Место и значение фразеологических единиц в лингвистике
Аннотация
В данной статье рассматривается роль и значение фразеологических единиц в современной английской лингвистике как неотъемлемой части языкознания, а также исследования, проведенные к настоящему времени, и научные исследования, проводимые в настоящее время. Некоторые фразеологические единицы анализируются в грамматическом и семантическом плане. Подробно рассматриваются не только конкретные типы фразеологических единиц, но и примеры этих типов и их переводы. В частности, подчеркивается несравненная роль переносных значений, в частности метафоры, метонимии и функционального сходства, в образовании фразеологических единиц. Оглядываясь на историю изучения фразеологии и фразеологических единиц, мы видим, что изначально это направление возникло в литературоведении. При переводе поэтического фрагмента, относящегося к определенному литературному произведению или жанру, с одного языка на другой стало невозможным переводить устойчивые слова, то есть связь единиц, пришедших в устойчивое состояние. В этом случае стали изучать фразеологические выражения и сочетания, существующие в этих языках. В результате фразеология изначально изучалась как предмет литературоведения. Позднее фразеологические выражения собирались в словарях и объяснялись их значения; также упоминалось, что значение и грамматическая структура фразеологических единиц стали изучаться в науке языкознания.
Ключевые слова:
языковые единицы фразеология фразеологические единицы семантический анализ устойчивые предложенияKIRISH
Frazeologiya va frazeologik terminlar haqida gap ketar ekan, avvalo mazkur termin, tabiiyki, izoh talab etadi. Frazeologiya yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini, uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo‘limini tadqiq etuvchi bo‘limi hisoblanadi. According to Longman phraseology – the way that words and phrases are chosen and used in a particular language or subject (LDOCE, 2009). Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi Frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini, xususiyatlari va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning og‘azaki va yozma nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgi-xususiyatlarini aniqlashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) oʻrtasidagi muayyan tafovutlarga qarab koʻplab tadqiqotchilar mazkur birliklarni 2 xil: tor va keng maʼnoda tushunadilar. Frazeologiyani o‘rganish tarixini o‘rganar ekanmiz, bu sohaning dastlab adabiyotshunoslikda paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Ma’lum badiiy asarni bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilganda, barqaror so‘zlar bog‘lanmasini aynan tarjima qilish mumkin bo‘lmay qolgan. Bunda o‘sha tillarda mavjud bo‘lgan frazeologik iboralar o‘rganila boshlangan. Natijada, frazeologiya dastlab adabiyotshunoslik predmeti sifatida o‘rganilgan. Keyinchalik, lug‘atlarda frazeologik iboralar to‘planib, ma’nolari izohlangan; frazeologik birliklar ma’nosi, grammatik qurilishi tilshunoslik fanida ham tekshirila boshlangan.
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlay bilish; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik jihatdan rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida kelgan soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa frazeologik birliklarni ajrata olish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini va yana bir qancha vazifalarni ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilmaxil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktur-semantik, grammatik vazifaviy-uslubiy asoslarga ko‘ra tasnif etiladi. Struktur-semantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
METODOLOGIYA
Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan bo‘lib, shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh. Rahmatullayev, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov va boshqalar), Frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh. Rahmatullayev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70—80-yillarda SamDU qoshida frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus toʻplamlar chiqaruvchi markaz faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu soha tadqiqi bo‘yicha hozir ham atroflicha tadiqot ishlari olib borilmoqda.
