Critical Thinking Skills: Content, Essence, History, and Components

Authors

  • Uzbek State World Languages University
  • Uzbek State World Languages University
Критическое мышление

Abstract

This article discusses the scientific and theoretical foundations of critical thinking, its formation, and the definitions provided by various scholars. Thinking is a cognitive activity inherent to humans that develops over time in different stages. Critical thinking, in turn, is viewed as a process of analyzing, evaluating, and solving problems. The article analyzes various approaches to critical thinking from ancient Greek philosophers to contemporary scholars. Researchers such as Siegel, Halpern, Walsh, and Paul define critical thinking as elements like skills, tendencies, and systematic analysis. Furthermore, the necessity of introducing and systematically mastering critical thinking in education is emphasized. The article thoroughly expresses the theoretical foundations and methodological approaches to critical thinking.

Keywords:

critical thinking analysis reflection cognitive skills educational theory intellectual development

Tanqidiy fikrlash – bu insonning ma‘lumotni tahlil qilish, baholash va muammolarni hal qilishda ishlatiladigan aqliy faoliyat turidir. U nafaqat bilim olish, balki mavjud bilimlarni chuqur tahlil qilish va yangi fikrlarni yaratish jarayonidir. Fikrlashning bu shakli tarix davomida falsafiy qarashlar, ilmiy tahlillar va ta’lim metodologiyalarida o‘z aksini topgan. Qadimgi yunon faylasuflaridan to zamonaviy olimlargacha bo‘lgan davrda tanqidiy fikrlashning ma’nosi va yondashuvlari turlicha bo‘lib, har bir yangi davrda bu konsepsiya rivojlanib borgan. Maqolada tanqidiy fikrlashning ilmiy-nazariy asoslari, uning shakllanishi va turli olimlar tomonidan berilgan ta’riflari o‘rganiladi.

Mazkur mavzu ilmiy tanqiq etilishidan oldin, “tanqidiy fikrlash” atamasining tarkibiy qismlari mazmun mohiyat jihatidan muallif tomonidan ochib berilinishi kerak. Jumladan, “tanqid” va “fikrlash” atamali keng ma’noga ega bo‘lib, uning mazmun-mohiyati turli mahaliy va xalqaro olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi.

 Fikrlash bu tarixiy hodisa bo‘lib tabiyatda faqat insongagina hos aqliy faoliyatdir. Dyui (1909) ta’kidlaganidek: “fikr yuritish qobiliyatsiz mavjudot faqat instinktlar va ishtaha orqali harakatlanadi”. Fikrlash insoniyatga uzluksiz bilim olishga, tevarak atrofni o‘rganishga va bu bilimlarni avloddan avlodga yetkazish imkoniyatini beradi. Masalan, bolalar sezgi, xotira va muammolarni hal qilish qobiliyati kabi tabiiy kognitiv funksiyalarga ega deb hisoblanishadi va bu funksiyalardan bilimlarni avloddan avlodga, ota-ona va o‘qituvchilardan o‘quvchilarga yetkazish mexanizmi sifatida foydalanilishi mumkin. Fikrlash jarayoni til va nutq jarayonlaridan oldin shakllangan inson qobiliyatidir. Til - bu aqliy tuzilmalar jamlanmasi, ya’ni, qaysi til sohibi lisoniyi bo‘lishidan qattiy nazar insonda avvalo fikrlash qobiliyatini rivojlanadi. Slobin ta’kidlaganidek “har bir tilning majburiy grammatik kategoriyalari umumiy aqliy tasavvurlardan yani fikrlardan kelib chiqib rivojlanadi”(Slobin, 1996).

Fikrlash qobiliyatining shakllanishi bir necha bosqichlarga ega va shu bilan bir qatorda fikrlash ham “faraz”lar hosil bo‘lishining dastlabki bosqichidir. Hayol surish, dam olish paytida ongimizdan o‘tadigan, tasodifiy va bir-biriga bog‘lanmagan materiallarning erkin oqimi – bu tasodifiy fikrlashdir (Dyui, 1909). Fikrlash keng ma’noli tushuncha bo‘lsada, har doim ham ko‘rish, eshitish, hidlash, va teginish sezgilari orqali qabul qilinadigan ma’lumotlarga bog‘lanmagan. Bundan anglashimiz mumkinki, fikrlar ma’lum bir sezgilar ta’sirisiz ham shunchaki hayolda mutloq tasodifan paydo bo‘lishi mumkin. Tasodifiy fikrlar ma’no, mazmunga ega bo‘lishi , insonni tushunchalar hosil qilib ma’lum bir harakatga solishi uchun keyingi muhim bosqich “refleksiya”dan o‘tishi zarur. Refleksiyada har bir fikr o‘z o‘rni va tartibga ega bo‘lib o‘zidan oldingi va keyingi fikr bilan ma’no jihatdan bog‘langan bo‘ladi (Vigotskiy, 2012).

