Практические аспекты обучения переводу импликатуры

Авторы

  • Узбекский государственный университет мировых языков
Практические аспекты обучения переводу импликатуры

Аннотация

Переводческая деятельность требует не только дословного перевода текста с одного языка на другой, но и учета культурных, контекстуальных и прагматических аспектов. Основная задача переводчика заключается не только в знании языков, но и в понимании тонкостей обеих культур, обеспечении сохранения цели и смысла текста. Поскольку каждый язык обладает своими уникальными стилями выражения, идиоматическими оборотами и культурными особенностями, в процессе перевода важно не исказить суть и значение исходного текста. В данной статье рассматриваются практические аспекты обучения студентов переводу импликатур. Импликатура – это значение, которое не выражено явно в речи, но подразумевается в контексте. Этот процесс является сложной задачей для студентов, и при его обучении важное значение имеют такие методы, как контекстуальный анализ, учет культурных и прагматических аспектов. В статье перечислены трудности, возникающие в процессе перевода импликатур, и анализируются практические аспекты обучения студентов переводу импликатур, а именно методы, задания и упражнения, используемые в учебном процессе. Обучение студентов особенностям импликатур в процессе перевода играет важную роль в развитии их лингвопрагматической компетенции.

Ключевые слова:

импликатура перевод прагматика контекстуальный анализ культурные аспекты прагматические аспекты речи.

Kirish

Bugungi globallashuv davrida til va madaniyatlararo kommunikatsiyaning ahamiyati ortib bormoqda. Til faqatgina lug‘aviy birliklar yig‘indisi bo‘libgina qolmay, balki kontekstual ma‘nolar va yashirin mazmunlarni ifodalovchi vositadir. Shunday yashirin ma‘nolardan biri bu implikaturadir. Implikatura (implikature) – bu nutqda aniq aytilmagan, lekin mazmunan nazarda tutilgan ma’noni anglatadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, implikaturalarni to‘g‘ri tarjima qilish talabalar uchun murakkab vazifa bo‘lib, bu jarayonni o‘rgatishda amaliy usullar muhim ahamiyatga ega. Implikaturani tarjima qilishni o‘rgatish masalasida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shulardan, Aysenur Sagdic va Kevin Hirschilar tomonidan 2015 yilda olib borilgan tadqiqotni keltirishimiz mumkin. Bu tadqiqot ular tomonidan yozilgan “Teaching conversational implicature” nomli maqolda yoritilgan. Bu tadqiqotda birinchi tili arab tili bo‘lgan talabalar bilan implikaturani tarjima qilish bo‘yicha tajriba olib boriladi. Tajribada pre-test va post-test so‘rovnomalari o‘tqaziladi. Tajriba sinov darsida talabalarga videolar qo‘yib beriladi, keyin juft bo‘lib videodagi implikaturalarni tahlil qilish topshiriladi va muhokama qilinadi. Dars so‘ngida talabalarga ko‘p tanlovli savollar beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, talabalardan olingan pre-test va post-test so‘rovnomalari natijalari farq qiladi va natijalarda o‘sish kuzatiladi. Statistik tahlillar talabalarning implikaturani tarjima qilishdagi pragmatik bilimlarining rivojlanganini isbotlaydi.

Bundan tashqari, bir qancha tadqoqitchilar implikaturani o‘qitish bo‘yicha ish olib borishgan. Misol uchun, Polina Mitkova (2016), Alva Thyr (2020) va Suci Pole Mappaita (2022) larni keltirishimiz mumkin.

Implikatura tushunchasi va tarjimada uning o‘rni

Implikatura lingvistik pragmatikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, britaniyalik tilshunos Pol Grays tomonidan “Suhbatning maxsus tamoyillari” (Cooperative Principle) doirasida ishlab chiqilgan. Uning fikriga ko‘ra, implikatura gapiruvchi tomonidan ochiq aytilmagan, lekin suhbat konteksti orqali anglashilgan ma‘nolarni ifodalaydi (Grice, 1975).

Masalan:

  • A: Kechga film ko‘rishga boramizmi?
  • B: Men uyga yetib olishim kerak.

Bu muloqotda B’ning javobi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad javobini bildirmasa-da, uning “filmga bora olmayman” degan yashirin mazmuni mavjud. Tarjima jarayonida bunday yashirin mazmunlarni tushunish va boshqa tilga to‘g‘ri o‘tkazish muhimdir.

