Конкорданс и частотный словарь авторского корпуса Нусратиллы Джумаходжи (на основе статистического анализа)

Авторы

  • Ташкентский государственный университет узбекского языка и
 Конкорданс и частотный словарь авторского корпуса Нусратиллы Джумахо

Аннотация

В статье представлен лингвистический анализ научных трудов профессора, доктора филологических наук Нусратиллы Джумаходжи с использованием методов корпусной лингвистики. Его статьи, опубликованные в разные годы, классифицированы по семи тематическим направлениям: литературоведение, критика, языкознание, новоиведение, текстология, социальные вопросы и мемуарно-рецензионные тексты. Из каждой группы отобрано по 20 статей. На основе этих материалов были составлены конкорданс и частотный словарь, позволившие выявить наиболее часто употребляемые лексические единицы. Анализ также охватывает особенности авторского стиля, лексическое разнообразие, тематические приоритеты и повторяющиеся языковые структуры. Статистическая обработка текстов позволила глубже понять идеологические и эстетические взгляды автора, проявляющиеся через лексику. Исследование демонстрирует, как методы корпусной лингвистики могут быть успешно применены в филологических работах для изучения индивидуального авторского стиля и тематических особенностей текстов.

Ключевые слова:

конкорданс частотный словарь лингвистический анализ лексическая единица тематическая группа литературоведение навоевидение.

Kirish

So‘nggi yillarda lingvistik tahlilning statistik usullar asosida olib borilishi korpus lingvistikasining jadallik bilan rivojlanishiga turtki bermoqda. Ushbu yondashuv, ayniqsa, badiiy va ilmiy matnlar tarkibidagi leksik birliklarning son va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, muallif uslubini tadqiq etish va til birliklarining kontekstda qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. (Abdullayeva, 2021)

O‘zbek mumtoz adabiyoti va Navoiyshunosligida faol ijod qilgan, ko‘plab ilmiy-ma’rifiy maqolalar, darslik va kitoblar  muallifi bo‘lgan professor Nusratilla Jumaxo‘ja asarlari lingvistik tahlil obyekti sifatida tanlandi. U filologiya fanlari doktori (DSc),professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi, navoiyshunos olim sifatida yuksak ilmiy-ijtimoiy mavqega ega. Muallif qalamiga mansub 300 dan ortiq maqola mavjud bo‘lib, ulardan savol-javob shaklidagi intervyulari korpus tahlili doirasidan chiqarib tashlandi. Chunki bunday materiallarda muallif uslubi bilan birgalikda jurnalist nutqi ham namoyon bo‘ladi va bu lingvistik tozalik mezoniga mos kelmaydi. (Abdurahmonov, Shukurov, & Mahmudov, 2008). Qolgan maqolalar esa mavzusi va tematik xususiyatlariga ko‘ra 7 ta ilmiy yo‘nalishga ajratildi:

Nusratulla Jumaxo‘ja maqolalarining tematik guruhlanishi

Har bir yo‘nalishdan 20 tadan maqola saralab olindi va ular asosida elektron korpus shakllantirildi. Korpus negizida konkordanslar va chastotali lug‘atlar tuzildi. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad  –  Nusratillo Jumaxo‘ja ijodidagi leksik birliklarning o‘ziga xos qo‘llanish xususiyatlari, ularning chastotasi, semantik yuklamasi va kontekstdagi vazifasini lingvistik va statistik jihatdan tahlil qilishdan iborat. Tanlab olingan maqolalar elektron formatga (Word va txt) o‘tkazildi va maxsus belgilash (markup) orqali korpusga jamlandi. Korpus yaratishda uning standart strukturasiga amal qilindi: har bir matn yozilgan sana, janr va yo‘nalishga qarab teglar bilan belgilandi. Bu jarayon korpusni turli mezonlar asosida saralash va tahlil qilish imkonini berdi.

KONKORDANS TAHLILI VA KONTEKSTUAL XUSUSIYATLAR

Konkordans (lot. concordantia “moslik, uyg‘unlik”) – bu matn yoki matnlar majmuasidagi tahlil qilinayotgan so‘z yoki iboralar kontekstini ko‘rsatadigan ro‘yxat. Konkordans tahlili orqali matndagi leksik birliklarning turli kontekstlarda qanday vazifa bajarishi, ya’ni semantik o‘zgarishlar yoki stilistik rang-baranglik aniqlanadi. Muallif uslubi, terminologik tanlov va matn strukturasi bo‘yicha xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Til birliklarining faolligi va ma’noviy yuklamasi ularning kontekstdagi o‘rni hamda qo‘llanish chastotasi bilan belgilanadi. Shu boisdan leksik birliklar ustida olib borilgan statistik tahlildan keyingi bosqich  –  konkordans tahlilidir. Ushbu tahlil usuli aniq bir til birligining turli kontekstlarda qanday semantik va pragmatik vazifada namoyon bo‘lishini aniqlash imkonini beradi. Konkordans  –  korpus lingvistikasi doirasida til birliklarini ularning tabiiy kontekstida, ya’ni chap va o‘ng qo‘shni birliklari bilan birgalikda tahlil qilishga xizmat qiladi (Abjalova , Gʻulomova, 2022)

