish.

  1. Manba: Reuters xabariga ko‘ra, bu tashabbus ko‘proq ramziy ahamiyatga ega, lekin Isroil bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Reaksiya: Kun.uz O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh so‘radi. Lingvistik muammolar: terminlardan Abraham Accords – tarjimada “Ibrohim kelishuvlari” yoki “Abraham bitimlari” deb berilishi mumkin. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoldirilsa, o‘zbek o‘quvchisi uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
  2. So‘z tartibi: Inglizcha gap odatda SVO tartibida (The administration … pushes … Azerbaijan). O‘zbekchaga tarjimada esa SOV tartibi tabiiyroq: Trump ma’muriyati Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlarini Abraham kelishuvlariga qo‘shilishga undayapti. Passiv shakl: Inglizchada is engaging… shakli passiv tusga ega emas, lekin is aimed at kabi konstruktsiyalar o‘zbekchada ko‘pincha faol tusda ifodalanadi: munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan. Kontekstga xos so‘zlar: “primarily symbolic”ni bevosita “asosan ramziy” deb o‘tkazish mumkin, lekin siyosiy matnlarda “ramziy xarakterga ega” shakli tabiiyroq.
  3. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan boshqa muammolardan biri madaniy muammo: “Abraham Accords” atamasi AQSh va Yaqin Sharq kontekstida yaxshi tanilgan, ammo O‘zbekistondagi keng jamoatchilik uchun notanish. Shuning uchun izoh berish yoki izohli tarjima talab qiladi.

Lingvistik muammolarga misol sifatida, manba matnining birinchi namunasi (ST1) va maqsad matnining birinchi namunasi (TT1) keltirilgan bo‘lib, bu misolda ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z tartibi farqlari ko‘rsatilgan. Aniqrog‘i, ingliz tilida so‘z tartibi (SVO) sub’ekt-fe’l-obyekt bo‘lsa, o‘zbek tilida (SOV) sub’ekt-obyekt-fe’l bo‘lib, fe’l oxirga suriladi.

Prezident ash-Sharaa zo‘ravonliklarni mamlakatni birlashtirish missiyasiga tahdid deb atadi va aybdorlarni jazolashga va’da berdi.

Muammolarni bunday turdagi gaplarda hal qilish uchun tarjimonlar maqsad tilining so‘z tartibiga asoslanib tarjima qilishlari kerak, shunda matn o‘qilishi oson va ma’nosi aniq bo‘ladi, yuqoridagi misolda o‘zbek tilidagi matnda bo‘lgani kabi.

Tarjima jarayonidagi pragmatik muammolar

Ushbu muammolar manba matnining muloqot holati tarjima matnining yaratilgan holatidan farq qilishi sababli yuzaga keladi. Shuning uchun, tarjimonlar matnlarni tarjima qilishda pragmatika bilan bog‘liq bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar. Ayniqsa, shaxslar va joylarning nomlarini tarjima qilish ushbu turdagi muammolar qatorida hisoblanadi, bu ingliz matnlarida juda ko‘p uchraydi. Nord (1997) fikriga ko‘ra, shaxs va joy nomlarini tarjima qilish qiyin va muammoli hisoblanadi. Quyida manba matnining ikkinchi namunasi (ST2) va maqsad matnining ikkinchi namunasi (TT2) dan misol keltirilgan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan Parlamentlararo Ittifoqining 150- Assambleyasida (2025-yil 5-13-sentyabr) Toshkent shahrida, Toshkentda oz yakuniy marosimini otkazdi.

“Tashkent City” va “Tashkent” ikkita joy nomidir. Maqsad tilida har ikkala nom ham ishlatilgan. Shuning uchun tarjimon shaxs va joy nomlariga e’tiborli bo‘lib, ularni madaniyatida qanday qo‘llanilsa, shunday tarzda tarjima qilishi kerak, chunki ba’zi joy nomlari turli madaniyatlarda boshqacha nomlanadi. Masalan, o‘zbek tilida “Yevropa” nomi o‘zgarmasa, fors tilida “Orupa” nomi “Yevropa” o‘rnida ishlatiladi.