Horn L.R. “The handbook of pragmatics” nomli kitobida implikaturaga quyidagicha ta’rif beradi. Implikatura – bu gapiruvchining nutqidagi ma'noning bir qismi bo‘lib, u gapirilgan narsaning o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin aytilgan narsada nimani nazarda tutilganini tashkil etadi. Gapiruvchi nima demoqchi ekanligi, odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanganidan ancha boyroqdir; lingvistik ma'no bildirilgan xabarni to‘liq aniqlash uchun yetarli emas. Gapiruvchi  bu farqni bartaraf etish uchun pragmatik prinsiplardan o‘z ixtiyorida foydalanadi va tinglovchini shu prinsiplardan foydalangan holda aytilganlarni to‘g‘ri tushunishiga umid qiladi (Horn & Ward, 2006).

I.P. Susovning fikricha implikatura bu nutqdagi gaplar, so‘zlar yoki iboralar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmagan, balki ma'lum bir talqin qilish usullari orqali chiqariladigan ma'nolardir (Susov, 2006).

Olimlarning fikricha, tarjimonlar pragmatik ma‘nolarni tushunish uchun nafaqat tilshunoslik bilimlariga, balki madaniy farqlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi kerak. (Hatim & Mason, 1997)

Implikaturalarni tarjima qilish masalasi ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan. Deborah Tannen (1984) o‘zining “Conversational Style” kitobida nutqning madaniy va pragmatik jihatlarini o‘rganib, implikaturalarning nutqdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Uning fikricha, nutqda aniq aytilmagan ma’nolar madaniy farqlar tufayli turlicha talqin qilinishi mumkin. (Tannen, 2005).

Shuningdek, Mona Baker (1992) “In Other Words” kitobida tarjima jarayonida implikaturalarni to‘g‘ri yetkazishning muhimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarjimon nutqning kontekstual va pragmatik jihatlarini hisobga olgan holda matnni mos tarzda tarjima qilishi kerak. (Baker, 1992)

Imlikatura tilning muhim qismi bo‘lib, u matnning to‘g‘ri tushunilishi va o‘qilishida asosiy rol o‘ynaydi. Tarjima jarayonida imlikatura qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash, asl matnning ma’nosini va uslubini saqlab qolish uchun juda muhimdir. Olimlarning fikriga ko‘ra, imlikaturaning tarjimadagi o‘rni nafaqat grammatik jihatdan, balki madaniy, tilshunoslik va semiotik jihatlardan ham chuqur o‘rganilishi kerak.

Tilshunoslikda imlikatura belgilari matnning sintaktik tuzilishini, ohangini va ma’nosini aniqlashda yordam beradi. Tarjima jarayonida asl matndagi imlikatura belgilari to‘g‘ri talqin qilinmasa, matnning ma’nosi buzilishi yoki noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. Masalan, David Crystal o‘zining “The Cambridge Encyclopedia of the English Language” (2003) asarida ta’kidlaganidek, vergulning noto‘g‘ri joylashtirilishi gapning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Imlikatura qoidalari har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, turli tillarda farq qilishi mumkin. Masalan, ingliz tilida verguldan keyin bo‘sh joy qoldiriladi, arab tilida esa verguldan oldin va keyin bo‘sh joy qoldiriladi. Tarjima jarayonida bu farqlarni hisobga olish, asl matnning madaniy va til kontekstini saqlab qolish uchun zarur. Mona Baker o‘zining “In Other Words: A Coursebook on Translation” (2018) kitobida ta’kidlaganidek, tarjimonlar faqat grammatik qoidalarni emas, balki madaniy nuanslarni ham hisobga olishlari kerak.

Implikaturani tarjima qilishda talabalarning duch keladigan muammolari:

  1. Kontekstni tushunmaslik: Implikatura to‘liq tushunilishi uchun til birliklari kontekstdan ajratilmasligi kerak. Talabalar ko‘pincha matnning umumiy mazmunini hisobga olmay, faqat so‘zma-so‘z tarjima qilishga harakat qilishadi.
  2. Madaniy tafovutlar: Implikaturalarning ko‘pchiligi milliy madaniyatga asoslangan bo‘lib, bu ularning boshqa tilga o‘tkazilishini murakkablashtiradi.
  3. Til pragmatikasi bo‘yicha yetarli bilimning yo‘qligi: Talabalar ko‘pincha pragmatik birliklarning tarjima qilinishiga e‘tibor bermaydi va faqat lug‘aviy ma‘nolar bilan cheklanadi.

Metodlar

Tarjimani o‘rgatish tilshunoslik va ta’lim sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon faqat lug‘at va grammatika bilimlarini o‘zlashtirishdan iborat emas, balki madaniy, kontekstual va semiotik jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Olimlar turli metodlarni taklif qilishgan, ular orqali tarjimani o‘rgatish samarali va qiziqarli jarayonga aylantirilishi mumkin. 