Konkordans tahlilini amalga oshirishda Sketch Engine va Voyant Tools kabi zamonaviy korpus lingvistikasi vositalaridan foydalanildi. Avvalo, Nusratulla Jumaxo‘janing 140 ta maqolasidan iborat mualliflik korpusi shakllantirildi. Ushbu korpus matnlariga Sketch Engine vositasida so‘zlar chastotasi, kollokatsiyalar, konkordanslar, hamda lemma bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi. Voyant Tools platformasi esa kontekstual vizualizatsiyalar (WordTree, Contexts, Trends) va tematik taqsimotlarni aniqlashda yordam berdi. Har bir asosiy til birligi uchun kamida 50 ta konkordans misol tanlab olindi va ular:

  • asosiy leksik ma’nosi;
  • badiiy yoki publitsistik uslubdagi qo‘llanishi;
  • metaforik va obrazli ma’nodagi ko‘rinishi;
  • g‘oyaviy yoki ideologik yuklamasi;
  • maqolalarning yo‘nalishi (janri) bo‘yicha aktivligi kabi mezonlar asosida tahlil qilindi.  

Bunda regulyar ifodalar va filtrlash algoritmlari yordamida matnlardagi aniqlik va kontekst aniqligi ta’minlandi.

Tahlillar natijasida “ijod”, “tafakkur”, “milliy”, “Navoiy”, “badiiy” kabi so‘zlarning muallif tilida ko‘pincha semantik uyg‘unlikda va ma’naviy-g‘oyaviy yuklama bilan ishlatilgani kuzatildi. Quyidagi kontekstlar bunga misol bo‘la oladi:

“Yozuvchining bunday faoliyati barcha ijod ahliga va har bir fuqaroga o‘rnakdir”

Navoiy fikr-mulohazalarini hayot va voqеlik hodisalari bilan qiyosan mushohada etarkanmiz, bеixtiyor yoshlarimiz ularni albatta bilishi, ko‘ngilga singdirishi zarur”

“E.Vohidov talqinlari shoirona shuur va ilmiy tafakkur uyg‘unligi mahsulidir”

Bunday kontekstlar muallifning ilmiy-badiiy uslubni tanlagani, ma’naviy-tarbiyaviy g‘oyalarni matnga singdirishga intilgani hamda milliy o‘zlik va falsafiy qarashlarni badiiy obrazlar orqali ifodalashga moyilligini ko‘rsatadi.

Yuqoridagi nazariy-empirik kuzatishlarni mustahkamlash va muallif uslubining semantik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish maqsadida “tafakkur” so‘zining konkordans asosidagi kontekstual tahlili o‘tkazildi. Muallif tilida “tafakkur” so‘zi oddiy fikrlash jarayonidan ko‘ra chuqurroq  –  ma’naviy yuksalish, milliy o‘zlik, erkinlik va badiiy-falsafiy qarashlar bilan bog‘liq konsept sifatida qo‘llanadi. Konkordans tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu birlik muallifning g‘oyaviy va estetik qarashlarini ifodalovchi asosiy semantik markazlardan biridir.

“Agar ilg‘or gazetalarimizni karvonlarga qiyoslasak, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” tafakkur karvonlarining sarbonidir.”

Bu kontekstda “tafakkur” jamiyatning ilg‘or fikrini ifoda etuvchi vosita sifatida tasvirlanadi. Gazeta  –  tafakkur karvoni boshida boruvchi, uni yo‘naltiruvchi yetakchi sifatida talqin qilinmoqda.

“Qonun tili milliy tafakkur va qonun ijodkorligini talab etadi.”

Bu jumlada “tafakkur”  –  huquqiy ong va milliylik bilan bog‘langan holda ishlatilmoqda. U qonun ijodining asosiy tayanchi sifatida ko‘rsatiladi, bu esa so‘zga ideologik yuklama beradi.

“Mustaqillikning eng ulug‘ ne’matlaridan biri shuki, u xalqimizga tafakkur erkinligini hadya etdi.”

Bu yerda “tafakkur”  –  erkinlik va mustaqil fikr timsoli. U siyosiy-ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘lanib, xalqning ruhiy ozodligi g‘oyasini ifodalaydi

“Uning har bir asari otashin oshiqning tuyg‘u kechinmalari yuksak falsafiy tafakkur mahsullari bilan yo‘g‘rilgan.”