Shunday qilib, fikrlash jarayoni bir necha bosqichdan o‘tib, tasodifiy fikrlar orqali boshlanib, keyinchalik refleksiya orqali tartibga solinadi. Har bir fikr o‘z o‘rni va tartibga ega bo‘lib, ma’no va mazmun bilan bog‘lanadi. Fikrlash jarayonining rivojlanishi nafaqat sezgilar orqali, balki til va nutqdan oldingi aqliy tuzilmalar bilan ham bog‘liqdir. Bu jarayon, o‘z navbatida, bilimlarni o‘zlashtirish va yangi tushunchalar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

 “Tanqid” so‘zining ma’nosiga keladigan bo‘lsak, u yunon tilidan olingan bo‘lib (kripro- farqlayman, bo‘laman, ajrataman) mano‘lariga ega. Hozirgi kunga kelib bu atamaning ma’nosi ancha kengaydi va va turli hil manbalarda turli hil va ma’no jihatdan bog‘liq ta’riflarga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “tanqid” tushunchasiga shunday ta‘rif berilgan: 1) Biror narsaga baho berish maqsadida uni tahlil qilish, muhokama qilish (mas., adabiy tanqid); 2) Muayyan narsa haqida salbiy fikr bildirish; 3) Kamchiliklarni atroflicha asoslash va hal etish maqsadida bildirilar fikr-mulohazalar yig'indisi.

O‘zbek tilining izohli lug’atida tanqid tushunchasi bir necha izohlarga ega: 1. ish-harakat, faoliyat, asar, taʼlimot va shu kabilarning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil; 2. biror narsaning toʻgʻri, haqqoniy ekanini ilmiy tahlil etish, tadqiq etish; 3.adabiy faoliyatning badiiy, ilmiy va boshqalar turdagi asarlarni, shuningdek, ularda aks ettirilgan hayotiy hodisalarni talqin va tahlil qiluvchi maxsus turi.

“Fikrlash” va “tanqid” so‘zlariga yetarlicha ta’rif berilgani sabab, bu atamalarning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan ilmiy atama “tanqidiy fikrlash” atamasining ta’rifiga o‘tamiz. Tanqidiy fikrlash – bu ma’lumotni so‘roq qilish, tahlil qilish va baholash jarayoni bo‘lib, muammolarni hal qilish, qarorlar qabul qilish va fikrlashni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi (Brukfild,2012). Tarixdan qadimgi faylasuflar asarlarida tanqidiy fikrlash g‘oyasiga ko‘pgina izohlar berilgan. Paul, Elder & Bartell (2018) “Tanqidiy fikrlash g‘oyasining qisqacha tarixi” nomli asarida tanqidiy fikrlash nazariyasiga turli qadimgi yunon faylasuflarning ilmiy-nazariy qarashlari, tanqidiy fikrlash g‘oyasiga yondashuvlari ilmiy asoslari bilan keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda faylasuflarning tanqidiy fikrlashga oid nazariyalarini yig‘ib, faylasuflar ijod qilgan tarixiy davrlarini biriktirgan holda jadval tuzdik. 

Davr

Faylasuflar

Yillar

Qarashlari

Qadimgi Yunoniston

Sokrat

Miloddan avvalgi 400-yil atrofida

Tanqidiy fikrlash – bu mantiqiy fikrlash, savol berish va farazlarni tekshirishdir.

Platon

Miloddan avvalgi 428–348-yillar

Yuzaki iqrorliklardan chiqib, chuqur haqiqatlarni kashf qilish -tanqidiy fikrlashning asosidir.

Aristotel

Miloddan avvalgi 384–322-yillar

Mantiqiy tizimlarni tanqidiy tahlil qilish vositalari sifatida ishlab chiqqan.

O‘rta asrlar

Avliyo Toma

1225–1274

Summa Theologica asarida tizimli fikrlashni targ‘ib qilib, tanqidiy fikrlash faqat e’tiqodlarni rad etish emas, balki ularni mantiqiy asosda isbotlashdir.

Renessans davri

Frensis Bekon

1561–1626

Empirik kuzatuv va dalillarga asoslangan fikrlashni tanqidiy fikrlashning o‘zagi deb qaragan.

Rene Dekart

1596–1650

Meditations asarida tizimli shubha usulini joriy etgan, barcha bilimlarni so‘roq qilish va mantiqiy aniqlikni qadrlagan.

Ma’rifatparvarlik davri

Volter

1694–1778

Jamiyatni tushunishda mantiqiy fikrlashni va intelektual tahlilni ilgari surgan holda diniy va siyosiy hokimiyat tizimlarini tanqid qilgan.