Shulardan, Nyumark(1988)ning “Approaches to Translation” kitobida keltirib o‘tgan metodlarini eng keng tarqalgan metodlar deb ta’kidlasak bo‘ladi.

  1. So‘zma-so‘z tarjima: bunda manba til so‘z tartibi saqlanadi va so‘zlar kontekstdan tashqarida eng keng tarqalgan ma’nolari bilan tarjima qilinadi.
  2. Lug‘aviy tarjima: bunda manba til grammatik tuzilmalar maqsadli til (TL)ning eng yaqin ekvivalentlariga o‘zgartiriladi, lekin lug‘aviy so‘zlar yana kontekstdan tashqarida tarjima qilinadi.
  3. Sodiq tarjima: bu usulda manba matnning aniq kontekstual ma’nosi maqsadli til grammatik tuzilmalari chegaralarida ifodalanishga harakat qilinadi.
  4. Semantik tarjima: bu usul "sodiq tarjima"dan farq qiladi, chunki u manba matnning estetik qadriyatini ko‘proq hisobga olishi kerak.
  5. Adaptatsiya: bu tarjimaning eng erkin shakli bo‘lib, asosan pyesalar (komediyalar) va she’rlar uchun ishlatiladi; mavzular, qahramonlar, syujetlar odatda saqlanadi, manba til madaniyati maqsadli til madaniyatiga moslashtiriladi va matn qayta yoziladi.
  6. Erkin tarjima: bu usulda maqsadli til matni asl nusxaning uslubi, shakli yoki mazmunisiz yaratiladi.

Implikaturani tarjima qilish murakkab jarayon. Bu jarayonda nafaqat tarjima metodlari ishlaydi balki bir nechta amaliy usullar ham qo‘llaniladi.Talabalarga implikaturalarni tarjima qilishni o‘rgatishda quyidagi amaliy usullar qo‘llanilishi mumkin:

  1. Kontekstual tahlil:

Tarjima jarayonida kontekstni to‘g‘ri tahlil qilish implikaturalarni aniqlash va tarjima qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Talabalarga matnning umumiy mazmuni, muallifning maqsadi va auditoriyaning xususiyatlari haqida tahlil qilishni o‘rgatish kerak. Misol uchun, “He is not the brightest bulb in the box” iborasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda ma’nosiz bo‘lib qoladi, lekin bu ibora orqali insonning aqliy qobiliyatining pastligi nazarda tutiladi.

  1. Madaniy jihatlarni hisobga olish:

Implikaturalar ko‘pincha madaniy jihatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun talabalarga turli madaniyatlarning nutqdagi ifodalanishini o‘rgatish muhimdir. Misol uchun, ingliz tilida “break a leg” iborasi “omad tilayman” degan ma’noni anglatadi. Bu iborani so‘zma-so‘z tarjima qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

  1. Pragmatik jihatlarni o‘rganish:

Pragmatika nutqning maqsadi, nutq qatnashchilari va ularning munosabatlarini o‘rganadi. Talabalarga nutqning pragmatik jihatlarini tahlil qilishni o‘rgatish orqali ular implikaturalarni aniqlash va tarjima qilishda ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

Natijalar
Talabalarga implikaturalarni tarjima qilishni o‘rgatishda kontekstual tahlil, madaniy jihatlarni hisobga olish va pragmatik jihatlarni o‘rganish kabi usullar samarali natijalar berdi. Bu usullar talabalarning nutqning chuqur ma’nolarini tushunish va ularni to‘g‘ri tarjima qilish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Yuqoridagi amaliy usullardan kelib chiqqan holatda, talabalarga quyidagi topshiriq va mashqlarni berish mumkin.

  1. Kontekstual tahlil mashqlari

Talabalarga matn yoki muloqotni o‘qib, ularning yashirin ma‘nolarini aniqlashga qaratilgan mashqlarni bajartirish lozim. Bu mashqlar kontekstni chuqurroq tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Mashq namunasi: Ingliz tilidagi jumlani bering va uning yashirin ma‘nosini tushuntirishni so‘rang:

  • “The weather looks great for a picnic, doesn’t it?” (Talabalar bu jumla orqali suhbatdoshning piknikka taklif qilayotganini aniqlashlari kerak.)
  1. Madaniy kontekstni o‘rganish

Talabalarga boshqa tillar va madaniyatlarda ishlatiladigan implikaturalarning milliy o‘ziga xosliklarini tushuntirish lozim.

Amaliyot: Turli tillardagi iboralarni solishtirish orqali yashirin ma‘noni aniqlash.