Bu kontekstda “tafakkur”  –  badiiy va falsafiy chuqurlik belgisi bo‘lib, asar mazmunini shakllantiruvchi ichki manba sifatida ko‘rsatilmoqda

 “Mening tafakkur tomirlarimda ularning yurak qonlari oqyapti.”

Bu misolda esa “tafakkur”  –  avlodlar ruhiy merosi, milliy ong va tarixiy davomiylik belgisi sifatida talqin qilinadi. U xalqiy g‘urur, ruhiy bog‘liqlik va madaniy xotirani ifodalaydi.

Ushbu misollar asosida xulosa qilish mumkinki, “tafakkur” muallif tilida falsafiy, milliy, huquqiy va estetik mezonlar asosida semantik va g‘oyaviy yuklangan markaziy leksik birlikdir. So‘z ko‘pincha yuksak ideallar  –  ma’naviyat, erkinlik, tarixiy xotira va milliy o‘zlik kabi birliklar bilan birga qo‘llanadi.

Oldingi bo‘limda konkordans tahlili yordamida ‘‘tafakkur” so‘zining semantik‑g‘oyaviy qatlamlari yoritilgan bo‘lsa, tadqiqot korpusida eng yuqori chastotada uchragan “bir” so‘zi ham xuddi shunday konkordans metodologiyasi asosida leksik‑semantik va stilistik nuqtayi nazardan chuqur o‘rganildi.

Konkordans tahlili

...Navoiy ma’nolar xazinasini o‘zlashtirish va so‘z boyligining ma’no qatlamlarini tushunish uchun bir jildli  “Navoiy asarlari lug‘ati ”

“... bir yangi oilaning bisotidan shu doston ham o‘rin olarkan.”

“... bu fikr bir qarashda sodda va maxsus izohlash shart emasdek…”

“...bu ikkisin xizmatin bir bil...”

“… bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi.”

 “... bir necha necha yangi mavzuni qizg‘in muhokamadan o‘tqazib qo‘ydi...”

Natijalarda ushbu birlikning muallif tilida keng ko‘lamli va ko‘p ma’noli birlik sifatida xizmat qilishi aniqlandi. Xususan, quyidagi asosiy jihatlar alohida e’tiborni tortadi: “Bir” so‘zi o‘zbek tilida nafaqat raqam (bitta) ma’nosida, balki noaniqlik, umumlashtirish, stilistik emfazis (kuchaytirish) va mavhumlik ma’nolarida ham faol qo‘llaniladi.

  1. “Navoiy ma’nolar xazinasini o‘zlashtirish va so‘z boyligining ma’no qatlamlarini tushunish uchun bir jildli ‘Navoiy asarlari lug‘ati’” - “bir jildli” – aniq miqdor bildiruvchi sifat - son ma’nosida (bitta)
  2. “... bir yangi oilaning bisotidan shu doston ham o‘rin olarkan.”- “bir yangi oilaning” – bu yerda aniqlovchi sifat, lekin noaniqlik unsuri bor → ya’ni ma’lum bo‘lmagan, lekin mavjud yagona sub’yekt. Bu stilistik jihatdan “begona emas, biroq yangi” mazmunini bildiradi.
  3. “... bu fikr bir qarashda sodda va maxsus izohlash shart emasdek…”- “bir qarashda” – ibora sifatida ishlatilgan → vaqt yoki shoshilinch nazar, “dastlabki ko‘rinishda” degani. Bu kontekstda idiomatik ma’no bor.
  4. “...bu ikkisin xizmatin bir..” - “bir bil” – “yagona deb hisobla”, “bir xil qadrla, ko‘r” ma’nosida → umumlashtiruvchi, birlik bildiruvchi ma’no.
  5. “… bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi.” Bu yerda “bir xazina” – ulug‘lash, stilistik emfazis (kuchaytirish) uchun ishlatilgan → “yagona, nodir” degan kuchli ma’noga ega.
  6. . “... bir necha necha yangi mavzuni qizg‘in muhokamadan o‘tkazib qo‘ydi...” -“bir necha necha” – tahminiy ko‘plik, aniq emas → “bir necha” degan ibora orqali son bildiruvchi birikma
  7. “Navoiy qomusining yaratilish tarixini bir sarhisob qilish, uning yakunlanishidan tashvishlanishga asos bor.”-“bir sarhisob qilish” – bu iborada “umumiy” yoki “yakuniy” tahlil qilish ma’nosini bildiradi.