TAHLIL VA NATIJALAR
Frazeologik birliklarni boshqa bir leksik birliklar yoki yaxlit leksemalar bilan almashitirsh mumkin emas, cunki mazkur jarayonda birlik ma’nosi tubdan o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Misol tariqasida, kick the bucket frazeologik birligini oladigan bo‘lsak, mazkur birikma “vafot etmoq”, “hayotdan ko‘z yummoq” degan ma’nolarni beradi. Kick fe’li tepmoq, bucket fe’li savat ma’nosini beruvchi ikki xil so‘z turkumidan yasalgan bo‘lib, mazkur birlikdagi ushbu fe’l yoki otni almashtirish mazkur birikma asl ma’nosini tubdan o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Mazkur birliklarga aksariyat manbalarda tilning boyish manbayidir deya ta’rif beriladi. Mashhur lingvist, frazeologiya sohasining bilimdoni professor A. V. Kunin frazeologiya leksikologiyaning bir qismi emas, balki mustaqil lingvistik fan bo‘lishi kerak deb hisoblaydi (Kunin, 1986). Yana bir muhim iqtibos sifatida keltishimiz mumkinki, “Books of English idioms” kitobining muallifi Collinsning qarashlariga ko`ra bugungi kunda yozma va og`zaki nutqda qo`llanilayotgan standart ingliz tilidagi frazeologik birliklar bu tilni boyitadigan, bezaydigan va albatta ehtiyotkorlik bilan foydalaniladigan muhim va asoslangan element hisoblanadi.
Frazeologik birikmalar asosan so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lib, boshqacha qilib aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra erkin bog‘lanma yoki gapga teng, to‘liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg‘un so‘z birikmlarini o‘z ichiga oladi. Frazeologizmlarning tarkibida necha so‘z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma’no bilan birlashadi va emotsional – ekspressiv ma’noni ifodalaydi (Bektashev & Mamurova, 2023). Misol sifatida “a dark horse” birligini olaylik. Mazkur birikma dark (sifat) hamda horse (noun) leksemalaridan tashkil topgan. Lug‘aviy jihatdan esa “kutilmagan g‘olib” deya tarjima qilinadi. Ushbu holatda agar so‘zlar o‘rni almashitirilsa yoki asl ma’nosida tarjima qilinsa frazeologik birlik ma’nosidan chiqib ketadi. Shuning uchun ham mazkur birlik turg‘un birikma hisoblanadi. Ushbu birliklar nomidan ham ma’lumki, bir qancha so‘z turkumlaridan tashkil topadi, tarkibdagi so‘zlar odatdagi lug‘aviy a’nosidan chetga chiqib, butunlay yangi ma’no hosil qiladi. Grammatik jihatdan tahlil qilish qaysidir ma’noda mantiqsiz bo‘ladi, chunki yasalgan ushbu birlik metafora, metopnimiya, vazifadoshlik kabi ko‘chma ma’nolarga yuzlangan bo‘ladi. Frazeologik birliklarda eng ko‘p ko‘cha ma’no aralashuvi bu metafora hamda metonimiya orqali sodir bo‘ladi. Bu albatta, bevosita adabiy janrlar bilan bog‘liq, masalan ko‘proq maqollarda uchraydi. Yanada tushunarli bo‘lishi uchun quyidagi maqollarni keltirishimiz mumkin:
Idleness is the root of all evil – Bekochidan xudo bezor,
A penny saved is a penny gained – Oz oz bo`lib daryo bo`lur,
The pen is mightier than the sword – So`z qilichdan kuchli,
Ask no questions, hear no lies – Ko`p gap boshga balo,
Silence is something an answer – Jimlik alomati rizo.