Montesquieu

1689–1755

Siyosiy tizimlarni tanqidiy tahlil qilish va qonunlar hamda hukumatni mantiqiy baholash zarurligini ta’kidlagan.

Didro

1713–1784

Jamiyat va siyosatni tanqidiy tahlil qilishda mantiqni qo‘llashni targ‘ib qilgan, Yoritilgan davrning fikr yorituvchilarining bir qismi sifatida.

Bayl

1647–1706

Intelektual skeptitsizmga e’tibor qaratgan va mavjud e’tiqodlar va tizimlarga qarshi tanqidiy yondashuvni ilgari surgan.

Erta yangi davr

Tomas Xobbs

1588–1679

An’anaviy siyosiy tizimlarni tanqidiy tahlil qilishni ilgari surgan, hokimiyatni mantiqiy fikr va ijtimoiy kelishuv asosida shakllantirish zarurligini ta’kidlagan.

Yangi davr

Jon Lokk

1632–1704

An’anaviy siyosiy tuzilmalarni tanqid qilgan va hokimiyatni mantiqiy asosda shakllantirishni targ‘ib qilgan.

Industriyalizm davri

Karl Marks

1818–1883

Iqtisodiy tizimlarni tanqid qilib, ularni jamiyatdagi adolatsizliklarni keltirib chiqaruvchi tizimlar sifatida tahlil qilgan.

Charlz Darvin

1809–1882

Dalillarga asoslangan fikrlashni insoniyat tabiati va evrim nazariyasini ishlab chiqishda qo‘llagan.

XX asr

Sigmund Freyd

1856–1939

Psixologiyada tanqidiy fikrlashni qo‘llagan, ongning bexosdan ishlashini o‘rgangan va an’anaviy psixologik nazariyalarga tanqidiy yondashgan.

Umuman olganda, tanqidiy fikrlash tarixi, hokimiyatni savolga qo‘yishdan tortib, tizimli fikrlash, empirik tahlil va ijtimoiy tanqidgacha bo‘lgan intellektual izlanishlarning davomiy rivojlanishidir. Ushbu an’analar zamonaviy fikrni shakllantirgan va ilmiy kashfiyotlar, siyosiy falsafa va shaxsiy intellektual rivojlanishda markaziy o‘rin tutadi. Конец формы

Tanqidiy fikrlash atamasiga tarixdan qadimgi faylasuflar o‘z qarashlarini, strategiyalarini me’ros qilib qoldirgan bo‘lsada zamonaviy olimlar tomonidan tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga haligacha turfa hil izohlar berilmoqda, shakllantirish bo‘yicha esa keng qo‘lamli qo‘llanmalar yaratilib kelinmoqda. Bir qator xalqaro olimlarning qarashlari mazmun-mohiyati jihatidan bir biriga o‘xshash bo‘lsada, boshqa bir qator olimlarning fikrlari bir biriga mutloq qarama qarshidir. Shunday qilib, tanqidiy fikrlash atamasiga tadqiqotchilarning ilmiy asoslagan nazariyalariga qisqacha nazar solsak maqsadga muvofiqdir.

Xalpern o‘zining “Tanqidiy fikrlashning psihologiyasi” asarida tanqidiy fikrlash tushunchasiga boshqariladigan, asosli va maqsadga muvofiq fikrlash turi deb atab muammolarni hal qilish, xulosalar chiqarish, baholash va yechim topish uchun qo‘llanadigan intellektual asbob deb qaragan (Xalpern, 2000).

Brookfield (2012) tanqidiy fikrlashning nafaqat muammolarni hal qilishda, balki jamiyatdagi ideologiyalarni tahlil qilishda ham muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchiga nafaqat dunyoni qanday tashkil etish haqida chuqurroq tushuncha beradi, balki ularning ongida mavjud bo‘lgan ideologiyalarni va bu ideologiyalarning qanday qilib maktablar, ommaviy axborot vositalari, oilalar, ish joylari kabi ijtimoiy tuzilmalar orqali o‘rganilishi va tarqatilishini tushunishga yordam beradi. Demak, tanqidiy fikrlash o‘quvchini nafaqat mantiqiy qarorlar qabul qilishga, balki mavjud ijtimoiy va madaniy tuzumlar va ideologiyalarni tanib, ularga nisbatan tanqidiy yondashishga undaydi.

Siegel (1988) tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ikki yondashuvini taklif qiladi: “toza ko‘nikmalar” va “ko‘nikmalar va moyilliklar”. “Toza ko‘nikmalar” yondashuvi- bu o‘quv jarayonidan tashqaridagi real voqealarda fikrlarni baholash orqali tanqid qila olish ko‘nikmasi. “Ko‘nikmalar va moyilliklar” tushunchasi esa nafaqat kognitiv ko‘nikmalarni, fikrlarni, iqrorliklarni, balki keng ma’noda  xarakter, qadriyatlar va axloqiy o‘lchovlarning ahamiyati va o‘rnini baholashni o‘z ichiga oladi. Siegel tanqidiy fikrlashni haqiqatan ham “sabablarga asoslangan baholash tarkibiy qismlari” va “tanqidiy ruh”ni o‘z ichiga olganligini va ikkalasining ham tanqidiy fikrlashni amalga oshirish uchun zarur ekanligini ta‘kidlaydi.