Konkordans misollarida “bir” so‘zining idiomatik iboralar (bir qarashda, bir yo‘la, bir paytda, bir zumda va h.k.) tarkibida faol qatnashgani kuzatildi. Bu holat uning barqaror sintaktik strukturalar ichidagi mavqeyini ko‘rsatadi. So‘zning matnlarda ishlatilish chastotasi yuqoriligi uni muallif stilistikasida muhim vosita bo‘lganini ko‘rsatadi. Konkordans misollarida professor N. Jumaxo‘ja uslubida “bir” so‘zining sermazmun, ko‘p qirrali foydalanilishi uning lingvistik dunyoqarashi va stilistik yondashuvini ham ochib beradi. Demak, “bir” so‘zining konkordansi asosida o‘tkazilgan tahlil bu birlikning ko‘p funksiyali, stilistik yuklangan va turli nutqiy kontekstlarda ma’no yuki o‘zgaruvchan birlik ekanini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot natijalari o‘z navbatida, muallif uslubini tahlil qilish, so‘z boyligi va semantik qatlamlarni aniqlash, matnlarning tiliy strukturasi va funksional-lingvistik imkoniyatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagi konkordans ko‘rinishlari “bir” so‘zining faqat son sifatida emas, balki kuchaytiruvchi vosita, bog‘lovchi birlik yoki muayyan sintaktik qurilmaning ajralmas qismi sifatida qo‘llanilganini ko‘rsatadi. Bu holatlar muallifning uslubiyati, so‘z tanlovi va sintaktik qurilishi haqida muhim lingvistik xulosalar chiqarishga yordam berdi. Shuningdek, “bir” so‘zining yuqori chastotada (109 marta) qo‘llanilgani “Terms” bo‘limida aniqlanib, bu so‘z korpusdagi eng ko‘p uchraydigan birliklardan biri sifatida belgilandi. Bunday yondashuv tadqiqotda konkordans asosidagi statistik-lingvistik metodlarni qo‘llashning samaradorligini namoyon qildi. Konkordans va chastotali lug‘at ma’lumotlari statistik tahlil orqali chuqurlashtirilganda, leksik-semantik tadqiqotlarning ilmiy ishonchliligi va yoritilish doirasi kengayadi. (Alimbekova, 2023)

Ushbu nazariy asoslar bizga tahlil qilingan 140 ta maqola bo‘yicha konkordans va chastotali lug‘at natijalarini chuqur talqin qilish va muallif uslubining leksik-tematik xususiyatlarini aniq tushunishga imkon beradi. (Chen, Beeferman,  Rosenfeld, 1998) Keyingi bo‘limda amaliy natijalar va real misollar orqali bularning har biri batafsil ko‘rib chiqiladi. Korpus asosida chastotali lug‘at (ya’ni so‘zlar va so‘z birikmalarining takrorlanish darajasini ko‘rsatuvchi ro‘yxat) va konkordanslar (so‘zning kontekstidagi qo‘llanish misollari) tuzildi. Bu jarayon uchun Sketch Engine asosida ishlangan maxsus skriptlardan foydalanildi. Chastota tahlili so‘zlarning  tematik guruhlarning har birida qay darajada faol qo‘llanishini, muallifning tildagi ustuvorliklarini ko‘rsatib berdi (Chen, 1996)

STATISTIK TAHLIL NATIJALARI

Korpus asosida olib borilgan statistic tahlil natijalari Nusratilla Jumaxo‘ja nutq uslubida muayyan leksik birliklarning doimiy va funksional qo‘llanishi, idoraviy terminologiya va badiiy-ilmiy uslub elementlarining ustuvor ekanini ko‘rsatadi. Chastotali lug‘atlar asosida muallifning ijodiy nutqida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar, so‘z turkumlari va leksik-grammatik shakllar har bir tematik guruh bo‘yicha aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muallifning asarlarida ko‘p uchraydigan so‘zlar quyidagicha:

Til siyosatiga oid maqolalarda faol so‘zlar chastotasi

Davlat tili -275; ona tili-179;  imlo-129; lotin -107; milliy -103; so‘z-101; yangi-100; savodxonlik-96; yozuv-95; hozirgi-95; xalq-94; O‘zligi-94; joriy qilingan-94; Nutq-91; muomala-87.

Ushbu natijalar til siyosatiga oid maqolalarda muallif ijodida til va savodxonlik masalalari ustuvor mavzulardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, “davlat tili”, “ona tili”, “imlo”, “lotin”, “savodxonlik” kabi so‘zlarning yuqori chastotada qo‘llanilishi muallifning til siyosati, yozuv islohoti va madaniy o‘zlikni mustahkamlash masalalariga chuqur e’tibor qaratganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, “milliy”, “xalq”, “o‘zligi” kabi so‘zlar muallifning g‘oyaviy qarashlarida milliy qadriyatlarni yuksaltirishga intilganini ko‘rsatadi. “Nutq”, “muomala” kabi birliklar esa tilni amaliy muloqot vositasi sifatida talqin etish tamoyilining aksidir.

