Качества профессионального переводчика в обучении переводу

Авторы

  • Ургенчский государственный университет имени Абу Райхана Беруни
Качества профессионального переводчика в обучении переводу

Аннотация

В этом дипломном проекте анализируется важность обучения качествам профессионального переводчика в области переводоведения. В исследовании рассматриваются основные качества, необходимые переводчику, - лингвистические знания, культурологическое понимание, логическое мышление, точность, гибкость и этические принципы. Также рассмотрены проблемы, возникающие в процессе перевода, и пути их решения. В ходе работы анализируются педагогические методы и технологии, которые помогают переводчикам развивать профессиональные навыки. В результате рекомендуются эффективные образовательные подходы в подготовке профессиональных переводчиков.

Ключевые слова:

переводоведение профессиональный переводчик лингвистическая компетентность культурная адаптация переводческое образование.

Tarjimaning bugungi dunyodagi global aloqada va madaniy almashinuvdagi ahamiyati tufayli oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili xorijiy til yoki ingliz tili ikkinchi til sifatida darslarni o‘qitishda talabalarga tarjimani o‘rgatish katta qiziqish uyg‘otmoqda. K.Latishev va A.Semyenovning fikricha, tarjima asosan ikkita maqsad uchun o‘qitiladi. Birinchisi, tarjimani o‘z-o‘zidan maqsad sifatida o‘qitish mumkin, bu esa xorijiy tildan o‘z ona tiliga tarjima qilishga qaratilgan bo‘lib, mutaxassislar bu orqali o‘z ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ba’zi bir talabalar tarjima strategiyalari va qonuniyatlarini tez o‘zlashtirib olishi mumkin va bunda dars jarayonida taqdim etilgan materiallar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ikkinchisi, tarjimani o‘z kasbiy maqsadga erishish vositasi sifatida o‘rgatish, bunda talaba tarjimaga professional yondashadi ( Latyshev, L. K., & Semenov, A. L. Translation: Theory and Methods of Teaching. Moscow: Academy. 2003).

Shu sababli dars mashg‘ulotlarida til bilan birgalikda tarjima qonuniyatlariga ham e’tibor qaratiladi. Bu o‘quvchilarga tarjima tili haqida bilimlarini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, chet tiliga tarjima qilish tilni o‘rganish vositasi sifatida foydali bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish bu jihatdan tarjima usullarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunda manba tilining ma’nosini tarjima tiliga moslashtirish bosh maqsad qilib belgilanadi. Tarjima qilishda talabalar nafaqat asliyat va tarjima tillarining grammatikasi, sintaksisini va leksikasini o‘rganadilar, balki tinglash, o‘qish, tushunish, talqin qilish va tahrirlash kabi ko‘plab boshqa ko‘nikmalarni egallaydilar.

A.Lefeverening ta’kidicha, “tarjima – bu qayta yozish”.  Bunda talabalar asl nusxani o‘qiydi, tahlil qiladi, tarjima tiliga o‘tkazadi va matnni qayta tuzadi. Shu tarzda yakuniy matn hosil bo‘ladi. U o‘ziga xos xususiyatga ega  bo‘lib, tarjima tilining qoidalari bilan qayta yaratiladi (Ghazala, H. Essays in Translation and Stylistics. Dar El- Ilm Lilmalayin, Beirout. 2004). Tarjimaning bu ta’rifi bevosita mazkur faoliyatning subyektiv va kognitiv jihatlariga ishora qiladi.

H.Gazalaning fikricha, tarjima kursining obyekti tarjima dasturining maqsadlari, talabalarning darajasi va ehtiyojlari, o‘quv natijalari, tarjima muammolari, tarjima bo‘yicha ta’lim metodologiyasi va o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan tarjima amallariga qarab boshqa fanlar obyektidan farq qiladi (Ghazala, H. Essays in Translation and Stylistics. Dar El- Ilm Lilmalayin, Beirout. 2004). Biz ham olimning fikricha qo‘shilgan holda oliy ta’lim muassasasi talabalariga tarjimani o‘qitishning obyekti sifatida quyidagilarni tavsiya etamiz:

  • umumiy va maxsus terminlarda tarjimaning predmeti soha, fan, jarayon, amaliyot va san’at;
  • tarjimaning insoniyat faoliyatidagi o‘rni, madaniyat va bilimlarning almashtirish va yetkazishdagi ahamiyati;

- asliyat ma’nosini tarjima matniga olib o‘tish uchun tarjima nazariyasi, uning yondashuvlari va turli uslublarining qachon, qanday, nima uchun qo‘llanilishi;

-asosiy mezonlar va tegishli masalalar: asliyatga sodiqlik, aniqlik, ekvivalentlik va shu kabi tarjima strategiyalari;

- matn turlari va tarjima ko‘rinishlari: badiiy, texnik, huquqiy, moliyaviy va boshqa soha matnlari tarjimasi;

- tarjima muammolarining asosiy turlari: lisoniy (fonetik, sintaktik, leksik, stilistik) hamda nolisoniy (madaniy, kontekstual, pragmatik, kognitiv) muammolar va ularning yechimlari;

- asosiy tarjima uslublari: so‘zma-so‘z, gapma-gap, semantik, idiomatik, kommunikativ va boshqalar. 