Misol:

  • Ingliz tilida: “Break a leg!” (Omon bo‘ling!)
  • O‘zbek tilida: “Omad yor bo‘lsin!”

Hatim va Mason (1997) madaniy kontekst tarjimonlar uchun qiyinchilik tug‘diruvchi muhim element ekanligini ta’kidlaydi. (Hatim & Mason, 1997)

  1. Dialoglar asosida tarjima mashqlari

Talabalar uchun ingliz tilidan o‘zbek tiliga yoki aksincha muloqotlarni tarjima qilish mashqlarini tashkil qilish. Har bir javobning yashirin ma‘nosini aniqlashni talab qilish kerak.

Mashq namunasi:

  • Ingliz tilida: “I’m not sure this plan will work.”
  • O‘zbek tilida: “Bu reja ish berishiga ishonchim komil emas.” (Talabalar bu ibora orqali gapiruvchi rejaning muvaffaqiyatsiz bo‘lishini nazarda tutayotganini tushunishlari kerak.)
  1. Rol o‘yinlari va ijodiy topshiriqlar

Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, turli kontekstlarda yashirin ma‘nolarni ifoda etuvchi dialoglar yaratishi va ularni tarjima qilishi kerak.

Amaliyot: Talabalar ingliz tilida qisqa dialoglar yozadi va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yashirin ma‘noni tushuntiradi.

  1. Sun‘iy intellekt vositalaridan foydalanish

Hozirgi kunda sun‘iy intellekt vositalari, masalan, ChatGPT va Google Translate orqali tarjima qilingan matnlarni tahlil qilish orqali talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish mumkin.

Amaliyot: Talabalar sun‘iy intellekt tomonidan tarjima qilingan matnlarni ko‘rib chiqib, ularning kontekstual to‘g‘riligini baholaydi.

 Xulosa

Talabalarga implikaturalarni tarjima qilishni o‘rgatishda kontekstual tahlil, madaniy jihatlarni hisobga olish va pragmatik jihatlarni o‘rganish kabi amaliy usullar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon talabalarning nutqning chuqur ma’nolarini tushunish va ularni to‘g‘ri tarjima qilish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, implikaturalarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun nutqning kontekstual, madaniy va pragmatik jihatlarini hisobga olish zarur. Talabalarga implikaturani tarjima qilishni o‘rgatish ularning lingvopragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o‘qituvchi kontekstual tahlil, madaniy farqlarni o‘rganish, dialoglar tarjimasi, rol o‘yinlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi usullardan samarali foydalanishi kerak. Bu nafaqat talabalarni yuqori darajadagi tarjimonlik ko‘nikmalariga ega qilishga yordam beradi, balki ularning madaniyatlararo kommunikatsiya qobiliyatini ham oshiradi.

Библиографические ссылки

Baker, M. (1992). In other words: A coursebook on translation. Routledge.

Bassnett, S. (2014). Translation studies (3rd ed.). Routledge.

Crystal, D. (2003). The Cambridge encyclopedia of the English language. Cambridge University Press.

Grice, P. (1975). Logic and conversation. In Syntax and Semantics (Vol. 3, pp. 41–58). Academic Press.

Hatim, B., & Mason, I. (1997). The translator as communicator. Routledge.

Horn, L. R., & Ward, G. (2006). The handbook of pragmatics. Blackwell Publishing.

Levinson, S. C. (2000). Pragmatics. Cambridge University Press.

Mappaita, S. P. (2022). The implication of conversational implicature used by teachers in offline classroom interaction. Batara Didi, 1(2).

Mitkova, P. (2016). Teaching conversational implicature to adult language learners. Challenges in English teaching and research, 1.

Newmark, P. (1988). Approaches to translation. Prentice Hall.

Sagdic, A., & Hirschi, K. (2015). Teaching conversational implicature. Northern Arizona University Linguistics Education.

Tannen, D. (2005). Conversational style: Analyzing talk among friends (New ed.). Oxford University Press.

Thyr, A. (2020). Conversational implicature for language teachers. Lund University.

Triyuono, A., & Dirham, U. (2023). Pragmatic competence or pragmatic knowledge and its role in linguistic communication. Journal of Learning and Instructional Studies, 2(3), 93–106. https://doi.org/10.46637/jlis.v2i2.29

Yule, G. (1996). Pragmatics. Oxford University Press.

Сусов, И. П. (2006). Лингвистическая прагматика. Восток – Запад.

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Чарос Шарипова ,
Узбекский государственный университет мировых языков

Прикладной докторант

Как цитировать

Шарипова , Ч. (2025). Практические аспекты обучения переводу импликатуры. Лингвоспектр, 2(1), 552–557. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/466

Похожие статьи

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.