Adabiyotshunoslikka oid maqolalarda yuqori chastotada uchragan so‘zlar tahlili muallif ilmiy izlanishlarining asosiy yo‘nalishlarini ochib beradi. “Fuzuliy”, “Mashrab”, “Bobur”, “Uvaysiy” kabi mashhur adiblarning nomlari muallifning klassik adabiyotga, xususan, g‘azalnavislik va tasavvufiy-estetik tafakkurga e’tiborini ko‘rsatadi. “Badiiy”, “shoir”, “lirik”, “g‘azal”, “bayt” kabi so‘zlar muallifning badiiy matnni estetik mezonlar asosida tahlil qilishga intilganini bildiradi. “Ishq”, “oshiq”, “yuz”, “mazmun” kabi leksik birliklar esa klassik she’riyatda asosiy semantik zamin bo‘lib xizmat qiluvchi majoz, ramz va obrazlar tizimini ochib berishga xizmat qilgan.

T/R

ENG  FAOL  SO‘ZLAR

QO‘LLANISH  CHASTOTASI

  1

Fuzuliy

106

2

Mashrab

98

3

Badiiy

98

4

Bobur

85

5

Uvaysiy

82

6

Shoir

77

7

Ishq

76

8

Yuz

64

9

Oshiq

58

10

Qahramon

56

11

Mazmun

51

12

Xalq

48

13

lirik

45

14

Bayt

40

15

G‘azal

38

 

Adabiyotshunoslikka oid maqolalardagi yuqori chastotali so‘zlar

Ko‘p ishlatilgan so‘zlar muallif stilistikasi va mavzu doirasini belgilashda muhim rol o‘ynaydi, ularning tahlili asosida muallifning asosiy ilmiy-nazariy yo‘nalishi haqida xulosa qilish mumkin.

T/R

ENG FAOL  SO‘ZLAR

QO‘LLANISH  CHASTOTASI

  1

Navoiy

229

2

shoir

198

3

lirik

183

4

ma’naviy

137

5

meros

129

6

inson

128

7

xalq

125

8

hayotiy 

123

9

nashr

119

10

ishqiy

113

11

komiilik

109

12

bayt  

108

13

umr

101

14

qahramon

96

15

oshiq

93

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Navoiyshunoslikka oid maqolalardagi yuqori chastotali sozlar

Tadqiqotimiz doirasida tuzilgan Nusratulla Jumaxoʻja mualliflik korpusi asosida Navoiyshunoslikka oid maqolalardan ajratib olingan chastotali lugʻat ko‘rsatkichlari muallifning ilmiy-ijodiy uslubini, shuningdek, Navoiy siymosiga berilgan baho va yondashuvlarni aniqlashga xizmat qiladi. N.Jumaxoʻjaning Navoiyga oid maqolalarida eng yuqori chastotada uchragan “Navoiy” (229 marta) soʻzi muallif uslubida Alisher Navoiy shaxsi doimiy markazda ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, yuqori chastotali so‘zlar ichida joylashgan “shoir” (198), “lirik” (183), “ishqiy” (113), “bayt” (108) so‘zlari lirik va g‘azalshunoslik bilan bog‘liq ilmiy tahlillar asosiy mavzulardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu esa N. Jumaxoʻjaning Navoiy g‘azallarini faqat badiiy estetik nuqtayi nazardan emas, balki muayyan semantik birliklar tizimi sifatida tahlil qilganidan darak beradi. Mualliflik korpusi asosida tuzilgan chastotali lug‘at bu borada ikkita muhim vazifani bajardi:

  1. Statistik asoslangan tahlil imkonini berdi. Ya’ni, olimning matnlarida nafaqat qanday so‘zlar ishlatilgani, balki ularning qanchalik ko‘p ishlatilgani, qaysi leksik-semantik guruhga mansubligi, matnlar davomida qanday o‘zgaruvchanlik kasb etgani aniqlandi.
  2. Tematik yo‘nalishni ajratib berdi. Misol uchun, yuqori chastotali “ma’naviy” (137), “meros” (129), “xalq” (125) kabi so‘zlar N.Jumaxo‘janing Navoiy siymosiga milliy-ma’naviy meros targ‘ibotchisi sifatida qaraganini ko‘rsatadi.