Demak, yozma tarjimaga o‘rgatish yuqorida takidlab o‘tilgan jihatlarga e’tibor qaratgan holda tashkil etiladi. Bugungi kunda yozma tarjimani o‘qitishning bir qancha zamonaviy yondashuvlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda tarjima o‘qituvchilari talabalarning kasbiy ehtiyojlariga sezgir munosabatda bo‘lishlari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Tarjima darsining maqsadi va vazifalarini belgilab, o‘quvchilarning motivatsiyasini yuqori darajada ushlab turish, barcha talabalarning o‘zlariga tegishli kasb tanlashda foydali bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash o‘qituvchilarning vazifasi hisoblanadi.

Tarjimon kasbiy faoliyat turning asosiy maqsadi – yuqori sifatli tarjimani ta’minlash, lug‘atlar tuzish, tilning grammatikasi va turli ma'lumot-kataloglar yozish, bir tildan boshqa tilga tarjima qilish, ilmiy-texnikaviy va maxsus terminologiyani ishlab chiqish, alifbo va imloni takomillashtirish; fonetika, morfologiya hamda sintaksis sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, shevalar va adabiy tilning so‘zlashuv variantini o‘rganish, qadimgi madaniyatlarni ularning til faktlari orqali izohlash, tilni o‘rgatish, tilshunoslik sohasida tadqiqotlar olib borish.

Tarjimonning kasbiy standartga kiritilgan kasbiy faoliyat kategoriyalari quyidagi uch gruhga bo‘linadi:

  1. ixtisoslashmagan tarjima: og‘zaki hamrohlik tarjima, rasmiy ish hujjatlarining yozma tarjimasi;
  2. kasbga yo‘naltirilgan tarjima: ketma-ket tarjima, sinxron tarjima, yozma tarjima (maxsus vositalar yordamida), badiiy tarjima, audiovizual asarlarni tarjima qilish, maxsus kognitiv ehtiyojlari bo‘lgan auditoriya uchun audiovizual tarjima;
  3. tarjima sifatini boshqarish: tarjima materiallarini texnologik qayta ishlash, tarjima loyihalarini avtomatlashtirish, tarjimaning tahririy va texnik nazorati, tarjima sifati bo‘yicha maslahat, tarjima ishlab chiqarish jarayonini boshqarish.

Og‘zaki hamrohlik tarjimonning mehnat faoliyati quyidagilardan tashkil topgan: Bo‘lajak tadbir va tarjimani amalga oshirish sirlari haqida ma’lumot to‘plash, tarjima sohasiga kirish, madaniyatlararo muloqotni ta‘minlash maqsadida oldindan kelishilgan dasturga muvofiq mijozga hamrohlik qilish, ijtimoiy sohada qisqa ibora yoki jumla darajasida tillararo og‘zaki tarjimani tadbiq erish.

Tarjimon uchun zarur ko‘nikmalar: mijoz bilan professional muloqotni amalga oshirish, turli ma’lumot manbalariga murojaat qilish, ekstralingvistik ma’lumotlarni bilish va undan foydalanish, muloqot vaziyatiga mos keladigan nutq ahloq- odob qoidalariga rioya qilish, turli hil madaniyat vakillari bilan suhbatda stereotiplar ta’sirini bartaraf etish uchun madaniy va kommunikativ xususiyatlarga, oid bilimlarni vaziyatga qarab qo‘llash, bir tildan ikkinchi tilga og‘zaki tarjimani bajarish, bir tildan boshqa tilga tezda o‘tish;

Professional yozma tarjimong faoliyati va zarur ko‘nikmalari sirasiga quyidagilarni kiritamiz: berilgan tarjima mavzusi bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni qidirib topish, mahalliy mavzuviy lug‘at tuzish, madaniyatlararo va tillararo muloqotni amalga oshirish; bir tildan boshqa tilga tarjima qilish, asliyat xabarning muloqot maqsadi va uslubini saqlab qolish.