Madaniy muammolar

Madaniyat jamiyatning oynasidir. U bir jamiyatdan boshqasiga farq qiladi. Ba’zan, hatto bir xil jamiyat ichida ham turli madaniy elementlar uchrashi mumkin. Ingliz va o‘zbek tillari ikki turli madaniyatga mansub bo‘lgani uchun, tarjimonlar ingliz tilidagi matnni o‘zbek tiliga yoki aksincha tarjima qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari, madaniy farqlar tarjimada til farqlaridan ko‘ra kattaroq qiyinchiliklar tug‘diradi. Quyida ST1 va TT1 matnlaridan olingan misol keltirilgan, unda “International Security Assistance Force” nomi aynan AQSh mamlakati yoki madaniyatiga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan:

Portlash natijasida olti-yetti fuqaro jarohatlandi va ikki ISAF (Xalqaro Xavfsizlik Yordam Kuchlari) oldirildi.”

Tarjimon ushbu madaniy muammoni yengib o‘tish uchun ikki variantga ega.                Birinchi variantda, nomning eng mos ekvivalentini – “International Security Assistance Force”ga teng ma’nodagi tarjimasini topishdir. Ikkinchi variant esa, tarjima jarayonida qayta so‘zlash (parafrazlash) usulini qo‘llashdir. Bundan tashqari, siyosiy mafkura ham madaniy muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu odatda, maqsad tilida siyosiy tushuncha mavjud bo‘lmaganda yoki ushbu tushuncha siyosiy mafkuraga zid bo‘lganda yuzaga keladi.

Matnga xos muammolar

Bu turdagi muammolar faqat bitta matnda, bir tilga tarjima qilinganda yuzaga keladigan qiyinchiliklarga ishora qiladi va ular boshqa matnlarda uchramasligi mumkin. Shu sababli, ular “matnga xos muammolar” deb ataladi. Masalan, ST2da faqat bitta gapdan iborat bo‘lgan bir paragraflik matn mavjud bo‘lib, bu tarjimon uchun o‘zbek tilida tarjima qilinayotganda paragraflashtirish nuqtai nazaridan muammo tug‘dirishi mumkin. Quyidagi misolga e’tibor bering:

 Sulaymon Rashid Saadning o‘ldirilishi 7-martdan 9-martgacha Suriya O‘rta yer dengizi sohillaridagi alavit jamoalariga qarshi sunniy jangarilar tomonidan amalga oshirilgan qotillik to‘lqinining bir qismi edi.

Bunday holatda, tarjimon bu paragrafni maqsad tilidagi (ya’ni o‘zbek tilidagi) matn konvensiyalariga muvofiq tarzda tuzib chiqishi kerak, aynan yuqoridagi o‘zbekcha tarjimada qilinganidek.

Xulosa

Siyosiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari                 uni tarjimonlar uchun aniq tarjima qilishda murakkab vazifaga aylantiradi. Buning sababi shundaki, siyosatchilar so‘zlaganlarida, ular o‘z xabarlarini xorijiy tinglovchilarga yetkazishni emas, balki ichki auditoriyani mo‘ljallagan bo‘ladilar. Bundan tashqari, siyosiy nutqlar ko‘pincha turli ma’nolar, kinoyalar va madaniy yuklamalar bilan to‘la bo‘ladi. Shu sababli, tarjimonlar manba matnining maqsad tilidagi o‘quvchida ham xuddi shunday ta’sir uyg‘otishini ta’minlashda qiynalishadi.

Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, siyosiy matnlarni tarjima qilayotganda tarjimonning eng asosiy vazifasi manba matnining asosiy ma’nosini to‘liq va to‘g‘ri yetkazishdir. Tarjimonlar matnda ifodalangan tarixiy, madaniy va siyosiy ta’sirlar haqida aniq bilimga ega bo‘lishi va ularni tarjimada ham aks ettirishga harakat qilishlari lozim, shunda matn maqsad tilidagi auditoriyada ham o‘xshash ta’sir uyg‘otadi. Shuningdek, tarjimonlar murakkab yoki dabdabali iboralardan ko‘ra, aniq va tushunarli tildan foydalanishlari kerak. Ular siyosiy tilning to‘g‘ri standartlarini o‘rganishlari va bilishlari zarur. Shu bois, siyosiy matnlarni tarjima qilish bir necha sohalarda, ya’ni til va madaniyat, siyosat va tarixiy kontekstlarda chuqur bilim va mahoratni talab qiladi. Tarjimon matn yaratilgan voqelikni ham chuqur tushunmog‘i zarur.

Библиографические ссылки

Ahmad, R. S., & Meena, R. S. (2021). Assessing the level of students' exposure to English.

Baker, M. (2006). Translation and conflict: A narrative account. Milton Park, Abingdon, Oxon: Routledge, 306.

Bassnett, S. (2002). Translation studies. London & New York: Routledge.

Catford, J. C. (1965). A linguistic theory of translation. London: Oxford University Press.

Catford, J. C. (2005). A linguistic theory of translation. London: Oxford University Press, 178.

Hatim, B., & Munday, J. (2004). Translation: An advanced resource book. London/New York: in an EFL writing course. International Journal of Social Sciences & Educational Studies, 8(2), 128-134.

Hussein, S., Ahmad, R., Meena, R., & Ali, H. (2021). Common Problems in Translation of Political Texts: The Case of English and Kurdish Languages. Canadian Journal of Language and Literature Studies, 1(2), 11–23. https://doi.org/10.53103/cjlls.v1i2.14

Long, J. (2013). Translation definitions in different paradigms. Canadian Social Science, 9(4), 107–115.

Munday, J. (2012). Introducing translation studies. London & New York: Routledge.

Nida, E. A. (1964/2004). Principles of Correspondence, in Venuti, L. (ed.) Translation studies reader. London: Routledge, pp. 153-167.

Nord, C. (1997). Translating as a purposeful activity. Manchester /Kinderhook: St Jerome. of EFL learners’ speaking skills. Asian EFL Journal, 27(2), 144-171.

Schäffner, C., & Adab, B. (Eds.). (2000). Developing translation competence (pp. 3–18). Amsterdam & Philadelphia: John Benjamins.

Zirak, H. C. K. (2021). Embodied learning implementation in EFL classroom: A qualitative study. International Journal of Social Sciences & Educational Studies, 8(1), 51–58.

Sadaddinov, A. E. (2024). Tarjimashunoslikda siyosiy matn va terminologiya. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM тўпламида (bet. 442–445). "CESS". https://interonconf.org/index.php/usa/article/view/11670

Sadaddinov, A. E. (2024). [Maqola]. “Ilm sarchashmalari” jurnali, 165–170. Urganch DU.

Xakimova, Ch. S. (2025). Siyosiy matnlarni tarjima qilish usullari va tarjima jarayonidagi muammolar. In Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya (pp. 7–10). Termiz: Termiz davlat universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.15354481

Лобанова, Т. Н. (2013). Проблема перевода политических текстов в лингвопрагматическом аспекте (на материале газет КНР). Научно-технические ведомости СПбГПУ. Гуманитарные и общественные науки, (2), 226–230. https://human.spbstu.ru/userfiles/files/articles/2013/2/33_lobanova.pdf

Рудницкая, Н. Н. (2013). Перевод как объект воздействия политической идеологии. Балтийский гуманитарный журнал, (1), 25–28. https://cyberleninka.ru/article/n/perevod-kak-obekt-vozdeystviya-politicheskoy-ideologii

https://president.uz/oz/lists/view/8034

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Нилуфар Ботирова,
Узбекский государственный университет мировых языков

Докторант базовой (PhD)

Как цитировать

Ботирова, Н. (2025). Проблемы перевода текстов политической сферы (на примере параллельных текстов на английском и узбекском языках). Лингвоспектр, 9(1), 370–379. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1077

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)