Chastotali lug‘at orqali muallifning intellektual yondashuvi, estetik mezonlari va tanlangan so‘zlar vositasida Navoiy siymosini qanday shakllantirgani aniq ko‘rinadi. Bu nafaqat filologik, balki korpus lingvistikasi uchun ham muhim hisoblanadi. Masalan, yuqori chastotali “komillik” so‘zi orqali Jumaxo‘ja Navoiy g‘oyalarining bugungi zamonaviy inson tarbiyasiga ta’siri haqida ko‘p fikr bildirganini ko‘ramiz. Demak, mualliflik korpusi asosida tuzilgan chastotali lug‘at faqat statistik ko‘rsatkich emas, balki Nusratulla Jumaxo‘janing ilmiy portreti, uslubi va Navoiyshunoslikdagi g‘oyaviy pozitsiyasini ham ochib beradi.

 

T/R

ENG FAOL

SO‘ZLAR

QO‘LLANISH  CHASTOTASI

  1

Matnshunoslik

87

2

mumtoz

85

3

matn

73

4

tahlil

69

5

sahih

60

6

xatolik

57

7

nashr

53

8

darslik

52

9

qo‘llash

47

10

harf

46

11

muharrir

43

12

izoh

43

13

mutaxassis

43

14

qahramon

35

15

nusxa

33

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Matnshunoslikka oid maqolalardagi yuqori chastotali so‘zlar

 Tadqiqotimiz doirasida mualliflik korpusi asosida matnshunoslikka oid maqolalar alohida ajratilib, ularning chastotali lug‘ati tuzildi. Ushbu lug‘at orqali muallifning matnshunoslik fenomeniga yondashuvi, asosiy konseptual tayanish nuqtalari hamda terminologik faoliyati aniqlashtirildi.Chastotali lug‘atda eng ko‘p uchragan so‘z – “matnshunoslik” (87) so‘zidir. Bu esa muallif konseptual asos sifatida aynan matnshunoslikni tanlaganini, maqolalarda ushbu tushuncha atrofida tahliliy fikr yuritilganini ko‘rsatadi. Bunga bevosita yaqin turuvchi “matn” (73), “tahlil” (69) kabi so‘zlarning yuqori faolligi esa muallif tomonidan matnni semantik va kompozitsion struktura sifatida talqin qilish tamoyiliga asoslanilganini anglatadi. Mualliflik korpusida ko‘plab maqolalarda N. Jumaxo‘ja “mumtoz” (85) va “sahih” (60) atamalariga tez-tez murojaat qilgan. Bu esa, bir tomondan, matnshunoslikka nasriy va nazmiy mumtoz adabiyotlar asosida yondashish, ikkinchi tomondan esa matnning ilmiy filologik ekvivalentini aniqlash talabini ilgari suradi. Xususan, sahih matn konsepsiyasi N.Jumaxo‘ja tahlillarida nusxalararo tafovutlar, muharrirlik tamoyillari va ilmiy nashrlar tahlili orqali asoslanadi.

Qayd etish joizki, “xatolik” (57) va “nusxa” (33) so‘zlarining faol ishlatilishi muallif diqqat markazida bo‘lgan matnni tanqidiy nashrga tayyorlashdagi muammolar, yozma manbalar tafovuti va ularning tahliliy izohlanishiga qaratilganligini tasdiqlaydi. Bu, o‘z navbatida, Jumaxo‘ja metodologiyasining matnlararo tafovutlar, kodifikatsiyalash, muharrirlik yondashuvlari bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, “darslik” (52), “qo‘llash” (47), “mutaxassis” (43) kabi birliklarning chastotali lug‘atda sezilarli darajada uchrashi, muallifning matnshunoslik yondashuvini ta’lim jarayoniga integratsiyalash borasida ham faol pozitsiyada bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu maqolalarda matnshunoslik nazariyasining nafaqat tadqiqot, balki ta’lim-metodik asos sifatida ham namoyon bo‘lishiga urg‘u berilgan. Xususan, “harf” (46), “muharrir” (43), “izoh” (43) kabi birliklar N.Jumaxo‘ja tahlillarining mikrotahliliy xarakterga egaligini – ya’ni, harfiy darajada, leksik birlik va jumla strukturasigacha borib matnni morfo-semantik darajada tahlil qilish an’anasi ustuvorligini anglatadi. Bu esa Jumaxo‘ja uslubining detallarga e’tiborli, aniqlikka asoslangan klassik matnshunoslik yondashuvida ekanligidan dalolat beradi.

Tadqiqotimizning navbatdagi bosqichida Nusratulla Jumaxo‘janing ijtimoiy mavzudagi maqolalari korpusida eng ko‘p qo‘llangan so‘zlar aniqlanib, ularning qo‘llanish chastotasi statistik jihatdan o‘rganildi. Jumaxo‘ja asarlarida ijtimoiy masalalarga oid termin va tushunchalarning faol qo‘llanilishi uning publitsistik uslubidagi muhim jihat hisoblanadi.