Ba’zi tadqiqotchilar tanqidiy fikrlashni ta‘limda joriy etib uni tizimli o‘zlashtirish zaruligining  tarafdorlaridir. Misol uchun Valsh & Paul (1994) tanqidiy fikrlashni uch bosqichga bo‘lib har bir fikrlarimiz, iqrorliklarimiz va harakatlarimizni reflektiv munosabatlar, ko‘nikmalar va qobiliyatlar yordamida talqin qilish, tahlil qilish, baholash zaruriyatini taklif qilgan. Karrigus esa tanqidiy fikrlash uchun ikki bosqichli strategiyani taklif qiladi: birinchi bosqichda o‘qilgan ma’lumotni ko‘zdan kechirish bo‘lsa va keyin bosqich uni tahlil qilish, umumlashtirish va baholashdan iborat (Karrigus,2002). Xuji tanqidiy fikrlashni murakkab tizim sifatida qarab uni to‘rt bosqichda olib borishni taklif qiladi: tizimli tahlil, ritorik tahlil, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lish va yaxlit baholash. Bu bosqichlar ma’lumotni keng ko‘lamda tahlil qilish va uning ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi (Xuji, 2010).

Tanqidiy fikrlash insonning aqliy rivojlanishi va bilim olish jarayonining ajralmas qismidir. Ushbu jarayon tarixda ko‘plab faylasuflar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, har bir davrda uning yondashuvlari va ta'riflari yangilangan. Zamonaviy olimlar tanqidiy fikrlashni nafaqat kognitiv ko‘nikmalar, balki ahloqiy qadriyatlar va axloqiy me'yorlar bilan bog'lab, uni ta'lim jarayonlarida joriy etish zarurligini ta'kidlamoqda. Shunday qilib, tanqidiy fikrlash nafaqat individning shaxsiy intellektual rivojlanishini, balki jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy tizimlarni chuqur tahlil qilishga ham yordam beradi.

 

References

Artykbaev, M., & Moydinova, E. (2024). Pedagogik faoliyatni amalga oshirishda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi. Lingvospektr, 2(1), 39-44.

Brookfield, S.D. (2012). Reading and writing critically. In Teaching for critical thinking (pp. 129-155). United States of America.

Dewey, J. (1909). How we think. D.C. Heath & Co.

Halpern, D.F. (2003). Thought and knowledge: An introduction to critical thinking (4th ed.). Lawrence Erlbaum Associates.

Huijie, L.I. (2010). Developing a hierarchical framework of critical reading proficiency. Chinese Journal of Applied Linguistics (Foreign Language Teaching & Research Press), 33(6), 40-54.

Kamariddinovna, M.E. The role of intercultural communication in the training for future specialist of different fields. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych, 2, 169.

Karrigus, R. (2002). Design in reading: An introduction to critical reading. New York: Longman.

Moydinova, E. (2021). THE ROLE OF MODERN ENGLISH TEACHING TECHNOLOGIES IN THE AGE OF DIGITALIZATION. Scienceweb academic papers collection.

Paul, R., Elder, L., & Bartell, T. (2018). A brief history of the idea of critical thinking. Critical Thinking.org. Retrieved March 5, 2025, from http://www.criticalthinking.org/pages/a-brief-history-of-the-idea-of-critical-thinking/408

Siegel, H. (1988). Educating reason: Rationality, critical thinking, and education. Routledge.

Slobin, D.I. (1996). From "Thought and language" to "Thinking for speaking." In J. J. Gumperz & S.C. Levinson (Eds.), Rethinking linguistic relativity (pp. 70-96). Cambridge University Press.

Vygotsky, L.S. (2012). Thought and language. MIT Press. https://books.google.com

Walsh, D., & Paul, R.W. (1994). The goal of critical thinking: From educational ideal to educational reality. American Federation of Teachers.

Published

Downloads

Author Biographies

Shohista Xasanova ,
Uzbek State World Languages University

PhD Candidate

Elmira Moydinova ,
Uzbek State World Languages University

PhD, Associate professor

How to Cite

Xasanova , S., & Moydinova , E. (2025). Critical Thinking Skills: Content, Essence, History, and Components. The Lingua Spectrum, 3(1), 630–635. Retrieved from https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/590

Similar Articles

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

You may also start an advanced similarity search for this article.