Xar bir kasb va xunarlarda bo‘lgani kabi tarjimonlarda ham o‘ziga xos standart va talabalar mavjud bo‘lib, xalqaro xuquqiy va me’yoriy xujjatlarda quydigachi namoyon bo‘lgan:

Tarjimonning kasbiy burch va vazifalarini quyidagilardan tashkil topgan:

  • Tarjimalar asliyat materialning mazmuni, ma’nosi va uslubini saqlab qolishini ta’minlash uchun asliyat matnlarni sinchiklab tekshirish yoki mualliflar bilan maslahatlashish;
  • Texnik atamalar va terminlarning tarjimalarini tekshirib, ularning aniqligini va tarjima matnining oxirigacha shu ma`noda qo`llanilishini ta’minlash;
  • Mijozlar bilan tarjima talablarini muhokama qilish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni belgilash.
  • Ma’ruzachilarning bayonotlarini tinglash, ma’nolarini aniqlash va tarjimalarni tayyorlash, zarur hollarda elektron eshitish tizimlaridan foydalanish;
  • Tarjima qilingan materiallarni tekshirish, tahrirlash va qayta ko‘rib chiqish;
  • Huquqiy hujjatlar, ilmiy asarlar yoki yangiliklar kabi yozma materiallarni o‘qish va ularni ko‘rsatilgan tillarda qayta yozish;
  • Tarjimaning aniqligini ta’minlash uchun lug‘atlar, leksikon va ensiklopediyalar hamda kompyuterlashtirilgan atamalar banklari kabi ma’lumot materiallariga murojaat qilish;
  • Xabarlarni sinxron yoki ketma-ket ko‘rinishda belgilangan tillarga og‘zaki yoki qo‘l ishoralari yordamida tarjima qilish, xabar mazmuni, konteksti va uslubini iloji boricha saqlash.
  • Ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlovchi odob-axloq nizomlariga rioya qilish.
  • So‘zlar, tushunchalar, ma’nolarga yoki xatti-harakatlarning ma’nolari bilan bog‘liq noaniqliklarni aniqlash va bartaraf etish.
  • Tarjima qilinadigan ma’lumotlarning mazmuni va konteksti, shuningdek tarjimani buyurtma qilgan guruhlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni to‘plash.
  • Dasturiy ta’minot va unga ilova qilingan texnik hujjatlarni boshqa til va madaniyatga moslash.
  • O‘quvchilar, ota-onalar, xodimlar va o‘qituvchilarga ta’lim tarjimonlarining vazifalari va funksiyalari haqida ma’lumot berish.
  • Boshqa tarjimonlarni tarjimalarini o‘qish va o‘rgatish.
  • Boshqa tilda so‘zlashuvchi sayyohlar bilan birga sayohat qilish yoki ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

A.Xamatovaning fikricha, odob-axloq qoidalari quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:

- tarjimon qaysi shaxs nomidan tarjima qilishi kerak;

- tarjimon delegatsiya a’zolaridan kimga hamrohlik qilishi kerak;

- ish yuzasidan o‘tkaziladigan uchrashuvdan oldin tarjimon ish joyida qancha vaqt davomida bo‘lishi kerak (p.f.d., dotsent Yo‘ldoshev U. – O‘zDJTU “TARJIMA NAZARYASI VA AMALIYOTI” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua, , Toshkent-2025).

Ushbu maqolada tarjimani o‘rgatish jarayonida professional tarjimon sifatlarining ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shularni ko‘rsatdiki, yetuk darajadagi tarjimon bo‘lish uchun faqatgina lingvistik bilim yetarli emas, balki madaniy moslashuvchanlik, analitik tafakkur, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va axloqiy tamoyillarga rioya qilish ham muhimdir o‘in tutadi.

Shuningdek, tarjima jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish yo‘llari muhokama qilindi. Modern ta’lim usullari, xususan, amaliy mashg‘ulotlar, interfaol metodlar va texnologiyalardan foydalanish tarjimonlik ko‘nikmalarini samarali shakllantirishga yordam berishi aniqlandi.

Maqolada keltirilgan tahlillar asosida professional tarjimon tayyorlashda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Shu sababli, tarjima ta’limida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va tarjimonlik kasbiga xos fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha muntazam ravishda seminarlar tashkil etish tavsiya etiladi.

Библиографические ссылки

Gʻofurov, I., Mo‘minov, O., & Qambarov, N. (2012). Tarjima nazariyasi. Tafakkur-Bo‘ston.

Baker, M. (2009). In other words: A course book on translation (2nd ed.). 331 p.

Nida, E. (1964). Towards a science of translation, with special reference to principles and procedures involved in Bible translating (pp. 241-247). Brill.

Rahimov, Gʻ. (2016). Tarjima nazariyasi va amaliyoti. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti.

Tuxtasinov, I., & Yo‘ldoshev, U. (2023). Badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari. Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti.

Yo‘ldoshev, U. (2022). Badiiy tarjimaning lingvistilistik va leingvokulturologik xususiyatlari. Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti.

Yo‘ldoshev, U. (2021). Tarjima nazariyasi. Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti.

Yuliasri, I., & Allen, P. (2014). Foreignizing and domesticating Harry: An analysis of the Indonesian translation of Harry Potter and the Sorcerer’s Stone. T & I Review, Seoul, Korea: EWHA Research Institute for Translation Studies.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Зулайхо Курбанова ,
Ургенчский государственный университет имени Абу Райхана Беруни

Преподаватель-стажер

Как цитировать

Курбанова , З. (2025). Качества профессионального переводчика в обучении переводу . Лингвоспектр, 2(1), 497–501. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/457

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.