T/R

ENG FAOL

SO‘ZLAR

QO‘LLANISH  CHASTOTASI

  1

Qonun

84

2

Mahalla

82

3

tarbiya

80

4

milliy

76

5

mafkura

73

6

taraqqiyot

73

7

davlat

72

8

jamiyat

70

9

kitob

63

10

istiqlol

62

11

madaniy

54

12

yangi

51

13

islohot

43

14

mahorat

35

15

ustuvor

33

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijtimoiy mavzudagi  maqolalardagi yuqori chastotali so‘zlar

Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, “qonun”, “mahalla” va “tarbiya” so‘zlari muallif publitsistik matnlarida eng ko‘p uchraydi. Bu holat Jumaxo‘janing asarlarida huquqiy ong, mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni hamda yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish masalalariga alohida urg‘u berilganligini ko‘rsatadi.иShuningdek, “milliy”, “mafkuraviy”, “taraqqiyot”, “davlat”, “jamiyat” kabi birliklar ijtimoiy sohada muallifning g‘oya va qarashlari milliy mafkura va istiqlol mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini anglatadi. E’tiborli jihatlardan yana biri – “kitob”, “madaniy”, “mahorat” kabi so‘zlarning faol ishlatilishidir. Bu esa muallif uchun ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, ilm va san’atning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini bildiradi. Muallif tilida ko‘p ishlatilgan bu birliklar ijtimoiy terminlar sifatida Jumaxo‘janing qarashlari, g‘oyaviy-estetik pozitsiyasini ochib beradi. So‘zlar tanlovi orqali ijtimoiy sohalar – qonunchilik, tarbiya, mafkura, milliy g‘oya, madaniyat va axloqiy qadriyatlar ustuvor mavzular sifatida namoyon bo‘ladi.

Keyingi bo‘limni “Yodnoma va taqriz” deb nomladik, chunki bu yerda jamlangan maqolalarda muallif o‘z ustozlari, zamondoshlari haqida iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashadi. Matnlarda shaxsiy hurmat-ehtirom, estetik baho va ilmiy tahlil uyg‘unlashgan.N. Jumaxo‘ja bu maqolalarda nafaqat yodnomaviy, balki taqriz janriga xos uslubda ham fikr bildiradi. Ayniqsa, “olim”, “ustoz”, “domla” kabi so‘zlarning yuqori chastotada uchrashi matnlarning shaxsga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Bo‘limdagi maqolalarda ilm ahlining faoliyati, ma’naviy merosi va ularning shaxsiy fazilatlari yuksak baholangan. Shu bois ushbu guruh “Yodnoma va taqriz” nomi ostida jamlandi.

 

T/R

ENG FAOL

SO‘ZLAR

QO‘LLANISH  CHASTOTASI

  1

Olim

86

2

ustoz

63

3

navoiyshunos

61

4

adabiyot

59

5

mumtoz

55

6

yillari

54

7

fan

48

8

ijod

48

9

O‘zbekiston

44

10

tafakkur

41

11

yosh

40

12

domla

40

13

hozirgi-

37

14

inqilobiy

35

15

chuqur

33

 

 

 

 

 

 

Yodnoma va taqriz bo‘limida yuqori chastotali so‘zlar

Ushbu bobdagi tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, muallif ilmiy shaxslarga nisbatan uch xil maqomdagi atamalardan foydalangan: “olim”, “ustoz” va “domla”. “Olim” so‘zining yuqori chastotada (86 marta) qo‘llanilishi, muallif nutqining rasmiyligi, akademik mezonlarga asoslanganligini bildiradi. Shu bilan birga, bu so‘zning ko‘p ishlatilishi muallifning Buxoro ilmiy maktabi an’analari bilan bog‘liqligidan dalolat beradi. “Ustoz” (63 marta) esa, shaxsiy xotiralar va hissiyotga boy kontekstlarda, “domla” (40 marta) esa, xalqona, samimiy uslubda qo‘llanilib, matnning stilistik qatlamini boyitadi. Bu uch atama orasidagi farqlar, tilshunoslik nuqtayi nazaridan, muallifning estetik didi va ijtimoiy-lingvistik kontekstga mos tilda fikr yuritishini namoyon etadi.

Muallifning individual uslubi aniq leksik kollokatsiyalar orqali ham namoyon bo‘ladi. Masalan: “milliy tafakkur”, “tafakkur karvoni”, “tafakkur vatani”, “tafakkur erkinligi” bu kollokatsiyalar muallif so‘z boyligining, uslubiy maqsadning va ideologik pozitsiyaning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Kollokatsiyalar  tahlilida aniqlandiki, Nusratilla Jumaxo‘ja tildagi qo‘llanishda faqat ma’lum tushunchalarni emas, balki o‘sha tushunchaning murakkab mental va ijtimoiy ongdagi aksini ham ifoda etgan.