Yuqoridagi misollarga e’tibor beradigan bo‘lsak, ayrimlari tarjimaga qisman aloqasi bor. barcha ko`chma ma`noda ishlatilib, nutqqa tayyor holda kirgan gap va birikmalar frazeologik birliklar hisoblanadi va barcha turg`un birliklar, maqol va hikmatli so`zlar, frazalar va idiomalar barchasini o`z ichiga oladi. Har bir tilning frazeologik qatlami o`sha til millatining madaniyati, urf – odat va yashash tarzidan kelib chiqib shakllanadi va o`z tilini boyitishda muhim factor bo‘lib xizmat qiladi. Frazeologik birliklarning yana bir turi frazeologik chatishma bo‘lib, unda komponentlar o‘zlarining dastlabki (leksik) ma’nolaridan uzoqlashib, ibora tarkibida butunligicha ko‘chma ma’noni ifodalaydi (Yodgorov, 2023). Bunga minglab misollar keltirish mumkin. Masalan, “it is raining cats and dogs” frazeologik birikmasi adekvat jihatdan jala quymoqda deb tarjimalanadi. Ushbu birikma gramatik tuzilishi jihatidan butun bir gapga teng. Tarkibidagi istalgan so‘zni tushib qolishi uning ma’nosi buzilishiga sabab bo‘ladi ya’ni shu gapga teng holatida, butunligicha yaxlit bir ma’noni ifodalaydi. To let the cat out of the bag birikmasi esa gramatik-struktur jihatdan athlil qilinadigan bo‘lsa turli elementlardan tashkil topgan bo‘lib, “oshkor qilmoq”, “fosh qilmoq” degan tarjimalarni beradi (Cornog, 2014). Buni aksariyat manbalarda idiomalar deb beriladi, sababi idiomalar frazeologik birliklarning eng keng tarqalgan qismi hisoblanadi. Bevosita verbal frazeologizmlar aynan gap shaklida kelgan birliklar bilan bog‘liqdir. Funksional jihatdan feʼllar bilan bog‘liq, yaʼni asosiy qismini feʼl komponentlari tashkil etgan frazeobirliklar bu guruhga taaluqli bo‘ladi.Verbal frazeolgizmlar har xil gap bo‘laklari funksiyalarini, yani kesim, ega va hol funksiyalarini bajaradi. Verbal frazeologizmlar tarkibiga idiomalar va frazeologik birliklar kiradi.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlar, tahlillardan xulosa chiqargan holatda shuni aytish mumkinki, frazeologik birliklar, ularning turlari, har qaysi til tilshunosligida frazeologizmlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Mazkur soxa bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ularni keng ma’noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo‘lib qolmoqda. Frazeologiya soxasida qilinaytogan ilmish izlanishlar keyingi bosqich tilshunoslari uchun muhim manba bo‘libgina qolmay, balki tilshunoslik soxasi rivojiga katta hissa qo‘shadi. Struktur-gramatik jihatdan turli morfologik leksemalardan tashkil topgan, birikma, gap shaklida kelsa ham umuman boshqa ma’no mazmunni ifodalaydigan, gapga qaysidir ma’noda bezak beradigan mazkur birliklar har qanday tilde muhim ahamiyat kasb etadi.
Библиографические ссылки
Mayor. M, “The Longman Dictionary of Contemporary English” (LDOCE5), Pearson Education Limited, the fifth edition. England, 2009. ISBN 9781408215333
Kунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. М., 1986.
Mamurova. SH, “Ibora, so‘z birikmasi va frazeologik birliklar haqida umumiy tushuncha”. Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2024. Kokand university, Kokand. P 180
Otabek Kodiraliyevich Bektashev, & Shakhlo Sultanovna Mamurova. (2023). Grammatical Form And Its Types In The Formation Of Word Combinations. Journal of Advanced Zoology, 44(S1), 1211–1215. https://doi.org/10.53555/jaz.v44iS1.3250
Yodgorov, U. “O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O‘RGANILISHI, LISONIY XUSUSIYATLARI VA NUTQIY QIYMATI”, MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ILMIY JURNALI. Toshkent. – 2023, 278 p. ISSN 2181-7324
M.W.Cornog, A.K.Harris & A.West, “Merriam Webster’s Dictionary and Thesaurus”, Massachusetts, 2014.- Revised and updated edition ISBN: 978-0-87779-863-7
G.Clauson, “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish”, 1972. Oxford at the Clarendon press, Glasgow. 930, 183, 200, 776, 763, 356, 192, 238, 368 – pp. ISBN 109634812686
Raxmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1982.
Hozirgi o‘zbek tili (kirish, fonetik sath, liksik-semantik sath) / darslik. Baxtiyor Mengliyev – Toshkent: «Tafakkur bo‘stoni», 2018. – 200 b. – Б. 193-194.
Опубликован
Загрузки
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2025 Аъзамхoн Собитов

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