XULOSA

Yuqoridagi tahlillar asosida shunday xulosalarni keltirish mumkinki, Nusratilla Jumaxo‘janing publitsistik-ilmiy uslubi o‘ziga xos leksik, uslubiy va ma’naviy yuklamalarga egadir. Uning ijodiy korpusi milliy adabiy tafakkurni shakllantirish, Navoiy merosini zamonaviy talqinda qayta o‘rganish va jamiyat ma’naviy-tarbiyaviy ildizlarini tahlil etishga yo‘naltirilgan. Muayyan muallifning korpusini shakllantirish va uni leksik-statistik tahlildan o‘tkazish nafaqat individual uslub xususiyatlarini aniqlash, balki uning ijtimoiy-adabiy nutqdagi o‘rnini belgilash uchun ham muhim hisoblanadi. Chastota tahlili orqali muallif fikrining asosiy semantik o‘zaklari, g‘oyaviy ustuvor nuqtalari va faol leksemalar aniqlanadi. Bu esa muallifning stilografik portretini yaratishga bundan tashqari, matnlaridagi leksik o‘zaklarni sistemalashtirishga va yangi korpusli lug‘atlar va konkordanslar tuzishga; eng muhimi, uning falsafiy-ilmiy qarashlarini kognitiv asosda tushunishga yo‘l ochadi. Nusratilla Jumaxo‘janing mualliflik korpusi shu jihatdan o‘ziga xos ilmiy laboratoriya vazifasini o‘taydi. Undagi so‘zlarning chastotasi, takroriyligi va faolligi orqali nafaqat muallif tili, balki bir davrning ijtimoiy va ma’naviy yuzini anglash mumkin. Shu bois, bunday tahlillar korpus lingvistikasi, stilometriya va kognitiv tahlil metodlari bilan bog‘liq holda kelgusida yanada keng tadqiqotlarga asos bo‘lishi kerak.

Tahlillar natijasida quyidagi asosiy ilmiy-nazariy xulosalar shakllantirildi:Muallif nutqida funksional va semantik faollikka ega bo‘lgan so‘zlar (adabiyot, Navoiy, ma’naviyat, fikr, milliy va boshqalar) ma’no tasvirining markazini tashkil etadi. Konkordans tahlillari so‘zlarning ma’naviy-mafkuraviy yuklama bilan bog‘liq holda qo‘llanishini ko‘rsatdi. Bu holat muallif nutqida falsafiy fikrlash usulining ustuvorligini tasdiqlaydi.Statistik tahlillar va chastotali lug‘at muallifning nutq uslubidagi leksik diapazon, semantik markaz va mavzuviy ustuvorliklarni aniqlashga xizmat qildi.Yo‘nalishlarga bo‘lingan tahlil Nusratilla Jumaxo‘janing faoliyatida adabiyotshunoslik, Navoiyshunoslik va ijtimoiy-falsafiy tahlillar o‘zaro uyg‘unlashganini ko‘rsatdi.Korpus lingvistikasi asosida yaratilgan materiallar adabiy tahlilni aniq, chuqur va faktlarga tayangan holda amalga oshirish imkonini berdi.

Библиографические ссылки

Abdullayeva O. (2021). Oʻzbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari (PhD dissertatsiyasi).

Abdurahmonov, Gʻ., Shukurov, Sh., Mahmudov, Q. (2008). Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati.

Abjalova, M., Gʻulomova, N. (2022). Alisher Navoiy mualliflik korpusi va uning imkoniyatlari. Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (pp. 89–93). Toshkent: ToshDOʻTAU nashriyoti. http://compling.navoiyuni.uz

Alimbekova, M. (2023a). Jadid namoyondalari asarlaridagi grammatik vositalarning oʻziga xos xususiyatlari. In *Oʻzbekistonda zamonaviy lugʻatshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari. Xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari.

Chen, S. (1996). Building probabilistic models for natural language (PhD thesis). Harvard University.

Chen, S., Beeferman, D., & Rosenfeld, R. (1998). Evaluation metrics for language models. In Proceedings of the DARPA Broadcast News Transcription and Understanding Workshop (pp. 275–280).

Опубликован

Загрузки

Биография автора

Шохиста Акрамова ,
Ташкентский государственный университет узбекского языка и

Аспирант

Как цитировать

Акрамова , Ш. (2025). Конкорданс и частотный словарь авторского корпуса Нусратиллы Джумаходжи (на основе статистического анализа). Лингвоспектр, 4(1), 354–364. извлечено от https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/669

Похожие статьи

<< < 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 > >> 

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.